Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish, suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, suv xoʻjaligini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, suv xoʻjaligiga oid qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, oʻz ahamiyatini yoʻqotgan hujjatlarni bekor qilish va tarqoq hujjatlarni tizimlashtirish orqali tartibga solish yukini kamaytirish talab etilmoqda.
Qonunchilik hujjatlarini yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatlarga muvofiqlashtirish va qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son Farmoniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5055-son hamda “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-42-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:
davlat boshqaruvi organlari, xususan, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan qonun osti hujjatlarini muvofiqlashtirish;
suv xoʻjaligi sohasiga oid ayrim tushunchalarga aniqlik kiritish;
suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlaridagi hujjatlarni oʻrganish muddatini uzaytirish mumkin boʻlgan holatlar doirasi qatʼiy belgilanmaganligi bilan bogʻliq korrupsiyaviy omilni bartaraf etish;
Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladigan vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarini aniq belgilash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 18-iyul,
388-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligi obyektlari boʻylarida ihota va daraxtzorlar barpo etish hamda hududlarni obodonlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-dekabrdagi 1004-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qurilish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 9-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) ilovaning “Masʼul ijrochilar” ustunida:
1 va 2-pozitsiyalardagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev)” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)” soʻzlari bilan, “Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov)” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norkulov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), Iqtisodiyot vazirligi (S. Bekenov), “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (M. Ruzmetov)” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (M. Ruzmetov), “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (M. Ruzmetov), “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10, 12 va 14-pozitsiyalardagi “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Sh. Xoshimov)”, “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, Qurilish vazirligi (D. Adilov), “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi vazirligi huzurida Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi, “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-pozitsiyadagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (M. Ruzmetov), “Suvqurilishinvest” DUK” soʻzlari “Kadastr agentligi (M. Mirmaxsudov), “Suvqurilishinvest” DM” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-pozitsiyadagi “Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-dekabrdagi 1008-son qarori bilan tasdiqlangan Suv xoʻjaligi tashkilotlari tomonidan sanoat va energetika tashkilotlariga texnik suv yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “texnik ehtiyojlari uchun” soʻzlari “texnik ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan yoki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2020-yil 13-martdagi 155-son qarorida:
a) 2-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga ular” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“taqdim etilgan hujjatlarni shartnomada belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi. Hujjatlarni oʻrganish uchun qoʻshimcha mutaxassislarni jalb etish, qoʻshimcha ilmiy asoslangan maʼlumotlar, alohida maxsus ilmiy-tadqiqot yoki tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish talab etilganda va boshqa hollarda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bilan imzolanadigan qoʻshimcha kelishuv shartnomasiga muvofiq oʻrganish muddati uzaytirilishi mumkin”;
oltinchi xatboshisidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilovaning “Chora-tadbirlar” ustuni “7-bosqich” va “11-bosqich” pozitsiyalaridagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” soʻzlari “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Rus tilida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “Suv xoʻjaligi qurilishi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish choralari toʻgʻrisida” 2000-yil 4-maydagi 177-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 7-maydagi 92-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha “Oʻzmaxsussuvqurilish” ixtisoslashtirilgan kompaniyasi” davlat korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 10-sentabrdagi 259-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, boshoqli don ekinlari hosildorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligining irrigatsiya-drenaj tizimlarini tiklash loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etilgan xalqaro moliya institutlarining kreditlarini oʻz vaqtida qaytarishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 14-fevraldagi 42-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 126-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 10-iyuldagi 478-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 53 va 57-bandlari.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son)