13.03.2020 yildagi 155-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv resurslarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-oktabrdagi PQ-4486-son qarori ijrosini taʼminlash, suv xoʻjaligi sohasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Suv xoʻjaligi vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yilgi Investitsiya dasturini shakllantirish jarayonida asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda, 2020-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida kelgusi yillarda amalga oshiriladigan suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorda qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan mablagʻlarning 50 foizini loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirishni, qolgan 50 foizi esa Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazilishini va ulardan maqsadli foydalanishni nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 13-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 13-martdagi 155-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyekti — suv resurslarini toʻplash, boshqarish, yetkazib berish, ulardan foydalanish, ularni isteʼmol qilish, ajratib berish va muhofaza qilish maqsadida suv xoʻjaligi faoliyati amalga oshiriladigan suv obyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya obyektlari — suv resurslarini boshqarish, toʻplash va ularni suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarga yetkazish, sugʻoriladigan yerlarni suv bilan taʼminlashga koʻmaklashadigan, gidrouzellar, suv oqimini yoʻnaltirish, daryolar va kanallar oʻzanlarini himoya qilish, suv omborlari, sel-suv omborlari, irrigatsiya tizimi kanallari va sugʻorish tarmoqlari inshootlari bilan, nasos stansiyalari, sugʻorish vertikal quduqlari, suv olish, suv tashlash, suv chiqarish va boshqa inshootlarni oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya obyektlari — kollektor-drenaj va yer usti tashlama suvlarini toʻplash hamda ularni sugʻoriladigan yerlardan tashqariga chiqarib tashlashga koʻmaklashadigan, kollektorlarni va kollektor-drenaj tarmogʻini, vertikal drenaj quduqlarini, melioratsiya nasos stansiyalarini (agregatlarini) va kuzatuv tarmogʻini oʻz ichiga oladigan suv xoʻjaligi obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha olib boriladigan loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan ixtisoslashtirilgan loyiha guruhi (keyingi oʻrinlarda Loyiha guruhi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhiga faqat mahalliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek, alohida olimlar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyiha guruhi suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishda quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilayotgan loyiha topshiriqlari va loyihaoldi hujjatlari sifatini oʻrganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish obyektidagi mavjud holat toʻgʻri baholanganligi va muammolar toʻgʻri aniqlanganligini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha boʻyicha amalga oshirilgan dala qidiruv ishlarining sifati va toʻliqligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik, gidrologik va gidrogeologik maʼlumotlarning sifatini oʻrganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muammolarning yechimi yuzasidan qabul qilingan variantlar toʻgʻri tanlanganligini, qabul qilingan yakuniy yechimning ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning qoʻllanilganligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
namunaviy suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha maʼlumotlar va ilgʻor xorijiy tajribadan foydalanganlik darajasini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyektining ishonchli va xavfsiz ishlashi choralari koʻrilganligi, shuningdek, atrof-muhitga taʼsirining baholanganligi, muhofaza zonalari va sohilboʻyi mintaqalarning ajratilganligini koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning dastlabki roʻyxatlarini shakllantirish va loyiha-qidiruv ishlari jarayonida lozim hollarda obyektga chiqish va oʻrganish, muammoli loyihalar boʻyicha maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga takliflar kiritish;
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish natijalari boʻyicha asoslangan xulosa va takliflar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tanlov (tender) asosida aniqlangan bosh loyiha tashkiloti (keyingi oʻrinlarda bosh loyiha tashkiloti deb ataladi) bilan shartnomaga asosan loyihalarni amalga oshirishda ilmiy-texnik kuzatuv va boshqa ishlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish hamda moliyalashtirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yilda suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari dasturlarini shakllantirish uchun ustuvor loyihalarni tanlashda joylardagi muammolarni har tomonlama tahlil qilgan holda ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish talabini har bir loyiha boʻyicha aniqlaydi va ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki roʻyxatini har yili 25-martga qadar shakllantiriradi. Ushbu roʻyxatni shakllantirishda tegishli loyiha tashkilotlari va Loyiha guruhini jalb qilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu roʻyxatga alohida ilmiy-texnik yechim va asoslash talab etiladigan (namunaviy boʻlmagan) gidrouzellar, suv omborlari, sel-suv omborlari, nasos stansiyalari, irrigatsiya tizimi kanallari va sugʻorish tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari, vertikal sugʻorish quduqlari, kollektorlar va kollektor-drenaj tarmoqlari, vertikal drenaj quduqlari, melioratsiya nasos stansiyalari (agregatlari) va kuzatuv tarmogʻi hamda boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki roʻyxatini asoslovchi maʼlumotlar bilan birgalikda har yili 1-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi bilan birgalikda taqdim qilingan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki roʻyxatini va asoslovchi maʼlumotlarni har yili 15-aprelga qadar tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Tarmoq ilmiy-texnik kengashi (keyingi oʻrinlarda Tarmoq ilmiy-texnik kengashi deb ataladi)ning yigʻilishlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalar boʻyicha taqdimotlarini har yili 25-aprelga qadar oʻtkazadi va muhokama qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoq ilmiy-texnik kengashining yigʻilishlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qurilish vazirligi hamda manfaatdor boshqa vazirliklar va idoralarning masʼul xodimlarini taklif etadi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun ajratish talab etiladigan mablagʻning dastlabki miqdorini belgilashda quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan suv xoʻjaligi obyektning kategoriyasi, joylashgan manzili, geologik, gidrogelogik, gidrologik va boshqa tuproq-iqlim sharoiti, obyekt muqobilining mavjud yoki mavjud emasligi, dastlabki umumiy qiymati va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib Loyiha guruhining asoslangan takliflarini eʼtiborga oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning yakuniy roʻyxatini ishlab chiqadi va loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qoʻshimcha ajratish talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki qiymatini koʻrsatgan holda har yili 1-mayga qadar Tarmoq ilmiy-texnik kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik tasdiqlangan Tarmoq ilmiy-texnik kengashining qarorini uch kun mobaynida “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga ular tomonidan kelgusi yilda suv xoʻjaligi obyektlarida qurilish va rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining loyiha-qidiruv ishlari manzilli roʻyxatlari (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxatlar)ni ishlab chiqish uchun yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-sentabrdagi 500-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdori hisobiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki qiymatlarini koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan manzilli roʻyxatlarni har yili 10-mayga qadar Agentlikka belgilangan tartibda kelishish uchun taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik har yili 15-mayga qadar “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan taqdim qilingan manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqib, kelishgandan soʻng tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 25-mayga qadar manzilli roʻyxatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritgan holda kelishadi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni ijro uchun Agentlikka taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlik tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni har yili 1-iyunga qadar ijro uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga taqdim qiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan har bir loyiha boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov (tender) asosida bosh loyiha tashkilotini aniqlaydi va u bilan tegishli shartnomani tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomaga loyiha-qidiruv ishlari boʻyicha ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan birgalikda Loyiha guruhiga taqdim qilib borish jadvalini ilova qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan har bir loyiha-qidiruv ishlari boʻyicha Loyiha guruhi tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzadi. Shartnomaga loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni amalga oshirish jadvalini ilova qiladi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga shartnoma asosida oldindan 15 foiz boʻnak mablagʻlarini toʻlaydi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma boʻyicha qolgan toʻlovlarni Loyiha guruhining “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi va bosh loyiha tashkilotiga taqdim qilinadigan xulosa va takliflar hamda rasmiylashtirilgan dalolatnoma hisob-faktura asosida amalga oshirib boradi;
(13-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha barcha loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdorining 50 foizini shartnoma asosida vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazadi. Bunda ushbu mablagʻlar faqat suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirishga hamda respublika taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga grantlar ajratish uchun sarflanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh loyiha tashkiloti loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan jadval boʻyicha Loyiha guruhiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun taqdim qilib boradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etiladigan hujjatlar elektron shaklda Loyiha guruhining elektron pochta manziliga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Loyiha guruhi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan har bir loyiha-qidiruv ishini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun mahalliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha boʻyicha professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarini hamda yuqori tajribaga ega boʻlgan alohida olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi, ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti tomonidan taqdim qilingan loyiha-qidiruv ishlar, materiallar va hisob-kitoblarni hamda qabul qilinayotgan texnologik yechimlarni ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning qoʻllanilishini tahlil qiladi, tegishli xulosalar va takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda qurilish obyektini joyida qoʻshimcha ravishda oʻrganadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarni shartnomada belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi. Hujjatlarni oʻrganish uchun qoʻshimcha mutaxassislarni jalb etish, qoʻshimcha ilmiy asoslangan maʼlumotlar, alohida maxsus ilmiy-tadqiqot yoki tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish talab etilganda va boshqa hollarda “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bilan imzolanadigan qoʻshimcha kelishuv shartnomasiga muvofiq oʻrganish muddati uzaytirilishi mumkin;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti tomonidan qabul qilingan texnologik yechimlar yetarlicha ilmiy-texnik jihatdan asoslanmagan va bu borada ilmiy asoslar va tajribalar, jumladan, xorijiy tajriba yetarli boʻlmagan hollarda bu borada alohida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish lozimligi yuzasidan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiga takliflar tayyorlaydi;
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlangan xulosalar va takliflarni “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi va bosh loyiha tashkilotiga belgilangan tartibda taqdim qilib boradi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini shartnomalarda belgilangan muddatlarda bajarishga hamda natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosa va takliflarning asoslanganligiga masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bosh loyiha tashkiloti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi boʻyicha bergan xulosalari va takliflarini birgalikda tahlil qiladi hamda xulosa va takliflar yetarlicha asoslangan deb topilganda loyiha-qidiruv ishlarini takomillashtirish uchun qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi boʻyicha taqdim qilingan xulosa va takliflar yetarlicha asoslanmagan taqdirda uni Loyiha guruhining tegishli ekspertlari bilan muhokama qiladi va tegishli qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ekspertlar tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi boʻyicha taqdim qilingan xulosa va takliflar maʼqullanmagan taqdirda ushbu xulosani qayta koʻrib chiqish uchun Loyiha guruhiga yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda “Suvqurilishinvest” davlat muassasasiga taqdim qiladi.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh loyiha tashkiloti Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi boʻyicha asoslangan xulosalar va takliflari boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining sifatini yaxshilashga masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkilotlari hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh loyiha tashkiloti tomonidan yakunlangan loyiha ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari boʻyicha xulosalar va takliflar bilan birgalikda koʻrib chiqadi hamda idoraviy va davlat ekspertizasidan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalari olingan loyiha hujjatlarini Vazirlikning Tarmoq ilmiy-texnik kengashi muhokamasiga kiritish uchun Agentlikka taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari bosh loyiha tashkilotlari hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan shartnomalarga koʻra bajarilgan ishlarni oʻz vaqtida moliyalashtirib borish hamda sifatli qabul qilishga masʼuldir.
(18-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlik ekspertiza xulosasi olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini ikki kun muddatda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish uchun Vazirlikka taqdim qiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vazirlik:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertiza xulosalari olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini ikki kun mobaynida Loyiha guruhining rahbari va tegishli ekspertlarini taklif qilgan holda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha guruhi va bosh loyiha tashkiloti oʻrtasida loyiha-qidiruv ishlari yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi hamda loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasini va loyiha-qidiruv ishlarining sifatini tahlil qilib borish hamda ushbu tizimning samaradorligini oshirish yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini (texnik-iqtisodiy asos yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob) ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan Loyiha guruhiga toʻlab berilgan mablagʻlarni ishlatish, jalb qilingan mahalliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha boʻyicha professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va yuqori tajribaga ega boʻlgan mutaxassislari bilan shartnoma asosida hisob-kitob qilishni, xizmat safarlari xarajatlarini qoplashni nazarda tutuvchi tartib “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari boʻyicha tuzilgan shartnoma boʻyicha nizolar tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, agar kelishuvga erishilmasa sud tartibida hal qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi sohasidagi loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatishni tashkil etish va moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar


1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari

1. Kelgusi yilda suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari dasturlarini shakllantirish uchun ustuvor loyihalarni tanlashda ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish talabini har bir loyiha boʻyicha aniqlaydi va ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki roʻyxatinishakllantiradi.

Har yili

25-martga qadar

2. Ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki roʻyxatini asoslovchi maʼlumotlar bilan birgalikda Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Har yili

1-aprelga qadar


2-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

1. Loyiha guruhi bilan taqdim qilingan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning dastlabki roʻyxatini va asoslovchi maʼlumotlarni tahlil qiladi.

Har yili

15-aprelga qadar

2. Tarmoq ilmiy-texnik kengashining yigʻilishlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalar boʻyicha taqdimotlarini oʻtkazadi va muhokama qiladi.

Har yili

25-aprelga qadar

3. Loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish talab etiladigan loyihalarning yakuniy roʻyxatini ishlab chiqadi va loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qoʻshimcha ravishda ajratish talab etiladigan mablagʻlarning dastl?bki qiymatini koʻrsatgan holda Tarmoq ilmiy-texnik kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlaydi.

Har yili

1-mayga qadar

4. Tasdiqlangan Tarmoq ilmiy-texnik kengashining qarorini Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi va “Suvqurilishinvest” davlat muassasalarga kelgusi yilda suv xoʻjaligi obyektlarida qurilish va rekonstruksiya qilish boʻyicha amalga oshiriladigan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining loyiha-qidiruv ishlari manzilli roʻyxatlarini ishlab chiqish uchun yuboradi.

Roʻyxat tasdiqlangandan soʻng
3 kun mobaynida


3-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqib, loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatining 10 foizigacha miqdori hisobiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlarning dastlabki qiymatlarinikoʻrsatadi.

2. Ishlab chiqilgan manzilli roʻyxatlarni Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi belgilangan tartibda kelishish uchun taqdim qiladi.

Har yili

10-mayga qadar


4-bosqich

Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan taqdim qilingan manzilli roʻyxatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqib, kelishgandan soʻng tasdiqlash uchun Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Har yili

15-mayga qadar


5-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

1. Manzilli roʻyxatlarni Moliya vazirligiga hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritgan holda kelishadi hamda tasdiqlaydi.

2. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni ijro uchun Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyi?alarini amalga oshirish agentligiga taqdim qiladi.

Har yili

25-mayga qadar


6-bosqich

Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni ijro uchun “Suvqurilishinvest” davlat muassasalariga taqdim qiladi.

Har yili

1-iyunga qadar


7-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga asosan har bir loyiha boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun bosh loyiha tashkiloti bilan tegishli shartnomani tuzadi.

2. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan har bir loyiha-qidiruv ishlari boʻyicha Loyiha guruhi tomonidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlarini amalga oshirish yuzasidan shartnoma tuzadi hamda belgilangan tartibda moliyalashtiradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval boʻyicha


8-bosqich

Bosh loyiha tashkiloti

Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish jarayonida tayyorlangan materiallarni asoslovchi hujjatlar va hisob-kitoblar bilan birgalikda Loyiha guruhiga ilmiy-texnik jihatdan kuzatish uchun taqdim qilib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval boʻyicha


9-bosqich

Loyiha guruhi

1. Har bir loyiha-qidiruv ishi yuzasidan ilmiy-texnik jihatdan kuzatuv ishlarini amalga oshirish uchun mahalliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, ularning soha boʻyicha professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari hamda yuqori tajribaga ega boʻlgan alohida olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qiladi.

2. Taqdim qilingan loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni hamda qabul qilinayotgan texnologik yechimlar ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar va texnikaning ishlatilishini tahlil qiladi, tegishli xulosalar va takliflar tayyorlaydi.

3. Tayyorlangan xulosalar va takliflarni “Suvqurilishinvest” davlat muassasasi, shuningdek, bosh loyiha tashkilotiga belgilangan tartibda taqdim qilib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval boʻyicha


10-bosqich

Bosh loyiha tashkiloti

1. Loyiha guruhiga loyiha-qidiruv ishlari, materiallar va hisob-kitoblarni belgilangan muddatlarda taqdim qilib boradi.

2. Loyiha guruhining ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari natijasi boʻyicha bergan xulosalari va takliflarini birgalikda tahlil qiladi hamda loyiha-qidiruv ishlarini takomillashtirish uchun qabul qiladi.

3. Xulosalar va taklif yetarlicha asoslanmagan taqdirda ularni Loyiha guruhining tegishli ekspertlari bilan muhokama qiladi va tegishli qaror qabul qiladi.

4. Ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini belgilangan tartibda “Suvqurilishinvest” davlat muassasasiga taqdim qiladi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval boʻyicha


11-bosqich

“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari

1. Bosh loyiha tashkilotlari hamda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bilan tuzilgan shartnomalar ijrosi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.

Shartnomalarga ilova qilingan jadval boʻyicha

2. Yakunlangan loyiha-qidiruv ishlarini ilmiy-texnik jihatdan kuzatish ishlari boʻyicha takliflar va xulosalar bilan birgalikda koʻrib chiqadi hamda idoraviy va davlat ekspertizasidan oʻtkazadi hamda Suv xoʻjaligi vazirligining Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish uchun Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligiga taqdim qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan soʻng

bir oy mobaynida


12-bosqich

Suv xoʻjaligi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi

Ekspertiza xulosasi olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini Tarmoq ilmiy-texnik kengashida koʻrib chiqish uchun Suv xoʻjaligi vazirligiga taqdim qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan

ikki kun ichida


13-bosqich

Suv xoʻjaligi vazirligi

1. Ekspertiza xulosalari olingan loyiha-qidiruv ishlari hujjatlarini belgilangan tartibda Tarmoq ilmiy-texnik kengashida muhokama qiladi.

2. Loyiha guruhi va bosh loyiha tashkiloti oʻrtasida loyiha-qidiruv ishlari yuzasidan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi hamda loyihani amalga oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

Loyiha-qidiruv ishlari taqdim qilingandan soʻng

ikki kun mobaynida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2020-y., 09/20/155/0316-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 18.07.2022-y., 09/22/388/0646-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 28.09.2023-y., 09/23/500/0732-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)