Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2022 10.09.2009 yildagi 259-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

ALOHIDA MUHIM SUV XOʻJALIGI OBYEKTLARIDA QURILISh-MONTAJ IShLARINI BAJARISh BOʻYIChA ““OʻZMAXSUSSUVQURILISh” IXTISOSLAShTIRILGAN KOMPANIYASI” DAVLAT KORXONASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-iyuldagi 388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi qurilishini tashkil etishni yanada takomillashtirish, alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari qurilishining sifatini hamda xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Bektemirdavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi negizida davlat korxonasi shaklidagi alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha “Oʻzmaxsussuvqurilish” ixtisoslashtirilgan kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasi deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, “Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida qurilish-montaj ishlarini bajarish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning asosiy xoʻjalik faoliyatidan olingan sof foydani, muassis bilan kelishgan holda, oʻzining ustav fondini toʻldirishga hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari qurilishi doirasida Davlat budjeti hisobiga xarid qilinadigan maxsus texnika, mashina va mexanizmlarni qurilish tugallangandan keyin belgilangan tartibda oʻz balansiga qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarida qurilish-montaj ishlarining tuzilgan shartnomalarga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobiga xarid qilinadigan maxsus texnika, mashina va mexanizmlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, ularning saqlanishi, ularga oʻz vaqtida texnika va profilaktika xizmati koʻrsatilishi, ularning zarur ish holatida boʻlishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi “Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasi buyurtmalariga binoan uning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun lizing asosida maxsus texnika, mashina va mexanizmlarning oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining “Oʻzneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasiga Fargʻona viloyatida alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarini qurish boʻyicha subpudrat asosida qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan “Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasi bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasini, maxsus oliy maʼlumotga va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari qurilishida hamda ulardan foydalanishda kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan rahbar va muhandis-texnik xodimlar mavjud boʻlishini nazarda tutgan holda, yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini doimiy ravishda oshirib borish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompaniyaning texnika parkini zarur miqdorda texnika, mashinalar, mexanizmlar va transport bilan yangilash borasida yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 10-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-sentabrdagi 259-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzmaxsussuvqurilish” kompaniyasi ijro etuvchi apparatining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Kompaniya qurilish menejerlari, muhandis-texnik xodimlar, ishchilar, mashina va mexanizmlar operatorlari, avtotransport haydovchilari, laboratoriyalar mutaxassislari va boshqa ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida ishga qabul qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 410-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)