Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2021 18.08.2020 yildagi 492-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.07.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-iyuldagi 418-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov bir hafta muddatda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimotini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi hamda Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 14-apreldagi 224-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatining mudiri zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
492-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 492-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati quyidagi masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy kommunal xoʻjalik, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini, shuningdek, transport kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilish sohasidagi islohotlar va pudrat ishlari dasturlarining izchil amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish va arxitektura sohasidagi ishlar sifatini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasini rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatiga (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) bevosita rahbarlik qiladi hamda Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining ishlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yigʻilishlari va qoʻshma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida choraklik hisobotlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan aholi bandligini taʼminlash va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;

biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;

biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;

barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;

Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.

8. Quyidagilar Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni tahlil qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son va “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qarorlariga muvofiq asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsish surʼatlari, tarkibiy va institutsional tub oʻzgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish va tahlil kilish, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;

har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-xuquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qaroriga muvofiq davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish, maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishlok xoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, isteʼmol narxlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlari hisobga olingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlarini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha rivojlantirish dasturlarini, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;

shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bogʻliq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy tub oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes-subyektlarni jadal va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini taʼminlash uchun hududiy boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;

v) aholi hayotining sifati va darajasini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demografik jarayonlarni va hududlar aholisining jinsi va yosh tarkibini, bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-maʼrifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qaroriga muvofiq joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining bandlik holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;

aholining daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning salomatligini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek, oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga muvofiq aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari berish koʻlamini yanada kengaytirish, xususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonini va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarorini amalga oshirish doirasida muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini taʼminlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlarining amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;

aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash holatini oʻrganish va takliflar kiritish;

g) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini soʻzsiz taʼminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirish choralarini koʻrish;

muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikri va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;

aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoniga muvofiq aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish, xalq bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot oʻrnatish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasi toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya kilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;

e) chegaraboʻyi muammolarini hal qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;

Davlat chegaralarini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bogʻliq maʼlumotlarni, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamda chegaraboʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olishni tashkil etish;

j) kommunal xoʻjaligi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-581-son Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;

kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini taʼminlash, tahlil etish, kommunal xoʻjaligini rivojlantirishdagi sifatli oʻzgarishlar va tendensiyalarni baholash;

davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xoʻjaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;

kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va innovatsion gʻoyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun oʻzbekiston respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarorini amalga oshirish doirasida suv taʼminoti tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlarni izchil davom ettirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;

suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;

koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish harajatlarini, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlarining faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, uy-joy-kommunal xoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy-kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda, kadrlarni qyta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;

“Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yul xaritlalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son va “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonlariga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush taʼsirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son va “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini qisqartirish va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni targʻib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodxonlik va madaniyat, taʼlimni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;

tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan uzoq, oʻrta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;

fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish¸ ommalashtirish va tarqatish, ekologik taʼlim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

i) transport sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;

transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda oʻzaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini amalga oshirish doirasida yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

transport xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;

sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va oʻzlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida transport tarmogʻi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga muvofiq transport tizimi va transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini taʼminlash;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturining amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan taʼminlashni, shuningdek, yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qarorini muvofiq Yoʻl xoʻjaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xoʻjalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, yoʻl qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarin koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) qurilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son va “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;

shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;

qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;

obyektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni taʼminlash;

loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;

shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish dasturiy hujjatlarini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoni doirasida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;

xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yoʻli bilan chuqur oʻrganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;

pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

kapital qurilish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;

manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;

belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;

shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;

obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;

vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;

noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;

qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;

ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;

l) qurilish industriyasi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning holatini tahlil qilish;

qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son qaroriga muvofiq respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, shuningdek, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga muvofiq qurilish materiallari sanoati korxonalarini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirishni taʼminlash;

qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qaroriga muvofiq sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va oʻzlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yoʻli bilan chuqur oʻrganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son va “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorlariga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop va import oʻrnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning hajmlarini koʻpaytirish, eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonlariga muvofiq xususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash va qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tahlil kilish;

m) konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy qilish;

Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;

“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlari, materiallari muntazam taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;

muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.

9. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi, shuningdek, Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida hududlarda mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi, shuningdek, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiritilgan rejali masalalar koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlarga hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Oʻzbekiston Respublikasin Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar va ularning oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan respublikaning tegishli hududlari va tarmoqlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining Vazirlar Mahkamasi qarori talab qilinadigan masalalar boʻyicha takliflari koʻrib chiqilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tadbirlarining soʻzsiz va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi va maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va Kotibiyatga biriktirilgan davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari (hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari boʻyicha hamda kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari boʻyicha), bosh mutaxassislari lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat rahbarlari va mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlari, hokimlar va ularning oʻrinbosarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatda, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari markaziy apparatida lavozimlarga kadrlarni tanlash va ularning amaliy zaxirasini shakllantirish ishlarini tizimli asosda tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan komissiyalar (kengashlar) faoliyatini, ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi, shuningdek, tegishli komissiyalarga rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari kollegial organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlariga koʻra — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha davlatning boshqa organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda mutaxassislarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 8 va 9-bandlaridagi oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi, shuningdek, tegishli ish uchastkalarida erishilgan natijalarning samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatining har tomonlama va chuqur tahlil kilinishi, Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.

4-bob. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyatning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning ish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-avgustdagi 492-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi apparati) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kotibiyat faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini axborot-tahliliy taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga ushbu Nizomga muvofiq yuklangan vazifalar va funksiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari apparatining tegishli axborot-tahlil guruhlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish hamda bajarilishini monitoring qilib borish, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil yanvar oyida Oliy Majlis palatalarining tashkiliy yigʻilishlari va qoʻshma majlislaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalarning, 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlarining oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholi bandligini taʼminlashni va real daromadlari oshirilishini kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy hamda boshqa sohalarni strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan mutlaqo yangi baholash tizimini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni, avvalambor, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda ortda qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan vaziriklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va Kotibiyat kadrlarining amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalari va darajasini kompleks tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklar, zaxiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xomashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 11-sentabrdagi PQ-3939-son va “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-martdagi PQ-4231-son qarorlariga muvofiq asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsish surʼatlari, tarkibiy va institutsional tub oʻzgartirishlar, mahalliy budjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish va tahlil kilish, ularning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tezkor hal etish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 8-yanvardagi PQ-4102-son qaroriga va “Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PF-5738-son Farmoniga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, boshqa hududiy dasturlarni monitoring va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholashning samarali metodikalari va indikatorlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirishning holati boʻyicha kompleks tahliliy materiallar, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilingan hududiy dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududning oʻziga xosligi va xususiyatlarini hisobga olgan holda, normativ-xuquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarorida Davlat tomonidan tartibga solish va davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish, maʼmuriy tartib-taomillarni qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalariga oʻtkazish nazarda tutilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning ishlab chiqiladigan iqtisodiy koʻrsatkichlari, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat va qishloq xoʻjaligi, investitsiyalar, savdo aylanmasi, eksport, isteʼmol narxlari indeksi, bandlik koʻrsatkichlari asoslanganligini ekspert jihatidan baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonini va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarori hamda “Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PF-5738-son Farmonini amalga oshirish doirasida har bir hudud va shaharning oʻziga xosligi va xususiyatlari hisobga olingan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlarni, Toshkent shahrini, shaharlar va tumanlarni kompleks va jadal rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar iqtisodiyotining barqarorligini va muvozanatli faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, har bir hududning mineral-xomashyo resurslaridan, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, mahalliy budjetlarning daromad qismini kengaytirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning subvensiyaviyligini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, oʻzaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda hududlarning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xoʻjaligi xomashyosini sanoat yoʻli bilan chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni, yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va shu asosda eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmi va turlarini koʻpaytirish boʻyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni kompleks rivojlantirish, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalashning joriy, oʻrta va uzoq muddatli dasturlarini, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini, sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturlarini, mahalliylashtirish dasturini, muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini, ish oʻrinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlarini, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini, ayniqsa, paxta tolasi va meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha rivojlantirish dasturlarini, xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlarini hamda boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetlari parametrlari bilan bogʻliq holda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ishlab chiqilayotgan dasturlarini moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, davlatning maqsadli dasturlari, qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish, mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotdagi, eng avvalo, sanoat va qishloq xoʻjaligidagi tarkibiy tub oʻzgartirishlar boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faol tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, biznes-subyektlarni jadal va barqaror rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilishga va tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini taʼminlash uchun hududiy boshqaruv organlari masʼuliyatini oshirishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xoʻjaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama ragʻbatlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari tayyorlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) hududlarni rivojlantirishning tizimli muammolari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va respublika Hukumatining topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridagi, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonalari bilan birgalikda murojaatlarga sabab boʻlgan tizimli buzilishlar sabablari va sharoitlarini aniqlash boʻyicha tahlil oʻtkazish, uning natijalari asosida tizimli buzilishlar sabablari hamda sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan dasturlar, shuningdek, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar hamda takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyatining respublika hududlariga tashriflar yakunlari boʻyicha topshiriqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha joriy monitoringni amalga oshirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan uchrashuvlar, sessiyalar yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikrini va qonuniy talablarini muntazam oʻrganish hamda tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining fikrini va qonuniy talablarini inobatga olgan holda, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda muhim muammolarni hal qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini oʻz vaqtida hamda sifatli koʻrib chiqishni taʼminlash masalalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan bogʻliq tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) aholining hayoti sifati va darajasini oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
demografik jarayonlarni va hududlar aholisining jinsi va yosh tarkibini, bandligi, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining darajasi va tuzilmasini, aholi hayot darajasini, shuningdek, madaniy-maʼrifiy ishlar sohasida ishlarning holatini tizimli tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3268-son qaroriga muvofiq joylarda, ayniqsa, qishloq joylarda aholining bandlik holatini chuqur tahlil qilish va shu asosda mehnat bozorini rivojlantirish va boshqarish, demografik omillarni va hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilgʻor shakllarini joriy etish, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish oʻrinlari tashkil etish hisobiga aholining, ayniqsa, yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining daromadlari oʻsishini taʼminlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki isteʼmol bozorini toʻldirish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga tibbiy, taʼlim va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning salomatligini himoya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida mutaxassislar nomenklaturasini takomillashtirish va oʻzgartirish, shuningdek, oliy maʼlumotli mutaxassislarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga muvofiq aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, jismoniy shaxslarga ipoteka kreditlari berish koʻlamini yanada kengaytirish, xususiy pudrat tashkilotlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmonini va “Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini taʼminlash masalalari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3812-son qarori va “Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PF-5738-son Farmonini amalga oshirish doirasida muhandislik, yoʻl-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, transport xizmati koʻrsatishni yanada yaxshilash, koʻrsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish, sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi, aholi punktlarini obodonlashtirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, arzon va qulay uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirish dasturlari, aholi bandligini taʼminlash, arzon va qulay uy-joy qurish dasturlarining amalga oshirilishi, shuningdek, demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayot darajasi, amalga oshiriladigan madaniy-maʼrifiy ishlarning holati va natijalari toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz va koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash holatini oʻrganish va takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqot sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etish, shuningdek, hududlarni yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha aholining fikri va qonuniy talablarini oʻrganish va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining fikrini va qonuniy talablarini tahlil qilish asosida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ularni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlarni, shuningdek, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, zarur hududiy dasturlarni qabul qilish yoxud amaldagi dasturlarga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoniga muvofiq aholi bilan oʻzaro hamkorlik va muloqotni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va sifatli koʻrib chiqish, xalq bilan toʻgʻridan toʻgʻri muloqot oʻrnatish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini taʼminlash masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar va takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, qonun ustuvorligini soʻzsiz taʼminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishda jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda bu jarayonda ommaviy axborot vositalari ishtirokini kengaytirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasi toʻgʻrisida”, “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, oʻzgartirish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya kilish masalalari boʻyicha arxiv, kartografiya materiallarini va boshqa materiallarni yigʻish, umumlashtirish, turkumlash va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) chegaraboʻyi muammolarini hal qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi chegaraboʻyi muammolarini hal qilish, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olish masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chegaraboʻyi hududida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegaralarini muhandislik-texnik jihatdan jihozlash bilan bogʻliq maʼlumotlarni, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini hamda chegaraboʻyida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyatning har tomonlama va chuqur oʻrganilishini, nolegal migratsiya, respublika hududiga qonunga zid ravishda tovarlar va kontrafakt mahsulotlar olib kirilishining oldini olishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) kommunal xoʻjaligi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrda qabul qilingan “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-581-son Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmonida belgilangan kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida rivojlantirishning prognozlari va eng muhim dasturlari ishlab chiqilishini va ularning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal sohadagi holat va vaziyatning monitoringini taʼminlash, tahlil etish, kommunal xoʻjaligini rivojlantirishdagi sifatli oʻzgarishlar va tendensiyalarni baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kommunal xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish, kommunal xoʻjaligi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishga doir faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kommunal xizmat koʻrsatish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va innovatsion gʻoyalar hamda texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari bilan birgalikda kommunal xizmat koʻrsatish uchun tariflar oshganda, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini himoya qilishni taʼminlaydigan mexanizmlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun oʻzbekiston respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika suv taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 26-noyabrdagi PQ-4536-son qarorini amalga oshirish doirasida suv taʼminoti tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlarni izchil davom ettirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish va mamlakatning ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4040-son qarorini amalga oshirish doirasida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, aholi punktlarini rivojlantirish sxemalariga va bosh rejalariga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya obyektlarini rivojlantirish, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilishga doir dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti va kommunal soha tashkilotlarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarini zamonaviy hisobga olish priborlari bilan jihozlashni, qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirishni taʼminlovchi zamonaviy va sifatli mahalliy qurilish materiallarini keng qoʻllashni nazarda tutuvchi amaliy mexanizmlar hamda chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga muvofiq suv taʼminoti, kanalizatsiya, issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish davlat dasturlarini amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish, koʻp kvartirali, shu jumladan eskirgan va avariya holatidagi uy-joylar holatini xatlovdan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp kvartirali uy-joylarning tutash hududlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq saqlash ishlarini tashkil etish, koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish, majburiy badallar va foydalanish xarajatlarini, koʻp kvartirali uylardan texnik jihatdan foydalanish qoidalari va normalarini belgilashga doir talablarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirishga doir dasturiy hujjatlarning sifatli bajarilishini nazorat qilish, ushbu soha tashkilotlari faoliyati muvofiqlashtirilishi va boshqarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini, uy-joy kommunal xoʻjaligi metodologiyasini hisobga olgan holda, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy kommunal soha uchun kadrlar tayyorlash, xorijda oʻquv stajirovkalari tashkil etishni hisobga olgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy mahsulotlarni, idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini joriy etish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida atrof-muhit sifatli holatining kafolatlangan darajasiga erishish, tabiatni muhofaza qilish, insonning yashash muhiti sifatida biosferaning va uning ekologik tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik xavfsizligi, inson va uning kelajakdagi avlodlari genofondi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida tabiiy resurslarni asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yul xaritlari”ni, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati va oʻzaro hamkorligi samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son va “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmonlariga muvofiq tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklashning asosan iqtisodiy usullarini keng qoʻllash, hamma joyda resurslarni tejaydigan, kam chiqitli va chiqitsiz zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqarishni tashkil etish chora-tadbirlarini, shuningdek, xoʻjalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga noxush taʼsirini pasaytirish va oldini olish boʻyicha aholining ekologik xavfsizligini kafolatlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2916-son va “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son qarorlariga muvofiq chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, respublikada sanitariya va ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar hayoti va salomatligiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini qisqartirish va xoʻjalik faoliyatiga jalb etilishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barqaror rivojlanish, shuningdek, ekologik bilimlarni targʻib qilish maqsadida tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik savodxonlik va madaniyat, taʼlimni oshirish sohasidagi normativ-uslubiy bazani takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining soʻzsiz va sifatli bajarilishi, shuningdek, biologik resurslarni saqlash, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanishga yoʻnaltirilgan uzoq, oʻrta va qisqa muddatli respublika va hududiy ekologik dasturlarini ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarda atrof-muhitga, uning resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishni shakllantirish, tabiat toʻgʻrisidagi bilimlarni targʻib qilish¸ ommalashtirish va tarqatish, ekologik taʼlim darajasini oshirish, shuningdek, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va chiqindilar bilan ishlash sohasida qonun buzilishlarining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati istitutlari bilan yaqindan oʻzaro hamkorlikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologik muammolarni hal etishda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) transport sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalarining barcha turlari faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, ushbu sohalarda davlat siyosatini, boshqaruv shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport sohasining faoliyat koʻrsatishi va transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini bajarish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini hamda oʻzaro hamkorligini samarali muvofiqlashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qarorini amalga oshirish doirasida yoʻlovchilar va yuk tashishni maqbullashtirish, uning samaradorligini oshirish va oqilona tashkil etish, transport kommunikatsiyalarini jadal rivojlantirish hamda ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi, transportda tashish va transmilliy transport yoʻlaklarini rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish vazifalari kompleks hal etilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalari sohasining faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida raqobat muhitini shakllantirish, transport xizmatlari bozoridan teng foydalanilishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga beriladigan imtiyozlarning mavjud tizimini tahlil qilish va ularni unifikatsiya qilishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va oʻzlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida transport tarmogʻi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga muvofiq transport tizimi va transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini amalga oshirish doirasida xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan transport korxonalari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini ularga sotish orqali ekspert baholashni amalga oshirish, shu asosda transport parkining modernizatsiya qilinishi va yangilanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport va transport kommunikatsiyalari sohasida hususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish, shu jumladan avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va saqlash sifati nazorat qilinishini, avtomobil yoʻllarini rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi uchun energiya resurslari bilan taʼminlashni, shuningdek, yoʻl ishlari moliyalashtirilishini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PF-5890-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4545-son qaroriga muvofiq Yoʻl xoʻjaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xoʻjalik funksiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, yoʻl qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarin koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) qurilish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi doirasida amalga oshiriladigan shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati, shuningdek, kapital kurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida islohotlar va siyosatning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son va “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 13-martdagi PF-5963-son Farmonlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatida va kapital qurilishda, shuningdek, muhim obyektlar, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obyektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash, ishlar holatini va joriy ahvolni tahlil kilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish-montaj ishlari sifatini tubdan yaxshilash va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-fevraldagi PQ-4586-son qaroriga muvofiq qurilish sifatini yaxshilab borish va qurilishni nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, arzon uy-joylar qurish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik faoliyati va kapital qurilishning normativ-texnik va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarini tayyorlash darajasini oshirish, shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarish yuzasidan buyurtmalarni joylashtirishda yangi samarali mexanizmlarni joriy etish va tanlov savdolari oʻtkazish darajasini oshirish, shuningdek, shartnomaviy munosabatlarning rolini kuchaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlarda va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurish boʻyicha dasturiy hujjatlarni amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini sanoatlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va qurilish-montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil kilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5623-son Farmoni doirasida yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yoʻli bilan chuqur oʻrganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy qilinishini tashkil etish, ishlab chiqarish, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilish sohasida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilish va arxitektura sohasida xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, ularning hududiy va idoraviy mansub boʻlinmalari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumat komissiyalari va kengashlar qarorlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlarini jalb qilgan holda, obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini sifatli tayyorlash va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir loyiha-qidiruv tashkilotlarining faoliyati monitoringi olib borilishini va nazorat qilinishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda, shaharsozlik yechimlarining samaradorligini oshirish, aholi punktlari bosh rejalarining asosiy parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan talablar buzilgan holda amalga oshirilayotgan shaharsozlik faoliyatini belgilangan tartibda cheklash, toʻxtatib turish yoki taqiqlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik subyektlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashda texnik shartlar va reglamentlarga rioya etilishi, buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan loyihalashtirish, qurilish sifati yuzasidan texnik nazorat, shuningdek, mualliflik nazorati amalga oshirilishi holatini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari tomonidan arxitektura va qurilish sohasida ruxsat beruvchi tartib-taomillarni amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noqonuniy qurilishning, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadsiz foydalanishning oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj ishlari va zarur arxitektura-qurilish nazorati sifati yuzasidan qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash obyektlarining tizimli monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishda ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy mahalliy qurilish materiallaridan foydalangan holda, yangi konstruktiv yechimlar qoʻllanilishini oʻrganish va tahlil qilish, qurilishning yuqori sifatini va tannarxini pasaytirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) qurilish industriyasi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatida monitoringni taʼminlash va ishlarning holatini tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarining, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son qaroriga muvofiq respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy oʻzgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirish, shuningdek, qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-son qaroriga muvofiq qurilish materiallari sanoati korxonalarini yangi texnologiyalar, qurilish asbob-uskunalari, texnika, materiallar bilan taʼminlashning kompleks dasturlarini shakllantirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish materiallarining ilgʻor turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, qurilish industriyasi korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 26-dekabrdagi PQ-2698-son qaroriga muvofiq sanoat mahsulotlarining yangi turlarini mahalliylashtirish va oʻzlashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida qurilish industriyasi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga doir loyihalar ishlab chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayonlariga salohiyatli investorlar jalb etilishini, shu jumladan pudrat tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini salohiyatli investorlarga sotish yoʻli bilan chuqur oʻrganish hamda ekspert baholashni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish industriyasi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son va “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son qarorlariga muvofiq qurilish industriyasi korxonalarida yoqilgʻi-energetika resurslarini tejashga doir tashkiliy-texnik tadbirlar va energiya sarfini kamaytirish tarmoq dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2020 — 2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-son qaroriga muvofiq qurilish industriyasini yanada modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, birinchi navbatda, tashqi bozorlarda raqobatbardosh, eksportbop va import oʻrnini bosadigan tayyor mahsulotlar turlarini mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash negizida ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning hajmlarini koʻpaytirish, eksport nomenklaturasi va geografiyasini kengaytirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmonlariga muvofiq xususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash va qurilish industriyasi korxonalarini jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish boʻyicha dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tahlil kilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) konsepsiyalar, dasturlar va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, dasturlar hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilish mexanizmlarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, mufassal axborotlari, materiallari muntazam taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlari ijrosi muntazam ravishda oʻrganilishi va nazorat qilinishini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish uchun Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan rejalashtirilgan masalalarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga biriktirilgan vazirlar va davlat qoʻmitalarining raislari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ijro intizomining holatini tahlil qiladi, tahlil natijalari haqida Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining kompleks va sifatli ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va tayyorlanishini, shuningdek, ularning manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bulinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularni himoya qilishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalarga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Qorakalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi uchun, shuningdek, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, hududiy maqsadli dasturlar, tegishli tarmoqlar va sohalar boʻyicha maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi, yuritilishi, muntazam toʻldirib borilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari oʻtkazadigan majlislarga, shuningdek, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi majlislariga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻlik materiallarni ishlab chiqishda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosini nazorat qilishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarining materiallari tayyorlanishi hamda ularning oʻtkazilishini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat kiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda koʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish masalalari boʻyicha ishchi guruhlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini tashkil etadi va muvofiklashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining loyihalari ekspert jihatdan puxta ishlab chiqilishini, jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishini, ular boʻyicha takliflar va xulosalar umumlashtirilishini tashkil etadi, ularning puxta ishlab chiqilishini va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida himoya qilinishini, ularning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan oldini oluvchi choralar qabul qilinishi hamda amalga oshirilishining muvofiqlashtirilishi va tizimli nazorat qilinishini, zarur tuzatishlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga yuklangan vazifalar bajarilishi boʻyicha ularning faoliyati samaradorligini tahlil kiladi va tahlil natijalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga ushbu rahbarlar boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlari faoliyatini tahlil kiladi, Qorakalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga, shaharlar va tumanlar hokimlariga oʻtkazilgan tahlil natijalari boʻyicha tegishli takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, shuningdek, tumanlar va shaharlardagi Xalq qabulxonlari bilan birgalikda murojaatlar uchun asos boʻlgan tizimli huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash maqsadida tahlil oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari bilan bogʻliq tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro hamkorlik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha arxiv va boshqa materiallarni yigʻish, tizimlashtirish va har tomonlama tahlil qilish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilishi uchun masʼuliyat Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga yuklanadigan masalalar va vazifalar hal etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy va prognozlashtirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi masalalari boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarini toʻxtatib turish va bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlar xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan oʻtkaziladigan majlislar va yigʻilishlarda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash masalalari va boshqa masalalar boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kotibiyat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 8 va 9-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etilayotgan takliflar va hujjat loyihalarining asoslantirilganligi, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar ijrosi hamda ish jarayonlarida erishilgan natijalarning samaradorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining biriktirilgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarning holati, tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil kilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturlari shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari tashkil qilinishi va hal etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy taʼminlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi PF-5395-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlariga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kotibiyat tuzilmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari (hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon va Namangan viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buxoro va Navoiy viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax va Samarqand viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo va Toshkent viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyati boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegaralarini dyelimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chegaraboʻyi muammolarini hal etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining respublika hududlariga tashriflari materiallarini tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning topshiriqlari amalga oshirilishini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻlimi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlim mudiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Angren, Bekobod, Olmaliq va Chirchiq shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarafshon, Shirin va Shargʻun shaharlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika hududlarida markazlashgan va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni muvofiqlashtirish va monitoringi masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududlarning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tahlil qilish, maʼlumotlarni umumlashtirish va bazasini shakllantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishni muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari (kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxitektura, loyihalashtirish, hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish, kapital qurilish, pudrat ishlari dasturlari va qurilish ishlari sifatini nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy qurilishini va qurilish industriyasini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish va issiqlik taʼminotini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichimlik suv taʼminotini va oqova suv tizimini rivojlantirish, obodonlashtirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Temir yoʻl va aviatsiya transporti masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (investitsiya, eksport va xalqaro yoʻnalishlarda yuk tashish logistikasi masalalaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil yoʻllarini va avtomobil transportini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis (investitsiya, eksport va xalqaro yoʻnalishlarda yuk tashish logistikasi masalalaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining yordamchisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining inspektori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat inspektori kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kotibiyat ishiga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri birinchi oʻrinbosarining yordamchisi va Kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasining apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringi boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar yoʻli bilan, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kotibiyat mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, oʻz oʻrinbosarlari va mutaxassislar ishlarini tashkil etadi hamda Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning tegishli hududlarida iqtisodiy islohotlarning ahvoli va natijadorligining tizimli monitoringi tashkil etilishini va maʼlumotlar bankining shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini, respublika hududlarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalarning oʻrinbosarlar va mutaxassislar oʻrtasida taqsimlanishini, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari va bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Hukumat qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlar amaliy zaxirasini tayyorlash hamda moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini qoʻllash choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Kotibiyat mudiri vaqtinchalik boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mutaxassislarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini amalga oshirish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini muvofiqlashtiradi, ularning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri yoki uning oʻrinbosarlari, maslahatchilari tomonidan tasdiqlanishini, erishilgan natijalar monitoringini doimiy asosda taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;

tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, uning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilab borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va kengashlari, idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;

Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha Kotibiyat mudiriga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kotibiyat mudiriga tegishligi boʻyicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.

18. Kotibiyatning bosh mutaxassisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari yoki respublika hududlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri hamda uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning tizimlashtirilgan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning tegishli davrga moʻljallangan ish rejalarida, shuningdek, mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganishni va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudirining oʻrinbosariga, Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishlarini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul kiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining hududlarga tashriflariga oid maʼlumotlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning tegishli hududlari boʻyicha bosh mutaxassislar Kotibiyatga yuklangan vazifalarning bajarilishini tashkil etish uchun har oyda joylarga boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining yordamchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini taʼminlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot berish uchun Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga har choraklik tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi, shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining maʼruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar va majlislarga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiriga va Bosh vazirning birinchi oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan muddatlarda axborot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari nomiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha axborot beradi va xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir birinchi oʻrinbosarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini qabul qilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir birinchi oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari va Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 09/20/492/1189-son)