26.12.2016 yildagi PQ-2698-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, respublikada tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi doirasida 2000-yildan buyon qiymati 5,5 mlrd AQSH dollaridan ortiqroq 2,8 mingdan ziyod mahalliylashtirish loyihalari amalga oshirildi, ilgari import boʻyicha keltirilgan 4,8 mingdan ziyodroq yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Natijada mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining umumiy hajmida mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushi 20 foizdan koʻproqni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, isteʼmol tovarlari va dori-darmon vositalarini mahalliy xom ashyo bazasidan keng koʻlamda foydalangan holda mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hisobiga shunday mahsulotlar importini qisqartirishning kattagina rezervlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini, shu jumladan respublikaning yirik korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, mahalliy xom ashyo resurslari negizida import oʻrnini bosadigan va ichki bozorni zarur isteʼmol tovarlari, dori-darmon vositalari, ishlab chiqarish-texnik ahamiyatdagi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar bilan toʻldirishni taʼminlaydigan korxonalar barpo etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda boshqa manfaatdor davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2017 — 2019-yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — mahalliylashtirish Dasturi) tasdiqlansin. Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import oʻrnini bosadigan, eksportga yoʻnaltirilgan va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2019-yillarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan oʻzlashtirilishi tavsiya etilayotgan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari 1-ilovada koʻrsatilgan manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi birlashmalar hamda mahalliylashtirish loyihalarining tashabbuskorlari boʻlgan boshqa tashkilotlar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017-yilda mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishning prognoz hajmlari bajarilishining tarmoq jadvallarini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarining pasportlarini oʻrnatilgan tartibda tayyorlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-dekabrdagi PQ-1236-sonli qarori bilan tashkil qilingan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni sanoat kooperatsiyasi asosida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus idoralararo komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Maxsus idoralararo komissiya) taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi birlashmalar, boshqa tashkilotlar, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda 2-ilovada koʻrsatilgan tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallarni oʻzlashtirish boʻyicha tavsiyanomalar tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlarga yetkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish loyihalari pasportlarini ishlab chiqqan holda ularni mamlakatimiz korxonalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Maxsus idoralararo komissiyaga kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq mahalliylashtirish loyihalarini kiritish boʻyicha takliflarni taqdim etish, shuningdek mahalliylashtirish Dasturiga tuzatishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining rasmiy sayti bazasida yaratilgan “Mahalliylashtirish pasportlarini ishlab chiqish va koʻrib chiqishning avtomatlashtirilgan tizimi” Dasturiy kompleksi orqali elektron shaklda ham amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha mahalliylashtirish Dasturiga qoʻshimcha ravishda kiritiladigan loyihalar, shuningdek mahalliylashtirish Dasturida boʻlib turish muddati uzaytiriladigan loyihalar bundan buyon quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan paytdan boshlab birinchi yil ishlab chiqarilayotgan mahsulot boʻyicha kamida 36 foiz, ikkinchi yili kamida 45 foiz va uchinchi yil kamida 50 foiz mahalliylashtirish darajasiga erishish, bunda mashinasozlik va metallni qayta ishlash mahsulotlari uchun tegishli ravishda 36 foiz, 40 foiz va 45 foizni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirilgan mahsulot sotishdan tushgan sof tushumda eksport qilingan mahsulotning ulushi mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan paytdan boshlab ikkinchi yili kamida 20 foizni va uchinchi yili kamida 30 foizni tashkil etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda koʻrsatilgan mezonlar mahalliylashtirish darajasini kamida 36 foiz taʼminlayotgan respublikaning subvensiya oladigan tumanlari va shaharlarida amalga oshirilayotgan loyihalarga tatbiq qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, ushbu band orqali joriy etilayotgan mezonlarni qoʻllash shartlari va mexanizmi aniq belgilab qoʻyilishi nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tijorat banklariga mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan tashkilotlarga mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun uskunalar, xom ashyo, butlovchi buyumlar va materiallar xarid qilishga kreditlar, shu jumladan xorijiy valyutada kreditlar ajratib berish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning 1-ilovasiga kiritilgan tashkilotlar mahalliylashtirish loyihalari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin Maxsus idoralararo komissiyaning qaroriga binoan 2018-yil 1-aprelgacha:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskuna va ularning ehtiyot qismlarini, shuningdek komponentlar olib kirganlik uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulot qismida yuridik shaxslarning foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi (soliq toʻlashning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan subyektlar uchun) toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qismida mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2698-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 8-son, 111-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2017-y., 07/17/3280/0007-son, 05.10.2017-y., 07/17/3310/0065-son; 20.03.2018-y., 06/20/5383/0980-son; 05.04.2018-y., 06/18/5398/1004-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)