29.03.2018 yildagi PF-5386-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizning boy va qadimiy tarixidan maʼlumki, ajdodlarimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish eng bebaho qadriyat va anʼanalardan hisoblanadi. Mazkur qadriyatlarimizni izchil davom ettirgan holda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish, eng asosiysi, yoshlarni xayrli ishlarga daʼvat etish alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har kim oʻzi yashaydigan uy, mahalla va qishloqni obodonlashtirishda hissasini qoʻshsa, yurtimiz obod boʻladi, obod yurtda yashaydigan odamlar kayfiyati yaxshi boʻlishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birgalikda, mamlakatimiz aholisining 49 foizi yashaydigan qishloq joylarda salmoqli demografik, mehnat va iqtisodiy salohiyat jamlanishiga qaramasdan. ular uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilmagan, turmush darajasi va sifatini oshirishga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Jumladan, soʻnggi yillarda paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga hissasi yuqori boʻlgan dehqon-fermerlarning va boshqa toifadagi aholining hayotiy-maishiy ehtiyojlari toʻliq taʼminlanmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holat qishloq aholi punktlarini tubdan qayta yangilamasdan va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirmasdan, mamlakatimizni zamonaviy rivojlangan davlatga aylantirishga toʻsiq boʻlmoqda. Xususan, hududlarga tashriflar jarayonida joylardagi haqiqiy ahvol bilan tanishish, bevosita mahalla va xonadonlarga kirib borish hamda aholi bilan muloqot natijalari quyidagi tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchidan, mazkur ishlar mahalliy hokimliklar, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hududiy organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan shaharsozlik meʼyor va qoidalariga amal qilmagan holda, bino-inshootlar va uy-joylarni tartibsiz va oʻzboshimchalik bilan qurish holatlariga chek qoʻyilmayapti. Qurilish ishlarining qishloq va mahalla darajasida kompleks yondashuvlar asosida olib borilmasligi oqibatida qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasi eskicha koʻrinishda qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkinchidan, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJning quyi tizim korxonalari tomonidan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi, gaz va elektr tarmoqlari, transformator punktlarini ekspluatatsiya qilish qoniqarsiz ahvolda olib borilishi oqibatida zarur infratuzilmalar eskirgan va yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchinchidan, shaharsozlik meʼyor va qoidalari hududlarning oʻziga xos xususiyatlariga moslashtirilmaganligi oqibatida qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini yaxshilash, xususan, mazkur hududlarda avtomobil yoʻllari va yoʻlboʻyi infratuzilmasi barpo etish, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimlarini barpo etish tartibsiz ravishda olib borilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻrtinchidan, mahalliy budjetlar va tarmoq tashkilotlari tomonidan qishloq aholi punktlarida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini kompleks tarzda amalga oshirish uchun moliyalashtirish tizimi yoʻlga qoʻyilmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Beshinchidan, eng achinarlisi shuki, aholining ayrim qismlari shu ahvol bilan koʻnikkan boqimandalik kayfiyatiga berilib ketganligi oqibatida oʻzining uy-joylari, hovlisi va tomorqasini saqlashga eʼtibor qaratmay qoʻyilgan. Xalqimizning “qush inida koʻrganini qiladi” degan naqlni esdan chiqarib, oʻz ostonasini osoyishta va saranjom qilmaslik farzandlarimiz va nevaralarimiz tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oltinchidan, obodonlashtirish ishlarida faollar, keng jamoatchilik va fuqarolarni jalb qilishga yetarlicha eʼtibor qaratilmayapti va aniq bir tizimli samarali ishlar olib borilmayapti. Ayniqsa, mazkur ishlar sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari, xotin-qizlar qoʻmitalari va yoshlar ittifoqining hududiy boʻgʻinlari eʼtiboridan chiqib ketgan va bu borada qatʼiy tashabbuskorlik va muvofiqlashtirish yetishmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ettinchidan, hududlarda anʼanaviy boʻlib qolgan hasharlarni faqatgina “xoʻja koʻrsin” uchun bayram kunlariga yaqin sanalarda yuzaki oʻtkazish odat tusiga aylanib qolgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, qishloq aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, joriy yilning 1-aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarni taʼminlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi (keyingi oʻrinlarda dastur deb ataladi) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar dasturning ustuvor maqsadlari va xarajatlarning asosiy manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, respublika budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga aholini ishonchli tarzda ichimlik suvi bilan taʼminlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, qishloqlarni tuman markaziga ulaydigan yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash, shuningdek, lizing asosida qishloq va tuman markazi orasida avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobidan qishloq ichki yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarini barpo etish va taʼmirlash, yoʻlboʻylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, sanitariya inshootlari va irrigatsiya tizimlarini barpo etish, transport toʻxtash bekatlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, xalqaro moliyaviy institutlarning kreditlari hamda korxonalarning oʻz mablagʻlari hisobiga elektr taʼminotini yaxshilash, aloqa tizimini modernizatsiya qilish, aholiga suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisini uzluksiz yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan xizmatlarni tubdan yaxshilashga eʼtibor qaratish, bunda bogʻcha, maktab va oilaviy poliklinikalarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda tegishli xarajatlarning yarmini respublika budjeti va maqsadli jamgʻarmalar hamda qolgan qismini mahalliy budjet va mahalliy homiylar hisobidan moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, bozor infratuzilmasi obyektlarini va servis shoxobchalarini, jumladan, hammom va kichik bozor shoxobchalarini tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, uy-joylarni taʼmirlashda xonadon egalariga amaliy yordam koʻrsatish, avvalambor, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda taʼminlash, bu jarayonda keng miqyosda hashar usullarini qoʻllash hisobiga hovli va atrof-hududlarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash, oqova suv xandaqlarini barpo etish hamda muhtoj oilalar uchun homiylar va ish beruvchi korxonalar mablagʻlari hisobidan uy qurib berish (taʼmirlash) va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida “Obod qishloq” jamgʻarmalari tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligi Investitsiya boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda “Obod qishloq” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini tayyorlab, tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar “Obod qishloq” dasturida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti va maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy budjet va uning qoʻshimcha mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoq korxonalarining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla” jamgʻarmasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hasharlar va xayriya tadbirlarini oʻtkazish hisobidan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining har yillik davlat budjeti, shu jumladan mahalliy budjetlar parametrlarini tasdiqlashda “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun zarur miqdorda mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, dastur doirasida “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasining, tashkilot va korxonalar oʻz mablagʻlarining tegishli maqsadlar uchun toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmon bilan “Obod qishloq” dasturining belgilab berilgan asosiy yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, barcha tashkiliy chora-tadbirlar izchilligi, loyihalarni moliyalashtirish manbalari, moddiy resurslar taʼminoti bilan uzviy va chambarchas bogʻlangan 2018-yil uchun chora-tadbirlar rejasini oʻn kun muddatda ishlab chiqib, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq” dasturi doirasida markazlashgan manbalar va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan ishlar boʻyicha buyurtmachi etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha obyektlar boʻyicha bosh loyihachi va pudratchi tashkilotlarni eng maqbul takliflar tanlovi orqali aniqlashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur tanlovlarni tashkil etish, jarayonlarni nazorat qilish va ularning samaradorligini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. Zakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar) hokimliklari va sektor rahbarlari dasturni amalga oshirish doirasida qamrab olinadigan joriy va kelgusi davrlarga moʻljallangan qishloq va mahallalarning manzilli roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun quyidagi qatʼiy shartlar asosida shakllantirishni taʼminlasinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir qishloq kesimida tuman (shahar) hududiy tashkilotlari bilan birgalikda moʻljallanayotgan keng koʻlamli ishlarni tashkil etish va boshqarish yuzasidan tezkor maxsus shtablarni joriy etish, shu jumladan ishlarni hashar va xoʻjalik usulida bajarishni taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, moliyalashtiriladigan qismi boʻyicha mavjud barcha imkoniyatlarni jalb etish, shu jumladan soliq yigʻuvchanligini oshirish va qoʻshimcha aniqlanadigan manbalardan mahalliy budjet daromadini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura, sanitariya va texnik talablar asosida shaxsiy mulk egalari oʻz uy-joyini saqlash, mavjud tomorqalardan unumli foydalanish, yer va mol-mulk soliqlarini hamda koʻrsatilgan kommunal xizmatlar uchun hisob-kitob qilish va qarzdorlikka yoʻl qoʻymaslik, hashar fuqarolarning bevosita shaxsiy ishtirokini aks ettiruvchi jamoa shartnomalarinn tuzish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “Davyergeodezkadastr” qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi huzuridagi Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasi uy-joy, bino-inshootlar va tomorqa xoʻjaliklari mulkdorlari tomonidan amaldagi talab va qoidalar buzilishi va ularga rioya etmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy kodeksiga muvofiq tegishli choralar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan obyektlarni sifatli va arzon qurilish materiallari bilan taʼminlash maqsadida, metall prokati, sement, noruda materiallari, gʻisht, temir-beton mahsulotlari, eshik, deraza romlari, lok-boʻyoq, shifer va shu kabi boshqa asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun korxonalarga gaz va elektr energiyasi 2018-yil 1-maydan boshlab, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbekenergo” AJ tomonidan aholi uchun belgilangan narxlarda yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda sement, metall prokati, gʻisht, temir-beton buyumlari, eshik, deraza romlari, lok-boʻyoq mahsulotlari kabi asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari va jihozlarini yetkazib berish uchun firma doʻkonlari tarmoqlarini tashkil etish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tegishli loyiha institutlari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini batafsil rejalashtirish loyihalari bilan birgalikda oldindan ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-yanvarga qadar qishloq aholi punktlari meʼmoriy qiyofasini yaxshilash tizimini takomillashtirish maqsadida shaharsozlik meʼyor va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish, zarur hollarda yangi standart va mezonlarni ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir obyekt boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlari bosh rejasi va batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻlik xarajatlar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi, Matbuot va axborot agentligiga barcha turdagi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida, ayniqsa, chekka va olis hududlarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlarini batafsil yoritib borish va keng xalq ommasi orasida targʻib qilish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 29-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5386-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2018-y., 06/18/5386/0979-son)