26.08.2015 yildagi O‘RQ-393-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 26.08.2015 yildagi O‘RQ-393-son
Date of entry into force
27.08.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 15-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi — aholi sogʻligʻining holati boʻlib, bunda insonga yashash muhiti omillarining zararli taʼsiri mavjud boʻlmaydi va uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar taʼminlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sanitariya nazorati — aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishga, ularni aniqlash va bartaraf etishga doir faoliyat;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
insonning yashash muhiti — insonning hayot faoliyati shart-sharoitlarini belgilaydigan obyektlar, hodisalar va atrof-muhit omillari majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar — yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining hamda tarqalishining oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, maʼmuriy, muhandislik-texnik, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologik vaziyat — aholi yashayotgan muhitining va sogʻligʻining muayyan hududdagi, koʻrsatilgan aniq vaqtdagi holati;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya xizmati — aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari va tashkilotlarini oʻz ichiga olgan yagona tizim;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklovchi tadbirlar (karantin) — yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan maʼmuriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklar — insonga u yashayotgan muhitning biologik omillari taʼsir koʻrsatishi hamda kasallikka chalingan insondan yoki hayvondan sogʻlom insonga kasallik yuqishi mumkinligi sababli paydo boʻladigan va tarqaladigan inson kasalliklari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan sanitariya-epidemiologiya normalarining joriy etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-yanvardagi OʻRQ-666-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni hamda yashovchilarning hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanish qoidalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(7-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi va amalga oshiradi;
(7-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy boʻlinmalarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarning sanitariya-epidemiologik holatini yaxshilashga va tozaligini saqlashga, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazorati:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari, tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisida hamda ikkinchi qismida koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilinishini, bu faoliyat muvofiqlashtirib borilishini taʼminlaydi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 26-apreldagi OʻRQ-685-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazoratini tashkil etish va amalga oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular oʻrinbosarlarining;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining;
(9-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi.
(9-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifalarini va uni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhit omillarining inson organizmiga taʼsirini aniqlashga doir normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimini va epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha profilaktik emlashlar oʻtkazish tartibini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrofdagilar uchun xavf tugʻdiruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi xavfi boʻlgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish toʻgʻrisida qarorlar chiqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini, maxsus qoʻshiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ularning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chiqarilishi uchun ruxsatnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika va mahalliy epidemiya fondlaridan hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun ajratiladigan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining qarorlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslari harakatlariga (harakatsizligiga) doir shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz boʻysunuvidagi sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalariga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha xulosalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan, aholining yashashi va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan tegishli hududni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avariya holatlarini hamda yuqumli va parazitar kasalliklar avj olishini bartaraf etish paytida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikning yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi.
(11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishgan holda tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sanitariya qoidalarining, normalarining va gigiyena normativlarining yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar bergan holda, davlat organlaridan va boshqa organlardan, yuridik va jismoniy shaxslardan ularning bartaraf etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarida sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) belgilangan tartibda davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik va jismoniy shaxslarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi punktlarini rejalashtirish va qurish loyihalari hamda obyektlarni joylashtirish boʻyicha istiqbol rejalari, shuningdek korxonalarni, binolarni va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish loyihalari yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish uchun yer uchastkalari berish, xoʻjalik va maishiy maqsadlarda suvdan foydalanish joylarini hamda oqova suvlar tozalanganidan keyin ularni tushirib yuborish shartlarini aniqlash, zaharli, kimyoviy, radioaktiv moddalarni va boshqa moddalarni utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash masalalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inshootlarning, turar joylarning, davolash-profilaktika, taʼlim, madaniyat, sport muassasalarining va boshqa muassasalarning, ishlab chiqarish binolari hamda sanitariya-maishiy binolarning, shuningdek uskunalarning, transport vositalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning oʻquv yuklamasi va mashgʻulotlarining namunaviy tartibi toʻgʻrisida taqdim etiladigan takliflar boʻyicha xulosalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari bajarilishini nazorat qilish maqsadida yuridik shaxslarning va yakka tartibdagi tadbirkorlarning obyektlariga qonunchilikda belgilangan tartibda kirish;
(12-modda birinchi qismining “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ish beruvchilardan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini, epidemiyaga qarshi tartibni muntazam ravishda bajarmayotgan hamda yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishi xavfini tugʻdiruvchi shaxslarni ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlarini va bajariladigan ishlarning xususiyatini hisobga olgan holda ishdan chetlashtirishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oziq-ovqat mahsulotlarini, buyumlar, predmetlar va materiallarni sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari uchun olish, bevosita obyektlarning oʻzida zarur laboratoriya va jihozlar vositasida tekshiruvlar oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) davlat sanitariya nazoratini amalga oshirishga vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini, shuningdek jamoatchilik vakillarini belgilangan tartibda jalb etish.
(12-modda birinchi qismining “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sanitariya-epedimiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlariga, ularning oʻrinbosarlariga, ushbu Qonun 8-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisida va ikkinchi qismida koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlar beriladi:
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob bermaydigan yer uchastkalari ajratish, uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kengaytirishga doir loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilishlari bartaraf etilguniga qadar, ishlab turgan inshootlardan, turar joylardan, ishlab chiqarish obyektlaridan, madaniy-maishiy binolardan foydalanishni, umumiy ovqatlanish va savdo korxonalarining, taʼlim, davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort muassasalarining va boshqa muassasalarning faoliyatini toʻxtatib turish, uskunalarni, asboblarni ishlatishni, transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari buzilgan hollarda aholi punktlari, binolar va inshootlar qurilishini, rekonstruksiya qilinishini hamda mazkur obyektlarda ishlarning ayrim turlari bajarilishini toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli deb topilgan yangi xom ashyo turlari, kimyoviy vositalar, texnologiya uskunalari, jarayonlari hamda asboblari, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish materiallari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, biologik vositalar, oziq-ovqat xom ashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga hamda dori vositalariga ishlatiladigan idishlar, plastik, polimer materiallar va boshqa materiallar, ulardan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarilishini, qoʻllanilishini va realizatsiya qilinishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
odamlarning sogʻligʻiga zararli taʼsir paydo boʻlgan taqdirda, xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlash amaliyotida, oziq-ovqat mahsulotlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari hamda chorvaning rivojini tezlashtiruvchi va tartibga soluvchi vositalarni, pestitsidlar, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qayta ishlashda foydalaniladigan kimyoviy moddalar, vosita va usullarning, bu moddalar, vosita va usullarning xavfsizligi toʻgʻrisida ishlab chiquvchi ilmiy jihatdan asoslangan maʼlumotlar taqdim etguniga qadar, qoʻllanilishini taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik va ichimlik suvi taʼminoti uchun qoʻllashga yaroqsiz deb topilgan suvdan foydalanishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklar manbai boʻlgan, shuningdek tibbiy koʻriklardan oʻz vaqtida oʻtmagan shaxslarni vaqtincha ishdan chetlashtirish toʻgʻrisida ish beruvchilarga takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning, epidemiyalarning hamda aholi hayotiga va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavfning oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi taʼminlanishi ustidan belgilangan tartibda nazorat olib borishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarining oldini olishi, ularni aniqlashi va bartaraf etishi;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan xavflar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli kasalliklarning va yuqumli boʻlmagan ommaviy kasalliklarning paydo boʻlishi, tarqalishi sabablari hamda shart-sharoitlarini aniqlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqishi hamda tegishli chora-tadbirlar koʻrishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida yuridik va jismoniy shaxslarni xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi, hovli va uy atrofi hududlaridagi qurilishlar hamda hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida tegishli hududda yashovchilarning ixtiyoriy asosda ishtirok etishini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ham ishtirok etishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nodavlat notijorat tashkilotlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga koʻmaklashishi hamda zarur yordam koʻrsatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yuridik va jismoniy shaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquqlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda insonning yashash muhiti holati toʻgʻrisida axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi oqibatida, shuningdek sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish paytida oʻzlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq hajmda qoplanishi;
(15-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning aholining sanitariya- epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qarorlari va koʻrsatmalari talablarini bajarishi;
(16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda ularni bartaraf etish maqsadida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda aholiga realizatsiya qilish paytida mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini taʼminlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va aholiga realizatsiya qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlarni koʻrsatish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga tahdid soluvchi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilishlari toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ishonchli axborot taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Fuqarolarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qulay yashash muhiti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati toʻgʻrisida axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati toʻgʻrisida axborot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari oqibatida oʻz sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega.
(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi hamda boshqa fuqarolarning sogʻliqni saqlash va qulay yashash muhitiga boʻlgan huquqlari buzilishiga sabab boʻluvchi harakatlarga yoʻl qoʻymasligi shart.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqayotgan yuridik va jismoniy shaxslar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar yangi kimyoviy moddalar va biologik vositalarni, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini hamda tarkibida shu manbalar mavjud boʻlgan priborlarni, materiallarni, texnologik jarayonlarni, uskunalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini hamda boshqa xalq isteʼmoli tovarlarini joriy etishdan oldin aholining sanitariya-epidemik xavfsizligini taʼminlashga doir normativlar boʻyicha asoslantirilgan takliflarni, ushbu normativlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uslublarini, zararli mahsulot va chiqindilarni zararsizlantirish, utilizatsiya qilish usullarini ishlab chiqib, ularni kelishib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachiga taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurishga, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga hamda ishga tushirishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar obyektlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va qurish, korxonalarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda ishga tushirish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Hududlarni, inshootlarni, binolarni saqlashga, uskunalar va transport vositalaridan foydalanishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar hududlarning, inshootlarning, davolash-profilaktika, taʼlim, madaniyat, sport muassasalari hamda boshqa muassasalar binolarining saqlanishini, shuningdek uskunalardan, transport vositalaridan foydalanilishini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytidagi talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar kimyoviy moddalarni, biologik vositalarni va materiallarni tashish, saqlash, qoʻllash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish hamda koʻmib tashlash paytida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash maqsadida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa hamda pardoz mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiyena jihatidan baholangandan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Radioaktiv moddalar va boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytidagi talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar radioaktiv moddalarni hamda boshqa ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, hosil qilish, qayta ishlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat koʻrsatish, ularni tashish, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va koʻmib tashlash paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Turar joylarga koʻchib kirishga va ulardan foydalanishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tashkilotlari va boshqa mulkdorlar tomonidan berilayotgan turar joylar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga javob bermaydigan turar joylarda fuqarolarning yashashiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yashovchilar hovli, uy atrofi hududlarini saqlash va turar joylardan foydalanishning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarini bajarishi shart.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Oziq-ovqat xom ashyosiga, oziq-ovqat mahsulotlariga, ularni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi oziq-ovqat qoʻshimchalarini, maxsus qoʻshiladigan biologik faol moddalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishga va ishlab chiqarishga faqat toksikologiya-gigiyena jihatidan baholangandan keyingina Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining ruxsatnomasi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Xorijdan olib kiriladigan mahsulotni yetkazib berish va realizatsiya qilish paytidagi talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar xorijdan olib kirilayotgan texnologiyalarni, materiallarni, xom ashyoni va mahsulotni yetkazib berish, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlashga doir talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik va ichimlik suvi bilan taʼminlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar yetkazib berilayotgan suvning sifati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, shuningdek milliy standartlarga muvofiqligini taʼminlashi shart.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi OʻRQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlashtirilgan tartibda xoʻjalik va ichimlik suvi yetkazib beriladigan suv quvurlari hamda ularning manbalari uchun maxsus tartibli sanitariya muhofazasi zonalari belgilanib, ular mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar xoʻjalik va maishiy maqsadlar hamda markazlashtirilmagan tartibda suv bilan taʼminlash uchun foydalaniladigan suv havzalaridagi suvning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Taʼlim shart-sharoitlarini tartibga soluvchi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishiga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim muassasalarida tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Mehnat sharoitlariga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchilar ishlab chiqarish binolariga va sanitariya-maishiy binolarga, ishlab chiqarish jarayonlariga, texnologik uskunalarga, ish joylarining tashkil etilishiga, xodimlarning mehnat qilish, dam olish tartibiga hamda xodimlarga maishiy xizmat koʻrsatilishiga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Maxsus ekspertizalar oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining va alohida shaxslarning sogʻligʻi hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablagʻlari hisobidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus ekspertizalarni oʻtkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
(29-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida oʻtkaziladigan chora-tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktik emlashlar oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dezinfeksiya tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majburiy tibbiy koʻriklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi — bu aholi uchun xavf tugʻdiruvchi yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga inson uchun xavf tugʻdiruvchi tovarlar, kimyoviy, biologik va radioaktiv moddalar hamda yuklar olib kirilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi sanitariya-karantin nazoratini amalga oshirish va cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etish yoʻli bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-karantin nazorati davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tegishli organlar tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtish punktlarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqumli va parazitar kasalliklarning paydo boʻlish yoki tarqalish xavfi yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar bosh davlat sanitariya vrachlarining, ular oʻrinbosarlarining taqdimnomasiga koʻra tegishli hududlarda yoki obyektlarda belgilangan tartibda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etishi mumkin.
(31-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklovchi tadbirlar (karantin) oʻtkazish tartibi va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan belgilanadi.
(31-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududining sanitariya muhofazasi qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlar bilan ham taʼminlanishi mumkin.
(31-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida oʻtkaziladigan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqumli va parazitar kasalliklar oʻchoqlarida davolash- profilaktika hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari tomonidan quyidagilarga qaratilgan chora-tadbirlar belgilangan tartibda oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasal deb gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash, ajratib qoʻyish va kasalxonaga yotqizishga, shuningdek ular bilan muloqotda boʻlgan shaxslarni laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazishga va ularning tibbiy kuzatuvini olib borishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqumli va parazitar kasalliklarning yuqish yoʻllari va omillarini aniqlash hamda ularning insonga taʼsir koʻrsatishining oldini olishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Profilaktik emlashlar oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktik emlashlar yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktik emlashlar Profilaktik emlashlarning milliy taqvimiga muvofiq, shuningdek epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi profilaktik emlashlardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan shaxslar guruhini, bunday emlashlarni oʻtkazish tartibi va muddatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Profilaktik emlashlarning milliy taqvimi va epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha profilaktik emlashlar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Dezinfeksiya tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
epidemik koʻrsatkichlar boʻyicha dezinfeksiya tadbirlari — davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
profilaktik dezinfeksiya tadbirlari — yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Majburiy tibbiy koʻriklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishining hamda tarqalishining oldini olish, shuningdek kasb faoliyatiga oid kasalliklarning oldini olish maqsadida bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻriklardan oʻtib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlari majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblarning va ishlab chiqarishlarning roʻyxati, bunday koʻriklarni oʻtkazish tartibi va muddatlari oldindan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi xabardor qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash ularning gigiyenaga, sogʻlom turmush tarziga, sogʻliqni saqlashga doir bilimlar, koʻnikmalar hamda malakalarni egallashiga qaratiladi va kasalliklarning oldini olish maqsadida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolarni gigiyenik oʻqitish va tarbiyalash belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim muassasalarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati oziq-ovqat xom ashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini va ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish, bolalarni oʻqitish hamda tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan kadrlarga ishlashga ijozat berish oldidan, ushbu kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish paytida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish boʻyicha faoliyatga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning faoliyatiga aralashish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga ularning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilish maqsadida qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi 657-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 355-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 658-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 356-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 70-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) X boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 772-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda) V boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 125-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda) I boʻlimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-59-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 2-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-253-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 333-modda) 1-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 2-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-373-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 1-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-381-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) 2-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(41-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 26-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-393-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 451-modda, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)