23.03.2020 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.03.2020 yildagi 176-son
Date of entry into force
24.03.2020
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning muvofiqlashtirilgan faoliyatini tashkil etish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) qarorlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dunyoning barcha davlatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida muntazam aviaqatnovlar toʻxtatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni, (respublikada doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bundan mustasno), shuningdek, yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarini (avtobus, yengil avtotransport va temir yoʻl transporti vositalari) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga barcha chegara oʻtkazish punktlari orqali kirib kelishi toʻxtatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan shaxslarni 14 kun davomida maxsus ajratilgan tibbiyot muassasasi yoki karantin tadbirlarini tashkil etishga moslashtirilgan bazalar yoxud uy sharoitida karantinga olish talabi belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha koʻngilochar obyektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter oʻyinlari xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik faoliyati toʻxtatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha turdagi ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayram tadbirlari, xalqaro tadbirlar va sport musobaqalari, shuningdek, teatr, kino va konsert dasturlari hamda toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishi (dafn marosimlari 10 — 15 kishidan koʻp boʻlmagan hollar bundan mustasno) toʻxtatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat oliy taʼlim muassasalarida, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, maktabdan tashqari va maktabgacha taʼlim muassasalarida hamda barcha nodavlat taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonlari toʻxtatilganligi va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan boshqa bir qator choralar koʻrilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2020-yil 24-mart soat 00.01 dan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib (keyingi oʻrinlarda — Tartib) joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganligini inobatga olib va ushbu infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yoʻl transporti vositalari orqali) toʻxtatiladi, bundan ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatdan oʻtgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida — ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bogʻliq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash boʻyicha majburiy tibbiy nazorat oʻrnatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan taʼminlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni koʻrsatish imkon qadar “onlayn” rejimga oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmogʻi va telefon aloqasi uchun toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida oʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy gvardiya va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” (keyingi oʻrinlarda Sanepidqoʻm deb yuritiladi) bilan birgalikda ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga soʻzsiz rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tartibning amal qilish davrida, zaruratga koʻra, qoʻshimcha yoʻl-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etish choralarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar organlari yoʻl-patrul xizmati xodimlariga, istisno tariqasida, Tartib davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun Sanepidqoʻm xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 291-moddasida belgilangan tartibda avtotransport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yoʻli bilan ushlab turish huquqi berilsin.
(2-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi qaror belgilangan tartibda ijro etilganidan yoxud ijrosi tugatilgandan soʻng Sanepidqoʻm tomonidan beriladigan maʼlumotnoma asosida avtotransport vositasi jarima maydonchasidan olib chiqib ketiladi.
(2-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tartibning amal qilish davrida quyidagilar oʻrnatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) koronavirus infeksiyasi aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, shu jumladan 2020-yil yanvar — mart oylarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlib, Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorlariga, Sanepidqoʻm va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda boʻlgan vaqti va joyi toʻgʻrisida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va harakatlanish yoʻnalishlari haqida zudlik bilan sogʻliqni saqlash organlariga maʼlumot berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida boʻlishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida boʻlishga oid talablarga qatʼiy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qoʻllash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sogʻliqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan oʻtishga majburdirlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Sanepidqoʻm organlari tomonidan izolyatsiya qilinishi lozimligi haqida talab qoʻyilgan shaxslar bilan birga yashovchi shaxslar ham 14 kun davomida yoki Sanepidqoʻm organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida boʻlishga majburdirlar;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qoʻllagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joylarida xodimlarning tana haroratini oʻlchash va tana harorati yuqori boʻlgan xodimlarni ish joyida boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ushbu xodimlar toʻgʻrisida sogʻliqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻm organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda boʻlganlar haqida darhol maʼlumot berish, kasallangan shaxs boʻlgan joylarni dezinfeksiyadan oʻtkazish choralarini koʻrish;
(3-band “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarga izolyatsiya rejimida boʻlishga oid talablarga rioya etishda koʻmaklashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari Sanepidqoʻm va uning hududiy boʻlinmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish yoʻli bilan dezinfeksiya vositalari bilan taʼminlanadi;
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi bilan bogʻliq barcha masalalarni muvofiqlashtiradi va zarur hollarda qoʻshimcha kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalar ijrosini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish darajasini tahlil qilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida nodavlat tibbiyot tashkilotlarida ushbu infeksiya bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda karantin guruhiga mansub boʻlgan oʻta xavfli va yuqumli kasalliklar infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) oʻtkaziladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda bir kun muddatda toʻlovlarni amalga oshirishning masofaviy shakllarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqib amaliyotga tatbiq etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi qabul qilingan qonun hujjatlari, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan tibbiyot sohasidagi yangi yondashuv hamda ixtirolar toʻgʻrisida har kunlik maʼlumotni Komissiyaga taqdim etib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga qarashli sanatoriy va boshqa sogʻlomlashtirish maskanlarida hamda davlat tasarrufidagi dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlari, mehmonxonalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular oʻrtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari qurilishini qisqa muddatlarda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiyaga joriy etilgan Tartibning amal qilish davrida quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi aholi oʻrtasida tarqalishini oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatdagi dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlarning (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) aholiga qatʼiy belgilangan narxlarda uzluksiz yetkazib berilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatni muntazam tahlil qilish va vaziyat barqarorlashgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Tartibning amal qilishini tugatish yuzasidan taklif kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiyaga uning zimmasiga yuklatilgan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni tekshirish hamda nazoratni olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alohida aholi punktlari va hududlarda karantin tadbirlari hamda karantin joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlardan hujjatlar talab qilish hamda ularning rahbarlarini koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarini Komissiya majlislarida eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining aybi (harakati yoki harakatsizligi) bilan koronavirus infeksiyasi avj olishiga yoʻl qoʻyilganda, ularni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida yuqori turuvchi tashkilotlarga, shuningdek, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻrib chiqishi uchun kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilansinki, Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Tartibning amal qilish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, istisno tariqasida, bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun “yashil” yoʻlaklar tashkil qiladi va ushbu tovarlarga nisbatan bojxona bojlari undirilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar uchun, istisno tariqasida, tenderlar yoki tanlov savdolari oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Tartibning amal qilish davrida aholining real daramodlarini barqarorligini taʼminlash maqsadida ishchilarga oylik ish haqlari uzluksiz va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlab borsin hamda respublikadagi bandlik darajasini tushib ketmaslik boʻyicha aniq va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Sanepidqoʻm bilan birgalikda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib uy sharoitida karantinga joylashtirilgan shaxslar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilinishi ustidan qatʼiy va tizimli nazorat oʻrnatsin hamda karantin oʻtash davrida ushbu shaxslarni birinchi navbatdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, niqob va tibbiy buyumlar (dezinfeksiya vositalari va boshqalar) bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya Tartibning amal qilish davrida jamoat tartibini saqlash choralarini kuchaytirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng tushuntirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat hamda joriy etilgan Tartib toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish oʻz zimmamda qoldiraman.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 23-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
176-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom koronavirus infeksiyasi aniqlanganda yoxud gumon qilinganda davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan profilaktik hamda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
karantin — maʼlum hududni koronavirus infeksiyasi tarqatuvchi manbadan muhofaza qilish va uni yoʻqotishga hamda koronavirus infeksiyasining bir joydan boshqa hududlarga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan maʼmuriy va sanitariya-epidemiologik tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
observator — karantin zonada bemor bilan muloqotda boʻlmagan sogʻlom kishilarni saqlash uchun moslashtirilgan binolarda (maktab, mehmonxona, maʼmuriy binolar, sihatgohlar, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari va boshqalarda) tashkil etiladigan maxsus ajratiladigan joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gospital — koronavirus infeksiyasini yuqtirganlarni davolash uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki boshqa tibbiyot muassasasi bazasida tashkil etilgan davolash muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
provizor gospital — koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslarni saqlash va davolash uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki boshqa tibbiyot muassasasi bazasida tashkil etilgan davolash muassasasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
izolyator — epidemiyaga qarshi rejimni taʼminlash uchun koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemor bilan muloqotda boʻlgan shaxslar joylashtiriladigan yuqumli kasalliklar shifoxonasi yoki boshqa alohida ajratilgan binolarning maxsus jihozlangan xonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-karantin punktlari — Davlat chegaralarini quruqlikda (avtomobil va temir yoʻllari), havo va suv yoʻllari orqali kesib oʻtish joylaridagi chegara-bojxona majmualarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan profilaktik muassasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda davlat organlari va boshqa tashkilotlarining harakatlanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar aniqlanganda harakatlanishning umumiy qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari hamda barcha tibbiyot muassasalari koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor aniqlanganda zarur tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun masʼul hisoblanadi.
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Har bir tuman (shahar) tibbiyot birlashmasida koronavirus infeksiyasi aniqlanganda tezkor reja asosida harakatga keltiriladigan maslahat, evakuatsiya va dezinfeksiya guruhlari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor aniqlanganligi toʻgʻrisida xabar kelganda, tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari tomonidan bemorni koʻrikdan oʻtkazish uchun maslahat-evakuatsiya va dezinfeksiya guruhlari yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bemorni olib ketish uchun haydovchi joyi salondan ajratilgan va zich yopiladigan, maxsus (tez tibbiy yordam) avtotransport vositasi ajratiladi, guruh aʼzolari tegishli shaxsiy himoya vositalarini kiygan holda boʻlishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Infeksionist vrach bemorga birlamchi tashxis qoʻyish va ahvolini baholash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Epidemiolog vrach bemor bilan muloqotda boʻlganlarni va uning harakatlanish yoʻnalishini aniqlash maqsadida epidemiologik surishtiruv oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dezinfeksiya guruhi infeksiya oʻchogʻida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazadi. Bemorni olib kelgan avtotransport vositasi maxsus maydonchada dezinfeksiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bemorda koronavirus infeksiyasiga gumon tashxisi kasallikning klinik belgilari (tana haroratining meʼyoridan yuqoriligi, quruq yoʻtal, holsizlanish, nafas siqilishi) va epidemiologik surishtiruv natijalariga asoslanib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Epidemiologik surishtiruv jarayonida koronavirus infeksiyasi boʻyicha epidemik noxush boʻlgan davlatda yoki hududda boʻlganligi, shuningdek, yashash yoki ish joyida, safar davomida yuqori nafas yoʻllari infeksiyasi bilan ogʻrigan yoki ushbu kasallikdan vafot etgan bemor bilan muloqotda boʻlganligi aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Sanitariya-karantin punktlarining faoliyatini tashkil etish hamda ularda koronavirusga gumon qilingan bemor aniqlanganda harakatlanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Chegara bojxona postlaridan oʻtayotgan yoʻlovchilar dastlab sanitariya-karantin punktlarida navbatchi xodimlar tomonidan tibbiy-sanitariya koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng chegara va bojxona xizmatlari nazoratidan oʻtkaziladi. Bu jarayonda koronavirus infeksiyasining belgilarini aniqlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs aniqlanganda bu haqda zudlik bilan Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punkti maʼmuriyatiga, hududiy tibbiyot birlashmasi va Sanepidqoʻmning hududiy boʻlimiga xabar yetkaziladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxs izolyatsiya qilinadi va zarur hollarda unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatiladi. Bunda maslahat guruhi yetib kelgunga qadar Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punkti maʼmuriyati tomonidan ushbu punkt faoliyati vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sanitariya-karantin punktlari xodimlari shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda epidemiologik surishtiruv ishlarini oʻtkazib, mazkur shaxs bilan muloqotda boʻlganlar (yoʻlovchi bilan birga kelgan va yaqin muloqotda boʻlganlar, chegarachilar, tibbiyot xodimlari va boshqalar)ning roʻyxatini tuzadilar hamda boshqa zarur maʼlumotlarni (kasallikning boshlanish vaqti, uning yashirin davrida qayerda boʻlganligi, hududdagi epidemik vaziyat, kasallik belgilarining dinamikasi) aniqlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-karantin punktlari xodimlarining keyingi harakatlari maslahat guruhi koʻrsatmalari asosida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Maslahat guruhi epidemiologik surishtiruv natijalariga qarab, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorni provizor gospital (gospital)ga joylashtirish uchun evakuatsiya guruhini, shuningdek, sanitariya-karantin punktlarida dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun dezinfeksiya guruhini chaqirtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Chegaradan kirib kelishda tibbiy-sanitariya tartib-taomillari Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga binoan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor sanitariya-karantin punktlarida aniqlanganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemor koronavirus infeksiyasiga gumon qilinganda, darhol sanitariya-karantin punkti izolyatoriga joylashtiriladi hamda bu toʻgʻrisida ushbu Nizomga ilovada belgilangan tartibda Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi rahbariga xabar beriladi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-karantin punktlarining tibbiyot xodimi shaxsiy himoya vositalarini (kombinezon, etik, tibbiy niqob, koʻzoynak va qoʻlqop) kiygan holda tegishli tadbirlarni davom ettiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi rahbari infeksiya oʻchogʻiga shaxsiy himoya vositalari va texnika bilan taʼminlangan evakuatsiya (infeksionist, epidemiolog, shoshilinch tibbiy yordam xizmati vrachi va oʻrta tibbiyot xodimi) hamda dezinfeksiya (dezinfeksiya shifokori va dezinfektor) guruhlarini yuboradi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
epidemiolog vrach epidemiologik surishtiruv ishlarini olib boradi hamda bemor bilan muloqotda boʻlganlarni aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dezinfeksiya guruhi infeksiya oʻchogʻida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
evakuatsiya guruhi bemorni boks palatalari boʻlgan maxsus ajratilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasi xodimlari bemordan laboratoriya tekshiruvi oʻtkazish uchun namunalar oladi va virusologiya laboratoriyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Koronavirusga gumon qilingan bemor uyda va tibbiyot muassasasida aniqlanganda harakatlanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koronavirusga gumon qilingan bemor uyda aniqlanganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot xodimi bemorni uyida tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, koronavirus infeksiyasiga gumon qilgan hollarda, ushbu Nizomga ilovada belgilangan tartibda darhol oʻzi ishlayotgan tibbiyot muassasasi rahbariga, rahbar esa, Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmasiga xabar beradi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi rahbari infeksiya oʻchogʻiga kombinezon, etik, tibbiy niqob, koʻzoynak va qoʻlqopdan iborat shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan tibbiyot xodimlari guruhini va tez tibbiy yordam mashinasini yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi bosh vrachi bemorning uyiga tuman epidemiolog vrachi va dezinfeksion guruhni yuboradi;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
epidemiolog vrach epidemiologik surishtiruv ishlarini olib boradi hamda bemor bilan muloqotda boʻlganlarni va bemorning harakatlanish yoʻnalishini aniqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dezinfeksiya guruhi infeksiya oʻchogʻida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemordan laboratoriya tekshiruvi oʻtkazish uchun namunalar tibbiyot muassasalari tomonidan olinib, virusologiya laboratoriyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor tibbiyot muassasasida aniqlanganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan barcha bemorlar muassasaga kirish eshigi oldida yoki qabul boʻlimida filtrdan oʻtkaziladi, tana harorati yuqori, nafas siqishi hamda yoʻtalga shikoyati aniqlanganlar izolyatorga joylashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemor aniqlanganda, shifokor boshqa bemorlarni qabul qilishni toʻxtatadi va ushbu Nizomga ilovada belgilangan tartibda zudlik bilan bemor haqida tibbiyot muassasasi rahbariga, u esa, Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimiga xabar beradi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi shoshilinch xabarnoma yuboradi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi bemorning uyiga tuman epidemiolog vrachi va dezinfeksiya guruhini yuboradi;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorni qabul qilayotgan shifokor shaxsiy himoya vositalarini kiyib, evakuatsiya va dezinfeksiya guruhlari kelgunga qadar davolash profilaktika muassasasida qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dezinfeksiya guruhi yoki tibbiyot muassasasi oʻzining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda infeksiya oʻchogʻida joriy dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dezinfeksiya guruhi bemorning uyida yakuniy dezinfeksiya tadbirlarini oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorga aniq birlamchi tashxis qoʻyish maqsadida infeksionist vrach uni koʻrikdan oʻtkazadi va surishtiruv ishlarini olib boradi, bemor koʻrikdan oʻtkazilganidan keyin, evakuatsiya guruhi uni boks palatalari boʻlgan maxsus ajratilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib ketadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemor bilan muloqotda boʻlgan tibbiyot xodimlari va bemorning oila aʼzolari bemor alohidalangan kundan boshlab, 14 kun davomida karantinga olinadi, agar ular orasida koronavirus infeksiyasining belgilari paydo boʻlsa, ular gospitalga yotkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemorni olib kelgan avtotransport vositasi yuqumli kasalliklar shifoxonasining maxsus maydonchasida dezinfeksiya qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bemordan laboratoriya tekshiruvi oʻtkazish uchun namunalar olinib, virusologiya laboratoriyasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar uchun karantin belgilash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarga boʻlinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar doirasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan bitta xonadonda yashagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan bevosita jismoniy muloqotda (qoʻl siqish, quchoqlashish) boʻlgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan muloqotda (masalan, yoʻtalayotganda) himoyalanmagan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan 2 metrdan kam masofada 15 daqiqadan koʻproq vaqt davomida yuzma-yuz boʻlgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 daqiqa yoki undan koʻproq vaqt 2 metrdan kam masofada koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs bilan birga yopiq joyda (sinf xonasida, yigʻilish xonasida, kasalxona kutish xonasida va boshqalar) boʻlgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy mutaxassis yoki koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxsni bevosita parvarishlashni amalga oshiruvchi boshqa shaxs yoki shaxsiy himoya vositalarisiz yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan holda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxsning bionamunalari bilan ishlagan laboratoriya mutaxassislari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
samolyotda, shaharlararo avtobusda, poyezdda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxsdan har qanday yoʻnalishda ikki oʻrindiq oraligʻida yoki bitta kupeda (poyezdda) boʻlgan, shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxs uchib ketgan samolyotda xizmat koʻrsatgan ekipaj aʼzolari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda boʻlgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar doirasiga koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan bir samolyotda, poyezdda, avtobusda boʻlgan, ammo ular bilan yaqin muloqot qilmagan shaxslar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlgan shaxslarning yashash joyida uy sharoitida izolyatsiya qilish uchun sharoitlar boʻlmagan taqdirda, ularning karantinga olinishi mahalliy hokimliklar tomonidan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mobil telefon, audio va video vositalar, kredit kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar shaxs infeksiya yuqishi mumkin boʻlgan davrda muloqotda boʻlgan shaxslar va borgan joylarini aniqlash maqsadida oʻrganiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlar shaxs davolash muassasasidan chiqayotgan vaqtda oʻziga qaytarib beriladi yoki uning yaqin qarindoshlari yoxud vakillariga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik olib qoʻyilgan buyumlarni saqlash (qoʻriqlash) tegishli davolash muassasasi tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya boʻlinmalari bilan birgalikda tashkillashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar hamda ular bilan yaqin muloqotda va muloqotda boʻlgan shaxslarni karantinda saqlash muassasalariga yetkazish maxsus transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus) amalga oshiriladi, bunda haydovchi oʻrindigʻi salondan ajratilishi, dezinfeksiya jihozlarlari va uskunalari, himoya niqoblari, tibbiy chiqindilarni bir martalik yigʻish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Maxsus transport vositalari har bir tashishdan oldin va keyin maxsus ajratilgan maydonchada yuviladi va dezinfeksiyalanadi, ishchilarning himoya va ish kiyimlari tashish yakuniga koʻra rejim boʻyicha dezinfeksiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Gospitalda, provizor gospitalda va izolyatorda har kuni joriy dezinfeksiya, ular boʻshatilgandan keyin esa yakuniy dezinfeksiya ishlari olib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Karantin joyida muloqotda boʻlgan shaxslarni, tashrif buyuruvchilar, transport vositalari kirishlari va chiqishlari, buyumlar, mahsulotlar va boshqalarni olib kirishni va olib chiqishni qatʼiy nazorat qilish uchun Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan kechayu-kunduz qoʻriqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlib, karantinda saqlanayotgan shaxslar orasida koronavirus infeksiyasi bor boshqa shaxs aniqlansa, u gospitalga olinadi hamda qolgan shaxslar uchun karantin muddati qaytadan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar bilan muloqotda boʻlib, karantinda saqlanayotgan shaxslar orasida karantin muddatida koronavirus infeksiyasi bor shaxslar aniqlanmasa ular davolash muassasasidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar davolash muolajalaridan soʻng koronavirus infeksiyasidan tuzalsa hamda bu tegishli laboratoriya tekshiruvlari natijalari bilan tasdiqlansa, shaxs davolash muassasasidan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bemor uyiga javob berilishi oldidan u sanitariya ishlovidan oʻtkaziladi. Gospitalda bemorlarning uyiga javob berish tartibi yuqumli kasalliklar boʻyicha Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Karantin davrida tashkil etilgan gospital, provizor gospital, izolyator va observator kabi muassasalar faoliyati Respublika, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxar epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyalarining tegishli qarori bilan tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasi aniqlanganda (gumon qilinganda) bajariladigan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus infeksiyasiga gumon qilinganda shoshilinch xabar berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/176/0358-son, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)