07.02.2024 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish hamda ularning faoliyat yuritish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini (keyingi o‘rinlarda — xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari) akkreditatsiya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining xorijiy xodimlarini akkreditatsiya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyatini tashkil etish va tugatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali akkreditatsiya qilish, shu jumladan, portalda elektron raqamli imzosiz chet tilida ariza qoldirish imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun davlat boji undirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy banklar vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya — O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini ochishga ruxsat berish tartiboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya guvohnomasi — akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan berilgan, vakolatxonaning O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat yuritish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya kartochkasi — vakolatxonaning xorijiy xodimiga rasmiylashtirib berilgan shaxsiy akkreditatsiyani tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qiluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona — bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan alohida bo‘linma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy ma’lumotlar bazasi — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkiloti — chet davlat qonunchilik hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish hamda chet elda vakolatxona ochish huquqiga ega bo‘lgan firmalar, kompaniyalar, jamiyatlar, korporatsiyalar va boshqa tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy tijorat tashkilotlari o‘z vakolatxonalarini O‘zbekiston hududida o‘z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida akkreditatsiya guvohnomasi asosida ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akkreditatsiya guvohnomasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq rasmiylashtiriladi (uzaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akkreditatsiya QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali akkreditatsiya guvohnomasini berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatxona yuridik shaxs hisoblanmaydi, xo‘jalik yoki tijorat faoliyatini amalga oshirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy aviakompaniyaning vakolatxonasi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy tijorat tashkilotlarini, vakolatxonalarni va ularning xodimlarini soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akkreditatsiya guvohnomasini olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish, guvohnoma berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z vakolatxonasini ochishdan (akkreditatsiya muddatini uzaytirishdan) manfaatdor bo‘lgan xorijiy tijorat tashkiloti davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, ushbu Nizomga 2-ilovadagi pasportga muvofiq elektron shaklda ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, arizaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza YIDXP orqali berilganda, ariza beruvchining elektron raqamli imzosi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza YIDXP orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etganda to‘lanadigan summaning 90 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Akkreditatsiya guvohnomasi berilganligi uchun davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazi orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — akkreditatsiya qiluvchi organning Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining maxsus hisobvarag‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,25 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi yig‘im to‘langanligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablag‘lar — akkreditatsiya qiluvchi organning Rivojlanish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun davlat boji to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xorijiy tijorat tashkilotining vakolatxonasi xorijiy tijorat tashkilotining xohishiga ko‘ra bir yildan uch yilgacha muddatga akkreditatsiya qilinadi (akkreditatsiya muddati uzaytiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan vakolatxonani akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, akkreditatsiya qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tijorat tashkiloti akkreditatsiya qiluvchi organning vakolatxonani akkreditatsiya qilish to‘g‘risida ijobiy qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan to‘lovni amalga oshirishi lozim. To‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, xorijiy tijorat tashkiloti akkreditatsiya qiluvchi organga ushbu Nizom talablariga muvofiq arizani yangidan taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar vakolatxonani akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya muddatini uzaytirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi yoki ular belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumot keltirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona to‘g‘risidagi nizomning O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga zidligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan xorijiy tijorat tashkiloti yoki vakolatxona O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini buzganligi to‘g‘risidagi ma’lumot aniqlanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani takroran ko‘rib chiqishda akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tijorat tashkiloti akkreditatsiya qilish yoki uning muddatini uzaytirishning rad etilishidan norozi bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning arizasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi. Bunda davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun to‘lov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatxona ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan shaklga muvofiq akkreditatsiya guvohnomasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab ochilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘z vakolatxonasi faoliyatini davom ettirishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy tijorat tashkiloti akkreditatsiya qiluvchi organga akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza hamda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, akkreditatsiya qiluvchi organ ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan shaklga muvofiq akkreditatsiya guvohnomasiga qo‘shimcha rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan vakolatxonalar to‘g‘risidagi axborotning bir kun muddatda axborot tizimlari orqali markaziy ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlaydi. Bunda vakolatxona bir vaqtning o‘zida joylashgan hududi bo‘yicha davlat soliq xizmati organida hisobga qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Vakolatxona faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatxona uni tashkil etgan xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ishlab chiqilgan va xorijiy tijorat tashkiloti rahbari tasdiqlaydigan vakolatxona to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda vakolatxona to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatxonaga xorijiy tijorat tashkilotining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomasi va o‘z vakolati bayon etilgan vakolatxona to‘g‘risidagi nizom asosida ish ko‘ruvchi vakolatxona boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatxona boshlig‘i akkreditatsiya qiluvchi organning so‘roviga muvofiq xorijiy tijorat tashkiloti va vakolatxona faoliyati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vakolatxona xodimlari ham chet el fuqarolaridan, ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bunda vakolatxonaga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qabul qilinadigan chet el fuqarolarining ulushi qirq foizdan ortiq bo‘lmasligi, biroq besh kishidan oshishi mumkin emas. Vakolatxonaga ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vakolatxonaning xorijiy xodimlari uchun akkreditatsiya kartochkasi keyinchalik uzaytirilish imkoniyati bilan o‘n ikki oy muddatga yoki vakolatxona akkreditatsiya qilingan muddatdan, ishonchnoma muddatidan kelib chiqqan holda, belgilangandan kam muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatxona boshlig‘ini akkreditatsiya qilish uchun ariza akkreditatsiya qiluvchi organga xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan, vakolatxona xodimlarini akkreditatsiya qilish uchun ariza xorijiy tijorat tashkiloti yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida vakolatxona boshlig‘i tomonidan beriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan ikki nusxadagi shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi. Bunda ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risida ma’lumot bo‘lishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona boshlig‘iga berilgan ishonchnoma yoki xodimni vakolatxonaga ishga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjat nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqilib, akkreditatsiya qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Quyidagilar vakolatxona xodimlarini akkreditatsiya qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi yoki ular belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumot keltirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Akkreditatsiya kartochkasi ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq xorijiy xodimga rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Akkreditatsiya qilingan xorijiy xodimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq faqat akkreditatsiya qilingan vakolatxonada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining tasdiqnomasini olmasdan, O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xorijiy xodimlarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vakolatxonaga ishga qabul qilishi O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Akkreditatsiya muddati tugagan va uzaytirilmagan xorijiy xodimlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish huquqini tasdiqlovchi boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududini tark etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vakolatxona o‘z ehtiyojlari uchun sarflangan quyidagi xarajatlarni qoplash bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatni amalga oshirish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha sarf-xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona xodimlarining ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara, kommunal to‘lovlar va soliqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatxonalar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni raqamli markirovkalash maqsadida markirovka kodlarini taqdim etish, shu jumladan, bojxona omborlarida ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir. Bunda mazkur hisob-kitoblar tijorat faoliyati sifatida qaralmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Vakolatxonalar O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vakolatxonalar hisob-kitoblarni xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Quyidagilar vakolatxonaning milliy valyutadagi mablag‘lari manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ayirboshlagan chet el valyutasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkilotining o‘z qaroriga ko‘ra vakolatxona ixtiyorida qoladigan O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Vakolatxona faoliyatini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Vakolatxona faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya muddati tugashi bilan xorijiy tijorat tashkiloti vakolatxona akkreditatsiyasini uzaytirish to‘g‘risida murojaat qilmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tijorat tashkiloti qaroriga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qaroriga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilgan organning qaroriga ko‘ra, xorijiy tijorat tashkiloti yoki vakolatxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan vakolatxonani akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya muddatini uzaytirish shartlari buzilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qilgan organning qaroriga ko‘ra, vakolatxona tomonidan uning nizomida nazarda tutilmagan faoliyat turi bilan shug‘ullanish holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida vakolatxonaga ega bo‘lgan xorijiy tijorat tashkiloti tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran tugatiladi, uning o‘zgartirilishi, qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zgartirish, qo‘shib yuborish va qo‘shib olish natijasida qayta tashkil etilgan xorijiy tijorat tashkiloti uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonasi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan taqdirda, akkreditatsiya qiluvchi organga ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan tartib va shaklda akkreditatsiya guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun davlat boji undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda vakolatxona faoliyati muddatidan oldin tugatilgan taqdirda, vakolatxonani akkreditatsiya qilish va vakolatxona uchun akkreditatsiya muddatini uzaytirish uchun to‘langan davlat boji qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Xorijiy tijorat tashkiloti yoki uning vakolatxonasi xorijiy tijorat tashkilotining tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi to‘g‘risida ikki hafta muddatda akkreditatsiya qiluvchi organni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tijorat tashkilotining tugatilganligi yoki qayta tashkil etilganligi to‘g‘risida vakolatxona xabar qilganda yoki akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan bu haqidagi ma’lumotlar mustaqil aniqlangan taqdirda, akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxonani xorijiy tijorat tashkiloti tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan kundan e’tiboran tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xorijiy tijorat tashkiloti akkreditatsiya qiluvchi organning vakolatxona faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi qaroridan norozi bo‘lsa, sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Akkreditatsiya muddati tugashi bilan, shuningdek, akkreditatsiya qiluvchi organning qaroriga ko‘ra vakolatxona faoliyati tugatilgan hollarda, akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxonani qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxona faoliyati tugatilganligi to‘g‘risida xabar olingandan so‘ng bir kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ma’lumotlarning markaziy ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga akkreditatsiya guvohnomalarini rasmiylashtirish yoki guvohnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z vakolatxonasini ochishdan manfaatdor bo‘lgan xorijiy tijorat tashkiloti

Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali:

a) vakolatxonani akkreditatsiya qilish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuboradi;

Xohishiga ko‘ra

b) akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yuboradi.

Vakolatxonaga berilgan akkreditatsiya guvohnomasining amal qilishi muddati tugashidan bir oy avval

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi, YIDXP

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni avtomatik ravishda akkreditatsiya qiluvchi organga yuboradi.

Real vaqt rejimida

3-bosqich

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (akkreditatsiya qiluvchi organ)

1. Tegishli hujjatlarni qabul qiladi va ularni ko‘rib chiqadi.

2. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish yoxud rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

3. Vakolatxonani akkreditatsiya qilishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgandan keyin xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan hujjatlar qayta taqdim etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida

4-bosqich

Akkreditatsiya qiluvchi organ

1. Agar vakolatxonani akkreditatsiya qilish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan bo‘lsa, ariza beruvchini bu haqda xabardor qiladi va davlat bojini to‘lash uchun o‘z hisobvarag‘ining rekvizitlarini taqdim etadi.

2. Agar vakolatxonani akkreditatsiya qilish rad etilgan bo‘lsa, ariza beruvchiga rad etishning aniq sabablari va ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli muddat ko‘rsatilgan holda xabar qiladi.

Qaror qabul qilingan kun real vaqt rejimida

5-bosqich

Xorijiy tijorat tashkiloti

Davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun davlat boji to‘langanligini axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlaydi.

Mablag‘lar tushgan kundan boshlab bir ish kuni davomida

Akkreditatsiya qiluvchi organ

1. Davlat boji to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlangan taqdirda, vakolatxonani QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan akkreditatsiya guvohnomasini rasmiylashtiradi.

2. Akkreditatsiya guvohnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali topshiradi.

Vakolatxona akkreditatsiyasi uchun to‘lov akkreditatsiya qiluvchi organ hisobvarag‘iga tushgandan keyin

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalariga akkreditatsiya guvohnomalarini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Hujjat nomi:

Akkreditatsiya guvohnomasi

2.

Hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar):

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat yuritishi

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

Xorijiy tijorat tashkiloti

4.

Vakolatli organ:

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

5.

Hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

I. Akkreditatsiya guvohnomasini olish uchun:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi*:

xorijiy tijorat tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi, kelib chiqish mamlakati, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy shakli, ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi raqami, ta’sischilari (ishtirokchilari), manzili, ustav jamg‘armasi, aloqa ma’lumotlari, faoliyati tarixi);

xorijiy tijorat tashkiloti faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xodimlarining umumiy soni, faoliyat turi, mahsulot (tovar) nomenklaturasi, so‘nggi moliya yilida tovar (ish, xizmat) ayirboshlash hajmi);

xorijiy tijorat tashkiloti rahbariyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (F.I.O, fuqaroligi, aloqa ma’lumotlari);

mavjud shu’ba korxonalar, vakolatxonalar, filiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, bajarilishiga vakolatxona ko‘maklashadigan shartnomalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);

vakolatxonani ochish muddati;

ariza to‘ldiruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar (F.I.O., aloqa ma’lumotlari);

b) tegishli chet davlat qonunchilik hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy tijorat tashkilotining ta’sis hujjatlari (ustav, ta’sis shartnomasi);

v) xorijiy tijorat tashkiloti joylashgan mamlakatda uning rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi, tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjat (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki savdo reyestridan ko‘chirma, savdo litsenziyasi);

g) vakolatxona boshlig‘iga xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan berilgan pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari va unga berilayotgan vakolatlar to‘liq ko‘rsatilgan ishonchnoma;

d) xorijiy tijorat tashkiloti rahbariyati tomonidan shaxsiy imzo va tashkilot muhri (agar mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan vakolatxona to‘g‘risidagi nizom.

II. Akkreditatsiya guvohnomasi muddatini uzaytirish uchun:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi*:

xorijiy tijorat tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

xorijiy tijorat tashkiloti rahbariyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

mavjud shu’ba korxonalar, vakolatxonalar, filiallar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, bajarilishiga vakolatxona ko‘maklashadigan shartnomalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);

vakolatxonaning akkreditatsiya muddatini uzaytirish muddati;

ariza to‘ldiruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumotlar (F.I.O., aloqa ma’lumotlari).

b) xorijiy tijorat tashkiloti tomonidan vakolatxona boshlig‘iga uning pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari va unga berilayotgan vakolatlar to‘liq ko‘rsatilgan ishonchnoma (akkreditatsiya qiluvchi organga ilgari taqdim etilgan ishonchnomaning muddati o‘tgan taqdirda);

v) vakolatxonaning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumot (pochta manzili, aloqa ma’lumotlari, vakolatxona xodimlarining pasport (identifikatsiya ID-kartasi) ma’lumotlari, xorijiy tijorat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi asosiy tashqi iqtisodiy faoliyati natijalari, xususan, investitsiyalar oqimi, imzolangan kelishuv, shartnoma, kontraktlar bo‘yicha ma’lumotlar, mahalliy hamkorlar to‘g‘risida ma’lumotlar, xayriya-homiylik tadbirlarida ishtiroki to‘g‘risida ma’lumotlar);

g) ijara shartnomasining yoki egallab turgan binoga huquqni tasdiqlovchi boshqa fuqarolik-huquqiy shartnoma nusxasi.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Yig‘im undirilmaydi

7.

Hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat boji undiriladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Besh ish kuni

9.

Ruxsat etishga oid talab va shartlar:

O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda hamda O‘zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyatini amalga oshirish

10.

Hujjatni berishda kelishiladigan organlar:

Mavjud emas

11.

Hujjatning amal qilish muddati:

1 yildan 3 yilgacha

12.

Izoh:

Ushbu Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar:

notarial tasdiqlangan holda davlat tilida yoki rus tilida taqdim etilishi;

xorijiy tijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasida, u mavjud bo‘lmagan taqdirda esa xorijiy tijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tkazilgan davlatning tashqi ishlar organlarida, ushbu davlatning O‘zbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida belgilangan tartibda legallashtirilishi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida tasdiqlanishi kerak.

Agar ushbu hujjatlarga 1961-yil 5-oktabrdagi xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Gaaga Konvensiyasiga muvofiq apostil qo‘yilgan yoxud hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tuzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa, legallashtirish talab etilmaydi.

Agar ushbu Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning bir qismi xorijiy tijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan davlatning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan bo‘lsa, xorijiy tijorat tashkiloti akkreditatsiya qiluvchi organga xorijiy tijorat tashkiloti ta’sis etilgan mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi yoxud mazkur mamlakatning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasining tasdiqnomasini taqdim etadi.

Ushbu Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ular berilgan yoxud tuzilgan kundan boshlab olti oy muddatdan kechiktirmasdan, akkreditatsiya qiluvchi organga taqdim etilishi lozim.

Ariza beruvchilar akkreditatsiya qiluvchi organga yuborilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgardir.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A K K R E D I T A T S I Y A
‎G U V O H N O M A S I

C E R T I F I C A T E _O F
‎A C C R E D I T A T I O N

__________

___-son

№ ___

___________

kk/oo/yyyy

dd/mm/yyyy

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Ministry of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan hereby permits

_____________ “____________”

___________________

(mamlakat nomi)

(korxona nomi)

(organizational legal form)

___________________ga

“___________” _____________

(tashkiliy-huquqiy shakli)

(company name)

(country name)

“____________________”

to open its representative office in the Republic of Uzbekistan by the name

nomi bilan o‘z vakolatxonasini ochishga ruxsat beradi.

“____________________”

Vakolatxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

The Representative office carries out its activities in accordance with the legislation of the Republic of Uzbekistan.

Mazkur guvohnoma __________ gacha haqiqiy deb This certificate is valid until ____________.
hisoblanadi.

kk/oo/yyyy

‎dd/mm/yyyy‎

QR-code

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A K K R E D I T A T S I Y A
‎G U V O H N O M A S I G A

QO‘ S H I M CH A

A D D I T I O N _T O
‎C E R T I F I C A T E _O F
‎A C C R E D I T A T I O N

__________

___-son

№ ___

___________

kk/oo/yyyy

dd/mm/yyyy

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Ministry of Investment, Industry and Trade of the Republic of Uzbekistan extends the period of Certificate of Accreditation of Representative office of

_____________ “____________”

___________________

(mamlakat nomi)

(korxona nomi)

(organizational legal form)

___________________ga

“___________” _____________

(tashkiliy-huquqiy shakli)

(company name)

(country name)

“____________________”

by the name “____________________”

nomli vakolatxonasini ochish uchun berilgan guvohnoma muddatini uzaytiradi.

The Representative office carries out its activities in accordance with the legislation of the Republic of Uzbekistan.

Vakolatxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Pursuant to this Certificate the validity of activities of the Representative office

Mazkur guvohnomaga asosan vakolatxonaning faoliyat muddati _________ yilgacha uzaytirildi.

prolonged up to ____________.

kk/oo/yyyy

dd/mm/yyyy

QR-code

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining
‎vakolatxonalari xodimlarini akkreditatsiya qilish uchun to‘ldiriladigan
‎SHAXSIY VARAQA

Shaxsiy ma’lumotlar
‎‎(bosh harflar bilan pasportda (identifikatsiyalovchi
‎ID-kartasida) ko‘rsatilganidek)‎

Rasm oxirgi 6 oylik

bo‘lishi shart
‎(3.5 x 4.5 sm)

‎‎Familiyasi: _________________________
Ismi: ______________________________
Tug‘ilgan sanasi: _____________________
Tug‘ilgan joyi: _______________________
Fuqaroligi: _________________________
Pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi)
‎raqami: _____________________________
Lavozimi: __________________________
Manzili: ___________________________
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar
(O‘zbekiston Respublikasida)
Manzili (tuman, ko‘cha, uy raqami):
‎___________________________________
Telefon raqami: _____________________
Elektron pochta manzili: _______________
Izoh:

1. Ilova qilingan barcha hujjatlar haqqoniy va yaxshi ko‘ringan bo‘lishi shart.

2. Fotosuratda hech qanday zarar yoki iflosliklar, fon yorug‘ligi yoki yuzning soyasi bo‘lmasligi kerak. Yuz barcha xususiyatlar aniq ko‘rinadigan va tabiiy teri rangi bilan fotosuratda markazlashtirilgan bo‘lishi kerak.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

APPLICATION FORM

Personal data
(in BLOCK letters as appeared in the passport (ID-card))

Please attach

rhotographs

taken within

the last 6 months

front view
‎(3.5 x 4.5 cm)

‎‎Family name: _________________________
First name: ___________________________
Date of birth: _________________________
Place of birth: _________________________
Current nationality:_____________________
Passport (ID-card) number:_______________
Representative position: _________________
Address: ____________________________
Contact data
(In the Republic of Uzbekistan)
Address (district, street, house number):‎
‎___________________________________
Telephone number: _____________________
E-mail: ______________________________
Note:

1. All documents should be valid and legible.

2. The photo should have no damage or impurities, no background light or shadow over face. The face should be centered in the photo with all the features clearly visible and natural skin tone.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy xodimning akkreditatsiya kartochkasi namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(old tomoni)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(orqa tomoni)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tijorat tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 28-oktabrdagi 290-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2017-yil 14-iyuldagi 499-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 10-avgustdagi 472-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qaroriga 3-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 2-apreldagi 149-son qaroriga 7-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qaroriga 6-ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2024-y., 09/24/76/0109-son)