04.07.2018 yildagi PQ-3836-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hozirgi vaqtda respublikaga xorijiy fuqarolarning kirishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini optimallashtirishga, milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga kirish turizmini transformatsiya qilish, madaniy-tarixiy merosni, tabiiy boyliklar va anʼanalarni, shuningdek respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyatini keng targʻib qilishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy fuqarolarning respublikaga kirishi tartibini yanada takomillashtirish elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berish boʻyicha interaktiv xizmatlarni, shuningdek, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz qisqa muddatli kirish va 16 yoshga toʻlmagan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibini joriy qilish yoʻli bilan xorijiy fuqarolarning kirish vizasini olish jarayonlarini soddalashtirish zaruratini taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-fevraldagi PF-5326-son Farmonining 3-bandi talablari amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2018-yil 15-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolarning kirish vizasini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralariga majburiy murojaat etishlarini bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqaroning kirish vizasini olish uchun murojaatini koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga kirish uchun ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron kirish vizalarining yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish orqali elektron kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan tizimini yaratishni nazarda tutuvchi elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tizimi (keyingi oʻrinlarda “E-VISA.UZ” tizimi deb ataladi) joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining elektron vizasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlarining asoslangan hisob- kitoblari boʻyicha “E-VISA.UZ” tizimi joriy qilinishini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan zarur mablagʻlar ajratilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “E-VISA.UZ” tizimi qatnashchilarining idoraviy tizimlarini keyinchalik texnik koʻllab-quvvatlash va rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimini yanada joriy qilish, elektron vizani hamda bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizasiz kirish va 16 yoshga toʻlmagan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirishini rasmiylashtirish jarayonida foydalaniladigan idoraviy tizimlarni modernizatsiya qilish boʻyicha Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini (“yoʻl haritasi”) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda tasdiqlashga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish uchun elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berish uchun konsullik yigʻimlari miqdori quyidagicha belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 AQSH dollari — bir martalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35 AQSH dollari — ikki martalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 AQSH dollari — koʻp martalik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari faoliyatini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining valyuta hisobvaraqasiga oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5885-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligining berilgan elektron kirish vizalarini identifikatsiya qilish maqsadida dasturiy taʼminotni modernizatsiya qilish boʻyicha ishlarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga begʻaraz moliyaviy yordam sifatida budjetdan tashqari Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 300 mln. soʻmni ajratish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “E-VISA.UZ” tizimini yanada joriy qilish doirasida olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy taʼminot, ehtiyot qismlar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha bojxona toʻlovlaridan 2021-yil 1-yanvargacha (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 2018-yil 15-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining chegara qoʻshinlari boʻlinmalariga passajirlar toʻgʻrisida oldindan oʻz vaqtida maʼlumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatiga aviabilet mavjud boʻlgan, 2-ilovaga* muvofiq davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidan tranzit orqali oʻtadigan fuqarolari uchun — 5 sutkadan ortiq boʻlmagan muddatda mamlakatning xalqaro aeroportlari oʻtkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1- va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy pasport yoki biometrik harakatlanish (oʻtish) hujjati bilan qonuniy vakili kuzatuvida boʻlgan, 16 yoshga toʻlmagan xorijiy fuqarolar uchun — kuzatuvchi shaxsning pasportidagi kirish vizasi muddati amal qilishi davrida, biroq Oʻzbekiston Respublikasiga kirgan kundan boshlab 90 kundan ortiq boʻlmagan davrda, oʻtkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketish tartibi belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan vaqtlarida 16 yoshga toʻlganlarida chiqish vizasi ichki ishlar organlari migratsiya va personallashtirish boʻlinmalari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-yanvardagi PQ-14-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari M.I. Atayev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari A.A. Usmanov:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarining turli toifalariga qoʻshimcha viza rejimlarini joriy qilish boʻyicha taklif kiritsin (“Silk road” — Ipak yoʻli mamlakatlari boʻylab sayohat qilayotgan turistlar uchun boshqa mamlakatlar viza belgilarini tan olish imkoniyati bilan, “Vatandosh” — kelib chiqishi Oʻzbekiston Respublikasidan boʻlganlar va ularning oila aʼzolariga — besh yillik viza, “Golden visa” — yirik xorijiy investorlar uchun — oʻn yillik viza);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda yoʻlovchilar toʻgʻrisida oldindan maʼlumot olish tizimini ishga tushirgach Oʻzbekiston Respublikasidan tranzit orqali oʻtadigan, vaqtincha boʻladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun yerdagi oʻtkazish punktlari orqali vizasiz kirish tartibini joriy qilishni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasidan tranzit orqali oʻtadigan, vaqtincha boʻladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun vizasiz kirish tartibini joriy qilish natijasiga koʻra 2019-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasidan tranzit orqali oʻtadigan, vaqtincha boʻladigan va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan mamlakatlar roʻyxatini kengaytirish boʻyicha taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qarorining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qaror qoidalarining keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari orqali 2018-yil 15-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xorijiy fuqarolarining kirishi uchun elektron vizalarni rasmiylashtirish va berish tartibi, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizasiz kirish hamda 16 yoshga toʻlmagan xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi joriy qilinganligi toʻgʻrisida keng xabardor boʻlishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3836-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 07/18/3836/1462-son; 06.01.06.01.2019-y., 06/18/5611/2430-son; 29.05.29.05.29.05.2019-y., 06/19/5731/3200-son; 29.11.29.11.29.11.29.11.2019-y., 06/20/5885/0067-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.11.2025-y., 06/25/203/1003-son; 20.01.2026-y., 07/26/14/0053-son)