Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko‘rsatilmagan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq rezidenti ushbu xalqaro shartnoma qoidalaridan mazkur xalqaro shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti bo‘lmagan boshqa shaxs manfaatlarini ko‘zlab foydalansa, tatbiq etilmaydi.
Ushbu moddaning beshinchi — o‘n ikkinchi qismlari qoidalari O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasiga muvofiq to‘lov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy huquqqa ega bo‘lgan shaxsni aniqlash uchun qo‘llaniladi.
Daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega bo‘lgan shaxsni aniqlashda ushbu moddaning beshinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan vazifalar, shuningdek ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi.
Soliq to‘lovchilar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilganiga o‘xshash tartibda yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan o‘n ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, o‘zining arizasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilishi mumkin.
3) tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar oilasining a’zosi sifatida bo‘lgan davri.
Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatan ham bo‘lib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga o‘zining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda bo‘lib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning ko‘chirma nusxalarini), shuningdek o‘zining haqiqatda bo‘lib turgan joyini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa hujjatlarni (yoki ularning ko‘chirma nusxalarini) taqdim etadi:
Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning 34-moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Agar ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida va (yoki) 2-bandida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan, ham biror-bir chet davlatga nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, agar chet el yuridik shaxsiga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqarilayotgan joy deb e’tirof etiladi:
Agar ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan qurilish maydonida yoki boshqa obyektda turli vaqt davrlarida, bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq chet el yuridik shaxsi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish amalga oshirilsa, bu davrlarning har biri alohida olinganda ushbu moddaning uchinchi qismi 1 va 2-bandlarida ko‘rsatilgan muddatdan yoki muddatlardan oshmasa, ushbu xizmatlarga doir faoliyat davrlari mazkur qurilish maydonida yoki boshqa obyektda faoliyat amalga oshirilgan jami vaqt davriga qo‘shiladi.
6) doimiy faoliyat joyini ushbu qismning 1 — 5-bandlarida eslatib o‘tilgan faoliyat turlarining istalgan birikmasi uchun saqlab turish, basharti ushbu doimiy faoliyat joyining bunday birikmadan yuzaga kelgan jami faoliyati tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lsa. Bunda tayyorgarlik xususiyatiga va yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan faoliyat uchinchi shaxslar uchun emas, balki O‘zbekiston Respublikasi norezidentining o‘zi uchun amalga oshirilishi kerak.
Ushbu moddaning beshinchi qismi qoidalari tadbirkorlik faoliyatining chet el yuridik shaxsi tomonidan foydalanilayotgan yoki saqlab turilgan doimiy joyiga nisbatan, agar bu chet el yuridik shaxsi yoki u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasidagi ushbu joy yoki boshqa joy orqali amalga oshirsa va quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, qo‘llanilmaydi:
3) norezident bo‘lgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasiga kelgan sana, chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu qismning 1 yoki 2-bandlarida ko‘rsatilgan kontrakt (shartnoma, bitim) shartlarini bajarish uchun xodim yoki boshqa xodimlar yollangan sana.
Agar ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan bir nechta shart bajarilsa, ushbu sanalarning nisbatan ilgarigisi, biroq ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismi 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan sanalarning birinchisidan ilgari kirib kelmagan sana norezidentning O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirishi boshlangan sana deb e’tirof etiladi.
Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan doimiy muassasaga ega bo‘lsa va ushbu doimiy muassasa ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday yoki shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi.
Agar doimiy muassasa O‘zbekiston Respublikasining Yagona soliq to‘lovchilar reyestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi o‘n ikki oylik davr ichida ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil etgan deb e’tirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Ushbu Kodeksning maqsadlarida mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari inobatga olingan holda quyidagilar o‘zaro bog‘liq shaxslar deb e’tirof etiladi:
Jismoniy shaxsning va uning ushbu moddaning uchinchi qismi 11-bandida ko‘rsatilgan o‘zaro bog‘liq shaxslarining yuridik shaxsda ishtirok etishining jami ulushi ushbu moddaning maqsadi uchun jismoniy shaxsning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushi deb e’tirof etiladi.
Agar o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan belgilarga ega bo‘lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa asoslar bo‘yicha shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida ko‘rsatilgan shaxslar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan o‘tgan va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar (depozitar qaydlar) emitenti bo‘lgan bir yoki bir nechta O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan bo‘lsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi — o‘n ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy vositachilari deganda O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan chet el fond birjalari va chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi.
Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirsa, o‘sha shaxs ham chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb e’tirof etiladi.
Agar ushbu moddaning o‘n birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga) nisbatan bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi) mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilmaydi:
Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu tuzilmaning aktivlarini o‘z mulkiga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmasa, ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb e’tirof etiladi. Bunda ushbu tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud bo‘lish davri mobaynida, shuningdek u tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, to‘liq yoki qisman mulkka o‘tkazishga doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlari va (yoki) tuzilmaning ta’sis hujjatlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi 1 — 3-bandlarida ko‘rsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti o‘zini mustaqil ravishda ushbu moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etishga haqli. Bunday hollarda, o‘zini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etgan shaxs o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar, basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni to‘lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, dividendlar deb e’tirof etiladi.
2) shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning 1-bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari o‘zida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni (shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik;
Ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim bo‘lgan chet el yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reyestrlarini, sotish reyestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks 282-moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish qismi bo‘yicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni yuritmaydi.
Qimmatli qog‘ozlarni qarzga berish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga yoki chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.
Qarz shartnomasi bo‘yicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, hisob-kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qog‘ozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Ushbu modda sakkizinchi qismining qoidalari quyidagi hollarda ham qo‘llaniladi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
(56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va o‘n uchinchi qismlariga muvofiq soliq organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatishga taalluqli ma’lumotlarni soliq organiga taqdim etish uchun foydalaniladi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hisobga qo‘yilgan kundan e’tiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish huquqi soliq organlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirishi chog‘ida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ularning tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan barcha ko‘rsatkichlar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar soliq organiga taqdim etiladigan yildan oldingi yil yakunlariga ko‘ra hisob-kitob qilinadi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 62-moddasida belgilangan shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda hisoblab chiqarish hamda to‘lash maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashadi.
3) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi va to‘qqizinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar. Bunday hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu Kodeks 62-moddasi yettinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan soliqlarni to‘lashga doir to‘lov topshiriqnomalarining (soliq organining bu soliqlar bo‘yicha hisobga olish amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi qarorining ko‘chirma nusxalari), guruh ishtirokchilaridan har biri uchun oldingi kalendar yildagi buxgalteriya balanslari, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarning ko‘chirma nusxalari kiradi;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i hisoblanadigan va to‘lanadigan soliq davridan oldingi yilning 30-oktabridan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar soliq organiga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazadi yoki uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qiladi. Ushbu moddada belgilangan muddat doirasida bartaraf etiladigan qoidabuzarliklar aniqlanganda, soliq organi soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisini bu haqda xabardor qilishi shart. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi aniqlangan qoidabuzarliklarni ushbu moddada belgilangan muddat tugagunga qadar bartaraf etishga haqli.
Ushbu Kodeksning 62-moddasida, 63-moddasining uchinchi qismida hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
3) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni vakolatli soliq organiga taqdim etmaslik yoxud to‘liq hajmda taqdim etmaslik yoki mazkur moddaningikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish muddatini buzish;
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda soliq organi ushbu shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishi shart, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi esa ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘lgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi sanasidan e’tiboran tashkil etilgan deb e’tirof etiladi. Agar soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ushbu bobda belgilangan boshqa to‘siqlar bo‘lmasa, ko‘rsatilgan qoida qo‘llaniladi.
4) yuridik shaxs mazkur Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob bermay qolgan hollarda, ushbu yuridik shaxs soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhidan chiqib ketganda;
4) shartnomaga kiritilgan o‘zgartishlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Soliq organi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimni ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazishi va mazkur guruh mas’ul ishtirokchisining vakolatli vakiliga o‘zgartishlarning bir nusxasini, u ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi belgini qo‘ygan holda, berishi shart.
1) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarning soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining hech bo‘lmaganda bitta ishtirokchisiga nisbatan bajarilmaganligi;
4) ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi (to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi).
Ushbu Kodeksning 62-moddasida soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan shartlarga muvofiq bo‘lgan bunday guruh ishtirokchisi soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati mobaynida o‘zining ushbu guruhdagi ishtirokini ixtiyoriy ravishda tugatishga haqli emas.
4) soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini (bo‘nak va joriy to‘lovlarni), tegishli penyalar va jarimalarni to‘lash bo‘yicha majburiyat ushbu Kodeksning III bo‘limida belgilangan tartibda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, bunday majburiyatni bajarishi;
5) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilmagan taqdirda, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisini va mazkur guruhni tuzish to‘g‘risidagi shartnoma ro‘yxatga olingan soliq organini darhol xabardor qilishi;
6) ushbu Kodeksning II bo‘limida nazarda tutilgan tartibda soliq solish maqsadida hisob yuritishi shart.
3) ushbu Kodeksning XII bo‘limida nazarda tutilgan muddatlarda foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini o‘zi hisobda turgan yerdagi soliq organiga taqdim etishi shart.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.
2) ushbu Kodeksning XII bo‘limida belgilangan tartibda soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha soliq hisobini yuritishi, foyda solig‘ini (bo‘nak va joriy to‘lovlarni) hisoblab chiqarishi va to‘lashi;
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlarning buzilishiga olib kelmaydigan xarid qilish yoki sotish soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatishga sabab bo‘lmaydi.
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan holat mavjud bo‘lganda, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazgan soliq organiga uning faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi, konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari bo‘lgan barcha yuridik shaxslarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan qarorni yuborishi shart. Bunday qaror ko‘rsatilgan soliq organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 7-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda, soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazgan soliq organiga bunday holatlar yuzaga kelgan sanani ko‘rsatgan holda bildirish xati yuborishi shart. Bunday bildirish ixtiyoriy shaklda tuziladi va mazkur soliq organiga tegishli holat yuzaga kelgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi.
Soliq organi ushbu moddaning uchinchi yoki to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar olingan sanadan e’tiboran besh kun ichida soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati tugatilganligi haqidagi axborotni soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga yuboradi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi kunidan e’tiboran faoliyatini tugatadi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda solig‘i bo‘yicha sudning ko‘rsatilgan qarori qonuniy kuchga kirgan soliq davrining birinchi kunidan e’tiboran faoliyatini tugatadi.
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda solig‘i bo‘yicha ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan shart qaysi soliq davrida buzilgan bo‘lsa, o‘sha soliq davrining birinchi kunidan e’tiboran faoliyatini tugatadi.
Ushbu modda birinchi qismining 5, 6 yoki 7-bandlarida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tegishli holat yuzaga kelgan kalendar yilning birinchi kunidan e’tiboran faoliyatini tugatadi.
Soliq stavkalari, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeks bilan belgilanadi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘zini mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etgan hamda faoliyati bunday e’tirof etish sanasida O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda solig‘i bo‘yicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar qo‘shib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hisob hujjatlari qog‘ozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati bo‘yicha da’vo muddati tugagunga qadar saqlanadi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari qoidalari davlat sirlari jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etishga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan soliq summasining kamayishiga olib kelmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi o‘zi ilgari taqdim etgan soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishga haqli. Bunda soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati o‘tgandan keyin taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti muddat buzilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
Soliq majburiyatini bajarish muddati ushbu Kodeksning 97 — 102-moddalarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi yuzasidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi va (yoki) uning bajarilishini ta’minlashga doir ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashi shart.
Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda tugatiladi:
Vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo‘rlardan undiriladi.
ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda;
ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.
Ushbu Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda da’vo qilish muddati soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan soliq stavkasi, to‘lanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qo‘llanilishi va (yoki) soliqni to‘lash muddati o‘zgarishi bilan bog‘liq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.
Soliq to‘lovchining soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyati, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda bajarilgan deb e’tirof etiladi:
5) mazkur Kodeks 129-moddasining yettinchi qismiga muvofiq, chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs tomonidan to‘lash imkonsizligi sababli to‘lanmagan soliq qarzi bo‘yicha undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan mazkur soliq qarzi shu chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeks 129-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra soliq organida qaytadan hisobga qo‘yilganda tiklanishi lozim.
1) yuridik shaxs joylashgan yerdagi yoki jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari (ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) – mazkur modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda;
2) soliq to‘lovchi yoki soliq agenti hisobda turgan joydagi soliq organlari (ushbu qismning 3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) — ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda;
Undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, agar ushbu Kodeksning 99-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi.
Ushbu Kodeksning 99-moddasida ko‘rsatilgan organlarning qaroriga ko‘ra soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 107 — 109-moddalariga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan ta’minlanishi mumkin.
1) agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa;
3) ushbu shaxs soliqni to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bergan kundan oldingi uch yil mobaynida ushbu Kodeksning 99-moddasida ko‘rsatilgan organ tomonidan soliq to‘lash muddatini tegishli o‘zgartirish shartlari buzilganligi munosabati bilan ilgari berilgan kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan bo‘lsa;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlar ushbu Kodeks 99-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lash muddatini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin emas, qabul qilingan qaror esa bekor qilinishi lozim.
1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno);
2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq to‘lovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida ko‘rsatilgan har qanday soliq bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3 — 6-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda, soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
Agar soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Agar soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 3 — 6-bandlarida va (yoki) to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra berilgan bo‘lsa, kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davrida amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda qarz summasiga foizlar hisoblanadi.
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi.
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga bunday asos mavjudligini va budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish hisobiga ushbu shaxsga kelib tushmagan summani yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasining, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlarning haqi to‘lanmaganligini tasdiqlovchi moliya organining hujjati ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida ko‘rsatilgan asos mavjudligi manfaatdor shaxsning moliyaviy holatini tahlil qilish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yoki u vakolat bergan soliq organi tomonidan aniqlanadi. Bunday tahlil O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan uslubiyatga muvofiq o‘tkaziladi.
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 4-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning ko‘char va ko‘chmas mulki (bundan qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk mustasno) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 5-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish to‘g‘risidagi manfaatdor shaxsning arizasiga ushbu shaxs tomonidan tuzilgan, mazkur shaxsning umumiy daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega bo‘lgan faoliyatdan olingan daromadlarining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliqni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishi muddatidan oldin tugatilganda manfaatdor shaxs tegishli qarorni olganidan keyin bir oy ichida soliq qarzining to‘lanmagan summasini, shuningdek soliqni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan boshlab ushbu summa to‘langan kungacha bo‘lgan har bir kalendar kun uchun penya to‘lashi kerak. Bunda soliq qarzining qoplanmasdan qolgan summasi kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyatini berish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan soliq qarzi summasi to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) amal qilgan davrda kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) haqidagi qarorga muvofiq hisoblangan foizlar summasiga oshirilgan summa bilan haqiqatda to‘langan summalar hamda foizlar o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismiga muvofiq va uchinchi qismini hisobga olgan holda qaytarilishi lozim bo‘lgan summani soliq to‘lovchiga qaytarish ushbu Kodeksning 104 va 105-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoida soliq to‘lovchiga o‘zi ortiqcha to‘lagan soliq summasini uning soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish to‘g‘risida soliq organiga yozma ariza taqdim etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Bunday ariza mavjud bo‘lgan taqdirda soliq organining ortiqcha to‘langan soliq summasini soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olish to‘g‘risidagi qarori soliq to‘lovchining arizasi olingan kundan e’tiboran yoki, agar birgalikda o‘zaro solishtirish o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq organi soliq to‘lovchi bilan u to‘lagan soliqlarni birgalikda o‘zaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan e’tiboran o‘n kun ichida qabul qilinadi.
Ortiqcha to‘langan soliq summasi, ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini inobatga olgan holda, soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga binoan soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida qaytarilishi lozim.
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tgunga qadar soliq organining tegishli summani qaytarish to‘g‘risidagi qarori asosida rasmiylashtirilgan ortiqcha to‘langan soliq summasini qaytarishga doir topshiriqnoma soliq organi tomonidan budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchiga qaytarib berishni amalga oshirish uchun g‘aznachilikka yuboriladi.
Soliq organi ortiqcha to‘langan soliq summasini hisobga olishni yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risidagi qabul qilingan qaror haqida soliq to‘lovchiga bunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida xabar qilishi shart. Agar ortiqcha to‘langan soliq summasini soliq to‘lovchiga qaytarish ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan muddat buzilgan holda amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq to‘lovchiga qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli budjet mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Foiz stavkasi qaytarish muddati buzilgan kunlarda amal qilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga muvofiq soliq organi tomonidan bunday ariza qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, unga hisoblangan foizlar bilan birga qaytarilishi lozim.
Agar soliq ortiqcha undirilgani fakti aniqlangan bo‘lsa, soliq organi ortiqcha undirilgan soliq summasini, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha undirilgan summaga hisoblangan foizlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining soliq qarzini uzish hisobiga yoki o‘sha soliq turi bo‘yicha yoxud ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga hisobga olish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 104-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida ortiqcha to‘langan soliq summalarini hisobga olish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ortiqcha undirilgan soliqni qaytarish tartibi ushbu Kodeksning 104-moddasida ortiqcha to‘langan soliq summalarini qaytarish uchun belgilangan tartibga aynan o‘xshashdir.
2) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi shaxsning kafilligi bilan almashtirilishi mumkin;
3) ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan bank kafolati bilan.
Ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan amaldagi bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchiga ushbu bandda nazarda tutilgan ta’minlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
Agar kafil kafillik shartnomasi bo‘yicha pul summasini to‘lash to‘g‘risidagi talabnomani belgilangan muddatda bajarmasa, soliq organi ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ushbu kafildan to‘lash majburiyati uning kafilligi bilan ta’minlangan summalarni majburiy ravishda undirish choralarini qo‘llaydi.
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida ko‘rsatilgan holatlar, shu organning mohiyati va mazmuniga ko‘ra soliq qarzi hosil bo‘lgan soliq (hisobot) davrlariga taalluqli tegishli hujjat mavjud bo‘lgan taqdirda, shunday hujjat qabul qilingan sanadan qat’i nazar, aniqlanadi.
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlari qoidalari, agar soliq organining mazkur yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri axborotga asoslangan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda undirish ushbu Kodeksning 121 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda, boshqa jismoniy shaxslardan esa — ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksning 120-moddasi yettinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
1) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi asosida — soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan kechirtirmasdan;
2) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi asosida — soliq organining talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni;
3) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida — soliq organining tekshiruv o‘tkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish huquqi berilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay;
4) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi asosida — soliq to‘lovchining (soliq agentining) u ma’lum qilgan manzilida yo‘qligining asosliligi soliq organi tomonidan e’tirof etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay. Bunday e’tirof uchun soliq to‘lovchining vakili soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi shart.
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda, foiz stavkasi soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar noqonuniy to‘xtatib turilgan, soliq organi soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish yoki soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni bankka yuborish muddatini buzgan kunlarda amal qilgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Agar ushbu Kodeksning 111-moddasi birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish bank soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida soliq organining qarorini olgan kundan e’tiboran, to soliq organining ushbu to‘xtatib turishni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori olinadigan kunga qadar amal qiladi.
Mol-mulkni xatlash ushbu Kodeksning 117-moddasiga muvofiq soliq organi tomonidan soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi talabnoma soliq to‘lovchiga yuborilgandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin.
Soliq qarzi uzilgan va (yoki) ushbu Kodeksning 107-moddasiga muvofiq mol-mulk garovi to‘g‘risida shartnoma tuzilgan taqdirda, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi qaror soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilinadi.
Ushbu Kodeksning 120-moddasi sakkizinchi — o‘ninchi qismlarida va 122-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq to‘lovchining soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma boshqa shaxslarga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu bobda nazarda tutilgan barcha qoidalar mazkur shaxslarga yuborilgan soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomalarga ham tatbiq etiladi.
Ushbu Kodeks 116-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomalar boshqa shaxslarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma olingan sanadan e’tiboran ko‘rsatilgan boshqa shaxslar ushbu talabnomani bajarish qismida soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tenglashtiriladi.
Ushbu modda sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlarining qoidalari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yoki boshqa daromadlar yoxud pul mablag‘lari yoki boshqa mulk o‘zga shaxslarga bir nechta operatsiyalar orqali o‘tkazib berilganligi aniqlangan hollarda ham qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning sakkizinchi — o‘ninchi qismlarida ko‘rsatilgan hollarda mazkur shaxslardan soliq qarzini undirish soliq to‘lovchining realizatsiya qilingan tovarlari (ishlari, xizmatlari) uchun kelib tushgan tushum, boshqa daromadlari, u tomonidan o‘tkazilgan pul mablag‘lari, boshqa mol-mulkning qiymati doirasida amalga oshiriladi. Soliq organi mazkur shaxslar to‘g‘risida o‘zida mavjud bo‘lgan axborot asosida va soliq to‘lovchining soliq qarzi miqdoriga bog‘liq tarzda ushbu qarzni undirishni ko‘rsatilgan qaysi shaxslardan va qanday nisbatda undirishni amalga oshirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Ushbu moddaning sakkizinchi — o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
1) ushbu Kodeksning 11-bobiga muvofiq soliq qarziga nisbatan kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati taqdim etilganda;
2) soliq qarzi uzilganda, shu jumladan ushbu Kodeksning 12-bobiga muvofiq ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalar hisobga olinishi munosabati bilan soliq qarzi uzilganda;
3) ushbu Kodeksning 96-moddasiga muvofiq undirilishi umidsiz deb e’tirof etilgan soliq qarzi hisobdan chiqarilganda;
4) ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti bo‘yicha soliq va penya summalari kamaytirilganda.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘i yuzasidan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma ushbu Kodeksning 116-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Bunday talabnoma soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lash uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin yuboriladi.
Agar majburiyatga ega shaxsning soliq qarzini ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalarida nazarda tutilgan tartibda undirish mumkin bo‘lmasa, soliq organi soliq qarzini shu majburiyatga ega shaxsning boshqa mol-mulki, shu jumladan naqd pul mablag‘lari hisobidan undirishga haqli.
1) ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalariga muvofiq undiruv qaratilmagan naqd pul mablag‘lariga nisbatan;
Soliq organining ushbu modda yettinchi qismida ko‘rsatilgan qarorni majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish shakli va tartibi, shuningdek uning mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablag‘lari va banklardagi pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki umuman bo‘lmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruhning boshqa a’zolaridan ularning naqd pul mablag‘lari hamda banklardagi pul mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablag‘lari va banklardagi pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki umuman bo‘lmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruh mas’ul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Bunday undiruv ushbu Kodeks 123-moddasi to‘rtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organida hisobga qo‘yilgan paytdan boshlab soliq siridir.
Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan tartibda olinadigan ma’lumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Faoliyatini boshqa alohida bo‘linmalar orqali amalga oshirish chog‘ida chet el yuridik shaxsini hisobga qo‘yish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsni soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobga qo‘yish ushbu Kodeksning 64-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazgan soliq organi tomonidan shartnoma ro‘yxatga olingan sanadan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobga qo‘yilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi).
Yuridik shaxsni soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarish soliq organi tomonidan ushbu Kodeksning 68-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi).
Jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatuvchi va hisob-kitoblarni bevosita mazkur jismoniy shaxslar bilan amalga oshiradigan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan hisobga olish (hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi ariza hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Soliq agenti deb e’tirof etiladigan vositachi bo‘lgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi ariza ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan chet el tashkilotlari tomonidan soliq organiga mazkur xizmatlar ko‘rsatish boshlangan (tugallangan) kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi. Hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan tegishli ariza va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilgan taqdirda, soliq organi bunday yuridik shaxsni tegishli ariza taqdim etmagan holda soliq hisobidan chiqarishga haqli.
Ushbu modda o‘n uchinchi — o‘n oltinchi qismlarining qoidalari mazkur xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatuvchi yoki bunday xizmatlarni bevosita vositachi sifatida o‘zining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga qo‘yish ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan organlar taqdim etadigan ma’lumot yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida mazkur jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxs o‘z faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan bir nechta shartnomalar tuzgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan oshadigan bo‘lsa, o‘sha shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish u ushbu Kodeksning 129-moddasida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq to‘lovchida soliq to‘lovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyat, shuningdek:
Ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab o‘n kun ichida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi soliq organiga aksiz solig‘i soliq to‘lovchisi sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.
Ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq agenti alohida bo‘linma tashkil etilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin o‘n kun ichida alohida bo‘linma joylashgan yerdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchi soliq agenti sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob ma’lumotlari tarkibiga ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi:
Bank tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ma’lum qilish tartibi va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli organining so‘rovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan so‘rab olinishi mumkin.
Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
Kameral soliq tekshiruvi ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo muddati o‘tmagan soliq davrlariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasi o‘zgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
Ushbu Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq auditi faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan da’vo qilish muddati o‘tmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.
Agar ushbu Kodeksning 142-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq auditi o‘ttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas.
1) ushbu Kodeksning 146-moddasi birinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
Soliq auditi muddatini ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan asos bo‘yicha uzaytirishga hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatlar va buyumlarni olib qo‘yishni amalga oshirish to‘g‘risida ushbu Kodeksning 154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma tuziladi.
Soliq auditi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksning 158 va 159-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Mazkur ko‘rib chiqish tartibi ushbu Kodeksning 223 yoki 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, soliq tekshiruvi va (yoki) soliq nazoratining boshqa tadbirlari natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ushbu Kodeksning 165 va 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Soliq nazoratining qo‘shimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 146 va 147-moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni so‘roq qilish, ekspertiza amalga oshirilishi mumkin.
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ushbu Kodeksning 158-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni (bundan buyon matnda soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qaror deb yuritiladi) qabul qiladi:
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror o‘ziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga (shaxsning vakiliga) berilgan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.
Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) ushbu moddaning o‘n birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ta’minlash choralarini bekor qilish yoki ularni almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
Soliq organining roziligisiz mol-mulkni boshqa shaxsning ixtiyoriga o‘tkazishga (garovga qo‘yishga) doir taqiq va ushbu Kodeksning 111-moddasida belgilangan tartibda bankdagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin.
3) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi shaxsning kafilligiga almashtirishga haqlidir.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ushbu Kodeks 157-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan buzilishlari to‘g‘risida dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim bo‘lgan dalolatnomani tuzadi.
Ushbu moddaning oltinchi qismida ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan keyin soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari faktlari qayd etilgan dalolatnomani, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni ko‘rib chiqadi.
Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) dalolatnomani hamda unga ilova qilingan hujjatlar va materiallarni ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qiladi:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan qaror dalolatnoma ko‘rib chiqilganidan keyin besh kun ichida qabul qilinadi.
Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (axborotni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) ariza berilgan yilning 1-noyabriga qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etmaslik yoki to‘liq hajmda taqdim etmaslik;
2) ushbu Kodeksning 169-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etmaslik;
3) soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) taqdim etilmaganda.
Soliq organi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida, lekin soliq monitoringi o‘tkazilayotgan davrdan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi.
Soliq monitoringini o‘tkazishda ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq talab qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Kodeksning 174-moddasi o‘n beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va materiallar olinganidan keyin o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan daromadlarni aniqlash ushbu bo‘limda belgilangan usullarni qo‘llagan holda transfert narxni belgilash chog‘ida soliq nazorati doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur qoida soliq to‘lovchining bitimning haqiqiy narxi o‘rniga soliq summasini hisoblab chiqarish chog‘ida bitimning bozor narxini soliq solish maqsadida mustaqil ravishda qo‘llash huquqini, agar bu narx haqiqiy narxdan farq qilsa va ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, cheklamaydi.
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati natijasida ushbu moddaning yettinchi — o‘ninchi qismlarida ko‘rsatilgan soliq summalari kamaytirilganligi yoki zararning summasi ko‘paytirilganligi aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tegishli soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi.
Agar transfert narxning belgilanishi ushbu Kodeksning 176-moddasi yettinchi qismida ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta soliqning (bo‘nak va joriy to‘lovining) summalari kamaytirilishiga yoki zarar summasining ko‘paytirilishiga olib kelgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq bazasiga va (yoki) tegishli soliqlarning (zararning) summasiga mustaqil ravishda tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli. Bunday tuzatish kiritish summalariga tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliqlar bo‘yicha soliq davrini (soliq davrlarini) o‘z ichiga oluvchi kalendar yil o‘tgach amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritish:
Ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tuzatish kiritish natijalariga ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan to‘lanmagan soliqlar summasi tegishli soliq davri uchun foyda solig‘ini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini) to‘lash sanasidan kechiktirilmagan muddatda to‘lanishi kerak. Bunda taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot bo‘yicha soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan to mazkur moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan muddat tugaguniga qadar bo‘lgan davr uchun to‘lanmagan soliqlar summasiga penyalar hisoblanmaydi.
4) narxlari ushbu Kodeksning 25-bobida nazarda tutilgan narxni belgilash to‘g‘risidagi kelishuviga muvofiq belgilangan bitimlar.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlar, agar narxlarni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va chet davlatlarning qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilsa, hisobga olinadi.
Eng ko‘p chegaraviy narxni belgilash chog‘ida bunday narx bozor narxini aniqlashda, agar ushbu eng ko‘p chegaraviy narx bozor narxlari oralig‘ining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng ko‘p chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng ko‘p ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘lsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng ko‘p ko‘rsatkichi ushbu eng ko‘p chegaraviy narxga teng bo‘lgan oraliq bozor narxlarining oralig‘i deb e’tirof etiladi, eng kam ko‘rsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng kam ko‘rsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi.
Bir vaqtning o‘zida eng kam va eng ko‘p chegaraviy narxlar belgilanganda ular bozor narxlarini aniqlashda, agar bozor narxlari oralig‘ining ushbu Kodeksning 24-bobiga muvofiq aniqlangan eng kam ko‘rsatkichi eng kam chegaraviy narxdan ko‘p bo‘lsa, eng ko‘p chegaraviy narx esa bozor narxlarining ushbu oralig‘ining eng ko‘p ko‘rsatkichidan ko‘p bo‘lsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, bozor narxlari oralig‘ining tegishincha eng kam va (yoki) eng ko‘p ko‘rsatkichiga ushbu moddaning beshinchi — oltinchi qismlariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Agar bitim uchun narxga doir eng kam va (yoki) eng ko‘p ustamalar belgilangan bo‘lsa yoxud rentabellik yoki foyda miqdorlari uchun boshqa cheklovlar belgilangan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraliqlariga (rentabellik oraliqlariga) ushbu moddaning beshinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan xuddi shunday tartibda tuzatishlar kiritilishi lozim.
Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar mazkur shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lsa.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan qoida, basharti bitimlarning mazkur ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar:
Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi:
Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab o‘tilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilaydi.
Soliq to‘lovchilar soliq organlarini kalendar yilda o‘zlari tuzgan, ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
Agar soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini o‘tkazishda soliq organi ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ma’lumotlar taqdim etilmagan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi faktini aniqlagan bo‘lsa, soliq organi aniqlangan faktlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga mustaqil tarzda xabar qiladi va o‘zi olgan bunday bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi.
Ushbu moddaning birinchi — sakkizinchi qismlariga muvofiq taqqoslanadigan bitimlar shartlarini tahlil qilish asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqqoslanadigan bitimlarning shartlari tahlil etiladigan bitim shartlari bilan taqqoslashning zarur darajasini ta’minlash uchun tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli. Bunday tuzatishlar quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan axborot mavjud bo‘lmagan (yetarli bo‘lmagan) taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi axborotdan foydalanadi:
4) ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq foydalaniladigan boshqa axborotdan.
Bitim shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda, ushbu Kodeksning 193-moddasiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda soliq to‘lovchi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan tashqari hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan har qanday axborot manbalaridan, shuningdek o‘zi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishga haqli.
Zarur bo‘lgan hollarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan usullardan soliq solish maqsadi uchun nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi bo‘yicha daromadlarni aniqlashda ham foydalanilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qo‘llash maqsadida aniq bitimlar to‘g‘risidagi axborotdan tashqari bozor narxlarining shakllangan darajasi va (yoki) birja kotirovkalari haqidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan, shuningdek axborot-narx agentliklarining tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorlaridagi aynan o‘xshash (bir turdagi) tovarlarga (xizmatlarga) oid narxlar (narxlar oraliqlari) haqidagi ma’lumotlaridan foydalanish mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qo‘llash maqsadida bozor narxlari to‘g‘risidagi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot manbalaridan foydalanishga, basharti ushbu axborot manbalarida ma’lumotlari mavjud bo‘lgan bitimlarning nazorat qiladigan bitim bilan taqqoslanishi ta’minlansa, yo‘l qo‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash uchun xarajatlarni hisobga olish tartibida ushbu usullarga muvofiq hisob-kitob qilinadigan ko‘rsatkichlarga va rentabellik oralig‘iga ta’siri sezilarli bo‘lmasligini ta’minlaydigan rentabellik oralig‘i hisob-kitob qilinadigan moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlari taqqoslanadigan tarzga keltirilishi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan usullar bozor narxlari ko‘rsatkichlarini bevosita hisob-kitob qilmagan holda qo‘llanilishi mumkin. Ko‘rsatilgan usullardan foydalanilganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nazorat qilinadigan bitimning moliyaviy ko‘rsatkichlarini (natijalarini) taqqoslanadigan bitimlar bo‘yicha rentabellik oralig‘i bilan taqqoslaydi va uning asosida, agar ushbu bitim taraflari mustaqil shaxslar bo‘lsa, olinishi mumkin bo‘lgan daromad summasining hisob-kitobini amalga oshiradi.
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu Kodeksning 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin:
Ushbu Kodeksning 186-moddasi birinchi qismi 2 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan usullarni qo‘llash maqsadida rentabellik oralig‘i quyidagi tartibda aniqlanadi.
Agar ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida belgilangan cheklovlarga ko‘ra funksional tahlil uchun to‘rttadan kam yuridik shaxs qolsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida ko‘rsatilgan ishtirok etish ulushi mezonlari 25 foizdan 50 foizga qadar oshirilishi mumkin.
Ushbu moddaning o‘n birinchi qismida ko‘rsatilgan mazkur axborot o‘rniga nazorat qilinadigan bitim tuzilgan kalendar yildan bevosita oldingi uch kalendar yildagi (yoxud ushbu bitimda narxlar belgilangan kalendar yildagi) moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanish mumkin. Mazkur axborot jumlasiga soliq to‘lovchining mustaqil shaxslar bilan o‘zi amalga oshirgan bitimlar to‘g‘risidagi axboroti ham kiradi.
Soliq solish maqsadida bozor narxlari oralig‘ining o‘rtacha qiymatini ushbu moddaning to‘qqizinchi qismiga muvofiq qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq to‘lovchi zararining summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘i chegarasida bo‘lsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimda tovar sotib olingan narx bozor narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi.
Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘ining eng kam miqdoridan kam bo‘lsa yoki uning eng yuqori miqdoridan ko‘p bo‘lsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitim narxi tovarni keyingi realizatsiya qilishning amaldagi narxidan va rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatiga muvofiq keladigan yalpi rentabellikdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq solish maqsadida rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatini ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi bo‘lgan sotuvchida ushbu bitim bo‘yicha xarajatlarning yalpi rentabelligi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘i doirasida bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliqqa tortish maqsadidagi bozor narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq soliq solish maqsadida rentabellik oralig‘ining o‘rtacha qiymatini qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning maqsadi uchun ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan operatsion rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlaridan foydalanish mumkin:
2) tijorat va boshqaruv xarajatlarining yalpi rentabelligidan ushbu qismning 1-bandida ko‘rsatilgan hollarda, agar quyidagi ikkita shart bir vaqtda bajarilsa, foydalaniladi:
Agar nazorat qilinadigan bitimning tarafi ushbu modda oltinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa, rentabellikning bozor oralig‘i bilan taqqoslash uchun nazorat qilinadigan bitimning mazkur talablarga eng ko‘p darajada javob beradigan tarafi tanlanadi.
Agar nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oralig‘i doirasida bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiq deb e’tirof etiladi.
Soliq solish maqsadida ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlariga muvofiq foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlarni qo‘llash, basharti bu budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
1) ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan usullardan foydalanish mumkin bo‘lmaganda va nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) taraflari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning sezilarli o‘zaro bog‘liqligi mavjud bo‘lganda;
dastlab ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida ko‘rsatilgan usullar asosida, nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) har bir tarafi uchun bozor narxlari oralig‘i asosida ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan foyda (zarar) aniqlanadi. Bunda bitimning har bir tarafi uchun ushbu taraf amalga oshiradigan vazifalar, u foydalanayotgan aktivlar, qabul qilinayotgan iqtisodiy va tijorat tavakkalchiliklari inobatga olinadi;
Ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar, basharti ular nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha haqiqatda olingan foyda (zarar) miqdoriga ta’sir qilsa, e’tiborga olinadi va ularning ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra e’tiborga olinadi.
Nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari o‘rtasida foydani ushbu modda yettinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan mezon bo‘yicha taqsimlash mustaqil shaxslar o‘rtasida amalga oshirilgan taqqoslanadigan bir turdagi bitimlar bo‘yicha sotishdan olingan foyda (zarar) summasini taqsimlash haqidagi axborot mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan bitim bo‘yicha foydani (zararni) taqsimlashning mazkur tartibidan foydalanishga quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya qilinganda yo‘l qo‘yiladi:
Ushbu moddaning o‘n oltinchi va o‘n yettinchi qismlariga muvofiq soliqqa tortish maqsadida hisobga olingan foydani (zararni) soliq to‘lovchi tomonidan haqiqatda olingan foyda (zarar) bilan taqqoslash asosida, foyda solig‘i soliq to‘lovchining foydasiga (zarariga) tuzatish amalga oshiriladi.
Soliqqa tortish maqsadida foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydani (zararni) ushbu moddaning o‘n beshinchi — o‘n sakkizinchi qismlari asosida qo‘llash, agar bu ushbu holat budjet tizimiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq to‘lovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar nazorat qilinadigan bitimni (bir turdagi bitimlar guruhini) amalga oshirgan soliq to‘lovchining (boshqa shaxslarning) faoliyati to‘g‘risidagi, ushbu bitim bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Agar soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan usullardan foydalangan bo‘lsa, hujjatlarga foydalanilgan usullar haqidagi quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlar soliq to‘lovchidan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yildan keyingi yilning 1-iyunidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan talab qilinishi mumkin.
Ushbu modda birinchi — to‘rtinchi qismlarining qoidalari quyidagi hollarda qo‘llanilmaydi:
1) agar bitimlarning narxlari yuzasidan ushbu Kodeks 178-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq monopoliyaga qarshi organlar tomonidan ko‘rsatma belgilangan yoki narx tartibga solinadigan bo‘lsa va ushbu Kodeks 179-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qo‘llanilsa;
4) ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq soliq solish maqsadida narxni belgilash to‘g‘risidagi kelishuv tuzilgan bitimlar amalga oshirilsa.
Soliq to‘lovchi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar bo‘yicha mazkur hujjatlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishga haqli.
Tekshiruv ushbu Kodeksning 182-moddasiga muvofiq yuborilgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi bildirishnoma yoki hududiy soliq organining xabarnomasi asosida, shuningdek soliq tekshiruvini o‘tkazish natijasida nazorat qilinadigan bitim aniqlangan taqdirda o‘tkaziladi.
1) soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq summasi ilgari soliq hisobotida bayon etilganidan ko‘ra kamroq miqdorda (zarar summasi — kattaroq miqdorda) aks ettirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etganda;
Tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksning 182-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan bildirishnoma yoki xabarnoma olingan kundan e’tiboran to‘rt yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin.
Agar soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq summasi soliq hisobotida ilgari berilganidan ko‘ra kam miqdorda (zarar summasi — kattaroq miqdorda) aks ettirgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan bo‘lsa, tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror ushbu aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan e’tiboran to‘rt yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin. Bunda tekshiruv faqat tuzatish kiritish amalga oshirilgan nazorat qilinadigan bitimga nisbatan o‘tkaziladi.
Agar nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining mustaqil shaxslar o‘rtasidagi taqqoslanadigan bitimlarning shartlari bilan taqqoslanishini aniqlash uchun soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning 23-bobida ko‘rsatilgan usullarni yoki ularning kombinatsiyasini qo‘llagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tekshiruvni amalga oshirish chog‘ida soliq to‘lovchi tomonidan qo‘llanilgan usulni (usullar kombinatsiyasini) qo‘llaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchiga tekshirilayotgan bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) nisbatan ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish haqidagi talabnomani yo‘llashga haqli.
Tekshiruv dalolatnomasi ushbu Kodeksning 156-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda tuziladi.
Ushbu Kodeksning tegishincha 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda narx belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini o‘zgartirishda va uning shartlari bajarilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazishda yuridik shaxslar guruhining umumiy manfaatlarini ushbu guruhdan bitta yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi.
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflarning kelishuviga ko‘ra ushbu Kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, erkin shaklda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va boshqa hujjatlarni ular olingan kundan e’tiboran olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Mazkur muddat to‘qqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim etilmaganligi yoki to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning soliq to‘lovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan uning har bir nazorat qiluvchi shaxsi tomonidan alohida qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning 204-moddasida nazarda tutilgan hollarda nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasi ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
3) ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari bo‘yicha ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu Kodeksning 337-moddasi 12-bandida ko‘rsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa;
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) ushbu Kodeksning 181-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan ofshor yurisdiksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismi 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar O‘zbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomasi mavjud bo‘lgan davlat (hudud) bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan yer bo‘lsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi ushbu Kodeksning 205-moddasida ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi — bunday aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs uchun soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi O‘zbekiston Respublikasining ushbu yuridik shaxsida — ushbu aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi ushbu chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi boshqa shaxslarda ham ozod qilinadi. Ushbu foyda bunday shaxslarning mazkur nazorat qiluvchi shaxsda ishtirok etish ulushiga muvofiq miqdorda soliq solishdan ozod qilinadi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini foyda solig‘i solishdan ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan asoslarga ko‘ra ushbu Kodeksga muvofiq ozod qilish huquqi hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur huquqni tasdiqlash uchun ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchi o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga bunday soliqdan ozod qilish shartlariga rioya qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. Bu hujjatlar ushbu Kodeksning 209-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etiladi va uning nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliq solishdan ozod qilish huquqini beruvchi shartlarga rioya etilishini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan qismi davlat tiliga tarjima qilinishi lozim.
2) ushbu qismning 1-bandida ko‘rsatilgan ulushni hisob-kitob qilishda dividendlari passiv faoliyatdan olingan daromadlar tarkibidan chiqariladigan har bir aktiv chet el kompaniyasining ustav fondida (ustav kapitalida) uning bevosita ishtirok etish ulushi ketma-ket keladigan kamida uch yuz oltmish besh kalendar kun ichida kamida 50 foizni tashkil etsa.
12) ushbu modda birinchi qismining 1 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlarga o‘xshash bo‘lgan boshqa daromadlar;
Ushbu Kodeksning maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 1 — 12-bandlarida ko‘rsatilgan daromadlar passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb, ushbu moddaning birinchi qismi 13-bandida ko‘rsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb e’tirof etiladi.
Agar bunda chet el kompaniyasining asosiy faoliyati ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan daromadlarni olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa va chet davlatning (hududining) qonun hujjatlariga muvofiq maxsus litsenziya asosida amalga oshirilsa, ko‘rsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Xususan, banklar uchun bunday daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb e’tirof etiladi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksning XI bo‘limiga muvofiq hisob-kitob qilingan foydasi (zarari) summasi ushbu Kodeksning maqsadida mazkur kompaniyaning foydasi (zarari) deb e’tirof etiladi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning XI bo‘limida nazarda tutilgan, xususan, ushbu chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) bilan xalqaro bitim mavjudligidan kelib chiqadigan xususiyatlar hisobga olinadi.
Ushbu moddaning o‘n uchinchi qismida ko‘rsatilgan, chet tilida tuzilgan hujjatlar (ularning nusxalari) davlat tiliga tarjima qilingan bo‘lishi kerak.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar uning ushbu Kodeksning XI bo‘limiga muvofiq hisob-kitob qilingan miqdori uch yuz million so‘mdan ortiqni tashkil etsa, tegishli soliq bo‘yicha soliq davri uchun soliq bazasini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlashda hisobga olinadi.
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari to‘g‘risidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi ushbu Kodeksning 208-moddasiga muvofiq nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak bo‘lgan soliq davridan keyingi yilning 20-martidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi.
Soliq organida soliq to‘lovchi chet el kompaniyasining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi ekanligi, lekin soliq organiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani yubormaganligi haqida axborot mavjud bo‘lganda, soliq organi zarur tushuntirishlarni taqdim etish yoki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani topshirish haqidagi talabnomani ushbu soliq to‘lovchiga yuboradi.
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari qoidalari, agar soliq organining yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq to‘lovchi (yig‘im to‘lovchi, soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan to‘liq bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri axborotga asoslangan bo‘lsa, qo‘llanilmaydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganida shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgar bo‘lmaydi.
Javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi ushbu Kodeks 144-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan dalolatnoma tuzilgan kundan e’tiboran to‘xtatilgan deb hisoblanadi. Mazkur holatda javobgarlikka tortish muddatining o‘tishi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va muddat o‘tishini tiklash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran qayta tiklanadi.
Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qo‘llaniladi.
Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi.
Ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish obyekti bo‘yicha soliq organlarida hisobga qo‘yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo‘yishning belgilangan muddatidan o‘tishi:
Ushbu modda uchinchi qismining o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 134-moddasida nazarda tutilgan ma’lumotnomani (ko‘chirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lgan ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) taqdim etish, —
Agar shikoyat bo‘yicha qaror ushbu Kodeksning 235-moddasi sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlarida belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinmasa, soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin.
shikoyat ushbu Kodeksning 232-moddasida belgilangan tartib buzilgan holda berilgan bo‘lsa;
shikoyat ushbu Kodeksning 233-moddasi talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan bo‘lsa;
Ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror ustidan berilgan shikoyat bo‘yicha qaror, soliq auditi natijalari bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror shikoyat olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etganda uzaytirilishi, biroq o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilmagan shikoyat bo‘yicha qaror soliq organi tomonidan shikoyat olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qo‘shimcha hujjatlar taqdim etganda uzaytirilishi, biroq o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
4) xarajatlari ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq (bundan 20-bandda nazarda tutilgan xarajatlar mustasno) foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan, soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqargan tovarlarni berish, o‘z kuchi bilan xizmatlar ko‘rsatish;
10) ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan elektron shakldagi xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar tomonidan olinsa. Bunda, agar quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, O‘zbekiston Respublikasining hududi jismoniy shaxs tomonidan elektron shakldagi xizmatlarni olish joyi deb e’tirof etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi, agarda ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarni realizatsiya qilish joyi unda belgilangan mezonlarga muvofiq bo‘lmasa, ushbu xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etilmaydi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismi qoidalari boshlanishi bir hisobot (soliq) davriga, tamomlanishi esa boshqa hisobot (soliq) davriga to‘g‘ri keladigan xizmatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
27) ushbu Kodeksning 244-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni;
28) ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan hayotni sug‘urta qilish xizmatlarini va boshqa sug‘urta xizmatlarini.
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar bo‘yicha huquqlardan (talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish);
Soliq bazasini aniqlash chog‘ida soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma amalga oshirilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Agar sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el valyutasida belgilangan summaga teng bo‘lgan summadagi milliy valyutada haq to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘langan sana ularni realizatsiya qilish bo‘yicha ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga to‘g‘ri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII bo‘limiga muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim.
Ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq o‘z ehtiyojlari uchun soliq solish obyekti deb e’tirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar ko‘rsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz solig‘ini (aksiz to‘lanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
2) agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (ko‘rsatishda);
Obyektlarni qurishda, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor qilib qurishda, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq bazasi kiritilmagan holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi.
Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar to‘lovlari hisobiga tovarlar berilganda (xizmatlar ko‘rsatilganda), shuningdek ushbu Kodeksning 239-moddasi to‘rtinchi qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq to‘lovchining o‘z ehtiyojlari uchun o‘zi ishlab chiqargan tovarlardan foydalanilganda (o‘z kuchi bilan xizmatlar ko‘rsatilganda), soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 90 kun davomida realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud bo‘lmaganda shunga o‘xshash) tovarlarning (xizmatlarning) o‘rtacha o‘lchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati sifatida, ko‘rsatilgan davrda bunday realizatsiya mavjud bo‘lmaganda esa aksizlar hisobga olingan (aksizosti tovarlar uchun) va soliq qo‘shilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 246-moddasiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan, olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda soliq bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi.
Mol-mulkning har bir turini realizatsiya qilish narxi uning balans qiymatining ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatda, debitorlik qarzining summasiga doir tuzatish koeffitsiyenti qo‘llanilmaydi. Agar bunday holda qimmatli qog‘ozlarning qiymati qayta baholangan bo‘lsa, mazkur koeffitsiyent ularning qiymatiga nisbatan ham qo‘llanilmaydi.
Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytmasiga teng deb qabul qilinadi.
Uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning asos aktivi realizatsiya qilinganda, soliq bazasi, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hamda ushbu hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi — beshinchi qismlarini qo‘llash maqsadida tovarning, xizmatning yoki asos aktivning narxi aksizlar hisobga olingan (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Tovarlarning, xizmatlarning yoki asos aktivning bozor qiymati — ushbu Kodeksning VI bo‘limiga muvofiq, ularni realizatsiya qilish sanasi esa ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Soliq agentlari deb ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan tovarlarning (xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari e’tirof etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan chet el yuridik shaxslari bilan hisob-kitoblarda O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki boshqa vositachilik shartnomalari asosida ishtirok etsa, bunday shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Mazkur hollarda soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan bunday tovarlarning aksizlar (aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida ko‘rsatilgan chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga yoki O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga o‘xshash shartnomalar asosida elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning qoidalari mazkur Kodeksning 243 — 245-moddalarida ko‘rsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘llanilmaydi.
Soliq to‘lovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq umid qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik deb e’tirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim bo‘lgan hollarda ham amalga oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qo‘shimcha hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar ro‘y bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Agar ushbu Kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi.
Ushbu Kodeksning 36-bobida nazarda tutilgan hollarda soliq stavkasi 0 foiz miqdorida belgilanadi.
Ushbu Kodeksning 39-bobida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, bir oy soliq davridir.
Ushbu Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo‘lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi to‘rtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi bo‘yicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri bo‘yicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qo‘shish orqali hisoblab chiqariladi.
Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli bo‘ladi:
4) ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq budjetga to‘langanda;
Soliq to‘lovchi bo‘lmagan shaxs soliq to‘lovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganda, shuningdek soliq to‘lashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda soliq to‘lovchi maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yish (ozod qilishni bekor qilish) sanasida o‘z balansida mavjud bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega.
Ushbu moddaning beshinchi qismiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi:
Sotuvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining soliq to‘lovchisi bo‘lmagan chet ellik shaxsga ushbu chet ellik shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasida tovarlarni (xizmatlarni) olish chog‘ida taqdim etilgan yoki ushbu chet ellik shaxslar tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi chog‘ida ular tomonidan to‘langan soliq summalari hisobga olinishi lozim. Soliqning mazkur summalari ushbu Kodeksning 255-moddasiga muvofiq soliq agenti tomonidan ushbu chet ellik shaxsning daromadlaridan ushlab qolingan soliq budjetga to‘langanidan keyin, ushbu shaxs olgan (olib kirgan) tovarlardan (xizmatlardan) faqat soliq agenti qiymatidan soliqni ushlab qolgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadida foydalanilgan qismi bo‘yichagina hisobga olinishi yoki ushbu chet ellik shaxsga qaytarilishi lozim. Bunda soliqning mazkur summalari, basharti chet ellik shaxs ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish hisobiga qo‘yilgan bo‘lsa, hisobga olinishi yoki ushbu shaxsga qaytarilishi lozim.
2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida ko‘rsatilgan asosiy vositalarni, ko‘chmas mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va ta’mirlash uchun sotib olinganda;
7) soliq to‘lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo‘ljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda.
Ushbu Kodeksning 268 — 270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.
Mutanosib usuldan foydalanish chog‘ida hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq, shuningdek ushbu Kodeksning 269-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim bo‘lgan soliq summasiga tuzatish kiritilgan hollarda hisobga olishga qabul qilinmagan soliq soliq to‘lovchi tomonidan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1 — 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olinmagan soliq summasi kelgusida ular soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi).
Asosiy vositalarning obyektlari, ko‘chmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar bo‘yicha tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan soliq summasi ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga to‘g‘ri keladigan, ilgari bu obyektlar bo‘yicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan) soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qo‘shimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi kerak.
Ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq obyektlardan kelgusida foydalanilgan taqdirda tuzatish kiritilishi lozim, bundan to‘liq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan e’tiboran o‘n yildan ortiq vaqt o‘tgan obyektlar mustasno.
Agar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektdan kelgusida soliq to‘lovchi tomonidan ushbu bo‘limga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq to‘lovchi tuzatish kiritishga va hisoblab chiqarilgan soliq summasini ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganiga o‘xshash tartibda hisobga olish uchun qabul qilishga haqli.
Ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan obyektlar bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi, agar soliq to‘lovchi tomonidan keyinchalik bunday obyektlardan ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalanilsa, hisobga o‘tkazilishi lozim, bundan to‘liq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan e’tiboran o‘n yildan ortiq vaqt o‘tgan obyektlar mustasno.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq soliqqa tuzatish kiritish summasi ilgari mazkur obyektlar qiymatiga kiritilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning tegishli soliq summasini o‘z ichiga oladigan, bunday tuzatish kiritilgan sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Ushbu qismga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi qismida belgilangan tartibda hisobga o‘tkazilishi lozim.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan obyektdan keyinchalik realizatsiya qilinishi soliq solishdan ozod etilgan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq to‘lovchi hisobga o‘tkaziladigan soliq summasiga tuzatish kiritishni amalga oshirish hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga o‘xshash tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasini tiklashi kerak.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan obyektdan realizatsiyasiga soliq solinadigan tovarlarni (xizmatlarni) ham, soliq solishdan ozod qilingan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlarni ko‘rsatish) uchun ham foydalanilgan taqdirda, tiklanishi lozim bo‘lgan soliq summasi ko‘rsatilgan obyekt bo‘yicha hisobga olish uchun qabul qilingan, obyektning bunday tuzatish kiritilgan sanadagi balans (qoldiq) qiymatiga (qayta hisoblashni hisobga olmagan holda) to‘g‘ri keladigan soliq summasining qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qism soliq solishdan ozod qilingan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining joriy kalendar yili davomida o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) umumiy qiymatining ulushiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan obyektdan kelgusida ham realizatsiya qilish aylanmasi soliq solishdan ozod qilinadigan, ham realizatsiya qilish aylanmasiga soliq solinadigan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalanilsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
1) ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibga o‘xshash tartibda hisoblab chiqarilgan, obyektning balans (qoldiq) qiymatida hisobga olingan soliq summasi ajratiladi;
2) ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga olinmaydigan, soliq solishdan ozod qilingan aylanmaga to‘g‘ri keladigan soliq summasining ajratilgan qismi aniqlanadi. Qoldiq summa ushbu bobga muvofiq hisobga olinadi.
Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq to‘lash bo‘yicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan chiqariladi, bundan ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 3 va 4-bandlariga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatish kiritish amalga oshirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun haq to‘langan taqdirda, haq to‘lash amalga oshirilgan soliq davridagi tegishli soliq summasiga soliq to‘lovchi hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasini ko‘paytirish tomonga teskari tuzatish kiritish huquqiga ega.
Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari bo‘yicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim bo‘lgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi salbiy bo‘lsa, soliq to‘lovchi mazkur summaning o‘rnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobida turilgan joy bo‘yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko‘zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni ham belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq to‘lovchilar bo‘lmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni jo‘natuvchining) manfaatlarini ko‘zlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni kiritadi.
Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobidan hisobga olinadi.
Agar qayta tashkil etilgan shaxs ushbu Kodeksning 274-moddasiga muvofiq soliqning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lsa, lekin soliqning o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan summasi qayta tashkil etish tugallanguniga qadar unga qoplanmasa, ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni uning huquqiy vorisiga qoplanadi.
4) tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan ushbu qismning 1 — 3-bandlarida ko‘rsatilganlariga nisbatan boshqa tartib-taomillarga muvofiq olib chiqilayotganda, agar bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona tartib-taomillari bilan soliq to‘lashdan ozod etish va (yoki) to‘langan soliq summalarini qaytarish amalga oshirilmaydi.
Agar chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatsa hamda ularni realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lsa, bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari bilan topshiriq, vositachilik, agentlik shartnomalari yoki boshqa shunga o‘xshash shartnomalar asosida bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etadigan vositachilar bo‘lgan chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan soliq agentlari deb e’tirof etiladi.
Agar chet el yuridik shaxsi jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida ko‘rsatilgan, realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatadigan bo‘lsa, va agar bu yuridik shaxsning o‘zi vositachilarsiz xizmatlarni oluvchi bo‘lgan jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsa, chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) to‘g‘risidagi ariza va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunday xizmatlarda soliq agenti deb e’tirof etiladigan vositachi bo‘lgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qo‘yish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb e’tirof etiladigan, ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatganda soliq bazasi mazkur xizmatlarning ularni realizatsiya qilishning haqiqiy narxlaridan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan soliq summasi hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organiga soliq hisobotini soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali, belgilangan format bo‘yicha elektron shaklda taqdim etadi.
Aksiz to‘lanadigan tovarlarga nisbatan qat’iy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat bo‘lgan aralash soliq stavkalari belgilangan bo‘lsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, aksiz to‘lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz to‘lanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Ushbu Kodeksning 36-moddasi to‘qqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — ushbu Kodeksning 49-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
3) norezident uchun — ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu bo‘limda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar o‘rtasidagi farq;
Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII bo‘limi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham o‘z ichiga oladi.
Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
10) ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
12) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno;
13) ushbu Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromad;
14) ushbu Kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromad;
15) ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromad;
16) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad;
18) ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
21) shakllantirilish xarajatlari ushbu Kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari;
24) ushbu Kodeksning VI bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad;
25) ushbu Kodeksning VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
27) ushbu qismning 1 — 26-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar.
Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chog‘ida oluvchi shaxsning daromadlari, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishdan naf oluvchi oladigan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasiga ko‘ra olingan salbiy farq soliq to‘lovchining zarari deb e’tirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.
9) ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar;
Ushbu Kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu bo‘limga ko‘ra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi, shu xarajat sifatida e’tirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ushbu Kodeks 306-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yoki buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi.
Ushbu Kodeksning 306 — 316-moddalari va 45-bobida ko‘rsatilgan xarajatlar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda chegirmalar jumlasiga kiritiladi.
10) notijorat tashkilotlarning ushbu Kodeks 318-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan hamda notijorat faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulki, bundan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan sotib olingan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk mustasno;
11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-kichik bandlariga muvofiq kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk.
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi.