27.11.2023 yildagi 622-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni hamda “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy va yuridik shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmati YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarni koʻrib chiqishni kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi olti oy muddatda Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestrini yuritishga moʻljallangan axborot tizimini ishlab chiqsin hamda YIDXP integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestrining axborot tizimini ishlab chiqish va kelgusida texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq ishlar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi organlari mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllasin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning egalari hamda xodimlarini mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasi va chet tillari boʻyicha malaka oshirish, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash kurslarida tizimli ravishda oʻqitishni yoʻlga qoʻysin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
622-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qaroriga
1-ILOVA

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish va ular tomonidan xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) hududiy boʻlinmalari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uyi (keyingi oʻrinlarda — mehmon uylari) — mehmon uyida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili boʻyicha bir vaqtning oʻzida 20 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan toʻgʻri keladigan turar joy maydoniga ega boʻlgan xususiy uy-joy obyekti;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — Turizm qoʻmitasi tomonidan yuritiladigan mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot bazasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtovli oromgoh — yengil xomashyodan konussimon shaklda yasalgan, koʻchmanchi turmush tarzini olib boradigan odamlarning tarixi va madaniy xususiyatlari bilan tanishish hamda tanishtirishga qaratilgan, tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi etnik uslubdagi ixtisoslashtirilgan, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 4,5 metr kvadrat hisobidan toʻgʻri keladigan turar joy maydoniga ega boʻlgan sanitariya-gigiyena qulayliklari mavjud turistik baza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xostel — asosan budjetli turizm uchun, turli sigʻimli nomer (xona)larga ega va sanuzellari nomer (xona)lardan tashqarida boʻlgan, shuningdek, mehmonlar muloqoti uchun alohida joyga ega vaqtincha yashash uchun moʻljallangan joylashtirish obyekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chodirli oromgoh — tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, qismlarga ajratilishi va yigʻilishi hamda matoli boshpana (chodir)lardan iborat boʻlgan sanitariya-gigiyena qulayliklari mavjud turistik baza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-mehmon” dasturi — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning faoliyati ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan koʻchirma berish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egalari ular Reyestrga kiritilgandan soʻng xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehmon uyi xizmatlari mehmon uyini tashkil etish uchun yaroqli turar joy obyektiga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti tomonidan koʻrsatiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarda tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va qoʻshimcha xizmatlar yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehmon uylari xizmatlarini koʻrsatish oilaviy tadbirkorlik subyektlari shaklida tashkil etilganda, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) uchun toʻlovlar aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehmon uylari faoliyati tegishli turar joyda uning egasi oʻz oila aʼzolari hamda tashrif buyuruvchilar (turistlar) bilan birga yashashi tamoyili asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga doir talablar quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning vaqtincha yashash boʻyicha xizmat (keyingi oʻrinlarda — xizmatlar) koʻrsatish sohasiga muvofiqligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va zarur moddiy-texnik bazasining mavjudligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatishning zarur darajadagi sifatini va tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda mazkur Nizomga 1-ilovadagi roʻyxat boʻyicha sharoitlar yaratilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uylarida ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq qoʻshimcha xizmat turlarini koʻrsatish hamda va 1b-ilovadagi roʻyxatdagi buyumlarning mavjud boʻlishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarga doir majburiy talablar standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reyestrga kiritish va uni yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestr vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual reyestr raqamini bergan holda, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlumotlar bazasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazasini Turizm qoʻmitasi rasmiy veb-saytida “onlayn” rejimda yangilab borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va YIDXP orqali Reyestrga kiritilgan maʼlumotlarni “onlayn” tekshirish imkoni mavjud boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi respublika miqyosida Reyestrning yagona maʼlumotlar bazasi yuritilishi, undagi maʼlumotlar “onlayn” rejimda yangilab borilishi hamda qoʻmitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi, shuningdek, Reyestrdan chiqarib tashlangan maʼlumotlar elektron shaklda saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarni reyestrdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar Reyestrdan quyidagi holatlarda chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egalari tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti faoliyati belgilangan tartibda tugatilganda yoki uning faoliyati toʻxtatilganda, bu haqida vakolatli organga xabar berilishi;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi tomonidan oʻrganish hamda mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarda tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) anketalashtirish davomida mazkur Nizom talablarining muntazam ravishda (uch marta va undan ortiq) buzilishi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgandan soʻng mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Reyestrga takroran kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda murojaat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri vakolatli organ tomonidan, toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan hollarda esa faqat sud tomonidan Reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli davlat organi Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan koʻchirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron shaklda saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarda belgilangan talablarga rioya etish monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Turizm qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadvalga muvofiq mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning hamda ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan vakolatli davlat organi tomonidan monitoring oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyati hamda ular tomonidan mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablar bajarilishining monitoringi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar tomonidan mazkur Nizom talablarining (shu jumladan, mehmon uylari uchun mazkur Nizomga 2-ilovada koʻzda tutilgan majburiy sharoitlar, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar uchun qabul qilingan standartlar) buzilish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egalari hamda xodimlarining koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan noqonuniy xatti-harakatlarini aniqlash hamda ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishning qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibiga muvofiq hamda Turizm qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shaklda anketalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egalarining hamda vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy binosini (mehmon uylari va xostel egalari) oʻz ixtiyoriga koʻra turar joy sohasidagi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Nizomda belgilangan talablar doirasida tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) Internet jahon axborot tarmogʻi va axborot-turistik markazlari orqali, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa, bildirish tartibida hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoʻli bilan roʻyxatga qoʻyish orqali ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilar (turistlar) tomonidan jamoat tartibi normalari buzilgan hollarda, joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan bogʻlanib harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning egalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini qatʼiy ravishda mazkur Nizom va turizm toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarganligi, shuningdek, oʻz faoliyatini tugatganligi toʻgʻrisida uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Turizm qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyati hamda ular tomonidan mazkur Nizom talablarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli bajarilishi yuzasidan ushbu Nizomning 5-bobiga muvofiq monitoringni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring natijalari boʻyicha mehmon uyi, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar manziliga aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish uchun aniq muddatlar koʻrsatilgan holda bajarishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning samarali faoliyat koʻrsatishini tashkil etishda har tomonlama koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha yashash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning egalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi bilan tanishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejali asosda mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar xodimlarining bilimi va malakasini oshirish imkonini beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, mahorat saboqlari, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar egalarini turizm sohasidagi qonunchilik hujjatlaridagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida xabardor qilib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar bilan oʻzaro munosabatlar sohasiga faol ravishda joriy qilib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga

Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kanalizatsiya (suv chiqarish) yoki (axlat toʻkiladigan oʻrani tashkil etish yoʻli bilan) mahalliy inshootlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yashash va jamoat joylarida tabiiy va sunʼiy (shu jumladan, fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv taʼminotining mavjudligi (shu jumladan, suvni toʻplash uchun idishlar oʻrnatish yoʻli bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻt oʻchirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi” soʻzini oʻz ichiga olgan maʼlumotlar taxtasining mavjud boʻlishi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oilaviy mehmon uyiga kirishda davlat tilida va ixtiyoriy ravishda boshqa muqobil tilda yozilgan quyidagi maʼlumotlar taxtasining mavjud boʻlishi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch xizmatlarning va Turizm qoʻmitasi Call-markazining telefon raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar preyskuranti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻy berishi mumkin boʻlgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavf-xatarlar toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “E-mehmon” — mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarida yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturiga ulangan boʻlishi. Bunda, Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, (turistlarni) eng yaqin joylashtirish vositalari yoki turizm-axborot markazlari orqali tegishli hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etgan holda tashrif buyuruvchilarning roʻyxatga olinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish xonalarida karavotlar yoki matraslar, karavotlar (matraslar) soni boʻyicha choyshab-jildlar majmuining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylarini jihozlash va ular tomonidan qoʻshimcha xizmat turlarini koʻrsatish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR

1. Oʻzbek, rus va ingliz tillarida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar taxtasining mavjudligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorni yoki oilaviy tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (manzil, telefon/faks raqami, elektron pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez tibbiy yordam va hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kelish vaqti toʻgʻrisida maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) beriladigan, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish uchun yoʻnalishlar va treking yoʻnalishlar (qishloq, togʻli joylar, suv havzalari va boshqalar) koʻrsatib oʻtilgan joy xaritasi mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir xonada ichki saqlagichli qulflar yoki ilgaklari boʻlgan eshiklarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Avariya holatida yoritishning (turgʻun generator va akkumulyatorlar) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oshxona yoki mustaqil ovqat tayyorlash uchun sharoitlarning, shuningdek, oshxona anjomlari va asboblarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sovutkichning mavjudligi (xonada yoki umumiy foydalanish uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har kishi boshiga 50 litr suv hisobidan minimal suv zaxirasi boʻlgan idishning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish uchun moʻljallangan xonalarni har kuni tozalash hamda sanitariya-gigiyena uzeli va oshxonaga har kuni ishlov berish (dezinfeksiya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bir yilda kamida bir marta deratizatsiya, dezinseksiya va dezodoratsiya yoʻli bilan xonalarga sanitariya ishlovini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dam olish uchun joy (mos boʻlgan mebelli ayvon, supa, shiyponcha) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vanna (dushxonalar) uchun zarur jihozlarning (koʻzgu, yuvinish ashyolari uchun tokcha, kiyimlar uchun ilgaklar, sochiq ilgich, shaxsiy gigiyenaning bir martalik vositalari (sovun yoki suyuq sovun, shampun) hamda hammom sochiqlari toʻplamining (ularni almashtirish imkoniyati bilan) mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli jihoz va ventilyatsiyali sanitariya-gigiyena uzelining mavjudligi (hojatxona kabinalari, qopqoqli unitaz/polga oʻrnatilgan unitaz, hojatxona choʻtkasi, hojatxona qogʻozi va uni oʻrnatgichi, chiqindi uchun savatcha, koʻzguli bet-qoʻl yuvgich, sovun yoki suyuq sovun, matoli yoki qogʻozli sochiqlar, kiyim uchun ilgaklar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Havoning normal sirkulyatsiyasini taʼminlaydigan, yashash xonalari va jamoat joylariga yoqimsiz hidlar hamda hasharotlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan shamollatish yoki havoni konditsiyalash tizimining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoʻshimcha xizmat turlarini taqdim etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzarali joylar va suratga olish uchun qulay vaqt toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy va koʻngilochar dam olish joylarining joylashishi, ziyorat joylari, tashrif buyuruvchilar (turistlar) kelgan vaqtda oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy taomlarni tayyorlash, hunarmandchilik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha mahorat darslarini hamda ushbu jarayonda tashrif buyuruvchining (turistning) bevosita ishtirokidagi boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchining (turistning) milliy anʼanalarda hamda bayramlarda ishtirok etishini tashkil etish (“Kelin salom”, “Beshik toʻy”, Navroʻz, xalq sayillari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kir yuvish xonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taksi chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baliq ovi va ov qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ot minish darslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hammom, suzish havzasi, sport anjomlarining ijarasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil toʻxtash joyining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidlar, yoʻl boshlovchi-instruktor yoki oʻlkashunoslarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oilaviy mehmon uylari egalari va ishchilarini mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish, zamonaviy axborot texnologiyalari sohasi hamda chet tillari boʻyicha malaka oshirish va xodimlarni qayta tayyorlash kurslarida davriy ravishda oʻqitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oilaviy mehmon uylarini jihozlash hamda ular tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tavsiyalar majburiy emas va yagona Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylarida mavjud boʻlishi tavsiya etiladigan buyumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Televizor.

2.

Sovutkich.

3.

Konditsioner.

4.

Dush kabinasi.

5.

Unitaz.

6.

Bet-qoʻl yuvish anjomlari.

7.

Kir yuvish mashinasi.

8.

Idish-tovoqlar toʻplami va oshxona anjomlari.

9.

Choyshab-jildlar majmui.

10.

Hammom va yuz sochiqlari.

11.

Gilamlar.

12.

Soʻzana, qumgʻon (koʻza), sopol buyumlar va xonalarni bezash uchun milliy hunarmandchilikning boshqa buyumlari.

13.

Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish imkoniyati.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oilaviy mehmon uyini taʼmirlash va obodonlashtirish uchun qurilish materiallari va boshqa zarur materiallar roʻyxati har bir alohida holatda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTLAR

Tadbirkorlik subyektining nomi (yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.).

2.

Tadbirkorlik subyektining pochta manzili (joylashgan joyi).

3.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.

4.

Aloqa maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili).

5.

Individual reyestr raqami va Reyestrga kiritilgan sanasi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI

1. Mazkur Reglament davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan koʻrsatiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organi oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali idoralararo elektron oʻzaro bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oilaviy mehmon uylari (keyingi oʻrinlarda — mehmon uyi), xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning faoliyatini tashkil etish ushbu reglamentga 1-ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Murojaatlarni shakllantirish va yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehmon uyi, xostel, oʻtovli va (yoki) chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilganda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilganda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2 va 3-ilovalarga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehmon uylarini tashkil qilish va Reyestrga kiritish boʻyicha soʻrovnomaga bino va inshootga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlar boʻyicha mehmonxona va vaqtincha turar joy xizmati koʻrsatilishini tashkil qilish hamda uni Reyestrga kiritish boʻyicha soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xostelning xavfsizlikka rioya etishni nazorat qilish va normativ hujjatning belgilangan talablariga muvofiqligini tasdiqlash vakolatiga ega nazorat organlarining (yongʻin xavfsizligi va sanitariya-gigiyena nazorati) xulosalari (ariza kelib tushgan kungacha bir yildan kech boʻlmagan vaqtda tuzilgan) nusxalari. Yangi tashkil etilgan xostellar uchun ulardan foydalanish kunidan boshlab bir yil davomida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar oʻrniga davlat komissiyasining foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi nusxasi ham taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi ariza beruvchining arizasiga muvofiq koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridan davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida koʻchirma yoki shu turdagi mulkning ijara shartnomasini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali onlayn tekshirib oladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-iyuldagi 389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchidan 7 va 8-bandlarda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soʻrovnomaga ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilib, unga ilova qilinadigan hujjat rasmiylashtirilgandan soʻng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng soʻrovnoma vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishliligi boʻyicha vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi soʻrovnomani YIDXP orqali toʻldirganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soʻrovnomada notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, vakolatli organ ariza beruvchiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun oʻn ish kunidan oshmagan muddat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi holatlar davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan ushbu Reglamentda belgilangan muddatda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganish natijalariga koʻra obyektning mazkur Reglamentda nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi aniqlansa.
(14 va 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli davlat organi hujjatlarni olgan kundan boshlab ularni uch ish kuni davomida koʻrib chiqadi, mehmon uyini Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada, xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarni standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga muvofiqligi boʻyicha oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mehmon uyini oʻrganib chiqish natijasi yuzasidan vakolatli davlat organi mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda, xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarni oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha esa, 5-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uyi Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan, xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlar standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, vakolatli davlat organi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan bildirish xatini rasmiylashtiradi yoki asoslangan rad javobini oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. Bunda, Reyestrga kiritish rad etilganligining aniq sabablari hamda ularni bartaraf qilish uchun hujjatlarni qayta taqdim etish mumkin boʻlgan muddat (uch oygacha) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Reyestrga kiritishni rad etishga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilganda, ariza beruvchi bildirish xatida koʻrsatilgan muddat mobaynida Reyestrdan koʻchirma olish uchun mazkur Reglamentga 6 va 7-ilovalarga muvofiq shakllarda ariza bilan qayta murojaat qilish huquqiga ega. Vakolatli davlat organi uch ish kuni davomida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qoʻshimcha dalolatnomani rasmiylashtirilgan holda, hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi tomonidan qayta taqdim etilgan arizani koʻrib chiqishda muqaddam ariza beruvchiga yozma shaklda taqdim etilgan bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reyestrga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma shakldagi bildirish xatida koʻrsatilgan muddat oʻtib ketgandan soʻng ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi hamda vakolatli davlat organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mehmon uyi Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan majburiy talablarga, xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlar mazkur standardlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan majburiy talablarga muvofiq boʻlganda, vakolatli davlat organi ikki ish kuni mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarga individual reyestr raqamini bergan holda Reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga mazkur Reglamentga 8 va 9-ilovalarga muvofiq shakldagi Reyestrdan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan koʻchirmani rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchirmani oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, bir ish kuni mobaynida davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Reyestrdan koʻchirma elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi va vakolatli organning elektron imzosi bilan tasdiqlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reyestrdan koʻchirma quyidagi hollarda qayta rasmiylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt nomi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning pochta manzili oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha joylashtirish xonalari tashkil etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy vorislik yuzaga kelganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrdan koʻchirmani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, uch ish kuni ichida Reyestrdan koʻchirmani qayta rasmiylashtiradi yoki qayta rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyundagi 312-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli davlat organi xodimlari tomonidan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tegishli maʼlumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlari taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi, haqqoniyligi va dolzarbligini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP orqali ariza topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Arizani qabul qiladi, ariza raqami va sanasini ariza beruvchiga yuboradi yoki davlat xizmati koʻrsatishni rad etadi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilganda, uning soʻrovnomasini Turizm qoʻmitasining hududiy organiga (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) elektron shaklda yuboradi.

Avtomatik tarzda

4-bosqich

Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari

(vakolatli organ)

1. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

2. Mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganadi va natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.

3 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari

(vakolatli organ)

Mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh belgilangan talablarga muvofiq boʻlganda, uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritadi hamda davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga xabar beradi.

2 ish kuni davomida

Mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, rad qilish asoslari aniq koʻrsatgan bildirish xatini davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga elektron tarzda yuboradi.

1 ish kuni davomida

6-bosqich

Ariza beruvchi*

Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida bildirish xatini olganda rad etish sabablarini bartaraf etadi va vakolatli organga qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etadi.

3 oygacha

7-bosqich

Vakolatli organ*

Hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va qoʻshimcha dalolatnomani rasmiylashtiradi.

3 ish kuni davomida

8-bosqich

Vakolatli organ

Mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarning faoliyatini monitoringi qiladi.

Doimiy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________________________________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi)

SOʻROVNOMA

1. ______________________________________________________________________

(arizachi beruvchining toʻliq nomi)

______________________________________________ manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

(manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili)

________________________________________________________________________,
_________________________________________________________________ nomidan,

(oilaviy mehmon uyi egasining lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________ manzil boʻyicha taqdim etiladigan,

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

_______________________________________ oilaviy mehmon uyi xizmatini koʻrsatish

(xonalar va joylar soni)

xavfsizlik talablariga muvofiq kelishini maʼlum qiladi va uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritishni soʻraydi.

2. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.

3. Arizaga hujjat va maʼlumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.

4. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:

20 ___ yil “____” _____________

(sana)‎

Ariza shaklini
‎olish uchun QR-kod

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________________________________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi)

SOʻROVNOMA

1. ______________________________________________________________________

(arizachi beruvchining toʻliq nomi)

______________________________________________ manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

(manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili)

________________________________________________________________________,
_________________________________________________________________ nomidan,

(xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh egasining lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________ manzil boʻyicha taqdim etiladigan,

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

_________________________ mehmonxona va vaqtinchalik turar joy xizmatini koʻrsatish

(xonalar va joylar soni)

Nizom va standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelishini maʼlum qiladi hamda uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritishni soʻraydi.

2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.

3. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
4. Arizaga hujjat va maʼlumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.

5. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:
20 ___ yil “____” _____________

(sana)‎

Ariza shaklini
‎olish uchun QR-kod

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oilaviy mehmon uyini oʻrganish dalolatnomasi № ____

20____ yil “____” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi ________________________________________
‎__________________________________________________ hududiy boʻlinmasi xodimi

(hudud nomi)

________________________________________________________________________

(xodimning F.I.O., lavozimi)

20____ yil “____” _____________da _________________________________________
‎________________________________________________________________________,

(ariza beruvchining manzili)

oilaviy mehmon uyi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish maqsadida ariza beruvchi
‎_______________________________________________________ ishtirokida oʻrgandi.

(F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili)

Baholash vaqtida: _________________________________________________ belgilandi.
Tavsiya etiladi: __________________________________________________.
Xulosa: ________________________________________________________.

Dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasi vakolatli davlat organiga hamda ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga taqdim etiladi.

____________________

____________

_________________________

(xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Dalolatnoma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim:

____________________________

_________________

(ariza beruvchining F.I.O.)

(imzo)

20____ yil “____” _____________

M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xostel, oʻtovli va chodirli oromgohlarni oʻrganish dalolatnomasi № _____

20____ yil “____” _____________

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi ________________________________________
‎__________________________________________________ hududiy boʻlinmasi xodimi

(hudud nomi)

________________________________________________________________________

(xodimning F.I.O., lavozimi)

20____ yil “____” _____________da _________________________________________
‎________________________________________________________________________

(ariza beruvchining manzili)

xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish maqsadida ariza beruvchi _______________‎____________________ ishtirokida oʻrgandi.

(F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili)

Oʻrganish vaqtida belgilandi:

T/r

Talablar

Haqiqiy holati

Muvofiqlik belgisi

1‎.

2.

3.

4.

___________________________

_______________

_____________________

(masʼul xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Tavsiya etiladi: __________________________________________________.
Xulosa: ________________________________________________________.

Dalolatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, uning birinchi nusxasi vakolatli davlat organiga hamda ikkinchi nusxasi ariza beruvchiga taqdim etiladi.

____________________

____________

_________________________

(xodim lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Dalolatnoma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim:

____________________________

_________________

(ariza beruvchining F.I.O.)

(imzo)

20____ yil “____” _____________

M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________________________________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi)

SOʻROVNOMA
‎‎(qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida)

1. ______________________________________________________________________

(arizachi beruvchining toʻliq nomi)

______________________________________________ manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

(manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili)

________________________________________________________________________,
_________________________________________________________________ nomidan,

(oilaviy mehmon uyi egasining lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________ manzil boʻyicha taqdim etiladigan,

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

_______________________________________ oilaviy mehmon uyi xizmatini koʻrsatish

(xonalar va joylar soni)

xavfsizlik talablariga muvofiq kelishini maʼlum qiladi hamda uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan koʻchirmani qayta rasmiylashtirishni soʻraydi.

2. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.

3. Arizaga hujjat va maʼlumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.

4. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:
20 ___ yil “____” _____________

(sana)‎

Ariza shaklini
‎olish uchun QR-kod

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________________________________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi)

SOʻROVNOMA
(qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida)

1. ______________________________________________________________________

(arizachi beruvchining toʻliq nomi)

______________________________________________ manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

(manzili, telefon raqami, faks raqami, elektron pochta manzili)

________________________________________________________________________,
_________________________________________________________________ nomidan,

(xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh egasining lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________ manzil boʻyicha taqdim etiladigan,

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

_________________________ mehmonxona va vaqtinchalik turar joy xizmatini koʻrsatish

(xonalar va joylar soni)

Nizom va standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq kelishini maʼlum qiladi hamda uni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan koʻchirmani qayta rasmiylashtirishni soʻraydi.

2. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.

3. Ariza beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
4. Arizaga hujjat va maʼlumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.
20 ___ yil “____” _____________

(sana)‎

Ariza shaklini
‎olish uchun QR-kod

(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar
‎yagona reyestridan koʻchirma

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritilgan ______________________________________________________ga berildi.

(ariza beruvchining F.I.O.)

20___ yil “____” _______________.‎‎

Roʻyxatga olish raqami: ________________

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR): _____________________________
Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi:

_____

raqami: ____________________

‎Berilgan sanasi _______________

_________________________________________________________________________

(pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) bergan organning toʻliq nomi)

Oilaviy mehmon uyi manzili: ________________________________________________
Amalga oshirilayotgan faoliyatning qoʻshimcha tur(lar)i: ___________________________
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
________________________________________________________________________
Reyestridan koʻchirma
‎berildi:

______________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi  Turizm qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining toʻliq nomi)

QR-kod uchun joy

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi

Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar
‎yagona reyestridan koʻchirma

Reyestr raqami
‎№ __________________________
Roʻyxatga olish sanasi: _________________
Mehmonxona va vaqtinchalik turar joy xizmatlari
‎_________________________________________________________________________

(tadbirkorlik subyektining nomi)

koʻrsatilgan ______________________________________________________________

(xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh nomi)

manzili: _________________________________________________________________

(telefon raqami, elektron pochta manzili)

Oʻrnatilgan talablarga mos kelishi ____________________________________________
‎________________________________________________________________________

(standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar)

Roʻyxatdan oʻtkazish tatbiq etiladi _____________________________________________

(xona va oʻrin-joylar miqdori)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqam _______________________________________
Reyestrdan koʻchirma
‎berildi:

______________________________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining toʻliq nomi)

QR-kod uchun joy

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarorining 1-bandi beshinchi xatboshisi hamda qarorga 5-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi 885-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-iyuldagi 477-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Turizm sohasi subyektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 26-iyuldagi 407-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2023-y., 09/23/622/0897-son; 10.07.2024-y., 09/24/389/0491-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son; 15.06.2026-y., 09/26/312/0602-son)