Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.2023 07.08.2018 yildagi 631-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-sonli “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish, ushbu sohada davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm faoliyati subyektlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, turizm xizmatlari koʻrsatish sohasida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish hamda aholining bandligi va farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uylari ushbu mehmon uylarida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili boʻyicha bir vaqtning oʻzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m2 hisobidan toʻgʻri keladigan zaruriy turarjoy maydoniga ega boʻlgan xususiy uy-joy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega boʻlgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylarini oʻrganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan tegishli koʻchirma berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oilaviy mehmon uylarini roʻyxatga olish va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestrini yuritishni amalga oshiradi;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uylari, oilaviy korxona tomonidan tashkil etilgan xizmatlar uchun kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv taʼminoti, kanalizatsiya, gaz taʼminoti va issiqlik taʼminoti) haqi toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlari orqali oilaviy mehmon uylarini sertifikatlashtirishni tashkil qilish boʻyicha uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tijorat banklariga Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilgan xususiy tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subyektlarining buyurtmalariga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobarigacha miqdorda, besh yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya qilinsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar boʻyicha ularning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan bozor stavkalarida, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oilaviy mehmon uylari xizmati koʻrsatuvchi xususiy tadbirkorlar uchun ularning joylashish mintaqasi va toifasiga qarab, belgilangan soliqning alohida stavkasini belgilash toʻgʻrisida uch oy muddatda taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, belgilangan tartibda, ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda ushbu qarorning maqsadlari va vazifalarini keng tushuntirish ishlarini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.N. Umarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 7-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
631-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom oilaviy mehmon uylari (keyingi oʻrinlarda mehmon uylari deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va ular tomonidan xizmat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy mehmon uyi (keyingi oʻrinlarda mehmon uyi deb ataladi) — mazkur mehmon uyida uy egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili boʻyicha bir vaqtning oʻzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 m2 hisobidan toʻgʻri keladigan turarjoy maydoniga ega boʻlgan xususiy uy-joy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) — yuritilishi Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-iyuldagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — mehmon uyini tashkil etish uchun yaroqli turarjoy binosiga ega boʻlgan va unda yashayotgan yoki uning xotini (eri), ota-onasi, farzandi, shu jumladan farzandlikka olinganlar va nabiralari, uni Reyestrga kiritish uchun belgilangan tartibda ariza topshirgan xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-iyuldagi 477-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyining egasi — Reyestrga kiritilgan xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehmon uylari egalari, faqat ular Reyestrga kiritilgandan soʻng xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehmon uylari xizmatlari koʻrsatish mazkur turarjoyda uning egasi oʻz oila aʼzolari hamda tashrif buyuruvchilar (turistlar) bilan birga yashash tamoyili boʻyicha tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehmon uylari faoliyatini tashkil etish tartibi mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mehmon uylari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehmon uylari koʻrsatadigan xizmatlariga doir talablar quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyining vaqtinchalik yashash boʻyicha xizmat (keyingi oʻrinlarda xizmatlar deb ataladi) koʻrsatish sohasiga muvofiqligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylarida uning egasi tomonidan qayd etilgan koʻrsatiladigan xizmatlar va zarur moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatishning zarur darajadagi sifatini va tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehmon uylari tashkil etishda mazkur Nizomning 2-ilovasiga binoan roʻyxat boʻyicha majburiy shart-sharoitlarga muvofiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uyi tomonidan xizmatlar koʻrsatish vaqtida uni jihozlash va unda isteʼmol buyumlarining boʻlishi, shuningdek,mazkur Nizomning 2a va 2b-ilovalariga binoan roʻyxat boʻyicha qoʻshimcha xizmat turlarini koʻrsatishi tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, mehmon uylarni oʻrganish dalolatnomasi asosida ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan tegishli koʻchirma berish yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reyestrni yuritish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyestrni yuritish quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyiga individual reyestr raqamini bergan holda mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq mehmon uylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼlumotlar bazasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar bazasini butun jahon Internet axborot tarmogʻida onlayn rejimida yangilab turish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Reyestr elektron shaklda yuritiladi va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizachi uni Reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Arizaga bino va inshootga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizachidan mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Haqqoniy boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgani uchun arizachi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Arizachi tomonidan ariza mazkur Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda, uni olganligi toʻgʻrisidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolatli davlat organi hujjatlarni olgan kunidan boshlab ularni uch ish kuni davomida koʻrib chiqadi, mehmon uyini mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiqligi boʻyicha oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrganib chiqish natijalari yuzasidan vakolatli davlat organi mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mehmon uyi mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, vakolatli davlat organi dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida arizachiga mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisida aniq nomuvofiqliklar va uning davomida arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilish va qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etish huquqiga ega boʻlgan muddat (uch oygacha) koʻrsatilgan holda yozma shaklda bildirish xati yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Arizachi tomonidan mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, ikki ish kuni davomida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qoʻshimcha dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda hujjatlarni qayta koʻrib chiqish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta koʻrib chiqishda vakolatli davlat organi tomonidan muqaddam arizachiga yozma bildirish xatida bayon etilmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Arizachi tomonidan mehmon uyini Reyestrga kiritish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirish xatida koʻrsatilgan muddat oʻtib ketgandan keyin topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli davlat organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mehmon uyi mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan majburiy shart-sharoitlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, vakolatli davlat organi bir ish kuni mobaynida mehmon uyiga individual reyestr raqami bergan holda, mehmon uyini Reyestrga kiritadi va arizachiga mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan koʻchirma beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachining xohishiga koʻra koʻchirma QR-kod sanoqli tizimidan foydalangan holda elektron shaklda joʻnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va koʻchirma berish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Reyestrga avval kiritilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, mehmon uylari egalari bunday oʻzgarish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida, tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, vakolatli davlat organiga maʼlum qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlar mehmon uylari egalari tomonidan vakolatli davlat organiga bevosita, pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda uni olganligi toʻgʻrisidagi bildirish xati bilan taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar arizachining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reyestrdan koʻchirmani qayta rasmiylashtirish va berish vakolatli davlat organ tomonidan mehmon uyi egasining hujjatlarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizasi va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kunidan boshlab bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mehmon uyini Reyestrdan chiqarish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyi egasi tomonidan Reyestrdan ixtiyoriy ravishda chiqarish toʻgʻrisida ariza berilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoxud oilaviy tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda tugatilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli davlat organi tomonidan oʻrganish va mehmon uylarida yashayotgan shaxslarni anketalashtirish davomida mazkur Nizom talablarining surunkali ravishda buzilishi aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish vaqtida aniqlangan buzilishlar mehmon uyi egasi tomonidan bartaraf etilgandan soʻng u Reyestrga kiritish toʻgʻrisida takroran ariza topshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Koʻchirma yoʻqolgan yoki shikastlangan taqdirda, mehmon uyi egasining yozma murojaatiga koʻra uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vakolatli davlat organi arizani olgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida koʻchirma dublikatini, shuningdek, u shikastlangan taqdirda esa — koʻchirmaning aslini berishi (yuborishi) shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Koʻchirmani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish haqidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vakolatli davlat organi Reyestrdan berilgan va qayta rasmiylashtirilgan koʻchirmalar, shuningdek, Reyestrdan chiqarilgan mehmon uylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning dolzarb holatda elektron koʻrinishda saqlanishini va oʻzining butun jahon Internet axborot tarmogʻidagi veb-saytida onlayn rejimda eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mehmon uylari tomonidan belgilangan talablarga rioya etilishi monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Vakolatli davlat organi mehmon uylari faoliyati va ular tomonidan mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablar bajarilishining monitoringini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari tomonidan mazkur Nizom talablari (shu jumladan mazkur Nizomning 2-ilovasida koʻzda tutilgan majburiy shartlar) buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari egalari va xodimlarining koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifati va xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan insofsiz ahloqi va nohaq harakatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Monitoring:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uyi tashrif buyuruvchilarini (turistlarni) vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan shaklda anketalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Mehmon uyi egasining va vakolatli davlat organining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Mehmon uylari egalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy binosini oʻz ixtiyoriga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining turarjoylar toʻgʻrisidagi qonunchiligi va mazkur Nizomda belgilangan meʼyorlar doirasida tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijarada turuvchilarni (turistlarni) mehmon uyiga ularni butunjahon Internet axborot tarmogʻi va axborot-turistik markazlari orqali, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa, bildirish tartibida hududiy ichki ishlar organlariga murojaat qilish yoʻli bilan roʻyxatga qoʻyish orqali ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilar (turistlar) tomonidan jamoat tartibi meʼyorlari buzilgan hollarda joylardagi huquqni muhofaza qilish organlari bilan oʻzaro bogʻlanib harakat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uylarining egalari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavsumiy boʻlmagan davrda mehmon uylarining egalari roʻyxatga olish va soliq organlariga mehmon uyi faoliyati vaqtincha toʻxtatish va ular oʻz faoliyatini vaqtincha amalga oshirmaydigan qayd etilgan davrga soliq hisoblanishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisida ariza berish yoʻli bilan vaqtincha oʻz faoliyatlarini toʻxtatish huquqiga ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vakolatli davlat organi mehmon uylari faoliyati monitoringini amalga oshirish, ular tomonidan mazkur Nizom talablarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli bajarilishi maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylari faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablar buzilishi holatlari aniqlangan holatlarda mehmon uyi manziliga aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun aniq muddatlar koʻrsatilgan holda bajarilishi majburiy boʻlgan ogohlantirish yuborish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mehmon uylarining egalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatini qatʼiy ravishda mazkur Nizom va turizm toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normativlari, shuningdek, epidemiyaga qarshi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uylari reyestriga kiritilgan maʼlumotlar oʻzgarganligi, shuningdek, oʻz faoliyatini tugatganligi toʻgʻrisida uch ish kuni mobaynida vakolatli davlat organini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehmon uylarining egalari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vakolatli davlat organi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtinchalik yashash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi bilan tanishtirish uchun, shuningdek, rejali asosda mehmon uylari xodimlarining bilimi va malakasini oshirish imkonini beruvchi profilaktika va tushuntirish ishlari, master-klasslar, treninglar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylarining samarali faoliyat koʻrsatishini tashkillashtirish va taʼminlashda har tomonlama yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat organlari bilan hamkorlikda mehmon uylarining egalarini favqulodda vaziyatlardagi harakatlar tartibi bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmon uylarining egalarini turizm sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlardagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini mehmon uylari bilan oʻzaro munosabatlar sohasiga faol ravishda joriy qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mehmon uylari faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Mazkur Nizom buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Arizachi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda vakolatli davlat organi deb ataladi) Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) kiritish uchun ariza beradi.

Arizachining xohishiga koʻra

2-bosqich

Vakolatli davlat organi

Kelib tushgan arizani ilova qilingan hujjatlari bilan birga koʻrib chiqadi va oilaviy mehmon uyini (keyingi oʻrinlarda mehmon uyi deb ataladi) talablarga muvofiqligini oʻrganadi, mehmon uyini oʻrganish dalolatnomasini rasmiylashtiradi.

Uch ish kuni davomida

Mehmon uyi belgilangan talablarga muvofiq boʻlganda unga individual reyestr raqami beradi va arizachiga Mehmon uylari reyestridan koʻchirma topshiradi.

Bir ish kuni davomida

Mehmon uyi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda arizachiga muayyan nomuvofiqliklar koʻrsatib oʻtilgan, mehmon uyini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida yozma shakldagi bildirishnoma yuboradi.

Bir ish kuni davomida

3-bosqich*

Arizachi

Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida bildirishnomani olganda rad etish sabablarini bartaraf etadi va vakolatli davlat organiga qayta koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etadi.

Uch oygacha

4-bosqich*

Vakolatli davlat organi

Hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va qoʻshimcha dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Ikki ish kuni davomida

5-bosqich

Vakolatli davlat organi

Mehmon uylari faoliyati monitoringini amalga oshiradi.

Doimiy

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vakolatli davlat organi Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan holatlarda arizachi 3 va 4-bosqichlardan oʻtadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:

1.1.

Umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi.

1.2.

Kanalizatsiya (suv chiqarish) yoki (axlat toʻkiladigan oʻrani tashkillashtirish yoʻli bilan) mahalliy inshootlarning mavjudligi.

1.3.

Yashash va jamoat joylarida tabiiy va sunʼiy (shu jumladan fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi.

1.4.

Suv taʼminotining mavjudligi (shu jumladan suvni toʻplash uchun idishlar oʻrnatish yoʻli bilan).

2.

Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini taʼminlash:

2.1.

Oʻt oʻchirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi.

2.2.

Shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.

3.

Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) qulay va yaxshi yashashlari uchun sharoitlar tashkil qilish:

3.1.

Tutash hududning qulay va shinam boʻlishi, oilaviy mehmon uyiga borish yoʻllari qattiq qoplamaga (shagʻalli, yogʻochli) ega boʻlishi kerak.

3.2.

Oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” soʻzlarini oʻz ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomi koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar taxtasining (oʻlchami — eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjudligi.

3.3.

Oilaviy mehmon uyiga kirishda oʻzbek, rus va ingliz tillarida quyidagi maʼlumotlar yozilgan maʼlumotlar taxtasining mavjudligi:

Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan koʻchirma nusxasi;

shoshilinch xizmatlarning va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Call-markazining telefon raqamlari;

koʻrsatiladigan xizmatlar preyskuranti;

roʻy berishi mumkin boʻlgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavflar toʻgʻrisida maʼlumot.

3.4.

Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjudligi.

3.5.

Yashovchilarni hisobga oluvchi maxsus elektron avtomatlashtirilgan dasturga ulanish. Butunjahon Internet axborot tarmogʻiga ulanmagan holatda yashovchilarni roʻyxatga olish eng yaqin joylashtirish vositalari yoki turizm-axborot markazlari orqali tegishli hududiy ichki ishlar organlariga murojaat etgan holda amalga oshiriladi.

3.6.

Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish xonalarida karavotlar yoki matraslar, karavotlar / matraslar soni boʻyicha choyshab-jildlar majmuining mavjudligi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylarini jihozlash va ular tomonidan qoʻshimcha xizmat turlarini koʻrsatish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsiyalar*

Oʻzbek, rus va ingliz tillarida quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar taxtasining mavjudligi:

yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorni yoki oilaviy tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (manzil, telefon / faks raqami, elektron pochta manzili);

chaqiruv tez tibbiy yordami va hududiy ichki ishlar organlari xodimlarining kelish vaqti toʻgʻrisida maʼlumot.

2.

Tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) beriladigan, diqqatga sazovor joylar bilan tanishish uchun yoʻnalishlar va treking yoʻnalishlar (qishloq, togʻli joylar, suv havzalari va boshqalar) koʻrsatib oʻtilgan joy xaritasi.

3.

Har bir xonada ichki saqlagichli qulflar yoki ilgaklari boʻlgan eshiklarning mavjudligi.

4.

Avariya holatida yoritishning (turgʻun generator va akkumulyatorlar) mavjudligi.

5.

Oshxona yoki mustaqil ovqat tayyorlash uchun sharoitlarning, shuningdek oshxona anjomlari va asboblarining mavjudligi.

6.

Sovutgichning mavjudligi (xonada yoki umumiy foydalanish uchun).

7.

Har kishi boshiga 50 litr suv hisobidan minimal suv zaxirasi boʻlgan idishning mavjudligi.

8.

Tashrif buyuruvchilarni (turistlarni) joylashtirish uchun moʻljallangan xonalarni har kuni tozalash hamda sanitariya-gigiyena uzeli va oshxonaga har kuni ishlov berish (dezinfeksiya).

9.

Bir yilda kamida bir marta deratizatsiya, dezinseksiya va dezodoratsiya yoʻli bilan xonalarga sanitariya ishlovi berish.

10.

Dam olish uchun joy / inshootning (mos boʻlgan mebelli ayvon, supa, shiyponcha) mavjudligi.

11.

Vanna/dushxonalar uchun zarur jihozlarning (koʻzgu, yuvinish ashyolari uchun tokcha, kiyimlar uchun ilgaklar, sochiq ilgich, shaxsiy gigiyenaning bir martalik vositalari (sovun yoki suyuq sovun, shampun) hamda hammom sochiqlari toʻplamining (ularni almashtirish imkoniyati bilan) mavjudligi.

12.

Tegishli jihoz va ventilatsiyali sanitariya-gigiyena uzelining mavjudligi (hojatxona kabinalari, qopqoqli unitaz/polga oʻrnatilgan unitaz, hojatxona simchoʻtkasi, hojatxona qogʻozi, hojatxona qogʻozini oʻrnatgich, chiqindi uchun savatcha, koʻzguli bet-qoʻl yuvgich, sovun yoki suyuq sovun, matoli yoki qogʻozli sochiqlar, kiyim uchun ilgaklar).

13.

Havoning normal sirkulatsiyasini taʼminlaydigan va yashash xonalari va jamoat joylariga yoqimsiz hidlar va hasharotlarning kirishiga yoʻl qoʻymaydigan shamollatish yoki havoni konditsiyalash tizimining mavjudligi.

14.

Qoʻshimcha xizmat turlarini taqdim etish:

manzarali joylar va suratga olish uchun qulay vaqt toʻgʻrisida maʼlumot;

madaniy va koʻngilochar dam olish joylarining joylashishi, ziyorat joylari, tashrif buyuruvchilar (turistlar) kelgan vaqtda oʻtkaziladigan madaniy tadbirlar toʻgʻrisida maʼlumot;

milliy taomlarni tayyorlash, hunarmandlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha mahorat darslarini hamda ushbu jarayonda tashrif buyuruvchining (turistning) bevosita ishtirokidagi boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazish;

tashrif buyuruvchining (turistning) milliy anʼanalarda hamda bayramlarda ishtirok etishini tashkillashtirish (“Kelin salom”, “Beshik toʻy”, Navroʻz, xalq sayillari va boshqalar);

kir yuvish xonasi;

taksi chaqirish;

baliq ovi va ov qilish;

ot minish darslari;

hammom, basseyn, sport anjomlarining ijarasi;

avtomobil toʻxtash joyining mavjudligi;

gidlar, yoʻl boshlovchi-instruktor yoki oʻlkashunoslarni jalb qilish.

15.

Oilaviy mehmon uylari egalari va ishchilarini mehmonxona xizmatlari koʻrsatish sohasida malaka oshirish va xodimlarni qayta tayyorlash kurslarida davriy ravishda oʻqitish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oilaviy mehmon uylarini jihozlash hamda ular tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tavsiyalar majburiy emas va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
2b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylarida mavjud boʻlishi tavsiya etiladigan buyumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Televizor.

2.

Sovutgich.

3.

Konditsioner.

4.

Dush kabinasi.

5.

Unitaz.

6.

Bet-qoʻl yuvish anjomlari.

7.

Kir yuvish mashinasi.

8.

Idish-tovoqlar toʻplami va oshxona anjomlari.

9.

Choyshab-jildlar majmui.

10.

Hammom va yuz sochiqlari.

11.

Gilamlar.

12.

Soʻzana, qumgʻon (koʻza), sopol buyumlar va xonalarni bezash uchun milliy hunarmandchilikning boshqa buyumlari.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oilaviy mehmon uyini taʼmirlash va obodonlashtirish uchun qurilish materiallari va boshqa zarur materiallar roʻyxati har bir alohida muayyan holatda bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritiladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar

Xususiy yoki oilaviy tadbirkorlik subyekti (arizachi)ning nomi.

2.

Oilaviy mehmon uyining pochta manzili (joylashgan joyi).

3.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.

4.

Arizachi toʻgʻrisida maʼlumot (F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili).

5.

Individual reyestr raqami va Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilgan sanasi.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

‎‎___________________________________ (Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining nomi) ‎‎

Ariza‎‎

‎‎1. _________________________________________________________________________________________,

‎‎(arizachining toʻliq nomi)

‎‎__________________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan

(manzili, telefoni, faks raqami, elektron pochta manzili)‎‎

___________________________________________________________________________________________,
‎‎_______________________________________________________________________________ shaxs nomidan,

‎‎(oilaviy mehmon uyi egasining lavozimi, F.I.O.)

‎‎_______________________________________________________________ manzil boʻyicha taqdim etiladigan,

(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)

_________________________________________________________ oilaviy mehmon uyi xizmatini koʻrsatish ‎‎‎

(xonalar va joylar soni)‎‎

xavfsizlik talablariga muvofiq kelishini maʼlum qiladi va uni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritishni soʻraydi.

‎2. Arizachi qonun hujjatlarida belgilangan barcha shartlarni bajarishni oʻz zimmasiga oladi.

‎3. Arizaga hujjat va maʼlumotlar ___ varaqda ilova qilinadi.

‎‎___________________________ (arizachining shaxsiy imzosi)

‎‎20__ yil “___” __________
‎(sana)

‎‎
‎M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)

‎‎
‎Ariza shaklini olish
‎uchun QR-kod

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

Oilaviy mehmon uyini oʻrganish dalolatnomasi №____‎‎

20__ yildagi “___” __________ ‎‎‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi _____________________________________________________________________ hududiy boʻlinmasi xodimi

‎‎(hudud nomi)‎

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(xodimning F.I.O., lavozimi)

20__ yil “___” __________da __________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________________________________,
‎(arizachining manzili)

oilaviy mehmon uyi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritish maqsadida arizachi

‎ _________________________________________________________________________ ishtirokida oʻrgandi. ‎

(F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili)‎‎

Baholash vaqtida:____________________________________________________________________ belgilandi
‎‎
Tavsiya etiladi: ______________________________________________________________________________

‎ Xulosa: ____________________________________________________________________________________
‎ ‎‎
_______________________________‎‎

_________‎‎

____________________‎‎

(xodim lavozimi) ‎‎‎

(imzo) ‎‎

(F.I.O.)‎‎‎

‎‎
‎Dalolatnoma bilan tanishdim va bitta nusxasini oldim
_____________________________________‎‎ __________________‎‎

(arizachining F.I.O.)‎‎

‎‎(imzo)‎‎‎

‎‎20__ yil “___” __________

M.Oʻ. (mavjud boʻlganda)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

‎Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan koʻchirma

‎Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritilgan _______________________________________________ga

‎‎‎‎beriladi

‎‎(arizachining F.I.O.)

20___ yil “____” _____________.

Roʻyxatga olish raqami:

(sana, oy (soʻz bilan), yil)

‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):

‎‎Pasport ‎‎‎‎seriyasi

‎‎raqami

‎‎‎berilgan

y.‎

___________________________________________________________________________________________
(pasport bergan organning toʻliq nomi)

‎Oilaviy mehmon uyi manzili: __________________________________________________________________

‎Amalga oshirilayotgan faoliyatning qoʻshimcha tur(lar)i :______________________________________________

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎‎
‎___________________________________________________________________________________________

‎‎___________________________________________________________________________________________
Koʻchirma berildi:

___________________________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining toʻliq nomi) ‎‎

QR-kod uchun joy

‎‎

‎‎‎

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 631-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 3-bandidagi “milliy mehmonxona uylari” soʻzlari “oilaviy mehmon uylari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III boʻlimga quyidagi mazmundagi 352 -band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

352.

Oilaviy mehmon uylarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish

”.

Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2021-y., 09/21/477/0801-son, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son)