15.11.2023 yildagi 601-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda koʻrsatish koʻlamini kengaytirish, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda ularning vaqti va ortiqcha ovoragarchiliklarining oldini olish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash sohasida davlat xizmatini koʻrsatishning aniq huquqiy asoslari mavjud emasligi aholi uchun byurokratik talablarni hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad soligʻiga imtiyozdan foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali soliq organlariga murojaat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi oʻn kun muddatda YIDXPda elektron xizmatni joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Qudbiyev va adliya vaziri A.J. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
601-son

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-noyabrdagi 601-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — davlat xizmatidan foydalanish maqsadida daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash uchun murojaat qiluvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — soliq organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ariza beruvchi imtiyozni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi imtiyozni qoʻllash uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda mustaqil ravishda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi soʻrovnomaga zarur boʻlgan hujjatlarni ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu Reglamentga 3-ilovada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq agenti tomonidan toʻlov manbaida soliq imtiyozi qoʻllanilganda, vakolatli organ ariza beruvchining daromadlari boʻyicha soliq deklaratsiyalarini mustaqil ravishda oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan kundan boshlab besh ish kunida ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani YIDXP orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi oʻn besh kun ichida toʻlovlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagi hollarda jismoniy shaxsga nisbatan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan mazkur Nizomning 12-bandi birinchi xatboshisida belgilangan muddat ichida ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlardagi xato hamda kamchiliklar bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz avval qoʻllanilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa sabablarga koʻra rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada rad etishning aniq sabablari va qonunchilik normalari koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda, arizadagi maʼlumotlar notoʻgʻri koʻrsatilganda yoki toʻliq koʻrsatilmaganda, vakolatli organ ikki ish kunida ariza beruvchiga kamchiliklarni toʻliq koʻrsatgan holda, xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish uchun kamida besh ish kunidan iborat muddat (imkoniyat) beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali shu kunning oʻzida elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ish yuritish muddati xatolarni bartaraf etish va yetishmayotgan hujjatlarni taqdim etish vaqtida toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida ariza beruvchilar haqida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu Reglament talablarining ijrosi boʻyicha soliq organlari faoliyatini doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi davlat xizmatini koʻrsatishda soliq organlari xodimlarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatdan oʻtadi

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng vakolatli organga (soliq organiga) yuboradi

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Vakolatli organ (Soliq organlari)

Ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi

5 ish kunida

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin toʻlovlarni amalga oshiradi

15 kunda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA

______________

______________

(sana)

(raqam)

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

1. Ariza beruvchining F.I.O:

2. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

5. Telefon raqami:

6. Imtiyoz qoʻllaniladigan daromad turi:

II. Plastik karta rekvizitlari:

7. Bank plastik kartasi raqami:

8. Plastik karta egasining F.I.O:

9. Bank tranzit hisobvaragʻi:

10. STIR:

11. MFO:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash uchun soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Soliq toʻlovchining yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari boʻyicha:

1.1. Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov:

soliq deklaratsiyasi;

talaba bilan Oʻzbekiston Respublikasi professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida toʻlov asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

tijorat banki bilan taʼlim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma nusxasi (mavjud boʻlganda);

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.2. Farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar:

soliq deklaratsiyasi;

ariza beruvchi bilan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar oʻrtasida toʻlov asosida oʻqitish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.3. Soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik koʻmagini koʻrsatish:

soliq deklaratsiyasi;

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.4. Olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha:

soliq deklaratsiyasi;

ipoteka kredit shartnomasi;

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

1.5. Fuqarolarning Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga:

soliq deklaratsiyasi;

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

2. Soliq toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari boʻyicha:

2.1. Xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot aʼzosi sifatida:

soliq deklaratsiyasi;

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

2.2. Qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlar:

soliq deklaratsiyasi;

nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursni tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat;

mablagʻlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.11.2023-y., 09/23/601/0859-son)