Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilangan.
Shunga koʻra, ushbu Farmonga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini muvofiqlashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 25-yanvardagi PF-14-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi S.D. Toshboyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-may,
193-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qaroriga 4-ilovaning 12-pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy, taʼlim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy koʻmak va imtiyozlar berish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-avgustdagi 364-son qaroriga 2-ilovaning 1-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 24-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-avgustdagi 228-son qaroriga 1-ilovaning sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida nizomda:
a) 4-bandning oʻninchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 141-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustuni oʻninchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qaroriga 1-ilovaning 44-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“44. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarorida:
a) 2 va 7-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
2-bandning birinchi xatboshisi, 5-band, 20-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning oʻn birinchi xatboshisi va 19-bandning beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 483-son qarorida:
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4 va 5-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston” teleradiokanalining “Hidoyat sari” studiyasi va Toshkent islom universiteti “Ziyo media markazi” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-sentabrdagi 716-son qarorining 1 va 7-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 120-son qarorining 10-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-iyundagi 466-son qarorida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Din ishlari qoʻmitasi deb ataladi) muassisligidagi yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblangan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Akademiya rektoriga, zarur hollarda, Din ishlari qoʻmitasi bilan kelishgan holda Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
v) 4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Din ishlari qoʻmitasi Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Akademiya oʻz faoliyatida bevosita Din ishlari qoʻmitasi oldida hisobdordir;”;
g) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Din ishlari qoʻmitasi:”;
d) 8-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy diniy taʼlim muassasalarida taʼlim olish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-avgustdagi 651-son qarorining 1, 3, 5, 7, 8 va 9-bandlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/36/0055-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-noyabrdagi 896-son qarorda:
a) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 8 va 9-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” media markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi 25-son qarorining 4-bandi beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” va “Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari tegishlicha “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” va “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-avgustdagi 649-son qaroriga 2-ilovaning 15-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktabrdagi 881-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 13-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning 3-bosqich ikkinchi ustuni 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
20. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida:
a) 5-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. D. Maxsudov — Din ishlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi 693-son qaroriga 2-ilovada:
a) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga 7-ilovada:
a) 2-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. S. Toshboyev — Din ishlari qoʻmitasi raisi”;
b) 8-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. B. Qodirov — Din ishlari qoʻmitasi Konfessiyalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi”;
v) 10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. B. Rustamov — Din ishlari qoʻmitasi Ziyorat turizmini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi”.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 16-dekabrdagi 756-son qaroriga 1-ilovaning 17-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida Yagona nizomga 23-ilovaning 4, 5 va 9-pozitsiyalaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisida yagona nizomga 14-ilovaning 9-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 14-apreldagi 180-son qaroriga 1-ilovada:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning 2-bosqich ikkinchi ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga 2-ilovaning nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “2022 — 2026-yillarda Buxoro viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 27-apreldagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 48-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-maydagi 282-son qarorida:
a) 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5 ,6, 10 va 15-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita” soʻzlari “Din ishlari qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 13-oktabrdagi 590-son qaroriga ilovaning 20-pozitsiyasidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi hududiy boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 22.01.2024-y., 09/24/36/0055-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)