1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.05 Fikr, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy eʼtiqodga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini toʻliq taʼminlash, “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatining “Haj va Umra” yagona portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Belgilansinki, fuqarolarga xorijda sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Haj” tadbiriga, 2026-yil 1-maydan boshlab “Umra” tadbiriga olib borish Portalda majburiy roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi. Ziyoratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalga kiritmasdan ushbu tadbirlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi 2026-yil 1-aprelga qadar “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasiga ega yuridik shaxslarni hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasini Portalga ulanishini va undan foydalanishini taʼminlasin. 2026-yil 1-apreldan boshlab “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish litsenziyasini olgan yuridik shaxslarni Portalga proaktiv tarzda ulanishini taʼminlab borsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kiritiladigan maʼlumotlar va ularga qoʻyiladigan talablar, yuboriladigan SMS-xabarnomalar shakli Jamoatchilik kengashining tavsiyasi asosida Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish hamda unga ulanish uchun qoʻyiladigan texnik, dasturiy va axborot xavfsizligi talablari Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan Jamoatchilik kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(21 va 22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-dekabrdagi 1056-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1056/2400-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, fuqarolar ixtiyoriga koʻra ularning avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qolishi yoki yangi manzilda yangidan roʻyxatga qoʻyilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari hamda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoni Podshohligiga kirishni cheklovchi kasalliklar yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash boshqaruv organi tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbiriga yuborishda tibbiy koʻrikdan oʻtish ixtiyoriy boʻlib, fuqaroning xohishiga koʻra davlat yoki xususiy tibbiyot muassasalarida oʻzlarining hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi “Uzbekistan Airways” AJ va boshqa aviakompaniyalar bilan birgalikda aviaqatnovlarida fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish-kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mazkur tadbirlar uchun aviachiptalar narxini arzonlashtirish choralarini koʻrsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb-saytida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimini shakllantirilishini va mazkur onlayn tizimini doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi har yilgi “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarni navbatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib, Portal orqali taqsimlanishi va tanlab olinishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hayʼatlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari hamda “Haj” va “Umra” safarlariga boradigan fuqarolarning kvotasi va uning hududlar boʻyicha taqsimoti haqida aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar. “Haj” va “Umra” ziyoratlari bilan bogʻliq tadbirlar, Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilishiga, xususan “Mahalla” telekanali imkoniyatidan koʻproq foydalanishga eʼtibor qaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyundagi 364-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Haj” tadbiri Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining (keyingi oʻrinlarda Saudiya Arabistoni deb ataladi) Haj va umra vazirligi oʻrtasida har yili imzolanadigan shartnoma asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan amalga oshiriladi hamda bunday faoliyat bilan boshqa tashkilotlarning shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbiri Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan tashkil etiladigan “Umra” tadbiri uning Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkiloti oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoni bilan tashkil qilingan Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda Jamoatchilik kengashi deb ataladi) bilan kelishgan holda har yili imzolanadigan shartnomaga muvofiq Ushbu Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2024-y., 09/24/668/0812-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Haj” va “Umra” tadbirlarini ado etuvchi dindorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 20-maydagi PQ-869-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Jidda shahridagi (Saudiya Arabistoni) Bosh konsulxonaning “Haj” va “Umra” ishlari boʻyicha attashesi (keyingi oʻrinlarda Bosh konsulxonaning attashesi deb ataladi) Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” tadbirlariga borgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda ziyoratchilar deb ataladi) tadbirlarni toʻliq bajarishida hamda ularning xavfsizligini taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni va ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatilishini muvofiqlashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi masʼuldir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlar (fuqarolarning haj va umra safarlariga navbati, safar uchun ajratilgan oʻrinlar, toʻlovlarning miqdori va boshqalar) muntazam ravishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamoatchilik kengashi, hayʼatlar va tashkiliy guruhlarning tashkil etilishi, ularning tarkibi, vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosida Jamoatchilik kengashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hayʼatlar (keyingi oʻrinlarda hayʼatlar deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lar miqyosida tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha tashkiliy guruhlar (keyingi oʻrinlarda tashkiliy guruhlar deb ataladi) tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoniga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hayʼatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatlar quyidagi tashkilotlar masʼul xodimlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosari (hayʼat raisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari rahbarlari;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakili;
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari;
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining hududiy boʻlinmasi rahbari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar hayʼatlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borishga navbati kelgan nomzodlarni ziyoratga tayyorgarlik ishlarini Haj mavsumidan kamida olti oy avval boshlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borishga nomzodlarni saralashni ushbu Nizomda belgilangan talablar asosida ijtimoiy adolat tamoyiliga amal qilgan holda, “Haj va Umra” yagona portali (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga boruvchi ziyoratchilarni toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash. Bunda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga kirishni cheklovchi kasalliklari mavjud fuqarolarni barvaqt aniqlash va ularga tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatdagi ijtimoiy muhitni yanada sogʻlomlashtirishda hamda mahallalardagi yoʻldan adashganlarni sogʻlom eʼtiqodga qaytarishda alohida namuna koʻrsatgan imom-xatiblarning imtiyozli ravishda Haj safariga guruh rahbari sifatida borishiga tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilish vaqti va tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvotalar doirasida Portal orqali tanlab olingan “Haj” tadbiriga borish uchun navbati kelgan ziyoratchilardan tegishli mablagʻlar undirilishini tashkil etish, ularning hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning boshqa hududlarga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlarining qoplanishi uchun Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasiga qoʻshimcha tarzda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha alohida smeta ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda diniy va konfessiyalararo bagʻrikenglikni targʻib etish, islomning anʼanaviy hanafiy mazhabiga zid boʻlgan radikal-ekstremistik mafkuralarning oʻz mohiyati boʻyicha buzgʻunchi ekanligini fosh qilishga doir Oʻzbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarni ziyoratchilarga yetkazish choralarini koʻrish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklari hayʼatning ishchi organi funksiyasini bajaradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi organ quyidagi ishlarni tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali aniqlangan navbati kelgan ziyoratchilarning xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlarni (Saudiya Arabistonida har bir “Haj” va “Umra” ziyoratchisi uchun shartnomaga koʻra sarflanadigan xarajat, aviachiptalar, tibbiy dori qutichasi uchun dori vositalari, “Haj” va “Umra” qoʻllanmasi, ziyoratchilar kamzuli, sumka va boshqalar uchun sarflanadigan xarajatlarni) ziyoratchilar tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra toʻlovlari boʻyicha bank hisobvaragʻiga naqd yoki naqd pulsiz tartibda milliy valyutada oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, ular bilan safar oldi mashgʻulotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini amalga oshirish.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkiliy guruhlar tuman (shahar) hokimliklari huzurida tuman (shahar) hokimlari tomonidan 7 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy guruhlar tarkibiga, qoida tariqasida, tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari (tashkiliy guruh raisi), tuman (shahar) bosh imom-xatibi, tuman (shahar) ichki ishlar organining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasi, tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari kiritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar tashkiliy guruhlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da davlat va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarning “Haj” va “Umra” ibodatlari bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari talablari bajarilishini nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, mazkur ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirishda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishga, boshqa huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da ziyoratlarni tashkil etish va amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da “Haj” va “Umra” tadbirlarining amalga oshirilishi vaqti, tartibi yuzasidan tushuntirish berish hamda yoʻl qoʻyilayotgan qonun buzilishlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish, aniqlangan salbiy holatlarni oʻz vaqtida bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali tanlangan va tegishli yilda “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash hamda Hayʼatlarga taqdim etish;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shahar)da diniy va konfessiyalararo bagʻrikenglikni targʻib etish, islomning anʼanaviy hanafiy mazhabiga zid boʻlgan radikal-ekstremistik mafkuralarning oʻz mohiyati boʻyicha buzgʻunchi ekanligini fosh qilishga doir Oʻzbekistonda diniy sohada olib borilayotgan chora-tadbirlarni axborot bilan taʼminlash ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. “Haj” tadbiriga borishga navbati kelgan va Portal orqali tanlab olingan fuqarolar bilan manzilli ishlash, “Haj” tadbiri uchun zarur pul mablagʻlarni undirish va boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tuman (shahar) hokimi tomonidan 5 kishidan iborat tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda ishchi guruh deb ataladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, tuman bosh imom-xatibi, mahallaga biriktirilgan imom, mahalla fuqarolar yigʻini raisi, mahalladagi xotin-qizlar faoli, fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchisi kiritiladi.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamoatchilik kengashi, hayʼatlar, tashkiliy guruhlar va ishchi guruhlar oʻzlariga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼuldirlar.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1031/0500-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va oʻtkazilishida davlat hamda nodavlat tashkilotlarining ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining “Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq faoliyati monitoringini olib borish hamda bu haqda Jamoatchilik kengashiga axborot berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarining tayyorlanishida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼatlar tomonidan tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatining tuzilishini, ziyoratchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, emlanishini, ularga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilishini va “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;
(16-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda islom ahkomlari va shariat qonun-qoidalarini biladigan, jamoat ishlarida faol boʻlgan davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari orasidan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari, shuningdek, tibbiy xodimlar, tajribali oshpazlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash uchun Jamoatchilik kengashiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlari hamda mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumida hududlarda ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini belgilash, shu jumladan ziyoratchilarning tasdiqlangan jadval asosida Saudiya Arabistoniga borishi, u yerda boʻlishi va u yerdan qaytib kelishlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumi davomida ziyoratchilarning sogʻ-salomat va ibodatlarni toʻla-toʻkis bajarib kelishini taʼminlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi tegishli tashkilotlar bilan doimiy aloqada boʻlish, ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilar guruh rahbarlarining faoliyatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda Portalni uzluksiz ishlashini taʼminlash, jarayonlarni raqamlashtirish, zarur hollarda moliyalashtirish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishi uchun Portal orqali ariza berish imkoniyatini doimiy taʼminlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish jarayoni monitoringini olib borish, tahlil qilish, vakolatli organlar bilan kelishish, ushbu jarayondagi ishlarni manzilli va samarali tashkil etish.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar Oʻzbekiston musulmonlari idorasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh konsulxonaning attashesi yordamida Saudiya Arabistonida “Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi mehmonxona, transport oziq-ovqat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi loyihalarini tayyorlash va Jamoatchilik kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari boshlanishidan kamida bir oy oldin ziyoratchilar uchun kamzul va sumka tayyorlab beruvchi tashkilotlarni tanlash uchun tender (tanlov) oʻtkazish va tender (tanlov) xulosalarini Jamoatchilik kengashiga kiritib, Jamoatchilik kengashi qaroriga asosan tender (tanlov)da gʻolib chiqqan tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish;
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni emlash uchun zarur miqdordagi vaksinalarning tegishli tashkilotlar tomonidan hayʼatlar belgilaydigan tibbiyot muassasalariga oʻz vaqtida yetkazilishini va ziyoratchilarni emlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlarning Oʻzbekiston musulmonlari idorasi depozit hisobvargʻiga qabul qilinishini taʼminlash;
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun xizmat koʻrsatadigan xorijiy tashkilotlarga toʻlanadigan mablagʻlarning oʻz vaqtida konvertatsiya qilinishini hamda ushbu mablagʻlarning Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan va Saudiya Arabistonida Oʻzbekiston Haj missiyasi uchun ochilgan hisobvaragʻiga belgilangan muddatdan kechiktirmay oʻtkazilishini taʼminlash;
(17-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish va ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi orqali vizalar olinishini taʼminlash;
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning Oʻzbekiston Respublikasidan Saudiya Arabistoniga va Saudiya Arabistonidan Oʻzbekiston Respublikasiga borish-kelishlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda aviaqatnovlar jadvallarini ishlab chiqish, aviakompaniyalar bilan tegishli shartnomalarni imzolash hamda ziyoratchilarning safardan kamida oʻn besh kun oldin ushbu aviaqatnovlar jadvali bilan tanishtirilishini taʼminlash;
(17-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumida ziyoratchilarning guruh rahbarlari roʻyxatini tuzib, Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga taqdim etish;
(17-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlar hamda mashgʻulotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarning guruh rahbarlari tomonidan ziyoratchilarning “Haj” va “Umra” amallarini toʻliq ado etishlari maqsadida ziyorat joylarining maketlari yordamida hamda taqdimot shaklida tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida “Haj” va “Umra” tadbirlari toʻgʻrisida bosma va video qoʻllanmalarni tayyorlash hamda ziyoratchilarga safardan kamida oʻn besh kun oldin yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarning Saudiya Arabistoniga borishi va u yerdan qaytishi jadvaliga qatʼiy rioya etishlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari oldidan ommaviy axborot vositalari orqali muqaddas joylarga ziyoratga borish tartib-qoidalari, ziyoratlarning mazmun-mohiyati haqida, shuningdek fuqarolarning noqonuniy yoʻllar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borishga urinishlarining oldini olishga doir keng koʻlamli tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Portal va uning mobil ilovasini doimiy takomillashtirib borish, zarur hollarda Portal faoliyatini moliyalashtirish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va toʻgʻri ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni Portal orqali navbatga yozilishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarga belgilangan tartibda xorijga chiqish biometrik pasportini oʻz vaqtida rasmiylashtirish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida, shuningdek ziyoratchilar va ziyoratchilarning guruh rahbarlari bilan safaroldi uchrashuvlari va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini va jamoat xavfsizligini taʼminlash. Ziyoratchilarning belgilangan yoʻnalishlarda harakatlanishini yoʻl-patrul xizmati kuzatuvida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilarni kuzatish va kutib olish vaqtida Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangan “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolarni kuzatish va kutib olish guruhi bilan bevosita hamkorlikda ish olib borilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saudiya Arabistonining Haj va umra vazirligi tomonidan qoʻyilgan tibbiy talablarni va Saudiya Arabistonining iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilarni oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ushbu ziyoratchilarda “Haj” mavsumida Saudiya Arabistoniga kirishi cheklovchi kasalliklar mavjud emasligini aniqlashga alohida eʼtibor qaratish. Bunda ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari (ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari yuzasidan tibbiy koʻrik, emlash va boshqalarni) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lar tibbiyot birlashmalarining markaziy koʻp tarmoqli poliklinikalarida, shuningdek, murakkab va ziddiyatli holatlarda hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan belgilanadigan markaziy poliklinikalaridan birida bepul amalga oshirilishini taʼminlash;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar roʻyxatini tayyorlash, hamda mazkur dori vositalari va tibbiy jihozlarning ishchi guruh vakillari koʻmagida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar bilan birga yuborilishini taʼminlash;
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy xodimlar nomzodlari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga taqdim etish. “Haj” va “Umra” mavsumlarida Saudiya Arabistonida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi tibbiy xodimlar roʻyxati Jamoatchilik kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng mazkur tibbiy xodimlar bilan safaroldi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish va ularning xizmat safarini tashkil etish;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga oʻz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʻrsatilishini, profilaktika ishlari amalga oshirilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining har yilgi Jidda shahriga safari bilan bogʻliq tashkiliy ishlarda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlik qilish;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistonining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan vizalar rasmiylashtirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga amaliy yordam koʻrsatish;
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh konsulxonaning attashesi ishtirokida “Haj” va “Umra” tadbirlari boʻyicha tuziladigan shartnomalarni oʻz vaqtida legallashtirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlari davomida ziyoratchilarning sogʻ-salomat va ibodatlarni toʻla-toʻkis bajarib kelishini taʼminlash maqsadida Saudiya Arabistonidagi mutasaddi tashkilotlar bilan doimiy aloqada boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va AT Aloqabank Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatiga binoan joylarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan qabul qilingan mablagʻlarni oʻz vaqtida konvertatsiya qilib, Bosh konsulxonaning attashesi tomonidan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bergan ishonchnoma asosida boshqariladigan Oʻzbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvaragʻiga va Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Saudiya Arabistonidagi hamkor tashkilotining hisobvaraqlariga oʻz vaqtida oʻtkazishni tashkil etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va Saudiya Arabistoni aviakompaniyalari hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi oʻrtasida ziyoratchilarni tashish yuzasidan shartnomalar tuzish, shuningdek, belgilangan muddatda Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni olib borish va olib kelish boʻyicha aviaqatnovlar jadvallarini Saudiya Arabistonining masʼul tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish va tasdiqlash, aviakompaniyalar tomonidan ushbu jadvallarga rioya qilinishini hamda sifatli xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarni tegishli yoʻnalishlarda tashishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlari yil davomida doimiy amalga oshirilishini hamda mazkur ziyoratlarga boradigan fuqarolarning soni koʻpligini inobatga olib, ziyoratchilar uchun turli noqulayliklar va qiyinchiliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida aeroportda ziyoratchilarga samolyotning uchish vaqtini kutish, dam olish, ovqatlanish, ibodat qilish imkonini beradigan alohida joylar ajratilishini taʼminlash;
(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” mavsumida mehmonxonalarda ziyoratdan qaytayotgan ziyoratchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning yuklarini qabul qilish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlarda ziyoratchilarning yuklarini belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3154, 19.04.2019-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” mavsumlarida ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan safaroldi uchrashuvlarida tegishli tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aeroportlar orqali harakatlanayotgan “Haj” va “Umra” ziyoratchilarining respublikadan uchib ketishlari va unga uchib kelishlarida qulayliklar yaratish, bojxona nazorati zonasida uzoq vaqt turib qolishlarining oldini olish maqsadida aeroportlarning uchib ketish va uchib kelish zallarida alohida yoʻlakchalar ajratilib, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” ziyoratiga uchib ketayotgan ziyoratchilarga qulayliklar yaratish maqsadida oldindan tarqatilishini taʼminlash uchun Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga zarur miqdorda Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi blankalarini ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” ziyoratchilarining uchib kelishlarida bojxona rasmiylashtiruvini havo kemasining oʻzida amalga oshirish uchun guruh tashkil etish va uni tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona xodimlari havo kemasida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga uchib borib kelishida ushbu bojxona xodimlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 30-oktabrdagi 299-son qarori talablari tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi aholiga “Haj” va “Umra” tadbirlarini qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshirish hamda noqonuniy yoʻllar bilan ziyoratga borishning oldini olishga doir tushuntirish ishlarini olib borishda ishtirok etishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar oʻzlariga yuklangan “Haj” va “Umra” tadbirlarining tashkil etilishi va oʻtkazilishi bilan bogʻliq barcha vazifalarning samarali bajarilishi uchun masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilarni roʻyxatga olish va tegishli yilda kvotaga kiritiladigan fuqarolarning sonini aniqlash. Tadbirlarga yuborish vaqtida qoʻyiladigan qoʻshimcha shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har yili “Haj” tadbiriga boradigan fuqarolarning kvotalari Jamoatchilik kengashining qarori asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga taqdim etiladigan kvotalar doirasida Hayʼatlarning tavsiyalarini koʻrib chiqqan holda roʻyxatda turgan fuqarolarning umumiy sonidan kelib chiqib Portal orqali taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi kvotalarni Portaldagi roʻyxatga muvofiq belgilaydi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolar “Haj” tadbiriga borish uchun doimiy yashash manzili boʻyicha navbatga yoziladi, “Umra” tadbiriga borish uchun doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidan qatʼi nazar, murojaat qilishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Portalning uzluksiz ishlashini taʼminlash, texnik qoʻllab-quvvatlash hamda doimiy takomillashtirib borish maqsadida fuqarolarni Portalda “Haj” va “Umra” tadbirlariga roʻyxatga olishda Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan miqdorda bir martalik yigʻim undiriladi. Yigʻim Oʻzbekiston musulmonlari idorasining maxsus hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(281 — 283-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fuqaro Portalda navbatga yozilganidan soʻng unga arizasi muvaffaqiyatli qabul qilingani toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan SMS-xabarnoma yuboriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Portalda roʻyxatga olingan fuqaro oʻzining qaysi mahalla fuqarolar yigʻinida roʻyxatga olinganligini koʻrish imkoniyati yaratiladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi har yilgi “Haj” mavsumida Portalda shakllangan va tashkiliy guruh tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida fuqarolar bilan manzilli ishlaydi hamda “Haj” tadbiri uchun toʻlovlar undirilishini tashkil etadi. Bunda joriy yilgi roʻyxatga kirgan, lekin Oʻzbekiston musulmonlari idorasining xabarnomasida belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolarni aniqlab, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududidagi “Haj” tadbiri uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega navbatdagi fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkiliy guruhga taqdim etib boradi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Joriy yilda navbati kelgan fuqarolar Portal orqali hajga navbati kelganligi hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda va miqdorda toʻlovlarni amalga oshirishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan SMS-xabarnoma orqali xabardor qilinadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. SMS-xabarnoma orqali navbati kelgani hamda toʻlovni amalga oshirishi toʻgʻrisida xabardor qilingan fuqaro unda belgilangan muddatda va miqdorda toʻlovlarni toʻliq amalga oshirishi yoki “Haj” tadbiriga borishga imkoni boʻlmagan taqdirda, mazkur bandda hamda ushbu Nizomning 36 va 37-bandlarida belgilangan tartibda “Haj” tadbiriga borish navbatini bir yil muddatga keyinga qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fuqaro Portal orqali oʻzining navbatini keyingi yilga qoldirish toʻgʻrisida elektron ariza bergan holda yoki Tashkiliy guruhga yozma ariza berish orqali navbatini keyingi yilga qoldirishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fuqaro navbatini keyingi yilga qoldirish toʻgʻrisida ariza bergan hollarda, Portalda uning navbati bir marotaba avtomatik tarzda keyingi Haj mavsumiga qoldiriladi hamda ushbu fuqarodan keyingi navbatda turgan fuqaroga (agar ushbu mahallada navbatda turganlar mavjud boʻlmasa, boshqa mahallaga, boshqa mahallada ham navbat mavjud boʻlmasa, boshqa tuman (shahar)dagi mahallada eng avval roʻyxatga yozilganlarga) navbati kelganligi va toʻlovni amalga oshirishi lozimligi toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda fuqaro Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda yoki miqdordagi toʻlovlarni toʻliq amalga oshirmasa hamda Portal orqali yoki oʻzi mustaqil ravishda navbatini keyinga qoldirish toʻgʻrisida ariza bermasa, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan SMS-xabarnomada belgilangan muddat tugagandan soʻng, ushbu fuqaroning roziligisiz Portal orqali uning navbati keyingi yilga koʻchiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur fuqarodan keyin navbatda turgan fuqaroga (agar ushbu mahallada navbatda turganlar mavjud boʻlmasa, boshqa mahallaga, boshqa mahallada ham navbat mavjud boʻlmasa, boshqa tuman (shahar)dagi mahallada eng avval roʻyxatga yozilganlardan tanlab) navbati kelganligi va toʻlovni amalga oshirishi lozimligi toʻgʻrisida SMS-xabarnoma yuboriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. “Haj” tadbiriga borish imkoni boʻlmagan yoki bormayotgan fuqaroning navbati faqat bir marotaba keyingi yilga koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbati keyingi yilga koʻchirilgan fuqaro keyingi yilda ham Jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan muddatda toʻlovlarni toʻliq amalga oshirmasa yoki boshqa sabablarga koʻra “Haj” tadbiriga bormasa, oʻzining arizasiga asosan, ariza yozib bermagan taqdirda, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yuborilgan SMS-xabarnomada belgilangan muddat tugagandan soʻng, fuqaroning roziligisiz uning navbati bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu fuqaro umumiy tartibda qayta roʻyxatga turishi mumkin.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. “Haj” tadbiriga bir nafar hamrohi (otasi, onasi, akasi, ukasi, opasi, singlisi, turmush oʻrtogʻi, farzandi va boshqa) bilan borish istagida boʻlgan fuqarolar, qoida tariqasida, birgalikda ariza berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga boruvchi shaxs bilan uning hamrohi (bir hududda) turli sanalarda navbatga yozilgan boʻlsa, oldinroq navbatda turgan shaxsning navbati oʻzidan keyinroq turgan hamrohi bilan yonma-yon oʻringa koʻchirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda hamrohi bilan birgalikda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning nikohi qonuniy bekor boʻlgan yoki “Haj” ziyoratini bajarish layoqatini yoʻqotgan taqdirda, hamrohni tanlagan shaxs Portalda ariza berish orqali oʻzining navbatda turgan yaqin qarindoshi boʻlgan hamrohini (bir hududda boʻlsa) almashtirishi mumkin. Bunda dastlabki hamrohining navbati bekor qilinib, uning oʻrniga yangi hamroh kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalda navbatda turgan fuqaro vafot etgan taqdirda, uning navbati bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatda turgan fuqaro istalgan vaqtda ariza berish orqali navbatini bekor qilishi mumkin, bunda navbat undan keyin turgan fuqaroga oʻtadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. “Haj” tadbiriga borish uchun navbat faqat doimiy yashash hududi boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchining doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, uning ixtiyoriga koʻra avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qoladi. Fuqaro navbatini yangi doimiy yashash hududiga oʻzgartirmoqchi boʻlsa, uning eski navbati bekor qilinib, yangi manzilda yangidan navbatga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga borish uchun roʻyxatdan oʻtishda doimiy yashash manzili toʻgʻrisida maʼlumot olish imkoni boʻlmagan taqdirda, Portalda talabgor bu haqida ogohlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro yashash manzili boʻyicha noaniqlikka tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimidan aniqlik kiritgandan soʻng roʻyxatdan oʻtish boʻyicha ariza berishi mumkin boʻladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkiliy guruhlar tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida “Haj” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxati kvota asosida Portalda tasdiqlangandan keyin oʻn kun mobaynida umumlashtiradi. Umumlashtirilgan roʻyxat ikki nusxada tayyorlanadi va tasdiqlanadi. Mazkur roʻyxatning birinchi nusxasi elektron varianti bilan birga hayʼatlarga taqdim etiladi. Roʻyxatning ikkinchi nusxasi tashkiliy guruhda saqlanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Hayʼatlar Jamoatchilik kengashidan va (yoki) Portaldan olingan roʻyxatlar asosida tegishli yilda oʻzining hududidan “Haj” tadbiriga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini umumlashtiradi, ularning xorijga chiqish biometrik pasporti mavjudligini va amal qilish muddatini, chet elga chiqishga taqiq yoʻqligini tekshiradi, ziyoratchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumlashtirilgan roʻyxat bir nusxada tasdiqlanib, hayʼatlarda saqlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ziyoratchilarni ziyoratga yuborishdan kamida oʻn kun oldin Jamoatchilik kengashi Portaldan olingan roʻyxatlar asosida tegishli yilda respublika miqyosida “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan ziyoratchilar roʻyxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlarga taqsimlaydi, ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga olib borish va olib kelish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshiradi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jamoatchilik kengashi va hayʼatlar tomonidan ziyorat bilan bogʻliq barcha shart-sharoitlar (ziyorat toʻlovlari, shartlari va muddati) haqida ziyoratchilarga “Haj” tadbiri boshlanishidan kamida bir oy, “Umra” tadbiri boshlanishidan kamida oʻn toʻrt kun oldin maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tegishli yilda “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatini shakllantirishda quyidagi qoʻshimcha shartlar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbiriga bormoqchi boʻlgan fuqaro navbatga yozilishi uchun soʻnggi besh yilda “Haj” tadbiriga bormagan boʻlishi (ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhi vakillari va guruh rahbarlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlariga bormoqchi boʻlgan fuqarolar voyaga yetgan boʻlishi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bob. “Umra” xizmatlarini Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar tomonidan tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
461. Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Raqamli texnologiyalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar bilan birgalikda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, “Umra” xizmatlarini amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan “Umra” paketlari va narxlari, tadbirlar amalga oshiriladigan kunlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Portalda joylashtirilishini va doimiy yangilab borilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini “Umra” tadbiriga olib borish bilan bogʻliq shartnomalarni Portalda elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratadi (Portal texnik sabablarga koʻra ishlamaganda, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan rasmiy veb-saytda eʼlon qilingan talablar asosida “Umra” tadbiriga olib borish bilan bogʻliq shartnomalar boshqa shaklda ham tuzilishi mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
462. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha harakatlarni Portal orqali amalga oshiradi, shu jumladan “Umra” tadbiriga boradigan ziyoratchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni safardan oldin Portalda majburiy qayd etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldagi faoliyatni shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kirish va shaxsiy kabinetlaridan foydalanish huquqi Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portalga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar Jamoatchilik kengashining tavsiyalari asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
463. Fuqarolarni, shu jumladan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni yoki xorijiy davlatlar fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs) “Umra” tadbiriga olib borish bilan bogʻliq maʼlumotlari Portalga quyidagi usullarda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs Portal orqali Oʻzbekiston musulmonlari idorasini (faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxsni ixtiyoriy ravishda tanlab shartnoma tuzishi mumkin. Bunda shartnomani rasmiylashtirish “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxslar tomonidan Portalga kiritilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS-kodni Portalga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali yuborilgan murojaatlar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs tomonidan koʻrib chiqilib, tanlangan paketdagi xizmatlar mavjud boʻlganda rahbar yoki vakolat berilgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash orqali shartnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portal orqali kelib tushgan murojaatlar boʻyicha shartnoma rasmiylashtirilganda, xizmatlar unda kelishilgan muddat va shartlarda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlangan paketdagi xizmatlar mavjud boʻlmaganda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi yoki tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs tomonidan murojaat shartnoma rasmiylashtirmasdan rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma tuzish rad etilganda bu haqda “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxsning Portalga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabar yuboriladi. Murojaati rad etilgan shaxs tegishli litsenziyasiga ega boshqa yuridik shaxsni tanlashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxsga yoki Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra markaziga (faqat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari) shaxsan murojaat qilishlari mumkin. Bunda tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs yoki Haj va Umra markazi “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxsga oid maʼlumotlarni Portalga mustaqil ravishda kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumotlar Portalga kiritilgandan soʻng “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxsning telefon raqamiga SMS-kod yuboriladi va ushbu kodni Portalga kiritish orqali shartnoma rasmiylashtiriladi. Shartnoma tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs rahbari yoki Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Haj va Umra markazi rahbari yoxud ular vakolat bergan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
464. “Umra” tadbirlari shartnomasi Portalda rasmiylashtirilgandan soʻng, toʻlov uchun invoys shakllanadi hamda “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs(lar)ning Portalga kiritilgan telefon raqamiga toʻlov summasi koʻrsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng bu toʻgʻrisida “Umra” tadbiriga bormoqchi boʻlgan shaxs(lar)ga tasdiqlovchi SMS-xabar yuboriladi. Ushbu toʻlovlarni Portal orqali koʻrish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
465. Tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxslarga quyidagi hollarda Portaldan foydalanish imkoniyati toʻliq yoki qisman toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish talablari va shartlariga rioya qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli litsenziyaga ega yuridik shaxs vakilining yozma arizasi mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Portaldan foydalanish imkoniyatini toʻliq yoki qisman toʻxtatish Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(41-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan oʻtkaziladigan safaroldi uchrashuvlar hamda mashgʻulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. “Haj” va “Umra” tadbirlarini tartibli tashkil qilish, ziyoratchilarning ibodatlari toʻliq boʻlishi maqsadida Jamoatchilik kengashi tomonidan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar va oshpazlar bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari uchun Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturi asosida mashgʻulotlar tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ziyoratchilarning guruh rahbarlari joylarda ziyoratchilar bilan “Haj” va “Umra” tadbirlarining odoblari, ularni amalga oshirish tartibi, safarga borish-kelish qoidalari, shartlari va talablari haqida uchrashuvlar hamda mashgʻulotlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ziyoratchilarning guruh rahbarlari ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida ularni doimiy ravishda kuzatib borish va safar davomida ularga amaliy yordam berish uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Transport vazirligi hamda milliy va xorijiy aviakompaniyalar tomonidan ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlar, tibbiy xodimlar, oshpazlar, ziyoratchilarning guruh rahbarlari va ziyoratchilar bilan yakuniy uchrashuvlar oʻtkaziladi hamda bunda mazkur tashkilotlar vakillari oʻz sohalariga oid tegishli tushuntirish ishlarini amalga oshiradilar.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. “Haj” va “Umra” tadbirlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va uning Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti hamda viloyatlar va Toshkent shahri vakilligi tomonidan banklarda “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun ziyoratchilardan yigʻiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini taʼminlash maqsadida depozit hisobvaraqlar ochiladi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ziyoratchilardan olinadigan toʻlovlar belgilangan “Haj” va “Umra” mavsumidan kamida ikki oy oldin, bir yoʻla umumiy summani toʻligʻicha toʻlash yoʻli bilan naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochilgan depozit hisobvaraqlar ochilgan bankning barcha hududiy filiallarida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlar Hayʼatning ishchi organi tomonidan ochilgan maxsus hisobvaraqda toʻplanadi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlari bilan bogʻliq barcha sarf-xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi depozit hisobvaragʻiga yigʻilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Turli tashkilotlar vakillaridan iborat ziyoratchilarga xizmat koʻrsatuvchi ishchi guruhlarning Saudiya Arabistoniga borish-kelishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining depozit hisobvaragʻiga yigʻilgan mablagʻlar hisobidan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berishning belgilangan tartibiga muvofiq qoplanadi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilliklarining “Haj” va “Umra” masalalari bilan shugʻullanuvchi xodimlarining xarajatlari, mazkur xodimlarning ish haqlari har bir ziyoratchi uchun safar xarajatlari smetasi asosida belgilangan tartibda qoplanadi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ziyoratchilarning Toshkent shahriga kelish-ketishi, yashashi, ovqatlanishi, transport xarajatlari ziyoratchilar hisobidan, hayʼatlar tomonidan tasdiqlanadigan alohida smetalar asosida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. “Haj” va “Umra” tadbirlari uchun toʻlovni amalga oshirgan, biroq maʼlum sabablarga koʻra mazkur tadbirlarga bora olmagan yoki bora olmaydigan fuqaroga shaxsan Portal orqali oʻzining arizasi yoki uning nomidan ishonchnomaga asosan harakat qilayotgan shaxsning arizasiga muvofiq toʻlangan toʻlovlar toʻlaligicha ariza taqdim etilgan paytdan boshlab oʻn ish kunida fuqaro (ishonchli vakil) tomonidan taqdim etilgan maxsus hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
(55-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning vafot etishi munosabati bilan “Haj” va “Umra” tadbirlariga borish uchun toʻlangan toʻlovlar vafot etgan fuqaro qonuniy merosxoʻrining arizasiga asosan merosxoʻr taqdim qilgan maxsus hisobvaraqqa oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” tadbirlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Talabgor
(“Haj” tadbiriga bormoqchi boʻlgan jismoniy shaxs)
1. “Haj” tadbiriga boruvchi talabgor “Haj”ga borishga soʻrovnoma yuborish uchun “Haj va Umra” yagona portaliga kiradi.
2. Talabgor “Haj” tadbiriga borish soʻrovnomasini toʻldiradi va tasdiqlab yuboradi.
3. Talabgorning pasport maʼlumotlari va roʻyxatda turgan joyi va boshqa maʼlumotlari elektron tizim orqali tekshirib olinadi.
4. “Haj” tadbiriga navbatga yozilish uchun belgilangan miqdorda toʻlovni amalga oshiradi.
Oʻz xohishiga koʻra yil davomida
↓
2-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng talabgor soʻrovnomada koʻrsatgan doimiy roʻyxatda turgan joyidagi mahallasida navbat boʻyicha roʻyxatga olinadi. Bu haqida soʻrovnomadagi telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
2. Navbatga qoʻyilgan talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi tashkiliy guruhda, Hayʼatda va Jamoatchilik kengashida koʻrinadi.
Avtomatik tarzda,
yil davomida
↓
3-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
Talabgor “Haj” tadbiriga borish uchun roʻyxatga olingandan keyin uning doimiy roʻyxatda turgan manzili oʻzgarsa va u ushbu mahallada doimiy roʻyxatda turgan boʻlsa, talabgor avvalgi mahalladagi navbatini saqlab qoladi yoki yangi manzili boʻyicha qaytadan (proaktiv shaklda) navbatga turish uchun soʻrovnoma yuboradi.
Talabgorning xohishiga koʻra,
yil davomida
↓
4-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Roʻyxat boʻyicha navbati kelgan talabgorlarga Saudiya Arabistoniga joʻnashdan kamida olti oy(joriy mavsumda borish imkoniyati boʻlmagan fuqaro oʻrniga keyingi navbatdagi talabgorlar uchun muddat oʻzgarishi mumkin)oldin tizimga kiritilgan telefon raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
Tashkiliy guruh, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
2. Texnik sabablarga koʻra, SMS-xabarnoma yuborish imkoni boʻlmaganda, talabgor yozma shaklda pochta orqali yoki yashash manziliga borgan holda xabardor qilinadi.
Pochta orqali yoki yashash manziliga borgan holda
↓
5-bosqich
“Haj va Umra” yagona portali
1. Roʻyxat boʻyicha navbati kelgan talabgorga “Haj va Umra” yagona portaliga kirib, oʻzining shaxsiy maʼlumotlari sahifasida oʻziga tegishli maʼlumotlarini, qancha toʻlov amalga oshirishi lozimligini yoki qancha toʻlov amalga oshirganligini hamda QR-kodli toʻlov chekini koʻrish va yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
2. Talabgor QR-kodli chekda koʻrsatilgan mablagʻni toʻlaganidan soʻng unga toʻlangan mablagʻ miqdori koʻrsatilgan SMS-xabarnoma yuboriladi.
Avtomatik tarzda
↓
6-bosqich
Talabgor
SMS-xabarnomada yoki QR-kodli chekda koʻrsatilgan mablagʻni toʻlaydi.
SMS-xabarnomada koʻrsatilgan muddatda
↓
7-bosqich
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
1. Tashkiliy guruh tomonidan taqdim qilingan roʻyxatga asosan tegishli yilda oʻz hududidan ziyoratga boradigan fuqarolarni yashash manziliga borgan holda ogohlantiradi.
2. Tashkiliy guruh bilan birgalikda fuqarolarning ziyoratga borishini tashkillashtiradi.
Tashkiliy guruh tomonidan taqdim etilgan roʻyxat boʻyicha belgilangan muddatlarda
↓
8-bosqich
Tashkiliy guruh
1. Hayʼat tomonidan taqdim etilgan tegishli yilda ziyoratga boruvchilar roʻyxatini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida ularga yetkazadi.
2. Kvotaga muvofiq tegishli yilda tuman (shahar) miqyosida ziyoratga boradigan fuqarolar roʻyxatini umumlashtiradi, ularning borishini aniqlashtiradi, toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini tashkillashtiradi.
Kvota aniqlanganidan keyin besh kun muddatda
3. Kvota boʻyicha roʻyxatga kirgan, lekin joriy yilda ziyoratga bora olmaydigan shaxslarni aniqlab, bu toʻgʻrisidagi takliflarni hayʼatga taqdim etadi.
4. Hayʼat bilan birgalikda ziyoratga bora olmaydigan shaxslar oʻrniga navbatdagi fuqarolarning roʻyxatga kiritilishini taʼminlaydi hamda yakuniy roʻyxatni shakllantirib, Hayʼatga taqdim qiladi.
Hayʼatlar kvotani tasdiqlaganidan keyin qirq besh kun mobaynida
↓
9-bosqich
Hayʼatlar
1. Kvotaga muvofiq ziyoratchilarning hujjatlarini tekshiradi. Oʻz hududidan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) tegishli yilda ziyoratga boradigan fuqarolarning roʻyxatini umumlashtiradi.
2. Kvota boʻyicha roʻyxatga kirgan, lekin joriy yilda ziyoratga bora olmaydigan shaxslar aniqlanganda, tashkiliy guruh bilan ishlab, ularning oʻrniga navbatdagi fuqarolarni roʻyxatga kiritish masalasini Jamoatchilik kengashi bilan kelishadi.
Jamoatchilik kengashi kvotani tasdiqlaganidan keyin oltmish kun mobaynida
3. Ziyoratga boradigan fuqarolarning yakuniy roʻyxatini shakllantiradi, tasdiqlaydi va Jamoatchilik kengashiga taqdim qiladi.
4. Ziyoratga borib-kelish uchun belgilangan toʻlovlar toʻlanishini, ziyoratchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini, emlash, ular bilan safaroldi mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ziyoratga yuborishdan bir oy oldin
↓
10-bosqich
Jamoatchilik kengashi
1. Ziyoratga boradigan talabgorlar roʻyxatini umumlashtiradi, ziyoratchilarni guruhlarga ajratadi, ziyoratchilarning guruh rahbarlarini tayinlaydi, ziyoratchilarning guruhlarini tegishli aviaqatnovlar boʻyicha taqsimlaydi.
Ziyoratga yuborishdan kamida oʻn kun oldin
2. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoni Podshohligiga olib borish va u yerdan olib kelish bilan bogʻliq barcha ishlarni amalga oshiradi.
Ziyoratlar davomida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/27/0077-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Haj” va “Umra” ziyoratlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOTNOMA
Ushbu maʼlumotnoma shu haqda berildiki, __________________ viloyati (shahri) ______________ tumani ________________________ fuqarolar yigʻini, mazkur fuqarolar yigʻinidagi _____________ koʻchasi _____ uyda istiqomat qiluvchi fuqaro ___________________________________________ 20____ yil _________________ da “Haj” (“Umra”) tadbiriga boruvchilar jurnalida ______________ tartib raqami bilan roʻyxatga olindi.