22.08.2003 yildagi 364-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DIN SOHASIDAGI MAʼNAVIY-MAʼRIFIY, TAʼLIM ISHLARINI VA FAOLIYATNI YANADA TAKOMILLASHTIRISHDA IJTIMOIY KOʻMAK VA IMTIYOZLAR BERISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini asrash, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizni diniy aqidaparastlik va ekstremizm xatarlaridan himoya qilish boʻyicha murojaati va bir qator jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib, mamlakatimizda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish, muqaddas dinimizni soxtalashtirishga urinayotgan turli mutaassib kuchlarning yovuz harakatlari oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning hayotiy ahamiyati va taʼsirchanligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi va daxldor jamoat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy va taʼlim ishlarini takomillashtirish dasturi (1-ilova*) maʼqullansin. Tegishli davlat idoralari va mahalliy hokimiyatlar tomonidan Dasturni bajarilishiga yetarlicha koʻmak va yordam berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dasturdagi tadbirlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining tarkibi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 7-avgustdagi PQ-938-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Diniy tashkilotlardan kommunal xizmat (gaz, suv, elektr haqi va boshqa xizmatlar) uchun olinadigan toʻlovlarni ishlab chiqarish korxonasi darajasi oʻrniga jismoniy shaxslardan olinadigan miqdorda belgilash haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatini qondirish yuzasidan 10 kun muddat ichida Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning natijasida hosil boʻlgan va boshqa xayriya mablagʻlarini mazkur jamgʻarma hisobiga oʻtkazish, uni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjid-madrasalarni taʼmirlash, diniy taʼlim muassasalarining oʻquv va moddiy bazasini mustahkamlash, ularga zamonaviy shart-sharoit yaratish, oʻqituvchi-mudarris va imom-xatiblarning mehnatini ragʻbatlantirish ishlariga sarflanishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniy meros obyekti sifatida davlat roʻyxatiga olingan diniy obidalar (3-ilova) belgilangan tartibda joylardagi Madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish inspeksiyalari bilan tuzilgan Foydalanish va muhofazalash shartnomalari asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga foydalanish uchun berilsin hamda toʻplanadigan xayriya mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi yuzasidan nazorat oʻrnatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Islom maʼhadi va oʻrta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan taʼlim standartlari, oʻquv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat meʼyorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olib, mazkur oʻquv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat taʼlim hujjati sifatida eʼtirof etilsin hamda ana shu hujjat (diplom)larga ega boʻlgan shaxslarga davlat oliy taʼlim tizimida oʻqishni davom ettirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Matbuot va axborot agentligi (R. Shogʻulomov), “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M. Hazratqulov), respublika ommaviy axborot vositalariga Din sohasidagi maʼnaviy-maʼrifiy va taʼlim ishlarini takomillashtirish dasturida belgilangan tadbirlarning mohiyati va ijrosini yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Z. Husniddinov va Bosh vazir oʻrinbosari H.Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
22-avgustdagi 364-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanish inspeksiyalari bilan tuzilgan “Foydalanish va muhofazalash shartnomalari” asosida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufiga foydalanish uchun berilayotgan ziyoratgohlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

№‎

Ziyoratgoh nomi‎

Manzili‎

1.‎ “Imom Buxoriy” majmuasi‎ Samarqand viloyati, Payariq tumani,
‎Xoʻja Ismoil qishlogʻi‎
2.‎ “Hakim Termiziy” ziyoratgohi‎ Surxondaryo viloyati, Termiz tumani,
‎Koʻhna Termiz qishlogʻi‎
3.‎ “Abu Iso Termiziy” maqbarasi‎ Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
‎U.Turopov jamoa xoʻjaligi‎
4.‎ “Imom Moturidiy” ziyoratgohi‎ Samarqand viloyati, Samarqand shahri,
‎Chokardiza qabristoni‎
5.‎ “Shohi Zinda” majmuasi‎ Samarqand viloyati, Siyob tumani,
‎Usto Umar Joʻraqulov koʻchasi‎
6.‎ “Sohibi Hidoya shahristoni” ziyoratgohi‎ Fargʻona viloyati,Rishton tumani,
‎Chin nigoron mahallasi
7.‎ “Qosim Shayx” majmuasi‎ Navoiy viloyati, Karmana tumani,
‎Karmana koʻchasi‎
8.‎ “Chil ustun” va “Koʻk gumbaz” masjidlari‎ Navoiy viloyati,
‎Nurota shahri‎
9.‎ “Xoʻja Jarroh” ziyoratgohi‎ Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri,
‎ Xudoyzod mahallasi‎
10.‎ “Dorus-Siyodat” meʼmoriy majmuasi‎ Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri‎
11.‎ “Shayx Xovandi Tohur” majmuasi‎ Toshkent shahri, Shayxontohur tumani,
‎Shayxontohur tor koʻchasi‎
12.‎ “Takiya ota” ziyoratgohi‎ Surxondaryo viloyati, Qiziriq tumani,
‎ Takiya-ota mahallasi‎
13.‎ “Soʻfi Olloyor” ziyoratgohi‎ Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumani,
‎Katta Vaxshivor qishlogʻi‎
14.‎ “Zangiota” majmuasi‎ Toshkent viloyati, Zangiota tumani,
‎Zangiota qishlogʻi‎
15.‎ “Pahlavon Mahmud” ziyoratgohi‎ Xorazm viloyati, Xiva shahri,
‎Ichon qalʼa majmuasi‎‎