24.08.2022 yildagi PF-198-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgust kuni oʻtkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini bevosita yoki bilvosita cheklashni nazarda tutuvchi, mulkiy munosabatlarda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini toʻliq joriy etishga toʻsqinlik qiluvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar 2022-yil 1-sentabrdan boshlab bekor qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer uchastkalariga boʻlgan huquqlardan foydalanish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalariga boʻlgan huquqning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning oʻzi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yoʻli bilan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga boʻlgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish. Bunda, yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni bekor qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq xoʻjaligi yerlaridan tashqari) boʻlgan huquqlarini bekor qilish. Bunda, ushbu huquqlar yuridik shaxs muassislariga (ishtirokchilarga), agar qonunchilikda, taʼsis hujjatlarida yoki muassislar oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha shartlar nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning yuridik shaxsdagi ulushiga (qoʻshilgan hissasiga) mutanosib ravishda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda kompensatsiya sifatida davlat mulkidagi boshqa koʻchmas mulk obyektini mulk qilib berish, bundan koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy obyektlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turar joyga boʻlgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaxslarni ushbu turar joydan yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun ularning roziligini olish, bundan taraflar oʻrtasida boshqacha kelishuv tuzilgan holatlar mustasno;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yil oʻtgach natura shaklida talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish sohasida — mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan maʼmuriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi maʼmuriy organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yoʻli bilan huquqlarni tugatish, bundan ushbu hujjatlarni sud tomonidan bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish holatlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) korporativ munosabatlar sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar yoki boshqa koʻrinishdagi maʼmuriy hujjatlar qabul qilish amaliyoti. Bunda, xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi (kapitalidagi) davlat ulushiga (aksiyalariga) egalik qiluvchi davlat organlari ulushdor (aksiyador) sifatida qarorlar qabul qilishni (ovoz berishni) yuqori turuvchi davlat organi bilan yozma tarzda kelishib olishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning ustav fondidagi (kapitalidagi) garovga qoʻyilgan ulushlarni (qoʻshilgan hissalarni) garovga oluvchining roziligisiz tasarruf etish amaliyoti. Bunda, mazkur rozilik olinmaganligi taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — UZKAD tizimi) koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri hamda koʻchmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZKAD tizimiga Garov reyestri, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestri, Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestri, “Davlat mulki” axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning boʻlinmalari reyestri, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari va koʻchmas mulk obyektlariga oid maʼlumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn maʼlumot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn maʼlumot almashinuvi paytida koʻchmas mulkka boʻlgan huquq qogʻoz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, shu sababli UZKAD tizimida boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda, uch kun ichida ushbu huquq UZKAD tizimida haq undirmasdan va ariza talab qilmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va maʼlumot taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish UZKAD tizimidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi, koʻchmas mulk haqida ushbu tizimda boʻlmagan boshqa maʼlumotlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, maʼlumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sugʻurta va boshqa ommaviy xizmatlarni koʻrsatishda koʻchmas mulkka oid barcha maʼlumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan UZKAD tizimidan olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan yozuvlar va koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha “mulk tarixi”ga oid maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun ochiq boʻladi va ulardan haq evaziga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalaniladi, davlat siriga oid hamda “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr agentligi qogʻoz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar haqidagi maʼlumotlarni har bir koʻchmas mulk obyektini bosqichma-bosqich identifikatsiyalagan holda UZKAD tizimiga toʻliq oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash boʻyicha respublika markazlashtirilgan jamgʻarmasi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — respublika kompensatsiya jamgʻarmasi) etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan zararlarning oʻrnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash boʻyicha hududiy markazlashtirilgan jamgʻarmalar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalar (keyingi oʻrinlarda — hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari) etib qayta nomlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, 2023-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar natijasida yetkazilgan zararlar respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga noqonuniy yoki haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning kiritilishi natijasida ularga ishonib harakat qilgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va xizmatchilarining qonunga xilof deb topilgan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) natijasida mulkdorga yetkazilgan va sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan zarar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning qonunga xilof deb topilgan harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zarar va maʼnaviy ziyon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmonning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Farmonning 4-bandiga asosan respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar keyinchalik aybdor shaxslardan toʻliq miqdorda regress tartibida undirib olinadi, bundan mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan zararlarni qoplashning boshqa manbalari belgilangan hollarda, kompensatsiya toʻlovlari respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ushbu manbalar hisobidan qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanmagan va (yoki) regress tartibida undirib olish shartisiz davlat tomonidan qoplab berilishi koʻrsatilgan hollarda, respublika va hududiy kompensatsiya jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan toʻlovlar Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Savdo-sanoat palatasining mulk huquqi daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvni cheklash maqsadida quyidagi huquqiy institutlarni qonunchilikda va yuridik amaliyotda qoʻllash koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullarini, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofli egallovchining mulkiy huquqlari himoya qilinadi, mulkdorning buzilgan huquqlarini tiklashning moliyaviy mexanizmlari qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyilgan mol-mulk belgilangan tartibda auksion orqali sotilganda, kreditorning roziligiga koʻra, sotib oluvchiga mulkning qiymatini uch yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan xususiy mulk huquqini buzish holatlari roʻyxatini, bunda, mansabdor shaxslar va xizmatchilarning qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan holatlardan tashqari quyidagi harakatlari xususiy mulk huquqini erkin amalga oshirishga aralashish va daxlsizligini buzish deb hisoblanadi hamda ularga nisbatan jinoiy javobgarlikka tortishgacha boʻlgan choralar qoʻllanilishiga asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkka erkin egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etishni cheklash, taqiq qoʻyish, mulkiy huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni asossiz rad etish yoki boshqacha har qanday koʻrinishda mulkdor yoki uning mulkiy huquqlariga taʼsir oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning xoʻjalik faoliyatiga yoki mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan hosil va mahsulotni realizatsiya qilish hamda daromadlarni tasarruf etishga aralashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy mulk obyekti va u joylashgan hududga, shu jumladan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektiga mulkdorning ruxsatisiz kirish, bu haqda uchinchi shaxslarga koʻrsatma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni va unga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga oʻtkazish, foydalanishga berish yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga aralashish, bu toʻgʻrisida huquqiy hujjat qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorga uning ixtiyoriga zid tarzda mol-mulki bilan bogʻliq ijtimoiy, iqtisodiy yoki boshqa davlat va jamoatchilik vazifalarini yuklash yoxud nomaqbul shartlarni qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkdan mulkdorning roziligisiz va tegishli haq toʻlamasdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga oid maʼlumotlarni soʻrash yoki bunday maʼlumotlarni mulkdorning ruxsatisiz ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulk va mulkiy huquqlardan sud qarorisiz mahrum etish yoki mulkdorga ulardan voz kechishga qaratilgan har qanday jismoniy, ruhiy yoki boshqa shakldagi majburlov choralar qoʻllash, tazyiq oʻtkazish yoxud mol-mulkni tasarruf etishga doir asossiz talablarni qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarni, shu jumladan uning zaruriy mudofaa turini, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor yoki uning vakili oʻz mulkini har qanday tajovuzdan huquqni buzishga mutanosib ravishda va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasida, shu jumladan zaruriy mudofaa holatida oʻzi himoya qilish huquqiga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchar mulk oʻzboshimchalik bilan olib qoʻyilganda mulkdor taʼqib qilish orqali uni qaytarib olishi, koʻchmas mulkka nisbatan esa unga oʻzboshimchalik bilan kirgan yoki egallab olgan shaxsni chiqarib yuborish orqali egaligini tiklashi mumkin boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkni oʻzboshimchalik bilan egallash yoki unga kirish yoxud mulk daxlsizligini boshqacha tarzda buzish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mulkiy huquqlariga nisbatan “Xabeas korpus” institutini, bunda, surishtiruvchi va tergovchining mol-mulkni xatlash bilan bogʻliq qarorlarini koʻrib chiqish uchun sudga kiritish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning sudga murojaat qilish huquqlarini davlat boji orqali tartibga solish tizimini, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan holatlarni qisqartirib, ularning jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini cheklash, mahrum qilish yoki boshqa har qanday koʻrinishda taʼsir qilishga qaratilgan daʼvolari, arizalari va shikoyatlari uchun umumiy asoslarda davlat boji toʻlanishi, davlat bojini toʻlash boʻyicha mablagʻlar budjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilishi, ushbu mablagʻlardan oqilona va asosli foydalanilayotganligini nazorat qilish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik sudlarida mol-mulkni oʻzganing noqonuniy egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan daʼvogarlar (davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno) davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi, bunda daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, undan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda davlat boji undirish nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy sudlarda mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan regressiv (daʼvo qiymati oshishiga qarab davlat boji stavkasi proporsional ravishda tushib boradi) davlat boji stavkalarini qoʻllash joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagi qonun loyihalarini kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini, loyihada ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan Fuqarolik, Soliq, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslar va boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini asossiz hisobdan chiqarganlik, ortiqcha undirilgan va toʻlangan pul mablagʻlarini tadbirkorlik subyektining birinchi talabiga binoan qaytarmaganlik uchun javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi uch oy muddatda davlat mulki obyektlarini respublika mulki va munitsipal mulk obyektlariga ajratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻplamini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mulki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar munitsipal mulki, tuman (shahar) munitsipal mulki obyektlarining namunaviy roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mulki obyektlarini boshqarishda Vazirlar Mahkamasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, boshqa davlat organlari va davlat mulkidan foydalanuvchilarning vazifalarini aniq chegaralash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mulki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar munitsipal mulki, tuman (shahar) munitsipal mulki obyektlarini boshqarish boʻyicha vakolatli tuzilmalarni, ularning vazifalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilga qadar bosqichma-bosqich respublika mulki obyektlarini respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) munitsipal mulki obyektlarini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti va tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan saqlash tizimiga oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari 2022-yil yakuniga qadar oʻzlari hamda tizim tashkilotlari boshqaruvidagi davlat koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning kadastr organlarida qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab tegishli huquqlari kadastr organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan davlat koʻchmas mulk obyektlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan rasmiylashtiriladigan dalolatnoma asosida uning tegishli hududiy boshqarmasiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi PF-91-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2023-yil 1-yanvarga qadar, keyinchalik har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-198-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish

1.

Xususiy mulk himoyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

xususiy mulk huquqini bekor qilish asoslarining qatʼiy roʻyxatini belgilash;

xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi bilan bogʻliq qoidalarga aniqlik kiritish;

mol-mulkdan sudning qarorisiz mahrum qilish mumkin emasligini qatʼiy belgilash;

undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan mol-mulk olib qoʻyilayotganda, mulkdor huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish;

xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish hamda uning bozor aktividagi ulushini oshirishni yanada kengaytirish.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Yer va binolarni ijaraga olish va berish qonunchiligini takomillashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

yer va binolar ijara shartnomalarining muddatlarini qatʼiy belgilash, yerlarni ijaraga olish muddatlarini uzaytirish;

yer uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shakllarini belgilash;

binolarni ijaraga olish shartnomasini yangilash, oʻzgartirish yoxud bekor qilish yuzasidan ogohlantirish muddatlarini aniq belgilash;

yer uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (hisobga olish) bilan bogʻliq qoidalarni belgilash;

yer va binolarni ijara oluvchining mulkdan uzoq muddat foydalanish kafolatlarini kuchaytirish;

yer va binolarni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlarini qatʼiy belgilash;

ikkilamchi ijara shartnomasi tomonlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

ijara haqini oshirish yoxud kamaytirishni (vaqtinchalik/doimiy) talab qilish huquqini taʼminlash;

ijaraga oluvchi tomonidan ijara obyektiga yetkazilgan zararni belgilash va ularni qoplash;

ijaraga olingan koʻchmas mulklarni ijaraga olish davrida kelib chiqishi mumkin boʻlgan holatlar, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarga qarshi sugʻurta qilish huquqi.

2022-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

3.

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchining mulkiy huquqlarini mustahkamlash.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihadasotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqiga ega shaxslar ushbu uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan soʻng, agar shartnoma shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bir oy ichida doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan chiqishi shartligini belgilash boʻyicha Fuqarolik kodeksining 488-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish nazarda tutiladi.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4.

Mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qayta koʻrib chiqish.

Qonun loyihasi. Loyihada quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi:

mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qisqartirish;

mol-mulk joylashgan hudud va ushbu mol-mulkka egalik qilib kelayotgan shaxsning doimiy yashash joyiga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi differensial muddatlarni belgilash;

egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlar asosida mulk huquqi qaysi holatlarda sud tomonidan va qaysi holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan eʼtirof etilishini belgilash.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar haqidagi maʼlumotlarni UZKAD tizimiga toʻliq oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar. Qogʻoz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har bir koʻchmas mulk obyektini identifikatsiyalagan holda quyidagi bosqichlarda UZKAD tizimiga toʻliq oʻtkaziladi:

Kadastr agentligi

1-bosqich — koʻp kvartirali uylar;

2022-yil dekabr

2-bosqich — davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy obyektlar;

2023-yil iyun

3-bosqich — tijorat tashkilotlariga tegishli obyektlar (har chorakda kamida 20 mingta);

2027-yil dekabr

4-bosqich — yakka tartibdagi turar joylar va boshqa obyektlar (har chorakda kamida 150 mingta);

5-bosqich — koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar (2025-yildan boshlab har chorakda kamida 100 mingta).

2027-yil dekabr

2027-yil dekabr

6.

Mulkdor — jismoniy shaxsning ijro hujjatlari boʻyicha undiruvga qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyxatini qayta koʻrib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada oilaviy meros, yagona daromad keltiruvchi mehnat quroli yoki aktivga, shuningdek, qarzdorning ulushlarga ajratilmagan birgalikdagi va (yoki) umumiy mulkiga undiruv qaratilmasligiga oid qoidalarni belgilash nazarda tutiladi.

2022-yil oktabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Majburiy ijro byurosi

7.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlardaxlsizligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihadayakka tartibdagi tadbirkorlarga eksport qiluvchi yuridik shaxslar kabi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktini tijorat xavflaridan sugʻurta polisisiz amalga oshirish huquqini berish nazarda tutiladi.

2022-yil oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Savdo-sanoat palatasi

8.

Davlat uy-joy fondidan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada quyidagilarni belgilovchi davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutiladi:

yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;

munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;

davlat uy-joy fondini xususiylashtirish;

davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz tasarrufida boʻlgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirib, oʻzl?rining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

2022-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

tasarrufida uy-joylar mavjud vazirlik va idoralar

9.

Yuridik shaxslarning yagona taʼsischisi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgandan soʻng meros mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid munosabatlarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

meros mulkini ishonchli boshqaruvga berish;

mulkdorning vafoti munosabati bilan tadbirkorlik faoliyatining toʻxtab qolmasligini taʼminlash mexanizmlari;

yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarga nisbatan meros munosabatlarini tartibga solish masalalari.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

10.

Fermer xoʻjaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan koʻp yillik dov-daraxtlarning xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihadafermer xoʻjaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan dov-daraxtlarning xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi ishlab chiqilib, tegishli qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi.

2022-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

II. Mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish

11.

Tijorat banklariga mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda quyidagilar amalga oshiriladi:

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Kadastr agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1. Markaziy bank, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va tijorat banklari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2022-yil oktabr

2. Mavjud elektron maʼlumotlar bazalari va tijorat banklari maʼlumotlar bazalarining texnik jihatlarini oʻrganish;

2022-yil noyabr

3. Tijorat banklariga mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmonining 4-bandida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olish imkoniyatini yaratish.

2022-yil noyabr

12.

Avtotransport vositalarini garovga qoʻyish tartibini soddalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar. Birlamchi bozordan olingan avtotransport vositasini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyishda garov reyestriga kiritilishi majburiy boʻlgan maʼlumotlarni qayta koʻrib chiqib, avtotransport vositasining davlat raqami va avtomobil vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma haqidagi maʼlumotlarni kiritishni ixtiyoriy etib belgilash.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Ichki ishlar vazirligi

13.

Aktivlarni sekyuritizatsiya qilish (aktivlarni erkin ayirboshlanadigan qimmatli qogʻozlarga aylantirish) istiqbollarini tahlil qilish va takliflar tayyorlash.

Tahliliy maʼlumotnoma va amaliy chora-tadbirlar rejasi. Unda:

mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida aktivlarni sekyuritizatsiya qilish istiqbollari oʻrganiladi;

xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi;

aktivlarni sekyuritizatsiya qilish va ularni fuqarolik muomalasiga kiritish samaradorligi baholanadi;

ayrim davlat aktivlari eksperiment tariqasida sekyuritizatsiya qilinadi.

2022-yil oktabr

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el sugʻurta tashkilotlari tomonidan sugʻurta faoliyati amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi bilan bogʻliq cheklovni bekor qilish.

Qonun loyihasi. Loyihada chet ellik tashkilotlarga filial yoki vakolatxonalar ochish orqali sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

2022-yil noyabr

Moliya vazirligi

15.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha yagona sud amaliyotini taʼminlash.

Sud qarorlarini umumlashtirish. Bunda, sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha sud amaliyoti haqida sudlarga tegishli tushuntirishlar berish nazarda tutiladi.

Xususan, yer uchastkalari 2021-yil 1-avgustga qadar jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan hamda kompensatsiya tariqasida boshqa yer uchastkasi berish nazarda tutilgan hollarda ushbu kompensatsiya turini oʻzgartirish majburiyatini yuklash bilan bogʻliq sud qarorlari va ularning ijrosi umumlashtirilib, tahlil qilinadi.

2022-yil noyabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentabrdagi PF-172-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2022-y., 06/22/198/0770-son; 20.06.2024-y., 06/24/91/0429-son; 12.09.2025-y., 06/25/172/0824-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)