1-ILOVA
Ma’lumot va hujjatlar nomi | Ma’lumot va hujjatlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar | |
1. | Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2. | Narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumot | |
3. | Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari | |
4. | Sudlanganlik haqida ma’lumot | Ichki ishlar vazirligi |
5. | “Manzil-ma’lumot”, shuningdek, yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (JSHSHIR, kadastr raqami orqali) | Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi |
6. | Jismoniy shaxslarga tegishli barcha turdagi mavjud hujjatlar (biometrik pasport, ID-karta, xorijga chiqish pasporti, eski namunadagi pasport) to‘g‘risidagi ma’lumotlar | |
7. | Shaxsning fotosurati | |
8. | Soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot | Soliq qo‘mitasi |
9. | Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumot | |
10. | Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot | Kadastr agentligi |
11. | Turar joyning maydoni to‘g‘risida ma’lumot | |
12. | Kadastr hujjati ma’lumotlari | |
13. | Pensiya miqdori to‘g‘risida ma’lumot | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
14. | Pensiya oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot | |
15. | Ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotlar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
16. | Ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasi | “O‘zarxiv” agentligi, vazirlik va idoralar |
17. | Oliy, kasbiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomasi | Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
18. | Tug‘ilish, o‘lim, nikohni qayd etish va nikohdan ajralganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Adliya vazirligi |
19. | Nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumot | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
20. | Nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumot |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
Tadbirlarning nomlanishi |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish muddati |
Mas’ul ijrochilar | ||
|
Vazirlik va idoralardan |
Vazirlar Mahkamasidan | ||||
|
1. |
Davlat organlari va tashkilotlari, yuridik shaxslar birlashmalari, bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari, matlubot, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi kooperativlari hamda advokatlik tuzilmalarini davlat xizmatlari markazlari orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihalari |
2021-yil may |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev) |
D. Kalandarov, E. Rustamov, T. Rapikov |
|
2. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini olish davlat xizmatini soddalashtirish, bunda: xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ariza-anketani YIDXP orqali qabul qilish imkonini yaratish; ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlamasdan yuborish imkoniyatini yaratish; xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat bojini elektron tarzda to‘lash imkoniyatini yaratish; ariza-anketada ariza beruvchining rasmini joylashtirish talabini bekor qilish; ariza-anketa YIDXP orqali qabul qilinganda ariza beruvchining yuzini raqamli formatda rasmga olish va qo‘l barmoqlarining elektron izlarini to‘plash uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga tashrif buyurish vaqti haqida darhol xabar berish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Nazarov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
X. Berdibayev, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
3. |
Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, bunda: shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni olish uchun Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartibini joriy etish; guvohnomani QR-kod qo‘ygan holda rasmiylashtirish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Transport vazirligi, (I. Mahkamov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) |
A. Ramatov, Sh. Abidov |
|
4. |
Transport vositalari haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida avtotransport vositalari uchun tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalardan foydalanishga ruxsatnoma berishni faqat YIDXP orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va unda: jismoniy va yuridik shaxslarga tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha ma’muriy reglamentni tasdiqlash; tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanishga ruxsatnomani olish uchun undiriladigan yig‘imni elektron tarzda to‘lash imkonini yaratish; ruxsatnomalarni QR-kod orqali rasmiylashtirishni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil may |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
X. Berdibayev, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
5. |
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibini takomillashtirish. Bunda: |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil aprel |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkentbayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi hujjatni QR-kod qo‘ygan holda tasdiqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishni; xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar reyestrini “Guvohnoma” axborot tizimlari kompleksida yuritishni barcha uchun ochiq shaklga o‘tkazish va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida doimiy joylashtirib borishning huquqiy mexanizmlarini belgilash. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil avgust | |||
|
6. |
FHDY organlarida ish yuritishni takomillashtirish hamda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishda qonun normalari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash. Bunda: fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni fuqarolarning yashash joyidan qat’i nazar istalgan FHDY organida qayd etishni yo‘lga qo‘yish; nikohni qayd etish muddatini qisqartirishga olib keladigan uzrli sabablarning aniq va tugal ro‘yxatini belgilash; FHDY organlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish bo‘yicha fuqarolardan arizalarni elektron tartibda qabul qilishni yo‘lga qo‘yish hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish; FHDY organlari tomonidan dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish kiritish, familiya, ism va otasining ismini o‘zgartirish, otalik, farzandlikka olish, nikohdan ajralganlik holatlarida dalolatnoma yozuvi ikkinchi nusxasiga tegishli o‘zgartirish kiritish haqidagi xabarnomalarni FHDY arxiviga faqat elektron shaklda yuborish tartibini nazarda tutish; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali qayd qilinayotganligi asosida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini bir nusxada rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish; fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari to‘g‘risidagi hisobotlarni Davlat statistika organlariga idoralararo elektron hamkorlik asosida elektron shaklda yuborish; FHDY organlari o‘rtasidagi barcha yozishmalar, jumladan so‘rovnoma va xabarnomalarni elektron shaklda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali amalga oshirish tartibini joriy etish; nikohga kirish va nikohdan ajratish haqida ariza kelib tushganda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarini elektron tizim orqali xabardor qilish tartibini joriy etish; FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan harakatlar va undirilgan to‘lovlar bo‘yicha fuqarolarga SMS xabar berish tartibini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari |
2021-yil iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
D. Kalandarov, E. Rustamov, B. Onorboyev |
|
7. |
Xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish. Bunda: vakolatxonalarni elektron tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish; hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatini, akkreditatsiya uchun undiriladigan davlat boji stavkalari miqdorini pasaytirish, vakolatxonaning akkreditatsiya muddatini, shu jumladan xodimlar akkreditatsiya kartochkasi muddatini qayta ko‘rib chiqish; vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilishda OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat va belgilangan joylardan fotosuratga tushish talabini bekor qilish; vakolatxonani tugatishning aniq tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil iyul |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov) |
S. Umurzakov, F. Rahimov |
|
8. |
Xususiy tadbirkor tomonidan o‘z xodimlarini soliq organlarida hisobga qo‘yish tartibini takomillashtirish. Bunda: xususiy tadbirkor tomonidan xodimlarni soliq organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha murojaatlarni hamda soliq organlari tomonidan taqdim etilgan xodimni hisobga qo‘yish kartochkasini soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborishni yo‘lga qo‘yish; yollangan xodimni davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qo‘yish muddatini bir ish kuni etib belgilash; xodimning 3x4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati va yollangan xodim pasportining nusxasini taqdim etishni bekor qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil may |
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev) |
J. Qo‘chqorov, E. Rustamov |
|
9. |
Ta’lim muassasalarini tugatganda yoki o‘qishni bir ta’lim muassasasidan boshqasiga ko‘chirganda aylanma varaqani to‘ldirish amaliyotini bekor qilish. Bunda, vazirlik va idoralarning ichki hujjatlarini muvofiqlashtirish, ta’lim muassasalari tomonidan o‘quvchi-talabalar ta’lim muassasasini tugatganda yoki ko‘chirganda ta’lim muassasasi ichida turli majburiyatlar bajarilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni (to‘lov shartnomasi bo‘yicha majburiyat bajarilganligi, axborot resurs markazidan qarzi yo‘qligi, o‘quv bo‘limidan akademik qarzdor emasligi, talabalar turar joyidan qarzdor emasligi kabilar) ichki idoralararo elektron hamkorlik yoki o‘zaro axborot almashinuvi yo‘li bilan olish evaziga o‘quvchi-talabalardan talab qilishni bekor qilish. |
Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil may |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), tizimida ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar |
B. Musayev B. Onorboyev |
|
10. |
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan shaxs deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibini elektronlashtirish, bunda: tegishli tibbiy xulosalarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga shu kunning o‘zida elektron tartibda yuborish; “TMEK” dasturida 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar to‘g‘risida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil iyun |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
11. |
Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni soddalashtirish. Bunda: tegishli tibbiy xulosalarni elektron tarzda rasmiylashtirish, ularni Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga shu kunning o‘zida elektron tartibda yuborish; fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda ulardan ambulatoriya kartasini talab qilishni bekor qilish, majburiy statsionar davolanishda bo‘lishni bekor qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil iyun |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
12. |
“TMEK” dasturini Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi va Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi axborot tizimiga integratsiya qilish hamda faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
13. |
Mazkur Farmonning 1-ilovasiga kiritilgan ayrim turdagi ma’lumotlar va elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda yuborishni yo‘lga qo‘yish. Bunda: ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali taqdim etish bo‘yicha texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, veb-xizmatlar ishlab chiqish; ishlab chiqilgan veb-xizmatlarni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasiga integratsiya qilish; elektron ma’lumot bazalarini o‘z vaqtida va sifatli shakllantirish, ma’lumotlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar hamda elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni muddatida taqdim qilib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
14. |
Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish bo‘yicha arizalarni elektron shaklda yuborish; bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish bo‘yicha xulosa muddatini uzaytirish uchun ariza berish tartibini bekor qilish. Bunda xulosa muddati tugashidan oldin vakolatli organ tomonidan bolaning tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini tashkil etish; komissiya tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish uchun bolani ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga yuborish amaliyotini bekor qilish; vakolatli organ tomonidan quyidagi ma’lumotlarni elektron hamkorlik orqali olishni yo‘lga qo‘yish: bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi; Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi; mutaxassislarning tegishli xulosalari bilan birga davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan mufassal ko‘chirma. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil may |
Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
B. Musayev, B. Onorboyev |
|
15. |
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqasidagi yer uchastkalarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasini tanlash materiallarini Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan “YERELEKTRON” AAT orqali elektron shaklda kelishish tartibini joriy qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil may |
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F. Umarov), Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (A. Abduvaliyev) |
J. Qo‘chqorov, E. Rustamov |
|
16. |
Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berishni quyidagilarni nazarda tutgan holda tubdan soddalashtirish: ariza berishda 3,5x4,5 sm o‘lchamli fotosurat talab etishni bekor qilish; vakolatli organ tomonidan talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqishni avtomatlashtirish, ya’ni talabgor ariza berish jarayonida imtihon kunini tanlashi, vakolatli organ tomonidan imtihon bo‘ladigan kunlarni YIDXPga kiritib borish; test sinovlari natijalarini ular yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmay Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilish; to‘lovlarni elektron o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirish orqali kvitansiya talab qilishni bekor qilish; test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida, malaka sertifikatini QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘ygan holda Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali bevosita talabgorga yuborish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil iyun |
Davlat test markazi (M. Karimov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
B. Musayev, B. Onorboyev, Sh. Rajabbayev |
|
17. |
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni birlashtirish orqali takomillashtirish. Bunda: Davlat mukofotiga tavsiya etiladigan talabgorlardan olinadigan hujjatlarning aniq ro‘yxatini tasdiqlash; Davlat mukofotiga tavsiya etilgan talabgorlarning faoliyati va asarlarini jamoatchilik tomonidan oshkora va xolisona baholanishini ta’minlash maqsadida baholash jarayonlarining shaffof mexanizmlarini joriy etish. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi |
2021-yil avgust |
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) |
B. Musayev, B. Onorboyev |
|
18. |
Budjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatilishi uchun yo‘llanma (order) olish tizimini takomillashtirish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: yo‘llanma (order) rasmiylashtirishning yagona integratsiyalashgan axborot tizimini yaratish; bemor tomonidan yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punkti yoki oilaviy poliklinikaning yo‘llanmasini va boshqa zarur hujjatlar tegishli tibbiyot birlashmasining markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasiga davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali yuborish; tuman (shahar) markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan bemorning tibbiy hujjatlarini ko‘rib chiqish va uni, zarur hollarda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalarini, shuningdek, ular bo‘yicha tuzilgan xulosani bemor murojaat qilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritish; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiyot tashkilotlari tomonidan tuman (shahar) tibbiyot tashkilotlari yagona integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritgan ma’lumotlar asosida bemorni uch ish kuni ichida, zarur hollarda, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va unga yo‘llanma (order) berish yoxud uni olish uchun yagona integratsiyalashgan axborot tizimi orqali navbatga qo‘yish; bemorlar tomonidan o‘z so‘rovlariga ko‘ra murojaatining ko‘rib chiqilishi holatini hamda yo‘llanma (order) olish yoxud bepul davolanish uchun navbati haqidagi axborotni real vaqt rejimida elektron shaxsiy kabinet orqali, shuningdek, qisqa xabar (SMS) ko‘rinishida olish; budjet mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil iyul |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) |
B. Musayev, B. Onorboyev |
|
19. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini quyidagilarni hisobga olgan holda takomillashtirish: fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddatini uch ish kunidan bir ish kuniga tushirish; fuqarolarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda ariza beruvchilardan davlat boji to‘lovlarini Yagona billing tizimi orqali qabul qilishga o‘tish va shu munosabat bilan davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyani talab qilmaslik. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
X. Berdibayev, O. Yakubbayev |
|
20. |
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki MvaFRBga murojaat qilinganda quyidagi ma’lumotlar va hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik orqali olish hisobiga fuqarolardan talab qilishni bekor qilish: 35 x 45 mm o‘lchamdagi ikkita rasmni (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun); uy-joy hujjatlarining asl nusxasini; vaqtincha ro‘yxatga olinganlik uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyani. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) |
X. Berdibayev, O. Yakubbayev |
|
21. |
Fuqarolarga pensiya tayinlash va to‘lash tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish: ish faoliyatini yuritayotgan xodimlarning amaldagi mehnat daftarchasidagi ish staji, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish va harbiy xizmat davrini “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAK (YAMMT) dasturiga to‘liq kiritish; YAMMT dasturiga kiritilgan xodimning mehnat stajini tegishli tashkilot tomonidan verifikatsiyalash hamda ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlarini YAMMT dasturiga kiritilishini monitoring qilib borish hamda ijrosini ta’minlanmaganligi uchun javobgarlik belgilash; YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish davrini verifikatsiyalash; YAMMT dasturiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi missiyalari va vakolatxonalarida ishlagan fuqarolarning oylik ish haqi va mehnat staji hamda ularning turmush o‘rtoqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tashqi ishlar vazirligi tomonidan YAMMT dasturiga kiritish; imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar bo‘yicha (patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertizalari, moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasa, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida va boshqa) ishlagan fuqarolarni YAMMT dasturida qayd etish; mehnat organlari tomonidan tuzilgan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida nogironlik dalolatnomasini (N-1 aktini) elektron bazasini yaratish; texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
J. Qo‘chqorov, E. Rustamov, G‘. Israilov |
|
22. |
Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish va to‘lovlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish, bunda: davlat xizmatlarini onlayn xizmatlar indeksi talablaridan kelib chiqqan holda elektron ko‘rinishga o‘tkazish va optimallashtirish; YIDXPni takomillashtirish hamda davlat bojlarini va davlat organlari tomonidan solingan jarimalarni va boshqa to‘lovlarni tegishli bank va boshqa to‘lov tizimlari orqali onlayn tarzda to‘lash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi alohida platforma ishlab chiqish va ishga tushirish; aholi va tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmatlarini, jumladan xabardor qilish xarakteridagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini elektron hukumat xizmatlari haqida axborot berish va xabardor qilish tizimiga integratsiya qilish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil iyun |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), vazirlik va idoralar |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev |
|
23. |
Davlat xizmatlari ko‘rsatishning minimal talablari va standartlarini belgilash. |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
D. Kalandarov |
|
24. |
Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan o‘zlari ko‘rsatayotgan davlat xizmatlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda ushbu xizmatlar ro‘yxatini, undiriladigan to‘lovlar miqdorini va ularni tartibga soluvchi huquqiy asoslari bo‘yicha Adliya vazirligiga ma’lumotlar taqdim etish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil may |
Vazirlik, idora va davlat tashkilotlari |
Tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari |
|
25. |
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish. Bunda: davlat xizmatlarini to‘liq tanqidiy tahlil qilib, ularni optimallashtirish, birlashtirish va muhim bo‘lmagan xizmatlarni bekor qilish; davlat organlari va tashkilotlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida undiriladigan yig‘imlarning asosliligini o‘rgangan holda ularni maqbullashtirish; davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi idoralararo va ichki idoraviy tartib-taomillarni soddalashtirish; elektron raqamli imzo talab qilinmaydigan xizmatlar ro‘yxatini shakllantirish va ayrim davlat xizmatlaridan YIDXPda elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda foydalanish imkoniyatini yaratish; idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va normativ xarakterga ega bo‘lmagan ichki hujjatlar asosida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatlar shaklida rasmiylashtirish bo‘yicha aniq muddatlar va mas’ul ijrochilari ko‘rsatilgan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil iyul |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, E. Rustamov, Sh. Rajabbayev |
|
26. |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan kuzatuvchi sifatida foydalanish imkonini yaratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2021-yil iyun |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Ichki ishlar vazirligi (X. Bobojonov), zaruratga ko‘ra boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov) |
O. Umarov, Sh. Rajabbayev, D. Kalandarov, E. Rustamov |
|
27. |
Tadbirkorlik subyektlariga interaktiv xizmatlar ko‘rsatishni quyidagilarni nazarda tutgan holda soddalashtirish va kengaytirish: tadbirkorlik subyektlarining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish kiritishda hamda joylashgan yeri joyi (pochta manzilining) o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda tadbirkorning xohishiga ko‘ra “yagona ariza” tamoyili bo‘yicha ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan vakolatli organni YIDXP va “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabardor qilish; vakolatli organ tomonidan tadbirkorlik subyektining litsenziya va ruxsat beruvchi hujjatlariga o‘zgartirishni qo‘shimcha ariza olmasdan bepul amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, Sh. Rajabbayev |
|
28. |
16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berishda ularni bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yishni yo‘lga qo‘yish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Nazarov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salamov) |
X. Berdibayev, E. Rustamov, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
29. |
Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki” axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Davlat personallashtirish markazi (N. Nazarov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salomov) |
X. Berdibayev, E. Rustamov, Sh. Rajabbayev, O. Yakubbayev |
|
30. |
Aholi gavjum bo‘lgan va jamoat joylarida interaktiv infokiosklar orqali o‘ziga-o‘zi xizmat qilish tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil sentabr |
Adliya vazirligi (R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
D. Kalandarov, Sh. Rajabbayev |