25.07.2022 yildagi PQ-332-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-oktabrdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5263-son qaroriga muvofiq, shuningdek, investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalar ekspertizasini oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi boʻyicha yoʻriqnoma 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qonunchilik hujjatlariga muvofiq:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlarini va texnik topshiriqlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat buyurtmachilari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida tuziladigan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va roʻyxatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Markaz bilan xarid predmetining narxini belgilash va (yoki) yetkazib beruvchini aniqlash masalalari kelishib olinmagan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlarda muayyan yetkazib beruvchilarning nomini va (yoki) tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymatini koʻrsatish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan chet elda ishlab chiqarilgan axborot qurilma, uskunalar, barcha turdagi axborot tizimlari, mobil ilovalar va boshqa dasturiy taʼminotlarni xarid qilish boʻyicha loyihalar “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasining ijobiy qarori taqdim etilganidan keyin koʻrib chiqiladi.
(2-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini (shartnomalar va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovlar (tender boʻyicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlar boʻyicha — har bir lotning boshlangʻich narxidan, qoʻshimcha kelishuv loyihasi boʻyicha — qoʻshimcha kelishuv summasidan kelib chiqqan holda) xarid predmeti narxining qoʻshilgan qiymat soligʻini (keyingi oʻrinlarda — QQS) inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlariga doir tender boʻyicha xarid hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun ushbu kichik bandda belgilangan summaning 10 foizi miqdorida haq undiriladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan va 100 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan oʻtkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekspertiza 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 5-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-332-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi hujjatlari hamda ularni ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlarni (keyingi oʻrinlarda — hujjatlar) ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar boʻyicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qiymati 15 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan quyidagi loyihalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tizimi budjetlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar. Bunda qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan kam boʻlgan loyihalar boʻyicha ishchi loyiha ishlab chiqiladi va ularni ekspertizadan oʻtkazish “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar taqdim etishni koʻzda tutadigan alohida qarorlari asosida amalga oshiriladigan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va/yoki qayta ishlashni koʻzda tutuvchi loyihalar (oltin izlovchilar usulida qazib olishdan tashqari), shuningdek, qiymati 10 million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalar. Bunda mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar (MTTB) va davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari vakolatli organlarning tarmoq ilmiy-texnik kengashidan tegishli xulosalar olingandan soʻng ular boʻyicha tuzilgan bitim shartlari asosida texnik-texnologik va arxitektura-qurilish yechimlari hamda loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va moliyalashtirish manbalarining mavjudligi ekspertiza qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida qiymati 5 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan loyihalar. Bunda ushbu kichik band davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom quyidagi loyihalar boʻyicha ishlab chiqiladigan hujjatlarga tatbiq etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati) nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafilligi ostida jalb etilayotgan toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz (kreditlari) hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan loyihani ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan loyihalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) loyihaoldi hujjatlari asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq, loyihaoldi hujjatlari kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydigan loyihalar;
(3-band “a” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan “v” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan (bundan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar mustasno) loyihala.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom, shuningdek, qiymatining 70 foizi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga, qolgan qismining moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar tatbiq etilmaydi (ushbu Nizomning 2-bandi “g” kichik bandida koʻrsatilgan loyihalar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomning 2 va 3-bandlarida belgilangan talablardan qatʼi nazar, loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilar) investitsiyaviy va infratuzilma loyihalari boʻyicha hujjatlarni “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ga kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun ixtiyoriy ravishda va shartnoma asosida kiritishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor (buyurtmachi) — loyiha tashabbuskori boʻlgan davlat organlari, budjet tashkilotlari, yuridik yoki jismoniy shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiyaviy loyiha — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish maqsadida investitsiya jalb qilinishi yoki amalga oshirilishi moʻljallangan loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
infratuzilma loyihasi — past rentabelli yoki rentabelsiz ijtimoiy, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi va muhandislik-kommunikatsiya obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va kengaytirishga qaratilgan loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq (texnik topshiriq) — loyiha uchun ishlab chiqilayotgan loyihaoldi hujjatlarining asosiy yoʻnalishlari, uning texnik tavsifi, sifat koʻrsatkichlari va texnik-iqtisodiy talablari, hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur taomillarni bajarish va ularning tarkibi boʻyicha koʻrsatmalar, shuningdek, boshqa maxsus talablarni belgilovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiquvchi — tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki shartnoma asosida jalb qilingan, agar qonunchilikda mazkur faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun litsenziya olish nazarda tutilgan boʻlsa, tegishli sohada obyektlarni loyihalashtirishga litsenziya olgan, loyihaoldi yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiquvchi ijrochi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (TIA/TIHK) — loyihaning umuman eng koʻp miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini koʻrib chiqilgan moliyalashtirishning dastlabki shartlarini hisobga olgan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni oʻrganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi loyihaoldi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi loyiha (IL) — eng koʻp qiymat aks etgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar va ishchi hujjatlar boʻlgan hamda ishchi chizmalardan tashkil topgan loyiha hujjati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi hujjatlar — alohida binolar va inshootlar hamda ish turlari uchun ishchi chizmalar jamlanmasidan iborat loyiha hujjati. Murakkab obyektlar boʻyicha ishchi hujjatlarni tayyorlashda butun bino va inshoot uchun ishlab chiqiladigan ishchi chizmalari bilan birga loyihaning aniqlashtiruvchi materiallari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganishlar amalga oshiriladi. Ishchi hujjatlarda, spetsifikatsiyalar, jihozlar va mahsulotlarning tegishli turlariga esa oʻlcham sxemalari, bino va inshoot uchun ishchi qurilish chizmalarining pasportlari tuzilishi, shuningdek, ish haqi va asosiy qurilish materiallari xarajatlari va ularning qiymatlari (loyiha smetasi) koʻrsatilishi lozim. Qoidaga koʻra, ishchi hujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan TIA/TIHK asosida ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari (XMI) — davlatlararo bitimlar asosida tuzilgan, Oʻzbekiston Respublikasi aʼzo boʻlgan moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) — Oʻzbekiston Respublikasida loyihalarni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirishni amalga oshirayotgan xorijiy hukumat moliya tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq ilmiy-texnik kengashi (TITK) — dunyo bozorlarining rivoji, ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish va mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash yoʻnalishlarini inobatga olgan holda, loyihaning asosiy texnik-texnologik yechimlarini uning tarmoq rivojlanish istiqbollariga muvofiqligi nuqtai nazaridan aniqlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, investitsiya loyihalari tashabbuskori boʻlgan tashkilotlarning qarori bilan tashkil etiladigan kollegial organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik foydali qazilmalar — oltin, kumush, mis, qoʻrgʻoshin, rux, volfram, uran, platina va platinoidlar, nodir metallar va nodir yer elementlari, temir, marganets, qimmatbaho toshlar, hamda uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat) va ular bilan bogʻliq komponentlar, sanoat ahamiyatiga molik yer osti suvlari, koʻmir, yonuvchi slanetslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltin izlovchilar usulida qazib olish — yer qaʼri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan tadbirkorlik tavakkalchiligi asosida qimmatbaho metallarni nosanoat usulda qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ushbu Nizomga 1-ilovada berilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hujjatlarni ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnik topshiriq tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan ishlab chiqiladi. Texnik topshiriqning tarkibi va talablari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagi variantlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqilganidan soʻng uning ishchi hujjatlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishchi loyihani ishlab chiqish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Loyihaning TIA/TIHKni ishlab chiqish, tasdiqlangan texnik topshiriq asosida hamda loyihani amalga oshirishning dastlabki manbalarini va moliyalashtirish shartlari boʻyicha oʻrganishlarni inobatga olgan holda ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Loyihani amalga oshirish shartlariga qarab, loyihaoldi va loyiha hujjatlari quyidagi variantlardan biri asosida ushbu Nizomga 3-ilovada berilgan sxemaga muvofiq ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan oʻtkazgan holda TIA ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda — Markazda ekspertizadan oʻtkazgan holda TIHK ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qoʻllaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yoʻl-transport, suv xoʻjaligi, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlari boʻyicha — ekspertiza faoliyatini amalga oshirishga litsenziyaga ega tashkilotlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda ishchi loyihasini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan loyihaoldi va/yoki loyiha hujjatlarini ishlab chiqishning boshqa turi ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekspertiza oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi)lar Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki Markazning elektron axborot platformasida joylashtirgan holda taqdim etadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) TIA/TIHK boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun tashabbuskor (buyurtmachi) va loyiha nomi, loyihaning qiymati va moliyalashtirish manbalari, kompleks ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar roʻyxati koʻrsatilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq birlamchi materiallar va hujjatlar ilova qilingan holda, loyihaning TIA/TIHK;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIA/TIHK boʻyicha TITK xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza uchun kiritilayotgan hujjatlarning tuzilishi va mazmuni mazkur Nizom talablariga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning TIA/TIHK:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasi va tasdiqlangan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni va/yoki tasdiqlangan tarmoq rivojlantirish dasturlarini/konsepsiyalarini (ular mavjud boʻlgan taqdirda) inobatga olgan holda loyihani amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha natijasida koʻzda tutilayotgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan mavjud va kutilayotgan talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-texnologik yechimlar va loyihada nazarda tutilgan uskunalar narxlarining chegaralangan parametrlarini asoslanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va sarflangan mablagʻlarni qoplay olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, normativ hujjatlar talablariga va qurilish qiymatining yuzaga kelgan bozor konyunkturasiga muvofiqligi jihatidan ekspertiza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlari asosida xarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yetkazib beruvchilari va/yoki ularning qiymati belgilab qoʻyilganda, hamda shartnomalar va import kontraktlarini ekspertiza qilish boʻyicha Markazning ijobiy xulosasi olingan loyihalar TIA/TIHKdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini belgilash qismi ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun Markaz va tashabbuskor (buyurtmachi) oʻrtasida xizmatlar koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuziladi. Koʻrsatiladigan xizmat qiymati ushbu qaror bilan tasdiqlangan Loyihalarning TIA va TIHKni, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks ekspertiza 100 foizlik oldindan haq toʻlash sharti bilan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 5,0 mln AQSH dollaridan 50,0 mln AQSH dollarigacha boʻlgan “kichik” investitsiyaviy loyihalar — 20 ish kunidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 50,0 mln AQSH dollaridan 200,0 mln AQSH dollarigacha boʻlgan “oʻrta” investitsiyaviy loyihalar — 25 ish kunidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 200,0 mln AQSH dollaridan 1,0 mlrd AQSH dollarigacha boʻlgan “yirik” investitsiyaviy loyihalar — 30 ish kunidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati 1,0 mlrd AQSH dollar va undan yuqori boʻlgan “mega” loyihalar — 45 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kompleks ekspertizadan oʻtkazish muddatini hisoblash xizmatlar haqi toʻlanganligi tasdiqlangan kundan boshlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan mazkur Nizom talablari bajarilmagan, shu jumladan taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, Markaz hujjatlar taqdim etilgandan keyin koʻpi bilan uch ish kuni ichida yozma ravishda nomuvofiqliklar haqida tashabbuskor (buyurtmachi)ga xabar beradi. Ushbu holatda tashabbuskor (buyurtmachi) qayta ishlangan va toʻldirilgan hujjatlarni taqdim etgan kun ekspertizadan oʻtkazish muddatining boshlangan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markaz hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda shartnoma asosida davlat va nodavlat tashkilotlar, shu jumladan, loyiha institutlari, injiniring va konsalting kompaniyalari, ilm-fan va taʼlim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xorijiy va milliy kompaniyalar mutaxassislarini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan vazirliklar va idoralarning faoliyatiga daxldor tegishli maʼlumotlar va materiallarni ulardan soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning xususiyati va amalga oshirish sohasidan kelib chiqqan holda, loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish davomida ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan talablarga aniqlik kiritish maqsadida loyiha doirasida mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda (bajarishda, koʻrsatishda) qoʻllaniladigan meʼyorlar, talablar va standartlarni tashabbuskor (buyurtmachi)dan soʻrab olish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ishlar va xizmatlarni subpudrat shartlari asosida boshqa tashkilotlarga berish huquqiga ega emas.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kompleks ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlar sifati, ishonchliligi va toʻliqligi uchun javobgarlik tashabbuskor (buyurtmachi), ishlab chiquvchi va TITK zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashabbuskor(buyurtmachi)ga TIA/TIHK kompleks ekspertizadan oʻtkazish yakunlari boʻyicha ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Eʼtirozlar yuzaga kelgan taqdirda tashabbuskor (buyurtmachi) ularni bartaraf etadi va mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq qayta ishlangan hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan faqatgina Markazning eʼtirozlarini inobatga olgan holda qayta ishlangan hujjatlar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Eʼtirozlar tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan bartaraf etilganda, loyihaoldi hujjatlarni takroriy ekspertizadan oʻtkazish oʻn besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qayta ishlangan hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazishda tashabbuskor (buyurtmachi)ga avval berilgan xulosada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha eʼtirozlar bildirishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval berilgan eʼtirozlarni bartaraf etish doirasida qoʻshimcha ravishda taqdim etilgan materiallar bilan bogʻliq eʼtirozlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning hujjatlar boʻyicha eʼtiroz va takliflari sohaviy normativ-huquqiy hujjatlar, meʼyorlar, talablar, standartlar va boshqa normativ hujjatlarga majburiy tarzda havola qilingan holda shakllantiriladi. Bunda tegishli havolasi boʻlmagan eʼtiroz va takliflar asossiz deb hisoblanadi.
(22-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashabbuskor (buyurtmachi) Markazning ijobiy xulosasi asosida:
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning TIA/TIHK boʻyicha — ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda loyihaning TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlashga doir qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Loyihaoldi hujjatlar Markazning ijobiy xulosasi olingandan soʻng bir yil (365 kalendar kun) davomida tasdiqlanmagan taqdirda, ular ushbu Nizomda belgilangan tartibda kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun yangidan kiritilgan hisoblanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha moliyalashtirish (qarzlar/kreditlar) jalb etish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning qiymati, moliyalashtirish manbalari va shartlarida yuz bergan oʻzgarishlar, basharti bu oʻzgarishlar loyihaning moliyaviy samaradorligining yomonlashuviga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlariga taʼsir qiluvchi texnik-texnologik yechimlarida oʻzgarishlar yuz bersa (qiymat koʻrsatkichlarining pasayish holatlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyihaning tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqish koʻzda tutilgan boshqa oʻzgartirishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirishni yakunlash natijalari boʻyicha TIA/TIHK loyihalariga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Loyihalarning tasdiqlangan TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish tashabbuskor (buyurtmachi) tomonidan loyihaning belgilangan tartibda tuzatilgan TIA/TIHK ishlab chiqilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar loyihaning avval tasdiqlangan TIA/TIHK boʻyicha Markaz xulosasi berilgan boʻlsa, loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov undirilmaydi, ushbu Nizomning 25-bandi toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda ekspertiza uchun toʻlov loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertizasi uchun oʻrnatilgan toʻlov miqdorining 50 foizi miqdorida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Loyihaning tuzatilgan TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash ushbu Nizomda oʻrnatilgan tartibda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlariga muvofiq loyiha qiymati kamaytirilgan taqdirda (loyihaning asosiy texnik-texnologik koʻrsatkichlari saqlangan holda), loyiha TIA/TIHKga oʻzgartirishlar (tuzatishlar) kiritish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markazning mansabdor shaxslari hujjatlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish natijalarining haqqoniyligi va xolisligi uchun javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizomni qoʻllash masalalari boʻyicha bahslar va kelishmovchiliklar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish,kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

T/r

Tadbirlar

Muddatlar

Masʼul ijrochilar

1-bosqich.

Texnik topshiriq ishlab chiqish

1.

Texnik topshiriq ishlab chiqish, uni TITK bilan kelishish

Loyiha tashabbuskorlari (buyurtmachilari),

TITK

2-bosqich.

Loyihaning TIA(TIHK)ni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish

2.

Loyihani amalga oshirishni moliyalashtirishning dastlabki shartlari va manbalarini hisobga olgan holda tasdiqlangan texnik topshiriq asosida TIA/TIHK ishlab chiqish va TITK xulosasini olish.

Loyiha tashabbuskorlari

(buyurtmachilari)

3.

TIA/TIHK boʻyicha:

Markaz

50,0 mln AQSH dollarigacha boʻlgan “kichik” loyihalar

Koʻpi bilan 20 ish kuni

qiymati 50,0 mln AQSH dollaridan 200,0 mln AQSH dollarigacha boʻlgan “oʻrta” loyihalar

Koʻpi bilan 25 ish kuni

qiymati 200,0 mln AQSH dollaridan 1,0 mlrd AQSH dollarigacha boʻlgan “yirik” loyihalar

Koʻpi bilan 30 ish kuni

qiymati 1,0 mlrd AQSH dollar va undan ortiq boʻlgan “mega” loyihalar

Koʻpi bilan 45 ish kuni

4.

Keltirilgan eʼtirozlarni bartaraf etish, TITK bilan kelishish (texnologik va arxitektura-qurilish yechimlari oʻzgaradigan holatlarda) va loyiha TIA/TIHKni Markazga takroran kiritish

Loyiha tashabbuskorlari

(buyurtmachilari), loyihalashtirish tashkiloti,

TITK

5.

Qayta ishlangan loyiha TIA/TIHKni ekspertizadan oʻtkazish va xulosa berish

Hujjatlar paketi toʻliq taqdim qilingandan keyin koʻpi bilan 15 ish kuni

Markaz

6.

Markazning ijobiy xulosasi asosida loyiha TIA/TIHK parametrlarini tasdiqlash boʻyicha tegishli qaror loyihasini tayyorlash

Belgilangan muddatlarga muvofiq

Loyiha tashabbuskorlari

(buyurtmachilari)

7.

Ishchi hujjatlar hamda tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish

Tashabbuskorlar

(buyurtmachilar),

masʼul organlar

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish,kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

“KELISHILGAN”

“TASDIQLAYMAN”

_______________________

_______________________________________

20___ yil ____ dagi ___-son

TITK yigʻilishi bayonnomasi asosida

(tashabbuskor vakilining F.I.Sh., lavozimi)

_______________________

(imzo)

M.Oʻ. 20____ y. _____ ___________________

____________________________________________________________________________

(investitsiya/infratuzilma loyihasining nomlanishi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

LOYIHASI UCHUN TIA/TIHK ISHLAB CHIQISHGA
TEXNIK TOPSHIRIQ

T/r

Asosiy maʼlumotlar va talablar roʻyxati

Asosiy maʼlumotlar va talablar mazmuni

1.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun asos.

Hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻlgan hujjat/hujjatlarning (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati qarorlari, bayonnomalar, shartnomalar, bitimlar va boshqalar) nomi koʻrsatiladi.

2.

Tashabbuskor (buyurtmachi)ning nomi.

Loyiha tashabbuskori (buyurtmachisi)ning toʻliq nomi va rekvizitlari koʻrsatiladi.

3.

Loyiha tashkilotining nomlanishi.

Muayyan tashkilotni belgilash boʻyicha yoʻriqnoma hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu bandda loyiha tashkilotining toʻliq nomi (yoʻriqnoma hujjati koʻrsatilgan holda) keltiriladi.

Tegishli yoʻriqnoma hujjati mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu bandga “tanlov asosida aniqlanadi” deb yoziladi.

4.

Loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati.

Loyihaning yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosidagi taxminiy qiymati koʻrsatiladi. Shuningdek, xarid qilinayotgan uskunalarning maqbul variantini tanlash, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar va loyihaning boshqa xarajatlari boʻyicha tahlillar asosida chegaralangan eng koʻp qiymatni aniqlash toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi.

5.

Qurilish turi.

Qurilish turi koʻrsatiladi (yangi qurilish, rekonstruksiya, modernizatsiya, kengaytirish, kapital taʼmirlash).

6.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib koʻrsatish. Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va qurish.

Navbatlar, ishga tushirish majmualari, qurilish bosqichlarini ajratib koʻrsatish toʻgʻrisidagi talablar koʻrsatiladi. Bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va qurilish amalga oshirilganda uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sanasi va roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.

7.

Korxona tarkibi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda korxonaning tarkibi: asosiy va yordamchi bino va inshootlarning dastlabki roʻyxati, ularga qoʻyiladigan texnik-texnologik talablar, asosiy koʻrsatkichlari koʻrsatiladi.

8.

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi va korxona infratuzilmasi.

Korxonaning sherik korxonalar bilan hamkorlikdagi faoliyati, shuningdek, uning infratuzilmasi tarkibi koʻrsatiladi.

9.

Ishlab chiqariladigan (koʻrsatiladigan) mahsulotlar (xizmatlar) nomenklaturasi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulotlar (xizmatlar) nomenklaturasi koʻrsatiladi.

10.

Korxonaning ishlash tartibi.

Loyiha xususiyatlarini hisobga olgan holda obyektning yil davomidagi ish bilan taʼminlanganlik darajasi, ish smenalari koʻrsatiladi.

11.

Loyihaning koʻlami va quvvati.

Yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihaning koʻlami va quvvati koʻrsatiladi. Shuningdek, marketing tadqiqotlari asosida loyiha quvvatini aniqlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar beriladi.

12.

Loyiha amalga oshiriladigan joy.

Loyihani amalga oshirish joyi toʻgʻrisidagi aniq maʼlumot koʻrsatiladi.

13.

Loyihaning maqsadi va vazifalari.

Loyihaning maqsadi va vazifalari aniq, shu jumladan miqdoriy koʻrsatkichlarda bayon qilinadi.

14.

Loyihani amalga oshirish davri.

Yoʻriqnoma hujjatlari yoki tashabbuskorning boshqa hujjatlari, qarorlari asosida loyihani amalga oshirish moʻljallanayotgan davr toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.

15.

Moliyalashtirish manbalari.

Koʻzda tutilayotgan moliyalashtirish manbalari (tashabbuskorning oʻz mablagʻlari, budjet mablagʻlari, bank kreditlari va boshqalar) koʻrsatiladi.

16.

Qurilishning alohida shart-sharoitlari.

Qurilish maydoni (trassasi)ning xususiyatlari (seysmologik bardoshliligi, tuproq turi, suv va tuproq balandligi va boshqalar) koʻrsatiladi.

17.

Loyihani amalga oshirish variantlari.

Loyihaning har bir boʻlimida loyiha maqsadlariga erishishning kamida ikkita mumkin boʻlgan variantlari boʻyicha qiyosiy tahlil oʻtkazish vazifasini qoʻygan holda, ushbu maqsadlarga erishish yoʻllari (texnologik, moliyalashtirish sxemalari boʻyicha, ishlar xususiyatlari boʻyicha va boshqalar) koʻrsatiladi.

18.

Loyihani moliyaviy asoslantirishga qoʻyiladigan talablar.

Moliyaviy asoslantirish asosli ishlab chiqarish xarajatlari va savdo tushumidan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim. Bunda, Soliq kodeksi va normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliqqa tortishning amaldagi barcha stavkalariga tayanish zarur. Shuningdek, asoslantirilgan moliyaviy hujjatlarni taqdim etgan holda, korxona moliyaviy ahvolining toʻliq tahlili hamda barcha birlamchi moliyaviy maʼlumotlarning dalillari kiritilishi, qabul qilingan standartlarga muvofiq keluvchi hisoblash metodikasini qoʻllash talab etiladi.

19.

Loyihani iqtisodiy asoslantirishga qoʻyiladigan talablar.

Iqtisodiy asoslantirish loyihaning iqtisodiy samaradorligini, xususan, tarmoq, hudud va umuman, milliy iqtisodiyot uchun iqtisodiy foydani aniq aks ettirishni inobatga olgan holda bajariladi. Shuningdek, loyihaning tarmoqqa taʼsiri, uning iqtisodiyot uchun ijobiy samarasini asoslantirish, ehtimoliy iqtisodiy xavf-xatarlar, ularning darajalari va bu xavf-xatarlarni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrsatish kerak boʻladi.

20.

Loyihaviy yechimlar uchun qoʻyiladigan asosiy talablar.

Loyihalashtirish obyektiga qarab, loyihaning shaharsozlik, arxitektura-rejalashtirish, konstruktiv, texnologik va boshqa yechimlariga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi. Shuningdek, loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda texnologik va muhandislik uskunalar, atrof- muhitni muhofaza qilish, sanitar-epidemiologik vaziyat va boshqalarga qoʻyiladigan talablar ham koʻrsatiladi.

21.

Izlanish ishlarini olib borish.

Loyiha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, muhandislik tadqiqotlari (muhandislik geologiyasi, gidrogeologiya, topografik sʼyomkalar va boshqalar) oʻtkazish zarurati koʻrsatiladi.

22.

Obodonlashtirish va rekultivatsiya boʻyicha talablar.

Hududni obodonlashtirish, koʻchatlar oʻtqazish, ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlkalari, avtomobil toʻxtash joylari va boshqalarni qurish, shuningdek, yerlarni chopiq qilish boʻyicha talablar keltiriladi.

23.

Loyihalashtirishning alohida shartlari.

Amalga oshirilayotgan loyihaning xususiyatlari va oʻziga xosligidan kelib chiqib, loyihalash tashkilotiga qoʻyiladigan talablar aks ettirilishi lozim.

24.

Loyihalashtirishga qoʻyiladigan talablar.

Loyiha TIA/TIHK Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.

25.

Narxni shakllantirish boʻyicha talablar.

Loyihaning koʻrib chiqilayotgan variantlari chegaralangan qiymatini hisoblash (yaxlitlangan normativlar, shu kabi obyektlar boʻyicha narx koʻrsatkichlari va boshqalardan foydalanish) boʻyicha talablar koʻrsatiladi.

26.

Loyiha TIAni ishlab chiqish muddatlari.

Loyihalashtirish xizmatlari koʻrsatish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab loyihani ishlab chiqishning aniq muddatlari (oy) koʻrsatiladi.

27.

Ish natijalarini taqdim qilish boʻyicha talablar.

Loyihaning ishlab chiqilgan TIA/TIHKni ___ nusxada chop etilgan shaklda va 1 nusxa tahrir qilinadigan elektron shaklda tashabbuskorga taqdim qilish lozim. Maʼlumotlar hajmiga qarab loyiha boʻlimlari bir kitobga birlashtirilishi yoki alohida kitoblar shaklida tayyorlanishi mumkin.

28.

Birlamchi hujjatlar roʻyxati.

Loyiha TIA/TIHKni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan, ishlab chiquvchining talabi bilan tashabbuskor tomonidan mazkur texnik topshiriqqa ilova koʻrinishida beriladigan barcha birlamchi hujjatlar.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh Texnik topshiriqning asosiy maʼlumotlari va talablari roʻyxati loyihalashtirilayotgan obyektning oʻziga xos xususiyatlari, murakkabligi va qanday maqsadga moʻljallanganligiga qarab oʻzgartirilishi, kengaytirilishi yoki qisqartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(izoh qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish,kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish variantlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-variant

2-variant

3-variant

2 va 3-variantlar boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalardan tashqari, investitsiya loyihalari boʻyicha

Ijtimoiy, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya obyektlari boʻyicha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda

Moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan, namunaviy va takroran qoʻllaniluvchi loyihalardan foydalanilgan holda quriladigan ijtimoiy soha, yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va boshqa infratuzilma obyektlari boʻyicha

TIA

TIHK

IL

Ishchi hujjatlarni, tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash

Ishchi hujjatlarni, tender (tanlov) va boshqa hujjatlarni tayyorlash

Tender (tanlov) hujjatlarni tayyorlash

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari qabul qilingan taqdirda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda boshqacha tartib qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish,kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha uchun texnik-iqtisodiy asoslar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarning (TIA/TIHK)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha TIA/TIHK mundarijasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyihaning qisqacha mazmuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Marketing boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik-texnologik boʻlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekologik boʻlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutsional boʻlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arxitektura-qurilish boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiy boʻlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy boʻlim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Loyiha boʻyicha umumiy xulosalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Xaridlar strategiyasi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning qisqacha mazmunida quyidagilar keltirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning nomlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor nomlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning hisob-kitob qilingan umumiy qiymati, kapital qoʻyilmalar kesimida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha koʻlami, shu jumladan, uning quvvati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning tarkibiy qismlari — asosiy obyektlarning narxlari koʻrsatilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha amalga oshiriladigan joy (viloyat, shahar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning maqsadi va vazifalari, shu jumladan miqdoriy ifodalangan shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy foyda koʻruvchilar aks ettirilgan holda, maqsadli guruhlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalari va sxemalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish yillar kesimida koʻrsatilgan holda loyihani amalga oshirish davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirishda loyiha amalga oshirilayotgan joydagi mavjud siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-iqlim, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar tavsiflanadi, shu jumladan, koʻrsatkichlar, infratuzilma bilan taʼminlanganligi, investitsiya iqlimi va koʻzda tutilayotgan joyni tavsiflovchi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar va loyihaning taʼsir doirasi aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda loyihadan koʻzlangan maqsadning Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiqligini asoslantirish zarur, shuningdek, loyihadan koʻzlangan maqsadga erishishning barcha yoʻllari koʻrsatilishi va loyihaning keyingi boʻlimlarida ularning har biri boʻyicha qiyosiy tahlil oʻtkazilishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing boʻlimida loyihada koʻzda tutilayotgan mahsulot (xizmat)ga boʻlgan mavjud va istiqboldagi (loyihaning yashash davri mobaynida) talabga baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot (xizmat)ning bozordagi, shu jumladan eksport hajmlari va narxlari tahlilini hisobga olgan holda talab tahlili (uning tendensiyalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish va ishlashi bilan bogʻliq boʻlgan xarid qilinadigan xomashyo, materiallar, tovarlar (ishlar va xizmatlar) bozorlari va boshqa ishlab chiqarish omillari tahlili. Bu ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar, ularning yetkazib berish narxlari, sifati va shartlari, shuningdek, loyiha ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini qiyosiy tahlil qilishni nazarda tutadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohadagi mavjud obyektlar ishini tahlil qilish, shu jumladan raqobatchilarni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot (xizmatlar)ni sotish boʻyicha tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat xavf-xatarlari, xatarlarning asosiy belgilovchi omillari va xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 3 ta kompaniyaning tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) asosida xarid qilinayotgan uskunalar narxini asoslantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, asbob-uskunaning narxini asoslovchi nomenklatura — asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda va ularning har bir birligi narxi bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan yuqori boʻlganlari tanlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mumkin boʻlgan logistikaning mavjudligi, jumladan, temir yoʻl, avtomobil yoʻllari, daryo va havo transporti, shuningdek, omborxona inshootlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlarida foydalanilgan axborot manbalari va ularni oʻtkazish metodikasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik-texnologik boʻlim loyihani amalga oshirishning turli texnologik yechimlarini oʻzida aks ettirib, unda loyiha tuzilishi, loyiha boʻyicha texnik yechimlar, loyihaning hal qiluvchi koʻrsatkichlari, komponentlari, shuningdek, ularning hisob-kitob qilingan qiymatlari bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik sxema bosqichlari boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish boʻyicha turli texnologik yechimlar tahlili, ularning afzalliklari va kamchiliklari, tanlangan variantni asoslantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha joylashtiriladigan manzil, bunda loyiha uchun tanlangan joy tanlovi, xomashyo manbalari va yetkazib beruvchilari, mahsulot va xizmatlarning isteʼmolchilariga nisbatan joylashgan masofa, muhandislik-transport (temir yoʻl magistrallari, avtomobil yoʻllari, quvurlar, energetika manbalari va hokazo) va aloqa infratuzilmasiga yaqinlik, geografik oʻziga xosliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha quvvatini oʻzlashtirish surʼatini taxminiy asoslantirishni belgilab beruvchi loyiha koʻlami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina va uskunalar sonini va texnologiyasi tanlovini asoslantirish, dunyo standartlariga muvofiqligi, shu vaqtgacha foydalanilayotgan uskunalar bilan texnologik muvofiq kelishi, “narx-sifat” boʻyicha eng maqbul muvofiqlik, texnologiyalar va uskunalar tanlovining muqobil variantlari, innovatsion uskunalarni qoʻllash, loyihada sifat koʻrsatkichlaridan foydalanilishi, loyihaga qoʻyiladigan texnik va texnologik talablarni belgilovchi normativ hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi texnik xatarlarni baholash, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha va texnik yechimlarni tanlashda salbiy ekologik taʼsiri eng kam va ijtimoiy-iqtisodiy samarasi eng yuqori boʻlgan yechimlar tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik boʻlimda loyihaning ekologik jihatlari aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning atrof muhit holatiga taʼsirini baholash, loyihani amalga oshirish natijasida yetkaziladigan ekologik zarar miqdorini baholash va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi xulosasini inobatga olgan holda, uning salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilayotgan chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ham hududda, ham butun mamlakatdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun loyihada nazarda tutilayotgan chora-tadbirlar va ularning miqdor koʻrinishidagi natijalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutsional boʻlim loyihaning butun yashash davri davomida uni boshqarish sxemasini oʻz ichiga olgan boʻlishi hamda huquqiy asoslar, boshqaruv tuzilmasi va moliyaviy xarajatlar bahosi tasvirlanishi lozim. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchilarning oʻzaro birgalikdagi harakati, xarajatlar, foyda va majburiyatlar taqsimoti, shuningdek, institutsional xavf-xatarlar, xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura-qurilish boʻlimida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaziyat rejasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalari tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh reja sxemasi, bino va korpuslar joylashuvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh reja, maydondagi ichki va tashqi transport boʻyicha yechimlar, asosiy rejalashtirish yechimlari, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha tadbirlar, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalarni joylashtirish, korxonani qoʻriqlashni tashkil qilish boʻyicha yechimlar, asosiy koʻrsatkichlar (hudud maydoni, qurilishlar, kirish yoʻllari va maydonchalar, daraxtlar, yoʻllar va kommunikatsiyalarning uzunligi, binolar zichligi va boshqalar) tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish maydoni (trassasi)ning xususiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-geologik, muhandislik-gidrometeorologik (iqlim) shart-sharoitlari, qurilish maydonining seysmik xususiyati va boshqalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy hajm-rejalashtirish va konstruksiya yechimlari, ularning xususiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy bino va inshootlar boʻyicha konstruksiya yechimlarini shaharsozlik talablariga muvofiq asoslantirish va ularning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlanadigan bino va inshootlarni texnik tekshiruvdan oʻtkazish va ularning yuk koʻtarish imkoniyati holati toʻgʻrisidagi xulosalar asosida ushbu bino va inshootlarning tayanch konstruksiyalarini taʼmirlash-tiklash ishlari yoki ularni kuchaytirish yoʻllari boʻyicha texnik yechimlar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilarga sanitar-maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha yechimlar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishdagi maxsus tadbirlar bayoni (obyektning portlash va yongʻin xavfsizligi, qurilish konstruksiyalarini nurashdan himoyalash, shovqin va titrashdan himoyalash, choʻkishga, zilzilaga qarshi va boshqa tadbirlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilar salomatligini muhofaza qilish va aholining imkoniyati cheklangan qatlami hayoti faoliyati uchun shart-sharoitlarni taʼminlash (zarurat boʻlganda) boʻyicha yechimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchastkani tayyorlash va oʻzlashtirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni loyihada belgilangan muddatlarda amalga oshirish, maydonda ichki va tashqi tayyorgarlik ishlarini bajarishga yordam beradigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar bayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhandislik uskunalari, tarmoqlari va tizimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari, inshootlari va uskunalari (suv taʼminoti, oqava tarmoqlari, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yongʻinni oʻchirish, havo aylanishi, aloqa, xabar berish tizimi va hokazo) boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar va parametrlar bilan muhim texnologik va texnik yechimlar bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-montaj ishlari hajmining pul ifodasidagi qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash loyihalar, ommaviy loyihalar, takroran qoʻllaniladigan yakka tartibdagi loyihalardan foydalangan holda amalga oshirilgan variantlarni, tijorat takliflari asosida va (yoki) qabul qilingan loyiha yechimlari boʻyicha qurilish chizmalari, nuqson dalolatnomalari, jismoniy ishlar hajmlari asosida qurilish-montaj ishlarining chegaralangan qiymati hisob-kitoblari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura-qurilish boʻlimiga ilovalar ichida quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud va loyihalashtirilayotgan tashqi kommunikatsiyalar, muhandislik tarmoqlari va seliteb hududlar, sanitar himoya zonalari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning chegaralari, trassalar rejasi (chiziq boʻylab joylashgan inshootlar uchun) koʻrsatilgan holda qurilish maydonining joylashuv sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud, loyihalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinadigan va buzilishi kerak boʻlgan bino va inshootlar, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish joylari, maydon ichidagi muhandislik tarmoqlari va transport kommunikatsiyalari boʻyicha muhim yechimlar chizilgan, ishga tushirish majmualariga kiruvchi obyektlar ajratib koʻrsatiladigan bosh reja sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy yuk koʻtaruvchi va toʻsiq konstruksiyalarni sxemada aks ettirgan holda asosiy bino va inshootlarning rejalari, kesimlari va old tomoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik kommunikatsiyalarini ulash (olib oʻtish) uchun texnik shartlar; muhandislik tarmoqlarining prinsipial chizmalari; texnik koʻrsatkichlari aks ettirilgan holda, loyihada qabul qilingan uskuna va materiallar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smeta hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestr (loyihaning raqamlangan betlardan iborat mahalliy smeta hisob-kitoblar boʻyicha mundarijasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish qiymatini hisoblash metodikasi koʻrsatilgan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatning yigʻma smeta hisob-kitoblari (qurilishning boshlangʻich bahosi, obyektning batafsil yigʻma hisob-kitoblari, kontrakt-shartnoma boʻyicha narxlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihada koʻzda tutilgan barcha obyektlar boʻyicha mahalliy resurs smetalari va mahalliy resurs vedomostlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xarajatlar va (pudrat tashkiloti belgilangan taqdirda) davlat ekspertizasidan oʻtkazilgan mashina va mexanizmlarni ishlatish qiymati hisob-kitoblari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smeta hujjatlari 1 nusxada, tahrir qilish imkoniyati boʻlgan elektron shakli bilan birga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya boʻlimi moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi. Ushbu boʻlimda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari boʻyicha investitsiya davri, loyiha doirasidagi chora-tadbirlarning ketma-ketligi va davomiyligini grafik koʻrinishida, vaqt boʻyicha (grafik-reja), moliyalashtirish manbalari va hajmlarini inobatga olgan holda aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya xarajatlarining umumiy hisob-kitobi, moliyalashtirish ehtiyojlarining loyiha bosqichlari va moliyalashtirish hajmlari boʻyicha taqsimoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xarajatlari (ekspluatatsiya xarajatlari) hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning boshqa xarajatlari hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishdan tushgan daromadni hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarni hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning quyidagilarni oʻz ichiga olgan moliyaviy koʻrsatkichlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning sotish narxi hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy natijalarni hisoblash (foyda va zarar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul mablagʻlari oqimining yigʻma hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning moliyaviy koʻrsatkichlarini hisoblash, jumladan: sof daromad (NV), foydalilikning ichki normasi (IRR) va oddiy oʻzini qoplash muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diskont usullari yordamida loyihani tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV) va xarajatlarni qoplashning diskontlangan muddatini hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noaniqlik sharoitida tahlil qilish, jumladan asosiy parametrlar (sotish hajmi va narxi, toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar) boʻyicha sezgirlik tahlili, loyihaning zararsizlik nuqtasini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit yoki budjet mablagʻlarini olayotgan loyiha ishtirokchilarining joriy moliyaviy holatini tahlili, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning likvidligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning mustaqilligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlarining daromadliligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiritilgan mablagʻlarning daromadliligini majburiyatlarni inobatga olgan holda baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish sxemasi, manbalari va shartlari, shuningdek, ularning muqobil variantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy xavf-xatarlarni baholash, xatarlarning asosiy omillarini belgilovchi jihatlar, oʻzgarishlarning taxminiy xususiyatlari va koʻlami, xatarlarni kamaytirish boʻyicha koʻzda tutilgan tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy boʻlimda loyihaning butun respublika yoki hudud iqtisodiyoti nuqtai nazaridan tahlili aks ettiriladi. Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning iqtisodiy foyda va xarajatlarini baholash, shu jumladan loyiha natijalari, oqibatlari va taʼsiri tahlili, sarf-xarajatlari va oʻlchab boʻlmaydigan foydalari, qoʻshilgan foydalar va sarflari, qaytarib boʻlmaydigan sarf-xarajatlari, tashqi taʼsirlar, loyihadan keladigan bilvosita foydani baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning hudud infratuzilmasiga va tarmoq (turdosh tarmoqlar) rivojiga taʼsirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarni rivojlantirish Konsepsiyalari doirasida, loyihani va ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish, mavjud quvvatlardan foydalanish, shuningdek, xomashyo va ishlab chiqariladigan mahsulot bozori konyunkturasi bilan uzviy bogʻliqlikda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy boʻlim loyihaning ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi. Ushbu boʻlimda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga taʼsiri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchilar va mutaxassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi normalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy xulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning eng maqbul variantini tanlash boʻyicha xulosalar va tafsilotlar, boshqa xulosalar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIA/TIHKga quyidagilarning nusxasi ilova qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik hujjatlar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan va amalga oshirish rejalashtirilgan loyihalarni inobatga olgan holda, korxona (qarz oluvchi) boʻyicha loyihani moliyalashtirish uchun oʻz mablagʻlari yetarli ekanligini asoslovchi pul mablagʻlari oqimi prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinayotgan uskunalar boʻyicha tijorat takliflari (prays-varaqlar va boshqalar) va/yoki tuzilgan shartnomalar (ular mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha boʻyicha kafolat beruvchilar) davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan soʻnggi 3 yil uchun toʻliq yillik moliyaviy hisoboti (oxirgi uch yil ichida tashkil etilgan korxonalar ular tuzilgan kundan boshlab tuzilgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar (taʼsischilar) toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha Davlat komissiyasi xulosasi (zarur hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining quriladigan uchastkaning yer qaʼrida foydali qazilmalar yoʻqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TITK tarkibini tashkil etish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik reglamentlar (zarur hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblash formulalari va dastlabki maʼlumotlarga havolalarni aks ettirgan holda elektron tahrirlanadigan shakldagi loyihani amalga oshirishning moliyaviy modeli;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridlar strategiyasi boʻlimida xarid lotlarini rejalashtirish, tenderlarning boshlangʻich narxlari belgilanadi;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: TIHKni tayyorlashda marketing boʻlimi, shuningdek, loyihani amalga oshirishdan keladigan moliyaviy foydalarni aks ettiruvchi materiallar va hisob-kitoblar tavsiyaviy xarakterga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi hujjatlari uchun ushbu namunaviy tuzilish tavsiyaviy xarakterga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish,kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA

“Tasdiqlayman”

“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM direktori

___________________________

20___ yil “_____”____________

________________________________________________________ boʻyicha

(kiritilgan hujjatlar va loyiha nomlanishi)

______-son xulosa

20___ yil “_____” ________________

1. Ekspertiza oʻtkazish uchun asos:

2. Loyiha tashabbuskorining nomlanishi va ekspertiza mazmuni:

Loyiha tashabbuskorining nomlanishi

Kiritilgan hujjatning nomlanishi

Loyihaning nomlanishi

Loyiha tashkilotining nomlanishi

3. Ekspertiza oʻtkazishda foydalaniladigan hujjatlar va materiallar nomlanishi.

4. Asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar.

5. Ekspertiza yakunlari boʻyicha xulosa va eʼtirozlar.

6. Kiritilgan hujjatlar boʻyicha xulosa.

Markaz direktori oʻrinbosari:

Markaz Boshqarmasi boshligʻi:

Markaz boʻlimi boshligʻi:

Mutaxassis:

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish,kompleks ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha TIA/TIHK asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich nomlanishi

Oʻlchov birligi

(valyuta birligi)

Jami

Shu jumladan:

Budjet mablagʻlari

Kreditlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditlari

Markazlashmagan

(oʻz mablagʻlari, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar)

1.

Loyihaning umumiy qiymati

2.

Kapital qoʻyilmalar qiymati

Shu jumladan:

mashina va uskunalar EKVda milliy valyutada

qurilish-montaj ishlari

investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar

dastlabki aylanma kapital

EKVda milliy valyutada

boshqa xarajatlar

EKVda milliy valyutada

3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati

4.

Korxonaning quvvati,

shu jumladan:

ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi

moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi

Tegishli oʻlchov birligida

5.

Moʻljallanayotgan ishga joylashtiriluvchilar soni

shundan, yangi yaratilayotgan ish oʻrni

nafar

nafar

6.

Loyihaning moʻljallanayotgan oʻzini qoplash muddati*

yil

7.

Investitsiya davrining davomiyligi

oy

8.

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati

Valyuta birligida (ekv.)

9.

Kredit va boshqa qarz mablagʻlarini soʻndirish muddati

yil

shu jumladan, valyutadagi qarzlar

yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: * TIHK tasdiqlashda toʻldirilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMda (keyingi oʻrinlarda — Markaz) kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning elektron axborot platformasi — Markazning davlat buyurtmachilarining tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlarini joylashtirish va kelishishni, shuningdek, ekspertizadan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni taʼminlovchi Internet tarmogʻidagi maxsus elektron axborot platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini pullik asosda taʼminlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs (budjet va korporativ buyurtmachilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet buyurtmachilari — davlat organlari va muassasalari, budjet tashkilotlari, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilar, davlat maqsadli jamgʻarmalari, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ buyurtmachilar —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat korxonalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu bandning toʻqqizinchi xatboshisida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender — davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida davlat xaridlarining ijrochisini aniqlash tartib-taomilini nazarda tutuvchi tanlov boʻlib, uning natijalariga koʻra davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif etgan xarid qilish tartib-taomillarining ishtirokchisi gʻolib deb topiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari (tender hujjatlari) — tenderni tashkil etish shartlari va oʻtkazish tartibi, shuningdek, tenderga qoʻyilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) malakaviy, texnik, narx va boshqa tavsiflari toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq — davlat buyurtmachisi tomonidan tovarning (ishning, xizmatning) asosiy maqsadiga, uning tavsifiga qoʻyiladigan talablar, davlat xaridining birlamchi maʼlumotlari, maqsadlari va vazifalari, tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish muddatlari, sifat kafolatlari, texnik tavsifi va hajmi, hisobot shakllari (zarur hollarda), tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qoʻyiladigan talablarning asoslantirilishi, ekvivalent koʻrsatkichlar, iqtisodiy, boshqa maxsus talablarni oʻz ichiga olgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari elektron tizimining operatori (operator) — davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatadigan, davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxsdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlash) — xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid komissiyasi — xarid tartib-taomillarining gʻolibini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan kollegial organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun tegishli ariza bilan Markazga murojaat qilgan davlat buyurtmachisi yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot portali (portal) — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markazda ekspertizadan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bitta shartnoma boʻyicha quyidagi miqdorlardan ortiq boʻlgan davlat xaridlarining tender hujjatlari (ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladigan, summasi bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq boʻlgan xaridlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladigan, summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq boʻlgan xaridlar. Agar korporativ buyurtmachi davlat xaridini budjet tizimining budjetlari mablagʻlari hisobidan amalga oshirayotgan boʻlsa, mazkur xarid doirasida korporativ buyurtmachiga budjet buyurtmachisi sifatida qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish boʻyicha tender hujjatlari (davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat buyurtmachilariga tender oʻtkazmasdan xaridlarni amalga oshirish huquqi berilsa, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qatʼi nazar tanlash orqali amalga oshiriladi. Bunda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan hollarda davlat xaridiga doir texnik topshiriq ekspertiza qilish uchun Markazga kiritiladi (ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan olti ming baravarigacha) boʻlgan tanlash hujjatlarining texnik topshiriqlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga kiritishi mumkin. Bunda kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov moliyalashtirish manbaidan qatʼi nazar, texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun belgilangan xizmat narxi miqdorida hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridini amalga oshirish uchun xarid qilish hujjatlari Markazga texnik topshiriq shaklida loyiha-smeta hujjatlari bilan birgalikda kiritiladi va ulardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari va narx parametrlarining asosliligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Tender hujjatlari va texnik topshiriq ishlab chiqilgan holda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda tender hujjatlari va texnik topshiriq Markazda ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tender hujjatlari va texnik topshiriqning ekspertiza predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriq quyidagilar yuzasidan ekspertizadan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizom talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridini amalga oshirishning asoslanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomlanishlar va atamalarni yagona shaklda qoʻllash hamda ularning turli maʼnolarda talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilari uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi (litsenziya, ish tajribasining mavjudligi, moliyaviy holati, texnik jihozlanganlik, davlat xaridlarining aniq obyektiga qarab boshqa malaka talablari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narx qismlarini baholash mezonlarining xolisligi va asoslantirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxning oʻrtacha bozor konyunkturasiga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritishda ijobiy xulosa berishni rad etish sabablari bartaraf qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish davomida ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan talablarga aniqlik kiritish maqsadida ariza beruvchidan qoʻshimcha maʼlumotlar soʻralishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachisi (ariza beruvchi) Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bundan mustasno) taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlari (barcha ilovalari bilan birga) hamda davlat buyurtmachisining muhri va vakolatli shaxs imzosi yoki QR kod bilan tasdiqlangan texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portalda va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish uchun tender oʻtkazish haqidagi eʼlonning toʻliq matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarini ishlab chiqish davrida amalda boʻlgan tijorat taklifi, birja kotirovkasi, prays-varaqlar va boshqalar, shuningdek narxlarning taqqoslama jadvali koʻrinishida narx shakllanishiga asos boʻluvchi tasdiqlovchi hujjatlar (bunda taqdim etilgan barcha takliflarda ushbu takliflarni bildirgan subyektlarning yuridik manzillari va aloqa rekvizitlari boʻlishi hamda davlat buyurtmachisining imzosi va muhri yoki QR kod bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning xulosalari, agar qonunchilikda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari uchun ularni olish talabi nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat boʻyicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish zarurligi boʻyicha asoslantiruvchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachisi (ariza beruvchi) Markazga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno) taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining muhri va vakolatli shaxsi imzosi yoki QR kod bilan tasdiqlangan (barcha ilovalari bilan birga) texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqni ishlab chiqish davrida amalda boʻlgan tijorat taklifi, birja kotirovkasi, prays-varaqlar va boshqalar, shuningdek narxlarning taqqoslama jadvali koʻrinishida narx shakllanishiga asos boʻluvchi tasdiqlovchi hujjatlar (bunda taqdim etilgan barcha takliflarda ushbu takliflarni bildirgan subyektlarning yuridik manzillari va aloqa rekvizitlari boʻlishi hamda davlat buyurtmachisining imzosi va muhri yoki QR kod bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tashkilotlarning xulosalari, agar qonunchilikda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari uchun ularni olish talabi nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat boʻyicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish zarurligi boʻyicha asoslantiruvchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Har bir tender hujjati yoki har bir texnik topshiriq, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin Markazga alohida arizalar orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tenderning har bir loti yoki texnik topshiriq bir xil turdagi tovarlardan, foydalanish maqsadlari, ularning vazifalari va texnik xususiyatlariga qarab shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tender hujjatlari va texnik topshiriqning tarkibiga asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tender hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchisi uchun yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarining texnik qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender hujjatlarining narx qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tender ishtirokchisi uchun yoʻriqnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderni oʻtkazish shakli (ochiq yoki yopiq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender oʻtkaziladigan joyning manzili (elektron tender oʻtkazadigan operatorning nomi va uning veb-saytiga havola);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni taqdim etish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining (xarid qilish tartib-taomili tashkilotchisi) ishtirokchilar bilan bogʻlanish uchun aloqa bogʻlovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha arizani taqdim etish majburiyligi haqidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki malaka tanlovini oʻtkazish tartibi, agar davlat buyurtmachisi tomonidan shunday qaror qabul qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender taklifini rasmiylashtirish tartibi va uni imzolashga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderda ishtirok etish uchun taklifni davlat tilida va zaruratga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi tomonidan tender taklifi xarid komissiyasiga taqdim qilinganidan soʻng unga oʻzgartirishlar kiritish va ularni rasmiylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov narxlari va valyutasini taqdim qilish boʻyicha koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni xarid komissiyasiga topshirish tartib-taomili boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilariga tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, muddati, boshlanadigan va tugaydigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklifning taʼminot usuli, shu jumladan tender ishtirokchisining kelishilgan muddat davrida oʻz taklifini qaytarib olmasligiga kafolat beruvchi pul zakalatini kiritish va qaytarib olish tartibi, miqdori (agar xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarga nisbatan takliflarning taʼminlanishi zarurligi toʻgʻrisidagi talabni belgilash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender takliflarini taqdim qilish muddatini uzaytirish imkoniyatining koʻrsatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilayotgan tender doirasidagi har qanday hujjatlarning maxfiyligiga koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tender hujjatlarining texnik qismi yoki texnik topshiriqda quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarlarning davlat xaridida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning tavsifi (qoʻllanilish sohasi, funksional tavsiflar va isteʼmol xususiyatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotib olishdan koʻzlangan maqsadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid amalga oshirilayotgan loyiha uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sugʻurtalash zarurati boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning zarur texnik tavsifiga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning markirovkasiga, uni qadoqlash, yuklash va tashishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar davlat xaridi tavsifida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarning yangi, avval ishlatilmagan, foydalanilmagan boʻlishi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning qismlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga xizmat koʻrsatish va uni ekspluatatsiya qilishga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning ekspluatatsiya qilish uchun materiallari, qoʻshimcha ehtiyot qismlari va xarajatlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning soni, yetkazib berish miqdori, davriyligi, muddati va joyi boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarini tayyorlash, shef-montaj, montaj va sozlash ishlarini amalga oshirish (agar ushbu ishlar yetkazib beruvchi tomonidan bajarilsa) boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni oʻqitish boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bilan birga beriladigan hujjatlarga talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat va kafolatdan keyingi xizmat koʻrsatish boʻyicha talablar (muddati, joyi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning yaroqlilik muddati, saqlash muddati, sifat kafolatlariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning ishlab chiqarilgan yiliga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlar va xizmatlarning davlat xaridida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni aks ettirgan holda, bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning nomlanishi va foydalanish maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid amalga oshirilayotgan loyiha uchun asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan va amaldagi normativ hujjatlardan kelib chiqib asoslantirgan holda ijrochidan talab qilinadigan ishlar, xizmatlar roʻyxati va ularning hajmi (miqdori);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq manzilni (manzillarni) koʻrsatgan holda ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan, ishtirokchiga bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning murakkabligidan kelib chiqqan holda qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar va xizmatlar koʻrsatilishi lozim boʻlgan davr (davrlar) yoki ishlar yakunlanishi va xizmatlar koʻrsatilishi shart boʻlgan aniq sanani yoxud ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatishning davlat buyurtmachisi uchun maqbul eng qisqa muddati yoki shartnoma tuzilgandan (avans toʻlangan, boshqa holat) keyingi ijrochi ishga kirishishi va xizmatlar koʻrsatishni boshlashi lozim boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish muddatlari (davrlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish xavfsizligiga, ularning natijalariga qoʻyiladigan talablar. Agar ijrochidan shartnomani bajarish jarayonida uchinchi shaxslar oldida javobgarlikni sugʻurtalash talab etilsa yoki koʻrsatiladigan xizmatlar insonlar sogʻligʻi va hayotiga xavf tugʻdirishi ehtimoli mavjud boʻlsa, xizmatlar koʻrsatishning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha talablar koʻrsatilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar va xizmatlar natijalarini topshirish va qabul qilish tartibi. Ishlar va xizmatlarni bajarishning har bir bosqichi boʻyicha va umumiy natijalarni topshirish va qabul qilishni taʼminlash boʻyicha tadbirlar, har bir bosqich va umumiy davr boʻyicha rasmiylashtirilishi va topshirilishi lozim boʻlgan hisobot, texnik va boshqa hujjatlar (sinovlar, nazorat ostida ishga tushirish, ishlar va xizmatlarni topshirishda texnik nazorat dalolatnomalari, boshqa hujjatlarni imzolash talablari)ning mazmuni koʻrsatib oʻtiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisiga ishlar va xizmatlarni yakunlash va natijalarini topshirish boʻyicha texnik va boshqa hujjatlarni taqdim qilish boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining xodimlarini bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar yuzasidan ijrochi tomonidan texnik oʻqitish boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar va xizmatlarning sifati kafolatlari hajmi (ijrochining kafolat muddati davridagi davlat buyurtmachisi uchun talab etiladigan eng maqbul yoki aniq belgilangan majburiyatlari) boʻyicha talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar va xizmatlar natijalarining sifatiga kafolat muddatini koʻrsatish toʻgʻrisidagi talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi tomonidan ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarish asnosida yuzaga kelgan intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlarni davlat buyurtmachisiga topshirish shartlarini koʻrsatgan holda mualliflik huquqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining ixtiyoriga koʻra ishlar, xizmatlar va ularni koʻrsatish shartlariga qoʻyiladigan boshqa talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanab oʻtilgan talablar tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) oʻziga xos xususiyatlariga qarab tender hujjatlarining texnik qismiga va/yoki texnik topshiriqqa kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qoʻyiladigan talablarni bir maʼnoli ifodalash va tavsiflash imkoni boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish holatlaridan tashqari, mazkur talablar aniq oʻlchanadigan boʻlishi, sonlarda ifodalanishi va/yoki boshqa muqobili yoʻq koʻrsatkichlar shaklida boʻlishi (ha/yoʻq, mavjud/mavjud emas, dan/gacha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qoʻyiladigan talablar davlat xaridi ishtirokchilari sonining asossiz cheklanishiga olib kelmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-texnik jihatdan tartibga solinmaydigan va/yoki nostandart koʻrsatkichlarni qoʻllash keng tarqalgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish holatlaridan tashqari, tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) talablarni belgilashda barchaga maʼlum boʻlgan (standart), amaldagi normativ-texnik hujjatlarda nazarda tutilgan koʻrsatkichlar, atamalar va qisqartmalar qoʻllanilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalada boʻlish xususiyatlari va/yoki xavfsizlik (shu jumladan isteʼmol, sanoat, ekologik) talablari qonunchilikda nazarda tutilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilinayotganda ularga talablar mavjud xalqaro normalarga muvofiq belgilanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiyatlarini tavsiflashning boshqa yetarli darajada aniq yoʻli mavjud boʻlmagan hollardan tashqari (bunda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) boshqa ishlab chiqaruvchining ekvivalent tovarlari (ishlari, xizmatlari) bilan almashtirish imkoniyati izohda koʻrsatilishi shart), davlat xaridi obyektining tavsifiga muayyan tovar belgisi yoki nomi, patenti, konstruksiyasi yoki modeli, aniq ishlab chiqaruvchi yoki tayyorlash manbai kiritilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qoʻyiladigan talablarda tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, patentlar, foydalaniladigan modellar, sanoat namunalari, tovarning kelib chiqish joyi yoki ishlab chiqaruvchisi nomi koʻrsatilgan taqdirda, ularni koʻrsatishni asoslab beruvchi, shu jumladan tender hujjatlarining texnik qismida yoki texnik topshiriqda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning), ekvivalentini yetkazib berish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsion loyiha va/yoki kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridini amalga oshirishda tender hujjatlarining texnik qismi yoki texnik topshiriq amalga oshirilayotgan loyihalarning loyihaoldi yoki loyiha hujjatlari tasdiqlangan parametrlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tender hujjatlarining narx qismida quyidagilar aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov shartlari va toʻlov grafigi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja kotirovkalari, tayyorlovchi zavodlar, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) va boshqa yetkazib beruvchilar bergan tijorat takliflari, prays-varaqlardan kelib chiqqan holda belgilanadigan narx koʻrsatkichlarining oʻrtacha darajasini oʻrganish yakunlari boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga asoslangan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlajak davlat xaridlarini moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar (kredit shartnomasi, bank maʼlumotnomasi, qurilishlarning manzilli roʻyxati, davlat boshqaruvi organining qarori va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender hujjatlarining narx qismini va texnik topshiriq boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridining arizada belgilangan boshlangʻich narxini ekspertizadan oʻtkazishda quyidagilardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bozor konyunkturasini oʻrganish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja kotirovkalari, tayyorlovchi zavodlar, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqaruvchilari yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bergan tijorat takliflari, prays-varaqlar, shuningdek, xuddi shu kabi import kontraktlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan kelib chiqqan holda belgilanadigan narx koʻrsatkichlarining oʻrtacha darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar yoki ularning rasmiy dilerlaridan (distribyutorlaridan) olingan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat buyurtmachisi tanloviga koʻra davlat xaridlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshiriladigan boʻlsa (uch yoki undan ortiq ishtirokchilar — mahalliy ishlab chiqaruvchilar boʻlgan taqdirda), narx qismining ekspertizasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari (ishlari, xizmatlari) bozorining konyunkturasini oʻrganish natijalaridan, bevosita mahalliy ishlab chiqaruvchilardan (yetkazib beruvchilardan) yoki ularning rasmiy dilerlaridan (distribyutorlaridan) olingan maʼlumotlardan foydalanib, shuningdek, ishtirokchi-ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligining ishonchliligini tekshirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, davlat buyurtmachisi arizada davlat xaridlari uch yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida amalga oshirilishini koʻrsatishi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlari (ishlari, xizmatlari) mavjudligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shartnoma loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va xalqaro tijorat huquqi talablariga mos kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekspertiza uchun taqdim etilgan tender hujjatlari va texnik topshiriqning toʻliqligi hamda ishonchliligi uchun davlat buyurtmachisi masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun Markaz tomonidan toʻlov undiriladi va u Markazning hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi (ariza beruvchi) tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilgan, rad etilgan yoki bekor qilingan taqdirda, Markaz hisob raqamiga tushgan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi tomonidan kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi rad etilgan (eʼtiroz bilan qaytarilgan) tender hujjatlarini yoki texnik topshiriq olti oy ichida qayta kompleks ekspertizaga kiritilganda toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ariza beruvchi tomonidan dastlabki kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi rad etilgan (eʼtiroz bilan qaytarilgan) tender hujjatlarini yoki texnik topshiriqni olti oy ichida qayta kiritilayotganligi taqdim etilgan arizada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Dastlabki eʼtiroz berilgan xulosa taqdim etilgan kundan olti oy muddat oʻtgandan soʻng, tender hujjatlari va texnik topshiriqlar yangi hujjat sifatida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va taʼmirlash boʻyicha tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridining texnik topshiriqlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov qurilish va taʼmirlash ishlarining manzilli roʻyxati tasdiqlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi va xulosani QR-kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kichik xarid” qiymati 6 000 bazaviy hisoblash miqdoridan (BHM) 25 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 10 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrta xarid” qiymati 25 000 BHMdan 100 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 20 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“murakkab xarid” qiymati 100 000 BHM va undan koʻp boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 20 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 va undan koʻp boʻlganda- ekspertiza muddati 25 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazadi, xulosani QR-kod bilan tasdiqlagan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchi)ga taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kichik xarid” qiymati 6 000 BHMdan 25 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 10 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 va undan koʻp boʻlganda- ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻrta xarid” qiymati 25 000 BHMdan 100 000 BHMgacha boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 15 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 20 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“murakkab xarid” qiymati 100 000 BHM va undan koʻp boʻlgan xaridlarda tovarlar (xizmatlar) pozitsiyalari soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 20 boʻlganda - ekspertiza muddati 18 kalendar kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21 va undan koʻp boʻlganda - ekspertiza muddati 25 kalendar kungacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ijobiy xulosasi Markazning elektron axborot platformasi orqali avtomatik ravishda portalga joʻnatiladi (qonunchilikda belgilangan boshqacha talablar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender hujjatlarini ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha xulosasi bilan birga, Markaz tomonidan oʻrganilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bozor narxlari (tijorat takliflari, birja narxlari, internet va sunʼiy intellekt maʼlumotlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar nusxalari/koʻchirmalari ham (elektron yoki qogʻoz shaklda) taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon Markazning ijobiy xulosasi olingandan keyin portalda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ekspertizaga tegishli maʼlumotlar (izoh va xulosalar) Markazning elektron axborot platformasi orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ijobiy xulosa berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagilar tender hujjatlari yoki texnik topshiriq ekspertizasi boʻyicha ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi tomonidan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish boʻyicha tender yoki tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlaridagi boshlangʻich narx xuddi shunday xususiyatlar va sifatga ega boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ariza berilayotgan paytdagi oʻrtacha narxlar va shakllangan bozor konyunkturasiga nisbatan oshirib yuborilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ijobiy xulosa berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma (eʼtiroz bilan qaytarilgan xulosa) rad etish sabablari koʻrsatilgan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchiga) Markazning elektron axborot platformasi orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat buyurtmachisi qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar davlat buyurtmachisi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish, ijobiy xulosa berish yoki uni rad etish qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriq va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab koʻpi bilan 10 kalendar kun ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat buyurtmachisi xulosa berishni rad etilishi, shuningdek Markaz mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan yuqori turuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga (Markaz taʼsischisiga) shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tender hujjatlarini yoki texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish sohasidagi nizolar davlat buyurtmachisi va Markaz (tender hujjatlarini yoki texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish shartnomasi taraflari) oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan hal etishning iloji boʻlmasa, davlat buyurtmachisi yoki Markaz sudga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Zarur hujjatlar toʻplamini tayyorlash va Markazga ariza yuborish

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Markaz

Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini oʻrganish hamda “Yangi soʻrovnoma” holatini “Hujjatlar toʻliq yuklanmagan”, “Toʻlov kutilmoqda” yoki “Koʻrib chiqilmoqda” yoxud “Rad etish” holatlariga oʻzgartirish

5 (besh) ish kuni ichida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Koʻrsatiladigan ekspertiza xizmatlari uchun qonunchilikka muvofiq toʻlovni amalga oshirish

5 (besh) ish kuni ichida

4-bosqich

Markaz

“Koʻrib chiqilmoqda” holatidagi arizalar asosida tender hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish

25 (yigirma besh) kalendar kun ichida

AGAR EʼTIROZLAR BOʻLSA

Tender hujjatlarining kompleks ekspertizasi yakunlariga koʻra

AGAR EʼTIROZLAR BOʻLMASA

5-bosqich

Markaz

Tender hujjatlari boʻyicha ijobiy xulosani ariza beruvchiga yuborish

-

6-bosqich

Markaz

Tender hujjatlari boʻyicha eʼtirozlar koʻrsatilgan xulosani ariza beruvchiga qayta ishlash uchun yuborish

-

7-bosqich

Ariza beruvchi

Eʼtirozlarni hisobga olgan holda tender hujjatlarini qayta ishlab chiqish va uni takroran koʻrib chiqish uchun yuborish

6 (olti) oy ichida*

8-bosqich

Markaz

1. Bildirilgan eʼtirozlar va kamchiliklarni bartaraf etilgani nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2. Eʼtirozlar va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda ijobiy xulosani ariza beruvchiga yuborish.

10 (oʻn) kalendar kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tender hujjatlari 6 (olti) oy muddat oʻtgandan keyin qayta kiritilganda, yangi hujjat hisoblanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Zarur hujjatlar toʻplamini tayyorlash va Markazga ariza yuborish

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Markaz

Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini oʻrganish hamda “Yangi soʻrovnoma” holatini “Hujjatlar toʻliq yuklanmagan”, “Toʻlov kutilmoqda” yoki “Koʻrib chiqilmoqda” yoxud “Rad etish” holatlariga oʻzgartirish

5 (besh) ish kuni ichida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Koʻrsatiladigan ekspertiza xizmatlari uchun qonunchilikka muvofiq toʻlovni amalga oshirish

5 (besh) ish kuni ichida

4-bosqich

Markaz

“Koʻrib chiqilmoqda” holatidagi arizalar asosida texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan oʻtkazish

tovar soni va summasidan kelib chiqib 10 (oʻn) kalendar kunidan 25 (yigirma besh) kalendar kunigacha

AGAR EʼTIROZLAR BOʻLSA

Texnik topshiriqning kompleks ekspertizasi yakunlariga koʻra

AGAR EʼTIROZLAR BOʻLMASA

5-bosqich

Markaz

Texnik topshiriq boʻyicha ijobiy xulosani ariza beruvchiga yuborish

-

6-bosqich

Markaz

Texnik topshiriq boʻyicha eʼtirozlar koʻrsatilgan xulosani ariza beruvchiga qayta ishlash uchun yuborish

-

7-bosqich

Ariza beruvchi

Eʼtirozlarni hisobga olgan holda texnik topshiriqni qayta ishlab chiqish va uni takroran koʻrib chiqish uchun yuborish

6 (olti) oy ichida*

8-bosqich

Markaz

1. Bildirilgan eʼtirozlar va kamchiliklarni bartaraf etilgani nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2. Eʼtirozlar va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda texnik topshiriq boʻyicha ijobiy xulosani ariza beruvchiga yuborish.

10 (oʻn) kalendar kun ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik topshiriq 6 (olti) oy muddat oʻtgandan keyin qayta kiritilganda, yangi hujjat hisoblanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMga‎‎

‎‎20___ yil _______________ __________-son

‎‎ARIZA

‎‎‎‎______________________________ loyihasi doirasida ______________________________

‎‎tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tenderi boʻyicha xarid qilish hujjatlarini koʻrib chiqishingizni soʻraymiz.

Bozor konyunkturasini oʻrganish natijalariga koʻra xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning,

‎‎xizmatlarning) boshlangʻich narxi (QQS bilan/QQSsiz) __________________________ni tashkil etadi.‎‎
Davlat xaridlari quyidagi ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi:‎‎
‎‎tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy ishlab chiqaruvchilari;
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi barcha ishtirokchilar (mahalliy va xorijiy).‎‎
‎‎Davlat xaridini moliyalashtirish manbasi (quyida sanab oʻtilganlardan biri koʻrsatiladi):
‎‎oʻz mablagʻlarimiz;
‎‎budjet mablagʻlari;
‎‎kreditlar (qarz mablagʻlari);
‎‎boshqa manbalar (koʻrsatiladi) hisobidan.
Tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun oldindan toʻlovni kafolatlaymiz.‎‎‎
‎‎Arizachining/buyurtmachining pochta manzili (joylashuvi): _______________________________
Arizachining / buyurtmachining bank rekvizitlari:‎‎
‎‎________________________________ (MFO, STIR, hisobraqam, bank nomi)
‎‎Arizachi/buyurtmachi bilan bogʻlanish raqamlari (ijrochi koʻrsatilsin)
‎‎______________________________________________________________________.
‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda (ushbu Nizom talablariga muvofiq)
‎‎_____________________
‎‎_____________________
‎‎Arizachining mansabdor shaxsi‎‎‎‎_______________

‎‎F.I.Sh.

imzo yoki QR kod‎‎

‎‎M. Oʻ.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMga‎‎

‎‎
‎‎20___ yil _______________ __________-son

‎‎ARIZA

‎‎
‎‎____________________________________________________ loyihasi doirasida

______________________________ tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi boʻyicha texnik topshiriqni koʻrib chiqishingizni soʻraymiz. (agar texnik topshiriq ixtiyoriy va shartnoma asosida kiritilayotgan boʻlsa, bu haqda arizada koʻrsatiladi)‎‎

‎‎Bozor konyunkturasini oʻrganish natijalariga koʻra xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning,
‎‎xizmatlarning) boshlangʻich narxi (QQS bilan/QQSsiz) __________________________ni tashkil etadi.
‎‎Davlat xaridlari quyidagi ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mahalliy ishlab chiqaruvchilari;‎‎
‎‎tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi barcha ishtirokchilar (mahalliy va xorijiy).
‎‎Davlat xaridini moliyalashtirish manbasi (quyida sanab oʻtilganlardan biri koʻrsatiladi):
‎‎oʻz mablagʻlarimiz;
budjet mablagʻlari;‎‎
‎‎kreditlar (qarz mablagʻlari);
‎‎boshqa manbalar (koʻrsatiladi) hisobidan.
Texnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun oldindan toʻlovni kafolatlaymiz.‎‎
‎‎Arizachi/buyurtmachi bilan bogʻlanish raqamlari (ijrochi koʻrsatilsin):
‎‎____________________________________________________________________________.
‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda (ushbu Nizom talablariga muvofiq
‎‎___________________
‎‎___________________
Arizachining mansabdor shaxsi‎‎_______________F.I.Sh.‎‎

imzo yoki QR kod‎‎

‎‎M. Oʻ.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM (keyingi oʻrinlarda — Markaz)da shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning elektron axborot platformasi — Markazning buyurtmachilar shartnomalar, import kontraktlar va qoʻshimcha kelishuv loyihalarini, shuningdek, ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni taʼminlovchi Internet tarmogʻidagi maxsus elektron axborot platformasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini pullik asosda taʼminlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar — ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hollarda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga murojaat qiluvchi shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma loyihasi — buyurtmachi bilan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti oʻrtasida milliy valyutada tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish toʻgʻrisida tuziladigan shartnoma loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontrakti loyihasi — toʻlov valyutasidan qatʼi nazar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish toʻgʻrisida buyurtmachi bilan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻrtasida tuziladigan shartnoma loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kelishuv loyihasi — tomonlar oʻrtasida ilgari tuzilgan shartnomaga hamda import kontraktiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — pirovardida mulkiy huquqlarga egalik qiladigan yoki kontrakt boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun haq undiriladi va uning summasi Markaz hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda koʻzda tutilgan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar belgilangan tartibda ularning loyihalari ekspertizadan oʻtkazilgandan, imzolangandan, kuchga kirgandan va Markazda roʻyxatga olingandan soʻng ijro etilishi lozim. Bunda tomonlarning shartnoma majburiyatlari toʻliq yoki qisman bajarilgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar, shuningdek, loyihasi avval Markazda ekspertizadan oʻtmagan shartnoma va import kontraktiga tuzilgan qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari Markazda ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazda ekspertizadan oʻtkazilishi va roʻyxatga olinishi lozim boʻlgan shartnomalar, import kontraktlari va qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Markazda kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 71-moddasi birinchi qismining 2, 5, 8, 12, 13, 15 — 21-bandlari asosida tuziladigan, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan yuqori boʻlgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz mablagʻlari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida tender hujjatlari Markazda kompleks ekspertizadan oʻtkazilmasdan tuziladigan qiymati 1 million AQSH dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori boʻlgan import shartnomalari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilmagan davlat buyurtmachilari va tadbirkorlik subyektlari qiymati bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan oshgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini Markazga kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va investitsiyaviy bitimlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilgan taqdirda, shartnomalar va import kontraktlari loyihalariga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi shartnomalar, import kontraktlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan shartnoma, import kontrakti loyihasining nusxasi (roʻyxatga olish uchun — har bir beti buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qoʻyib tasdiqlangan shartnoma, import kontraktining asl nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi boʻyicha yuridik xulosa (yuridik xizmat vizasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontraktini imzolashga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ular birinchi rahbardan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomalar, import kontraktlari loyihalari ekspertizaga taqdim etilgan davrda amal qiluvchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, birja yoki assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar va hokazolar) taqdim etilgan holda kontrakt, import kontrakti narxini belgilash boʻyicha buyurtmachining birinchi rahbari imzosi bilan tasdiqlangan asoslantirishlar. Bunda taqdim etilgan barcha takliflar yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan muqobil takliflarni taqdim etgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik manzillari hamda aloqa maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Shartnoma yoki import kontrakti loyihasi qonunchilikda belgilangan tartibda xarid jarayonlarini oʻtkazish natijasida tuzilgan hollarda narx belgilash boʻyicha asoslantirishlar oʻrniga xarid komissiyasi yoki idoraviy xarid komissiyasi bayonnomasining nusxasi taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish hamda bino, inshoot va muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan shartnoma, import kontrakti loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda — oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat boʻyicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq shartnoma, import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish uchun tasdiqlangan texnik topshiriqning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) aniq yetkazib beruvchilari va qiymati belgilab qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida imzolanadigan taqdirda — tegishli qarorlarning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani moliyalashtirish manbai toʻgʻrisida tasdiqlovchi xat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va aynan bir xilligi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga import qilinayotgan tovarlarning sifati, miqdori va narxlari Markazda roʻyxatga olingan import kontrakti loyihalarining shartlariga mos boʻlishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrish yuzasidan javobgarlik buyurtmachining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi shartnomalar, import kontraktlariga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan qoʻshimcha kelishuv loyihasining nusxasi (roʻyxatga olish uchun — har bir beti buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qoʻyib tasdiqlangan qoʻshimcha kelishuvning asl nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti va roʻyxatga olingan yoki ekspertizadan oʻtkazilgan ilgari tuzilgan qoʻshimcha kelishuvlarning nusxalari, shuningdek, ilgari berilgan xulosalarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kelishuv loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi boʻyicha yuridik xulosa (yuridik xizmat vizasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kelishuvni imzolashga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ular birinchi rahbardan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kelishuv xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) aniq yetkazib beruvchilari va qiymati belgilab qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida imzolanadigan taqdirda — tegishli qarorlarning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hajmi koʻpaygan, ularning nomenklaturasi, tovarning kelib chiqish mamlakati, narxi va toʻlov shartlari oʻzgargan taqdirda quyidagi hujjatlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha kelishuv loyihasi ekspertizaga taqdim etilgan davrda amal qiluvchi hujjatlar (soʻrovnomalar, tijorat takliflari, birja yoki assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar va hokazolar) taqdim etilgan holda qoʻshimcha kelishuv narxini belgilash boʻyicha buyurtmachining birinchi rahbari imzosi bilan tasdiqlangan asoslantirishlar. Bunda taqdim etilgan barcha takliflar yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan muqobil takliflarni taqdim etgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik manzillari hamda aloqa maʼlumotlarini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Asosiy shartnoma yoki import kontrakti qonunchilikda belgilangan tartibda xarid tartib-taomillarini oʻtkazish natijasida tuzilgan hollarda narx belgilash boʻyicha asoslantirishlar oʻrniga xarid komissiyasi yoki idoraviy xarid komissiyasi bayonnomasining nusxasi taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish hamda bino, inshoot va muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan shartnoma, import kontraktiga qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazishda — oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat boʻyicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq qoʻshimcha kelishuv tuzish zarurligining asoslanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish uchun tasdiqlangan texnik topshiriqning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va aynan bir xilligi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi Markazning talabiga koʻra shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasi boʻyicha mahsulot yetkazib beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan joyi (pochta manzili) va telefon raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imzolash huquqiga ega boʻlgan yoki yuridik shaxs nomidan ish olib boruvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs muassislari (aksiyadorlar, ishtirokchilar) hamda ularning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushli ishtiroki toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning boshqaruv organlari (yuridik shaxs boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import kontrakti boʻyicha tovarlar yetkazib beruvchining benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ms Word yoki Ms Excel formatidagi barcha ilovalari bilan birga elektron shakldagi shartnoma, import kontrakti va/yoki unga qoʻshimcha kelishuv loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmachi shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun ariza va boshqa hujjatlarni Markazning elektron axborot platformasi orqali kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va qoʻshimcha kelishuvlar loyihalariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnomalar va import kontraktlari loyihalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddima. Kirish qismi shartnoma va import kontraktining tuzilgan joyi va sanasi, yuridik shaxslarning toʻliq nomlanishi, shartnoma va import kontraktini tuzuvchi shaxslarning lavozimi, familiyasi va ismini oʻz ichiga oladi. Agarda shaxs shartnoma va import kontraktini ishonchnoma asosida tuzayotgan boʻlsa, bu muqaddimada koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Predmet. Ushbu boʻlimda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi, texnik tavsiflari, miqdori va sifati hamda butlanganligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) miqdori metrik oʻlchov tizimida qabul qilingan xalqaro birliklarda ifodalanadi. Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan oʻlchov va ogʻirliklar tizimi miqdorlarini belgilash tartibiga muvofiq oʻlchov birliklarida belgilashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning sifat tavsifi foydalanishga yaroqliligini aks ettiruvchi xususiyatlar yigʻindisidan iborat. Shuningdek, import kontraktlari loyihalarida tovarning TIF TN kodini ham koʻrsatib oʻtish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarga qoʻyiladigan talablar. Qoidaga koʻra, tovar yangi va ishlatilmagan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar tovar sifatini belgilashning asosiy metodlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart boʻyicha — barcha tomonidan qabul qilingan xalqaro standartlar, Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi davlat standartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spetsifikatsiya boʻyicha — texnik parametrlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy moddalarning mavjudligi boʻyicha — minimum koʻrsatkich, aralashmalar boʻyicha — maksimum koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning oʻziga tegishli xossalar boʻyicha — shakl, model, marka, nav, tur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalar, uskunalar va texnologik liniyalarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma, import kontrakti loyihalarida ularning yangiligiga, chiqarilgan yiliga nisbatan talab koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahsulot yetkazib berishning bazis shartlari xalqaro INKOTERMS qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
INKOTERMS qoidalaridan foydalanganda qisqartma nom bilan bir qatorda yetkazib berish joyi (temir yoʻl stansiyasi, port, aeroport va hokazolarning nomlari) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish muddati yoki sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatish muddati yoki sanasi deganda ijrochi tomonidan oʻz majburiyatlarini tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishning shartnoma va import kontraktlari loyihalarida koʻrsatilgan bazis yetkazib berish shartlarga muvofiq bajarish sanasi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Narx va umumiy summa. Shartnoma va import kontrakti loyihalarida tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narxini belgilashda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) oʻlchov birligi, narx bazisi, qayd etish usuli, bir dona tovar narxi hamda shartnoma va import kontrakti loyihasining umumiy summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish usuliga koʻra narx qatʼiy (oʻzgarmas, bozor konyunkturasiga bogʻliq boʻlmagan), sirgʻaluvchan (tomonlarning kelishuviga binoan oʻzgartiriladigan), oʻzgaruvchan (bozor konyunkturasiga, inflyatsiya darajasiga bogʻliq) boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma va import kontrakti loyihasining umumiy summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) toʻliq qiymatini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadli shartnoma va import kontraktini tuzish va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) aniq qiymatini belgilashning imkoni boʻlmagan taqdirda, shartnoma va import kontrakti loyihasining taxminiy cheklangan summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib beruvchilar tomonidan montaj va/yoki ishga tushirish-sozlash ishlari amalga oshirilishi, xodimlarni oʻqitish va boshqa xizmatlar koʻrsatish, royalti toʻlash nazarda tutilgan uskunalar, qurilmalar, mashina va mexanizmlar, mahsulotlarni xarid qilish boʻyicha shartnoma va import kontraktlari loyihalarida (spetsifikatsiyada) royalti summasi, shuningdek, bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning summasi alohida-alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) narx parametrlarini belgilashda quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk ortish va qadoqlashning alohida shart-sharoitlari, buyurtma miqdori, litsenziya yigʻimlari, bitimni sugʻurtalash, intellektual mulk bilan bogʻliq sarf-xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar haqini toʻlash shartlari va muddatlari, ularni tayyorlash (uzoq vaqt tayyorlanadigan tovarlar, standart tovarlar), ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishning xususiyatlari, yetkazib berish shartlari, qoʻshimcha shartlar va yetkazib beruvchilardan (sotuvchilar, ijrochilar va pudratchilardan) talab qilinadigan kafolatlar, mavsumiy oʻzgarishlarning taʼsiridan kelib chiqib, narxlarning oʻzgaruvchanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat muddatidan keyingi xizmat va servis xizmati koʻrsatish, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, uzel va agregatlarning bir-birini almashtira olishini eʼtiborga olganda narx parametrlarining maqbulligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqariladigan mahsulotning unumdorligi, sifati, raqobatdoshligidan, xarid qilinayotgan tovarning energiya resurs tejamkorligi, ekologik sofligidan, umumiy egalik qilish qiymati hamda narx belgilashga taʼsir oʻtkazuvchi boshqa omillardan kelib chiqib, qiymatlarning xilma-xilligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Toʻlov shartlari. Shartnoma va import kontrakti loyihalaridagi toʻlov shartlarida toʻlov valyutasi, shakli va muddati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda toʻlov valyutasi import kontrakti loyihasi valyutasidan farq qilsa, u holda valyuta kursini qayta hisoblash tartibi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tovar ishlab chiqarilgan, ishlar bajariladigan va xizmatlar koʻrsatiladigan joy. Shartnoma va import kontrakti loyihasida tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hamda yetkazib berilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqaruvchisi nomi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tomonlarning javobgarligi. Tomonlar oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishini taʼminlaydigan shartlar sifatida import kontrakti loyihasida, qoida tariqasida, bir tomonning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun penya va/yoki jarima tarzidagi sanksiyalar nazarda tutiladi. Aybdor tomonga zarar koʻrgan tomonning talabi boʻyicha unga neustoyka toʻlash majburiyati yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima sanksiyalarini toʻlash tomonlarni shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kafolatlar. Muvofiqlik sertifikatini olish lozim boʻlgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha import kontrakti loyihalarida import kontraktining ijrochisi tomonidan beriladigan kafolat muddatlari, hajmlari belgilanadi. Ijrochi zimmasiga muayyan kafolat muddati davomida tovar (ishlar, xizmatlar) sifati boʻyicha javobgarlik yuklanadi va tegishli ravishda ijrochi tomonidan oʻzining kafolat majburiyatlarini amalga oshirish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma va import kontrakti loyihasi shartlariga binoan ijrochining kafolat majburiyati amal qila boshlaydigan vaqt belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoʻllaniladigan huquq. Tomonlar oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi huquqni belgilashi va koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nizolarni hal etish. Import kontrakti loyihasida tomonlar oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va muzokaralar yoʻli bilan bartaraf etib boʻlmaydigan nizolarni hal etish tartibi belgilanadi. Bunda ushbu import kontrakti boʻyicha nizolar koʻrib chiqiladigan joy va organ koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tomonlarning rekvizitlari. Shartnoma va import kontrakti loyihasining matnida tomonlarning rekvizitlari keltiriladi. Pochta rekvizitlari, manzil, bank va yuk ortib joʻnatish rekvizitlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv sahifalariga buyurtmachining vakolatli shaxslari tomonidan viza qoʻyiladi (tasdiqlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnoma, import kontrakti loyihasining matni davlat tili yoki rus tilida bayon etiladi. Agarda import kontrakti loyihasining matni boshqa tilda tuzilgan boʻlsa, import kontrakti loyihasi davlat tili yoki rus tiliga tarjima qilinishi hamda qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishi lozim. Shartnoma, import kontrakti loyihasi ikki tilda tuzilgan hollarda, shartnoma va import kontrakti loyihasi sahifalarining oʻng va chap tomonlarida parallel tarjima holida rasmiylashtiriladi va har bir tildagi matn bir xil yuridik kuchga ega boʻladi. Bunda shartnoma, import kontrakti loyihasi matnida farq yuzaga kelgan hollarda qaysi matn ustuvor boʻlishi lozimligi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi va muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Shartnomalar, import kontraktlar va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun zarur hujjatlar va toʻlov amalga oshirilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjatlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirilganligi tasdiqnomasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xarid qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar va ularning qiymati belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida yoki investitsiya loyihasining oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asosi parametrlari doirasida tuziladigan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markaz tomonidan shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizaga ariza berilgan paytda toʻlov valyutasiga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kelib chiqqan mamlakatga qarab shartnomaviy narxlarning ham xalqaro bozorlar konyunkturasiga, ham bir xil parametrlar va sifatga ega boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) mahalliy bozorlardagi talab va takliflarining amaldagi holatiga asoslangan narxlari darajasiga muvofiqligi oʻrganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasining shartlari xalqaro va ichki savdoning umumqabul qilingan meʼyorlariga mosligi oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihalari ekspertizasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorining konyunkturasini oʻrganish natijalaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va jahon Internet tarmogʻidagi nashrlardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita mahsulot tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilardan yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari)dan olingan maʼlumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xarid qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar va ularning qiymati belgilangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida tuzilgan shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan oʻtkazishda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha buyurtmachiga shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasi boʻyicha eʼtirozlar yoʻqligi haqida Markazning elektron axborot platformasi orqali xat beriladi yoki hujjatlar qaytarilish sabablarini koʻrsatgan holda qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Buyurtmachi Markazning eʼtirozlar yoʻqligi haqidagi xatini olgandan soʻng bir oy muddat ichida shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvni oʻrnatilgan tartibda tomonlar imzosi qoʻyilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi (bir vaqtning oʻzida Markazning elektron axborot platformasiga joylaydi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar taqdim etilgandan soʻng besh ish kuni ichida shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv Markaz tomonidan roʻyxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv asl nusxasining har bir varagʻida Markazning shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvlarni roʻyxatga olish boʻlinmasi shtampi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvga identifikatsiya raqami beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv hamda unga berilgan xulosa bir vaqtning oʻzida Markazning elektron axborot platformasi joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining mansabdor shaxslari imzolangan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv ularning avval Markazda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalariga aynan muvofiq boʻlishiga javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning tegishli loyiha boʻyicha eʼtirozlar yoʻqligi haqidagi xati berilgandan soʻng bir oylik muddat ichida imzolangan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv Markazga kiritilmagan taqdirda, buyurtmachi shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv boʻyicha xulosa olish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markaz tomonidan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv yuzasidan berilgan xulosa shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvning amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quyidagilar shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar import kontrakti loyihasi boʻyicha toʻlov imtiyozli soliq tartibini taqdim etadigan va/yoki moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot oshkor etilishi va berilishini nazarda tutmaydigan davlatlarda yoki hududlarda (offshor zonalarida) roʻyxatga olingan norezident foydasiga, shuningdek, offshor zonalarida joylashgan banklardagi norezidentlarning hisobraqamlariga oʻtkaziladigan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi ekspertiza oʻtkazish va/yoki roʻyxatga olish uchun zarur hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonarsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid tartib-taomillari jarayonining buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishga ariza berilgan paytda aynan bir xil tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida hosil boʻlgan konyunktura va oʻrtacha bozor narxi darajasiga nisbatan xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizom talablari va shartlariga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma, import kontrakti va/yoki ularga qoʻshimcha kelishuv Markazning eʼtirozlarini hisobga olmagan holda imzolangan va amalga oshirilgan taqdirda buyurtmachining mansabdor shaxslari ular yuzasidan qabul qilingan qarorlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Buyurtmachi shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olishni rad qilgan taqdirda, toʻlangan summa qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma buyurtmachiga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma (elektron) shaklda, shu jumladan Markazning elektron axborot platformasi orqali elektron koʻrinishda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Buyurtmachi rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgandan soʻng shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish uchun takroran kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Rad etishga asos boʻlgan sabablar buyurtmachi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ekspertiza va roʻyxatga olish Markaz tomonidan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab koʻpi bilan besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Takroran taqdim etilgan hujjatlar Markazning eʼtirozli xulosasi olingan kundan boshlab olti oy ichida kiritilgan taqdirda, shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini takroran koʻrib chiqish uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran taqdim etilgan hujjatlar Markazning eʼtirozli xulosasi olingan kundan boshlab olti oy muddat oʻtgandan soʻng kiritilgan taqdirda, shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasini takroran koʻrib chiqish uchun yangi hujjat ekspertizasiga belgilangan miqdorda haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Xulosaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish, tiklash, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Buyurtmachi shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv shartlarini, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan ruxsat beruvchi boshqa talablar va shartlarni bajarmagan hollarda Markaz tomonidan berilgan xulosaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Xulosaning amal qilishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi Markaz qarori buyurtmachiga yozma va (yoki) elektron shaklda xulosa amal qilishining toʻxtatilish sabablari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Xulosa amal qilishining toʻxtatilishiga olib kelgan holatlar (sabablar) bartaraf etilganligi fakti buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mazkur holatlar (sabablar) bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida Markaz xulosaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Xulosaning amal qilishi asossiz toʻxtatilgan hollarda Markaz buyurtmachi oldida unga yetkazilgan zararlar miqdorida javobgar boʻladi, xulosaning amal qilishi esa u Markaz qarori bilan toʻxtatilgan paytdan boshlab qayta tiklangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Xulosaning amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarda yangidan yuzaga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida aynan bir xil harakatlar va/yoki faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnoma xarakteridagi hujjat mavjud boʻlganida qayta tashkil etish, shuningdek, qoʻshilishni istisno qilganda qayta tashkil etish natijasida buyurtmachining faoliyati tugatilganda yoki toʻxtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tomonidan ruxsatnoma talablari va shartlari bir yil mobaynida muntazam (ikki va undan koʻproq) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganida, agar bu qoidabuzarliklar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, hayoti va sogʻligiga, jamoat xavfsizligiga va atrof muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosaning amal qilishi toʻxtatilishiga olib kelgan holatlar (sabablar) buyurtmachi tomonidan bartaraf etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Buyurtmachi qayta tashkil etilgan, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, buyurtmachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatga olingandan keyin yetti kun ichida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani Markazga topshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Xulosani qayta rasmiylashtirish va topshirish Markaz tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan xulosani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan boshlab koʻpi bilan besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Xulosani qayta rasmiylashtirish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Berilgan xulosa yoʻqotilgan yoki buzilgan hollarda buyurtmachining arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosaning asl nusxasi buzilgan taqdirda uning dublikatini berish toʻgʻrisidagi murojaat olingan kundan boshlab koʻpi bilan uch kun ichida Markaz xulosaning dublikatini beradi (yuboradi). Xulosa dublikati berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida haq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha xulosa quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan — buyurtmachining yozma ravishdagi talabi boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan — soxta hujjatlardan foydalangan holda xulosa olinganlik fakti aniqlangan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha berilgan xulosalar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Markaz shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha berilgan xulosalar reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha berilgan xulosalar reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv boʻyicha berilgan xulosa sanasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa berilayotgan shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvning detallari, tovarning nomlanishi, shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv loyihasining qiymati, mahsulot yetkazib beruvchining nomi va mamlakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv boʻyicha xulosaning amal qilishi toʻxtatilganligiga asos va uning sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv boʻyicha xulosa bekor qilinganligiga asos va uning sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv boʻyicha xulosa dublikati berilishiga asos va uning sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Davlat buyurtmachisi xulosa berishning rad etilishi, shuningdek, Markaz mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan Markaz taʼsischisi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Shartnomalar, import kontraktlari va qoʻshimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish sohasidagi nizolar, davlat buyurtmachisi va Markaz (shartnomalar, import kontraktlari va qoʻshimcha kelishuv loyihalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish shartnomasi taraflari) oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etishning iloji boʻlmasa, davlat buyurtmachisi yoki Markaz sudga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DMga

20____ yil “____”_________________-son
 
ARIZA
 
Sizdan______________________________________ (tashkilotning toʻliq nomi, mamlakati) bilan _____________________________________ (tashkilotning toʻliq nomi, mamlakati) oʻrtasida _________________________________________________________ (tovar, ishlar, xizmatlar nomlanishi) yetkazib berish boʻyicha tuziladigan shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv loyihasi boʻyicha xulosa berishingizni soʻraymiz.

Ushbu shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv __________________(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki Hukumati qarori hamda uning tegishli bandi koʻrsatiladi) asosida toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilmoqda.

Shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv loyihasining umumiy qiymati __________________.

Shartnoma/import kontraktiga qoʻshimcha kelishuv loyihasi asosida kiritilayotgan oʻzgartirishlar _______________________________. (qoʻshimcha kelishuv kiritilayotgan holatlarda)

Shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv loyihasi boʻyicha moliyalashtirish manbalari (quyidagilardan biri koʻrsatiladi):

oʻz mablagʻlari;

budjet mablagʻlari;

kreditlar (qarzlar);

boshqa manbalar (koʻrsatib oʻtiladi).

Shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovni amalga oshirishga kafolat beramiz.

Arizachining pochta manzili

(joylashgan joyi) ____________________________________________________;

Arizachining bank rekvizitlari _________________________________________ ____;

Arizachi bilan bogʻlanish uchun aloqa raqamlari __________________________;

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (nizom talablariga muvofiq): __________

Arizachi

________________

F.I.Sh.

________________

M. Oʻ.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-104-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ishtirokchilar

Chora-tadbirlar

Ijro muddatlari

1-bosqich

Buyurtmachi

Hujjatlar toʻplamini tayyorlash va Markazga yuborish.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Markaz

Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini oʻrganish hamda “Yangi soʻrovnoma” holatini “Toʻlov kutilmoqda” yoki “Koʻrib chiqilmoqda” yoxud “Rad etish” holatlariga oʻzgartirish.

5 (besh) ish kuni ichida

3-bosqich

Buyurtmachi

Koʻrsatiladigan ekspertiza xizmatlari uchun qonunchilikka muvofiq toʻlovni amalga oshirish.

5 (besh) ish kuni ichida

4-bosqich

Markaz

“Koʻrib chiqilmoqda” holatidagi soʻrovnomalar asosida shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish.

20 (yigirma) ish kuni ichida

AGAR EʼTIROZLAR BOʻLSA

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarining kompleks ekspertizasi yakunlariga koʻra

AGAR EʼTIROZLAR BOʻLMASA

5-bosqich

Markaz

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari boʻyicha eʼtirozlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi xatni buyurtmachiga yuborish.

-

6-bosqich

Buyurtmachi

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvni oʻrnatilgan tartibda tomonlar imzosi qoʻyilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi.

Markazning eʼtirozlar yoʻqligi haqidagi xatini olgandan soʻng bir oy muddat ichida

7-bosqich

Markaz

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv Markaz tomonidan roʻyxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi.

5 (besh) ish kuni ichida

8-bosqich

Markaz

Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari boʻyicha eʼtirozlar koʻrsatilgan xulosani buyurtmachiga qayta ishlash uchun yuborish.

-

9-bosqich

Buyurtmachi

Eʼtirozlarni hisobga olgan holda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini qayta ishlab chiqish va uni takroran koʻrib chiqish uchun yuborish.

6 (olti) oy ichida*

10-bosqich

Markaz

1. Bildirilgan eʼtirozlar va kamchiliklarni bartaraf etilgani nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish.

2. Eʼtirozlar va kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari boʻyicha eʼtirozlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi xatni buyurtmachiga yuborish.

5 (besh) ish kuni ichida

11-bosqich

Buyurtmachi

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuvni oʻrnatilgan tartibda tomonlar imzosi qoʻyilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan oʻtkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi.

Markazning eʼtirozlar yoʻqligi haqidagi xatini olgandan soʻng bir oy muddat ichida

12-bosqich

Markaz

Shartnoma, import kontrakti va/yoki qoʻshimcha kelishuv Markaz tomonidan roʻyxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi.

5 (besh) ish kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalari 6 (olti) oy muddat oʻtgandan keyin qayta kiritilganda, yangi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Shartnoma/import kontrakti/qoʻshimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish

XULOSASI

Buyurtmachi/Zakazchik

Shartnoma mazmuni/Opisaniye kontrakta

Shartnoma raqami va sanasi/Nomer i data kontrakta

Shartnoma umumiy summasi/Obshaya summa kontrakta

Kontraktor va mamlakat/Kontraktor i strana

Moliyalashtirish manbai/Istochnik finansirovaniya

Imzolar/Podpisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Yoʻriqnoma loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy hisob-kitobini (keyingi oʻrinlarda — TIA/TIHK), davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Loyihalarning TIA/TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalarning TIA/TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlashda loyihaning umumiy summasi asos sifatida olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Loyihalarning TIAni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSH dollaridan kam boʻlmagan va 50 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hisoblanadi. Bunda, qoʻshilgan qiymat soligʻi (keyingi oʻrinlarda — QQS) alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tia. eks=S uq*0,03%, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tia. eks — loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S uq — Markazga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan loyihaning TIAda koʻrsatilgan, barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda shakllantirilgan umumiy summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Loyihalarning TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati ushbu Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilgan toʻlov summasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlar qiymati ekvivalentda 2 ming AQSH dollaridan kam va 25 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tihk. eks=S uq*Ktihk* 0,03%, bu yerda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tihk.eks — loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S uq — Markazga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan loyihaning TIHKda koʻrsatilgan, barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda shakllantirilgan umumiy summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ktihk — TIHK tarkibini hisobga oluvchi kamaytiruvchi koeffitsiyent (Ktihk = 0,5).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini milliy valyutada aniqlash maqsadida shartnoma boʻyicha xizmatlar uchun toʻlov varaqasi taqdim etilgan sanadagi chet el valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan kurs qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatini aniqlashga doir misollar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Loyihalarning TIAni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha: “Surxondaryo viloyati Toʻpalang daryosida Zarchob 3-KGESni qurish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi hujjati: loyihaning texnik-iqtisodiy asosi (TIA).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-holat. Loyihaning umumiy summasi barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 30 760,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tia eks= ekv. 30 760,0 ming AQSH dollari*0,03% = 9,228 ming AQSH dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, koʻrsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15% stavkada) hisobga olgan holda ekvivalentda 10,612 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-holat. Loyihaning umumiy qiymati barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 170 000,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIAni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tia. eks= ekv. 170 000,0 ming AQSH dollari*0,03% = 51,0 ming AQSH dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan xizmatlarning hisoblangan qiymati ekvivalentda 51,0 ming AQSH dollarini tashkil etganligi uchun (50,0 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlgani uchun), ushbu qiymat QQSni hisobga olmagan holda ekvivalentda 50 ming AQSH dollarigacha kamaytiriladi. Bunda, koʻrsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15 % stavkada) hisobga olgan holda ekvivalentda 57,5 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymatini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha: “Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasini zamonaviy studiya kompleksi va koʻchma televizion stansiya bilan jihozlash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaoldi hujjati: loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi (TIHK).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-holat. Loyihaning umumiy summasi barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 20 000,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tihk. eks= ekv. 20 000,0 ming AQSH dollari*0,5*0,03% = 3,0 ming AQSH dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15% stavkada) hisobga olgan holda ekvivalentda 3,45 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-holat. Loyihaning umumiy summasi barcha sarflarni (shu jumladan soliqlarni) hisobga olgan holda ekvivalentda 200 000,0 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaning TIHKni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qiymati hisob-kitobi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tihk. eks= ekv. 200 000,0 ming AQSH dollari*0,5*0,03% = 30,0 ming AQSH dollari (QQS hisobga olinmagan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan xizmatlarning hisoblangan qiymati ekvivalentda 30,0 ming AQSH dollarini tashkil etganligi uchun (25,0 ming AQSH dollaridan koʻp boʻlgani uchun), ushbu qiymat QQSni hisobga olmagan holda ekvivalentda 25 ming AQSH dollarigacha kamaytiriladi. Bunda QQSni hisobga olgan holda koʻrsatilgan xizmatlar qiymati (15 % stavkada) ekvivalentda 28,75 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlari, texnik topshiriqlar, kontraktlar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmatining qiymatini aniqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda — tender hujjatlari), texnik topshiriqlarni va kontraktlarni, import kontraktlarini va ularga qoʻshimcha kelishuvlar loyihalarini (kontrakt va import kontraktlari qiymati oshirilganda) kompleks ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlovlar (tender hujjatlari va texnik topshiriqlar boʻyicha — har bir lotning boshlangʻich narxidan, qoʻshimcha kelishuvlar boʻyicha — qoʻshimcha kelishuv summasidan kelib chiqqan holda) xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qoʻshilgan holda undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi uchun tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tender tt eks.= S xr*0,1 %*QQS stavkasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tender tt eks. — tender hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarning qiymati (QQS bilan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S xr — xaridning QQS hisobga olinmagan qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridiga doir tender hujjatlari yoki texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmatining qiymatini aniqlashga doir misollar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat buyurtmachisi tomonidan “Mebel va kompyuter texnikasini xarid qilish” tenderi boʻyicha xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlarning boshlangʻich narxi (QQS bilan) jami 92 000,0 mln soʻmni, bunda xaridning 1-lot “Mebel xarid qilish” qiymati 23 000,0 mln soʻmni va 2-lot “Kompyuter texnikasini xarid qilish” qiymati 69 000,0 mln soʻmni tashkil etadi. Bunday holatda xarid qilish tartib-taomili shartlariga koʻra gʻolib har bir tovar uchun alohida-alohida aniqlanadi va tender hujjatlarini (yoki texnik topshiriqlarni) kompleks ekspertizadan oʻtkazish xizmatining qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Mebel va kompyuter texnikasini xarid qilish” tenderi boʻyicha xarid hujjatlariga muvofiq 1-lot “Mebel xarid qilish” qiymati QQSni hisobga olgan holda 23 000,0 mln soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S xr = 23 000,0 mln soʻm / 1,15 = 20 000,0 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S eks. tender, tt = 20 000,0 mln soʻm *0,1 % = 20,0 mln soʻm (QQS hisobga olinmagan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xizmatlarning QQS (15% stavkada) hisobga olingan qiymati 23,0 mln soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Mebel va kompyuter texnikasini xarid qilish” tenderi boʻyicha xarid hujjatlariga muvofiq 2-lot “Kompyuter texnikasini xarid qilish” qiymati QQSni hisobga olgan holda 69 000,0 mln soʻmni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sxr = 69 000,0 mln soʻm / 1,15 = 60 000,0 mln soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S tender tt eks. =60 000,0 mln soʻm *0,1 % = 60,0 mln soʻm (QQS hisobga olinmagan holda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatilgan xizmatlarning hisoblangan qiymati 60,0 mln soʻmni tashkil etgani uchun (bazaviy hisoblash miqdoring 100 baravaridan koʻp boʻlgan uchun), ushbu qiymat QQSni hisobga olmagan holda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorigacha, yaʼni 30,0 mln soʻmgacha kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻrsatilgan xizmatlar qiymati QQSni (15 % stavkada) hisobga olgan holda 34,5 mln soʻm miqdorida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi “Loyihaoldi, loyiha, tender hujjatlari va kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3550-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi “Investitsiya va infratuzilma loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3794-son qarorining 2-bandi va qarorga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “2018-2019-yillarda investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3874-son qarorining 12-bandi va qarorga 9-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-oktabrdagi “Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4493-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4678-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 07/22/332/0677-son; 19.12.2023-y., 07/23/397/0948-son; 03.05.2024-y., 06/24/71/0322-son; 22.04.2025-y., 07/25/147/0367-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son; 13.02.2026-y., 07/25/59/0135-son; 16.03.2026-y., 07/26/104/0241-son)