22.04.2021 yildagi O‘RQ-684-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 1-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 12-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturida va boshqa davlat dasturlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan loyihalarni roʻyobga chiqarish chogʻida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilarining xoʻjalik faoliyatini yuritish chogʻida amalga oshiriladigan davlat xaridlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarining, shuningdek budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar donor mamlakatlarning, xalqaro tashkilotlarning, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlarining tartib-taomillarida yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik koʻmakni va boshqa tashqi begʻaraz koʻmakni taqdim etish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan chet el grantlari, texnik koʻmak va boshqa tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasiga beriladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga. Bunda donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlar tomonidan, belgilangan tartib-taomillarda yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etiladigan chet el kreditlarini va chet el grantlarini, texnik koʻmakni va boshqa tashqi begʻaraz koʻmakni taqdim etish shartlarida belgilangan tartib-taomillardan qatʼi nazar, davlat xaridlari natijalari toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordamini taqdim etish hamda boshqa begʻaraz, qaytarilmaydigan tarzda moliyalashtirish shartlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, moliyaviy, gumanitar yoki xayriya yordami hisobidan hamda boshqa begʻaraz, qaytarilmaydigan tarzda moliyalashtiriladigan davlat xaridlariga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda moliyaviy, gumanitar yoki xayriya koʻmakni hamda boshqa begʻaraz qaytarilmaydigan moliyalashtirishni taqdim etish shartlarida belgilangan tartib-taomillardan qatʼi nazar, davlat xaridlari natijalari toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan qoʻriqlanishi lozim boʻlgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa qobiliyatini, xavfsizlikni taʼminlash va ichki tartibni saqlash uchun davlat xaridlari, davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlariga, Oʻzbekiston Respublikasining referendumlariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazish uchun davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning amal qilishi banklarni sanatsiya qilish va tugatish bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-iyundagi OʻRQ-1070-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 25-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning talablari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan kredit tashkilotlari tomonidan islomiy moliya faoliyati doirasida mijozga topshirish va likvidlik jalb qilish maqsadida amalga oshiriladigan xaridlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda davlat xaridlari sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — pirovardida mulk huquqlariga egalik qiladigan yoki tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchini amalda nazorat qiladigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion — davlat xaridlari elektron tizimining maxsus platformasida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli boʻlib, uni tashkil etish chogʻida narx gʻolibni aniqlashning yagona mezoni boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini pulli asosda taʼminlash jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma — davlat buyurtmachisi va davlat xaridlarining ijrochisi oʻrtasidagi davlat xaridlari boʻyicha huquqlar va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi kelishuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining subyektlari — davlat buyurtmachisi, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi, davlat xaridlarining ijrochisi, xarid komissiyasi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot va ekspert, ekspert tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki malaka tanlovi — xarid qilish hujjatlarida belgilangan texnik, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa oʻziga xos xususiyatlarga muvofiq boʻlgan xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishga qoʻyiladigan malakali xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarini tanlab olishning xarid komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tartib-taomili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxiradagi gʻolib — xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha xarid komissiyasining qaroriga muvofiq gʻolibning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli davlat xaridlari — texnik jihatdan murakkab boʻlgan muayyan qiymatli tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bir shartnoma boʻyicha ikki oʻzaro bogʻliq bosqichda oʻtkaziladigan davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili — davlat xaridlarini xarid qilish tartib-taomillarining ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni solishtirish yoʻli bilan yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta potensial yetkazib beruvchisidan narxlarni soʻrash orqali amalga oshirishning raqobatli usuli;
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender — davlat xaridini amalga oshirishning raqobatli tartib-taomili vositasida davlat xaridlarining ijrochisini aniqlash tartib-taomilini nazarda tutuvchi tanlov boʻlib, uning natijalariga koʻra davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif etgan xarid qilish tartib-taomillarining ishtirokchisi gʻolib deb topiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomili — davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi — qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlgan va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan qarorlar qabul qilishga taʼsir koʻrsatadigan, shu jumladan yozma kelishuv asosida taʼsir koʻrsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs, shuningdek xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisiga nisbatan shunday huquqqa ega boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning yagona reyestri — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan, davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarning reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron davlat xaridlari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xaridlarini amalga oshirish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron doʻkon — davlat xaridlarining elektron tizimidagi maxsus maydonda savdolarni elektron shaklda amalga oshirishni nazarda tutuvchi, maxsus talablar qoʻyilmaydigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlash — xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eʼlon — davlat xaridlarini amalga oshirish usuli, talablari va shartlari, takliflarni taqdim etish muddatlari hamda tartibi koʻrsatilgan, maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladigan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib — xarid qilish tartib-taomillari yakunlariga koʻra taklifi eng maqbul deb topilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbiy mahorat va masʼuliyatlilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asoslanganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiqlik va shaffoflik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobat va xolislik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutanosiblik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqarorlik;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining asosiy prinsiplari davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Kasbiy mahorat va masʼuliyatlilik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilot masʼul shaxslarining kasbiy mahorati tegishli boʻlinmalar xodimlariga nisbatan soha boʻyicha maʼlumoti boʻlishi, malakasini muntazam ravishda oshirishi, bosqichma-bosqich amaliy tajribaga ega boʻlib borishi va kasbiy faoliyati toʻgʻrisidagi talablarni belgilash yoʻli bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy mahoratga ega boʻlish maqsadida xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsning malakasini muntazam ravishda oshirib borish davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan oʻqitishni tashkil etish orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlgan taqdirda, xarid qilish tartib-taomilini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Asoslanganlik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari davlat buyurtmachisining oʻz oldida turgan vazifalarni hal etishni taʼminlaydigan haqiqiy talablari va ehtiyojlarini samarali qanoatlantirish uchun davlat xaridlarini oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashning, uning isteʼmol xususiyatlari (tavsifi), sifat koʻrsatkichlarining va qiymatining asoslanganligi hisobga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining davlat xaridlarini oʻtkazish xarajatlarini va tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymatini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) olishdan koʻrilgan naf, ularning sifati va qiymati oʻrtasidagi maqbul nisbatni (foydalanish davri xarajatlarini hisobga olgan holda) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini maqbul muddatlarda oʻtkazish imkonini beradigan oqilona va tejamkor usulda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davlat organlariga, davlat xaridlarining subyektlariga va jamoatchilikka davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻliq, oʻz vaqtida, erkin va bepul foydalanish imkoniyatini taʼminlagan holda uni maxsus axborot portaliga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillariga doir hujjatlarni va hisobotlarni tuzish hamda but saqlashni taʼminlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Raqobat va xolislik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlaridagi raqobat xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari oʻrtasidagi, davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari oʻrtasidagi va ixtisoslashgan tashkilotlar oʻrtasidagi tortishuv, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqishda hamda xolis va asosli mezonlar asosida eng maqbul taklif foydasiga yakuniy qaror qabul qilishda begʻarazlik va shaffoflik mexanizmlaridan foydalanish hisobidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining xolisligi xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqishdagi, shuningdek eng maqbul variant foydasiga yakuniy qaror qabul qilishdagi begʻarazlikni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining xolisligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilariga teng imkoniyatlarni taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari subyektlari oʻrtasida raqobatni va ularga nisbatan begʻarazlikni taʼminlaydigan shart-sharoitlarni yaratishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari jarayonida shikoyatlar, nizolar va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishning hamda tegishli chora-tadbirlar koʻrishning ochiq, oshkora va tortishuv mexanizmlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mutanosiblik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarida mutanosiblik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirish usulining tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavf-xatariga, qiymatiga, xususiyatiga va murakkabligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talablarning xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari malakasiga oid maʼlumotlarga, takliflarni baholash mezonlari va usullarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi ularning oʻz vazifalariga mosligi bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Barqarorlik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlaridagi barqarorlik davlat buyurtmachisining ehtiyojlarni aniqlash, xaridlarni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish, xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish, gʻolibni aniqlash, shartnomalar tuzish, shuningdek tovarlar oʻz isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotganidan keyin hosil boʻladigan chiqindilarning zararli taʼsiridan fuqarolarning sogʻligʻini va atrof-muhitni himoya qilish maqsadida mazkur tovarlarni yoʻq qilish (utilizatsiya qilish), shuningdek pirovard natijalarni baholash kabi jarayonlarning qisqa muddatli, oʻrta muddatli va uzoq muddatli iqtisodiy, ekologik hamda ijtimoiy oqibatlarini hisobga olgan holda davlat xaridlarini amalga oshirishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barqarorlik prinsipini qoʻllashda davlat buyurtmachilari quyidagilarni eʼtiborga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozordagi qulay innovatsion yechimlarni, shuningdek barqarorlik talablariga toʻliqroq javob beradigan yangi, zamonaviy yondashuvlarni ragʻbatlantirishga boʻlgan ehtiyojlarni va imkoniyatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinayotgan tovarlarning butun hayotiy davri davomidagi funksiyaviy va ekspluatatsiyaviy xususiyatlariga doir afzalliklarini hisobga olgan holda, ularni xarid qilish, ulardan foydalanish, ularga texnik xizmat koʻrsatish va ularni utilizatsiya qilish xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilinayotgan tovarlarni ishlab chiqarish, yetkazib berish, ishga tushirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan energiya, suv, xomashyo, sarflash materiallari, ehtiyot qismlari sarf-xarajatlari, shuningdek ishlar yoki xizmatlar boʻyicha shartnomalarni bajarish, obyektni foydalanishdan chiqarish, obyektni tiklash yoki shartnomani bekor qilish hamda xarid qilinayotgan tovarning hayotiy davri davomida talab qilinishi mumkin boʻlgan boshqa chora-tadbirlar natijasida atrof-muhitga nisbatan taʼsirni, shu jumladan iqlim oʻzgarishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy oqibatlarni, shu jumladan amaldagi ijtimoiy rivojlanish siyosatiga muvofiq aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini yoki toifalarini qoʻllab-quvvatlashni, shuningdek taʼlim sifatini, kasbiy tayyorgarlik darajasini, fuqarolarning farovonligini hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshliligini oshirishga nisbatan taʼsirini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmalarni shakllantirishda va tovarlarni yetkazib beruvchilarni aniqlashda ekologik talablarni belgilashni, atrof-muhit ifloslanishining oldi olinishini hamda ekologik toza mahsulotlar xarid qilinishini ragʻbatlantirishni yoki milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ikkilamchi xomashyodan va chiqindilardan tayyorlangan tovarlarni yetkazib beruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali koʻmaklashishni.
(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari maqsadlar, prinsiplar va yondashuvlarning yagonaligiga, davlat xaridlari jarayoni barcha bosqichlarining yaxlitligi va oʻzaro aloqadorligiga hamda davlat xaridlari barcha subyektlarining hamkorligiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining yagonaligi va yaxlitligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy baza hamda uni bir xilda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi barcha axborotni toʻplash, unga ishlov berish va uni tahlil qilishni hamda barcha manfaatdor shaxslarga undan foydalanishni taʼminlaydigan yagona, yaxlit va kompleks axborot tizimi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlariga oid hujjatlarni birxillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro standartlarga uygʻun tarzda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) standartlashtirilgan yagona milliy klassifikatorini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini rejalashtirish va amalga oshirishni, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalarni tuzish va ijro etishni, monitoringni va nazoratni amalga oshirishni, nizolar hamda kelishmovchiliklar ustidan shikoyat qilish va ularni koʻrib chiqishni, davlat xaridlari subyektlarining kasbiy mahorati darajasi va masʼuliyati oshirilishining tashkil etilishini taʼminlovchi yagona infratuzilmaning mavjudligi bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazishga doir talablar davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymasligi kerak. Bunda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi va shaffofligini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insofli raqobatni va qarorlar qabul qilish chogʻida xolisona mezonlardan foydalanilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring va nazorat oʻtkazishning, shu jumladan ichki monitoring va nazorat oʻtkazishning samarali tizimi yaratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi hollari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborotning ochiq manbalarida eʼlon qilib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari tartib-taomillari ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq oʻtkazilishini taʼminlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda davlat xaridlarini amalga oshirish sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Manfaatlar toʻqnashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatlar toʻqnashuvi bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda uning shaxsiy manfaatdorligi bilan davlat xaridlari subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga keladigan yoxud yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday vaziyatdir, shuningdek affillanganlikning mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining, ixtisoslashgan tashkilotning, ekspert tashkilotining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari, shuningdek xarid komissiyasining aʼzolari hamda ekspertlar xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda oʻz ishtirokidagi davlat xaridlariga doir bitimning natijasi boʻlgan har qanday shaxsiy foydani bevosita yoki bilvosita olish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarni amalga oshirishda boshqa xarid qilish tartib-taomillari subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazadigan hamda ushbu huquqlar va qonuniy manfaatlarni cheklaydigan har qanday manfaatlar toʻqnashuvi koʻrinishlarining oldini olishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday ehtimol tutilgan, taxmin qilinayotgan yoki mavjud manfaatlar toʻqnashuvi haqidagi axborotning oshkor qilinishini kafolatlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud boʻlgan yoki taxmin qilinayotgan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar topgan, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bu haqda bevosita rahbarini hamda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organni xabardor etishi shart. Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni olgan rahbar uning oldini olish yoki uni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi va davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organni koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart. Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni olgach, ushbu Qonunga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlariga tegishli axborotni kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Maxfiylik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisining yoki davlat xaridlari elektron tizimi operatorining xodimi oʻzining davlat xaridlari ijrochilari yoki har qanday boshqa shaxs bilan munosabatlarida, agar bunday axborotni oshkor etmaslik davlat xavfsizligi manfaatlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa yoki agar bunday axborotning oshkor etilishi qonunchilikka zid boʻlsa, ularga rioya etilishini taʼminlashga monelik qilsa, davlat xaridlari subyektlarining qonuniy manfaatlariga zarar yetkazsa yoxud insofli raqobatga toʻsqinlik qilsa, agar davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, hech bir axborotni oshkor etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ bunday axborotni oshkor etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu qarorning shartlariga rioya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etib, uning xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etishi bilan bogʻliq taklifda oʻzi koʻrsatgan barcha maʼlumotlarning eʼlon qilinishiga rozilik bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning strategik maqsadlari va vazifalariga erishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini va boshqa davlat dasturlarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning ijtimoiy vazifalarni hal qilish boʻyicha funksiyalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun davlat xaridlari subyektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonunchilikning boshqacha tarzda buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosat ustuvorliklari, shu jumladan yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarning yaratilishi, qulay ekologik vaziyatning saqlanishi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda kamida uchta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etsa, agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga koʻra ushbu mahalliy ishlab chiqaruvchilarga takliflarni baholashda foydalaniladigan imtiyozlar va preferensiyalar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi chet davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. Bunday davlat xaridini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat xaridlari sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida davlat siyosati shakllanishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida budjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan oqilona foydalanish, xarid qilish tartib-taomillari turlarini takomillashtirish va ularning qoʻllanilishini kengaytirish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining keng ishtirokini taʼminlash yuzasidan choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilarining davlat xaridlari sohasidagi faoliyati ustidan nazorat boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini baholash va taqqoslash usullarini hamda mezonlarini, shuningdek ular oʻtkazilishini tashkil etish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish tenderda va ikki bosqichli davlat xaridlarida ishtirok etish uchun elektron shaklda takliflar berish tartibini belgilaydi;
(17-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali ishtirokchilar oʻrtasida dastlabki malaka tanlovini va xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini va markazlashgan xarid organini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hadli kelishuv tuzish tartibini belgilaydi;
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tarkibini tasdiqlaydi, shuningdek kelib tushgan shikoyatlarni u tomonidan koʻrib chiqish tartibini belgilaydi;
(17-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini, tasdiqlanishini va amalga oshirilishini taʼminlaydi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vakolatlari
(18-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organdir (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida davlat tomonidan tartibga solishni va davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazish tizimini, shu jumladan, elektron tizimni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish hamda roʻyobga chiqarishning samaradorligi va ochiqligini oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari elektron tizimi operatorlarini hamda ularning davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishga taalluqli faoliyati tartibini, shuningdek maxsus axborot portali faoliyati tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari elektron tizimining operatori faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslarga ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni qonunchilikda belgilangan tartibda beradi;
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining elektron tizimiga nisbatan talablarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy jihatdan eng foydali taklifni baholash usulini qoʻllash tartibini (baholashning narxga asoslanmagan mezonlarini) ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari boʻyicha axborotni joylashtirish, oshkor qilish va undan foydalanish tartibini hamda hajmlarini, shuningdek tovarga (ishga, xizmatga) hamda davlat xaridlarini amalga oshirish usuliga qarab eʼlon qilishga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonlarning, xarid qilish hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi ustidan monitoring va nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari subyektlaridan axborotlarni soʻrab oladi, jamlaydi, ularni tahlil qiladi va hisobotlarni shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida xarid qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari boʻyicha sertifikatlashtirish tizimini joriy etishga doir takliflarni ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat xaridlarining subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Davlat buyurtmachilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun maqsadlari uchun davlat buyurtmachilari deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) budjet buyurtmachilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamgʻarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) korporativ buyurtmachilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuniga asosan 19-moddaning birinchi qismi 2-bandi ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 8-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu moddaning 2-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav fondida (ustav kapitalida) ushbu moddaning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan tashkilotlarning ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ buyurtmachilar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan yuritiladi va axborot almashinuvi orqali maxsus axborot portalida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ravishda yoki ixtisoslashgan tashkilotni jalb etgan holda tovarning (ishning, xizmatning) boshlangʻich narxini belgilash, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirishda oʻz rasmiy veb-saytiga yoki oʻzining yuqori turuvchi organi rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga eʼlon joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilaridan eng yaxshi takliflarni tanlashni va tenderni oʻtkazishda davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) tuzish va (yoki) shartnoma majburiyatlarini bajarish boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydigan zakalat yoki bank kafolatini kiritishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining barcha ishtirokchilariga tatbiq etiladigan takliflarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari takliflarining amal qilish muddatini muayyan davrga uzaytirish toʻgʻrisidagi taklif bilan ularga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini rejalashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga muvofiq xarid qilish tartib-taomili turini tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xaridlarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotni qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda maxsus axborot portaliga joylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) va davlat xaridlarining tartib-taomillari bilan bogʻliq soʻrovlari boʻyicha ularga qonunchilikka muvofiq tushuntirishlar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining gʻolib deb topilgan ishtirokchilari bilan shartnomalar tuzishi, shuningdek ularning ijro etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirishda affillanganlik toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlarni faqat moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi tasdiqlangan taqdirdagina maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga va ommaviy axborot vositalariga joylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korporativ buyurtmachilar oʻzi amalga oshirgan davlat xaridlari toʻgʻrisida vakolatli organga har chorakda axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisining zimmasida qonunchilikka va oʻzi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlari va vazifalari davlat buyurtmachisining rahbariyati, xarid komissiyalari va xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan davlat buyurtmachisining tarkibiy boʻlinmalari yoki alohida xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Xarid komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida davlat buyurtmachisi tomonidan shakllantiriladigan, ushbu tartib-taomillarni oʻtkazish tartibida shakllantirilishi talab etiladigan kollegial organdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi ishining asosiy maqsadi xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflarini buyurtmaga muvofiqlik darajasi boʻyicha xolis baholashdan va tartibga solishdan hamda davlat xaridlari raqobatlashuv usullari orqali amalga oshirilganda gʻolibni (gʻoliblarni) tanlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi davlat buyurtmachisi huzurida faoliyat koʻrsatadigan, davlat buyurtmachisining tegishli qarorlari bilan shakllantiriladigan va tarqatib yuboriladigan organdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi toq sonli aʼzolardan iborat boʻladi, uning aʼzolari tarkibi va soni xarid qilish tartib-taomilining turiga bogʻliq boʻladi hamda qonunchilikka muvofiq va olinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) xususiyatlari inobatga olingan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi aʼzolari xolis boʻlishi va xarid qilish tartib-taomili gʻolibini tanlashdan shaxsan manfaatdor boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining ishiga rais rahbarlik qiladi, u xarid komissiyasi majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qoʻyishni va xarid komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni eʼlon qiladi, shuningdek xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalarini imzolaydi. Xarid komissiyasi raisi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining tezkor faoliyatini uning ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan masʼul kotibi tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining har bir aʼzosi ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Xarid komissiyasining raisi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining majlislari xarid komissiyasi aʼzolari hozirligida yuzma-yuz oʻtkaziladi. Yuzma-yuz majlislar videokonferensiyalar (telekonferensiyalar va hokazo) shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi eng yaxshi takliflarni tanlashni tenderni va ikki bosqichli davlat xaridlarini elektron shaklda oʻtkazish chogʻida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda masofadan turib ovoz berish huquqiga ega.
(20-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi davlat xaridlarining predmetidan kelib chiqqan holda, oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun ekspertlarni, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va davlat buyurtmachisining yuqori turuvchi tashkiloti mutaxassislarini jalb etish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ vakilini boshqa davlat buyurtmachisining xarid komissiyasi tarkibiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi toʻgʻri shakllantirilishi uchun davlat buyurtmachisi masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi qarori xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda xarid komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi aʼzolarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjud boʻlgan taqdirda, xarid komissiyasining bunday aʼzosi bu masala koʻrib chiqilgan majlisda oʻzini oʻzi rad etishi va mazkur masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda xarid komissiyasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xarid komissiyasiga mazkur komissiya aʼzosining affillanganligi mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar maʼlum boʻlib qolgan boʻlsa, uning oʻzi esa oʻzini oʻzi rad etmagan boʻlsa, bunday aʼzoning mazkur masala boʻyicha ovoz berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xarid komissiyasiga tegishli masala boʻyicha ovoz bergan mazkur komissiya aʼzosining affillanganligi mavjudligi qaror qabul qilinganidan keyin maʼlum boʻlib qolgan boʻlsa, bunday aʼzoning ovozi mazkur masala boʻyicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish hujjatlarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflar qabul qilish muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni ochish tartib-taomillarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni baholash mezonlarini va usullarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda taklif kiritish tartibini, hajmini va uni taʼminlash shaklini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomili ishtirokchilarining takliflarini ochishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki malaka tanlovini oʻtkazadi, agar xarid qilish hujjatlari shartlarida bu nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda dastlabki malaka tanlovi natijalarini hisobga olgan holda qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda baholash guruhini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini ushbu Qonunga muvofiq amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining raqobatlashuv turlari gʻolibini va zarur boʻlganda zaxiradagi gʻolibni belgilaydi yoki savdoni amalga oshmagan deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi davlat xaridlari ijrochisini aniqlash tartib-taomillarining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, oʻzi qabul qilayotgan qarorlarning asosliligi va begʻarazligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi davlat xaridlarining boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilinadigan qarorlar davlat buyurtmachisi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ixtisoslashgan tashkilot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot davlat buyurtmachisining topshirigʻiga koʻra tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlarini amalga oshirishni tashkil etish boʻyicha shartnomaga asosan pulli asosda xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etish maqsadida ixtisoslashgan tashkilotni jalb qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning muhim shartlarini belgilash va shartnomani imzolash faqat davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilotni jalb qilish ushbu Qonunda belgilangan talablar va mezonlar asosida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilotlar davlat xaridlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tashkilotning muassislari orasida davlat xaridining boshqa subyektlari boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini oʻtkazishni tashkil etish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan bir nafardan kam boʻlmagan xodimga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot portaliga ulanish imkonini taʼminlovchi dasturiy-texnik vositalarga ega boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot davlat buyurtmachisidan xarid tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun zarur axborotni olish huquqiga ega, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining talabiga binoan xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etishning istalgan bosqichida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga rioya etgan holda xizmatlar koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organning, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning soʻroviga koʻra ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining insofsiz ishtirokchilarning davlat xaridlarida ishtirok etishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davlat xaridi uchun xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning (ishning, xizmatning) boshlangʻich narxini aniqlaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlarini va boshqa tadqiqotlarni oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomalar, eʼlonlar matnlarini, xarid qilish hujjatlarini rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari talablari, shartlari va ular boʻyicha tushuntirishlar matnlarini qonunchilikka muvofiq tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisiga xarid qilish tartib-taomilining turini taklif qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining yozma murojaatiga koʻra davlat xaridlarining tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi axborotni davlat xaridlarining elektron tizimiga va maxsus axborot portaliga qonunchilikka muvofiq joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻoliblar bilan imzolanadigan shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining yozma topshirigʻiga koʻra boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlarni faqat moliyalashtirish manbalari mavjudligi tasdiqlangan taqdirda, joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining yozma topshirigʻiga koʻra xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilariga oʻz takliflarining amal qilish muddatini muayyan muddatga uzaytirish toʻgʻrisidagi taklif bilan murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid komissiyasi majlislarining bayonnomalarini rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha hisobotlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashgan tashkilot yoki uning affillangan shaxsi oʻzi tashkilotchi boʻlgan xarid qilish tartib-taomilida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida qatnashishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi ixtisoslashgan tashkilotni ushbu moddada belgilangan talablarga muvofiq jalb etish uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining amalga oshirilishi chogʻida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan hollarda javobgarlik davlat buyurtmachisi va ixtisoslashgan tashkilot zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ekspert, ekspert tashkiloti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida maslahat va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish, baholash hamda taqqoslash boʻyicha xulosa olish uchun ekspertlar yoki ekspert tashkilotlari tegishli shartnoma asosida jalb etilishi, shu jumladan tekin asosda jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert maslahat xizmatlarini koʻrsatish va (yoki) xulosa berish uchun davlat xaridlari predmeti bilan bogʻliq sohada maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tashkiloti xodimlari maslahat xizmatlarini koʻrsatish va (yoki) xulosa berish uchun davlat xaridlari predmeti bilan bogʻliq sohada maxsus bilimlarga ega boʻlgan yuridik shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert, ekspert tashkiloti xizmatlarni davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etgan holda koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (bundan buyon matnda ishtirokchi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini bajarish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti boʻlgan jismoniy yoki yuridik shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan qonunchilikda nazarda tutilgan hajmda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisiga yoki ushbu buyurtmachi tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotga muayyan davlat xaridlarining tartib-taomillari, ularni oʻtkazish talablari va shartlari boʻyicha soʻrovlar berish hamda ulardan tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid komissiyasi tomonidan takliflar ochilayotganda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga xarid qilish tartib-taomillari natijalari yuzasidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq takliflarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlgan takliflar va hujjatlarni taqdim etishi hamda taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javobgar boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib deb topilgan taqdirda, davlat buyurtmachisi bilan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda shartnoma tuzishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi va uning affillangan shaxsi elektron doʻkon, kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili, auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash, tender va ikki bosqichli davlat xaridlari boʻyicha ayni bitta lotda ishtirok etish huquqiga ega emas.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Davlat xaridlarining ijrochisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining ijrochisi (bundan buyon matnda ijrochi deb yuritiladi) xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib deb topilgan va oʻzi bilan davlat xaridlari toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan ishtirokchidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnomani bajarish jarayonida tushuntirishlar olish uchun unga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan tovar (ish, xizmat) uchun haq olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlariga muvofiq va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani uning shartlariga muvofiq bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bajarish jarayonida davlat buyurtmachisiga yoki vakolatli davlat organiga uning soʻrovi boʻyicha tushuntirishlar va axborot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Davlat xaridlari elektron tizimining operatori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatga asosan davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxsdir.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari elektron tizimining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, oʻz elektron resursining tegishli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari hamda maxsus axborot portali bilan belgilangan tartibda uygʻun ishlashini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq axborotning elektron shaklda saqlanishini, shu jumladan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning saqlanishini taʼminlash, shuningdek xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishda davlat xaridlarining elektron tizimini toʻgʻri ishlashi uchun javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz elektron resursini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalariga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ, davlat xaridlari jarayonida ishtirok etayotgan boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi, ijrochi sifatida, shuningdek oʻzining elektron tizimida davlat buyurtmachisi sifatida davlat xaridlarida ishtirok etishga, ularning affillangan shaxsi boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirish va narx belgilash jarayoniga aralashishga, kontragentlarni tanlashda va shartnomalar tuzishda davlat xaridlari subyektlarining erkinligini cheklashga, shuningdek davlat xaridlari subyektlarining huquqlarini boshqacha tarzda cheklashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzatiladigan, olinadigan va saqlanadigan elektron hujjatlar hamda elektron xabarlarning ishonchliligini, shuningdek agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning qonunchilikka muvofiqligini nazorat qilishga yoki tekshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari subyektlari tomonidan joylashtiriladigan elektron hujjatlar va elektron xabarlarning mazmunini oʻzgartirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari elektron tizimining operatori davlat xaridlari subyektlarining ushbu operatorga beriladigan elektron hujjatlari va elektron xabarlarining, shu jumladan boʻlajak davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladigan axborotning mazmuni bilan bogʻliq huquqiy oqibatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Davlat xaridlari jarayoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani tuzish va bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari monitoringi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni “foydalanishga tayyor holda topshirish” shartlari asosida “fast-track” usulida (bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Maxsus axborot portali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus axborot portali vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda koʻzdan kechirishni, shuningdek amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari toʻgʻrisida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni toʻplashni taʼminlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus axborot portalida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotning jamoatchilik uchun ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasidagi axborotni jamlash, unga ishlov berish va tahliliy hisobotni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining elektron tizimlari va boshqa axborot tizimlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari tomonidan davlat xaridlari subyektlarining oʻz vazifalarini ushbu Qonun va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlari talablari doirasida amalga oshirayotganligi ustidan monitoring va nazorat oʻtkazish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus axborot portalida davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish, davlat xaridlari monitoringi va nazoratini oʻtkazish jarayonlari tizimlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari boʻyicha toʻlovlari maxsus axborot portalida davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish va ular toʻgʻrisida axborot joylashtirish, shartnomani tegishli gʻaznachilik boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari tugaganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1141-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Davlat xaridlarining elektron tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari subyektlarining hamkorligini, elektron davlat xaridlari jarayonidagi xarid qilish tartib-taomillari oʻtkazilishini taʼminlaydigan tashkiliy, axborotga oid va texnik yechimlarning dasturiy majmui davlat xaridlarining elektron tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining elektron tizimi vakolatli organ tomonidan belgilangan talablarga, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik parametrlarga oid talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik va texnologik imkoniyatlarga oid talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotni va tegishli maʼlumotlarni saqlovchi asbob-uskunalarning joylashish yeriga oid talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot xavfsizligi usullari va shartlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus axborot portali va boshqa tashqi axborot tizimlari bilan hamkorlik imkoniyatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazishga oid talablarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari subyektlarining, vakolatli organning va xarid qilish tartib-taomillari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlarining tizimdan foydalanish imkoniyatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa talablarga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Davlat xaridlarini rejalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi va xaridlarni tizimlashtirishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda budjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish, shuningdek xoʻjalik faoliyatini rejalashtirish oʻrtasida oʻzaro aloqani taʼminlashdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining yillik reja-jadvali budjet buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25-martiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yil uchun davlat xaridlarining yillik reja-jadvallari korporativ buyurtmachilar tomonidan joriy yilning 25-dekabriga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi chorak uchun davlat xaridlarining choraklik reja-jadvallari davlat buyurtmachilari tomonidan joriy chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron doʻkon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaxshi takliflarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bosqichli davlat xaridlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan ruxsat etilgan xaridlarning boshqa raqobatli turlari.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillari elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining reja-jadvallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi eʼlonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning namunaviy shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur boʻlgan namunaviy shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari bosqichlarining natijalari toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning yagona reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari boʻyicha statistik axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻliq, xolis va ishonchli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Baholash mezonlariga va tartib-taomillariga taalluqli qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha davlat xaridlariga taalluqli boʻlgan takliflarini baholash mezonlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish bazisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsifnomalar va sifat koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qilish (foydalanish) muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov va kafolatlar shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan davrdagi ekspluatatsiya qilishga, shu jumladan foydalanish va taʼmirlashga doir xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik talablariga zid boʻlmagan boshqa mezonlar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi tomonidan belgilanadigan davlat xaridi shartlarida ishtirokchilarning takliflarini baholash mezonlari, ularning nisbiy qiymati, baholash tartib-taomillari doirasida baholash mezonlarini qoʻllash tartibi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning takliflarini baholash va gʻolibni aniqlashda davlat buyurtmachisi faqat xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan baholash mezonlari va tartib-taomillaridan foydalanadi hamda bu mezonlar va tartib-taomillarni ushbu hujjatlarda bayon etilgan tartibda qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitni yaxshilashga koʻmaklashish yoki atrof-muhitga boʻlgan salbiy taʼsirni kamaytirish maqsadida ishtirokchilarning takliflarini baholash va ijrochini aniqlash jarayonida energiya samaradorligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik jihatdan maqbul materiallardan hamda ikkilamchi xom ashyodan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish kabi mezonlardan va xarid qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ekologik maqbulligini baholashga oid boshqa omillardan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Davlat xaridlari qiymatini baholashga taalluqli qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari qiymatining bozor narxlariga muvofiqligini baholash uchun davlat buyurtmachisi ochiq axborot manbalaridagi axborotlardan yoki boshqa ishonchli manbalardan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining narxini oʻrganishi shart.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning narxi hamda ularning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasiga nisbatan belgilangan talablarga amal qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarida sotib olinadigan tovarlar va xizmatlarning narxi hamda ularning oʻrtacha bozor narxi oʻrtasidagi tafovutning eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan aniq chegarasini belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifi xolis, funksional va umumiy xususiyatga ega. Tavsifda tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat, zarur hollarda ekspluatatsiya qilinish xususiyatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining tavsifi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) texnik xossalaridan kelib chiqqan holda, tasniflarni, rejalarni, chizmalarni, eskizlarni, talablarni hamda sinovlar va sinov usullari, qadoqlash, tamgʻalash haqidagi yoki muvofiqlik sertifikati, shuningdek shartli belgilar va atamalar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruksiyaga yoki modelga, u mansub boʻlgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga, eksklyuziv vakolatli huquqqa doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, bundan elektron doʻkon vositasida amalga oshiriladigan xaridlar hamda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi xususiyatlarini taʼriflashning boshqa yetarlicha aniq usuli mavjud boʻlmagan hollar mustasno va bunda davlat xaridining tavsifiga “yoki analogi” degan soʻzlar kiritilishi kerak, bundan tovarlarning bir-biriga mos kelmasligi hollari mustasno.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilishi (koʻrsatilishi) kerak boʻlgan ishlar (xizmatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yetkazib berilishi lozim boʻlgan yoki ishlar bajarilishi, xizmatlar koʻrsatilishi kerak boʻlgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishning maqbul yoki talab etiladigan muddatlari, agar ular mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish hujjatlarida xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash imkonini beradigan koʻrsatkichlar boʻlishi kerak. Bunda shunday koʻrsatkichlarning eng koʻp va (yoki) eng kam qiymatlari, shuningdek oʻzgartirilishi mumkin boʻlmagan koʻrsatkichlarning qiymatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlganda davlat buyurtmachisi tomonidan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kafolat muddatiga va (yoki) ularning sifatiga beriladigan kafolatlar hajmiga, tovarga kafolat xizmati koʻrsatishga, tovardan foydalanish xarajatlariga, tovarni montaj qilish va sozlashning majburiyligiga, tovardan foydalanuvchi va unga xizmat koʻrsatuvchi shaxslarni oʻqitishga doir talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalar va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi xarid qilish hujjatlarida tovarning kafolat muddatiga va (yoki) uning sifatiga beriladigan kafolatlar hajmiga, tovarga kafolat xizmati koʻrsatishga, tovarga kafolat muddati mobaynida xizmat koʻrsatish xarajatlariga, shuningdek tovarni montaj qilish va sozlashga doir, agar bu tovarning texnik hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, talablarni belgilaydi. Yangi mashinalar va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi xarid qilish hujjatlarida ushbu tovarni ishlab chiqaruvchining va (yoki) yetkazib beruvchining kafolatini taqdim etishga hamda bunday kafolatning amal qilish muddatiga nisbatan qoʻshimcha ravishda talablar belgilaydi. Bunday kafolatni berish ushbu tovar bilan birga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarlarning davlat xaridi tavsifida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yetkazib berilayotgan tovar yangi boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish hujjatlariga tovarni ishlab chiqaruvchiga, ishtirokchiga nisbatan davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga zid boʻlgan, oshirib yuborilgan talablarni, shu jumladan ishtirokchining malakasiga nisbatan oshirib yuborilgan talabni (shu jumladan tovarning, ishning yoki xizmatning sifatiga, texnik xususiyatlariga doir talablar, tovarning funksional xususiyatlariga (isteʼmol qilish xususiyatlariga) doir talablar shaklida) kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaga qoʻshimcha kelishuv uning muhim shartlarini, xususan tovar (ish, xizmat), uning sifati va assortimentini oʻzgartirish, miqdorini va bahosini oshirish hamda yetkazib berish muddatini uzaytirish tarzida oʻzgartirmasa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(34-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlar tomonidan qimmatli qogʻozlar shartnomada nazarda tutilganligidan yuqoriroq narxda va (yoki) koʻproq miqdorda joylashtirilgan taqdirda anderrayterlarning xizmatlari uchun shartnoma boshlangʻich summasining 10 foizidan ortiq miqdorda haq toʻlanishiga ruxsat etiladi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Davlat xaridlarining tili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot davlat tilida eʼlon qilinadi va tarqatiladi. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot davlat tili bilan bir vaqtda boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi va tarqatilishi mumkin. Boshqa tillarda eʼlon qilinayotgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotning mazmuni davlat tilida eʼlon qilingan axborotga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, kadrlar resurslarining hamda boshqa resurslarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzish uchun qonuniy huquqqa egalik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikning mavjud emasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining maʼlumotlar bazalarida ishtirokchining sud qarorlari boʻyicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi;
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan joriy etilgan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
(36-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd etilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Ishtirokchilarga qoʻshimcha talablar qoʻyiladigan davlat xaridi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi zarur boʻlganda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) oʻziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishtirokchilarga qoʻshimcha talablar belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar davlat xaridlarining asosiy prinsiplarga zid boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborotda ishtirokchilarga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar ushbu axborot eʼlon qilingan paytda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarga qoʻshimcha talablar qoʻyiladigan davlat xaridida ishtirok etish uchun ishtirokchilar dastlabki malaka tanlovidan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ayrim toifalarini yetkazib berishga doir dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan malakali ishtirokchilarning roʻyxatini yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaxshi takliflarni tanlash, tender va ikki bosqichli davlat xaridlari jarayonida xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan dastlabki malaka tanlovidan oʻtish toʻgʻrisidagi talab mazkur roʻyxatga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari tomonidan ushbu roʻyxat yuritilishi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portalida eʼlon qilinadi va har olti oyda kamida bir marta yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur roʻyxatga kiritish talablariga yoki shartlariga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi axborot bunday oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi hamda ushbu roʻyxatga kiritilgan barcha ishtirokchilarga yetkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malakali ishtirokchilar oʻrtasida dastlabki malaka tanlovini va xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan beshinchi — toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Birgalikdagi davlat xaridlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) birgalikdagi davlat xaridlarini shakllantirish ikki va undan ortiq davlat buyurtmachisining davlat xaridlari reja-jadvallariga koʻra amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi davlat xaridlari natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachilari tomonidan maxsus axborot portaliga shartnomalar tuzilgan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-modda. Markazlashgan davlat xaridlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida bir nechta davlat buyurtmachisi ayni bir turdagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) markazlashgan xaridini markazlashgan xarid organi orqali amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashgan xarid organi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shu jumladan davlat buyurtmachisining tarkibidagi tashkilotlardan belgilanadigan yuridik shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari markazlashgan xarid organi tomonidan xarid qilingan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) qabul qilib olgan taqdirda, davlat buyurtmachilari ushbu Qonunda nazarda tutilgan xarid qilish tartib-taomillariga rioya etgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashgan xarid organi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati maxsus axborot portalida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablari markazlashgan xarid organi tomonidan buzilgan taqdirda javobgarlik markazlashgan xarid organining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlashgan davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-modda. Hadli kelishuv
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari boʻyicha aniqlanadigan bir nechta gʻolib bilan bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatga hadli kelishuv tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid qilish hujjatlarida hadli kelishuvni tuzish shartlarini, shuningdek hadli kelishuvning amal qilish muddati davomida davlat buyurtmachisining kutilayotgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) umumiy hajmini koʻrsatadi. Bunda davlat buyurtmachisi hadli kelishuvda koʻrsatilgan toʻliq summa uchun shartnoma tuzishga majbur emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hadli kelishuvni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(381 va 382-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Takliflarni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi ishtirokchilarga nisbatan takliflarning garov, kafolat, zakalat tarzida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usulda taʼminlanishi zarurligi toʻgʻrisidagi talabni belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarga nisbatan takliflarning taʼminlanishi zarurligi tarzidagi talab barcha ishtirokchilarga taalluqli boʻladi va davlat xaridlarining shartlarida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi ishtirokchilarga nisbatan takliflarning taʼminlanishi zarurligi tarzida talab belgilagan taqdirda, takliflar yuborilguniga qadar ishtirokchi davlat buyurtmachisiga taʼminotning maqbulligini tasdiqlash toʻgʻrisida soʻrov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday soʻrovga ikki ish kuni davomida javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi taklifni taʼminlash summasi toʻlanishini talab qilmaydi va taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjatni bir ish kuni davomida qaytaradi yoki quyidagi voqealardan biri yuz berganidan keyin uning qaytarilishini taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklifni taʼminlashning amal qilish muddati tugashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi taʼminlanishi, agar bunday taʼminlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarining bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Muzokaralar olib borishni taqiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda davlat buyurtmachisining davlat xaridlari elektron tizimining operatori bilan va davlat xaridlari elektron tizimi operatorining ishtirokchi bilan, shuningdek davlat buyurtmachisining gʻolib aniqlanguniga qadar ishtirokchilar bilan muzokaralar olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Xarid qilish hujjatlari va xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan tushuntirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar xarid qilish hujjatlari va qoʻllanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirishlar olish uchun davlat buyurtmachisiga yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilot xarid qilish hujjatlari va qoʻllanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirish berish toʻgʻrisida soʻrov olganidan keyin soʻralgan tushuntirishlarni ikki ish kuni ichida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish hujjatlari va xarid qilish tartib-taomili xususida tushuntirishlar xarid qilish hujjatlari va qoʻllanilayotgan xarid qilish tartib-taomili yuzasidan tushuntirish berish toʻgʻrisidagi soʻrovi bilan bir xil shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi yoki davlat xaridlari elektron tizimining operatori ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u toʻgʻrisida Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrida qayd mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unda soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy etilgan boʻlsa;
(42-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi xarid qilish hujjatlarining malaka, texnik va tijorat talablariga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi davlat xaridlari jarayonida davlat buyurtmachisi tomonidan biror-bir xatti-harakatning sodir etilishiga, qaror qabul qilinishiga yoki biror-bir xarid qilish tartib-taomilining qoʻllanilishiga taʼsir oʻtkazish maqsadida davlat buyurtmachisining yoki boshqa davlat organining istalgan hozirgi yoki sobiq mansabdor shaxsiga yoki xodimiga har qanday shakldagi haqni, ishga yollash toʻgʻrisidagi taklifni yoxud istalgan boshqa qimmatbaho ashyoni yoki xizmatni bevosita yoxud bilvosita taklif qilsa, bersa yoki berishga rozilik bildirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi raqobatga qarshi harakatlarni sodir etsa yoki qonunchilikni buzgan holda manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarsa, shuningdek affillanganlik hollari aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining yoki davlat xaridlari elektron tizimi operatorining ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi qarori va buning sabablari xarid qilish tartib-taomillari haqidagi hisobotga kiritiladi hamda ular haqida tegishli ishtirokchiga darhol xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Gʻolib boʻlgan taklifning aksepti hamda aksept uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi oʻtkazilgan xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha gʻolib boʻlgan taklifning aksepti toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻolib boʻlgan taklifning aksepti quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari bekor qilinmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolib boʻlgan taklifni yuborgan ishtirokchi chetlatilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari buzilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Davlat xaridini bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi gʻolib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi bunday qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi davlat xaridi bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan bekor qilish davlat buyurtmachisining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibati boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Odob-axloq qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilotlar, ekspert tashkilotlari davlat xaridlarini amalga oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi Odob-axloq qoidalarini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xodimlarning kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish tartib-taomillari va unga doir talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odob-axloq qoidalarida davlat buyurtmachilari, davlat xaridlari elektron tizimining operatori, ixtisoslashgan tashkilotlar, ekspert tashkilotlari xodimlarining, xarid komissiyasi aʼzolarining kasbga doir va xizmatdan tashqari faoliyatida odob-axloqning yagona prinsiplari va qoidalari, kasbiy tayyorgarligiga doir talablar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisining va davlat xaridlari elektron tizimi operatorining masʼul shaxslari, ixtisoslashgan va ekspert tashkilotlarining xodimlari, xarid komissiyasi aʼzolari, shuningdek ekspertlar tomonidan ishtirokchilar hamda ijrochilardan moddiy va nomoddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odob-axloq qoidalari davlat buyurtmachilarining yoki ularning yuqori turuvchi organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari jarayonida quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ishtirokchining va (yoki) ushbu ishtirokchi vakolatli vakilining yaqin qarindoshlari ijrochini tanlash boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega boʻlsa, shuningdek davlat buyurtmachisining yoki u tomonidan jalb etilgan ixtisoslashgan tashkilotning vakili boʻlsa, ishtirokchining davlat xaridlarida ishtirok etishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarni kamsitishga, boshqa ishtirokchilarga zarar yetkazgan holda bir ishtirokchiga imtiyozlar yoki preferensiyalar taqdim etishga, bundan ushbu Qonun 16-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatlar toʻqnashuviga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli boʻlmagan usullarini qonunga xilof ravishda tanlashga, davlat xaridlari subyektlariga taʼsir oʻtkazishga, davlat xaridlarida ishtirokchilarning ishtirok etishi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishga, ularning sonini asossiz ravishda cheklashga yoki ularning malakasiga qoʻyilgan talablarni oshirishga, raqobatga yoʻl qoʻymaslikning, uni cheklashning yoki bartaraf etishning boshqa shakllariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonning matniga ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan qonunga xilof talablarni kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni yoki ishtirokchilarni saralash natijalarini buzib koʻrsatish maqsadida ishtirokchilarning oldindan til biriktirishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan axborotni taqdim etishga yoki tarqatishga, shuningdek davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishni asossiz ravishda cheklashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatga asoslangan usullarini chetlab oʻtish maqsadida davlat xaridlari hajmini qismlarga boʻlib tashlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarning sunʼiy tarzda pasaytirilgan narxlar boʻyicha takliflar berishiga, keyinchalik shartnomani imzolashni yoki uni tegishli tarzda bajarishni rad etishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridi tarkibiga texnologik va funksional jihatdan oʻzaro bir-biri bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiyaning namoyon boʻlishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbalari va miqdorlari mavjudligi toʻgʻrisida tasdiqlarga ega boʻlmagan yoki ajratilgan mablagʻlar hajmidan ortiq miqdordagi davlat xaridlarini amalga oshirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Shartnomalarning yagona reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ davlat xaridlari elektron tizimlarining va maxsus axborot portalining axborotlar bazalari oʻrtasida axborot almashish orqali Shartnomalarning yagona reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning yagona reyestriga quyidagi hujjatlar va axborot kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirish manbasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochini aniqlash usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomilining natijalari sarhisob qilinadigan sana va shartnoma tuzish asoslarini tasdiqlovchi hujjatning rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning (ishning, xizmatning) nomi, shartnoma bahosi va uni bajarish muddati, tovar (ish, xizmat) birligining narxi, u kelib chiqqan mamlakatning va ishlab chiqaruvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi soliq toʻlovchining nomi, firma nomi (agar mavjud boʻlsa), joylashgan yeri (yuridik shaxs uchun — pochta manzili), familiyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud boʻlsa), yashash joyi (jismoniy shaxs uchun), ijrochining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami yoki chet ellik shaxs uchun tegishli chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ijrochining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami analogi, benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi axborot, bundan tarixiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan va davlat muzey, axborot-kutubxona, arxiv fondlarini, kino fondlarini, fotosuratlar fondlarini va shunga oʻxshash fondlarni toʻldirish uchun moʻljallangan madaniy qimmatliklarni, shu jumladan muzey ashyolarini va muzey kolleksiyalarini, shuningdek noyob va qimmatbaho nashrlarni, qoʻlyozmalarni, arxiv hujjatlarini (shu jumladan ularning koʻchirma nusxalarini) yetkazib beruvchi boʻlgan jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi axborot mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaning oʻzgartirilgan shartlari koʻrsatilgan holda shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomani ijro etish toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan shartnoma uchun haq toʻlash, shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlik munosabati bilan moliyaviy sanksiyalar (jarimalar, penyalar) hisoblanishi toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bekor qilish sabablari va asoslari koʻrsatilgan holda shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning yagona reyestridagi axborot toʻlov undirilmagan holda tanishib chiqish uchun ochiqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish tartibi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot Shartnomalarning yagona reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻsha shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri vakolatli organ tomonidan shakllantiriladigan roʻyxatdan iborat boʻlib, unga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ijrochining ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin emas, bu muddat tugaganidan keyin ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochilar Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron doʻkon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Elektron doʻkon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron doʻkonda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravarigacha) qiymatdagi tovarlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha) qiymatdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridlari amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron doʻkon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron doʻkon orqali budjet buyurtmachisi tomonidan ayni bir turdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ buyurtmachilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Elektron doʻkonda takliflarning joylashtirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron doʻkon ishtirokchilarning takliflaridan shakllantiriladi. Ishtirokchining elektron doʻkonda qoʻyilgan taklifi davlat buyurtmachilariga yuborilgan ommaviy ofertadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchi tomonidan elektron doʻkonda joylashtirilgan taklifda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning eng koʻp va eng kam toʻpi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning rusumi va texnik parametrlari (standartlashtirish boʻyicha normativ hujjat, texnik pasport);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yetkazib beriladigan (ish bajariladigan, xizmat koʻrsatiladigan) hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni ishlab chiqaruvchi va u kelib chiqqan mamlakat toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kafolat shartlari va muddati toʻgʻrisidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar ishlab chiqarilgan yil (oziq-ovqatlar va tez buziladigan tovarlarning ishlab chiqarilgan kuni, oyi, yili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning yaroqlilik muddati (kun, oy, yil);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni bajarish, xizmatni koʻrsatish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni (ishni, xizmatni) majburiy sertifikatlashtirish talab etiladigan hollarda muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisidagi axborot, shuningdek sanitariya-epidemiologik, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka binoan litsenziyalashning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat olishning yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnomani yuborishning majburiy talabi mavjud boʻlgan hollarda litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnoma mavjudligi toʻgʻrisidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchining ofertasi u elektron doʻkonda joylashtirilgan paytdan eʼtiboran oʻn besh ish kuni mobaynida amal qiladi. Ushbu muddat tugaganidan keyin ishtirokchi uni yana oʻn besh ish kuniga aktivlashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oferta davlat buyurtmachisi tomonidan akseptlangunga qadar ishtirokchi ofertani har qanday muddatda chaqirib olishga yoki unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Elektron doʻkonda xarid qilish tartib-taomilini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi elektron doʻkonda ishtirokchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va tovar (ish, xizmat) tanlanganidan keyin narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda, narxlar soʻrovi mexanizmini amalga oshirgan holda tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek elektron doʻkonda oʻxshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish toʻgʻrisida takliflar yuborilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar narxlar soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni ichida oʻz takliflarini berishga haqli.
(51-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarga yuborilayotgan narxlar soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasiga doir havolani oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish taklifini olgan ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan oferta narxidan pastroq narx boʻyicha taklif kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va eng past narxni taklif qilgan ijrochi oʻrtasida tuzilgan bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan davlat buyurtmachisi yoki ishtirokchilar yakunlar sarhisob qilinadigan paytga qadar foydalana olmaydi. Ijrochining nomi gʻolib aniqlangan paytda davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining elektron tizimi shartnomani davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillarining yakuniga koʻra faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan hollarda davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisiga elektron shaklda savdolashish imkonini beruvchi soʻrovni yuboradi. Bunda davlat buyurtmachisida tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga u taklif qilgan narxdan pastroq asoslangan narx soʻrovini yuborish imkoniyati paydo boʻladi. Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi bunday soʻrovni bir ish kuni ichida qabul qilishi yoki rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx soʻrovini qabul qilganda davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va ijrochi oʻrtasidagi bitimni davlat buyurtmachisi tomonidan yuborilgan soʻrov narxi asosida roʻyxatdan oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchi narx soʻrovini qabul qilmasa yoki rad etsa, davlat buyurtmachisi oʻz xohishiga koʻra mazkur ishtirokchi bilan shartnomani rasmiylashtirishi yoki ushbu Qonun talablariga muvofiq kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili yoki boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion yoxud eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridni amalga oshirishi mumkin. Bunda javobgarlik davlat buyurtmachisining zimmasiga yuklatiladi.
(51-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xarid qilish tartib-taomillari tugaganidan keyin bir ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan narx soʻrovi yuborilmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachisi va ijrochi oʻrtasidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi tomonidan narxlarni oʻrganish davlat xaridlarining elektron tizimi yoki boshqa ochiq manbalarning maʼlumotlaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdolar yakunlariga koʻra shartnoma majburiyatlarini bajarish xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisi tomonidan rad etilgan taqdirda davlat xaridlarining elektron tizimi gʻolibdan keyingi eng past narxni taklif etgan boshqa ishtirokchini gʻolib deb belgilaydi, bunda mazkur ishtirokchiga gʻolib tomonidan taklif etilgan narx asosida shartnoma tuzish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gʻolibdan keyingi eng past narxni taklif qilgan ishtirokchi shartnoma tuzishni rad etsa, davlat buyurtmachisi xaridni ushbu Qonun talablariga muvofiq kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili (ushbu Qonunning 511-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion yoxud eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan oʻn beshinchi va oʻn oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
511-modda. Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Summasi bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan oshmaydigan (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdoridan oshmaydigan) davlat xaridlari xarid komissiyasining ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, biroq bir moliya yilida bir korporativ buyurtmachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravari miqdoridan oshmasligi va bir moliya yilida bir budjet buyurtmachisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda gʻolib davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilmagan holda, ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni solishtirish yoʻli bilan yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) kamida uchta potensial yetkazib beruvchilaridan narxlarni soʻrash yoʻli bilan davlat buyurtmachisi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
512-modda. Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish asoslarini, shuningdek tuzilgan shartnomalar va ularga doir qoʻshimcha kelishuvlar toʻgʻrisidagi axborotni ular tuzilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay maxsus axborot portaliga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha shartnoma davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining taklifida koʻrsatilgan shartlar asosida hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narx boʻyicha tuziladi.
(51-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksionni oʻtkazish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion (bundan buyon matnda auksion deb yuritiladi) vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning standart xususiyatlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini baholash hamda taqqoslash zarurati mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) boʻlgan miqdorini tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar va ishlarning davlat xaridi auksion obyekti boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni eʼlonda bayon etilgan shartlar asosida eng past narx boʻyicha yetkazib berishni taklif qilgan ishtirokchi auksion gʻolibi boʻladi. Bunda mazkur norma belgilangan sifat standartlariga muvofiq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish talabini bekor qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion faqat elektron shaklda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionda ishtirok etish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga eʼlon joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon u amalga oshirilishidan kamida besh ish kuni avval joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksionning birinchi va oxirgi kuni (auksion oʻtkaziladigan davr);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion predmetining boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auksion predmeti va uning xususiyati (auksion predmetining tasnifi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yetkazib berish muddatlari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yetkazib beriladigan joy (manzil);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning amaldagi standart talabiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat mavjudligi haqidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar majburiy sertifikatlashtirilishi talab etiladigan hollarda, muvofiqlik sertifikati va sanitariya-epidemiologik xulosa mavjudligi toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoxud faoliyatni boshlagani haqidagi xabarnoma mavjudligi toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning oʻziga xos xususiy parametrlarini ifodalovchi shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonning va davlat buyurtmachisi buyurtmanomasining matniga auksion predmetiga taalluqli boʻlmagan va ishtirokchilar oʻrtasida raqobatni cheklaydigan talablarni kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon avtomatik ravishda davlat buyurtmachisining buyurtmanomasi etib oʻzgartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Auksionni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlangʻich narxni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionni oʻtkazish, kiritilgan taʼminot summasiga muvofiq har bir lot boʻyicha auksiondan foydalanish, auksion gʻoliblarini aniqlash, bitimni roʻyxatdan oʻtkazish va shartnomani shakllantirish davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionni oʻtkazish chogʻida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan eʼtiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narx boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bogʻlanishga doir maʼlumotlar auksion gʻolibi aniqlanadigan paytga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion tugaydigan vaqt kelganda davlat xaridlarining elektron tizimi auksion oʻtkazilgan vaqt davomida berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan taklifni avtomatik ravishda aniqlab oladi. Eng past narx koʻrsatilgan taklifni bergan ishtirokchi auksion gʻolibi sifatida davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan saralab olinadi. Ijrochining nomi davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilib, ushbu tizim tuzilgan bitimni avtomatik ravishda qayd etadi va davlat buyurtmachisining buyurtmanomasida bayon etilgan shartlarga muvofiq shartnomani shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion yakunlariga koʻra, shartnoma majburiyatlarini bajarish xarid qilish tartib-taomilining ishtirokchisi tomonidan rad etilgan taqdirda, davlat xaridlarining elektron tizimi gʻolibdan keyingi eng past narxni taklif qilgan ishtirokchini gʻolib deb belgilaydi, bunda mazkur ishtirokchiga gʻolib tomonidan taklif etilgan narx asosida shartnoma tuzish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gʻolibdan keyingi eng past narxni taklif qilgan ishtirokchi shartnoma tuzishni rad etsa, davlat buyurtmachisi xaridni ushbu Qonun talablariga muvofiq elektron doʻkon vositasida (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili (ushbu Qonunning 511-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoxud eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin.
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Auksionni oʻtkazilmagan deb eʼlon qilishning umumiy tartibi va oqibatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi va gʻolib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga uzaytirishi yoki xaridni ushbu Qonun talablariga muvofiq elektron doʻkon vositasida (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili (ushbu Qonunning 511-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoxud eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin.
(55-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionni uzaytirish avvalgi auksion tamom boʻlgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Eng yaxshi takliflarni tanlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Eng yaxshi takliflarni tanlashni oʻtkazish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaxshi takliflarni tanlash (bundan buyon matnda tanlash deb yuritiladi) vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolibni aniqlash mezonlari tovar (ish, xizmat) davlat xaridining nafaqat pul ifodasiga, balki miqdoriy va sifat bahosiga ham ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning (ishning, xizmatning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun olti ming baravarigacha) boʻlgan miqdorni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat buyurtmachilariga tender oʻtkazmasdan xaridlarni amalga oshirish huquqi berilsa, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qatʼi nazar tanlash orqali amalga oshiriladi. Bunda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan hollarda davlat xaridiga doir texnik topshiriqlar qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasiga (bundan buyon matnda Kompleks ekspertiza qilish markazi deb yuritiladi) kiritiladi.
(56-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash majburiy tartibda elektron shaklda oʻtkaziladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Tanlashni oʻtkazishda xarid komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridini tanlash orqali amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisining xodimlari orasidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlashni oʻtkazishda xarid komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlishi lozim, har bir majlis va qabul qilingan qaror bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash vositasidagi davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra — uning rasmiy veb-saytiga yoki uning yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yoʻli bilan maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat buyurtmachilariga tender oʻtkazmasdan xaridlarni amalga oshirish huquqi beriladigan boʻlsa, tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon faqat davlat xaridiga doir texnik topshiriq boʻyicha Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari davlat buyurtmachisi tomonidan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni oldin maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra — oʻzining rasmiy veb-saytiga yoki oʻzining yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) oʻziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqib, davlat buyurtmachisi tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganiga nisbatan uzoqroq muddatga joylashtirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon quyidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlashni oʻtkazish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlash oʻtkaziladigan joyning manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan bogʻlanish uchun aloqa bogʻlovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar tomonidan takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklifni rasmiylashtirishga doir talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon va (yoki) tanlashda ishtirok etish uchun taklif qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa axborotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta, toʻlov tartibi va yetkazib berish shartlari haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlashda ishtirok etish uchun taklifni davlat tilida va, zaruriyatga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilarga tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga muvofiq takliflarni baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlash ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ariza taqdim etish majburiyligi haqidagi talab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida koʻrib chiqilishini eʼlon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tanlashning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta gʻolib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun gʻolib xarid qilish tartib-taomilining shartlariga koʻra alohida-alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlariga ularning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tanlashda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan bir ish kunidan kechiktirmay tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ushbu tanlashda takliflarni taqdim etishning tugash muddati kamida uch ish kuniga uzaytiriladi. Shu bilan birga, eʼlonda koʻrsatilgan axborot oʻzgartirilgan boʻlsa, tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonga oʻzgartirishlar kiritiladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Tanlash ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash ishtirokchilarining takliflari eʼlonda va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan tartibda ularning davlat xaridlari elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali, eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etiladi.
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda tanlash oʻtkazish chogʻida tanlash ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklifda davlat xaridi obyekti boʻlgan tovar eskizining, rasmining, chizmasining, fotosuratining va boshqa materiallarning elektron shakli boʻlishi mumkin.
(60-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash uchun takliflarni qabul qilish maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimida chop etilgan eʼlonda koʻrsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Tanlashni oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tanlashda ishtirok etish uchun takliflarni taqdim etish muddati tugagan paytda faqat bitta taklif taqdim etilgan yoki birorta ham taklif taqdim etilmagan boʻlsa, tanlash oʻtkazilmagan deb hisoblanadi. Bunda davlat buyurtmachisi ushbu Qonun talablariga muvofiq yangi tanlash oʻtkazishi yoxud elektron doʻkon (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili (ushbu Qonunning 511-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoxud auksion orqali xaridni amalga oshirishi mumkin.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda tanlash oʻtkaziladigan vaqt sifatida koʻrsatilgan vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etadigan elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini tekshiradi. Agar ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek biriktirilishi zarur boʻlgan hujjatlarni toʻldirish va joylashtirish uchun majburiy boʻlgan boʻsh maydonlar mavjud boʻlsa, davlat xaridlarining elektron tizimi aniq sababni koʻrsatgan holda, ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning tanlash ishtirokchisining taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilardan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga javob beradigan kamida ikkita taklif olingan boʻlsa, tanlash oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning barcha takliflari tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida baholanadi va tanlash oʻtkazish bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning takliflarini baholash ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(61-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Tanlash gʻolibini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni taqqoslash natijalariga koʻra xarid komissiyasi tanlash gʻolibini aniqlaydi va tanlash oʻtkazish natijalarini bayonnomada aks ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasining qarori bilan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va taklifda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq gʻolibning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan ishtirokchi sifatida eʼtirof etilgan zaxiradagi gʻolib aniqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma davlat buyurtmachisi tomonidan u rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimiga muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar kelib tushmagan boʻlsa, davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasi tomonidan gʻolib deb topilgan ishtirokchi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin kelib tushgan eʼtirozlar xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar kelib tushganda, xarid komissiyasi eʼtirozlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi tomonidan xarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari toʻgʻrisidagi axborot asosida xarid komissiyasining tegishli majlisi bayonnomasi rasmiylashtiriladi va imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
(62-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
621-modda. Malakali ishtirokchilar oʻrtasida tanlash oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malakali ishtirokchilar oʻrtasidagi tanlash ushbu Qonunning 37-moddasiga muvofiq dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan barcha ishtirokchilarni tanlashda ishtirok etishga taklif qiladi yoxud xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat) xususiyatlarining murakkabligidan, ishtirokchilarning oʻz vaqtida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish borasidagi salohiyati hamda ish tajribasidan kelib chiqqan holda, ularning orasidan ishtirokchilarning cheklangan sonini hamda malakali ishtirokchilar roʻyxatini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning cheklangan sonini va malakali ishtirokchilar roʻyxatini belgilashda davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning saviyasini xolisona va davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga muvofiq aniqlaydi hamda ularga tanlashda ishtirok etish toʻgʻrisidagi takliflarni yuboradi.
(621-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Tanlash natijalarini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlash natijalariga doir shartnoma tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va oʻzi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlash ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(63-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida gʻolib shartnomaning shartlari bajarilishi taʼminotini taqdim etganidan keyin shartnoma tuzilishini nazarda tutuvchi shart qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻolib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi gʻolib aniqlangan boʻlsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi gʻolibga oʻtadi. Bunda zaxiradagi gʻolib gʻolib tomonidan taklif etilgan narx boʻyicha (bundan zaxiradagi gʻolib taklif etgan narx gʻolib tomonidan taklif etilgan narxdan past boʻlgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi gʻolib aniqlanmagan boʻlsa yoki zaxiradagi gʻolib shartnoma tuzishni rad etgan boʻlsa, davlat buyurtmachisi ushbu Qonun talablariga muvofiq yangi tanlash oʻtkazishi yoxud elektron doʻkon (ushbu Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlar doirasida) yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomili yoxud auksion orqali xaridni amalga oshirishi mumkin.
(63-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tender
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Tender oʻtkazish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, xizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender majburiy tartibda elektron shaklda oʻtkaziladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Tender oʻtkazish boʻyicha xarid komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridini tender oʻtkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlari tender ishtirokchilarining takliflarini baholash boʻyicha eʼlon qilingan mezonlar asosida xarid komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar majlisda xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Barcha qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender vositasidagi davlat xaridi toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra uning veb-saytiga yoki uning yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalarida tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni va tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yoʻli bilan maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon faqat tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari yuzasidan Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon tender ishtirokchilaridan takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻn ikki ish kuni va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderni oʻtkazish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning (ishning, xizmatning) batafsil tavsifi va boshlangʻich narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender oʻtkaziladigan joyning manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining ishtirokchilar bilan bogʻlanish uchun aloqa bogʻlovchi shaxslar sifatida belgilangan bir yoki bir nechta mansabdor shaxslarining yoki boshqa xodimlarining familiyasi, ismi, sharifi, lavozimi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflar berish muddati tugaydigan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender taklifini rasmiylashtirishga doir talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa axborotni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish bilan bir vaqtda davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bahosini va ijrochilar bilan hisob-kitoblarni shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta hamda toʻlov tartibi haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tenderda ishtirok etish uchun taklifni davlat tilida va, zaruriyatga qarab, boshqa tillarda tayyorlash majburiyligi toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchisi taklifining texnik va narxga oid qismi, ularni baholash tartibi haqidagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilariga tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlarni taqdim etish tartibi, taqdim etish muddati boshlanadigan va tugaydigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga muvofiq tender ishtirokchilarining takliflarini baholash mezonlari va koʻrib chiqish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender ishtirokchilari tomonidan korrupsiya koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha arizani taqdim etish majburiyligi haqidagi talab.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida koʻrib chiqilishini eʼlon qilishi mumkin. Bunday holda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir tovar (ish, xizmat) uchun faqat bitta gʻolib aniqlanishi mumkin. Har bir tovar (ish, xizmat) uchun gʻolib xarid qilish tartib-taomili shartlariga koʻra alohida-alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlariga uning ajralmas qismi boʻlgan shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida bir ish kuni oldin tender boʻyicha xarid qilish hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunda ushbu tenderda takliflar berish tugaydigan muddat kamida oʻn ish kuniga uzaytiriladi. Shu bilan bir vaqtda, agar eʼlonda koʻrsatilgan axborot oʻzgartirilgan boʻlsa, tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonga oʻzgartishlar kiritiladi. Tovarning (ishning, xizmatning) nomini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender ishtirokchisi davlat buyurtmachisiga tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari qoidalariga doir tushuntirishlar berish toʻgʻrisida soʻrov yuborishga haqli. Mazkur soʻrov kelib tushgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida davlat buyurtmachisi, agar ushbu soʻrov davlat buyurtmachisiga takliflar berish muddati tugaydigan sanadan kamida ikki ish kuni oldin kelib tushgan boʻlsa, tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlarni yuboradi. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini oʻzgartirmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda ekspertiza uchun Kompleks ekspertiza qilish markaziga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi tuzilgan shartnomalar, import kontraktlari va ularga qoʻshimcha kelishuvlarning xarid qilish hujjatlariga muvofiqligi va haqiqiyligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Tender ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender ishtirokchilarining takliflari eʼlonda va tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan tartibda ularning davlat xaridlari elektron tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali, eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay elektron shaklda taqdim etiladi.
(68-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda tender oʻtkazish chogʻida tender ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklifda davlat xaridi obyekti boʻlgan tovar eskizining, rasmining, chizmasining, fotosuratining va boshqa materiallarining elektron shakli boʻlishi mumkin.
(68-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender ishtirokchisi faqat bitta taklif berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderda ishtirok etish uchun takliflarni qabul qilish maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimida chop etilgan eʼlonda koʻrsatilgan muddat kelishi bilan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar takliflar berish muddati tugagan vaqtda tender ishtirokchilaridan kamida ikkita taklif olingan boʻlsa, tender ishtirokchilarining takliflari xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderda bitta ishtirokchi ishtirok etgan yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, tender oʻtkazilmagan deb topiladi. Bunday holda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini ayni oʻsha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart. Tovarga (ishga, xizmatga) doir baholash shartlari, mezonlari va talablarni oʻzgartirish zarur boʻlganda, xarid komissiyasi asoslarni koʻrsatgan holda tegishli qarorni qabul qiladi. Tender ishtirokchisi bunday takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga oʻzgartishlar kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taklif ushbu Qonunning va tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiq kelsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taklifni kiritgan tender ishtirokchisi ushbu Qonunda belgilangan talablarga mos kelmasa yoki tender ishtirokchisining taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, shuningdek tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelmasa, xarid komissiyasi taklifni rad etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlonda tender oʻtkaziladigan vaqt sifatida koʻrsatilgan vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etadigan elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini tekshiradi. Agar ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek biriktirilishi zarur boʻlgan hujjatlarni toʻldirish va joylashtirish uchun majburiy boʻlgan boʻsh maydonlar mavjud boʻlsa, davlat xaridlarining elektron tizimi aniq sababni koʻrsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishtirokchining tender taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
(69-moddaning toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan mezonlar asosida tender gʻolibini aniqlash uchun xarid komissiyasi rad etilmagan takliflarni baholashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda tender ishtirokchisi taklifining texnik qismini baholash amalga oshiriladi. Xarid komissiyasining tender taklifining texnik qismini baholash boʻyicha qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, bayonnomada tenderning birinchi bosqichini baholash yakunlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderning ikkinchi bosqichi tenderning birinchi bosqichidan oʻtgan kamida ikki nafar ishtirokchining takliflari mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan narx qismini baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
(69-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
(69-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan chiqarilish sanasi 2025-yil 1-mart — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan boʻlsa yoki faqat bitta taklif tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda — agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan boʻlsa, tender oʻtkazilmagan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) texnik xususiyatlaridan kelib chiqib, tender bir bosqichda oʻtkazilishi mumkin. Bunda davlat buyurtmachisi bu haqda tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatishi kerak. Mazkur holatda tender taklifining texnik va narxga oid qismlarini ochish hamda baholash bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender bir bosqichda oʻtkazilganda, agar xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan boʻlsa yoki faqat bitta taklif tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq kelsa, tender oʻtkazilmagan deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va taklifda koʻrsatilgan mezonlar asosida shartnomani bajarishning eng yaxshi shartlarini taklif qilgan tender ishtirokchisi gʻolib deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va taklifda koʻrsatilgan mezonlarga muvofiq gʻolibning taklifidan keyingi eng maqbul taklifni taqdim etgan deb topilgan ishtirokchi xarid komissiyasining qarori bilan zaxiradagi gʻolib deb belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida tenderning har bir tovari (ishi, xizmati) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi sifatida koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan boʻlsa, xarid komissiyasi gʻolibni tenderning har bir predmeti boʻyicha aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni koʻrib chiqish va baholash natijalari takliflarni koʻrib chiqish hamda baholash bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasida quyidagi axborot boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozir boʻlgan xarid komissiyasi aʼzolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflari koʻrib chiqilgan tender ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender gʻolibi toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tender gʻolibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), turgan joyi (pochta manzili).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid komissiyasi aʼzolari majlisning davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladigan elektron bayonnomasini elektron raqamli imzodan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnoma davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda eʼlon qilinadi.
(69-moddaning oʻn yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tenderning istalgan ishtirokchisi takliflarni koʻrib chiqish va baholash bayonnomasi eʼlon qilinganidan keyin davlat buyurtmachisiga tender natijalari boʻyicha tushuntirishlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday soʻrov kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida tender ishtirokchisiga tegishli tushuntirishlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasi takliflarni qabul qilish tugaydigan paytga qadar ularni muhokama qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Tender natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender natijalari boʻyicha shartnoma tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(70-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻolib shartnoma tuzishdan bosh tortgan taqdirda unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi gʻolib aniqlangan boʻlsa, shartnoma tuzish va unga doir majburiyatlarni bajarish huquqi zaxiradagi gʻolibga oʻtadi. Bunda zaxiradagi gʻolib gʻolib tomonidan taklif etilgan narxda (bundan zaxiradagi gʻolib taklif etgan narx gʻolib tomonidan taklif etilgan narxdan past boʻlgan hollar mustasno) shartnoma tuzadi yoki shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin. Agar xarid komissiyasi tomonidan zaxiradagi gʻolib aniqlanmagan boʻlsa yoki zaxiradagi gʻolib shartnoma tuzishdan bosh tortsa, davlat buyurtmachisi yangi tender oʻtkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tender natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga u tuzilgan sanadan boshlab besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
(70-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
701-modda. Malakali ishtirokchilar oʻrtasida tender oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malakali ishtirokchilar oʻrtasidagi tender ushbu Qonunning 37-moddasiga muvofiq dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi dastlabki malaka tanlovidan oʻtgan barcha ishtirokchilarni tenderda ishtirok etishga taklif qiladi yoxud xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat) xususiyatlarining murakkabligidan, ishtirokchilarning oʻz vaqtida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish borasidagi salohiyati hamda ish tajribasidan kelib chiqqan holda, ularning orasidan ishtirokchilarning cheklangan sonini hamda malakali ishtirokchilar roʻyxatini belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilarning cheklangan sonini va malakali ishtirokchilar roʻyxatini belgilashda davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning saviyasini xolisona va davlat xaridlarining asosiy prinsiplariga muvofiq aniqlaydi hamda ularga tenderda ishtirok etish toʻgʻrisidagi takliflarni yuboradi.
(701-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-bob. Ikki bosqichli davlat xaridlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
702-modda. Ikki bosqichli davlat xaridlarini oʻtkazish mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlari quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻolibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, xizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki texnik, ekspluatatsiya qilinish xususiyatlarini va boshqa xususiyatlarini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham oʻz ichiga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq) miqdorni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
703-modda. Ikki bosqichli davlat xaridlarini oʻtkazish boʻyicha xarid komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridini ikki bosqichli davlat xaridlari oʻtkazish orqali amalga oshirish uchun kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar majlisda xarid komissiyasi aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, xarid komissiyasi vakolatli hisoblanadi. Barcha qabul qilingan qarorlar bayonnomalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
704-modda. Ikki bosqichli davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan cheklanmagan miqdordagi shaxslarga maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra uning rasmiy veb-saytiga yoki uning yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga xaridlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va xarid boʻyicha xarid qilish hujjatlarini joylashtirish yoʻli bilan maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon faqat xarid qilish hujjatlari yuzasidan Kompleks ekspertiza qilish markazining ijobiy xulosasi olinganidan keyin joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon va xarid qilish hujjatlari davlat buyurtmachisi tomonidan har bir bosqich boʻyicha takliflarni qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida yigirma ish kuni oldin maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga, shuningdek davlat buyurtmachisining xohishiga koʻra, uning rasmiy veb-saytiga yoki uning yuqori turuvchi organining rasmiy veb-saytiga, shuningdek ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
705-modda. Ikki bosqichli davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda ikki bosqichli davlat xaridlari ishtirokchilari xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) eng kam texnik xususiyatlarini aks ettiruvchi dastlabki oʻz texnik takliflarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik talablar davlat buyurtmachisining ehtiyojlaridan, xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) moʻljallanilgan maqsadi va funksiyalaridan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlari ishtirokchilari tomonidan taqdim etiladigan takliflar ikki bosqichli davlat xaridlarining xarid qilish hujjatlariga va ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlarini elektron shaklda oʻtkazish chogʻida ikki bosqichli davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
706-modda. Ikki bosqichli davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda takliflarni taqdim etish muddati tugagach, davlat buyurtmachisi takliflarni koʻrib chiqadi va baholaydi. Bunda xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan texnik parametrlarga asosan texnik va ekspluatatsiya qilinish xususiyatlari boʻyicha eng maqbul takliflarni taqdim etgan ishtirokchilar birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining ikkinchi bosqichi birinchi bosqichdan oʻtgan kamida ikki nafar ishtirokchining takliflari mavjud boʻlganda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqichni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish jarayonida davlat buyurtmachisi kelib tushgan dastlabki takliflarga muvofiq oʻzining dastlabki talablarini qayta koʻrib chiqadi va takomillashtiradi, bunda davlat xaridi predmetini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlarining ikkinchi bosqichida davlat buyurtmachisi tomonidan oʻzgartirish kiritilgan xarid qilish hujjatlari birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilarga yigirma ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda yuboriladi va ularga oʻz uzil-kesil takliflarini taqdim etish orqali xaridda ishtirok etish taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflar turli darajadagi texnik afzalliklardan, iqtisodiy barqarorlik jihatlaridan, shu jumladan hayotiy davrning qiymatidan kelib chiqqan holda baholanadi. Yakuniy baholash xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash muddati har bir bosqich boʻyicha takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran yigirma ish kunidan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takliflarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ikki bosqichli davlat xaridlari, agar ikkinchi bosqichda xarid komissiyasi barcha takliflarni rad etgan boʻlsa, oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
707-modda. Ikki bosqichli davlat xaridlarining natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlarining natijalari boʻyicha shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki bosqichli davlat xaridlarining natijalari boʻyicha tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga ular tuzilgan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay joylashtiriladi.
(81-bob Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlari quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan yagona yetkazib beruvchi bilan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sud muhokamalarida ishtirok etish uchun advokatni (vakilni) tayinlash bilan bogʻliq boʻlgan davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) boshqa yetkazib beruvchi tomonidan mahsulot yetkazib berish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, litsenziya bitimiga (shartnomasiga, kontraktiga) asosan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) intellektual faoliyat natijalari muallifidan yoki intellektual faoliyat natijalaridan mutlaq foydalanish huquqiga ega boʻlgan yetkazib beruvchidan, shuningdek fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari kabi intellektual faoliyat natijalarining ushbu intellektual mulk obyektiga nisbatan mutlaq huquqqa ega boʻlgan yagona shaxsdan davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) narxi (tarifi) davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat buyurtmachisi faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat safarlari va boshqa hollar uchun chiptalarning davlat xaridi (avia, temir yoʻl va yoʻnalishli transportiga), shuningdek yashash xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) boshqa yetkazib beruvchi tomonidan xizmat koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, yetkazib beruvchi tomonidan avval olib kelingan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) kafolat muddati tugaganidan keyin va joriy xizmat koʻrsatish (ehtiyot qismlarni xarid qilish), shuningdek avval xarid qilingan dasturiy mahsulotni kuzatish va (yoki) uni funksiyaviy jihatdan kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarni saqlash hamda olib kirish (olib chiqish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) favqulodda hollarda tabiat hodisalari, epidemiyalar va kasalliklar tarqalishining oldini olish yoki uning oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanadigan davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) tabiiy ofatlarning va texnogen halokatlarning oqibatlarini tezkor bartaraf etish, shuningdek davlat buyurtmachisining toʻlaqonli faoliyat olib borishiga taʼsir koʻrsatadigan tarzda kommunikatsiyalar, mexanizmlar, jihozlar va boshqa asbob-uskunalar ishdan chiqqan hollarda avariyalarni bartaraf etish uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari va muassasalarining sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlariga yoʻllanmalarning, shuningdek madaniy-ommaviy tadbirlarga chiptalarning davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Oʻzbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilaridan yoki ularning rasmiy dilerlaridan va distribyutorlaridan xarid qilinadigan yangi avtotransport vositalarining, maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikasining davlat xaridi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) qoʻshimcha ishlarni va xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan oshmaydigan miqdordagi xarajatlar, bundan ushbu Qonun 34-moddasining oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno;
(71-modda birinchi qismining 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1057-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) aviatsiya korxonalari tomonidan ishlab chiqaruvchilardan yoki sertifikatlashtirilgan yetkazib beruvchilardan import shartnomalari boʻyicha xarid qilinadigan aviatsiya texnika jihozlari, shu jumladan havo kemalari, aviadvigatellar va ularning butlovchi qismlari, aviatsiya uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarning davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, chet davlatlar va hukumatlar rahbarlarining, shuningdek parlament aʼzolarining va xalqaro tashkilotlar rasmiy delegatsiyalarining tashriflari munosabati bilan yashash, ovqatlanish, madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, transport xarajatlari, suvenirlar, sovgʻalar xaridi va boshqa tashkiliy masalalar uchun nazarda tutilgan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining chet el delegatsiyalarini qabul qilish va xorijiy mamlakatlarga delegatsiyalarni yuborish boʻyicha rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) quyidagilar uchun oziq-ovqat mahsulotlarining davlat xaridi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash-profilaktika va taʼlim muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxona va restoran xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muruvvat va nogironligi boʻlgan shaxslar uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehribonlik uylari va internatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qariyalar uylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va davolash, shu jumladan jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya yordami bilan bogʻliq xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish yuzasidan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan taʼlim dasturlarini tashkil etish, respublikaga xorijiy olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan vatandoshlarni jalb etish xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) avval tuzilgan shartnomalardagi yetkazib beruvchilar bilan aloqa, Internet va teleradiouzatish xizmatlari boʻyicha davlat xaridi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) madaniyat va sanʼat boʻyicha xalqaro hamda davlatlararo darajadagi tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xaridi. Bunda bunday tadbirlarning darajalari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(71-moddasining birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-iyuldagi OʻRQ-1157-sonli Qonuniga asosan 22-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2026-y., 03/26/1157/0703-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachilari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran besh ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmachisi ushbu moddada nazarda tutilgan davlat xaridlarini amalga oshirish chogʻida xarid qilish tartib-taomillarining boshqa raqobatli turlaridan ham ushbu Qonun talablariga muvofiq foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida kompleks ekspertizadan oʻtkazilishi lozim, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda holatning oldini olish maqsadida vakolatli organ tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish oʻrniga hadli kelishuvdan yoki kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartib-taomilidan foydalanishga ruxsat beriladi.
(71-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda belgilangan tartibda yagona yetkazib beruvchi deb topilgan va Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchisi yagona yetkazib beruvchidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur boʻlgan taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi va bu shartnoma toʻgʻrisidagi axborot u tuzilgan paytdan eʼtiboran besh ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim.
(72-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi quyidagi alohida hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorda muqobillari boʻlmagan va faqat yagona yetkazib beruvchidan olish mumkin boʻlgan texnik jihatdan murakkab tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy qimmatliklarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yagona yetkazib beruvchi sifatida belgilangan subyektlardan davlat xaridlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy monopoliya subyekti tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) davlat xaridi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlariga muvofiq faqat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari yoki ularning tasarrufidagi davlat muassasalari va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan ishlarga yoki koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlarga ehtiyoj paydo boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan axborot resursidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona yetkazib beruvchilar reyestri yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati va yagona yetkazib beruvchilar roʻyxatidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Xarid qilish tartib-taomillarini monitoring va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Davlat xaridlari sohasidagi monitoring va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi monitoring davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini, davlat xaridlarining ushbu Qonunda belgilangan maqsadlari, prinsiplari va cheklovlari amalga oshirilishini davlat xaridlarining oʻtkazilishi haqidagi axborotni toʻplash, umumlashtirish, tizimlashtirish va baholash orqali doimiy asosda kuzatish tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi nazorat mazkur sohadagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikda belgilangan tartibda statistik va boshqa axborotni taqqoslash hamda tahlil qilish orqali amalga oshiriladigan tekshirishlar davlat organlarining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi ustidan nazorat qilishning asosiy shaklidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi monitoring va nazorat tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarini amalga oshiruvchi davlat organlari oʻz tasarrufidagi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlari boʻyicha monitoring va nazorat oʻtkazishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish chogʻida qonunchilikda nazarda tutilmagan tekshirishlar oʻtkazilishiga va hisobot berish shakllarini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini quyidagilar oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
(75-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi.
(75-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarini auditdan oʻtkazadi va audit natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har yilning yakuni boʻyicha kiritadigan hisobotida koʻrsatadi, shuningdek ochiq axborot manbalariga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning va davlat xaridlari sohasidagi boshqa qonunchilik hujjatlarining toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatli davlat organlari ham oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati davlat xaridlarini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilishlarining oldini olish va ularni aniqlash hamda davlat buyurtmachilarini, vakolatli davlat organlarini aniqlangan qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini roʻyobga chiqarish vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish va shartnomalarni bajarishning borishi toʻgʻrisida axborot taqdim etish haqidagi soʻrovlarni davlat buyurtmachilariga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillari yuzasidan mustaqil monitoringni va davlat xaridlari samaradorligini baholashni, shu jumladan ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini baholashni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv tadbirlarini oʻtkazish tashabbusi bilan davlat organlariga murojaat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisi, davlat xaridlari elektron tizimi operatori, vakolatli organ, xarid komissiyalari va ularning aʼzolari harakatlarida (harakatsizligida) qoidabuzarliklar aniqlangan hollarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Loyihaga doir faoliyat boʻyicha davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihaga doir faoliyat boʻyicha amalga oshirilgan davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi tahlili tegishli vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan tahlil natijalari bilan davlat buyurtmachisining rahbari yoki loyihani boshqarish boʻyicha davlat buyurtmachisi tomonidan tayinlangan vakil imzo qoʻygan holda tanishib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarining samaradorligi va natijadorligi yuzasidan loyihadan keyingi monitoring loyiha boʻyicha davlat xaridi tugallanganidan keyin uch yil ichida tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va samarali koʻrib chiqish maqsadida doimiy ravishda faoliyat koʻrsatadigan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tuziladi, uning tarkibi tegishli davlat organlari, davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari va jamoatchilik vakillaridan iborat boʻladi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(78-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning ishchi organi boʻlib, uning faoliyatini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ishtirokchi, shuningdek nazoratni amalga oshirayotgan shaxslar davlat buyurtmachisining, xarid komissiyasining, uning aʼzolarining, davlat xaridlari elektron tizimi operatorining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar bunday harakatlar (harakatsizlik) ishtirokchining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan boʻlsa, sud tartibida yoki ushbu bobda belgilangan tartibda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya aʼzolariga doir malaka talablari qonunchilikda belgilanadi.
(78-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Shikoyatlarni berish va koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyatni qabul qilib olganda shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida shikoyat haqida davlat buyurtmachisini xabardor qiladi hamda xarid qilish tartib-taomilini oʻn ish kunigacha boʻlgan umumiy muddatga toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyatni davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ishtirokida koʻrib chiqadi, bundan ishtirokchi shikoyatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bildirgan yoki uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya shikoyat olinganidan keyin yetti ish kuni ichida u boʻyicha qaror chiqarishi va bu haqdagi axborotni maxsus axborot portalida joylashtirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qarorda oshkor etilishi ishtirokchining (ijrochining) tijoratga oid manfaati buzilishiga olib keladigan yoki insofli raqobatga xavf soladigan axborot boʻlmasligi kerak, bundan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya ushbu axborotni eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror chiqargan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchining shikoyati asosli deb topilgan taqdirda, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya quyidagi choralarni koʻrishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining qonunga xilof harakatlariga, qarorlariga yoki u tomonidan qonunga xilof tartib-taomillar bajarilishiga doir taqiq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachisining qonunga xilof qarorlarini, shu jumladan davlat xaridlari sohasidagi hujjatlarning shartlarini buzadigan qarorlarini qisman yoki toʻliq bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarini tugatish haqida qaror chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochini Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarorlari davlat xaridlarining barcha subyektlari tomonidan ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya oʻz faoliyatini ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
791-modda. Shikoyatlarni koʻrib chiqishda manfaatlar toʻqnashuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya aʼzolarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari bilan manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek affillanganlik mavjud boʻlgan taqdirda, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning bunday aʼzosi bu masala koʻrib chiqilgan majlisda oʻzini oʻzi rad etishi va mazkur masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya majlisining bayonnomasida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga mazkur komissiya aʼzosining manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek affillanganligi mavjudligi tegishli masala yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar maʼlum boʻlib qolgan boʻlsa, uning oʻzi esa oʻzini oʻzi rad etmagan boʻlsa, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya bunday aʼzosining mazkur masala boʻyicha ovoz berishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qaror qabul qilinganidan keyin Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaga tegishli masala boʻyicha ovoz bergan mazkur komissiya aʼzosining manfaatlar toʻqnashuvi, shuningdek affillanganligi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlib qolsa, Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning bunday aʼzosi ovozi mazkur masala boʻyicha ovoz berish natijalaridan chiqarib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya raisi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli axborotni kiritadi.
(791-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari subyektlari va ularning mansabdor shaxslari ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi va shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-472-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 220-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-586-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 53-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
(83-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi OʻRQ-1005-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-mart)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng yaxshi takliflarni tanlash va tender xarid qilish tartib-taomillarini majburiy tartibda elektron shaklda oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab 2022-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 22-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-684-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2021-y., 03/21/684/0367-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.11.2024-y., 03/24/1005/0977-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.04.2025-y., 03/25/1057/0351-son; 24.06.2025-y., 03/25/1070/0536-son; 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son; 23.04.2026-y., 03/26/1141/0403-son; 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son; 08.07.2026-y., 03/26/1157/0703-son; 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son)