Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
“Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Madaniyat vazirligining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Madaniyat vazirligining huquqlari hamda javobgarligi, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Madaniyat vazirligi rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Madaniyat vazirligi faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-sentabr,
558-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-sentabrdagi 558-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquqlari va javobgarligini, faoliyatini tashkil etish hamda hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirlik madaniy faoliyat sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradigan vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
3. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) boʻysunadi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik oʻz faoliyatini, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Vazirlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy madaniyat organlari), Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
8. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, qisqartmasi — Madaniyat vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo kulturi Respubliki Uzbekistan, qisqartmasi — Minkultura;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — The Ministry of Culture of the Republic of Uzbekistan, qisqartmasi — Ministry of Culture.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlik joylashgan joy (pochta manzili): 100084, Toshkent shahri, Amir Temur shoh koʻchasi, 107 b-uy.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
2-bob. Vazirlikning tizimi
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Kinematografiya agentligi;
“Oʻzbeksirk” davlat muassasasi;
“Oʻzbekteatr” davlat muassasasi, davlat teatrlari, teatr studiyalari;
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbekiston milliy musiqa sanʼati akademiyasi;
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, Baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internati, Buxoro, Fargʻona va Urganch maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari;
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti;
Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi, koʻzi ojizlar kutubxonalari;
“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi;
“Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” davlat muassasasi;
“Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi;
“Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi” davlat muassasasi;
“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi, Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr va konsert saroyi, “Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi;
“Madaniyat taʼlimi markazi” davlat muassasasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va ularning filiallari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari, Karim Zaripov nomidagi respublika estrada va sirk kolleji, Respublika musiqa va sanʼat kolleji, R. Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, professional taʼlim muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari;
madaniyat va istirohat bogʻlari, madaniy-maʼrifiy muassasalar;
“Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi;
“Respublika baxshichilik sanʼati markazi”, “Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi”, “Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi” davlat muassasalari;
“Binolardan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish direksiyasi” davlat muassasasi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati” davlat muassasasi;
(10-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 346-sonli qarori tahririda)
“Madaniy hayot media marketing markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari va ularning tizimidagi tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari va madaniyat markazlari.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
3-bob. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy ustuvor vazifalari hisoblanadi:
madaniyat va sanʼat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish;
milliy madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylash hamda koʻpaytirish, sanʼat va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni ragʻbatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qaratilgan maʼrifiy ishlarni amalga oshirish;
badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari hamda boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, maʼnaviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada toʻliq foydalanish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifalari hamda yoʻnalishlarini, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini taʼminlashda mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida takomillashtirish, moddiy ragʻbatlantirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilgʻor xalqaro tajribadan foydalanish, madaniy-maʼrifiy muassasalar va taʼlim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash;
davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va koʻrgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar oʻtkazish yoʻli bilan chet ellarda keng targʻib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) madaniyat va sanʼat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish sohasida:
madaniyat tizimi faoliyatini tashkil etish va yaxshilash masalalarida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
yagona davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlariga, shu jumladan, madaniyat tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek, ularni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqishga doir takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi va himoya qiladi;
vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning madaniyat va sanʼat sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilish monitoringini yuritadi, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar koʻradi;
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash uchun oʻz xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi;
Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashtiradi, davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik tizimi mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni tashkil etadi;
Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatiga metodik rahbarlik qiladi;
axborot texnologiyalarini va moliyaviy nazoratning eʼtirof etilgan xalqaro standartlarini joriy etish yoʻli bilan hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarda budjet qonunchiligi buzilishi profilaktikasi va uning oldini olishga qaratilgan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini belgilaydi, madaniyat sohasining holatini qiyosiy tahlil qiladi;
Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari tarmogʻi faoliyat koʻrsatishining taʼlim bilan bogʻliq va ijtimoiy samaradorligini tahlil qiladi, uni maqbullashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
dramatik, musiqali, musiqali-dramatik asarlar, tasviriy va amaliy sanʼat va haykaltaroshlik asarlari yaratishga davlat buyurtmalarini amalga oshiradi;
madaniyat va sanʼatni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni, madaniyat va sanʼat sohasiga taalluqli dasturiy-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning toʻgʻri bajarilishini taʼminlaydi;
b) milliy madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylash va koʻpaytirish, sanʼat va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni ragʻbatlantirish, uni milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish sohasida:
respublika ijro etuvchi hokimiyatning boshqa organlari bilan birgalikda madaniyat va sanʼat arboblarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
aholining keng qatlamlari orasida madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda mamlakatning davlat va nodavlat notijorat tashkilotlariga koʻmaklashadi;
milliy madaniy va maʼnaviy merosni asrab-avaylash va koʻpaytirish, sanʼat va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish choralarini koʻradi;
aholining maʼnaviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni ragʻbatlantiradi;
aholini milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
barcha mavjud davlat madaniyat tashkilotlarini xatlovdan oʻtkazadi;
sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish choralarini koʻradi;
davlat organlari tomonidan davlat tadbirlari va boshqa tadbirlarga ijodkorlar va ijrochilar jamoatchilik asosida jalb qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi choralarini koʻradi;
notalar toʻplamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan chop etilishini va ularning taʼlim muassasalariga toʻliq yetkazilishini taʼminlaydi;
madaniyat va sanʼat sohasidagi ulkan yutuqlar uchun mukofotlar taʼsis etish va Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlarini berish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
jurnallar, blankalar, oʻquv-metodik komplekslar, byulletenlar nashr etilishini va Vazirlik tizimi faoliyatiga taalluqli boʻlgan oʻquv qoʻllanmalari eʼlon qilinishini, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil etadi;
v) aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar qalbi va ongiga mustaqillik, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik anʼanalariga sadoqat, milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, radikalizm va ekstremizmdek yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash, jamiyatning muttasil ortib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishga qaratilgan maʼrifiy ishlarni amalga oshirish sohasida:
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga muhabbat, buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi immunitetni yanada kuchaytirishda teatr sanʼatining rolini oshirish choralarini koʻradi;
kompozitor, bastakor va sozandalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, havaskorlar orasidan isteʼdodli ijrochilarni aniqlash maqsadida turli darajadagi koʻrik-tanlovlarni oʻtkazadi;
anʼanaviy musiqa janrlarini yangi shart-sharoitlarda takomillashtirish maqsadida “ustoz-shogird” anʼanasini yanada rivojlantiradi;
milliy va jahon kompozitorlari ijodiyotini insoniyat intellektual xazinasi sifatida xalq orasida keng targʻib qilish, zamonaviy ruhda yuksak badiiy asarlar yaratishni ragʻbatlantiradi, katta musiqiy asarlar, jumladan, opera, simfoniya, konsert va oratoriya kabi mumtoz janrlarni rivojlantiradi;
“ustoz va shogird” anʼanasi asosida milliy raqs sohasidagi yetuk raqs ustalari, isteʼdodli va yuqori malakali ijrochilarning raqs maktablarini yaratish, ularning uslublarini tiklash va rivojlantirish choralarini koʻradi;
milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlikda milliy raqs va xoreografiya sanʼatini badiiy jihatdan rivojlantiradi;
avloddan avlodga noyob meros sifatida oʻtib kelayotgan jozibali raqs namunalarini toʻplash va boyitishni amalga oshiradi, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongiga bu bebaho boyliklarga chuqur hurmat va havas tuygʻularini singdiradi;
xalq ustalarining oʻziga xos uslubi va maktabini davom ettirishda, atoqli madaniyat va sanʼat arboblari bilan tajriba almashishda “ustoz-shogird” anʼanasidan samarali foydalanishni taʼminlaydi, shuningdek, ijodiy ustaxonalar faoliyatini kuchaytiradi;
xalq amaliy sanʼati anʼanalarini saqlash va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, xalq hunarmandchiligini qoʻllab-quvvatlaydi;
yurtimiz va xorijda keng koʻlamdagi koʻrgazmalar tashkil etish orqali milliy sanʼatimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish choralarini koʻradi;
buyuk rassomlar, xalq ustalari va rassomlari, sanʼat arboblari va isteʼdodli yosh ijodkorlarning sara asarlarini ommalashtiradi;
madaniyat markazlarida xalq badiiy havaskorlik va ijrochilik sanʼatini rivojlantirishga, ularning shakl va usullarini takomillashtirishga koʻmaklashadi;
joylarda madaniy-maʼrifiy faoliyatning samarali usullarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga, ilgʻor tajribalarni umumlashtirishga va targʻib qilishga koʻmaklashadi;
g) badiiy ijod, shu jumladan, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalqimiz tarixi va bugungi hayotining eng yorqin sahifalarini, mamlakatimizning erkin demokratik taraqqiyotini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga, ayniqsa, ijodkor yoshlarga har tomonlama koʻmaklashish sohasida:
madaniyatshunoslik, teatrshunoslik, sanʼatshunoslik, musiqashunoslikni va ushbu sohadagi boshqa ilmiy yoʻnalishlarni rivojlantiradi;
teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishni taʼminlaydi;
xalqimiz tarixining eng yorqin sahifalarini, uning hozirgi hayotini, mustaqil rivojlanish tajribasini aks ettiruvchi asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama yordam beradi;
tarixiy shaxslar, zamonamiz qahramonlari obrazlarini yaratish, teatr asarlarining gʻoyaviy-badiiy darajasini koʻtarish, xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirish, teatr tanqidchiligini kuchaytirish choralarini koʻradi;
yosh kompozitorlar, bastakorlar, musiqashunoslar va ijrochilarning ijod bilan samarali shugʻullanishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni kengaytiradi;
milliy raqs sanʼatining noyob merosini, shu jumladan, milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi sahna liboslarini saqlab qolish, tiklash va yangilarini yaratish ishlarini olib boradi;
mamlakatimizning barcha hududlaridagi raqs yoʻnalishlarini asrash va avaylash choralarini koʻradi, xalqimizga estetik zavq bagʻishlovchi zamonaviy oʻzbek raqs maktabini yaratadi;
isteʼdodli estrada xonandalarini aniqlash va ularning ijodiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtiradi;
milliy raqs sanʼatining rivojlanish bosqichlarini ilmiy jihatdan chuqur oʻrganadi;
tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalarida isteʼdodli ijodkorlarni barvaqt aniqlash, ularni qoʻllab-quvvatlash, ijodkorlarning badiiy salohiyatini oshirish tizimini takomillashtiradi;
Milliy estrada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi bilan birgalikda respublika konsert saroylari, konsert zallari va stadionlarida oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy hamda konsert tadbirlarining tematik, repertuar rejalari va dasturlarini takomillashtirishga doir ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
chet ellarda oʻqiyotgan va samarali ijodiy faoliyat koʻrsatayotgan ijodkor yoshlarning respublikada oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar hamda festivallarda qatnashishini taʼminlaydi;
iqtidorli yoshlar va sanʼat arboblarining ijodiy safarlarini tashkil qilishni hamda ularning xalqaro koʻlamda va respublika miqyosida madaniyat va sanʼat sohasida oʻtkaziladigan koʻriklar, tanlovlar, festivallarda va boshqa anjumanlarda ishtirok etishini taʼminlaydi;
Vazirlik tizimiga kiruvchi madaniyat tashkilotlarining jamoalari va yakkaxon ijrochilarining gastrol-konsert faoliyatini, shu jumladan, chet ellardagi gastrol-konsert faoliyatini tashkil qiladi;
d) madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari hamda boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, maʼnaviy yetuk, intellektual barkamol va yuksak madaniyatli shaxslarni tarbiyalash ishida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan yanada toʻliq foydalanish sohasida:
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish masalalariga umumiy rahbarlik qiladi;
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtiradi;
taʼmirlash-tiklash, qurilish ishlarini, shuningdek, Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha ishlarni, Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar binolari va inshootlarining joriy ish holatini saqlashni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarning ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zamonaviy hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarni qurish boʻyicha loyihalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan madaniyat obyektlarida har yili olib boriladigan qurilish-taʼmirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
madaniyat va sanʼat muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtiradi;
zamon talablari va xalqaro standartlarga mos yangi koʻngilochar markazlar, madaniyat va istirohat bogʻlarini barpo etadi;
mahalliy madaniyat va sanʼat muassasalarini jahon madaniy makoniga puxta integratsiya qiladi;
mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishda boy tarixiy-madaniy merosdan hamda madaniyat va sanʼatning zamonaviy yoʻnalishlaridan samarali va toʻliq foydalanish choralarini koʻradi;
madaniyat sohasidagi muammolarni aniqlash boʻyicha jamoatchilik fikri oʻrganilishini tashkil etadi;
e) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jumladan, mahalliy hokimiyat idoralari, jamoat tashkilotlari, taʼlim muassasalari, ijodiy uyushmalar va boshqa tashkilotlar bilan faoliyatning asosiy vazifalari hamda yoʻnalishlarini, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishda, madaniyat va ijodiy muassasalar ishining samaradorligini taʼminlashda mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish sohasida:
zamonaviy pyesalar, milliy mumtoz, jahon klassik asarlari asosida teatrlarning uzoq muddatli repertuarini shakllantiradi, teatrlarning mahalliy va xorijiy davlatlardagi gastrol faoliyatini tizimli amalga oshiradi;
avloddan avlodga oʻtib kelayotgan milliy musiqa merosimizni asrab-avaylash, yangi sharoitlarda rivojlantirish va ulardan xalqimizni bahramand qilish uchun keng imkoniyatlar yaratish ishlarini olib boradi;
milliy qadriyatlar asosida estrada qoʻshiqchilik sanʼatini yanada rivojlantiradi va targʻibotini kuchaytiradi;
aholining madaniy ehtiyojlarini qanoatlantirishga, yoshlarni yuqori saviyadagi milliy estrada qoʻshiqlari namunalari asosida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ommaviy-madaniy tadbirlar, konsertlar va gastrollarni tizimli tashkil etadi;
musiqa va sanʼat maktablarida “ustoz-shogird” anʼanalarini rivojlantiradi hamda taniqli sanʼatkorlar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar tashkil etadi;
ijodiy birlashmalar, jamoalar va yakkaxon ijrochilarning faoliyati, repertuarlari va ssenariylarining gʻoyaviy va badiiy saviyasini oshirish ishlarini olib boradi;
nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, roʻyxatlarga kiritish, raqamlashtirish, targʻib qilish va saqlashni tashkil etadi;
madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish choralarini koʻradi;
madaniyat va istirohat bogʻlarining qiyofasini tubdan qayta koʻrib chiqish, ularda xalq sayillarini doimiy oʻtkazish tizimini yaratish, attraksion va oʻyin qurilmalarning madaniyat va istirohat bogʻlarining tabiiy va landshaft xususiyatlariga mosligini koʻrib chiqadi;
madaniyatning turli yoʻnalishlari boʻyicha turizmning imkoniyatlarini kengaytiradi;
respublika hududlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olib turizmni rivojlantirish borasidagi loyihalar doirasida muhim oʻrin tutadigan yangi madaniy sayyohlik yoʻnalishlarini yaratish va rivojlantirish choralarini koʻradi;
madaniyat va sanʼat sohasida milliy brendlarni yaratishga va ularning xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga kompleks yondashadi, shuningdek, madaniyat sohasida xalqaro tanlov va festivallar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash ishlarini olib boradi;
taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash chora-tadbirlarini koʻradi;
jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, xorijiy mamlakatlarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishning ilgʻor tajribasini umumlashtiradi va ushbu yutuqlarning sohada joriy etilishini taʼminlaydi;
koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni boʻlgan shaxslar uchun maxsus axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish, ularning muqobil shakldagi oʻquv materiallaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali bilim saviyasini oshirishni tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar, tashkilotlar bilan birgalikda madaniyat va sanʼat sohasida ilmiy tadqiqotlar rivojlanishiga koʻmaklashadi;
ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar olib borilishini muvofiqlashtiradi;
j) madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida takomillashtirish, moddiy ragʻbatlantirish, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ilgʻor xalqaro tajribadan foydalanish, madaniy-maʼrifiy muassasalar va taʼlim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlash sohasida:
Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlarni malakali kadrlar bilan taʼminlaydi;
har yili oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish borasida madaniyat va sanʼat sohasida takliflarni shakllantiradi;
oʻquv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
madaniyat sohasida mutaxassislarni maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha kasb mahorati tanlovlari oʻtkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
taʼlim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish boʻyicha asosiy talablarni belgilaydi;
kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tayyorlash jarayonini tashkil qiladi;
aholining madaniy saviyasini oshirishga intilishini ragʻbatlantiradi;
aholini milliy, jahon madaniyati va sanʼatining eng yaxshi namunalaridan bahramand etish ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlik tizimi kadrlari malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishlarini va attestatsiyadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
mamlakatimiz taʼlim muassasalarida dars berish va mahorat darslarini oʻtish uchun respublika va xorijiy mamlakatlarning taniqli ijrochilarini hamda madaniyat va sanʼat arboblarini, yetuk pedagog-mutaxassislarini taklif qiladi;
madaniyat va sanʼat boʻyicha oʻquv dasturlari, qoʻllanmalar va boshqa ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni tasdiqlaydi;
sohada professional malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, pedagog kadrlarning salohiyatini oshirish tizimini takomillashtiradi;
maktabgacha taʼlim muassasalarida boshlangʻich musiqa tushunchalarini shakllantiruvchi (folklor musiqa, akademik mumtoz musiqa, estrada musiqasi) maxsus adabiyotlar yaratilishini taʼminlaydi va bolalar ijro repertuarini shakllantiradi;
sohadagi boshlangʻich, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida taʼlimning uzviyligi va davomiyligini taʼminlash hamda taʼlim sifatini oshirish choralarini koʻradi, uning pirovardida isteʼdodli ijodkorlarni yetishtiradi;
sohada ilmiy tadqiqot ishlarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish hamda sanʼat ahlining mehnat va ijod sharoitini yaxshilash choralarini koʻradi;
jahonning mashhur madaniyat va sanʼat muassasalari bilan tajriba almashish va malaka oshirish tizimini kengaytiradi;
xorijiy va milliy anʼanaviy taʼlim tizimining eng yaxshi yutuqlaridan, shuningdek, sohada taʼlimni rivojlantirishga asoslangan texnologiyalardan keng foydalanish choralarini koʻradi;
Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va ularni axborot bilan taʼminlashda, maslahat berish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda hamda boshqa yordam turlarini koʻrsatishda ularga koʻmaklashadi;
z) davlatlararo va xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, mamlakatimizning madaniy merosini, mamlakatimiz ijodiy jamoalari va mualliflari asarlarini, jumladan, konferensiyalar va koʻrgazmalar, madaniy tadbirlar va anjumanlar oʻtkazish yoʻli bilan chet ellarda keng targʻib qilish, madaniyat sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlar jalb etish, shuningdek, madaniyat sohasiga oid ommaviy adabiyotlarni chop etish, video va kino materiallar tayyorlash sohasida:
madaniyat tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirishga koʻmaklashadi, madaniyat masalalari boʻyicha xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar va hamkorlik oʻrnatadi;
madaniyat va sanʼat sohasida hamkorlik boʻyicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini taʼminlaydi;
respublikada va xorijiy mamlakatlarda professional sanʼat va havaskorlik sanʼati festivallari, koʻrik-tanlovlar, shuningdek, koʻrgazmalar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
ijodiy jamoalar, madaniyat va sanʼat mutaxassislarini, arboblarini ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, xalqaro tanlovlar, festivallarda va chet ellardagi boshqa tadbirlarda qatnashishini taʼminlaydi;
milliy kino mahsulotlarini keng targʻib qilishga va ularning xalqaro kinofestivallarda munosib oʻrin egallashlariga koʻmaklashadi;
tarixiy haqiqat va real voqelikni yorqin aks ettiruvchi hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar yaratish tizimini takomillashtirishda ishtirok etadi;
kino muassasalarining moddiy-texnika bazasini zamon talablari asosida mustahkamlash va jihozlashga koʻmaklashadi;
xalqaro madaniy aloqalarini yoʻlga qoʻyadi va rivojlantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
madaniyat tizimi strategik rivojlanishini belgilash;
hududiy madaniyat organlarida va Vazirlikka idoraviy mansub tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
hududiy madaniyat organlarida va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan taʼminlashni muvofiqlashtirish;
idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga koʻmaklashish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash;
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish;
loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va madaniyat tizimida qurilish obyektlari sifati monitoringini yuritish;
hududiy madaniyat organlarida va idoraviy mansub tashkilotlarda qurilish, rekonstruksiya, taʼmirlash va jihozlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish.
14. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi;
Vazirlik tomonidan Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
madaniy faoliyat sohasini rivojlantirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga koʻmaklashadi;
Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil etadi;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida madaniy faoliyat sohasidagi tendensiyalar toʻgʻrisida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
madaniy faoliyat sohasidagi masalalar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordamini beradi;
Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar bilan shugʻullanadi;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini taʼminlaydi;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
madaniy faoliyat sohasiga davlat-xususiy sheriklikni joriy etadi;
nodavlat madaniyat va sanʼat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
oʻquv-metodik komplekslarni ishlab chiqish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
idoraviy mansub taʼlim muassasalarda taʼlim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
idoraviy mansub taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Vazirlik, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarda ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi;
hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarning binolari va inshootlaridan joriy foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
15. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar (keyingi oʻrinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar) bilan hamkorlik qilish;
madaniy faoliyat sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarida, davlat madaniyat tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish;
hududlarda davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish boʻyicha amaliy choralar qabul qilish;
davlat madaniyat tashkilotlarida zamonaviy xavfsizlikni taʼminlash vositalari va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;
davlat madaniyat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash va ular infratuzilmasini rivojlantirish masalalari borasida mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingini tuzishda koʻmaklashish;
davlat madaniyat tashkilotlari xodimlari kasbiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan turli xil ishlarga jalb qilinishiga qatʼiyan yoʻl qoʻyilmasligini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlaydi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini taʼminlaydi;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
idoraviy mansub tashkilotlarning binolari va inshootlarini joriy taʼmirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
4-§. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
17. Quyidagilar tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini tashkil etish sohasida oʻzaro hamkorlik qilish;
davlat madaniyat tashkilotlarida madaniy faoliyat sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini olib borish va nazorat qilish;
davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
18. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari va ularning rahbariyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, farmoyishlari va Vazirlikning buyruqlari bajarilishini muntazam nazorat qiladi;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tomonidan tumanlar (shaharlar) hokimliklariga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va oʻz vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
tuman (shahar) darajasidagi budjetdan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishini tashkil etadi;
madaniyat tashkilotlarida davlat talablari bajarilishi monitoringini olib boradi;
davlat madaniyat tashkilotlarini moddiy-texnik taʼminlashni tashkil etadi;
davlat madaniyat tashkilotlarining binolari va inshootlaridan foydalanish ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari vakolatiga tegishli boʻlgan tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xoʻjalik masalalari va boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
4-bob. Vazirlik va uning hududiy madaniyat organlarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
19. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga egadir:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni davlat statistika organlaridan bepul asosda olish;
Vazirlik va uning idoraviy mansub tashkilotlarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida, begʻaraz foydalanish huquqi bilan berish;
hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va boshqa qonunga zid harakatlar, shuningdek, Vazirlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy axloq qoidalari buzilishining oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatiga asossiz aralashuvga, madaniyat xodimlarining shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlashga, faoliyatiga toʻsqinlik qilishning har qanday shakllariga, madaniyat xodimlarining huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qonunchilikda belgilangan choralar koʻrish;
Vazirlik boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida hududiy madaniyat organlarining va boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning tuzilmalarini hamda ustav (nizom)larini tasdiqlash, shuningdek, zarur hollarda, ushbu tuzilmalar hamda Vazirlik markaziy apparatining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilash;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, ularning madaniyat sohasidagi ekspertlarini Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga konsultantlar sifatida jalb qilish;
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar, chet elda faoliyat olib borayotgan vatandoshlarni ishga qabul qilish;
Vazirlik va uning tizimini moliyalashtirishga zarur sarf-xarajatlar boʻyicha takliflarni shakllantirish, shuningdek, zarurat boʻlganda, xorijiy kreditlar, grantlar va boshqa mablagʻlarni jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik, uning idoraviy mansub tashkilotlari va hududiy madaniyat organlarining koʻchmas mulki va boshqa turdagi mulklarini samarali boshqarishni tashkil etish;
idoraviy mansub tashkilotlar tuzish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Vazirlikning va unga idoraviy mansub tashkilotlarning davlat mulkini bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
(19-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, zarur hollarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish;
(19-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Vazirlik va hududiy madaniyat organlari xodimlarini ular tomonidan tegishli sohada ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
oʻz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
Vazirlik faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hayʼat majlislarida Vazirlik tizimi rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Madaniy faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan ijro etilishi yuzasidan ularning faoliyatini oʻrganish;
Vazirlik tizimini rivojlantirish bilan bogʻliq dolzarb va istiqbolli muammolarni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
20. Vazirlik:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, madaniyat sohasidagi davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlar amalga oshirilishining sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
madaniyat sohasini rivojlantirish, shuningdek, madaniyat sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
21. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur boʻlgan madaniyat masalalari boʻyicha materiallar va maʼlumotlarni Vazirlikning hududiy madaniyat organlaridan va idoraviy mansub tashkilotlardan soʻrash va olish;
Vazirlikda koʻrib chiqiladigan madaniyat sohasiga oid masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur boʻlganda Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlaridan oʻzlari tomonidan kiritilgan madaniyat boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat boʻlganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga tezlikda hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
madaniyat sohasida davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi boʻyicha hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻrganish;
Oldingi tahrirga qarang.
turli tadbirlarni tashkil etish boʻyicha tizimidagi tashkilotlarni buyurtmachi etib belgilash;
tizimidagi tashkilotlar hamda ularning hududiy boʻlinmalari va filiallarini saqlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qurish va taʼmirlash, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirib borish hamda turli tadbirlar va faoliyati bilan bogʻliq boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
22. Vazirlikning markaziy apparati:
hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash boʻyicha Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining ishini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlar, buyruqlarning tayyorlanishi sifati va ekspertizadan oʻtkazilishi;
madaniyatni rivojlantirish, shu jumladan, hududlarda madaniyatni rivojlantirish va ulardagi muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi tashkil etilishi;
Vazirlik markaziy apparati va uning tizimi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
(3-paragraf nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalariga ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hududiy madaniyat organlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
madaniyat sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha hududiy darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;
davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi boʻyicha tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari faoliyatini oʻrganish;
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.
(23-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(23-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlikning hududiy organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash;
Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning hududiy organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga oshirilishi sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida madaniyat sohasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;
madaniyat sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
Vazirlik hududiy madaniyat organlari va uning tizimi uchun davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
4-§. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarining huquqlari va javobgarligi
25. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari tuman (shahar) boʻlinmalaridan, madaniyat tashkilotlaridan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur boʻlgan axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
davlat dasturlarini va investitsiya dasturlarini amalga oshirish boʻyicha davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini oʻrganish;
davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish huquqiga ega.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
26. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari:
tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflar, shuningdek, tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va oqibatlari;
(26-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
madaniyat sohasida dolzarb muammolarni, shuningdek, tumanni (shaharni) rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash;
madaniyat masalalariga doir takliflarni tayyorlash va madaniyat masalalari yuzasidan tumanni (shaharni) rivojlantirish dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
tumanlarda (shaharlarda) madaniyat sohasini rivojlantirish, muammoli masalalarni hal qilish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi;
boʻlim va Vazirlik tizimidagi tashkilotlar uchun davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishi yuzasidan javob beradi.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
27. Quyidagilar Vazirning asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) Vazirlikning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) Vazirlik, uning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq madaniyat sohasida prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
6) madaniyat masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini bajarish;
8) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
9) Vazirlik tizimini rivojlantirish strategiyasidan kelib chiqib Vazirlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Vazirlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga,“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
11) Vazirlik tizimi mutaxassislarini tizimli qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
12) Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
14) faoliyat sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasining Reglamenti) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etish, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqilishi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
15) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihasi faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Vazirlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
16) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni puxta huquqiy, korrupsiyaga qarshi, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda ularni kelishish (viza qoʻyish);
17) Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son va “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
18) oʻz oʻrinbosarlari va hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
19) Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
20) Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari) talablariga rioya etilishini taʼminlash;
(27-bandning 20-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
21) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
22) Vazirlik va uning hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat madaniyat tashkilotlari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
23) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali madaniyat sohasida davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
24) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
26) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
27) hududiy madaniyat organlari va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmalarini tasdiqlash, unda ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini nazarda tutish;
28) Vazirlik markaziy apparati va hududiy madaniyat organlari toʻgʻrisidagi nizomni, Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
29) Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga ajratilgan mablagʻlar doirasida hamda belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda xodimlarning cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(27-bandning 29-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
30) Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy madaniyat organlari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
31) Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish.
32) Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazir boshqa funksional vazifalarga ega boʻlishi mumkin.
28. Quyidagilar vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) Vazir vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Vazirlik hayʼati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Vazir tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
11) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, korrupsiyaga qarshi, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
12) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son va “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorlari talablariga toʻliq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
14) madaniyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish, madaniyat sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
15) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
16) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
17) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
18) madaniyat sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
19) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
20) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
21) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
29. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita umumiy rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) tegishli tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy boʻlinmalar ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
6) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Vazir va (yoki) oʻrinbosarlariga takliflar taqdim etish, professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyish) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Vazirlar Mahkamasi Reglamenti talablariga qatʼiy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni puxta huquqiy, korrupsiyaga qarshi, moliyaviy, iqtisodiy ekspertizadan va boshqa ekspertizadan oʻtkazish;
13) xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son va “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
14) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
15) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
16) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
17) davlat xizmatlarining samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Vazirlik buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
(30-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
3) hududiy madaniyat organlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
5) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
6) madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
7) oʻz oʻrinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy madaniyat organlarining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy madaniyat organlari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
8) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
9) Vazirlik hududiy madaniyat organlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy madaniyat organlari kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Vazir nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy madaniyat organlariga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) hududiy madaniyat organlari xodimlarini, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha muntazam chora-tadbirlar koʻrish;
12) hududiy madaniyat organlari xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
13) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy madaniyat organlari tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
14) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy madaniyat organlari tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Vazirning mutasaddilik qiladigan oʻrinbosarlariga kiritish;
15) hududiy madaniyat organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;
16) hududiy madaniyat organlari faoliyatiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, madaniyat sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
17) Vazirlikning tuman (shahar) boʻlinmalari va hududiy madaniyat organlari tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
19) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
20) hududiy madaniyat organlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
21) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
31. Quyidagilar tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
2) tuman (shahar) boʻlinmasiga rahbarlik qilish;
3) faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar oʻrtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilash;
4) davlat madaniyat tashkilotlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning kotibiyatlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
6) Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
(31-bandning 6-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
7) madaniyat sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
8) tuman (shahar) boʻlinmasida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlariga, ularning oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, tuman (shahar) boʻlinmasida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(31-bandning 8-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
9) Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlarda (shaharlarda) tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
10) huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
11) tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar toʻlash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, ragʻbatlantirish va ularga intizomiy chora qoʻllash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritish;
12) davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
32. Vazir:
1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
33. Vazir oʻrinbosarlari:
1) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
34. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari;
1) tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi;
2) ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari rahbarlari:
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
1) hududiy madaniyat organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
2) ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
(35-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
3) ushbu Nizomning 30-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
36. Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari rahbarlari:
1) tuman (shahar) madaniyat boʻlimlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
2) ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan tuman (shahar) madaniyat boʻlimlarining javobgarlik sohalari boʻyicha;
3) ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish.
1-§. Vazirlik rahbariyati
Oldingi tahrirga qarang.
37. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
38. Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Vazirning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, ikki nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Vazirning birinchi oʻrinbosarlari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
41. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazirning birinchi oʻrinbosari tomonidan, u boʻlmagan vaqtda esa vazirning tegishli buyrugʻiga asosan boshqa oʻrinbosar tomonidan amalga oshiriladi.
42. Quyidagilarni:
1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan;
2) viloyatlar madaniyat boshqarmalari va Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan;
Oldingi tahrirga qarang.
3) tumanlar (shaharlar) madaniyat boʻlimlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda, tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
(42-band 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish tartibini belgilaydi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
44. Vazir:
1) Vazirlik hududiy boshqarmalari va tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlar tuzilmalarini ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini nazarda tutgan holda tasdiqlaydi;
2) Vazirlik markaziy apparati va hududiy madaniyat organlari toʻgʻrisidagi nizomlarni, Vazirlik tizimidagi idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
3) Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari, idoraviy mansub tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmalari va shtatlar jadvaliga xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi tartibi
45. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va tizimdagi idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:
1) topshiriqlarni hududiy madaniyat organlariga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
2) Vazirlikning hududiy madaniyat organlariga va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
3) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
4) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot va axborot materiallari, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;
5) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;
6) Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
7) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar ishtirokini tashkil etadi, madaniyat sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
46. Vazirlikning hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
1) Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida maʼlumot beradi;
2) madaniyat sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
3) ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida maʼlumot beradi;
4) oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
5) madaniyat sohasidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan takliflarni Vazirlikning markaziy apparatiga yuboradi;
6) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
7) vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi.
47. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy madaniyat organlari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
48. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy madaniyat organlari oʻz vakolati doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalarining hududiy organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
49. Vazirlikning hududiy madaniyat organlari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Vazirlik faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari, Raqamlashtirish va ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining tegishli tarkibiy boʻlinmasi tomonidan mutasaddilik qilinadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
4-§. Vazirlik hayʼati
51. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), Vazir oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari tizim tashkilotlari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼat tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
52. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
madaniyat sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
joylarda madaniyatning dolzarb masalalari muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
54. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
55. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
56. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini maʼlum qilishi mumkin.
57. Hayʼat faoliyati tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
58. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
60. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
1) Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
2) Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
3) Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va usuli qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Oldingi tahrirga qarang.
61. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari, shu jumladan, vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan, xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminlash va xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish (ish haqi, mukofot pullari, ustamalar va boshqa pul mukofotlari toʻlash) manbalari hisoblanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
62. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, moddiy yordam, ustama va ragʻbatlantirish toʻlovlaridan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Vazirlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
63. Vazir Vazirlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining masʼul oʻrinbosari Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlari, parlament va deputat soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek joylarda ishlarning real holatini muntazam oʻrganadi, Vazirlik tizimidagi muammolarni har tomonlama tahlil qiladi hamda shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqadi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son)
65. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
66. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-sentabrdagi 558-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 15-martdagi 141-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 1-noyabrdagi 886-son qaroriga 4-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 8-martdagi 199-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son; 17.04.2024-y., 09/24/207/0282-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)