10.02.2021 yildagi PF-6166-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi besh yilda zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, nazorat qilish va ijroni tekshirish shakllarini takomillashtirish, talabchanlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan muayyan ishlar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda hududlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha qatʼiy chora-tadbirlar murakkab sharoitlarda davlat qurilishining serqirra vazifalarini amalga oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirishni taʼminlash, respublikani barqaror hamda jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, tanqidiy tahlillar ijro intizomi samarasiz darajada ekanligidan dalolat beradigan koʻplab holatlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Jumladan, birinchi — kiritilayotgan hujjatlar loyihalari yetarlicha iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmayapti; ikkinchi — davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashkiliy hamda nazorat faoliyatining shakllari va uslublari takomillashtirilmagan; uchinchi — qabul qilinayotgan hujjatlarning mazmuni va ahamiyati mansabdor shaxslar tomonidan yetarli darajada oʻrganilmayapti, shuningdek, ushbu hujjatlarni, ayniqsa, aholi va keng jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar mavjud emas; toʻrtinchi — shaxsiy soʻrov va qatʼiy talabchanlik oʻrniga koʻplab maʼlumotnomalar va maʼlumotlar toʻplanmoqda, shuningdek, masʼuliyatsiz rahbarlar, boshqaruvning oʻrta va quyi boʻgʻinlari mutaxassislariga nisbatan liberal munosabatda boʻlinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, viloyatlar, ayniqsa, tuman va shaharlar hokimlari koʻrsatib oʻtilgan va boshqa kamchiliklarni bartaraf etishni tegishli darajada tezkor, qatʼiy va samarali taʼminlamayapti. Shu sababli, mamlakatni, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, hududlarni jadal rivojlantirish borasidagi bir qator ustuvor va istiqbolli vazifalarni amalda hal qilish boʻyicha qoʻshimcha shoshilinch choralar koʻrish, shu jumladan zaxiralar va budjet mablagʻlarini topish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning taʼsirchan tizimini yaratish, mamlakat Oliy Majlisiga 2020-yil 29-dekabrdagi Murojaatnomada, shuningdek, 2016 — 2021-yillarda tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari eʼtibori ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qarori talablari oʻz vaqtida, aniq va toʻlaqonli amalga oshirilishi yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrilmaganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) bajarilishining taʼsirchan tizimini yaratishda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi, ijro intizomini susaytirib yuborganligi va kadrlarga nisbatan talabchanlik qilmaganligi uchun sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirlari, ayrim davlat qoʻmitalari va agentliklari rahbarlari, shuningdek, 25 ta tuman va shaharlar hokimlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan davlat boshqaruvi organlari va Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalarining bir qator rahbarlariga intizomiy jazo choralari qoʻllanilganligi, shu jumladan “hayfsan” eʼlon qilinganligi, ularning ayrimlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni puxta ishlab chiqish va qabul qilishning taʼsirchan amaliyotini shakllantirish, ularni aniq ijrochilar, keng jamoatchilik va aholiga tezkor yetkazish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirish, joriy, oʻrta muddatli va istiqboldagi vazifalarni samarali amalga oshirish boʻyicha shoshilinch hamda tezkor choralar koʻrish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Adliya vazirligining tashkiliy, ijro va nazorat faoliyatining yagona tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibi 1a — 1e-ilovalarga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati, davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarida ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari, Bosh vazir oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari ushbu Farmonga 1 — 3-ilovalarda belgilangan talablarning soʻzsiz, oʻz vaqtida va natijali bajarilishi uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida ogohlantirilsin, bunda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha quyidagi ustuvor vazifalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish, ularning puxta iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini, vakolatli davlat boshqaruvi organlarida oʻz vaqtida kelishilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boʻlinmalarida va Bosh vazir oʻrinbosarlari huzurida himoya qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrochilarga tezkor yetkazilishi, shu jumladan ularda qoʻyilgan vazifalarning mohiyati va ahamiyati keng jamoatchilik va aholi oʻrtasida tushuntirilishi, nazorat bandlari va topshiriqlarda aniq mexanizmlar, muddatlar va masʼullar belgilanishi boʻyicha “yoʻl xaritalari” (harakat rejalari) oʻz vaqtida ishlab chiqilishi ustidan shaxsiy nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish, bunda markaziy apparatlarda, tarmoq va hududiy davlat boshqaruvi organlarining oʻrta va quyi boʻgʻinlarida ishlarning real holatini tanqidiy oʻrganishga, erishilgan pirovard natijalarga, kamchiliklar va muammolarning sabablariga, foydalanilmagan zaxiralarga, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va hokimliklarning tashkil etiladigan elektron maʼlumotlar bazasi asosida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida (keyingi oʻrinlarda — “Ijro.gov.uz” tizimi) oʻz vaqtida hisobot berilishiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mohiyati va ahamiyatini hamda ularni amalga oshirish yuzasidan qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalarida shaxsiy fikr-mulohazalarini bildirish, jamoat tashkilotlari va mahallalarda uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek, hokimlarning xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hisobot berish amaliyotini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida, toʻliq va natijali ijro etilishi shaxsan tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, oldinga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish va moʻljallangan maqsadlarga erishish. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, hududlarni rivojlantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlarini talab etadigan muammoli masalalar boʻyicha har tomonlama asoslangan takliflar ishlab chiqish va kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh vazir oʻrinbosarlari, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari bir hafta muddatda ushbu Farmon talablari soʻzsiz va har tomonlama amalga oshirilishi yuzasidan aniq harakatlar rejalari puxta ishlab chiqilishini va kollegial organlar majlislarida tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda aniq vazirliklar hamda viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari misolida davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan, shu jumladan Hisob palatasi bilan birgalikda sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borish va joylardagi holat monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash borasidagi faoliyatini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostida jamoatchilik nazorati vositalaridan keng foydalangan holda, shu jumladan “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ishtirokida yoritish va muhokama qilish ishlarini tashkil etish va yanada jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning amalda bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolar va omillarni aniqlash, ularni hal etish boʻyicha tegishli vazirlik va idoralar oldiga aniq masalalarni qoʻyish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, sohaga xos boʻlmagan, takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish, ularda ortiqcha qogʻozbozlik va majlisbozlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan huquqiy-uslubiy koʻmaklashish, ularning tegishli boʻlinma rahbarlarini ijro intizomiga rioya etilishi boʻyicha oʻqitishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini ijrochilarga hamda ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va keng aholi qatlamiga tushuntirish borasida belgilangan vazifalarni “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazorat qilish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-160-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mazkur Farmonga 3-ilovada keltirilgan tartibga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi mutlaqo yangi tizimi joriy qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar oʻz vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi, ular tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati toʻgʻrisidagi maʼlumotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan “Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, bu borada Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik qonunchilikka muvofiq intizomiy, maʼmuriy va boshqa javobgarlik choralarini qoʻllash uchun asos boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi, har oyda Rayosat majlislarida ularning ijrosi natijadorligini koʻrib chiqadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli takliflar bilan birgalikda umumlashtirilgan maʼlumot kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” tizimida Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar asosliligini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Hisob palatasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda ularni nazoratdan yechadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosalarni kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyadi, ularning ayrimlarini alohida nazoratga oladi (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar boʻyicha Hisob palatasi tomonidan berilgan xulosalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oliy darajadagi tashriflari davomida imzolangan hujjatlari va investitsiya loyihalari boʻyicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi PF-6042-son Farmonida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oliy Majlis palatalariga qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining ijro holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini, shu jumladan amalga oshirilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga taʼsirini joylarga chiqqan holda oʻrganish, ularning natijadorligini taʼminlash boʻyicha parlament nazoratini tizimli tashkil etish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Adliya vazirligi tizimidagi shtat birliklarining maqbullashtiriladigan qismi hisobidan quyidagilar tashkil etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 20 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida jami 28 ta shtat birligidan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining hududiy boʻlimlari.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-apreldan boshlab, barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda Hisob palatasi bilan kelishiladi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-maydan boshlab barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish faqat “Ijro.gov.uz” tizimida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha yillik manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturi Adliya vazirligi tomonidan Hisob palatasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasi 2021-yil 15-martga qadar mazkur Farmon talablarini inobatga olgan holda, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari apparatlarining rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka hamda amaliy seminarlar oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan yagona tizimni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks choralarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda “Ijro.gov.uz” tizimi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Farmonning oʻz vaqtida va natijali ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Farmon ijrosi 2021-yil iyul va 2022-yil yanvar oylarida koʻrib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6166-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tarkibiy boʻlinmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Kanselyariya

1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish.

Imzolangandan bir soat mobaynida

2. Joʻnatish roʻyxatiga muvofiq barcha ijrochilarga hujjatlarni elektron shaklda yetkazish.

3. “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish uchun hujjatlarning elektron nusxasini Adliya vazirligiga yuborish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning vazirlik va idoralarda ijro holatini yillik oʻrganish grafigini tasdiqlash.

Har yili yanvar oyida

2. “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish va muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish va tegishli choralarni belgilash.

Zaruratga koʻra

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish boʻyicha, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini taʼminlashdagi masʼuliyatini kuchaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritib borish.

Zaruratga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari boʻlinmalari, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati, Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari boʻyicha maslahatchi boʻlinmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlanishini muvofiqlashtirish, har tomonlama puxta ekspertizadan oʻtkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida taqdimot qilish.

Belgilangan muddatlarda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini oʻrganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish.

Belgilangan muddatlarda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul tarkibiy boʻlinmasi

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Adliya vazirligi tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilishini nazorat qilish.

Doimiy

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Doimiy

3. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).

Zaruratga koʻra

4. Bajarilmagan topshiriqlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilariga tahliliy materiallar kiritish.

Zaruratga koʻra

5. Hisob palatasi xulosasiga asosan “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbariga taklif kiritish.

Zaruratga koʻra

6. Davlat organlari va tashkilotlarida hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks oʻrganishlarni tashkil etish.

Grafik asosida

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1b-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tarkibiy boʻlinmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Umumiy boʻlimi

1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir kotibiyatiga taqdim etish.

Kelib tushgandan bir soat mobaynida

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar nusxasini Bosh vazir kotibiyati rahbariga taqdim etish.

Kelib tushgandan bir soat mobaynida

4. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan reyestr asosida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Bosh vazir topshirigʻi bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralarga yetkazish.

Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida

Bosh vazir kotibiyati

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni koʻrib chiqish hamda tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Bosh vazir topshirigʻi loyihasini tayyorlash.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tayyorlangan topshiriqni Bosh vazirga imzolash uchun kiritish.

Bir kunda ikki marta, zarurat boʻlganda — darhol

3. Imzolangan topshiriqni ijrosini taʼminlash uchun masʼul tarkibiy boʻlinmaga, nusxalarini esa nazoratga olish uchun Bosh vazir kotibiyatining masʼul bosh mutaxassisiga hamda Nazorat va ijro intizomi boʻlimiga taqdim etish.

Topshiriq imzolangandan 30 daqiqa mobaynida

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni umumlashtirish hamda “Ijro.gov.uz” tizimida ularning bajarilishi ustidan nazorat olib borish.

Doimiy

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni Bosh vazir tasdigʻiga kiritish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

6. Bosh vazirning kotibiyati hamda har bir xodimning ish rejasiga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har chorakda

7. Bosh vazir tomonidan ijro intizomi boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarga tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda materiallar tayyorlash va tashkiliy masalalarni hal qilish.

Har oyda

Bosh vazir kotibiyati rahbari va masʼul tarkibiy boʻlinmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bilan tanishish va ijrosini tashkil qilish boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinmalarga topshiriqlar berish.

Kelib tushgandan darhol

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tayyorlangan Bosh vazir topshirigʻi loyihasini koʻrib chiqish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil qilish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni koʻrib chiqish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Ish rejalarni shakllantirish jarayonida

5. Muddati kechiktirilayotgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha muhokamalar oʻtkazish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Bosh vazirga axborot berish.

Har oy yakuni bilan

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashriflari yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan majlis bayonlari ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tayyorlangan materiallarni koʻrib chiqish.

Har oy yakuni bilan

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi natijalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish va Bosh vazirga axborot berish.

Har oy yakuni bilan

9. Ijro intizomi holati yuzasidan tahliliy materiallarni Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga kiritish.

Har chorak yakuni bilan

10. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish.

Har chorak yakuni bilan

11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomini oʻrganish natijalari boʻyicha tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish hamda Bosh vazirga axborot berish.

Har chorak yakuni bilan

12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari uchun ijro intizomi masalasida oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish.

Grafik asosida

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi nazorat topshiriqlarini tayyorlash va tarkibiy boʻlinmalarga (ijrochilar kesimida) yetkazish.

Kelib tushgandan bir kun mobaynida

2. Topshiriqlarning bajarilishi holati boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari bilan individual ishlash.

Doimiy

3. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Bosh vazir kotibiyati rahbariga axborot kiritib borish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

5. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini oʻrganish.

Ish rejaga muvofiq

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlash va Bosh vazirga kiritish.

Har oy yakuni bilan

7. Ijro intizomi holati boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga tahliliy materiallarni tayyorlash.

Har chorak yakuni bilan

8. Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash.

Har chorak yakuni bilan

9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish.

Oʻrnatilgan tartibda

Bosh vazir oʻrinbosarlari, maslahatchilari va Vazirlar Mahkamasi masʼul tarkibiy boʻlinmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Bosh vazir topshirigʻi loyihasini koʻrib chiqish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni ishlab chiqish va tasdiqlanishini nazorat qilish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

3. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har oyda

4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:

Bosh vazir kotibiyatida;

davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Belgilangan muddatlarda

5. Ijro intizomi masalasi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida muhokamalar oʻtkazish.

Har oy yakuni bilan

6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi natijalari boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida tayyorlangan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini koʻrib chiqish.

Har oy yakuni bilan

7. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritish.

Zaruratga koʻra

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar asosliligini oʻrganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Hisob palatasiga taklif kiritish.

Zaruratga koʻra

Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha Bosh vazir topshirigʻi loyihasini tayyorlash, tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari bilan kelishish.

Kelib tushgandan uch soat mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash va tegishli tarkibiy boʻlinmalar hamda Bosh vazir kotibiyati rahbari bilan kelishish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

3. Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari hamda har bir xodimning ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har chorakda

4. Topshiriqlar ijrosini tashkil etish va nazorat qilish:

Bosh vazir kotibiyatida;

davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Belgilangan muddatlarda

5. “Ijro.gov.uz” tizimida Vazirlar Mahkamasi tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar — masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash;

ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish.

Bir kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

6. Topshiriqlar ijrosini tahlil qilib borish hamda muddati kechiktirilayotgan hujjatlar boʻyicha Bosh vazir kotibiyati rahbariga axborot kiritib borish.

Har hafta chorshanba va juma kunlari

7. Topshiriqlar ijrosi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida videokonferens-aloqa tizimi orqali muhokamalar oʻtkazib borish hamda natijasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga axborot kiritish.

Har hafta shanba kunlari

8. Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari huzurida davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida ijro intizomi masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan muhokamalar uchun tahliliy materiallar tayyorlash.

Har oy yakuni bilan

9. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida ijro intizomi holatini maqsadli va kompleks oʻrganish.

Grafik asosida

10. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijrosi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan maʼlumotlar asosida Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi materiallarini tayyorlash.

Har oy yakuni bilan

11. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarligiga nomzodlarni tanlash va Bosh vaziri oʻrinbosari va maslahatchilari suhbatidan oʻtkazish.

Oʻrnatilgan tartibda

12. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish.

Grafik asosida

13. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish.

Grafik asosida

Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisi

1. Davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirokida ijro intizomi holatini tanqidiy muhokama qilish.

Har oy yakuni bilan

2. Ijro intizomini taʼminlashda masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan, shuningdek, topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish.

3. Majlislarda ijro intizomi masalalarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borish.

(1b-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1v-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlarida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tarkibiy boʻlinmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparati masʼul xodimlari

1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, oʻrganish hamda ijro natijalari boʻyicha Adliya vazirligiga axborot taqdim etish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

6. Davlat organlari va tashkilotlari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini davlat organlari va tashkilotlarining hayʼat majlislarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlanmagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish.

Har oyda

9. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga axborot kiritish.

Zaruratga koʻra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish.

Grafik asosida

Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriq tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni tahlil qilish, oʻrganish hamda ijrosi natijalari boʻyicha yuqori turuvchi davlat organi va tashkilotiga axborot kiritib borish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

6. Davlat organlari va tashkilotlari tarkibiy va hududiy boʻlinmalari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotiga axborot kiritish.

Zaruratga koʻra

9. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish.

Grafik asosida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1g-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tarkibiy boʻlinmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarini (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) roʻyxatdan oʻtkazish hamda rahbarga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini oʻrganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan Adliya vazirligiga axborot kiritib borish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini rahbarning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, rahbar huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar sessiyalarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish.

Har yarim yilda

9. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

Zaruratga koʻra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish.

Grafik asosida

Tuman va shahar hokimliklari

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda hokimga axborot berish.

Kelib tushgandan 30 daqiqa mobaynida

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmi koʻrsatilgan topshiriqlarni tayyorlash hamda ijrochilarga yetkazish.

Kelib tushgandan uch kun muddatda, agar boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha amalga oshirish grafiklari (nazorat rejalari)ni tayyorlash, tasdiqlash va ijroga qaratish.

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatlarda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilash, ijrosini oʻrganish, tahlil qilish hamda natijasi yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish.

Belgilangan muddatlarda

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun mohiyati boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlarini oʻtkazish, mahallalarda ijrosini tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish hamda jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

6. Tuman va shahar hokimliklari hamda xodimlarining ish rejalariga ijro intizomi masalasi boʻyicha alohida boʻlim kiritish.

Har chorakda

7. Topshiriqlar ijro holatini hokimning birinchi oʻrinbosari huzurida har hafta juma kuni, hokim huzurida haftaning dushanba kuni muhokama qilib borish.

Har hafta juma va dushanba kunlari

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari sessiyalarida muhokama qilish hamda toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini taʼminlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini koʻrib chiqish.

Har yarim yilda

9. Topshiriqlar ijrosini taʼminlash jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organiga axborot kiritish.

Zaruratga koʻra

10. Mazkur Farmonda belgilangan tartiblarga joylarda rioya etilishi holatini oʻrganish.

Grafik asosida

(1g-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1d-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi va Hisob palatasida qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tarkibiy boʻlinmalar

Ijro va nazoratni tashkil etish

Bajarish muddati

Adliya vazirligi masʼul boʻlinmalari va xodimlari

1. Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar) oʻz vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib borish va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritib borish.

Doimiy

2. “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.

Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning mazmun-mohiyati “paket” tamoyili asosida davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatlariga va Adliya vazirligi hududiy boʻlinmalariga yetkazish. Bunda topshiriqlar boʻyicha infografika, prezentatsiya, tizer, slayd, strim, tahliliy materiallar va videodarslar tayyorlash.

Kelib tushgandan bir kun muddatda

3. “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida kelishish;

ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish.

Bir ish kunida, zarur hollarda besh ish kunida

4. Topshiriqlar ijrosiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish hamda masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Hukumat Rayosati majlisida koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga materiallarni kiritish.

Har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasigacha

5. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini oʻrganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha tegishincha Vazirlar Mahkamasi yoki Hisob palatasiga taklif kiritish.

Zaruratga koʻra

6. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati yuzasidan oʻtkazilgan manzilli va tematik oʻrganishlar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlar dasturiga muvofiq

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlari uchun onlayn tarzda “bepul huquqiy maslahat” kurslarini tashkil qilish.

Doimiy

8. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalarini “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” rukni ostidagi koʻrsatuvlarda muntazam ravishda yoritib borish.

15 kunda bir marta

9. Adliya vazirligi tashabbusi bilan, shu jumladan ijtimoiy sheriklik asosida fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarni faol jalb etgan holda “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazining platformalarida jamoatchilik monitoringi hamda jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish.

Har chorakda

Hisob palatasi masʼul boʻlinmalari va xodimlari

1. “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tekshirilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — topshiriqlarni “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratdan yechish;

ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish.

Uch kun muddatda, zarur hollarda besh kun muddatda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqilgan takliflar asosliligini oʻrganish va “Ijro.gov.uz” tizimidagi topshiriqlar muddatini uzaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga xulosa kiritish.

Zaruratga koʻra

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.

Har chorakda

4. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan sohalar, hududlar va idoralar kesimida manzilli va tematik tahliliy oʻrganishlarni olib borishda ishtirok etish.

Grafik asosida

(1d-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
1e-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha amalga oshirilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini nazorat qilish va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Masʼullar

Tashkiliy chora-tadbirlar

Bajarish muddati

Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va ular boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun yuborish

Adliya vazirligi

1. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi asosida masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.

Rasmiy eʼlon qilingandan keyin ikki kun

Davlat organlari va tashkilotlarining Nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi

2. Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasini kelishish yoki davlat organi va tashkiloti ushbu kartotekada nazarda tutilgan hujjatning ishlab chiquvchisi yoxud hujjatda (uning qismida) nazarda tutilgan masalani tartibga solishga vakolatli boʻlmagan hollarda tegishli izoh bilan rad etish.

Hujjat kelib tushgandan ikki ish kuni mobaynida

Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish

Davlat organlari va tashkilotlarning nazorat va ijro intizomini taʼminlash vazifasi yuklatilgan tarkibiy boʻlinmasi

1. “Ijro.gov.uz” tizimidagi shaxsiy kabinetga yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishish.

Hujjat kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida

2. “Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi”ni yuridik xizmat va boshqa manfaatdor tarkibiy boʻlinmaga aniq muddatlarni koʻrsatgan holda ijro uchun yuborish.

Hujjat kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida

Davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmatlari va boshqa manfaatdor tarkibiy boʻlinmasi xodimlari

1. Normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini aholi va ijrochilarga yetkazish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash.

Bir hafta muddatda

2. Normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy targʻibot materiallarini tayyorlash.

Belgilangan muddatlarda

3. Tayyorlangan huquqiy targʻibot materiallarini tizim tashkilotlari va hududiy tuzilmalarga huquqiy targʻibot tadbirlarida foydalanish uchun yetkazish.

Bir ish kuni mobaynida

4. Tayyorlangan huquqiy targʻibot materiallari asosida manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilib borish.

Belgilangan muddatlarda

5. Normativ-huquqiy hujjatning mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.

Belgilangan muddatlarda

6. Tizim tashkilotlari, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar tomonidan huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish holati boʻyicha rahbarga axborot va tegishli taʼsir choralarini qoʻllash boʻyicha taklif kiritish.

Har chorakda

7. Huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan muammoli masalalar yuzasidan Adliya vazirligiga axborot kiritish.

Zaruratga koʻra

Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasida belgilangan ishlarni bajarish holatini nazorat qilish

Adliya vazirligi

1. “Ijro.gov.uz” tizimida masʼul ijrochilar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar toʻliqligi va haqqoniyligini tekshirish:

ijro natijalari qoniqarli boʻlganda “Ijro.gov.uz” tizimida ijroni tasdiqlash;

ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda ularni qayta ishlashga joʻnatish.

Bir ish kuni, zarur hollarda besh ish kuni mobaynida

2. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Har yarim yilda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Adliya vazirligi tomonidan davlat organi va tashkilotiga kelishish uchun kiritilgan Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi ikki ish kuni davomida kelishilmagan yoki rad etilmagan holatlarda ushbu kartoteka avtomatik ravishda kelishildi maqomiga oʻtkaziladi.
(1e-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati, davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklarida ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ishlarni tashkil qilish va ijro intizomini mustahkamlashning asosiy yoʻnalishlari

Amalga oshirish chora-tadbirlari

Ijro muddatlari

Masʼullar:

vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Qonunchilik palatasi, Senat, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi

I. Ijro intizomini mustahkamlash, tanqidiy tahlil va qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish tizimini takomillashtirish

1.

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalarini quyidagilardan kelib chiqqan holda belgilash:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Oliy Majlisiga har yilgi Murojaatidan;

qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar);

oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning tasdiqlangan “Yoʻl xaritalari” (Konsepsiyalar, Dasturlar).

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlarini kalendar yilining 1-yanvar holatiga koʻra tanqidiy tahlil qilish.

Kalendar yilining

10-fevraligacha

Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

2. Yakunlarni muhokama qilish va keyingi kalendar yili uchun tizimli vazifalarni belgilash.

Kalendar yilining

15-fevraligacha

3. Quyidagilarning tegishli qarorlarini qabul qilish:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hayʼatlarining;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining.

Kalendar yilining

15-fevraligacha

4. Quyidagilarning shaxsiy masʼuliyati choralarini belgilash va faoliyati natijadorligini baholash:

shaharlar va tumanlar hokimlarining;

Kalendar yilining

20-fevraligacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining takliflari boʻyicha — Bosh vazir

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining;

Kalendar yilining 20-fevraligacha

Bosh vazir takliflari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining.

Kalendar yilining

1-martigacha

Bosh vazir takliflari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

2.

Boshqaruv tizimini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirishning maqsadli va ustuvor vazifalariga muvofiq takomillashtirish.

1. Quyidagilarning ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish tizimini takomillashtirish:

Vazirlar Mahkamasining;

I yarim yillik uchun — 20-yanvargacha

II yarim yillik uchun — 20-iyulgacha

Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning;

25-yanvargacha va 25-iyulgacha

Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining;

25-yanvargacha va 25-iyulgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

shaharlar va tumanlar hokimliklarining.

1-fevralgacha va 30-iyulgacha

Shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

2. Quyidagilarning shaxsiy ish rejalarini shakllantirish, tasdiqlash va amalga oshirish ishlarini doimiy amaliyotga joriy qilish:

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining;

Har oyda

Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari

Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va masʼul xodimlarining;

Har chorakda

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning birinchi rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, boshqaruv apparati xodimlarining;

Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun

Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari, apparat xodimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek, hokimliklar masʼul xodimlarining.

Har oyda — rahbarlar uchun, har chorakda — xodimlar uchun

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

3. Erishilgan natijalarni tizimli tahlil qilish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish va keyingi davr uchun tuzatishlar kiritish.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari va xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlari, apparat xodimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

3.

Tegishli tarmoqlarda, iqtisodiyot va moliya sohalarida rahbar va mutaxassislarning bilimlari darajasini tizimli ravishda oshirish, shuningdek, ularning huquqiy savodxonligini taʼminlash.

1. Tavsiya etilayotgan nomzodlarni ularning iqtisodiyot va moliya sohalaridagi maxsus bilimlari darajasini, shuningdek, huquqiy savodxonligini inobatga olgan holda tanlashning qatʼiy nazoratini taʼminlash.

Muntazam ravishda

Kadrlar zaxirasini tayyorlashda

Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari Qoraqalpogʻiston, Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi, Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari

2. Davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklar xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini doimiy ravishda monitoring qilish hamda baholashni joriy etish boʻyicha hukumat qarorini qabul qilish.

2021-yil

1-aprelgacha

Adliya vazirligi

Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Yuridik taʼminlash boshqarmasi

3. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlari hamda mutaxassislarining quyidagilarda oʻqishini va stajirovka oʻtashini tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash:

nufuzli xalqaro markazlardagi kurslarda;

2021-yil

1-aprelgacha

Adliya vazirligi — chaqiriq Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

Bosh vazir oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

MDH, SHHT va uzoq xorijiy mamlakatlar davlat boshqaruvi organlari va hukumatlarining markaziy apparatlarida.

2021-yil

15-aprelgacha

Adliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

4. Quyidagilarning oʻqishi va malaka oshirishini tashkil qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish:

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari: vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;

2021-yil

15-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari;

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, ularning oʻrinbosarlari.

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

5. Quyidagi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislarining bilim darajasi, huquqiy savodxonligi va ishchanlik malakasini oshirishni tizimli hamda doimiy asosda tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish:

Davlat boshqaruvi organlari markaziy apparatlari va hududiy boʻlinmalari;

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari.

2021-yil

1-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

II. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni hisobga hamda roʻyxatga olish, ularning tegishli mansabdor shaxslar va xodimlarga yetkazilishini taʼminlash, bajarilishini tashkil qilish

4.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalarini sifatli va har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy hamda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari Administratsiyaning tegishli xizmatlariga, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga shaxsan vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli hududlar hokimlari tomonidan shaxsan taqdim etilishi tartibini joriy etish.

Bunda koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar tomonidan mazkur hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda va vakolatli davlat boshqaruvi organlarida kelishishda shaxsiy nazorat yoki shaxsan oʻzlari ishtirok etishi taʼminlanadi.

2021-yil

1-martdan boshlab

Davlat boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli hududlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

5.

Quyidagilar haqida maʼlumotlarning elektron bazasini doimiy asosda, shu jumladan “maxfiylik” rejimda shakllantirish:

qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar;

har bir kalendar yili uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari;

tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi.

1. Quyidagi hujjatlar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish:

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasida 2010 — 2021-yillar davrida qabul qilingan;

2021-yil

10-martgacha

keyingi davrda qabul qilinadigan.

Muntazam ravishda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini maqsadli oʻrganish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish.

Muntazam ravishda Tegishli davr uchun moʻljallangan ish rejaga muvofiq

Erishilgan aniq natijalarning doimiy asosda tanqidiy tahlilini tayyorlash.

Muntazam ravishda

Erishilgan natijalar, aniqlangan kamchiliklar va muammolarning doimiy asosda tahlilini tayyorlash. Qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Muntazam ravishda

6.

Normativ-huquqiy hujjatlarni ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazish ishlarini tashkil qilish.

1. Mazkur Farmonga 1a — 1d-ilovalarga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibida bayon etilgan talablarning bajarilishiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.

Qatʼiy belgilangan muddatlarda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Barcha hujjatlar va topshiriqlar amalga oshirilishini nazorat qilish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash amaliyotini joylarda joriy qilish.

Muntazam ravishda

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni yoritish boʻyicha yangi axborot texnologiyalari va raqamli uskunalardan foydalangan holda, axborot-tahliliy materiallar va media materiallar, shu jumladan, audio va videoroliklar, telekoʻrsatuvlar hamda radioeshittirishlar, voqealar joyidan reportajlar tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi — chaqiriq Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

7.

Quyidagilarda Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari talablari oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlash ishlarini tashkil qilish:

vazirlik, davlat qoʻmita va idoralarda;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida.

Mazkur Farmonga 1a — 1d-ilovalarga muvofiq qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tartibida bayon etilgan talablarning bajarilishiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.

Belgilangan muddatlarda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida hokimlarning hisobotlarini eshitish amaliyotini joriy qilish.

Har chorakda

Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Qonunchilik palatasi va Senat

III. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli oʻrganishni tashkil qilish

8.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli oʻrganish tizimini takomillashtirish.

1. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklarining ish rejalariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar amalga oshirilishini maqsadli oʻrganishga bagʻishlangan maxsus boʻlimlar kiritilishini taʼminlash.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishini, erishilgan natijalar, aniqlangan muammolar va kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilish.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlardagi vazifalar va talablarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlamagan mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari boʻyicha takliflar tayyorlash.

Muntazam ravishda

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

IV. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining nazoratini taʼminlash

9.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish.

1. 2021-yil 1-fevraldan boshlab qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tartibini joriy etish:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarda — birinchi rahbar huzurida va kollegial organlar majlislarida tanqidiy va har tomonlama muhokama qilish;

Har haftada — dushanba kuni Har chorakda — hayʼat majlislarida

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

respublika tumanlari, shaharlari va viloyatlari hokimliklarida;

Har haftada — dushanba kuni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida:

a) “VKA” orqali tegishli davlat boshqaruvi organlari va barcha darajalardagi hokimliklarda ijro nazorati tanqidiy koʻrib chiqilishini taʼminlash;

Har haftada — shanba kuni

Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

b) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalarida bajarilishini tanqidiy tahlil qilish;

Har haftada — juma kuni

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

v) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni mutasaddilik qilinadigan davlat boshqaruvi organlarida bajarilishini tanqidiy tahlil qilish;

Har oyda — 5-sanagacha

Tegishli davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlar

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

g) Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ijro nazoratining natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, kamchiliklar va muammoli masalalarni aniqlash, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlash.

Har oyda — 10-sanagacha

Tegishli davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, barcha darajadagi hokimlar

Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligi choralari boʻyicha axborot va takliflar kiritish.

Har oyda — 15-sanagacha

Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari

10.

Davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy boʻlinmalari va hokimliklarning zimmasiga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni roʻyxatga hamda hisobga olish va ularning bajarilishini nazorat qilish vazifalari yuklangan rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini, ishchanlik malakasini va shaxsiy masʼuliyatini oshirish.

1. Davlat boshqaruvi organlari tarkibiy boʻlinmalari va barcha darajalardagi hokimliklarning hisobga va roʻyxatga olish hamda ijro nazorati vazifalari zimmasiga yuklangan rahbarlari va mutaxassislarining sifat tarkibini puxta tahlil qilish.

2. Tahlil asosida quyidagilar boʻyicha takliflar tayyorlash:

2021-yil

1-aprelgacha

Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

barcha respublika darajasidagi davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalari rahbarlari lavozimlarini Administratsiyaning Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasining hisobga olish nomenklaturasiga kiritish;

2021-yil

1-aprelgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi mudiri

kadrlarni tanlash, suhbat oʻtkazish, stajirovka va lavozimga tayinlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish.

2021-yil

15-aprelgacha

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi mudiri

3. Vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi hokimliklarda tizimni takomillashtirish hamda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amaliy seminarlar tashkil qilish va oʻtkazishga doir takliflar tayyorlash.

2021-yil

15-martgacha

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Qonunchilik palatasi va Senat apparatlari rahbarlari, Hisob palatasi, Davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha maslahatchi

4. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari uchun “Bepul huquqiy maslahatlar” onlayn kurslarni tashkil qilish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi

11.

Jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va fuqarolarning faol ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida rivojlantirish.

1. “Yuksalish” milliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi maydonlarida jamoatchilik monitoringi va jamoatchilik eshituvlarini fuqarolik jamiyati institutlari, OAV va fuqarolarning faol ishtirokida ijtimoiy sheriklik asosida tashkil qilish.

Tartibga muvofiq muntazam ravishda

Adliya vazirligi, “Yuksalish” milliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

2. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarish masalalari boʻyicha davlat tashkilotlariga mobil ilovalar orqali murojaat qilish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

2021-yil

iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

Bosh vazir maslahatchisi

3. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi boʻyicha ishlarni “Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda” mavzusidagi koʻrsatuvlarda, shu jumladan doimiy matbuot anjumanlarini tashkil etish orqali muntazam yoritib borish.

Reja-jadvalga asosan

Adliya vazirligi, AOKA, OʻzA

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

12.

“Ijro.gov.uz” tizimini takomillashtirish.

“Ijro.gov.uz” tizimiga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish:

a) muddati oʻtgan va ijrosi taʼminlanmagan topshiriqlar roʻyxati, ular boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan taʼsir choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish;

b) ijro muddati yaqinlashgan va muddati oʻtgan topshiriqlar boʻyicha “Ijro.gov.uz” tizimi foydalanuvchilariga ogohlantiruvchi xabarlar yuborish;

v) davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomi boʻyicha koʻrsatkichlarini eʼlon qilish;

g) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning “Ijro intizomi — islohotlar garovi” tamoyiliga asoslangan yangi tizimini joriy qilish;

d) Administratsiya va Vazirlar Mahkamasining barcha boshqaruv xodimlarini “Ijro.gov.uz” tizimiga ulash.

2021-yil

1-aprel

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Bosh vazir maslahatchisi, Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi va apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

13.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalda qoʻllashga koʻmaklashish.

1. Adliya vazirligi, vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalda qoʻllashda manzilli koʻmaklashish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi, vazirliklar, qoʻmitalar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi, apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

Adliya vaziri oʻrinbosarlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi ustuvor vazifalarini belgilash.

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish:

a) Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha adliya vaziri oʻrinbosarlariga sohalarni hamda davlat organlari va tashkilotlarini biriktirish;

b) adliya vaziri oʻrinbosarlarining qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish boʻyicha ustuvor vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini taʼminlashga huquqiy-uslubiy koʻmaklashish;

davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning aniq amaliy natijalarga erishilishi taʼminlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrish;

biriktirilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan taʼsirchan monitoringni taʼminlash.

2021-yil

1-aprel

14.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish.

“Ijro.gov.uz” tizimiga zarur maʼlumotlarni oʻz vaqtida kiritmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, bu borada Adliya vazirligi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat xizmatchilariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonunchilik loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil

1-aprel

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi

15.

Adliya organlari faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Adliya organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

adliya organlarining maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari;

adliya organlarida xizmatni oʻtash tartibi va shartlari;

adliya organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish;

adliya organlari xodimlari kunini belgilash;

adliya organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi.

2021-yil

1-may

Adliya vazirligi

Vazirlar Mahkamasining Yuridik taʼminlash boshqarmasi

V. Davlat boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining hisobdorligi

16.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishi toʻgʻrisida hisobdorlik tizimini takomillashtirish.

1. Mazkur Farmonga 3-ilova talablari bajarilishining qatʼiy nazoratini taʼminlash.

Qatʼiy ravishda belgilangan muddatlarda

Adliya vazirligi — chaqiriq Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi

2. “Ijro.gov.uz” tizimida hisobdorlik amaliyotini takomillashtirish, belgilangan talablar buzilishi uchun shaxsiy javobgarlik choralarini koʻrish.

Muntazam ravishda

Adliya vazirligi — chaqiriq Davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari

3. Quyidagilarda:

vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarda;

Jadval asosida

Adliya vazirligi — chaqiriq Vazirlar, davlat qoʻmitalari raislari, idoralar va tashkilotlar rahbarlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Qonunchilik palatasi va Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklarida mazkur Farmon talablarining bajarilishini maqsadli oʻrganishni taʼminlash.

Jadval asosida

Adliya vazirligi — chaqiriq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi, Hisob palatasi, Qonunchilik palatasi va Senat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi

17.

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar hamda hududlarni rivojlantirish dasturlarining bajarilishi holatini muhokama qilish.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlari majlislarida mazkur hujjatlarning bajarilishi holati va natijadorligini tanqidiy oʻrganish, muhokama qilish amaliyotini joriy etish.

Har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari

Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro intizomini taʼminlash shuʼbasi, Qonunchilik palatasi va Senat

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining ijrosi boʻyicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar


 

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kanselyariyasi

“Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar deb yuritiladi) elektron nusxalarini Adliya vazirligiga yuborish.

bir kun muddatda, shoshilinch topshiriqlar — zudlik bilan


 

2-bosqich

Adliya vazirligi

“Ijro.gov.uz” tizimida nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritish, ulardan kelib chiqqan holda masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini belgilash.

hujjatning elektron nusxasini olgan kundan boshlab bir kun muddatda


 

2 (1)-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha)

1. “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar boʻyicha kelib tushgan maʼlumotlarni qabul qilish.

2. Vazirlar Mahkamasi apparatida topshiriqlar boʻyicha masʼul ijrochini, zarur boʻlganda vazirlik va idoralarni belgilash.

3. Topshiriqlarni nazoratga olish.

topshiriqlar olingan kundan boshlab bir kun muddatda


 

3-bosqich

Masʼul ijrochilar

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni amalga oshirish holati va ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi axborotni ilova qilgan holda “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritish.

belgilangan muddatlarda


 

4-bosqich

Adliya vazirligi

Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning bajarilishi natijalarini koʻrib chiqish:

a) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish;

b) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida kelishish.

bir ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda besh ish kunida


 

4 (1)-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

(Hukumat tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar boʻyicha)

Masʼul ijrochilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini koʻrib chiqish:

a) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish;

b) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — nazoratga olingan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimida tasdiqlash.

rahbariyat tomonidan natijalar tasdiqlangandan keyin bir kun muddatda


 

5-bosqich

Hisob palatasi

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar bajarilishining borishini koʻrib chiqish:

a) ijro natijalari qoniqarsiz boʻlganda — ularni qayta ishlashga joʻnatish;

b) ijro natijalari qoniqarli boʻlganda — “Ijro.gov.uz” tizimida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni nazoratdan yechish.

bir ish kunida, qoʻshimcha oʻrganish talab etilganda uch ish kunida


 

6-bosqich

Hisob palatasi

Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro holati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish.

har chorakda


 

7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

1. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

1. Muntazam ravishda

2. Nazoratdan yechilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni qayta nazoratga qoʻyish, ularning ayrimlarini alohida nazoratga olish (nazoratdan faqat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan yechiladi).

2. Zarurat boʻlganda

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2021-y., 06/21/6166/0101-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son; 09.09.2025-y., 06/25/160/0812-son; 25.11.2025-y., 06/25/228/1070-son)