18.11.2020 yildagi O‘RQ-647-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 12-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining huquqiy maqomi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qoʻshinlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega boʻlgan maxsus turidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorizmga qarshi kurashishda, shuningdek terrorchilik harakatlarining hamda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish, surishtiruv oʻtkazish, jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan obyektlarni hamda boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, shu jumladan mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash, shu jumladan ommaviy tadbirlar, mitinglar, yigʻilishlar, namoyishlar oʻtkazilayotganda hamda fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat, alohida davr va terrorchilikka qarshi operatsiyalarni oʻtkazish sharoitlarida huquqiy rejimni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatlarning rasmiy vakillarini, oliy darajadagi xorijiy delegatsiyalarni kutib olishda va kuzatib qoʻyishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokidagi tantanali tadbirlar chogʻida rasmiy marosimlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida aholi punktlaridagi jamoat joylarida patrullik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining hududiy mudofaasi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini jangovar qoʻllash rejalari boʻyicha maxsus vazifalarni hal etish, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qoʻriqlash hamda himoya qilishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish, yagonalik, mustaqillikdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga ogʻishmay rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarni aniq bajarish va ularga rioya etishdan har qanday chetga chiqish, ularning sabablari qanday boʻlishidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzishdir va u belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli boʻlgan, uning shaʼni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oshkor qilish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Yagonalik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya Milliy gvardiyaning qoʻmondoni rahbarlik qiladigan yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻz faoliyatini amalga oshirishda bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mustaqillik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya faoliyatiga davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va mansabdor shaxslarning aralashuvi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Milliy gvardiyaning davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar Milliy gvardiyaga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablarini bajarish majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) oʻz vakolatlari doirasida qoʻyilgan qonuniy talablari, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruv materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassis ajratish, Milliy gvardiyaga kelish hamda aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi, qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar uning qonuniy talabi boʻyicha bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya oʻz faoliyatida fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalar, shuningdek axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish, kriptografiya vositalaridan hamda boshqa maxsus vositalardan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Milliy gvardiyaning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Milliy gvardiyaning tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning tizimi Milliy gvardiyaning markaziy devoni, Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, harbiy tuzilmalar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, shuningdek Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan (bundan buyon matnda Milliy gvardiya organlari deb yuritiladi) iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Milliy gvardiyaning boʻysunishi va hisobdorligi, shuningdek Milliy gvardiyaning mansabdor shaxslarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga boʻysunadi va unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Milliy gvardiya qoʻmondoni rahbarlik qiladi. Milliy gvardiya qoʻmondoni maqomiga koʻra vazirga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qoʻmondonining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarlari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Milliy gvardiya hayʼati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyada Milliy gvardiya qoʻmondoni, uning oʻrinbosarlari, markaziy devoni boʻlinmalarining boshliqlari va Milliy gvardiya organlarining rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi. Hayʼatning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya hayʼati maslahat organi boʻlib, u qonunchilik hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining, Milliy gvardiya qoʻmondoni buyruqlari va koʻrsatmalarining ijro etilishi holatiga, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyishga taalluqli masalalarni hamda Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Milliy gvardiyada harbiy xizmatchilar (xodimlar) tomonidan harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya organlarida haqiqiy harbiy xizmatda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilar maxsus unvonlar berilgan va harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi kontraktning amal qilishi tugatilgan holda Milliy gvardiya xodimlari lavozimlariga tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya oliy harbiy taʼlim muassasalarining bitiruvchilari maxsus unvonlar berilgan holda xodimlar lavozimlariga tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan Milliy gvardiya organlarida harbiy xizmatni oʻtash tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Milliy gvardiya xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyada xizmatda boʻlgan, maxsus unvonlar berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Milliy gvardiya xodimlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlari harbiy unvonlar berilgan va harbiy xizmatni oʻtash toʻgʻrisida kontrakt tuzilgan holda harbiy lavozimlarga tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xizmatni oʻtash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi Milliy gvardiya organlarida xizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlari uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, Milliy gvardiya xodimlari xizmatni oʻtashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan rejim Milliy gvardiya xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutkalik rejim Milliy gvardiya xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish oʻrniga xizmatni oʻtash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda xizmatni sutkalik oʻtash belgilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish Milliy gvardiya qoʻmondonining buyruqlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi besh kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga boshqa turdagi taʼtillar ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, xizmat majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va Milliy gvardiya tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirishga hissa qoʻshganlik, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatganlik, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirganlik hamda boshqa alohida xizmatlari uchun Milliy gvardiya xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim etilishi, shuningdek Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan taʼsis etiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan mukofotlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki agar xizmat zarurati shuni taqozo etsa, Milliy gvardiya organlari hududida boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat, davolanish joyiga borish yoki u yerlardan qaytish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻinlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirlikda boʻlish (bundan oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan Milliy gvardiya xodimining shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-modda. Milliy gvardiya organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlari quyidagilarga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) Milliy gvardiya organlarida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita boʻysunishiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) boʻlishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ishtirok etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat fuqaroligini yoki chet davlatda doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatni olish maqsadida murojaat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega boʻlishga, koʻchmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda taʼlim olish, stajirovka oʻtash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni oʻtash vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni tashkil etishga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlashga, xizmat majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etmaganlik Milliy gvardiya xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.
(171-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) xizmat guvohnomasi va jetoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunalardagi xizmat guvohnomasi va shaxsiy raqamli jeton beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat guvohnomasidan va jetondan foydalanish tartibi Milliy gvardiyaning ichki idoraviy hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilish
(19-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) tegishli maʼlumotga ega boʻlgan, sogʻligʻining holatiga va jismoniy tayyorgarligiga koʻra Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatga fuqarolar umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan va oʻttiz yoshdagi fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilish tartibi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, Milliy gvardiyaning ayrim boʻlinmalariga, Milliy gvardiya xodimlari lavozimiga oʻttiz yoshdan katta boʻlgan fuqarolar, agar ular xizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlsa, qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim boʻlinmalari va lavozimlarining roʻyxati Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkaklar Milliy gvardiyaga xizmatga kirguniga, Milliy gvardiya xodimi lavozimiga tayinlanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.
(19-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlardan xodimlar Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda, Milliy gvardiya qoʻmondonining qaroriga koʻra qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning aʼzolari boʻlgan, Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilingan fuqarolar xizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tegishli maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek harbiy xizmatchilar (xodimlar) qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalarida chet ellik fuqarolar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻqishi mumkin.
(19-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi fuqarolar Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilinishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga koʻra boʻshatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sodir etgan jinoyati uchun qoʻllanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan yoxud amnistiya akti yoki avf etish qoʻllanilganligidan qatʼi nazar muqaddam sudlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishni rad etganda yoki Milliy gvardiyaning maxsus talablariga javob bermagan.
(19-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-noyabrdagi OʻRQ-1008-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 3-yanvar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimi lavozimiga qabul qilingan shaxslar uchun dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan Milliy gvardiya oliy harbiy taʼlim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi boʻlgan tinglovchilari va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda Milliy gvardiyaning maxsus hisobida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning oliy harbiy taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi oʻquv muddatini tugallaganidan keyin muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ular taʼlim muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) qasamyodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) kirayotganda harbiy xizmatchilar (xodimlar) quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga harbiy xizmatga (xizmatga) kirar ekanman, Oʻzbekiston xalqi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga sadoqatli boʻlishga, Vatanga qasamyodga, Jangovar Bayroqqa sodiq qolishga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini, oʻz xizmat burchimni soʻzsiz hamda vijdonan bajarishga, har qanday sharoitda xiyonat va sotqinlik qilmaslikka, oʻzimning jangovar shayligim uchun shaxsan javobgar boʻlishga, mardlik va fidokorlik bilan, oʻz hayotimni ayamasdan xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga qasamyod qilaman”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) malakasini oshirish Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalari, harbiy taʼlim muassasalari, shuningdek boshqa taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlari Milliy gvardiyada harbiy xizmatda (xizmatda) deb hisoblanadi, bundan chet ellik fuqarolar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) boʻshatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini harbiy xizmatdan boʻshatish tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning xodimini xizmatdan boʻshatishga quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishi boʻyicha (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtamaganlar uchun) — xodimning bildirgisi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi — xodimning bildirgisi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-shtat oʻzgarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizlik toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning Milliy gvardiyadagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimining shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlat organiga xizmatga oʻtganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi bekor qilinganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar uchun ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi.
(22-modda ikkinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda xodimlarning xizmatdan boʻshatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarida davolanishda boʻlganida, ular Milliy gvardiyaning va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiyot muassasalari tomonidan vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼtilda yoki xizmat safarida boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirga yoki garovga olinganda (bundan oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgan, sudda koʻrilayotgan jinoyat ishi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmagan yoki sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, u xizmatdan boʻshatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga yoki sudga murojaat qilish orqali oʻzining xizmatdan boʻshatilishi ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatdan boʻshashga qaror qilgan xodim boʻshash rejalashtirilayotgan kundan kamida ikki oy avval boʻlinma boshligʻiga (komandiriga) bildirgi bilan murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni xizmatdan boʻshatish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“podpolkovnik” maxsus unvonigacha, shu jumladan “podpolkovnik” unvonidagilarni ham — Milliy gvardiya qoʻmondonining yoki xizmatga qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan Milliy gvardiya boʻlinmasi boshligʻining buyrugʻi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“polkovnik” va undan yuqori maxsus unvondagilarni — belgilangan tartibda Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim xizmat muddati kalendar hisobda yigirma yilga yetganidan soʻng oʻtagan xizmat muddati boʻyicha pensiya olish huquqini beruvchi boʻshatilish huquqiga ega boʻladi, bu muddat Milliy gvardiyaning, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va xorijiy davlatlarning (xalqaro shartnomalarga muvofiq Milliy gvardiya tomonidan yoʻllanganlar uchun) oliy taʼlim muassasalarida, Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalarida oʻqish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash davrini ham oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar halok boʻlganligi (vafot etganligi), bedarak yoʻqolgan deb topilganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Milliy gvardiyaning shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning bedarak yoʻqolgan deb topish yoki vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarori bekor qilingan taqdirda, bedarak yoʻqolganligi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinganligi sababli ilgari shaxsiy tarkib roʻyxatidan chiqarilgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatiga yangitdan kiritish Milliy gvardiya qoʻmondonining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) harbiy xizmat (xizmat) muddatlari va ularni uzaytirish uchun asoslar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining harbiy xizmat muddatlari va ularni uzaytirish tartibi ushbu moddaning uchinchi qismini hisobga olgan holda umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyada xizmatda boʻlishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ellik yoshni, ofitserlar tarkibi uchun — ellik besh yoshni (generallar uchun — oltmish yoshni), ayollar uchun esa (mavjud maxsus unvonidan qatʼi nazar) — ellik yoshni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtashga yaroqli harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) xizmat muddati Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan ushbu xodimlarning roziligi bilan besh yilgacha, Milliy gvardiyaning taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha Milliy gvardiyadan boʻshatish ehtimolini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) harbiy xizmatga (xizmatga) tiklash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni Milliy gvardiyadagi harbiy xizmatga tiklash tartibi umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxslar gʻayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganligi yoki xizmatdan asossiz boʻshatilganligi eʼtirof etilgan hollarda, ularni Milliy gvardiyadagi xizmatga tiklash sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoxud Milliy gvardiya qoʻmondonining qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga tiklanishi lozim boʻlgan shaxslarni shaxsiy tarkib roʻyxatlariga kiritish va lavozimga tayinlash Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatga tiklanishni xohlovchi shaxslar boʻshatilgan kundan yoki sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qarori chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oy muddatda xizmatga tiklash haqidagi iltimosnoma bilan Milliy gvardiyaga murojaat qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsni Milliy gvardiyadagi xizmatga tiklash boʻshatilgan kundan tiklangan kunga qadar boʻlgan davrni hisobga kiritish sharti bilan avvalgi maxsus unvonni berish, ustamalarni va xizmat yillarini hisoblab chiqarish, avvalgi lavozimga tayinlash yoxud buning imkoni boʻlmasa, unga teng yoki boshqa lavozimga tayinlash orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs xizmatdan boʻshatilgan kundan yoki sudning xizmatga tiklash toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch oy muddat oʻtganidan keyin Milliy gvardiyaga murojaat qilsa, uch oylik muddat oʻtgan paytdan eʼtiboran to xizmatga tiklanguniga qadar boʻlgan davr navbatdagi maxsus unvonni olish, ustamalarni hisoblash va pensiya tayinlash uchun xizmat yillarini hisoblash boʻyicha uzluksiz stajga qoʻshib hisoblanmaydi. Uch oylik muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu davr Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) harbiy va maxsus unvonlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga harbiy unvonlar umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safdorlar tarkibi — “safdor”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
serjantlar tarkibi — “kichik serjant”, “serjant”, “katta serjant”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik ofitserlar tarkibi — “leytenant”, “katta leytenant”, “kapitan”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta ofitserlar tarkibi — “mayor”, “podpolkovnik”, “polkovnik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar tarkibi — “general-mayor”, “general-leytenant”, “general-polkovnik”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mardlik va qahramonlik, yuqori professionallik va vatanparvarlik sifatlarini koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) navbatdagi harbiy (maxsus) unvon, mavjud unvonidagi xizmat muddatidan qatʼi nazar, muddatidan oldin berilishi, shuningdek shtat boʻyicha egallab turgan lavozimidagi harbiy (maxsus) unvonidan bir pogʻona yuqori unvon berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qoʻmondoniga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) “polkovnik” unvonigacha boʻlgan, shu jumladan “polkovnik” harbiy (maxsus) unvonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda berish huquqiga ega.
(25-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Milliy gvardiyaning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Milliy gvardiyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslar va fuqarolarning hujjatlarini, shu jumladan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularni shaxsiy koʻrikdan (tintuvdan) oʻtkazishni amalga oshirish, ashyolarni, transport vositalarini hamda olib oʻtilayotgan yuklarni koʻzdan kechirish, shu jumladan nazoratning texnik va boshqa vositalari qoʻllanilgan holda koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylarga va boshqa obyektlarga toʻsqinliksiz, zarurat boʻlganda qulflash moslamalari va boshqa ashyolarni buzgan holda kirish, bu joylarni jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar taʼqib qilinayotganda yoxud u yerda jinoyat sodir etilmoqda yoki sodir etilgan yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yashirinayotgan shaxs bor deb hisoblash uchun yetarli asoslar mavjud boʻlsa, agar kechiktirish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini xavf ostida qoldiradigan boʻlsa, yigirma toʻrt soat ichida prokurorga bu haqda xabar bergan holda, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda qoplagan holda koʻzdan kechirish;
(26-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda boʻlgan shaxslarni topish va ushlash maqsadida jismoniy hamda yuridik shaxslarning turar joylarida va boshqa obyektlarida ularning roziligi bilan vaqtincha boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga borish, zarur boʻlgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish, davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, fuqarolardan maʼlumotlarni va boshqa zarur hujjatlarni hamda materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallar yuzasidan fuqarolarni, mansabdor shaxslarni chaqirish, zarur hujjatlarni, maʼlumotlarni hamda ularning koʻchirma nusxalarini bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni oʻz roziligi bilan Milliy gvardiyaga koʻmaklashishga jalb etish, koʻmaklashgan fuqarolarni taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini aniqlash va surishtiruv organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni qidirish, shuningdek jinoyatlarning oldini olish uchun bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarning xodimlaridan, mansabdor shaxslaridan va boshqa fuqarolardan obyektga ruxsatnoma bilan kirish hamda uning ichki rejimlariga rioya etishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlab turish va Milliy gvardiya organlariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib borishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarga qonunga xilof ravishda kirib olgan shaxslar taʼqib qilinayotganda qoʻriqlanadigan obyektlar binolariga moneliksiz kirish hamda ularni koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan obyektlarda jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib qilish va ularni Milliy gvardiya organlariga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib borish uchun tashkilotlarning hamda qoʻriqlanadigan obyektlar mulkdorlarining transport vositalaridan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun ichki ishlar organlarining, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari hamda maʼlumotlar bazalaridan foydalanish;
(26-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, gʻayrihuquqiy harakatlarni toʻxtatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qoʻllash;
(26-modda birinchi qismining oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joy uchastkalarini, turar joylarni, imoratlarni va boshqa obyektlarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
(26-modda birinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya organlarida davlat sanitariya va yongʻin nazoratini, shuningdek transport vositalarining texnik holati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotdan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyada axborotni kriptografik himoya qilish, maxsus aloqa, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni himoya qilish, shu jumladan hisoblash texnika vositalarida (axborotlashtirish vositalarida) ishlov berish chogʻida, axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyadan oʻtkazish, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni texnik jihatdan himoya qilish, axborot xavfsizligi, maxfiy axborot xavfsizligi sohasida faoliyatni va nazoratni amalga oshirish, shuningdek Milliy gvardiya organlari faoliyatining mazkur sohalarida tekshiruvlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotga ishlov berish va uni texnik jihatdan himoya qilish chogʻida foydalaniladigan axborotlashtirish texnika vositalarini hamda axborotni texnik jihatdan himoya qilish vositalarini sertifikatlashtirishga, shuningdek axborotlashtirish obyektlarining Milliy gvardiya organlaridagi axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan attestatsiya oʻtkazishga doir faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya tizimida oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyatni amalga oshiruvchi boʻlinma va boshqa tuzilmalar (jangovar boʻlinma va tuzilmalar bundan mustasno) tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Milliy gvardiyaning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida, shu jumladan koʻchalarda, maydonlarda, istirohat bogʻlarida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayrihuquqiy qilmishlarga chek qoʻyishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa izlari saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa obyektlariga mulkdorlarning yoki ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki ular yoʻqligida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) kirganligining barcha hollari toʻgʻrisida yigirma toʻrt soat ichida prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa yordam koʻrsatilishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar faktlari boʻyicha jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni fosh etish, shuningdek ularga tayyorgarlik koʻrishga hamda ularni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash va topish choralarini koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrishi, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha choralar koʻrishi;
(27-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-iyuldagi OʻRQ-854-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2023-y., 03/23/854/0463-son — 2023-yil 13-oktabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim va toifalangan obyektlarni, chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini, konsullik muassasalarini hamda boshqa vakolatxonalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini, shuningdek Milliy gvardiya qoʻriqlashi lozim boʻlgan boshqa obyektlarni qoʻriqlashni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga doir axborotning, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash faoliyati, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot-axborot fondlarini shakllantirishi, hisob-axborot tizimini yaratishi, hisobni, davlat statistika hisobotini va boshqa statistika hisobotini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanayotgan shaxslarning harakatlanish yoʻnalishlarida va boʻlish joylarida huquqbuzarliklarning oldini olishi hamda ularga chek qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi va boshqa maxsus tezkor-jangovar operatsiyalar oʻtkaziladigan obyekt boʻsagʻalarida ruxsatsiz kirishlarga chek qoʻyishi, nazorat-oʻtkazish rejimini oʻrnatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya organlarida maxfiylik rejimi taʼminlanishi ustidan nazoratni tashkil etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, oʻqotar qurolni qoʻllash, tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari va chegaralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni hamda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalari ishchilari va xizmatchilari Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) uchun nazarda tutilgan hollarda va tartibda jismoniy kuch, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllashga haqli.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-881-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoki ularning qoʻllanilishidagi sustkashlik fuqarolarning, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti hamda sogʻligʻiga bevosita xavf soladigan va boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan harbiy xizmatchiga (xodimga) tegishli sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) egallab turgan lavozimga loyiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi), agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 30 va 31-moddalarida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelishi mumkin deb hisoblasa, ularni qoʻllash uchun tayyorlash va jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishi yoki tashkil etilishi kerak va bu haqda ularning qarindoshlari yigirma toʻrt soat ichida xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) bevosita komandiriga (boshligʻiga) darhol axborot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida Milliy gvardiya tegishli prokurorga darhol xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok boʻlsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) hodisa joyini oʻzgarishsiz saqlash boʻyicha choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlamasa, ular quyidagi hollarda shaxsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarga va boshqa huquqbuzarliklarga barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yoki boshqa huquqbuzarliklar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlashda va olib borishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, hujum qilinganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Maxsus vositalarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) maxsus vositalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroga yoki Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qilingan hujumni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qarshilik koʻrsatilishiga barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni sodir etishi chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan shaxslarni olib borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻravonlik ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarga chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchisi Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) toʻxtash toʻgʻrisidagi talabini bajarmagan transport vositasini toʻxtatishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsib qoʻyishda qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) quyidagi maxsus vositalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) rezina tayoqlarni, shikastlantiruvchi qurolni, qoʻlkishanlarni yoki boshqa bogʻlash vositalarini, elektroshok qurilmalarini, taʼsirlantirish xususiyatiga ega boʻlgan vositalarni, xizmat hayvonlarini quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroga yoki Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qilingan hujumni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatga barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) qarshilik koʻrsatilishiga barham berishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni sodir etishi chogʻida koʻrib qolingan yoki uni sodir etganidan keyin darhol yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻrlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus boʻyovchi va markirovka qiluvchi vositalar, muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) va shaxslarni himoya qilish, gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsish vositalarini quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalarini quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻrlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan obyektlarni va shaxslarni himoya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) zirhli mashinalar, maxsus mashinalar, suv bilan zarba beruvchi mashinalar va katerlarni quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻrlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va huquq-tartibot organlari vakillariga nisbatan kuch ishlatish bilan bogʻliq ommaviy tartibsizliklarga hamda ruxsat etilmagan mitinglarga chek qoʻyishda qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) ushbu Qonunda oʻqotar qurolni qoʻllash ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga hamda yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan maxsus vositalarni, shu jumladan shikastlantiruvchi qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy aʼzolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish taqiqlanadi, bundan odam qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya taʼminotida turgan maxsus vositalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) quyidagi hollarda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan, zoʻrlik ishlatish bilan qilingan hujumdan fuqarolarni yoxud oʻzini himoya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovdagilarni ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta ogʻir jinoyatni sodir etish chogʻida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, transport vositasini, maxsus va jangovar texnikani egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning uy-joylariga, qoʻriqlanadigan obyektlarga va shaxslarga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaxsni, shuningdek oʻzidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻgʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolni qoʻllash niyati haqida ogohlantirish zarurati tugʻilganda, shuningdek yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali xavf-xatar signalini berishda yoki yordam chaqirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻqotar qurol qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin boʻlsa, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) koʻp fuqarolar toʻplanganda uni qoʻllash huquqiga ega emas, bundan terrorchilik harakatining oldini olish, garovdagilarni ozod qilish, qurolli hujumni qaytarish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qurollantiriladigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiyot muassasalariga yetkazish, jinoyatlar sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib qilish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga olib borish, hodisa joyiga yetib olish uchun davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan, bundan chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan transport vositalari mustasno, majburiy tartibda foydalanishi mumkin boʻlib, bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi va undan foydalangan Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanish natijasida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda Milliy gvardiya tomonidan qoplanadi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) huquqiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshligʻiga (komandiriga) boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonuniy faoliyatiga aralashishga, shuningdek Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisini (xodimini) qonun bilan Milliy gvardiya zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi (xodimi) oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirishlar berishga, shuningdek bunday ishlar hamda materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
(33-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) oʻziga nisbatan qabul qilinayotgan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) yuzasidan Milliy gvardiyaning yuqori turuvchi mansabdor shaxsiga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul taʼminotini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiya taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sugʻurtasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordam koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ijtimoiy himoya qilishning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(34-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) sogʻligʻini saqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga, katta ofitserlar tarkibining oila aʼzolariga (eri, xotini, oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan oʻn sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, taʼlim muassasalarida taʼlimning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma uch yoshgacha boʻlgan farzandlari), harbiy taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga Milliy gvardiyaning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalari tomonidan bepul tibbiy taʼminot beriladi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xodimlariga va ularning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining davolash-profilaktika muassasalarida qonunchilikda ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan tartibda bepul tibbiy taʼminot beriladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya pensionerlariga (kontrakt boʻyicha sobiq harbiy xizmatchilar, generallar va xodimlar) hamda ularning oila aʼzolariga bepul tibbiy taʼminot qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari), pensionerlari bir yilda bir marta imtiyozli shartlarda sanatoriy-kurort sharoitida davolanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining), pensionerlarining va ular oila aʼzolarining sogʻligʻini saqlash hamda mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va asbob-uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olish uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni tibbiy tekshiruvdan va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish, harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) tibbiy-sanitariya hamda sanatoriy-kurort taʼminotini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunchilikda belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul, oziq-ovqat va kiyim-kechak taʼminoti bilan taʼminlanadi.
(36-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini (xodimlarini), bundan jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno, koʻrsatilgan taʼminot turlari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) uy-joy maydoni bilan taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan harbiy xizmatchilari (xodimlari) belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) qonunchilikda belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish, shuningdek yer uchastkalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron-onlayn auksionlar vositasida sotib olish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni qoplanishi huquqi beriladi.
(37-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning jangovar va maxsus vazifalarni bajarishda bevosita ishtirok etgan hamda buning oqibatida mehnat qobiliyatini yoʻqotgan harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek Milliy gvardiyaning jangovar vazifalarni bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilari (xodimlari) oila aʼzolariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq imtiyozlar beriladi, bunda harbiy xizmatni (xizmatni) oʻtash joyi boʻyicha halok boʻlgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) ajratilgan uy-joy maydoni mulk huquqi asosida ularning oila aʼzolarida qoladi.
(37-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) davlat pensiya taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari), boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa ularning oila aʼzolari qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya taʼminotini olish huquqiga ega.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) davlat sugʻurtasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
(40-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning jangovar harakatlarda bevosita ishtirok etgan harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek jangovar harakatlar chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila aʼzolariga nisbatan tegishincha urush qatnashchilari va ularning oila aʼzolari uchun belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya qoʻmondoni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohatlari olgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga), shuningdek halok boʻlganlarning oilalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir martalik nafaqalar tayinlashga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) farzandlariga ularni Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilishda hamda Oʻzbekiston Respublikasining oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda imtiyozlar berilishi mumkin.
(41-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Milliy gvardiyaga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorugʻlik va tovushli signallarga, rangdor boʻyoqli grafika sxemalariga ega boʻlgan maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat safariga yuboriladigan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) safar guvohnomasi koʻrsatilganidan keyin transportning barcha turlariga yoʻl hujjatlarini navbatsiz olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy transportdan xizmat maqsadlari uchun (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanadigan Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) daxlsizlik kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) xizmatni oʻtash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchi (xodim) tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) boshqa organlar va tashkilotlarga tayinlanishi (yuborilishi) chogʻidagi kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan boshqa davlat organlarining taʼlim muassasalariga oʻqish uchun yuborilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi (xodimi) majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davrida Milliy gvardiya kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritilishi mumkin. Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) tugatilganidan keyin Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) ilgarigi ishi (lavozimi), ushbu ish (lavozim) yoʻqligida esa unga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga (xodimlariga) harbiy (maxsus) unvonlar, oxirgi egallagan lavozimidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisiga (xodimiga) belgilangan muddat xizmat qilganligi uchun ustama haq toʻlash, navbatdagi harbiy (maxsus) unvonni berish va pensiya tayinlash uchun Milliy gvardiyadagi harbiy xizmat (xizmat) stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) harbiy xizmatdan (xizmatdan) boʻshatilganda, shuningdek ularning oila aʼzolari Milliy gvardiyadan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) bilan teng ravishda huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunchilikda belgilangan tartibda Milliy gvardiya qoʻmondonining buyruqlari bilan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga, Davlat xavfsizlik xizmatining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining qoʻshinlari va organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, shuningdek ichki ishlar organlariga oʻtkazilishi hamda ular Milliy gvardiyadagi haqiqiy harbiy xizmatga shaxsiy tartibda tayinlanganligi munosabati bilan yoki bundan buyon xizmatni oʻtash uchun qaytarib olinishi mumkin.
(44-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilarini (xodimlarini) ishga joylashtirish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaga harbiy xizmatga (xizmatga) qabul qilingan harbiy xizmatchi (xodim) harbiy xizmatdan (xizmatdan) boʻshatilganidan keyin, agar u boʻshatilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay ishga joylashish masalasi yuzasidan ish beruvchiga murojaat qilgan boʻlsa, avvalgi ish joyi boʻyicha ishga joylashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning tugatilganligi sababli avvalgi ish joyi boʻyicha ishga joylashish imkoni boʻlmagan taqdirda, boʻshatilgan harbiy xizmatchi (xizmatchi) mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul kasbiy taʼlim olish (qayta taʼlim olish, malaka oshirish) huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Milliy gvardiyaning moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning moliyaviy va moddiy-texnika taʼminoti, bundan jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalari ushbu shaxslarning mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya boʻlinmalarining moliyaviy, moddiy-texnika, kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy taʼminoti va boshqa taʼminot turlari Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan tasdiqlanadigan normalar hamda tabellar boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Formali kiyim-boshning namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Milliy gvardiya tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyada budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etiladi, uni shakllantirish va undan foydalanish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(46-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(46-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Milliy gvardiyaning ramzlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya bayroqqa, emblemaga, vimpelga va boshqa ramzlarga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning ramzlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari va boshqa tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamda harbiy-texnik hamkorlikni amalga oshiradi, belgilangan tartibda xalqaro shartnomalar tuzadi va oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining (xodimlarining) javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari (xodimlari) qonunga xilof harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) qonunga xilof harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni Milliy gvardiya tomonidan Milliy gvardiyaning budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanishi lozim boʻlib, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchisi xizmat intizomini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq, Milliy gvardiya xodimi — Intizom ustavida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(50-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(50-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Milliy gvardiyaning faoliyatida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiyaning faoliyatida qonunlarning aniq hamda bir xil ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokurorlar Milliy gvardiyaning jangovar-xizmat faoliyati toʻgʻrisida oʻziga taqdim etilgan hujjatlar va materiallardagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(53-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 7-maydagi OʻRQ-1144-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-647-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2020-y., 03/20/647/1569-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 12.07.2023-y., 03/23/854/0463-son; 29.11.2023-y., 03/23/881/0906-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son; 07.05.2026-y., 03/26/1144/0467-son)