11.08.2017 yildagi 619-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek harbiy xizmatchilarni turar joy bilan ta’minlash tizimiga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berishning yangi tizimini joriy etish va mudofaaga ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 6-7-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri K.R. Berdiyev, O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.M. Djurayev, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 11-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
619-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Harbiy prokuratura (keyingi o‘rinlarda tegishli idoralar deb ataladi) tizimlarida kontrakt bo‘yicha kamida 5 kalendar yil xizmat qilgan va yangidan kontrakt tuzgan, turar joy bilan ta’minlanmagan yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat hisobiga turar joy bilan ta’minlanish yoki turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqiga ega bo‘lgan, haqiqiy harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga (keyingi o‘rinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) joriy etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-avgustdagi 388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolaridan biri (yangi nikohga kirmagan turmush o‘rtog‘i yoki qaramog‘ida bo‘lgan ota-onasi) belgilangan tartibda turar joyga muhtoj deb tan olinganda, ular mazkur Nizom talablariga muvofiq uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda turar joy bilan birinchi navbatda ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu kafolat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 13-martdagi PF-34-son Farmoniga muvofiq 1991-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-maygacha tegishli idoralarning jangovar (harbiy) harakatlarda, noqonuniy qurolli tuzilmalarni aniqlash va yo‘q qilishda, favqulodda holat (vaziyat) oqibatlarini bartaraf etishda, davlat chegaralarini himoya qilishda, terrorchilikka qarshi operatsiyalarda, jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim)larining oila a’zolariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchining Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lganligi holati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda aniqlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-oktabrdagi 531-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy — qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tasdiqlangan Dasturlarda nazarda tutilgan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar, shuningdek namunaviy yakka tartibdagi uylar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti — harbiy xizmatchiga qonunchilikka muvofiq qaytarish, to‘lov, ta’minlanganlik va muddatlilik shartlarida turar joy sotib olish (qurish) uchun beriladigan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2025-yil 1-iyundan boshlab turar joy sotib olish (qurish) uchun harbiy xizmatchilar tomonidan ipoteka krediti olinishida ularning oila tarkibidan qat’i nazar uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi (kalendar hisobida o‘n yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdoridagi dastlabki badal tegishli idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotib olinadigan turar joyning shartnomadagi qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan kam bo‘lgan taqdirda, dastlabki badal shartnomada ko‘rsatilgan qiymatning 25 foizi (kalendar hisobida o‘n yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizi) miqdorida ajratiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dastlabki badal miqdori sotib olinayotgan (qurilayotgan) uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizidan (kalendar hisobida o‘n yildan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar uchun — 35 foizidan) ortiq bo‘lmasligi kerak.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy uchun dastlabki badal miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishi natijalari bo‘yicha uning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy qiymati ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal to‘lanayotgan sanada belgilangan uy-joyning hisoblangan qiymatidan ortiq bo‘lmasligi kerak, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(4 va 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Turar joy sotib olish (qurish) uchun ipoteka kreditlari berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Harbiy xizmatchilarni turar joy bilan ta’minlash yoki ularning turar joy sharoitlarini yaxshilash masalalarini ko‘rib chiqish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli idoralarning markaziy apparatlari huzurida markaziy turar joy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda markaziy turar joy komissiyasi deb ataladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli idoralarning harbiy qismlarida turar joy komissiyasi (keyingi o‘rinlarda turar joy komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining tarkiblari ularning huquq va vazifalari, ular faoliyatini amalga oshirish va nazorat qilish tartibi tegishli idora rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy turar joy komissiyalari va turar joy komissiyalarining raislari va a’zolari qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, adolatliligi, odilligi, xolisligi va shaffofligi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ipoteka krediti harbiy xizmatchilarga xizmat joyi yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka krediti olish uchun harbiy xizmatchilarga tegishli idoralarning markaziy turar joy komissiyasining qarori asosida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Harbiy xizmatchi turar joy sotib olish (qurish) uchun tegishli idoradan dastlabki badalni olish uchun turar joy komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki badalni olish uchun harbiy qism komandiri (boshlig‘i) nomiga bildirgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining turar joy bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadigan turar joy attestati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchining pul ta’minoti va doimiy ish joyidan (mavjud bo‘lganda) berilgan oxirgi 12 oyda ushlab qolingan miqdorlarda u bilan birga yashaydigan oila a’zolarining ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oila a’zolarining ushbu davrdagi daromadlari (mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kalendar bo‘yicha hisoblab chiqilgan uzoq muddatli xizmat to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni o‘tashga kontrakt tuzilganligi to‘g‘risida harbiy qism komandiri (boshlig‘i)ning buyrug‘idan ko‘chirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi va uning turmush o‘rtog‘i (eri, xotini) nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hujjatlar tegishli idoralar (markaziy turar joy komissiyasi yoki turar joy komissiyasi yoxud kvartira-foydalanish organi) tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh tuzilganligi (mavjud bo‘lganda) to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turar joy komissiyasi o‘n kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganadi va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy komissiyasi tomonidan harbiy xizmatchi uchun dastlabki badalni kiritish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ushbu qaror zarur hujjatlar ilova qilingan holda ikki kun muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki badalni kiritish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatib yozma shaklda harbiy xizmatchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchi turar joyga yoki turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb e’tirof etilganda unda dastlabki badalni olish uchun tegishli hujjatlarni takroran kiritish huquqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi tomonidan turar joy komissiyasining qarori va unga ilova qilingan hujjatlar bir hafta muddatda ko‘rib chiqiladi va ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ikki nusxada bayonnoma tuziladi. Bayonnomaning har ikki nusxasi markaziy turar joy komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki hafta muddatda tegishli idoraning markaziy turar joy komissiyasi bayonnomasining bir nusxasi tegishli idoraning rahbari tomonidan dastlabki badalni kiritish uchun pul mablag‘lari ajratish to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlash uchun tegishli idoraning kvartira-foydalanish organiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki badalni kiritish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, markaziy turar joy komissiyasi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun muddatda turar joy komissiyasini rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Dastlabki badalni va ipoteka kreditini o‘tkazish va qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tegishli idora rahbarining dastlabki badalni kiritish to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida kvartira-foydalanish organi harbiy xizmatchiga tilxat bilan dastlabki badalni kiritish to‘g‘risida kafolat xati beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli idoralar tomonidan dastlabki badalni kiritish pul mablag‘lari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazilishi yo‘li bilan harbiy xizmatchi xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki bilan kredit shartnomasi tuzganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ipoteka kreditini qaytarish harbiy xizmatchi va uning oila a’zolari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pul ta’minoti va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar va boshqa daromadlar hisobiga naqd bo‘lmagan shaklda pul o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul mablag‘lari to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plastik kartalardan va harbiy xizmatchining tijorat banklaridagi omonatlari bo‘yicha hisob raqamlaridan naqd bo‘lmagan shaklda pul mablag‘lari o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ijtimoiy kafolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ular uchun tegishli idoralar tomonidan uy-joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida turar joy harbiy xizmatchilarga foydalanishga topshirilgan kundan boshlab davlat hisobiga turar joy bilan ta’minlanmaganlar ro‘yxatidan chiqariladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turar joy bilan ta’minlash usuliga bog‘liq ravishda harbiy xizmatchilarga quyidagi ijtimoiy kafolatlar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal kiritilgan harbiy xizmatchilar — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila a’zolariga xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi yoxud belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomalari imzolangan kungacha, lekin harbiy xizmatchilarga quruvchi tomonidan qabul qilish va topshirish dalolatnomalari asosida sotib olinayotgan (qurilayotgan) turar joy foydalanishga topshirilgan kundan ko‘p bo‘lmagan muddat uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-fevraldagi 71-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olgan harbiy xizmatchilar, — harbiy xizmatchilarning ushbu toifasiga va ularning oila a’zolariga yer uchastkasini mustaqil o‘zlashtirish davrida xizmat turar joyidan (mavjud bo‘lganda) foydalanish huquqi, yoxud to‘liq 24 oygacha bo‘lgan muddatda turar joy ijaraga olinganligi (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddati harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badal kiritilgan kundan boshlab yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi elektron onlayn-auksion orqali olingan kundan boshlab hisoblanadi.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul kompensatsiyasi olish huquqi saqlanib qolishi muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat qilish tegishli idoraning kvartira-foydalanish organlari tomonidan amalga oshiriladi, ularga turar joyni markazlashtirilgan tartibda hisobga olishni yuritish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Harbiy xizmatchi halok bo‘lgan yoki u xizmat vazifalarini bajarishda og‘ir tana shikastlanishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda qaytarilmagan kredit summasi va u bo‘yicha hisoblangan foizlar tegishli idora rahbarining qarori asosida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari (ota-onasi, eri, xotini, farzandlari, shuningdek, ularning qaramog‘idagi shaxslar) va xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik, olingan shikastlanish (jarohatlanish, yaradorlik) oqibatidagi nogironligi bo‘lgan harbiy xizmatchilar tegishli idoralar tomonidan turar joy bilan birinchi navbatda ta’minlanadi. Agar ushbu shaxslar tegishli idoralar tomonidan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida turar joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, qaytarilmagan kredit miqdori va kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan to‘liq qoplab beriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Birgalikdagi nikohdagi harbiy xizmatchilar (xotin, er) tomonidan turar joyni sotib olish (qurish) uchun dastlabki badalni kiritish yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish kvartira-foydalanish organi tomonidan berilgan er-xotinning har ikkisi turar joy bilan, yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi bilan ta’minlanmaganligi va ularning har ikkisi uchun dastlabki badal kiritilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirda ulardan biri tomonidan, xizmat joyi bo‘yicha yoki harbiy xizmatga yuborilgan (chaqiriq) joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tegishli idora tomonidan turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badal kiritilgan yoki yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berilgan harbiy xizmatchi davlat hisobiga turar joy bilan bepul ta’minlashning boshqa shakllaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xo‘jalik hisobi asosidagi bo‘linmalarning harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun dastlabki badallar tegishli idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat hisobiga turar joy (dastlabki badal, yer uchastkasi, turar joyni xususiylashtirish va shu kabilar) bilan ta’minlangan harbiy xizmatchi umumiy shartlarda qo‘shimcha turar joy olish uchun belgilangan tartibda ipoteka krediti olish huquqini yo‘qotmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki badalni to‘lash va keyinchalik olingan kreditni qaytarish belgilangan tartibda harbiy xizmatchining yoki uning oila a’zolarining mablag‘lari hisobiga to‘liq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomga muvofiq ipoteka krediti olgan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini turar joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan shaxslar hamda kalendar hisobida o‘n yil va undan ortiq harbiy xizmatni o‘tagan harbiy xizmatchilar bundan mustasno) tegishli idoralar tomonidan kiritilgan dastlabki badal summasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 214-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tegishli idoralarning moliya organlari harbiy xizmatchining tijorat bankida ochilgan maxsus depozit hisob raqamiga dastlabki badalni kiritishda hujjatlarning butligi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lanishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Harbiy qism komandiri (boshlig‘i) va turar joy komissiyasi ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalni berish bilan bog‘liq hujjatlar rasmiylashtirilishining ishonchliligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalni kiritish masalasini ko‘rib chiqishda zarur bo‘lgan oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlar va boshqa shaxsiy ma’lumotlar taqdim etilishi uchun harbiy xizmatchilarga mas’uliyat yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Turar joy komissiyalarining qarorlari va ular a’zolarining harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha ariza va shikoyatlar markaziy turar joy komissiyasi va sud tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Harbiy xizmatchilarga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish bilan bog‘liq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lash turar joy ijaraga olingan (ijarada turgan) kundan boshlab harbiy xizmatni o‘tash joyiga kelgandan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul kompensatsiyasi to‘lash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchiga belgilangan tartibda turar joy maydoni berilgan kundan boshlab (shu jumladan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan uy-joy maydonining oldi-sotdi dalolatnomalari asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi qismning shaxsiy tarkibi ro‘yxatidan chiqarilgan kundan boshlab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchiga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan kundan boshlab to‘liq 12 oy o‘tgandan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab to‘liq 24 oy o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchiga turar joy maydoni berilgan, turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal o‘tkazilgan, harbiy xizmatchi tomonidan yakka tartibda turar joy qurish uchun yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimi tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda harbiy qismning uy-joy komissiyasi harbiy qismning moliya organiga pul kompensatsiyasini to‘lashni to‘xtatish uchun asos hisoblangan hujjatning nusxasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalari, eri (xotini)ning ota-onalari uy-joy maydonida birga yashayotgan harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 7-son, 39-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 151-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 20-21-son, 209-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 31-iyuldagi 163-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2012-yil 31-maydagi 153-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 5-son, 38-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 33-son, 853-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 21.02.2023-y., 09/23/71/0097-son; 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son; 10.04.2025-y., 09/25/214/0325-son)