03.07.2019 yildagi PQ-4382-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va xodimlarining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4382-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-iyuldagi PQ-4382-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Harbiy prokuratura, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Milliy gvardiya va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizligi davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — Qurolli Kuchlar) tizimida xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchilarga (xodimlariga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi — Qurolli Kuchlarda shartnoma bo‘yicha va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxs, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari va tinglovchilari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat (urush holati) davrida jalb qilingan vaqtida, shuningdek, jangovar (harbiy) harakatlar olib borilayotgan paytda yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchi (xodim);
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim — Qurolli Kuchlar tizimida maxsus unvonda xizmat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyati — O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari, shu jumladan idoraviy hujjatlarga muvofiq Qurolli Kuchlar tarkibidagi boshqaruv organlari, bo‘linmalar va harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) yuklangan vazifalar va funksiyalar hamda huquq va majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tan jarohati — xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida harbiy xizmatchi (xodim) olgan (yetkazilgan) og‘ir va o‘rtacha og‘ir tan jarohati (yaralanish, mayib va kontuziya bo‘lish);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir martalik nafaqa (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) — xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga, shuningdek, Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadigan to‘lov turi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurolli Kuchlar tizimida maxsus unvonda xizmat qilayotgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursant va tinglovchilariga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning (xodimlarning) oila a’zolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy xizmatchi (xodim) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lganda, uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy-ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisi stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 150 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganda (vafot etganda) uning oila a’zolariga marhumning asosiy egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 100 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan nafaqa 2023-yil 1-apreldan keyingi davrda halok bo‘lgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan nafaqalarning ikkalasini ham olish huquqiga ega bo‘lgan halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga faqat ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan nafaqa tayinlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
og‘ir tan jarohati olganda — harbiy xizmatchining (xodimning) egallab turgan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 50 barobari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda — harbiy xizmatchining (xodimning) egallab turgan lavozimi bo‘yicha maoshi (oliy harbiy ta’lim muassasasi kursanti, tinglovchisining stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisining 20 barobari miqdorida nafaqa tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yengil tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga) nafaqa tayinlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nafaqa tayinlash va to‘lash masalalarini ko‘rib chiqishda xolisona yondashuvni ta’minlash maqsadida Qurolli Kuchlar boshqaruv organlari, birlashma, harbiy qism, bo‘linma va muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — harbiy qismlar) tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish hamda jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiyalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy qismlar komissiyalari tomonidan chiqarilgan xulosalarni ko‘rib chiqish hamda vazirlik (idora) rahbariga tegishli qaror qabul qilishi uchun yakuniy xulosalar tayyorlash maqsadida vazirlik va idoralar markaziy apparatlarida doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob Nafaqa tayinlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olishi holati yuz berganda (halok bo‘lganda yoki vafot etganda) harbiy xizmatchining (xodimning) bevosita komandiri (boshlig‘i) yoki uning o‘rinbosari tomonidan tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) to‘g‘risida xabar kelib tushishi bilan darhol xolislar (kamida ikki nafar voyaga yetgan fuqaro) ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) to‘g‘risida dalolatnoma (keyingi o‘rinlarda — dalolatnoma) tuzishda voqea tafsilotlari aniq va xolisona bayon etilishiga, shuningdek, harbiy xizmatchining (xodimning) tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda yuz berganligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dalolatnoma tan jarohati olgan (halok bo‘lgan, vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) bevosita komandiri (boshlig‘i) yoki uning o‘rinbosari, voqea guvohi bo‘lgan shaxslar tomonidan, shuningdek, voqea sodir bo‘lgan hududdagi tegishli harbiy qism komandiri (boshlig‘i) (keyingi o‘rinlarda — qism komandiri) tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Harbiy xizmatchi (xodim) tan jarohati olganligi (halok bo‘lganligi, vafot etganligi) voqeasi sodir bo‘lgan hududdagi qism komandiri tomonidan yuz bergan holat yuzasidan zudlik bilan yuqori turuvchi qo‘mondonlikka (rahbariyatga) dastlabki axborot beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Harbiy xizmatchining (xodimning) halok bo‘lishi (vafot etishi) yoxud uning tan jarohati olishi holati va sabablarini tekshirish uchun qism komandirining yozma ko‘rsatmasiga asosan tergovga qadar (xizmat) tekshiruv tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar (xizmat) tekshiruv o‘tkazish ishlariga boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli soha mutaxassislari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi yoxud qism komandiri tomonidan harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lishi (vafot etishi) sababini, olgan tan jarohatining darajasini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi yoki Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasi muassasalarida ekspertiza tayinlash haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertizani tayinlash va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) xatti-harakatlarida huquqbuzarlik, xizmat intizomini buzish holatlari yoki harbiy xizmatchidan (xodimdan) olinadigan qon namunasi tarkibida alkogol ichimliklar, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar mavjudligi aniqlangan taqdirda, nafaqa tayinlashni rad etish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qism komandirlari uch kun muddatda harbiy-davolash muassasasiga tan jarohati olingan vaziyat haqidagi ma’lumotnomani (keyingi o‘rinlarda — ma’lumotnoma) taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qism komandirlari hamda tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi ma’lumotnomada bayon etilgan ma’lumotlar ishonchli bo‘lishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ma’lumotnoma ikki nusxada rasmiylashtirilib, tegishli harbiy qism tibbiyot bo‘lim (bo‘linma, xizmat)larida ro‘yxatga olinadi. Ma’lumotnomaning asl nusxasi tibbiyot bo‘lim (bo‘linma, xizmat)larda yig‘ma jildda doimiy muddatga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Harbiy xizmatchining (xodimning) olgan tan jarohati darajasi va uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liqligi harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xulosasiga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Harbiy xizmatchining (xodimning) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lishi (vafot etishi) bilan bog‘liq har bir holat yuzasidan tibbiy yoki sud-tibbiy ekspertiza muassasasining o‘lim haqidagi tibbiy guvohnomasining nusxasi tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi tomonidan barcha hujjatlar umumlashtirilgan holda tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijasiga doir xulosa chiqariladi va ushbu xulosa tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni tayinlagan qism komandiri tomonidan o‘rganib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agarda tergovga qadar (xizmat) tekshiruvni o‘tkazish komissiyasi tomonidan tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijasiga doir xulosaga asosan harbiy xizmatchining (xodimning) tan jarohati olishi yohud halok bo‘lishi (vafot etishi) xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq deb topilsa, sodir etilgan voqea yuzasidan to‘plangan hujjatlar harbiy qism jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tergovga qadar (xizmat) tekshiruv hujjatlariga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (xodim) tan jarohati olgan holatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tan jarohati olgan harbiy xizmatchi (xodim) to‘g‘risida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tan jarohati olganligi to‘g‘risida dalolatnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sud-tibbiy ekspertiza muassasasining xulosasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tan jarohati olingan vaziyat haqidagi ma’lumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (xodim) halok bo‘lgan (vafot etgan) holatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchi (xodim) to‘g‘risida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) harbiy xizmatchining (xodimning) o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) yaqin qarindoshlari to‘g‘risida ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) merosxo‘rning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda uning meros olishga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qism komandirining harbiy xizmatchini (xodimni) shaxsiy tarkib ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) komandirning (boshliqning) Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida harbiy xizmatchi (xodim) yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida halok bo‘lganligini (ishtirok etgan davrini ko‘rsatgan holda) tasdiqlovchi buyrug‘idan ko‘chirma;
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-sentabrdagi PF-159-sonli Farmoniga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuz bergan holat bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish va jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qaror mavjud bo‘lsa, uning nusxasi yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiya to‘plangan hujjatlarning asoslanganligini o‘rganib chiqadi hamda tan jarohatining og‘irlik darajasi va mehnat qobiliyati yo‘qotilgan vaqtdan kelib chiqqan holda nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarohatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa to‘lash masalasi yuzasidan yakuniy qaror chiqarilishi uchun qism komandiri besh kunlik muddatda ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni belgilangan tartibda tegishli vazirlik (idora) markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga taqdim qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqani rasmiylashtirish uchun yuborilgan hujjatlar doimiy faoliyat yurituvchi komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va belgilangan nafaqa miqdorini to‘lash yoki nafaqa to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun vazirlik (idora) rahbariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlik (idora) rahbari tomonidan tasdiqlangan nafaqa to‘lash to‘g‘risidagi taqdimnomaning asl nusxasi vazirlik (idora) markaziy apparatining mas’ul boshqarmasi tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) so‘nggi xizmat (o‘qish) joyiga ijro uchun jo‘natiladi, nusxalari esa tegishli tibbiyot va moliya-iqtisod bo‘linmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Doimiy faoliyat yurituvchi komissiya to‘plangan hujjatlarni qayta rasmiylashtirish yoki puxta ishlash uchun qaytarishga, quyi turuvchi komissiyalarning nafaqa miqdorini belgilash yuzasidan chiqargan qarorlarini bekor qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar yuz bergan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, to‘plangan hujjatlar ushbu jinoyat ishi yakuni bo‘yicha chiqarilgan hukm, ajrim va qarorlar qonuniy kuchga kirganidan so‘ng, belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarning mas’ul boshqarmalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muddatli harbiy xizmatchilarga xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida olgan tan jarohati uchun nafaqa ular Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilganidan so‘ng to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Harbiy xizmatchining (xodimning) halok bo‘lishi (vafot etishi) yoxud tan jarohati olishi quyidagi hollarda xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jangovar harakatda ishtirok etganda, xizmat majburiyatini ijro etish vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jangovar navbatchilikni (jangovar xizmatni) o‘tash vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli harbiy qism (muassasa) hududida bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safari yoki davolanishda bo‘lganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat, davolanish va xizmat safari o‘tash joylariga borish yoki ulardan qaytish vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘inlarda (harbiy yig‘inlarda) ishtirok etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirga tushgan (o‘z ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan, ushlab qurolsizlantirilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchi (xodim) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb e’lon qilinguniga qadar sodir bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning hayoti, sog‘ligi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar vaqtida sodir bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikni va huquq-tartibotni ta’minlashda (jamoat tartibini saqlashda) huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga yoki boshqa shaxslarga yordam ko‘rsatish vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat vaqtidan tashqari paytda harbiy xizmatchining (xodimning) hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) harakati shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan harakat deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Quyidagi hollarda harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatini bajarayotgan deb e’tirof etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zini ixtiyoriy ravishda giyohvand, psixotrop, alkogol yoki zaharli moddalar yordamida mast holatga keltirgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zini o‘zi o‘ldirgan yohud o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa, agar bunday harakatlar kasallik holati yohud o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish tufayli sodir etilgan bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy qism hududidan tashqarida dam olishda, javob (ruxsat) berishda yoxud ta’tilda yurganda, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan harbiy qism qarorgohidan tashqarida yoxud harbiy qism hududidan tashqarida, belgilangan xizmat joylaridan tashqarida yurganda, bundan asirda bo‘lgan, garovga olingan, ushlab qurolsizlantirilgan hollarda, xizmat vaqtidan tashqari paytda harbiy xizmatchining (xodimning) hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga suiqasd qilinganda, agar suiqasd sababi uning xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lganda, shuningdek, sud tomonidan jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida sodir etilgan deb topilgan boshqa xatti-harakatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatini bajarayotgan deb e’tirof etilmagan vaziyatda tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) bo‘lsa, harbiy xizmatchiga (xodimga) yoki uning oila a’zolariga nafaqa to‘lanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nafaqa to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nafaqa harbiy xizmatchining (xodimning) so‘nggi xizmat (o‘qish) joyidagi moliya organi tomonidan tan jarohati olgan harbiy xizmatchiga (xodimga) yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchining (xodimning) oila a’zolariga (qonuniy vakiliga) to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar merosxo‘r voyaga yetmagan bo‘lsa, nafaqa uning vasiylari yoki qonuniy vakiliga to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa miqdori harbiy xizmatchi (xodim) tan jarohati olgan yoki halok bo‘lgan (vafot etgan) kundagi harbiy xizmatchining (xodimning) maoshi miqdoridan, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bo‘yicha ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarga hamda xodimlarga — ularning asosiy egallab turgan (egallagan) lavozimi bo‘yicha maoshi va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddatli harbiy xizmatchilarga — lavozim maoshidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy harbiy-ta’lim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga — ularga belgilangan maoshi (stipendiyasi) va harbiy (maxsus) unvoni maoshi yig‘indisidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilariga — bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida og‘ir yoki o‘ta og‘ir tan jarohati olganligi tufayli xizmatdan bo‘shatilgan harbiy xizmatchi (xodim) olgan tan jarohati sababli bir yil ichida vafot etgan bo‘lsa, tegishli harbiy qism tomonidan uning oila a’zolariga avvalgi to‘langan nafaqa bilan xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lganda (vafot etganda) beriladigan nafaqa miqdori orasidagi farq to‘lab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilib, uning materiallariga qo‘shimcha ravishda ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan hujjatlar umumlashtiriladi. Shundan so‘ng to‘plangan materiallar vazirlik (idora) markaziy apparatining doimiy faoliyat yurituvchi komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nafaqa tayinlash va to‘lash hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nafaqa olish uchun harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) berilgan ma’lumotnomalar asosli va to‘g‘ri berilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tegishli vazirlik va idoralarining tibbiyot boshqarmalari va markaziy harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Harbiy-tibbiy muassasalarda belgilangan tartibda nafaqa olish uchun ma’lumotnoma berish hisobining jurnali yuritiladi va u qat’iy hisobi olib boriladigan va doimiy saqlanadigan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ma’lumotnomalarning ikkinchi nusxalari alohida jildda, harbiy-tibbiy komissiyalar yig‘ilishlarining bayonnomalar daftarlariga ilova sifatida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Harbiy qismlarda rasmiylashtirilgan hujjatlar va to‘langan nafaqa summalari hisobining jurnali yuritiladi. Ushbu jurnal qat’iy hisobi olib boriladigan va doimiy saqlanadigan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Harbiy xizmatchi (xodim) xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olganda, shuningdek, halok bo‘lganda yoxud vafot etganda unga yoki uning oila a’zolariga to‘lanadigan nafaqani rasmiylashtirish uchun to‘plangan hujjatlar va ma’lumotnomalar tegishli kadrlar organlari tomonidan harbiy xizmatchining (xodimning) shaxsiy hujjatlari yig‘ma jildiga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. To‘langan nafaqalar bo‘yicha hisobotlar harbiy qismlarning mas’ul bo‘linmalari tomonidan moliya organlari bilan kelishilgan holda tayyorlanadi va har chorak yakuni bo‘yicha belgilangan tartibda vazirlik (idora)lar markaziy apparatining tegishli boshqarma (bo‘lim, xizmat)lariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vazirlik (idora)lar markaziy apparatining tegishli mas’ul boshqarma (bo‘lim, xizmat)lari tomonidan hisobotlar umumlashtirilgach, to‘langan nafaqalar to‘g‘risida tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha hisobot tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Nafaqa tayinlash va to‘lash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish hamda hisobga olishning batafsil tartibi, shuningdek, hisobotga olish va hisobot berishga oid tegishli hujjatlarning namuna va shakllari vazirlik (idora)lar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan ta’minlanadigan bo‘linmalarda — budjet mablag‘lari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa manbalardan ta’minlanadigan bo‘linmalarda — ushbu bo‘linmalarni moliyalashtirish (ta’minlash) manbalari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Harbiy xizmatchilarga (xodimlarga) nafaqa tayinlashga nisbatan da’vo muddatining qo‘llanilishi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tergovga qadar (xizmat) tekshiruv natijalariga ko‘ra nafaqani to‘lagan harbiy qismlar aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda regress da’vo qo‘zg‘atish choralarini ko‘rishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 07/19/4382/4216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 13.09.2023-y., 06/23/159/0700-son)