Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3275]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2026-yil 6-yanvardagi 287-mh-sonli “Telekommunikatsiyalar xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3762, 26.01.2026-y.) asosan 2026-yil 28-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi, “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:
1. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyun,
208-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi va “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini belgilaydi.
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya operatorlari, provayderlari, dilerlari va eshittiruvchilar bilan foydalanuvchilar oʻrtasida shartnoma (kelishuv) asosida taqdim etiladigan telefon aloqasi, taksofonlardan telefon aloqasi, qoʻriqlash signalizatsiyasi apparaturasini oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish, axborot-maʼlumot, telegraf, maʼlumotlar uzatish tarmogʻi, Internet, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan simsiz foydalana olish, mobil aloqa, milliy va xalqaro rouming, tijorat asosidagi kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, ulardan foydalanish, xizmatlarni koʻrsatish tartibi, shartlari hamda subyektlarning javobgarligi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning ajratilgan aloqa tarmoqlarida, shuningdek, ichki ishlab chiqarish va texnologik vazifadagi aloqa tarmoqlarida telegraf xizmatlarini koʻrsatishga, Global harakatdagi shaxsiy yoʻldosh aloqa tarmoqlarida rouming xizmatlarini koʻrsatishga;
dasturlarni cheklanmagan tomoshabinlarga bepul asosda erkin tomosha qilish uchun tarqatuvchi efir televideniye tarmoqlariga;
bir tashkilot, (muassasa yoki korxona), shu jumladan, taʼlim muassasasining binolari yoki hududlari bilan cheklangan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
abonentlarning umumiy soni oʻntadan oshmaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
alohida telekommunikatsiya tarmoqlariga taalluqli boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni qoʻriqlash ehtiyojlari uchun foydalaniladigan televideniye va videokuzatuv tarmoqlariga;
jismoniy shaxslarning shaxsiy mulki boʻlgan va individual qabul qilishni va efir teleradioeshittirish dasturlari (shaxsiy ehtiyojlari uchun) tarqatilishini taʼminlaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga.
3. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abonent — telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
abonent qurilmasi — abonent mulki boʻlgan yoki unga vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan oʻzaro bogʻlanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, oʻzgartirish, qayta ishlash uchun moʻljallangan texnik vosita;
abonent liniyasi — telekommunikatsiya liniyasining operator yoki provayder telekommunikatsiya tarmogʻining kirish nuqtasidan abonent rozetkasigacha yoki u mavjud boʻlmaganda abonent qurilmasigacha boʻlgan qismi;
abonent raqami — telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida abonentga operator (provayder) tomonidan ajratiladigan raqam;
abonent raqamining koʻchib oʻtishi — mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipiyent) bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
abonent tarmogʻi — turar joy yoki jamoat binosi maydoni chegarasida xizmat koʻrsatiladigan abonentning texnik vositalari, qurilmalari va kabel liniyalari majmui;
avtoinformator — chaqirayotgan abonentga oldindan yozib olingan nutqli xabar orqali axborot taqdim etuvchi mantiqiy qurilma;
avtomatik rouming — mobil aloqa tarmogʻining abonentiga dastlabki arizasiz operatorlar oʻrtasida rouming toʻgʻrisida shartnoma tuzilganligi sharti bilan boshqa mobil aloqa operatorining qamrov hududida kiruvchi va chiquvchi aloqaga ega boʻlish imkonini beradigan rouming xizmati;
avtomatik telefon stansiyasi (bundan buyon matnda ATS deb yuritiladi) — telefon bogʻlanishlarning va uzilishlarning avtomatik ravishda oʻrnatilishini taʼminlovchi telefon stansiya;
avtomatik xizmat koʻrsatish tizimi — telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan chaqirilayotgan abonent raqamini mustaqil terish yoʻli bilan operator-telefonist yordamisiz oʻrnatiladigan telefon bogʻlanish usuli;
ATS taʼsir zonasi — telefon stansiyasi yoki podstansiyadan kabel (havo) liniyalari yoki radio foydalana olish vositalari orqali telefonlashtirilishi mumkin boʻlgan hudud;
autentifikatsiya — maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan identifikatsiyalash maʼlumotlarining haqiqiyligini aniqlash;
axborot-maʼlumot xizmati — foydalanuvchilarga, ularning tashabbusiga koʻra, ogʻzaki (tovushli), chat yoki vizual soʻrov shaklida ifodalangan axborotni (bir telefon bogʻlanish chegarasida) taqdim etuvchi xizmat;
birlamchi operator — birlamchi ravishda raqamlash resursi ajratilgan, bu resursdan abonentga abonent raqami birinchi marta koʻchirilgan mobil aloqa operatori yoki provayder;
buyurtma xizmat koʻrsatish tizimi — oldindan buyurtma bergan holda operator-telefonist yordamida aloqa oʻrnatilishi;
dilerning xizmat koʻrsatish punkti — diler tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat koʻrsatish punkti;
domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet tarmogʻida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
domen nomlari tizimi — Internet tarmogʻida domen nomlarini berish, roʻyxatdan oʻtkazish va ulardan foydalanish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JSHSHIR deb yuritiladi) — JSHSHIRni aniqlash tartibiga muvofiq jismoniy shaxsning pasporti boʻyicha aniqlash mumkin boʻlgan va 14 raqamdan iborat shaxsiy identifikatsiya raqami;
darhol xizmat koʻrsatish tizimi — abonentdan buyurtmani qabul qilgandan keyin operator-telefonist yordamida zudlik bilan telefon bogʻlanishning oʻrnatilishi;
identifikatsiyalash — mavjud maʼlumotlar asosida maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash;
yirik avariya — maʼlum bir administrativ hududda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning toʻxtalishiga olib keladigan avariya holati;
Internet tarmogʻi — yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan koʻplab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq;
Internet xizmatlaridan foydalanuvchi — Internet xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punkti — kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, foydalanuvchilarning Internet tarmogʻidan jamoa boʻlib foydalanish xizmatlari koʻrsatiladigan joy;
Internet-provayder — tijorat asosida Internet tarmogʻidan foydalana olish xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye televideniyesi (bundan buyon matna eshittiruvchi deb yuritiladi) — erkin tomosha qilish mumkin boʻlmagan kabelli televideniye kanallaridan foydalangan holda teledasturlar va boshqa telekommunikatsiya xabarlarini muayyan hududda ishlab chiqarish, shakllantirish va tarqatishni taʼminlaydigan taqsimlash va tashkiliy-boshqaruv jarayoni bilan shugʻullanadigan subyekt;
konferens-aloqa — uchta va undan ortiq abonentga bir vaqtda telefon orqali muloqot qilish imkonini beruvchi xizmat;
koʻchib oʻtgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi — mobil aloqa tarmoqlarida koʻchib oʻtgan abonent raqamlari maʼlumotlar bazasini boshqarish uchun apparat-dasturiy komplek;
koʻchirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (bundan buyon matnda KRMB deb yuritiladi) — mobil aloqa tarmoqlarida koʻchirilgan abonent raqamlari toʻgʻrisidagi axborotni, shu jumladan, ushbu nizomda belgilanadigan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini boshqaruvchi apparat-dasturiy kompleks;
KRMB operatori — KRMB shakllantirilishi, ishlashi, texnik kuzatilishi va rivojlanishini taʼminlaydigan, uning resurslaridan foydalanishni taqdim etadigan tashkilot;
koʻchirilgan raqamlarning lokal bazasi — chaqiruv yoki boshqa xabarlarni koʻchirilgan raqamga toʻgʻri marshrutlash uchun mobil aloqa operatori tomonidan undan real vaqtda foydalaniladigan, bu operatorda boʻlgan koʻchirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasining nusxasi;
koʻchirilgan raqamlarning lokal bazasini KRMB bilan sinxronlash — muayyan davriylik bilan amalga oshiriladigan, koʻchirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasidagi axborotning koʻchirilgan raqamlar lokal bazasiga nusxasini koʻchirish jarayoni;
qisqa matnli xabar (SMS) (bundan buyon matnda SMS deb yuritiladi) — qiska xabarlar markazi orqali mobil aloqa abonentlariga qiska matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish uchun moʻljallangan xizmat;
litsenziya — yuridik shaxsga litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga soʻzsiz rioya etgan holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyaning amal qilish zonasi — litsenziya shartnomasida koʻrsatilgan va operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan hudud;
marshrut raqami (routing number, RN) — mobil telekommunikatsiya tarmogʻining koʻchirilgan abonent raqamiga chaqiruvlarni amalga oshirish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan manzilli axborot;
mahalliy operator — Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy va yuridik shaxslarga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi aloqa operatori (provayderi);
mahalliy telefon aloqasi — bitta aholi punkti yoki maʼmuriy hudud doirasida joylashgan foydalanuvchilar oʻrtasidagi telefon bogʻlanishi;
maʼlumot xizmati — foydalanuvchiga telekommunikatsiya xizmatlari operatori yoki provayderi tomonidan koʻrsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etuvchi xizmat;
maʼlumotlar uzatish — maʼlumotlarni keyingi qayta ishlash uchun telekommunikatsiyalar vositalari yordamida signallar koʻrinishida bir punktdan boshqa punktga koʻchirish;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi — maʼlumotlar uzatilishini taʼminlash maqsadida maʼlum nuqtalar oʻrtasida telekommunikatsiyalarni tashkil etish uchun tuzilgan telekommunikatsiyalar uzellari va kanallarining majmui;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari — operatorning (provayderning) maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali signallar va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish va qayta ishlash boʻyicha faoliyati mahsuli;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi — maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
“mexanik” rouming — rouming xizmatini koʻrsatish, bunda Roumer-abonent rouming davrida xizmat koʻrsatuvchi operatordan boshqa abonent raqamini oladi va mahalliy operatorga tegishli boʻlgan oʻzining uyali raqami boʻyicha kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilish imkoniga ega boʻlmaydi;
mobil aloqa operatorlari oʻrtasida rouming toʻgʻrisidagi shartnoma — rouming xizmatini ishlab chiqarish va undan potensial mobil aloqa abonenti tomonidan foydalanish toʻgʻrisida kelishayotgan tomonlarning majburiyatlari va huquqlari toʻgʻrisida, tomonlarning oʻzaro javobgarlik choralari toʻgʻrisidagi yuridik hujjat;
mobil aloqa tarmogʻi — abonentlarga mobil aloqa (ovoz, maʼlumotlar uzatish va boshqalar) xizmatlarini koʻrsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va h.k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga uyali, trank, lokal-trank, radial-zona tarmoqlari kiradi;
mobil aloqa tarmogʻi operatori (provayderi)ning dileri (bundan buyon matnda diler deb yuritiladi) — operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat koʻrsatish uchun operator (provayder) bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxs (bundan buyon matnda dilerlik shartnomasi deb yuritiladi). Diler bir yoki bir nechta operatorlarning (provayderlarning) manfaatlarini ifodalashi mumkin;
mualliflik shartnomasi — muallifning mulkiy huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisida muallif yoki uning vorisi tomonidan tuziladigan shartnoma;
operator (provayderning) ishlash zonasi — telekommunikatsiya operatori (provayderi) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatadigan hudud;
operator (provayder)-donor (bundan buyon matnda donor deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar tarmogʻidan abonent raqami koʻchiriladigan mobil aloqa operatori (provayderi);
operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punkti — operator (provayder) tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat koʻrsatish punkti;
operator (provayder)-retsipiyent (bundan buyon matnda retsipiyent deb yuritiladi) — telekommunikatsiyalar tarmogʻiga abonent raqami koʻchiriladigan mobil aloqa operatori (provayderi);
“plastik” rouming — “mexanik” roumingning bir turi boʻlib, bunda abonent mahalliy operator bilan oldindan xizmat koʻrsatuvchi operator hududiga borishi toʻgʻrisida kelishib oladi va u orqali xizmat koʻrsatuvchi operatorga tegishli boʻlgan boshqa abonent raqamini oladi hamda mahalliy operatorga tegishli boʻlgan oʻzining uyali aloqa raqamiga kiradigan chaqiruvlarni yangi raqamga qayta yoʻnaltiradi (manzillaydi);
televideniye tarmogʻida retranslyatsiya qilish — televideniye dasturlari, radiodasturlar signallari va telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari qabul qilinishini, ularning qayta oʻzgartirilishi va dasturlar tarkibini oʻzgartirmasdan toʻliq hajmda abonentlarga uzatilishini taʼminlaydigan kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye tarmogʻining asosiy ishlash rejimi;
televideniye tarmogʻida translyatsiya qilish — televideniye dasturlari, radiodasturlar signallari va telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari eshittirish tashkilotiga taalluqli studiya uskunasidan bevosita qabul qilinishini, ularning keyinchalik qayta oʻzgartirilishi va dasturlar tarkibini oʻzgartirmasdan toʻliq hajmda abonentlarga tarqatilishini (uzatilishini) taʼminlaydigan televideniye tarmogʻining ishlash rejimi;
televideniye tarmoqlari — erkin tomosha qilish mumkin boʻlmagan kabelli, efir, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye kanallari orqali har qanday axborotni tarqatish va yetkazib berishni taʼminlaydigan telekommunikatsiya vositalarining majmui;
televideniye xizmatlari — eshittiruvchi (operator, provayder) bilan tuzilgan shartnoma asosida abonentlarga taqdim etiluvchi kabelli, efir, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlari;
roumer-abonent — xizmat koʻrsatuvchi operatorning (provayderning) mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi mahalliy mobil aloqa operatorining abonenti;
roumer-tashrif buyuruvchi — mahalliy operator tarmogʻi xizmatlaridan foydalanuvchi operator — rouming-sherikning abonenti;
rouming — bitta mobil aloqa operatori abonentining bitta davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) boʻlgan boshqa mobil aloqa operatorining xizmat koʻrsatish zonasida boʻlganda boshqa mobil aloqa operatorining tarmogʻidan foydalana olishini taʼminlovchi xizmat;
rouming xizmatini koʻrsatuvchi operator — rouming toʻgʻrisidagi shartnoma asosida oʻz tarmogʻining imkoniyatlaridan foydalanib boshqa mobil aloqa operatorining (provayderining) abonentlariga mobil aloqa xizmatlarini taqdim etuvchi mobil aloqa operatori (provayderi) (rouming-sherik/xizmat koʻrsatuvchi operator (provayder));
taksofon — telefon aloqani oʻrnatish, foydalanuvchilarga soʻzlashuvlar va qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etish uchun moʻljallangan, foydalanuvchilar bilan naqd pul va naqd pulsiz toʻlov vositalari (maxsus jeton, toʻlov kartasi) yordamida darhol hisob-kitob qilish qurilmasidan iborat boʻlgan, shu jumladan, soʻzlashuv punktlarida oʻrnatiladigan oxirgi abonent telefon qurilmasi;
tarif rejasi — operator (provayder) tomonidan abonentlarga yoki abonentlarning maʼlum guruhiga yoki maʼlum cheklangan hududda bir yoki bir nechta xizmatlaridan foydalanishni taqdim etadigan narxlar va texnik maʼlumotlar majmui;
tarifikatsiya birligi — operator (provayder) tomonidan belgilangan tarifikatsiya tizimiga bogʻliq boʻlgan koʻrsatiladigan xizmatning toʻlanadigan birligi;
telekommunikatsiya operatori (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) — mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida telekommunikatsiya (telefon aloqasi, maʼlumotlar uzatish, mobil aloqa, televideniye) tarmogʻiga ega boʻlgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini taʼminlovchi va litsenziyaga asosan tegishli telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiya xizmatlari — operatorning (provayderning) signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;
telekommunikatsiya xizmatlari provayderi (bundan buyon matnda provayder deb yuritiladi) — foydalanuvchilarga operatorlar tarmogʻi orqali tijorat asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
telekommunikatsiyalar tarmogʻi — ovoz, maʼlumot, rasm, video va boshqa shakldagi signallarni uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
telematik xizmatlar — telekommunikatsiyalar tarmogʻi orqali axborot uzatilishini amalga oshiruvchi, ammo telefon aloqa, telegraf aloqa xizmati yoki maʼlumotlar uzatish xizmati hisoblanmaydigan telexizmatlar (faksimil, komfaks, xabarlarni qayta ishlash, videotekst va boshqalar);
telefon aloqasi xizmatlari — operatorning (provayderning) soʻzlashuvlar va qoʻshimcha xizmatlarni taqdim etishga doir faoliyati mahsuli;
telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi — telefon aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblanadigan jismoniy yoki yuridik shaxs;
telefon bogʻlanish — ikkita telefon apparati yoki chetki qurilmalar oʻrtasida aloqaning oʻrnatilishi;
telefon tarmogʻi — aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirgi (terminal) uskunalarining jami;
texnik qarshi harakat qilish kompleksi — Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafikni oʻtkazishda qonunchilik talablari buzilganligi holatlarini aniqlash va ular toʻgʻrisida maʼlumotlarni olish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda xalqaro ovozli trafikni oʻtkazish tartibining buzilishlariga qarshi harakat qilish tizimi;
tizim hosil qiluvchi rouming-sherik — oʻz ixtiyorida xalqaro avtomatik roumingni taʼminlovchi moddiy-texnik va dasturiy taʼminot kompleksi boʻlgan, maʼlumotlar uzatish kanallari va signalizatsiya kanallari tarmogʻi mavjud boʻlgan yuridik shaxs;
toʻlov kartasi — kodlangan maʼlumotni saqlaydigan, tarmoq foydalanuvchisini identifikatsiya qilish va chaqiruvni initsiatsiya qilish imkoniyatini beruvchi toʻlov vositasi;
universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar toʻplami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini taʼminlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari, telegrammalar joʻnatish va boshqalar);
oʻzini-oʻzi obroʻsizlantirgan diler — ishi davomida qonunchilik hujjatlari, ushbu Qoidalar, dilerlik shartnomasi talablarining qoʻpol ravishda buzilishiga yoʻl qoʻygan va ular asosida dilerlik shartnomasi bekor qilingan va diler sertifikati chaqirib olingan diler;
(3-bandning saksoninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
foydalanuvchi — telekommunikatsiyalar xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
xalqaro telefon aloqasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi va boshqa davlat hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi oʻrtasida telefon aloqasi orqali bogʻlanish;
xato koʻchirish — abonent talabnomasisiz mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan abonent raqamining koʻchirilishi (“inson omili” keltirib chiqargan xato sababli, yaʼni texnik tizimlar bilan oʻzaro ishlaganda xodimlarning notoʻgʻri xatti-harakatlari sababli abonentning talabnomasida koʻrsatilgan raqamdan boshqa raqamning koʻchirilishi);
xizmat koʻrsatish zonasi — operator (provayder) litsenziya shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻrnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini taʼminlash uchun texnik imkoniyatlarga ega boʻlgan hudud;
xizmat koʻrsatish punkti — abonentlar axborot-maʼlumot xizmatlarini olishlari, mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini tuzishlari va xizmatlarning boshqa turlarini olishlari mumkin boʻlgan statsionar savdo nuqtasi va (yoki) xizmat koʻrsatish nuqtasi;
xizmatlarga abonent toʻlov tizimi — abonentning maʼlum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun toʻlovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlarga haq toʻlash tizimi;
xizmatlarga haq toʻlashning vaqtbay tizimi — maʼlum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri uchun abonent toʻlovlari summasi axborotni uzatish va boshqa telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun telefon tarmogʻi liniyalari va inshootlaridan foydalanilgan vaqtga bogʻliq boʻlgan xizmatlarga haq toʻlash tizimi;
xosting xizmatlari — Internet tarmogʻida doimiy boʻladigan serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati;
barcha chaqiruvlar uchun soʻrov (All Call Query) (bundan buyon matnda All Call Query deb yuritiladi) — mobil telekommunikatsiya tarmogʻining koʻchirilgan abonent raqamlariga trafikni oʻtkazish uchun chaqiruvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri marshrutlash metodi, bunda chaqiruv tashabbuskorining tarmogʻi koʻchirilgan raqam toʻgʻrisida axborot olish va chaqiruvni belgilangan joyiga keyinchalik marshrutlash uchun koʻchirilgan raqamlarning operatsion maʼlumotlar bazasiga soʻrovni amalga oshiradi;
eSIM — abonent qurilmasining virtual identifikatsiya moduli, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish taʼminlanadi;
GSM-shlyuz — mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari oʻrtasida trafikni oʻtkazish uchun moʻljallangan apparat-dasturiy vosita;
IMEI kodi (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodi (bundan buyon matnda IMEI-kod deb yuritiladi) — 15 raqamdan iborat boʻlgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa abonent qurilmasini identifikatsiyalovchi raqam;
IP-adres — TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan maʼlumotlar uzatish tarmogʻida kompyuterlar yoki uzellarni identifikatsiyalaydigan noyob adres;
IP-televideniye (IPTV) — televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi boshqa maʼlumotlar, IP protokoli asosidagi tarmoqlar taʼminlanadigan, sifat, xavfsizlik, interaktivlik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini taʼminlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari;
IP-telefoniya — IP texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan maʼlumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan, mahalliy va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati;
IP-shlyuz — IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari oʻrtasida trafikni oʻtkazish uchun moʻljallangan apparat-dasturiy vosita;
MSISDN (Mobile Station Integrated Services Digital Network) — GSM/UMTS standartlarida aloqa uchun xizmatlari integratsiyalashgan raqamli tarmoq mobil abonentining raqami (masalan: +998 XX-XXX-XX-XX);
progressiv marshrutlash (Onward Routing) (bundan buyon matnda Onward Routing deb yuritiladi) — mobil telekommunikatsiyalar tarmogʻining koʻchirilgan abonent raqamlariga trafikni oʻtkazish uchun chaqiruvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmagan marshrutlash metodi, bunda chaqiruv tashabbuskorining tarmogʻi donor tarmogʻiga soʻrovni amalga oshiradi, donor esa, oʻz navbatida, koʻchirilgan raqam toʻgʻrisida axborot olish va chaqiruvni belgilangan joyiga keyinchalik marshrutlash uchun koʻchirilgan raqamlarning operatsion maʼlumotlar bazasiga soʻrovni amalga oshiradi;
SIM/RUIM-karta (bundan buyon matnda SIM karta deb yuritiladi) — ichiga mikrosxema oʻrnatilgan, olinuvchi identifikatsiya moduli, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish taʼminlanadi;
SMS-shlyuz — mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar joʻnatish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita;
Wi-Fi xizmati tashkilotchisi — maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha oʻzlarining chetki uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan maʼlumotlar uzatish tarmogʻi operatori yoki maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari provayderi yoxud abonent – yuridik shaxs;
Wi-Fi xizmatlari — maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi boʻyicha chetki uskunalarga foydalanuvchilarning cheklangan doirasiga uskunadan foydalanishni taqdim etish.
4. Telekommunikatsiya xizmatlari qonunchilik hujjatlari va ushbu Qoidalarga muvofiq operator yoki provayder hamda abonent oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri (yoxud jismoniy shaxslar uchun diler orqali) yozma yoki elektron shaklda tuziladigan ommaviy shartnoma asosida taqdim etiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Operator (provayder) Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarni abonentlarga yoki isteʼmolchilarga davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda taqdim etilishini taʼminlaydi.
5. Tomonlarning shartnoma boʻyicha huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida va ushbu Qoidalarda belgilangan hollardagina boshqa shaxslarga berilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6. Operatorlar va provayderlarning telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati oʻrnatilgan tartibda olingan litsenziya asosida hamda operator (provayder) va litsenziya beruvchi organ oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
7. Favqulodda vaziyatlar (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalar)da telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan, Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punktlaridan ustuvor foydalanish hamda markazlashtirilgan boshqarish, shuningdek, ularning ishlashini cheklash yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.
8. Eshittiruvchi, operator va provayderlar tomonidan favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida ularga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
9. Telekommunikatsiya xizmatlari qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar va afzalliklarni hisobga olib barcha abonentlar uchun xizmat koʻrsatishning bir xil sharoitlarini taʼminlagan holda koʻrsatiladi.
(8 va 9-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
10. Telekommunikatsiya tarmogʻiga muvofiqlik sertifikatiga ega abonent qurilmalari (telefon apparatlari, raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparatlari, maʼlumotlar uzatish va telematik xizmatlar uskunalari (telefaks, teleteks, videoteks va boshqalar), radiotelefon aloqa vositalari, avtojavobbergichlar, signalizatsiya qurilmalari) ulanadi.
11. Abonent qurilmasi abonentlar tomonidan oʻz hisoblaridan sotib olinishi va ularning mulki hisoblanishi yoki telekommunikatsiya operatori (provayderi, dileri, eshittiruvchi) tomonidan shartnoma shartlariga muvofiq berilishi mumkin, bunda abonent qurilmasi telekommunikatsiya operatori/provayderining mulki hisoblanadi va shartnomada belgilangan tartibda abonent ushbu qurilma uchun moddiy javobgar boʻladi.
12. Mobil aloqa tarmogʻi abonent qurilmasi IMEI-kodi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
13. Operator (provayder) abonentlarning umumiy foydalanish tarmogʻidan uzluksiz foydalana olishini taʼminlashga majbur.
14. Foydalanuvchilar bilan bevosita oʻzaro ishlaydigan operatorning tarkibiy boʻlinmalari (operator, provayder, diler) tomonidan tashkil qilingan abonent boʻlimlari va rivojlanish sexlari, telefon stansiyalarining abonent uchastkalari, soʻzlashuv punktlari va jamoa boʻlib foydalanish punktlari, taʼmirlash byurosi, maʼlumot xizmatlari, servis xizmatlari, telekommunikatsiya xizmatlariga haq toʻlash punktlari)ning ish rejimlari operator (provayder, diler) tomonidan belgilanadi.
15. Operator, provayder, diler va eshittiruvchilari tomonidan maʼlumot xizmatlari tashkil qilinishi kerak, bunda foydalanuvchilarga quyidagilar toʻgʻrisida bepul maʼlumot beriladi:
a) telekommunikatsiyalar tarmogʻidan foydalana olish tartibi;
b) telekommunikatsiyalar tarmogʻidan foydalana olishni taqdim etish narxi;
v) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish;
g) operator (provayder) tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va ularning narxi;
d) mobil aloqa xizmatlariga tariflar va ularni almashtirish imkoniyatlari (mobil aloqa xizmatlari uchun);
e) bepul koʻrsatiladigan axborot-maʼlumot xizmatlari;
j) telekommunikatsiya operatori (uning filiallari), provayderi, dileri joylashgan joyi va ish rejimi;
z) abonent shaxsiy hisob raqamining holati (hisobdagi pul mablagʻlarining qoldigʻi, imtiyozli daqiqalar qoldigʻi, hisobot davridagi maʼlumotlar, toʻlash uchun hisobni taqdim etish);
i) operatorning mobil aloqa tarmogʻining xizmat koʻrsatish zonasi toʻgʻrisida axborot (mobil aloqa xizmatlari uchun);
k) telekommunikatsiyalar sohasida foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilishga masʼul organning ishonch telefon raqamlari;
l) abonentdan texnik nosozliklar, SIM-karta yoki abonent qurilmasi yoʻqolganligi (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun), abonentning shaxsiy maʼlumotlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilish;
m) mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati (mobil aloqa xizmatlari uchun);
n) mobil aloqa tarmoqlarining operatorlari toʻgʻrisida — rouming xizmatlarini taqdim etish boʻyicha sheriklar (mobil aloqa xizmatlari uchun);
o) qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa zarur maʼlumotlar.
(15-bandning “o” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Bepul axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxati operator, provayder, diler va eshittiruvchilar tomonidan mustaqil ravishda kengaytirilishi mumkin.
16. Axborot-maʼlumot xabarlari bevosita operator-telefonist orqali yoki avtoinformator yordamida, veb-sayt, mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlar orqali berilishi mumkin.
17. Operator va provayderlar telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari va boshqa xabarlar, shuningdek, ularga taalluqli boʻlgan barcha maʼlumotlarning sir tutilishini taʼminlashi shart.
18. Telefon soʻzlashuvlarini eshitish, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan xabarlar bilan tanishish, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olishga, shuningdek, soʻzlashuvlar va xabarlar sirlariga doir boshqa cheklanishlarga faqat qonun bilan belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi.
19. Operator, provayder va dilerlar xizmat majburiyatlarini bajarishlari davomida ularga maʼlum boʻlgan abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni abonentning roziligisiz uchinchi shaxslarga berish yoki tarqatishga haqli emas, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga quyidagilar kiradi:
a) abonent-jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR;
b) abonent-yuridik shaxs xodimlarining shaxsiy maʼlumotlari, abonent manzili yoki oxirgi terminal uskuna oʻrnatiladigan manzili, abonentni va uning oxirgi terminal uskunasini aynan identifikatsiyalash imkonini beradigan taxallusi, abonent raqamlari va boshqa maʼlumotlar.
20. Operator va provayderlar tomonidan yaratilgan va abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazalari konfidensial tusdagi hujjatlar sifatida himoyalanishi kerak.
21. Abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan bu abonentlarning roziligisiz axborot-maʼlumot xizmat koʻrsatilishi uchun foydalanish mumkin emas.
22. Foydalanuvchilar axborot resurslaridan foydalana olish uchun teng huquqlarga ega boʻlib, ular soʻrayotgan axborotni olish uchun bu resurslarning egalari oldida asoslashga majbur emaslar, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklangan axborot mustasno.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
23. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xabarlarni uzatish texnologik jarayonlarida yagona hisob-kitob va hisobot berish vaqti — mahalliy vaqt oʻrnatiladi.
24. Axborotni uzatish xalqaro texnologik jarayonlarida hisob-kitob va hisobot berish vaqti davlatlararo kelishuvlar va shartnomalarga muvofiq belgilanadi.
25. Telegraf xizmatlarini koʻrsatayotganda isteʼmolchi va aloqa korxonasi oʻrtasidagi munosabatlar kvitansiya yoki nazorat-kassa mashinasining cheki bilan yoki shartnoma bilan hujjatlashtiriladi.
26. Taksofonlar koʻchalarda, maydonlarda, bozorlarda, aloqa boʻlimlarida, aeroportlarda, vokzallarda, metro bekatlarida, avtobus bekatlarida, doʻkonlarda, taʼlim muassasalarida, shahar jamoat transporti bekatlarida, tibbiyot va davolash muassasalarida, maxsus jihozlangan soʻzlashuv punktlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining bino va inshootlarida hamda boshqa joylarda kelishuv asosida oʻrnatilishi mumkin. Taksofonlar alohida turuvchi hamda ixcham holatda joylashtirilgan boʻlishi mumkin.
27. Oʻrnatilgan taksofonlar texnik talablarga, standartlarga, sanitariya va gigiyena, yongʻinga qarshi norma va qoidalariga mos kelishi kerak.
28. Taksofonlar oʻrnatilgan joylarda quyidagilar boʻlishi shart:
a) taksofondan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operator yoki provayder toʻgʻrisida axborot (nomi, manzili, telefon raqamlari);
b) taqdim etiladigan xizmatlar tarifi toʻgʻrisida axborot;
v) maʼlumot koʻrinishidagi axborot (favqulodda tezkor xizmatlar hamda taksofonlarni taʼmirlash xizmatining telefon raqamlari, yaqin atrofda joylashgan taksofonning manzili va boshqalar);
g) maxsus jetonlar va toʻlov kartalarini sotib olish joylari toʻgʻrisidagi axborot.
29. Operator tomonidan taksofonlarga telefon raqamlari ajratilgan hollarda, shunday taksofonlardan kiruvchi chaqiruvlarni qabul qilib olish uchun foydalanish mumkin.
30. Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punktining ish rejimi jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan belgilanadi.
31. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishda operator, provayder, diler va eshittiruvchilarning oʻzaro munosabatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
32. Telekommunikatsiya tarmoqlarida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar uchun radiochastota spektridan foydalanish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
33. Telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalaniladigan va majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan telekommunikatsiyaning texnik vositalari muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishi kerak.
34. Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
35. Televideniye xizmatlari operator va provayderlari televideniye dasturlarining mazmunini tahrir qilish, oʻzgartirish va toʻldirishga haqli emas.
36. Operator, provayder, diler va eshittiruvchilar telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot xavfsizligini taʼminlashda:
axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya qilishi;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, Oʻzbekiston Respublikasida mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar oʻtkazishga doir barcha xabarlarga, shuningdek, yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar toʻgʻrisidagi xabarlarga mutlaq ustuvorlik berishi;
texnik vositalardan Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat qilish, urush va zoʻravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib etish, davlat sirini yoki qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan oʻzga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir qilish maqsadida foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrishi kerak.
(36-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
37. Eshittiruvchilar, operatorlar va provayderlar televideniye tarmoqlarida aholini favqulodda vaziyatlar xavfidan xabardor qilishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan vositalar oʻrnatilishini va ulardan foydalanishni taʼminlashlari shart.
38. Eshittiruvchilar, operatorlar va provayderlarning televideniye tarmoqlari va texnik binolari qoʻriqlash, himoyalash va xavfsiz faoliyatini taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi shart.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
39. Internet-kafelarda voyaga yetmaganlarning ota-onasidan biri yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs hamrohisiz tungi vaqt (soat 22:00 dan 6:00 gacha) Internet tarmogʻidan foydalanish uchun jamoat foydalanish joylarida boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik hamda videokuzatuv kameralarini qoʻllab (video yozuvni 90 kun saqlagan holda), tashrif buyuruvchilar xavfsizligi choralari koʻrilishi kerak.
40. Operator va provayderlar har bir abonentga, shu jumladan, abonentning shaxsiy hisob raqamida mablagʻlar boʻlmagan holda, tegishli xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan yagona raqamlarni abonent tomonidan terish yordamida favqulodda tezkor xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini taʼminlashi kerak. Favqulodda tezkor xizmatlarga quyidagilar kiradi:
yongʻin xavfsizligi xizmati;
ichki ishlar organlari;
tez tibbiy yordam;
gaz tarmogʻining avariya xizmati;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.
41. Abonent shartnomasi bekor qilinganidan soʻng, operator (provayder) maʼlumotlar bazasidan abonentlarning shaxsiy maʼlumotlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilishlari shart.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
II BOʻLIM. TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARINI TAQDIM ETISH
1-bob. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish
1-§. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
42. Operator (provayder) tomonidan koʻrsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari universal va qoʻshimcha xizmatlarga boʻlinadi.
43. Universal telekommunikatsiya xizmatlari roʻyxati hamda ushbu xizmatlarga tariflar Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflarini shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 959, 2000-yil 18-avgust) muvofiq belgilanadi.
44. Foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan telefon aloqasi xizmatlari roʻyxati operatorga (provayderga) tegishli litsenziya hamda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.
45. Operator (provayder) tomonidan qoʻshimcha va bepul telefon aloqasi xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
46. Quyidagilar qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari hisoblanadi:
a) telefon apparatlari va boshqa abonent qurilmalarini qayta oʻrnatish, qayta ulash (ulash sxemasini oʻzgartirish);
b) parallel telefon apparatlarini oʻrnatish;
v) telekommunikatsiya tarmogʻining aloqa kanallarini va fizik zanjirlarini ijaraga berish;
g) maʼlumot-axborot xizmatlari, bundan ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan maʼlumotnomalarni berish qoʻshimcha xizmatlari mustasno;
d) maʼlumotlar uzatish xizmatlari va telematik xizmatlardan (elektron pochta, faksimil xabarlarni uzatish xizmati, axborot resurslaridan foydalana olish xizmati va h.k.) foydalanish imkoniyati;
e) telegrammalarni telefon orqali berish;
j) chaqirilayotgan abonentda raqamni avtomatik aniqlash funksiyalariga ega telefon apparati boʻlganda mahalliy telekommunikatsiya tarmogʻining chaqirayotgan abonent raqamini aniqlash, shuningdek, abonent talabiga koʻra hisob tafsilotlarini berish;
z) abonent murojaatiga asosan abonent raqamini oʻzgartirish;
i) chaqirilayotgan shaxsga xabar qilgan holda xalqaro telefon bogʻlanish;
k) boshqa hududdan (aholi punktidan) chaqirilayotgan abonentning telefon raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot berish;
l) shartnomada belgilangan vaqtda telefon bogʻlanishni taqdim etish;
m) chaqirilayotgan shaxs hisobidan shaharlararo telefon bogʻlanish;
n) telefonogrammani uzatgan holda abonent oʻrniga soʻzlashish;
o) konferens-aloqa xizmati.
Telefon aloqa tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish xizmatining narxiga kommutatsiya stansiyasidan abonentning telefon rozetkasigacha abonent liniyalarining tashkil etilishi hisobga olingan stansiya va liniya uskunasining narxi kiradi.
Telefon tarmogʻidan foydalanishning taqdim etilishi toʻlovida oxirgi taqsimlash qurilmasidan telefon rozetkasigacha boʻlgan shahar telefon tarmogʻida uzunligi 20 m dan koʻp boʻlmagan va qishloq telefon tarmogʻida uzunligi 40 m dan koʻp boʻlmagan abonent liniyasining narxi hisobga olinadi.
Bepul qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlariga quyidagilar kiradi:
a) telefon tarmogʻining taʼmirlash byurosini chaqirish;
b) chaqirilayotgan abonentning aholi punkti/operatori kodi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
v) chaqirilayotgan mamlakat va chaqirilayotgan aholi punktining xalqaro kodi toʻgʻrisida maʼlumot berish;
g) mahalliy va xalqaro telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar toʻgʻrisida maʼlumot berish;
d) avtomatik telefon aloqasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida maʼlumot berish;
e) xalqaro telefon bogʻlanishni buyurtma qilish uchun buyurtma berish xizmatlarini chaqirish indekslari toʻgʻrisida maʼlumot berish.
Mazkur bandda koʻrsatilgan bepul xizmatlar roʻyxati kamaytirilishi mumkin emas.
47. Ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan qoʻshimcha telefon aloqasi xizmatlari roʻyxati (bepul yoki pullik) qonunchilik hujjatlari talablarini hisobga olgan holda operator va provayderga tegishli boʻlgan telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
48. Taksofon orqali quyidagi pullik xizmat turlari koʻrsatiladi:
a) mahalliy telefon soʻzlashuvlari;
b) shaharlararo telefon soʻzlashuvlari;
v) xalqaro telefon soʻzlashuvlari;
g) axborot-maʼlumot xizmati operator-telefonistlari bilan telefon aloqasi.
2-§. Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
49. Shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish avtomatik xizmat koʻrsatish tizimi, buyurtma xizmat koʻrsatish tizimi va darhol xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
50. Operator va provayder avtomatik aloqa yoʻnalishlarining borligi, shaharlar kodlari toʻgʻrisida va avtomatik telefon aloqasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida foydalanuvchilarni xabardor qilishga majbur (OAV, maʼlumot-axborot xizmatlari, Internet tarmogʻi orqali, soʻzlashuv punktlarida).
51. Buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida chaqirayotgan shaxsga buyurtmani qabul qilish vaqtida shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishga berilgan buyurtmani bajarish muddati xabar qilinishi kerak.
Buyurtma chaqirayotgan shaxsning ixtiyoriga koʻra yoki buyurtmaning amal qilish muddati tugashi bilan bekor qilinishi mumkin.
52. Buyurtma boʻyicha shaharlararo telefon bogʻlanish taqdim etilishi kerak boʻlgan vaqt operator (provayder) tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi, ammo buyurtma qabul qilingan paytdan boshlab yoki chaqirayotgan shaxs tomonidan soʻzlashuv uchun belgilangan vaqtdan boshlab bir soatdan oshmasligi kerak. Koʻrsatilgan vaqt tugashi bilan chaqirayotgan shaxsning roziligi bilan bajarilmagan buyurtma ushbu Qoidalarning 55-bandiga muvofiq boshqa vaqtga koʻchiriladi yoki bekor qilinadi.
Buyurtma boʻyicha xalqaro telefon bogʻlanish taqdim etilishi mumkin boʻlgan vaqt operator (provayder) tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi va buyurtmani qabul qilish vaqtida foydalanuvchiga yetkaziladi.
Chaqirayotgan shaxsning talabi boʻyicha buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishlar buyurtma qabul qilingan vaqtdan boshlab 30 daqiqa (shoshilinch buyurtma) ichida taqdim etilishi mumkin. Shoshilinch buyurtmalar qabul qilinadigan yoʻnalishlar roʻyxati operator (provayder) tomonidan belgilanadi va foydalanuvchilar eʼtiboriga havola qilinadi.
53. Shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishga buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida buyurtmaning amal qilish muddati chiquvchi stansiya uchun mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da tugaydi.
a) telefon apparatidan telefon apparatiga telefon bogʻlanishlar uchun — buyurtma berilgan kundan keyingi kunga;
b) shaxsiy telefon bogʻlanishlar va konferens-aloqa uchun — buyurtma berilgan kundan keyin ikkinchi kunga.
Xalqaro telefon bogʻlanish uchun buyurtmaning amal qilish muddati yana 8 soatga uzaytirilishi mumkin, agar bu tegishli stansiyalar yoki ekspluatatsiya qilish va trafikning oʻtish vaqtidagi farq sababli zarur deb tan olingan boʻlsa.
54. Shaharlararo telefon aloqa texnologik jarayonlarida yagona hisobga olish-hisobot (texnologik) vaqt — mahalliy vaqt qoʻllaniladi.
Xalqaro telefon aloqasida hisobga olish-hisobot vaqti milliy aloqa maʼmuriyatlarining xalqaro kelishuvlari bilan belgilanadi.
55. Foydalanuvchilarga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatishning texnik imkoniyati boʻlmaganda operator (provayder) soʻzlashuvlar soni va ularning davomiyligiga cheklovlarni kiritadi, buyurtma va darhol xizmat koʻrsatish tizimida aloqa toʻliq boʻlmaganda — buyurtmalarni qabul qilishni rad etadi.
Shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga cheklovlar kiritilganligi toʻgʻrisida foydalanuvchi buyurtmani qabul qilish vaqtida yoki buyurtma va darhol xizmat koʻrsatish tizimlarida telefon bogʻlanish taqdim etilayotgan vaqtda xabardor qilinishi kerak.
Telefon aloqasidan foydalanishda uzoq muddatli cheklovlar yuzaga kelgan holda operator (provayder) bu haqda OAV, maʼlumot xizmatlari yoki telekommunikatsiya xizmatlaridan ommaviy foydalanish punktlarida eʼlon berishdan foydalanib foydalanuvchilarni xabardor qilish choralarini koʻrishi kerak.
56. Buyurtma xizmat koʻrsatish tizimida telefon bogʻlanishini taqdim etish navbati soʻzlashuv toifasiga, buyurtmaning shoshilinchli ekanligiga va kelib tushish vaqtiga bogʻliq boʻladi.
57. Oʻzbekiston Respublikasi hududida operator-telefonist yordamida taqdim etiladigan shaharlararo telefon soʻzlashuvlarining quyidagi toifalari belgilangan:
har qanday navbatdan tashqari va alohida parollar boʻyicha;
hukumatga oid;
oddiy.
58. “Har qanday navbatdan tashqari” toifa boʻyicha soʻzlashuvlar faqat qonunchilik hujjatlariga muvofiq, amaldagi oddiy tarif boʻyicha haq toʻlagan holda abonent tomonidan koʻrsatilgan istalgan telefon boʻyicha bunday soʻzlashuvlarni olib borish huquqidan foydalanadigan mansabdor shaxslarga taqdim etiladi. Abonentning talabiga koʻra soʻzlashuvlar aloqaning ishlash jadvalini buzgan va quyi toifadagi boʻlib oʻtayotgan soʻzlashuvni uzib qoʻygan holda taqdim etiladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
59. “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi buyurtmalar bilan bir qatorda “Falokat” paroli boʻyicha soʻzlashuvlarga buyurtmalar bajariladi. Ushbu parol boʻyicha soʻzlashuvlar amaldagi oddiy tarif boʻyicha haq toʻlagan holda foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilgan istalgan telefondan, shuningdek, soʻzlashuv punktidan taqdim etiladi. Halokatga uchragan dengiz, daryo va havo kemalaridan xabarlarni uzatish uchun shaharlararo telefon soʻzlashuvlariga toʻlov undirilmaydi.
60. Operatorlarga shartnoma asosida toʻlangan vaqtincha amal qiluvchi parollarni kiritish huquqi beriladi. Parollar boʻyicha buyurtmalar oddiy toifadagi buyurtmalardan oldin beriladi.
61. “Hukumatga oid” toifasidagi shaharlararo telefon soʻzlashuvlari “har qanday navbatdan tashqari” soʻzlashuvlaridan keyin aloqaning ishini buzmasdan va boʻlib oʻtayotgan soʻzlashuvlarni uzib qoʻymasdan amaldagi oddiy tarif boʻyicha taqdim etiladi. Soʻzlashuvlar faqat bunday soʻzlashuvlarni olib borish huquqi berilgan mansabdor shaxslarga va faqat roʻyxatga olingan telefonlardan taqdim etiladi.
62. Hech bir boshlangan soʻzlashuv operator (provayder) tomonidan uzib qoʻyilishi mumkin emas, “Har qanday navbatdan tashqari” toifasidagi va “Falokat” paroli boʻyicha soʻzlashuvni taqdim etish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno. Soʻzlashuv tugaganidan keyin foydalanuvchiga uzib qoʻyilgan soʻzlashuvni tugatish imkoni beriladi.
63. Buyurtma boʻyicha bildirishnomali telefon bogʻlanishlar soʻzlashuv uchun belgilangan vaqtni hisobga olgan holda tarifidan qatʼi nazar ushbu (buyurtma) toifadagi buyurtmalar ichidan eng birinchi navbatda taqdim etiladi.
64. Shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishga buyurtmani qabul qilishda darhol xizmat koʻrsatish tizimida abonent telefon goʻshagini qoʻymasdan, shu zahoti, amaldagi oddiy tarif boʻyicha chaqirilayotgan abonent bilan telefon orqali bogʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida darhol xizmat koʻrsatish tizimi texnik vositalarning tayyorlik darajasiga qarab kiritiladi.
3-§. Telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish
65. Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot-maʼlumot xizmatlarining quyidagi turlari koʻrsatiladi:
uchta yoki toʻrtta sonli raqamdan foydalanib, axborot-maʼlumot xizmatlari;
foydalana olish uchun maxsus xizmat koʻrsatish bogʻlamasida qisqa raqamlari ajratiladigan axborot-maʼlumot xizmatlari;
foydalana olish uchun abonent raqamlari ajratiladigan axborot-maʼlumot xizmatlari.
66. Axborot-maʼlumot xizmatlaridan foydalana olish uchun raqamlar ajratilishi telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan raqamlash tizimi va rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
67. Quyidagilar axborot-maʼlumot xizmatlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) foydalanuvchilarga maʼlumotlar berish:
mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarining telefon raqamlari (tashkilotlar, muassasalar va korxonalar telefonlari) toʻgʻrisida;
qoʻshimcha telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning telefon raqamlari toʻgʻrisida;
mahalliy telefon tarmoqlarining telefon uzellari taʼmirlash byurosining telefon raqamlari toʻgʻrisida;
b) manzilli, muassasaviy, qoʻl va elektron kartotekalarini yaratish hamda ularga mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlarni oʻz vaqtida kiritish;
v) telefon maʼlumotnomalarini tayyorlash.
68. Operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni abonentlarga taqdim etish maqsadida axborot-maʼlumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimini yaratadi.
Quyidagi maʼlumotlar operator (provayder) tomonidan abonentning soʻroviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
maʼlumotlar uzatish tarmogʻining koʻrsatiladigan xizmatlari toʻgʻrisidagi;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlariga boʻlgan tariflar toʻgʻrisidagi;
abonentga uning shaxsiy hisobvaragʻining holati va maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish haqini toʻlash boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi, jumladan, abonentga ulangan xizmatlar (maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldigʻi) toʻgʻrisidagi;
texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi.
69. Operatorlarning (provayderlarning) faoliyati yoʻnalishlari va vazifalariga muvofiq axborot-maʼlumot xizmatlari tomonidan operatorlarning (provayderlarning) texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa axborot ham berilishi mumkin.
70. Operatorlar (provayderlar) axborot-maʼlumot xizmatlari koʻrsatishda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
berilayotgan axborot sifatining ishlab chiqarish nazorati;
belgilangan shakllar boʻyicha birlamchi hisob va hisobotni yuritish;
koʻp smenali ish grafigini hisobga olib kadrlarni joy-joyiga qoʻyish;
kadrlarni oʻqitish va malakasini oshirish;
maʼlumotnoma kartotekalarini ekspluatatsiya qilish va yuritish;
maʼlumotnoma kartotekalariga tuzatishlar kiritish uchun axborot olish maqsadida mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarining telefon uzellari bilan oʻzaro ishlash;
ekspluatatsiya qilish qoidalari va yoʻriqnomalariga muvofiq texnik vositalarni ekspluatatsiya qilish;
mehnatni ilmiy tashkil qilish, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga doir chora-tadbirlarni oʻtkazish.
71. Mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarining axborot-maʼlumot xizmati maʼlumot xizmatining maxsus apparaturasi bazasida tashkil qilinadi, uning tarkibiga kommutatsiya uskunasi operator-telefonistlar stollari, kartoteka uskunasi, dispetcher va ishlab chiqarish nazorati pultlari kiradi.
72. Axborot-maʼlumot xizmatlari shaharlar, tumanlar, tashkilotlar joylashgan koʻchalar nomlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritib, oʻz maʼlumotlar bazasini oʻz vaqtida yangilashlari kerak.
73. Chaqiruv kelib tushganda operator-telefonist darhol va aniq oʻzining shaxsiy raqamini aytishi kerak (masalan, “beshinchi”, “oʻttiz sakkizinchi” va h.k.). Agar foydalanuvchi javob bermasa, “Maʼlumotnoma xizmati javob beradi” deb takrorlaydi. Ikkinchi marta ham javobni olmagandan keyin, operator-telefonistga aloqani uzishga haqli. “Ha”, “Eshitaman”, “Allo” va b. soʻzlarni aytishga ruxsat berilmaydi.
74. Operator-telefonist yonida ishlayotgan telefonchi operatorga xalaqit qilmaslik uchun ovozni balandlamasdan talab qilinayotgan axborotni aniq va ravshan berishi kerak.
75. Operator-telefonist faqat foydalanuvchi unga berilgan axborotni toʻgʻri takrorlagandan keyingina aloqani uzishga haqlidir. Agar foydalanuvchi axborotni notoʻgʻri takrorlagan boʻlsa, operator-telefonist uni takrorlashga majbur.
76. Operator-telefonist birinchi talab boʻyicha foydalanuvchiga oʻzining shaxsiy raqamini takrorlashi kerak.
77. Operator-telefonist foydalanuvchilar bilan xushmuomalali boʻlishi, hech qanday tanbehlar bildirmasligi va u bilan aytishmasligi kerak.
78. Foydalanuvchilar shikoyat qilganda operator-telefonist ularni darhol katta operator-telefonist bilan ulashi kerak.
79. Operator-telefonist maʼlumot berilayotgan materialni, kartotekaning tuzilishi va maʼlumot materiallarining unda joylashish prinsiplarini yaxshi bilishi kerak. Operator-telefonist barcha maxsus xizmatlar raqamlarini (101, 102, 103, 104, 1050) yoddan bilishi kerak.
80. Agar operator-telefonist maʼlumotni berishga qiynalsa, u foydalanuvchiga: “Iltimos, bir oz kutib turing” deb katta operator-telefonistga murojaat qilishi shart. Katta operator-telefonistning tushuntirishlarini olib, kutib turgan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatadi. Maʼlumot olish uchun yonida ishlayotgan operator-telefonistga murojaat qilish qatʼiyan man qilinadi.
81. Operator-telefonist foydalanuvchi soʻrovini eʼtibor bilan eshitishi va zarur boʻlganda berilgan savolni takrorlashini soʻrashi kerak: “Iltimos, maʼlumotni qaytaring” yoki “Iltimos, aniqroq qaytaring”. Agar ikkinchi bor soʻrovdan keyin operator-telefonist foydalanuvchini deyarli eshitmasa yoki umuman eshitmasa, u: “Sizni eshitmayapman, iltimos qayta qoʻngʻiroq qiling” deb javob berishi kerak.
82. Agar foydalanuvchi savolni notoʻgʻri ifodalagan boʻlsa, operator-telefonist foydalanuvchidan unga aynan qanday axborot kerakligini aniqlashtirishni xushmuomalalik bilan soʻrashi va shundan keyin yana maʼlumot xizmatini koʻrsatishi kerak.
83. Agar foydalanuvchi ushbu xizmatga tegishli boʻlmagan axborot berishni soʻrasa, u holda unga tegishli axborot-maʼlumot xizmatlarining telefon raqamlarini aytish kerak.
84. Telefon raqamlari toʻgʻrisidagi axborotni berayotganda telefonning beshta belgili raqamini operator-telefonist shunday aytishi kerak: bitta raqam alohida va qolgan toʻrtta raqamlar ikkitadan. Masalan, 5-44-32 — besh, qirq toʻrt, oʻttiz ikki. Telefonning yettita belgili raqami shunday aytiladi: uchta raqam birga va toʻrtta raqam ikkitadan. Masalan: 71 278-34-23 — yetti bir, ikki yetti sakkiz, oʻttiz toʻrt, yigirma uch (50 dan 99 gacha qoʻshib raqamlar raqamlarga ajratgan holda aytiladi: 2-75-58 — ikki, yetti besh, besh sakkiz).
85. Agar foydalanuvchi telefon shikastlanganligi toʻgʻrisida xabar qilmoqchi boʻlsa, operator-telefonist qaysi telefon raqami shikastlanganligini soʻrashi shart va foydalanuvchiga telefon aloqa uzelining tegishli avtomatlashtirilgan taʼmirlash byurosining raqamini xabar qilishi kerak.
86. Operator-telefonist quyidagi hollarda foydalanuvchini katta operator-telefonist bilan ulashga majbur:
operator-telefonist foydalanuvchi savolini tushunmaganda;
operator-telefonist maʼlumot materialida foydalanuvchiga kerak boʻlgan axborotni topa olmaganda;
foydalanuvchi shikoyat bilan murojaat qilganda;
foydalanuvchi tomonidan berilgan savol maʼlumot xizmatining vakolatiga kirmaganda.
87. Axborot-maʼlumot xizmatining operator-telefonist quyidagi hollarda maʼlumot berishni rad etishga haqli:
korxona, muassasa, tashkilotning toʻliq, qisqartirilgan yoki shartli nomi koʻrsatilmagan;
yakka tartibda foydalaniladigan xonadon telefoni abonentining ism-sharifi yoki manzili aytilmagan boʻlsa, maʼlumot materialida esa, shu familiyadagi shaxslar koʻp boʻlsa;
jamoa boʻlib foydalaniladigan xonadon telefon oʻrnatilgan aniq manzil koʻrsatilmagan boʻlsa;
maʼlumot materialida soʻralayotgan axborot boʻlmasa;
foydalanuvchi unga maʼlumot xizmati boʻyicha ikkitadan ortiq maʼlumotlar berishni soʻrasa, bunda operator-telefonist foydalanuvchiga u maʼlumot xizmatini ikkinchi bor chaqirganligini aytishi kerak.
4-§. Telefon tarmoqlarida qoʻriqlash qurilmasini oʻrnatish va xizmat koʻrsatish
88. Telefon tarmoqlarida signalizatsiya uskunalarini oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlar (bundan buyon matnda qoʻriqlash xizmati deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
89. Yuridik va jismoniy shaxslarga qarashli korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xonadonlar himoya qilish obyektlari hisoblanadi.
90. Telefon stansiyalarini loyihalash va rekonstruksiya qilishda qoʻriqlash signalizatsiyasi apparatini joylashtirish uchun krossda va kross yaqinida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, texnologik loyihalashning normativlariga muvofiq maydonli apparatura xonasini jihozlash koʻzda tutilishi lozim.
Optik tolali aloqa liniyalari orqali tashkil etilgan kichik sigʻimli telefon stansiyalarida qoʻriqlash signalizatsiya apparaturalari alohida shkaflarda oʻrnatiladi.
91. Xavfsizlik signalizatsiya tizimining tarkibiga xabarlarni uzatish tizimlari ramkalariga abonent liniyalarini krossirovka qilish ishlari 5 kun muddat ichida telefon tarmoqlari hisobidan amalga oshiriladi.
Himoya boʻlaklari va krossning stansion ramkalaridan qoʻriqlash signalizatsiyasi ramkalarigacha boʻlgan krossirovkasi telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
92. Qoʻriqlanadigan obyektlardagi abonent liniyalarining telefon rozetkasiga xabarlarni uzatish tizimlarining yakunlovchi (terminal) qurilmalarini ulash qoʻriqlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
93. Xabarlarni uzatish tizimlari uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi qoʻriqlash xizmatining mutaxassislariga xabarlarni uzatish tizimlari uskunalari oʻrnatilgan telefon stansiyalari binolariga kirish uchun telefon tarmoqlari maʼmuriyati tomonidan maxsus guvohnomalar yoki ruxsatnomalar beriladi.
94. Kechki va tungi payt, taʼtil va dam olish kunlari qoʻriqlash xizmati xodimlarining koʻrsatilgan binolarga kirishlari telefon tarmoqlari dispetcherining ruxsati asosida boʻladi.
Qoʻriqlash xizmati xodimlari bajaradigan ishlar telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bajarilgan barcha ishlar maxsus jurnalda qayd etilishi lozim.
95. Telefon liniyalaridan qoʻriqlash maqsadida foydalanilayotgan abonentlarning abonent kartalarida qoʻriqlash pulti belgisi boʻlishi, ramka raqami va signalizatsiya shtifti koʻrsatilish lozim.
96. Obyektlarni qoʻriqlash davri mobaynida abonent liniyalarini krossdan tekshirish faqatgina qoʻriqlash xizmatining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi. Tekshiruv uchun buyurtmalar boshqa shaxslardan qabul qilinganda, koʻrsatilgan liniyalar tekshiruvi qoʻriqlash signalizatsiyasi oʻchirilganidan keyin, faqatgina qoʻriqlash xizmatining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
97. Qoʻriqlash signalizatsiyalari uchun ishlatiladigan taqsimlash javonlari, quti, boks va grompolosa shtiftlari telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan boʻyoq bilan markirlanishi (belgilanishi) lozim.
98. Telefon stansiyasi krosslari va liniyalarda taʼmirlash hamda profilaktika ishlari oʻtkazilganda, qayta payka qilinganda va kabellarni almashtirib qayta ulanganda (stansiya va liniya inshootlarida) telefon tarmoqlari xodimlari uchun telefon liniyalarining markirlangan simlari juftligi joyma-joy almashtirilishiga, shuningdek, ulardan xizmat aloqasi uchun foydalanilishiga ruxsat berilmaydi.
99. Qoʻriqlash signalizatsiyasi uchun ishlatiladigan liniyalarda profilaktik reja asosida ish olib borishlari toʻgʻrisida telefon tarmoqlari xodimlari qoʻriqlash xizmati ish boshlanishidan uch kun, ishlar shoshilinch (rejadan tashqari) bajarilishi kerak boʻlganda bevosita mazkur ishlar bajarilishidan oldin ogohlantiradi.
100. Qoʻriqlash xizmati buyurtmasiga binoan, aloqa liniyalar parametrlari oʻlchovini telefon tarmoqlari 15 kun ichida amalga oshiradi. Zarur boʻlganda, qoʻriqlash xizmatining mutaxassislari oʻlchovlarda qatnashadilar. Telefon tarmoqlari liniyalari parametrlarini belgilangan normalarga muvofiqlashtirishni taʼminlaydi yoki texnik imkoniyat mavjud boʻlganda liniyalarni almashtiradi.
101. Qoʻriqlash signalizatsiyasi yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan sabab tufayli telefon aloqasi buzilgan boʻlsa, telefon tarmoqlari xodimlari bu haqda qoʻriqlash xizmatiga xabar beradi va qoʻriqlash xizmati xodimlari bilan birgalikda nosozlik sababini ikki soat ichida aniqlab, uni bartarf etish choralarini koʻradi.
Qoʻriqlash signalizatsiyasining uch soatdan ortiq vaqt orqaligʻidagi nosozlik, telefon aloqasining sifatli ishlashiga taʼsir koʻrsatgan holda, telefon tarmoqlari xodimlari qoʻriqlash signalizatsiyasini telefon liniyasidan uzib qoʻyadi.
102. Markaziy kuzatuv pultlari va telefon stansiyasini bogʻlaydigan toʻgʻri simlari boʻlgan kabellar shikastlanishi yoki taʼmirlanishi vaqtida telefon tarmoqlari tomonidan texnik imkoniyat mavjud boʻlsa uch soat ichida zaxira aloqasi taqdim etiladi. Bunday imkoniyat mavjud boʻlmagan holda shikastlanishlar belgilangan muddatlarga muvofiq, qoʻriqlash xizmatini xabardor qilgan holda bartaraf etiladi.
Qoʻriqlash signalizatsiyasi uchun foydalaniladigan abonent telefon liniyalaridagi shikastlanishlar, telefon tarmoqlari xodimlari tomonidan birinchi navbatda bartaraf etiladi.
103. Abonent liniyalarini qayta ulash, juftlik sxema boʻyicha telefonlarni yoqish hamda qoʻriqlash signalizatsiyasi faoliyatini toʻxtatib, telefonlar joyini almashtirish qoʻriqlash xizmati rahbariyatini oldindan yozma ravishda ogohlantirgan holda telefon tarmoqlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda qoʻriqlash signalizatsiyasi apparaturasini ulash uchun toʻlov undirilmaydi.
104. Qoʻriqlash signalizatsiyasi uchun telefon liniyalaridan foydalanganda roʻyxatdan oʻtkazish va abonent toʻlovlari amaldagi tariflarga muvofiq qoʻriqlash xizmatidan undiriladi.
105. Qoʻriqlash xizmatiga ulangan obyektlar telefonlari oʻchirilganida yoki abonent mazkur Qoidalarni buzganligi sababli aloqa xizmati koʻrsatilishidan toʻxtatilganda, bu haqda kross xodimlari qoʻriqlash xizmatini ogohlantiradi.
5-§. Telegraf aloqasi xizmatlarini koʻrsatish
106. Operatorlar quyidagi telegraf xizmatlarini koʻrsatadi:
telegrammalar qabul qilish, yuborish;
abonent telegraf tarmogʻi boʻyicha soʻzlashuvlar olib borish;
“teleks” tarmogʻi boʻyicha soʻzlashuvlar olib borish;
telegraf kanallarini ijaraga berish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa xizmatlar.
(106-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
107. Telegraf aloqasidan foydalanilganda telegrammalarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
“topshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan”;
“pochta orqali buyurtmali” yetkazib berish bilan”;
“joʻnatuvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda yetkazib berish bilan”;
“badiiy blankda yetkazib berish bilan”;
“tasdiqlangan”;
“javobi toʻlangan”;
“sxemali”;
“kriptogramma”;
“perfotasmadagi kriptogramma”.
108. Telegrammalar ishlov berilishiga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
oddiy;
shoshilinch;
toifadan tashqari;
navbatdan tashqari;
oliy hukumatga oid;
hukumatga oid.
Telegrammalarga ishlov berish ularning toifalariga muvofiq amalga oshiriladi.
109. Ishlov berishdagi mutlaq ustunlik dengiz, yer, havoda va kosmik fazoda inson hayotining xavfsizligiga tegishli, shuningdek, mudofaa va huquqni muhofaza qilish chora-tadbirlarini oʻtkazish, yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar toʻgʻrisidagi xabarlar boʻlgan telegrammalarga beriladi.
110. “Oddiy” telegrammalarga toifasi toʻgʻrisida belgisi boʻlmagan telegrammalar kiradi.
111. “Shoshilinch” toifasiga shoshilinch tariflar boʻyicha toʻlanadigan telegrammalar kiradi.
112. “Toifadan tashqari” telegrammalariga “Havo” (“Vozdux”), “Raketa”, “Mobilizatsion”, “Samolyot” belgilari boʻlgan telegrammalar kiradi.
113. “Navbatdan tashqari” telegrammalarga “Avariya”, “Shtorm”, “Avia” belgilari boʻlgan telegrammalar kiradi.
“Avariya” belgili telegrammaga — havo va daryo flotlarida, temir yoʻllarda va avtotransportda, sanoat korxonalaridagi hodisalar va aloqa vositalarining holati, halokatlar, avariyalar toʻgʻrisidagi telegrammalar kiradi.
“Shtorm” belgili telegrammaga — havo va daryo flotlari, temir yoʻl va avtomobil transporti uchun xavfli ob-havo hodisalari (boʻron, toʻfon, tuman va h.k.), shuningdek, tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin, oʻrmon yongʻinlari va boshqalar) toʻgʻrisidagi ogohlantirish telegrammalari kiradi.
“Avia” belgili telegrammaga — samolyotlarning uchishi, kelishi va majburiy qoʻnishi toʻgʻrisidagi xabarlar, shuningdek, ob-havo toʻgʻrisida maʼlumotli telegrammalar kiradi.
“Hukumatga oid” va “Oliy hukumatga oid” telegrammalarini berish huquqidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq mansabdor shaxslar foydalanadi.
114. “Topshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan” telegrammani yuborayotganda joʻnatuvchi belgilangan joyda telegrammani 24 soat ichida, telegraf ishi jadval boʻyicha seanslar bilan amalga oshiriladigan punktlarga manzillangan telegrammalar uchun telegrammani qabul qilgan paytdan boshlab 48 soat ichida topshirilishi toʻgʻrisida xabarnomani oladi.
115. “Javobi toʻlangan” telegrammalar adresatning joʻnatuvchiga u tomonidan toʻlangan axborot hajmidagi toʻlangan javobini taʼminlaydi.
“Topshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan”, “javobi toʻlangan”, “banklardan oʻtkazma” turdagi telegrammalar faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida qabul qilinadi.
116. “Pochta orqali buyurtmali yetkazib beriladigan” telegrammalar aloqa korxonalari boʻlmagan aholi punktlariga manzillanadi. Bunday telegrammalar adresatga shaxsan qoʻliga topshirib yetkaziladi, bu telegrammaning oʻtish vaqtini uzaytiradi.
117. “Joʻnatuvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda yetkazib berish bilan” telegrammalari adresatga joʻnatuvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda telegrammani yetkazib berishni taʼminlaydi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlariga, respublikaning viloyat va tuman markazlariga yuborish uchun yetkazib berish sanasidan kamida bir sutka oldin aloqa korxonalari tomonidan qabul qilinadi.
118. “Badiiy blanklarda yetkazib berish bilan” telegrammalari joʻnatuvchining xohishiga koʻra telegrammalar adresatlariga badiiy blanklarda yetkazib berish bilan qabul qilinadi. Bunday telegrammalar faqat telegraf aloqasi boʻlgan punktlarga manzillanishi mumkin.
119. “Tasdiqlangan” telegrammalarida aloqa korxonasi telegrammada xabar qilinayotgan qandaydir faktni, joʻnatuvchining imzosini yoki telegrammada yuborilayotgan ishonchnomani tasdiqlashi mumkin.
Isteʼmolchi telegrammada xabar qilinayotgan faktni tasdiqlovchi rasmiy maʼlumotnomani, guvohnomani yoki boshqa hujjatni taqdim etishi kerak.
Tasdiqlangan telegrammalar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
120. “Sxemali” telegrammalar aynan bir xil matnni aloqa korxonasi tomonidan oldindan tuzilgan, roʻyxatdan oʻtkazilgan va kiritilgan sxema boʻyicha turli telegraf punktlariga uzatilishini taʼminlaydi. Sxemali telegrammalar yuridik shaxslar tomonidan berilishi mumkin.
121. Telegraf joʻnatmalarini manzillash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlatlararo axborot va joʻnatmalar ikki tomonlama bitimlar, shuningdek, xalqaro bitimlar va shartnomalar bilan belgilangan tillarda ishlov beriladi.
Telegrammaning manzili:
xat-xabarlar Oʻzbekiston Respublikasida hududida manzillanganda davlat yoki rus tilida, bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qoraqalpoq tilida;
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlariga yuborilganda — rus tilida yoki belgilangan mamlakat tilida;
uzoq xorij mamlakatlariga manzillanganda — belgilangan mamlakat tilida, lotin alifbosi harflari bilan yozilgan boʻlishi kerak.
122. Telegrammalar ochiq (umumqabul qilingan) yoki shartli (kodlangan) tilda yozilishi mumkin. Agar yozuv davlat tilida yoki rus tilida tuzilgan boʻlsa, harflar va raqamlar bilan koʻrsatilgan zavod, savdo belgilari va markalari yoki faqat raqamlardan iborat boʻlgan statistik va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olsa, telegramma ochiq (umuqabul qilingan) tilda yozilgan deb hisoblanadi. Jismoniy shaxslardan telegrammalar faqat ochiq tilda (umuqabul qilingan) qabul qilinadi.
Agar yozuv shartli belgilar yoki shartli qiymatga ega boʻlgan oddiy soʻzlar yordamida tuzilgan boʻlsa, telegramma shartli (kodlangan) tilda yoziladi deb hisoblanadi. Bunday telegrammalar faqat yuridik shaxslardan qabul qilinadi.
123. Tarkibida axloqsiz, haqoratli va inson qadr-qimmatini kamsituvchi soʻzlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xavfsizligi va davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan matn boʻlgan hamda faqat manzildan iborat (matnsiz) telegrammalar qabul qilinmaydi.
124. Respublika hududida isteʼmolchilarga telegraf xizmatlarini koʻrsatish mahalliy vaqtni koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
125. Aloqa korxonalarida telegrammani qabul qilish belgilangan ish rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.
126. Aloqa korxonalari isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish madaniyatini, telegraf xabarlarining sir saqlanishini taʼminlashlari shart.
127. Telegraf tarmogʻidagi abonent telegraf stansiyalari va teleks tarmoqlari isteʼmolchilarga tarmogʻiga va teleks tarmogʻiga ulangan korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri soʻzlashuvlarni olib borish va axborotni uzatish imkonini yaratib beradi. Isteʼmolchilarning abonent qurilmalarini abonent telegraf stansiyasiga va teleks xalqaro tarmogʻiga ulash isteʼmolchilar va aloqa korxonalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
128. Telegraf kanallari aloqa korxonasi va isteʼmolchi oʻrtasidagi shartnoma asosida ijaraga beriladi. Telegraf kanallarini ijaraga berish tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
(128-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
129. Isteʼmolchining xohishiga koʻra aloqa korxonasi tomonidan quyidagi qoʻshimcha telegraf aloqa xizmatlari koʻrsatilishi mumkin:
a) isteʼmolchining ogʻzaki arizalari boʻyicha:
berilgan telegrammani bekor qilish yoki telegrammani yuborishdan avval uning manzilini oʻzgartirish;
telegrammani adresatga yetkazilgan (Oʻzbekiston Respublikasi hududida) kundan keyin 2 oy ichida uning topshirilganligining tasdigʻini olish;
“talab qilingunga qadar” belgisi bilan manzillangan telegrammalarni belgilangan bir oy muddatdan tashqari, keyingi bir oy mobaynida saqlab turish;
telegramma berilgan kundan boshlab ikki oy mobaynida telegrammaning tasdiqlangan nusxasini olish;
b) isteʼmolchining yozma arizasi boʻyicha:
telegrammani boshqa manzilga qayta joʻnatish yoki yetkazib berish;
telegrammalarni pochta qutilarida va abonent shkaflarida qoldirish;
oʻzlarining telegrammalari, shu jumladan, telegramma joʻnatuvchilarining manzillari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni joʻnatuvchilarga va adresatlarga berish.
130. Aloqa korxonalari mazkur Qoidalarga zid boʻlmagan va amalda bajarilishi mumkin boshqa xizmatlarni ham koʻrsatishi mumkin.
6-§. Maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi, shu jumladan, internet xizmatlarini koʻrsatish
131. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari roʻyxati operator yoki provayder hamda abonent oʻrtasida tuziladigan maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.
132. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali xizmatlarning quyidagi turlari taqdim etilishi mumkin:
maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish (turli standartlar boʻyicha), trafik tranziti, shuningdek, maʼlumotlar uzatishning xalqaro tarmoqlaridan, jumladan, Internetdan foydalanish;
real vaqtda axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish;
elektron xabarlar qabul qilish va uzatish (shu jumladan, elektron pochta);
konfidensial axborotni kriptografik va boshqacha muhofaza qilish;
kichik (quyi) tarmoq ajratish;
domen va domen nomlari tizimini roʻyxatga olish va olib borish;
IP-adres ajratish va tutib turish;
IP-telefoniya va IP-televideniye (IPTV);
xosting xizmatlari.
Operator yoki provayder qonunchilik hujjatlariga muvofiq maʼlumotlar uzatish tarmogʻining boshqa xizmatlarini ham koʻrsatishi mumkin.
(132-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
133. Wi-Fi xizmati tashkilotchisi boʻlgan abonent-yuridik shaxs tomonidan cheklangan doiradagi foydalanuvchilarga bepul yoki pullik asosda Wi-Fi xizmatlari koʻrsatishi mumkin. Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatini koʻrsatishda sessiyaning amal qilish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.
134. Wi-Fi xizmati tashkilotchisi oʻz hududida bepul Wi-Fi xizmatini tashkil etish operator yoki provayder bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq operator yoki provayderning apparat-dasturiy vositalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
135. Wi-Fi xizmati tashkilotchisi:
operator yoki provayder bilan birgalikda, foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanilgan veb-resurslari (log-fayllar) hisobini yuritish boʻyicha apparat-texnik chora-tadbirlar koʻrishi;
operator yoki provayder bilan birgalikda, axborot resurslari himoya qilinishini taʼminlashga, Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etishga, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan axborotning va tarqatilishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrishi kerak.
(135-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
136. Wi-Fi xizmati abonent — yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilgan taqdirda, abonent — yuridik shaxs va operator (provayder) oʻrtasida tuziladigan shartnomada foydalanuvchilarga Wi-Fi xizmati taqdim etishi toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilishi, shuningdek, foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash boʻyicha koʻriladigan choralar belgilanishi zarur.
137. Foydalanuvchilar shaxsini identifikatsiyalash mobil telefon raqami boʻyicha yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar asosida amalga oshirilgan boshqa roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari (aviachiptalar, temir yoʻl chiptalari, mehmonxonada roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari va shu kabi boshqa maʼlumotlar), shuningdek, Push-xabarlar (abonent qurilmasi ekranida aks etuvchi qisqa xabar) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Foydalanuvchini mobil telefon raqami boʻyicha identifikatsiyalashda, foydalanuvchining mobil telefon raqamiga SMS-xabar vositasida bir martalik parol (One Time Password — OTP) yuboriladi va foydalanuvchi autentifikatsiya qilinadi. Bunda bir martalik parolning (One Time Password — OTP) aktivlik muddati cheklangan boʻlishi (10 daqiqadan koʻp boʻlmasligi) kerak.
138. Operator (provayder) Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq abonentlarga oʻzi tomonidan koʻrsatiladigan maʼlumotlar uzatish xizmatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shart.
Operator (provayder) tomonidan abonentga quyidagi maʼlumotlar taqdim etilishi zarur:
operatorning (provayderning) nomi, pochta manzili, foydalanuvchilar va abonentlar bilan hamkorlik qiladigan filiallarining nomi, ular joylashgan joy, ish tartibi va aloqa telefonlari;
operatorga (provayderga) berilgan litsenziya raqami va amal qilish muddati;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari;
foydalaniladigan abonent interfeyslari va maʼlumotlar uzatish protokollari;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishdagi cheklovlar;
tarif rejalari;
muayyan tarif rejasi, marketing kampaniyalari doirasida yoki tadbirlar oʻtkazish davrida maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini taqdim etishda imtiyozlar yoki chegirmalar;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanishning bepul va pullik xizmatlari roʻyxati;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash muddatlari va shakllari;
abonentlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi;
axborot-maʼlumot xizmatining va texnik taʼminlash xizmatining telefon raqamlari (mavjud boʻlganda);
axborot-maʼlumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish hududlarida texnik imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
139. Operator (provayder) bilan abonent oʻrtasida tuziladigan shartnomada quyidagi maʼlumotlar majburiy ravishda koʻrsatilishi shart:
shartnoma tuzilgan joy va sana;
operatorning (provayderning) nomi;
operatorning (provayderning) hisobvaragʻi rekvizitlari;
operatorga (provayderga) berilgan litsenziya rekvizitlari;
shartnomaning amal qilish muddati;
abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
hisob-kitob shakli va tartibi;
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
tarif rejasi, xizmatlarning narxlari;
xizmatning qaysi texnologiya boʻyicha taqdim etilishi;
shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari;
sifat koʻrsatkichlari (maʼlumotlar uzatishning maksimal tezligi, maʼlumotlar uzatishning minimal kafolatlangan tezligi, maʼlumotlar uzatish kechikishining maksimal vaqti);
fors-major holati;
koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (zarur boʻlganda).
Shartnomada tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
(139-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
140. Abonent operator (provayder) bilan shartnoma tuzganidan keyin, operator (provayder) ulanish usuliga bogʻliq holda, abonentga ulanish uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres rekvizitlari), maʼlumotlar uzatish tarmogʻida ishlash va foydalanish tartibi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, foydalanuvchining zarur uskunasini (kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy taʼminotni tavsiya qiladi.
141. Operator (provayder) maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni abonentlarga taqdim etish maqsadida axborot-maʼlumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimini yaratadi.
Quyidagi maʼlumotlar operator (provayder) tomonidan abonentning soʻroviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart:
maʼlumotlar uzatish tarmogʻining koʻrsatiladigan xizmatlari toʻgʻrisidagi;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlariga boʻlgan tariflar toʻgʻrisidagi;
abonentga uning shaxsiy hisobvaragʻining holati va maʼlumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish haqini toʻlash boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi, jumladan, abonentga ulangan xizmatlar: maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldigʻi toʻgʻrisidagi;
texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi.
7-§. Jamoat foydalanish joylarida internet xizmatlarini taqdim etish
142. Jamoat foydalanish joyining internet-provayderi quyidagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin:
a) Internet tarmogʻidan foydalana olish;
b) Internet tarmogʻiga ulanish va tarmoq resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha maslahatlar;
v) jamoat foydalanish joyi internet-provayderining kompyuteridan fayllarni foydalanuvchi kompyuteriga uzatish.
Jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xizmatlar ham koʻrsatilishi mumkin.
(142-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
143. Taqdim etilayotgan xizmatlar uchun tariflar jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan mustaqil ravishda oʻrnatiladi.
8-§. Mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish
144. Abonentlarga operator (provayder) tomonidan koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlarining roʻyxati operatorga tegishli boʻlgan mobil aloqa tarmogʻining texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda operator (provayder) tomonidan belgilanadi.
145. Abonentlarga koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari shartnoma shartlariga, shuningdek, operatorning (provayderning) xizmatlar toʻgʻrisidagi axborotiga muvofiq boʻlishi kerak.
146. Operator (provayder) abonentga xizmat koʻrsatish zonasida mobil aloqa xizmatlaridan kechayu-kunduz foydalanish imkonini taʼminlashga majbur.
147. Operator (provayder) axborot-maʼlumot xizmati tizimiga ega boʻlishi va pullik hamda bepul axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatishga majbur.
Operator yoki provayder tarmoq ichida uning axborot-maʼlumot xizmatiga bepul qoʻngʻiroqlar qilish imkonini taʼminlashi kerak.
148. Operator (provayder) pullik axborot-maʼlumot xizmatlarining roʻyxatini mustaqil ravishda belgilaydi.
149. Operator (provayder) taqdim etiladigan xizmatlar, ularni taqdim etish va mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tartibi, ushbu xizmatlarga tariflar, mobil aloqadan foydalanishda cheklanishlar toʻgʻrisida abonentlarni, shuningdek, mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomani tuzish istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarni xabardor qilishga majbur.
Xizmatlarning pullik ekanligi toʻgʻrisida abonentlarni oldindan xabardor qilmasdan ayrim pullik xizmatlar uchun toʻlov undirilgan holda ushbu xatti-harakat koʻrsatilmagan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovga tenglashtiriladi.
Tariflar, xizmatlarni koʻrsatish tartibi, hisob-kitoblar shakli va tartibi oʻzgargan holda, operator (provayder) bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali va operator (provayder) tomonidan tanlangan istalgan boshqa usulda abonentni xabardor qilishi lozim.
Operator tarmogʻida mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishining toʻxtalishiga olib keladigan yirik avariyalar yuz berganda hamda uchinchi shaxs talabi boʻyicha ijara asosida oʻrnatilgan telekommunikatsiya inshootlarini koʻchirish zarurati yuzaga kelganda operator (provayder) abonentlarni bu haqda, shuningdek, xizmatlarni koʻrsatish tiklanishining taxminiy muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali yoki operator (provayder) tomonidan tanlangan istalgan boshqa usulda xabardor qilishga majbur.
9-§. Rouming xizmatini tashkil qilish va taqdim etish
150. Mobil aloqaning milliy rouming xizmati yuridik va jismoniy shaxslar — mahalliy operatorlarning (provayderlarning) abonentlariga ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlganda xizmat koʻrsatuvchi operatorlarning (provayderlarning) xizmat koʻrsatish zonasida mahalliy operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish zonasining tashqarisida ular foydalanishlari uchun taqdim etiladi.
151. Mobil aloqaning xalqaro rouming xizmati yuridik va jismoniy shaxslar — mahalliy operatorlarning (provayderlarning) abonentlariga ular Oʻzbekiston Respublikasining hududidan tashqarida boʻlganda xorijiy operatorlar — rouming-sheriklarning xizmat koʻrsatish zonasida hamda yuridik va jismoniy shaxslar — xorijiy operatorlar — rouming-sheriklarning abonentlariga ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy operatorlarning (provayderlarning) xizmat koʻrsatish zonasida boʻlganda foydalanish uchun taqdim etiladi.
152. Milliy va xalqaro rouming xizmatlari, odatda, avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Avtomatik roumingni tashkil qilishning imkoni boʻlmaganda “mexanik” yoki “plastik” roumingni tashkil qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Aynan bitta operator tarmogʻi ichida amalga oshiriladigan texnologik rouming (mobil operator tomonidan bir davlatning bir hududida qayd qilingan abonentga oʻsha davlatni boshqa hududida ham telekommunikatsiya xizmatlari taqdim qilinishi) rouming xizmati hisoblanmaydi.
153. Avtomatik roumingni tashkil qilishda Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida qabul qilingan signalizatsiya tizimlarining tegishli protokollari va spetsifikatsiyalaridan foydalanish kerak.
154. Rouming xizmatini taqdim etish mobil aloqa operatorlari (provayderlari) oʻrtasida rouming toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
155. Xalqaro roumingni tashkil qilish va taqdim etish shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari (provayderlari) va xorijiy operatorlar oʻrtasida, milliy roumingni esa — Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari (provayderlari) oʻrtasida tuziladi.
156. Mobil aloqa operatorlari (provayderlari) oʻrtasida rouming toʻgʻrisidagi shartnoma qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va roʻyxatga olinadi.
(156-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
157. Rouming taqdim etish uchun rouming toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati operator (provayder) litsenziyasining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
158. Mahalliy operator (provayder) va xorijiy operator oʻrtasidagi rouming toʻgʻrisidagi shartnoma xalqaro huquq normalariga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuziladi.
(158-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
159. Mahalliy operator (provayder) mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun abonent bilan shartnoma tuzayotganda roumingni taqdim etish shartlari toʻgʻrisida uni xabardor qilishi kerak.
160. Xizmat koʻrsatuvchi operator abonentga uning mahalliy operator (provayder) bilan shartnoma munosabatlarida belgilangan xizmatlar roʻyxatini taqdim etishga majbur.
161. Mahalliy operator (provayder) roumer haqiqiyligini identifikatsiyalamasdan xizmat koʻrsatuvchi operator tomonidan rouming taqdim etilishi uchun javobgar boʻlmaydi.
162. Rouming xizmati uchun abonent tomonidan mahalliy operatorga (provayderga) haq toʻlash ular oʻrtasida tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish shartnomasining shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
163. Milliy rouming xizmatlarini taqdim etishda mahalliy operatorlar (provayderlar) oʻrtasida yuzaga kelgan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq sudi tomonidan hal qilinadi.
164. Xalqaro rouming xizmatini taqdim etishda mahalliy operator (provayder) va xorijiy operator (yoki tizim hosil qiluvchi rouming-sherik) oʻrtasida yuzaga kelgan nizolar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari va xalqaro huquq normalariga muvofiq hal qilinadi.
(163 va 164-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
165. Mahalliy va xizmat koʻrsatuvchi operatorlar (provayderlar) roumingni tashkil qilishda axborot xavfsizligini taʼminlash talablariga rioya qilishlari shart.
166. Roumer-tashrif buyuruvchilarning abonent terminallarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
10-§. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini koʻchirish xizmatini taqdim etish
167. Abonent uchun abonent raqamini koʻchirish xizmati mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan taqdim etiladi.
168. Abonent raqamini koʻchirish abonentga 30 kalendar kun mobaynida koʻpi bilan bir marta taqdim etiladi.
169. Koʻchiriladigan raqamlar sifatida faqat mobil aloqa operatorlari (provayderlari) uchun ajratilgan raqamlar qoʻllanilishi mumkin.
Raqamni koʻchirish oqibatida raqamni terish formatining oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
170. Abonent raqamlarini koʻchirish xizmatini taqdim etish uchun foydalaniladigan raqamlarning mobil aloqa tarmoqlariga va aksincha koʻchirilishi taqiqlanadi.
171. KRMB operatori abonent raqami koʻchirilishini taʼminlash uchun mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan taqdim etiladigan axborotni yigʻish, uni qayta ishlash, saqlash va uzatish jarayonlarini avtomatlashtiradi va muvofiqlashtiradi.
172. Abonent raqamlarini koʻchirish, koʻchirilgan abonent raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish, abonent raqamini koʻchirish xizmatini toʻxtatib turish va koʻchirilgan abonent raqamini birlamchi operatorga qaytarish jarayoniga tegishli axborot bilan almashish KRMB operatori orqali amalga oshiriladi.
173. KRMBni shakllantirish, yuritish, ishlashi va texnik kuzatuvi, shu jumladan, undagi axborot va maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, shuningdek, KRMBdan foydalana olish imkoniyatini taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilgan holda KRMB operatori tomonidan taʼminlanadi.
174. Mobil aloqa tarmoqlarining abonent raqamlari toʻgʻrisidagi axborot va abonent raqamini koʻchirish jarayonini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga rioya qilgan holda KRMB operatoriga taqdim etiladi.
175. Mobil aloqa tarmoqlari operatorlarining (provayderlarining) KRMBdan foydalanishi KRMB operatori va mobil aloqa tarmoqlari operatorlari (provayderlari) oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
176. KRMBda quyidagi axborotlar saqlanadi va (yoki) qayta ishlanadi:
mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida boshqa mobil aloqa operatorlari (provayderlari) bilan yangi shartnomalarni tuzishda abonentlarda saqlanadigan koʻchirilgan abonent raqamlari toʻgʻrisida;
abonent raqamini koʻchirish sanasi va vaqti toʻgʻrisida;
raqamlash resursining mobil aloqa operatoriga (provayderiga) tegishliligini koʻrsatib, belgilangan tartibda mobil aloqa operatorlariga (provayderlariga) ajratilgan raqamlash toʻgʻrisida.
177. KRMB ishlashini va texnik kuzatuvini taʼminlash maqsadida KRMB operatori quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
a) KRMB kechayu kunduz ishlashini taʼminlash;
b) mobil aloqa operatorlaridan (provayderlaridan) kelib tushadigan axborotni yigʻish, saqlash va qayta ishlash;
v) KRMBdagi axborot muhofazasini taʼminlash;
g) abonent raqamini koʻchirish va toʻgʻri marshrutlashni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, KRMBda mavjud boʻlgan axborotdan aloqa operatorlarining foydalana olish imkoniyatlarini taqdim etish.
178. KRMBdagi axborotni muhofaza qilish, shuningdek, undan foydalana olish qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda taʼminlanadi.
(178-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
179. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini koʻchirish uchun talabnoma (bundan buyon matnda talabnoma deb yuritiladi) abonentdan quyidagi tartibda qabul qilinadi:
a) abonent retsipiyentning ofisida mijozlarga xizmat koʻrsatish punktida shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etgan holda;
b) abonent shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlari kiritgan holda retsipiyentning rasmiy veb-saytida elektron koʻrinishda;
v) abonent shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlarni mobil ilova orqali elektron koʻrinishda.
Donor bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan paytdan boshlab abonentda uning shaxsiy maʼlumotlarida oʻzgarishlar (familiyasi oʻzgarganda, pasporti almashganda va h.k.) yuz bergan holda, talabnomani berishdan oldin donor bilan tuzilgan shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi kerak.
180. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini koʻchirish abonentdan olingan talabnoma asosida 8 ish soatidan koʻp boʻlmagan vaqt davomida mobil aloqa operatori (provayderi) tomonidan taʼminlanadi.
181. Retsipiyent:
abonentdan talabnoma qabul qiladi;
talabnoma toʻgʻri toʻldirilganligini tekshiradi, uni roʻyxatga oladi va KRMBga soʻrov yuboradi yoki KRMB tomonidan talabnomani mobil ilova orqali olinganligini tasdiqlaydi;
abonent bilan yangi shartnoma tuzadi va retsipiyentga biriktirilgan hamda abonent tomonidan talabnomada koʻrsatilgan tarif rejasiga ulangan raqamlash diapazonidagi vaqtincha raqamli yangi SIM kartani beradi.
Elektron roʻyxatdan oʻtgandan keyin abonent SIM-kartani olish va shartnomani imzolash uchun operator (provayder) ofisiga kelishi kerakligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Agar retsipiyent abonentga eSIM qoʻllab-quvvatlash bilan qurilmalar uchun xizmatlarni taqdim etsa, operator (provayder) shartnomani masofadan tuzish imkoniyati bilan aktiv eSIMga raqam koʻchirilishini taklif qilishi mumkin.
182. Shartnoma tuzish paytida vaqtincha raqamli SIM-karta aktivlashtiriladi va abonent haqiqiy koʻchirilguncha retsipiyentning aloqa xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Abonent raqamini koʻchirish rad etilganda abonent unga berilgan SIM-karta orqali retsipiyentning aloqa xizmatlaridan foydalanishni davom ettirishi mumkin. Bunda aynan shu retsipiyentga abonent raqamini koʻchirish uchun talabnoma takroran berilganda aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida yangi shartnomani tuzish talab etilmaydi.
183. Retsipiyentdan abonent raqamini koʻchirish toʻgʻrisida KRMBga berilgan soʻrovda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
a) jismoniy shaxslar uchun:
abonentning pasport maʼlumotlari (pasport turi, seriyasi va raqami, JSHSHIR, pasport berilgan sana va kim tomonidan berilganligi);
abonent raqami;
b) yuridik shaxslar uchun:
tashkilotning STIR;
abonent raqami yoki abonent raqamlarining roʻyxati;
abonent raqamlarini toʻliq yoki qisman koʻchirishni tanlash toʻgʻrisidagi koʻrsatma.
Bunda, abonent raqamining toʻliq koʻchirilishini tanlash abonent tomonidan abonent raqamlari roʻyxatida aks ettirilgan barcha abonent raqamlari koʻchirilishini koʻzda tutadi. Agar abonent raqamlaridan bittasini boʻlsa ham koʻchirish rad etilgan boʻlsa, u holda soʻrov roʻyxatda aks ettirilgan barcha abonent raqamlari boʻyicha toʻliq rad etilgan hisoblanadi.
Abonent raqami qisman koʻchirilishini tanlash koʻchirish uchun donor tomonidan tasdiqlangan abonent raqamlarining roʻyxatida abonent tomonidan aks ettirilgan abonent raqamlarining faqat qismi koʻchirilishini koʻzda tutadi. Bunda bir yoki bir nechta abonent raqamlari boʻyicha koʻchirishni rad etish roʻyxatdagi donor tasdiqlagan abonent raqamlarini koʻchirish uchun rad javobi hisoblanmaydi.
184. KRMB operatori retsipiyentdan abonent raqamini koʻchirish soʻrovini olganda quyidagi shartlarga rioya qilinganligini tekshiradi:
KRMBda retsipiyent tomonidan mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini koʻchirish uchun soʻrovning toʻgʻri toʻldirilganligini. Bunda toʻgʻri toʻldirilganligi soʻrovning talabnomaga muvofiq toʻgʻri va aniq toʻldirilganligi bilan aniqlanadi. Ushbu shart bajarilmaganda KRMB operatori retsipiyentni xabardor qilgan holda talabnomani rad etadi. Retsipiyent kamchiliklarni bartaraf etadi va KRMB operatoriga yangi soʻrovni yuboradi;
abonent raqamini koʻchirish imkoniyatini tasdiqlash — oxirgi koʻchirilgan paytdan boshlab kamida 30 kalendar kuni oʻtganligi, bundan xato koʻchirilgan holatlar mustasno;
abonent raqamini koʻchirish uchun aktiv talabnomalar yoʻqligi.
Ushbu bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi shartlar bajarilmagan holda KRMB operatori retsipiyentga abonent raqamini koʻchirish rad etilganligi toʻgʻrisida xabar qiladi, bu haqda retsipiyent vaqtincha raqamli SIM kartaga SMS xabarni yuborish orqali, rad etish sababini koʻrsatgan holda abonentni xabardor qiladi.
185. Retsipiyentdan abonent raqamini koʻchirish toʻgʻrisidagi soʻrov qabul qilinganda KRMB operatori donorga abonent raqamini koʻchirish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuborib, retsipiyentga keyin koʻrib chiqish uchun talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabar qiladi.
186. Donor KRMB operatoridan abonent raqamini koʻchirish soʻrovini olganda quyidagi shartlarga rioya qilinganligini tekshiradi:
abonent shaxsiy maʼlumotlarining ishonchliligini. Bunda ishonchlilik KRMBdan soʻrovda kelib tushgan shaxsiy maʼlumotlarning donor va abonent oʻrtasidagi mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan mosligi bilan aniqlanadi;
donor bilan tuzilgan aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha donor tomonidan tekshirish paytida abonent qarzlarining yoʻqligi, rouming xizmatlaridan tashqari;
abonentda donor oldidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlarining yoʻqligi.
Bunda mazkur bandda koʻrsatilgan shartlardan bittasi boʻlsa ham bajarilmasa, donor KRMB operatoriga abonent raqamini koʻchirishni rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan bildirishnoma yuboradi, bu haqda KRMB operatori retsipiyentga xabar qiladi, retsipiyent esa, oʻz navbatida, vaqtincha raqamli SIM kartaga SMS-xabarni yuborib, rad etish sababini koʻrsatgan holda abonentni abonent raqamini koʻchirish rad etilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
187. Donor tomonidan talabnomani koʻrib chiqish muddati KRMB operatoridan soʻrovni olgan paytdan boshlab hisoblanadi va 3 ish soatidan koʻp boʻlmagan vaqtni tashkil qiladi. Bunda koʻrib chiqish ajratilgan muddatdan oshib ketganda KRMB avtomatik ravishda retsipiyent va donorga abonent raqami koʻchirilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar qiladi, KRMB talabnomani oʻz vaqtida tasdiqlamagan donor tomonidan buzilishga yoʻl qoʻyilganligini qayd qiladi.
188. Donor tomonidan KRMB operatoriga abonent raqamini koʻchirish mumkinligini tasdiqlash mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
189. Donordan abonent raqamini koʻchirish imkoniyati toʻgʻrisida bildirishnomani olgandan keyin KRMB operatori retsipiyent va donorga abonent raqamini texnik koʻchirish boshlanishi toʻgʻrisida xabar qiladi, retsipiyent esa, oʻz navbatida, bu haqda vaqtincha raqamli SIM kartaga SMS-xabarni yuborib abonentni xabardor qiladi.
190. KRMB operatoridan abonent raqamini texnik koʻchirishni boshlash toʻgʻrisidagi xabarni olgandan keyin:
retsipiyent abonent raqamini oʻz maʼlumotlar bazasiga kiritish, shu jumladan, billing tizimlari va abonentlarni identifikatsiyalash maʼlumotlar bazasiga kiritish zarur xatti-harakatlarni bajaradi, shuningdek, SIM-kartadagi vaqtincha raqamni talabnomada abonent tomonidan koʻchiriladigan sifatida koʻrsatilgan raqamga almashtiradi va KRMB operatoriga abonent raqamini oʻz tarmogʻida roʻyxatga olish ishlari tugallanganligi toʻgʻrisida xabar qiladi;
donor abonent raqamini oʻz billing tizimidan chiqarish boʻyicha kerakli ishlarni bajaradi va abonent deaktivatsiya qilinganligi toʻgʻrisida KRMB operatoriga xabar qiladi.
191. KRMB operatori donordan raqam deaktivatsiya qilinganligi toʻgʻrisida va retsipiyentdan abonent raqami roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi xabarlarni olgandan keyin abonent raqami koʻchirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni KRMBga kiritadi hamda barcha telekommunikatsiya operatorlarini (provayderlarini) koʻchirilgan abonent raqami boʻyicha marshrutlashni oʻzgartirish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ajratilgan muddatdan oshib ketgan holda KRMB marshrutlash oʻzgarganligini oʻz vaqtida tasdiqlamagan operator (provayder) tomonidan buzilishga yoʻl qoʻyilganligini qayd qiladi. Buzilish toʻgʻrisidagi bunday axborot keyinchalik nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qilish uchun KRMB bazasida roʻyxatga olinadi.
192. Telekommunikatsiya operatorlari (provayderlari) KRMBdan operatoridan xabarni olgandan keyin koʻchirilgan abonent raqami boʻyicha marshrutlashga oʻzgartirishlar kiritadilar va oʻz tarmoqlarida ishlar tugatilganligi toʻgʻrisida KRMB operatoriga tasdiq yuboradilar.
193. KRMB operatori koʻchirilgan abonent raqami boʻyicha marshrutlash oʻzgarganligi toʻgʻrisida telekommunikatsiya operatorlaridan (provayderlaridan) tasdiqni olganlaridan keyin yoki bu operatsiya uchun ajratilgan muddat oshib ketgan holda barcha telekommunikatsiya operatorlariga (provayderlariga) abonent raqamini koʻchirish muvaffaqiyatli tugallanganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi. Ajratilgan muddat oshib ketgan holda KRMB marshrutlash oʻzgarganligini oʻz vaqtida tasdiqlamagan operator (provayder) tomonidan buzilishga yoʻl qoʻyilganligini qayd qiladi. Buzilish toʻgʻrisidagi bunday axborot keyinchalik nazorat qiluvchi vakolatli organni xabardor qilish uchun KRMB bazasida roʻyxatga olinadi.
194. Retsipiyent KRMB operatoridan abonent raqamini koʻchirish muvaffaqiyatli tugallanganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan keyin bu haqda koʻchirilgan raqamli SIM kartaga SMS-xabarni yuborish orqali abonentni xabardor qiladi.
195. Donor tomonidan abonent raqamining koʻchirilishi toʻgʻrisida soʻrov tasdiqlanguncha abonent abonent raqamini koʻchirish xizmatlarini rad etishi mumkin.
196. Avval bir operatordan (provayderdan) boshqa operatorga (provayderga) koʻchirilgan abonent raqamini koʻchirish jarayoni abonentning talabnomasi boʻyicha 183 — 195-bandlarda koʻrsatilgan ketma-ketlikda bajariladi.
197. KRMB operatori orqali abonent raqamini koʻchirish protseduralari bilan bogʻliq barcha xatti-harakatlar soʻrov olinganligini majburiy sinxron tasdiqlagan holda bajariladi.
198. Aloqa tarmoqlarida koʻchirilgan abonent raqamlari uchun ulanishlarning marshrutlanishini taʼminlash uchun quyidagi texnologiyalar qoʻllaniladi:
a) mobil aloqa tarmoqlaridan chaqiruvni boshlab berishda koʻchirilgan raqamlarning lokal bazasidan foydalangan holda “All Call Query”;
b) qayd qilingan aloqa tarmoqlaridan chaqiruvni boshlab berishda “All Call Query” yoki “Onward Routing”.
199. Operator (provayder) quyidagilarni taʼminlaydi:
koʻchirilgan abonent raqamlariga oʻz tarmogʻidan ulanishlarni toʻgʻri marshrutlashni taʼminlash uchun zarur boʻlgan koʻchirilgan raqamlarning lokal bazasini shakllantirish, uning ishlashi va texnik kuzatish;
KRMB operatoriga talabnomada abonent tomonidan koʻrsatilgan abonent raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
koʻchirilgan abonent raqamlarini oʻzining raqamlash resursiga kiritish va mazkur Qoidalarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish;
donor tomonidan boshqa operatorning tarmogʻiga koʻchirilishi kerak boʻlgan raqamning berilishi;
abonent raqamini koʻchirish va koʻchirilgan abonent raqami boʻyicha oʻz tarmoqlarida xizmatlarni lozim darajada koʻrsatish uchun oʻz tarmoqlarini texnik jihatdan tayyorlash;
foydalanilayotgan texnologiya, taqdim etilayotgan mobil aloqa xizmatining turi, abonent tomonidan aloqa xizmatlariga haq toʻlash usulidan qatʼi nazar mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini koʻchirish;
aholiga mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamlarini koʻchirish shartlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
belgilangan muddatlarda retsipiyent va abonent oʻrtasida shartnoma bekor qilinganda koʻchirilgan abonent raqamini donorga qaytarish.
200. KRMB operatori quyidagilarni taʼminlaydi:
KRMBni shakllantirish va texnik kuzatish hamda operatorlar (provayderlar) tomonidan abonent raqamlarini koʻchirish uchun uning resurslaridan foydalana olish imkonini yaratish;
abonent raqamlarini koʻchirish jarayonida yuzaga keladigan masalalar boʻyicha operatorlar (provayderlar) oʻrtasida oʻzaro ishlashni tashkil etish;
KRMBning koʻchirilgan abonent raqamlari toʻgʻrisidagi axborotni aktuallashtirish (maʼlumotlarni sinxronlash) uchun KRMBga ulangan operatorlarning (provayderlarning) koʻchirilgan raqamlarning lokal bazasi bilan oʻzaro ishlashi;
koʻchirilgan abonent raqamlari toʻgʻrisidagi axborotni KRMBga kiritish (abonent raqamlarini koʻchirish jarayonida axborotni yangilash);
koʻchirilgan abonent raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan ruxsatsiz foydalana olishdan himoyalash;
operatorlarni (provayderlarni) koʻchirilgan abonent raqamiga xizmat koʻrsatuvchi mobil aloqa operatorining (provayderining) almashganligi toʻgʻrisida xabardor qilish.
201. Abonent raqamlarini koʻchirish jarayonida yuzaga keladigan retsipiyent va donorning oʻzaro ishlashlari faqat KRMB operatori orqali amalga oshiriladi.
202. KRMBda abonent raqamlarini koʻchirish jarayoni, shu jumladan, axborot almashish avtomatlashtirilgan rejimda amalga oshiriladi.
203. Mobil aloqa operatorlari (provayderlari) oʻz tarmoqlarida, abonent raqamining koʻchirilishini taʼminlash boʻyicha barcha xarajatlarini, shu jumladan, KRMBga ulanish va abonentlarga koʻchirish jarayonlarida koʻzda tutilgan SMSlarni joʻnatish uchun aloqa kanallarini ijaraga olish xarajatlarini oʻz hisoblaridan amalga oshiradilar.
204. Mobil aloqa operatorlari (provayderlari) tomonidan abonent raqamlaridan, shu jumladan, koʻchirilgan abonent raqamlaridan foydalanganlik uchun toʻlov abonentga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi operator (provayder) tomonidan amalga oshiriladi.
Abonent raqamini koʻchirish xizmati uchun abonent tomonidan toʻlanadigan haq miqdori retsipiyent tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
205. Abonent tomonidan abonent raqamini koʻchirish xizmati uchun toʻlanadigan haq bir martalik hisoblanadi va mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda retsipiyentga toʻlanadi.
206. Operator (provayder) va KRMB operatorining oʻzaro ishlashi va oʻzaro hisob-kitoblari jarayoni operator (provayder) va KRMB operatori oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi.
207. Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqami koʻchirilganda abonentning shaxsiy hisob raqamida sarflanmagan pul mablagʻlari mavjud boʻlganda, ushbu mablagʻlarni qaytarish mazkur Qoidalarga va donor bilan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasiga muvofiq donor tomonidan amalga oshiriladi.
Telefon aloqa tarmoqlaridan chaqiruv boshlanganida “Onward Routing” xizmatlari taqdim etilganligi uchun telefon va mobil aloqa tarmoqlarining operatorlari (provayderlari) oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar ushbu operatorlar (provayderlar) oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlari bilan belgilanadi.
208. Abonentning donor oldida koʻchirilgan raqam boʻyicha koʻrsatilgan rouming xizmatlari uchun qarzdorligi mavjud boʻlganda donor abonent raqami retsipiyent tarmogʻiga koʻchirilgan sanadan boshlab 30 kalendar kun davomida koʻrsatilgan rouming xizmatlariga haq toʻlash uchun hisobni taqdim etish huquqiga ega.
Bunda, donor KRMB operatori orqali abonent raqamini, qarzdorlik summasini va qarzdorlikni toʻlash muddatini koʻrsatgan holda retsipiyentga soʻrov yuboradi. Qarzdorlikni bartaraf etish (toʻlash) muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
KRMB operatori donorning koʻchirilgan abonent raqamining qarzdorligi toʻgʻrisida retsipiyent yuborilgan soʻrovini olganda, soʻrovning 30 kalendar kun davomida taqdim etilganligi tekshiriladi, agar soʻrov ushbu muddatga rioya qilingan holda yuborilganda KRMB operatori donorning soʻrovini tasdiqlab va retsipiyentga abonent tomonidan qarzdorlikni toʻlash zarurligi toʻgʻrisida xabar yuboradi, agar soʻrov ushbu muddatda taqdim etilmaganligi aniqlanganda, KRMB operatori donorga soʻrovning rad etilishi haqida xabar yuboradi.
Retsipiyent KRMB operatoridan koʻchirilgan abonent raqami boʻyicha abonent tomonidan qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan paytdan boshlab 15 daqiqa ichida quyidagilar haqida xabardor qiladi:
abonentning donor oldidagi qarzdorligini toʻlash zarurligi toʻgʻrisida SMS-xabarnomani joʻnatish yoʻli bilan;
abonentni xabardor qilish vaqti toʻgʻrisida KRMB operatorini.
KRMB operatori retsipiyent tomonidan abonent xabardor qilingan paytidan boshlab abonentning qarzdorligini toʻlash uchun belgilangan vaqtni hisoblash boshlanganligini KRMBda qayd qiladi va bu haqda donorni xabardor qiladi.
Abonent tomonidan qarzdorlikni bartaraf etish toʻgʻrisida retsipiyentdan xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 7 ish kuni davomida qarzdorlik bartaraf etilmagan (toʻlanmagan) taqdirda, donor KRMB operatoriga retsipiyent tomonidan abonent uchun aloqa xizmatlarini blokirovka qilish soʻrovini yuboradi.
Retsipiyent abonent donor oldidagi qarzdorligini toʻliq toʻlaguniga qadar KRMB operatoridan xabarnomani olgan paytdan boshlab abonentga xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatadi. Bunda retsipiyent abonentga qarzdorlikni toʻlash zarurligi toʻgʻrisida SMS xabarni yuboradi.
Abonent qarzdorligini bartataraf etganda (toʻlaganda), donor 15 daqiqa ichida KRMB operatoriga qarzdorlik toʻlanganligi va abonent raqami blokirovkadan chiqarilganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi, bu haqda KRMB operatori retsipiyentga xabar qiladi.
209. Retsipiyent bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi bekor qilinganda, koʻchirilgan abonent raqami bir ish kuni ichida birlamchi operatorga qaytarilishi kerak.
Bunda, retsipiyent tomonidan KRMB operatoriga abonent raqamini birlamchi operatorga qaytarish toʻgʻrisidagi soʻrov (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) yuboriladi.
210. KRMB operatori quyidagi hollarda abonent raqamini qaytaradi:
raqam retsipiyentga tegishli boʻlganda;
raqamni koʻchirish aktiv jarayoni boʻlganda yoki boʻlmaganda;
raqamni qaytarish soʻrovining formati toʻgʻri toʻldirilganda.
211. Soʻrov tasdiqlaganda KRMB operatori retsipiyentga va birlamchi operatorga raqamni qaytarish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi, bunda parallel ravishda operatorlarni (provayderlarni) tarmoqda konfiguratsiyaning oʻzgarishi va marshrutlashni oʻzgartirish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
212. Birlamchi operator KRMB operatori orqali retsipiyentni qaytarilgan abonent raqami olinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
213. Abonent raqami xato koʻchirilganda retsipiyent KRMB operatoriga aniqlangan xato va abonent raqamining qaytarilishi toʻgʻrisida xabar yuboradi.
214. KRMB operatori abonent raqamini qaytarish mumkinligini, abonent raqamining donorga tegishliligini, aktiv koʻchirish jarayoni borligini tekshiradi. Tekshiruv muvaffaqiyatli oʻtganda, KRMB operatori retsipiyentga abonent raqamini qaytarish va donorga xato raqamni qaytarish toʻgʻrisida xabar yuboradi.
Abonent raqamini xato koʻchirishni qaytarish soʻrovida xatoliklar aniqlanganda KRMB operatori retsipiyentga abonent raqami xato koʻchirilganligini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida xabar yuboradi.
Retsipiyent xatolarni bartaraf etadi va KRMB operatoriga qayta soʻrovni yuboradi.
215. Donor KRMB operatoridan xato koʻchirilgan abonent raqami qaytarilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olib, soʻrovni tekshiradi.
216. Abonent raqami xato koʻchrilganligi aniqlangan holda, bunday abonent raqamini qaytarish jarayoni abonentning yozma arizasi yoki donorning axborot-maʼlumot xizmatiga murojaati asosida donor tomonidan boshlab beriladi. Bunda abonentning aybi bilan boʻlmagan xato koʻchirilgan abonent raqamini qaytarish uchun toʻlov undirilmaydi.
217. Donor KRMB operatoriga xato koʻchirilgan abonent raqamini qaytarish toʻgʻrisidagi soʻrovni yuboradi.
218. KRMB operatori xato koʻchirilgan abonent raqamini qaytarish soʻrovini olganda uni abonent raqamini koʻchirish mumkinligi yuzasidan tekshiradi, bu jarayon quyidagilardan iborat:
abonent maʼlumotlarini toʻldirish;
ushbu abonent raqamini koʻchirish uchun aktiv talabnomalarning borligi.
219. Tekshiruv muvaffaqiyatli boʻlgan holda KRMB operatori donorga soʻrovni olganligini tasdiqlaydi va uni xato koʻchirilgan abonent raqami boʻlgan mobil aloqa operatoriga (provayderiga) yuboradi.
220. Xato koʻchirilgan abonent raqamini qaytarish soʻrovida xatoliklar aniqlanganda KRMB operatori donorga sababini koʻrsatgan holda xato koʻchirilgan abonent raqamining qaytarilishi rad etilganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi.
221. Mobil aloqa operatori (provayderi) KRMB operatoridan xato koʻchirilgan abonent raqami qaytarilganligi toʻgʻrisidagi xabarni olib, soʻrovni tekshiradi. Tekshiruv natijalari boʻyicha xato koʻchirilgan abonent raqami boʻlgan mobil aloqa operatori (provayderi) KRMB operatoriga xato koʻchirilgan abonent raqamini qaytarish boshlanganligini yoki u rad etilganligini tasdiqlaydi.
222. Agar xato koʻchirilgan abonent raqami boʻlgan mobil aloqa operatori (provayderi) 30 daqiqa ichida xato koʻchirilgan abonent raqamini qaytarish yoki rad etish tasdiqlanganligi toʻgʻrisida KRMB operatorini xabardor qilmasa, KRMB operatori donorga xato koʻchirilgan abonent raqami qaytarilganligini tasdiqlash toʻgʻrisida avtomatik ravishda xabar qiladi.
223. Donor KRMB operatoridan xato koʻchirilgan abonent raqami qaytarilganligi toʻgʻrisida xabar olgan paytdan boshlab 30 daqiqa ichida abonentga xizmatni aktivatsiya qiladi. Xizmatlar muvaffaqiyatli aktivatsiya qilingandan keyin donor KRMB operatoriga abonent raqami aktivatsiya qilinganligini tasdiqlaydi.
224. KRMB operatori xato koʻchirilgan abonent raqami boʻlgan mobil aloqa operatoriga (provayderiga) abonent raqami muvaffaqiyatli aktivatsiya qilinganligi toʻgʻrisida va telekommunikatsiya operatorlariga – tarmoqdagi marshrutlash oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi. Bunda xato koʻchirilgan abonent raqami boʻlgan mobil aloqa operatori (provayderi) 30 daqiqa ichida abonent raqamini deaktivatsiya qiladi.
225. Operator (provayder) KRMB operatoridan xabar olgan paytdan boshlab 30 daqiqadan kechiktirmay koʻchirilgan abonent raqami boʻyicha marshrutlashga oʻzgartirishlar kiritadi va KRMB operatoridan xabarni olgan paytdan boshlab bir soatdan kechiktirmay KRMB operatoriga oʻz tarmogʻida marshrutlash oʻzgarganligini tasdiqlaydi.
226. Xizmatlar, tarif rejasi, xato koʻchirilgan abonent raqami balansi xato koʻchirish paytidagi holatgacha donor tomonidan tiklanadi.
11-§. Televideniye xizmatlarini tashkil qilish va taqdim etish
227. Eshittiruvchi, operator, provayder televideniye xizmatlari faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi.
228. Eshittiruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlishi shart, bundan teleradio dasturlariga va signallariga ishlov bermasdan, retranslyatsiya qiluvchilar mustasno.
(228-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
229. Eshittiruvchi dasturlarini tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va sotish, shuningdek, olingan dasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va sotish faoliyatini xususiy yoki alohida mualliflik shartnomalari asosida amalga oshiradi.
230. Televideniye tarmoqlari orqali qonunchilik bilan taqiqlangan maʼlumotlarni tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Reklama va eʼlonlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tarqatiladi.
(230-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
231. Eshittiruvchi, operator, provayder tomonidan koʻrsatiladigan televideniye xizmatlarining turlari va roʻyxati televideniye tarmogʻining texnik imkoniyatlari, yer usti va yoʻldosh efir eshittirish dasturlari signallarini qabul qilish shartlari va abonentlar ehtiyojlariga asosan belgilanadi.
232. Quyidagilar televideniyening yordamchi xizmatlari hisoblanadi:
abonent uskunasini ulash sxemasini oʻzgartirish, yangi elementlarni montaj qilish va ulash;
abonent tarmogʻi yoki uskunasini abonentning talabnomasiga koʻra vaqtinchalik oʻchirish va qaytadan ulash;
abonent liniyalari (abonent tarmogʻi), abonent rozetkalari, abonent antennasi va abonent kabellarini almashtirish, montaj qilish, ulash (oʻchirish);
abonent liniyasi (abonent tarmogʻi), rozetkalari, kabellari va uskunasini taʼmirlash, sozlash va unga texnik xizmat koʻrsatish;
abonent uskunasini sozlash ishlari xizmat koʻrsatuvchi tomonidan tarqatilayotgan signal parametrlariga oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida sodir boʻlishi bundan mustasno.
233. Yordamchi xizmatlar televideniye xizmatlarini koʻrsatish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ham koʻrsatilishi mumkin. Ushbu xizmatlarning narxi televideniye xizmatlariga tariflarni aniqlashda hisobga olinadi.
234. Televideniye xizmatlari televideniye tarmoqlari eshittiruvchilari (operatorlari, provayderlari) abonentlar bilan yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomalar asosida koʻrsatiladi.
235. Televideniye xizmatlarini koʻrsatish quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
televideniye tarmogʻida rejali profilaktika yoki taʼmirlash ishlarini bajarish vaqtida yoki abonent uskunasiga elektr energiyasining berilishi toʻxtatilganda;
televideniye dasturlari, radiodasturlar yoki telekommunikatsiyaning boshqa xabarlari signallarini operatorga (provayderga) bogʻliq boʻlmagan sababga koʻra televideniye tarmogʻining kirishiga berish, jumladan, dasturlarni efir orqali translyatsiya qilish toʻxtatilganda;
televideniye tarmogʻi orqali odamlarning dengizdagi, yerdagi, havodagi, kosmik fazodagi xavfsizligiga, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni saqlash sohasidagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar oʻtkazishga doir barcha xabarlar, shuningdek, yirik avariyalar, falokatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda holatlar toʻgʻrisidagi xabarlar tarqatilayotganda.
236. Televideniye xizmatlari abonent xonalarida parametrlari tegishli standart va texnik normalarga muvofiq soz holatda ishlaydigan abonent tarmogʻi va abonent uskunasi mavjud boʻlganda koʻrsatiladi.
237. Televideniye xizmatlarining koʻrsatilishi odamlarning sogʻligʻi yoki xavfsizligiga tahdid solsa, xizmatlar koʻrsatish rad etilishi mumkin. Abonentga televideniye xizmatlari koʻrsatishning rad etish sabablari operator (provayder) tomonidan asoslab berilishi kerak.
2-bob. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishga shartnomalar tuzish va bekor qilish
1-§. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish va bekor qilish
238. Telekommunikatsiya xizmatlari operator (provayder, eshittiruvchi) va abonent oʻrtasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma yoki elektron shaklda tuziladigan shartnomaga asosan taqdim etiladi.
(238-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
239. Operator (provayder) shartnomani bevosita yoki oʻzining tijorat vakili — diler orqali tuzishlari mumkin.
240. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuziladi.
(240-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
241. Jismoniy va yuridik shaxslar arizani operator (provayder, eshittiruvchi)ning rasmiy veb-sayti orqali interaktiv usulda yuborishlari mumkin. Bunda elektron arizalar yozma arizalarga tenglashtiriladi va koʻrib chiqilishi kerak.
242. Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ariza:
muomala layoqatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yuridik shaxs, shuningdek, uning filiali yoki vakolatxonasi tomonidan berilishi mumkin.
(242-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Telefon xizmati uchun — doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan yoki ushbu turar joyning egasi yoki ijaraga oluvchisi hisoblanadigan jismoniy shaxs tomonidan berilishi mumkin.
Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi bilan telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish uchun ariza berishi mumkin.
243. Ariza ushbu hududda telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish litsenziyasiga ega istalgan operatoriga (provayderiga, eshittiruvchiga) berilishi mumkin.
Arizalar operator (provayder, eshittiruvchi) tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi. Operator (provayder, eshittiruvchi) arizani qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
244. Bevosita murojaat qilinganda operatorga (provayderga, eshittiruvchiga) yoki dilerga quyidagi maʼlumotlar taqdim qilinishi kerak:
familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (seriyasi, raqami va JSHSHIR) — jismoniy shaxslar uchun;
nomi (firma nomi), bank rekvizitlari, joylashgan manzili, STIR — yuridik shaxslar uchun);
bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud boʻlsa);
telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish koʻzlanayotgan manzil.
Elektron tarzda murojaat qilinganda ushbu bandda koʻrsatilgan maʼlumotlar elektron shaklda taqdim qilinadi.
Elektron tarzda murojaat qilinganda operator (provayder, eshittiruvchi) tomonidan murojaatchiga bir ish kuni ichida shartnoma tuzish imkoniyati mavjud boʻlganda shartnoma tuzish uchun aniq manzil va vaqt koʻrsatilgan javob yoki shartnoma tuzish imkoniyati mavjud boʻlmaganda buning sabablari koʻrsatilgan javob yuboriladi.
245. Shartnomani tuzish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
murojaatchi voyaga yetmagan jismoniy shaxs boʻlganda, bundan oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarning oʻz ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining yozma roziligi boʻlgan hollar mustasno;
telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish koʻzlanayotgan manzil operator (provayder, eshittiruvchi) xizmat koʻrsatish zonasiga kirmaganda;
murojaatchi tomonidan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
taqdim qilingan maʼlumotlarning soxtaligi yoki notoʻgʻriligi aniqlanganda.
246. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi ommaviy shartnoma hisoblanadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnomani tuzish texnik imkoniyati boʻlganda arizalarni berish navbati tartibida tuziladi.
(246-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Shartnoma ikki nusxada tuziladi va tomonlar tarafidan imzolanadi.
Shartnoma tomoni sifatida namoyon boʻladigan ariza beruvchi abonent maqomiga ega boʻladi.
247. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishda ajratilgan abonent raqami operator (provayder) maʼlumot xizmatining maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. Abonentning arizasiga koʻra raqam operator (provayder) maʼlumot xizmatining maʼlumotlar bazasidan chiqarilishi mumkin.
248. Tuzilgan shartnoma ikki tomonlama shartnoma boʻlib, u tuzilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, muddatsiz hisoblanadi, agar shartnomada boshqasi belgilanmagan boʻlsa.
249. Jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzish uchun texnik imkoniyatning yoʻqligi koʻrsatilgan shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat boʻlgan, arizani kechroq bergan boshqa jismoniy shaxs bilan shartnoma tuzish uchun toʻsiq boʻla olmaydi.
250. Operator (provayder, eshittiruvchi) faqat texnik imkoniyat boʻlmaganda shartnoma tuzishdan bosh tortish huquqiga ega.
251. Shartnomada quyidagilar aks etgan boʻlishi lozim:
shartnoma predmeti;
shartnoma tuzilgan sana va joyi;
operator (provayder, eshittiruvchi) nomi (firma nomi);
operatorning (provayderning, eshittiruvchining) bank rekvizitlari;
abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (seriyasi, raqami va JSHSHIR) — jismoniy shaxs uchun, nomi (firma nomi), bank rekvizitlari, joylashgan manzili, STIR — yuridik shaxs uchun), abonent bilan bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud boʻlsa);
abonentga taqdim etilgan abonent raqami (telefon va mobil aloqasi xizmatlari uchun), abonentni identifikatsiya raqami (maʼlumotlar uzatish va Internet, televideniye xizmatlari uchun);
shartnomani tuzishda abonent tomonidan tanlangan tarif rejasi va xizmatlar roʻyxati;
shartnoma diler orqali tuzilgan holda — dilerning rekvizitlari (firma nomi, shaxsiy raqami, imzosi va muhri);
mobil aloqa xizmatlari uchun — abonent oladigan raqam (SIM-karta)dan foydalanish istagi boʻlgan mobil aloqa abonent qurilmasining asosiy turlari, jumladan, mobil telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn toʻlovlar terminallari yoki uskunaning boshqa turlari;
taqdim etiladigan televideniye va radioeshittirish dasturlari (televideniye xizmatlari uchun);
koʻrsatiladigan ishlar (xizmatlar koʻrsatish) nomi va ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) shartlari va muddatlari;
shartnoma bahosi va ishlar bajarishning (xizmatlar koʻrsatishning) kafolati;
ishlarga (xizmatlarga) haq toʻlash va hisob-kitoblar tartibi, muddatlari va shakli;
hisobni yetkazib berish usuli;
tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
shikoyatlarni koʻrib chiqish tartibi;
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatiga doir buyurtmalarni qabul qilish telefon raqamlari (yoki qisqa raqamlar) va korxonaning “Ishonch telefoni” raqamlari;
shartnomaning amal qilinishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish va abonentning shaxsiy hisob raqamida qolgan pul mablagʻlarini qaytarish shartlari.
Mazkur bandda keltirilgan maʼlumotlar operatorning (provayderning, eshittiruvchining) abonentlar bazasiga kiritilgan boʻlishi kerak.
Shartnomadagi abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar qoʻshimcha toʻlov undirilmasdan kiritilishi kerak.
Shartnomada qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga zid kelmaydigan boshqa maʼlumotlar va/yoki shartlar boʻlishi mumkin.
(251-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
252. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma operator (provayder, eshittiruvchi) litsenziyasining amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga rasmiylashtiriladi. Operator (provayder) litsenziyasining amal qilish muddati uzaytirilganda shartnoma litsenziyaning yangidan belgilangan amal qilish muddatigacha uzaytirilgan deb hisoblanadi.
253. Operator (provayder, eshittiruvchi) va abonent oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitob davri, agar shartnomada boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, qoida tariqasida, bir kalendar oyga teng deb belgilanadi.
254. Operator (provayder, eshittiruvchi) abonentni alohida haq evaziga koʻrsatiladigan qoʻshimcha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanishga majburlashga haqli emas.
255. Operator (provayder, eshittiruvchi) bitta xizmatni koʻrsatish texnologik jihatdan boshqa xizmat bilan shart qilib qoʻyilgan holatdan tashqari, telekommunikatsiyaning bitta xizmatini koʻrsatish uchun telekommunikatsiyaning boshqa xizmatlarini koʻrsatishni shart qilib qoʻyishga haqli emas.
Xizmatlar toʻplamini oʻzgartirish, yangi xizmatlarni ulash (masalan, rouming xizmatini ulash), xizmatlar uchun foydalanilayotgan tarifni oʻzgartirish va shu kabilarni avtomatik (abonent tomonidan tanlanganligini tasdiqlamasdan) oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Avval abonentning soʻrovi bilan ulangan telekommunikatsiya xizmatlarini abonentga xabar qilgan holda, uning oʻzi oʻchirmaguncha, avtomatik uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.
256. Shartnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
abonentning tashabbusi bilan istalgan vaqtda;
operatorning (provayderning, eshittiruvchining) tashabbusi boʻyicha, ushbu Qoidalar va/yoki shartnoma shartlarida belgilangan talablar abonent tomonidan buzilganda;
abonent — jismoniy shaxs vafot etganda yoki abonent — yuridik shaxs tugatilgan holda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
abonentning shaxsiy hisobidagi mablagʻlar tugagan kundan boshlab 60 kundan koʻp vaqt oʻtgandan keyin;
abonentning mobil raqami boshqa operator (provayder) tarmogʻiga koʻchib oʻtganida;
shartnomada yoki qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(256-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
257. Shartnoma bekor qilinganda tomonlar oʻzlarining barcha majburiyatlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishlari kerak.
258. Abonent operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida shartnomani boshqa shaxsning nomiga uning ishtirokida va roziligi bilan qayta rasmiylashtirishi mumkin.
Bunda, operator (provayder) va amaldagi abonent oʻrtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinadi va raqam nomiga qayta rasmiylashtirilayotgan shaxs bilan belgilangan tartibda yangi shartnoma tuziladi.
259. Operator (provayder, eshittiruvchi) abonent bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingach abonentning shaxsga doir maʼlumotlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzining maʼlumotlar bazasidan yoʻq qilishlari shart.
Diler abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni operatorga (provayderga) taqdim etganidan soʻng oʻziga maʼlum boʻlgan shaxsga doir maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻq qilishi shart.
(259-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish va bekor qilishning alohida shartlari
260. Jismoniy va yuridik shaxslarning shartnomani tuzish uchun murojaati shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat boʻlganda, quyidagilar belgilangan tartibda operator tomonidan qanoatlantiriladi:
jismoniy shaxs uchun — ariza beruvchining shaxsini hamda koʻrsatilgan manzil boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat yoki turar joyga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat;
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning egalik huquqi yoki ijaraga olish huquqini tasdiqlovchi hujjat hamda davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi.
261. Shartnomani yangi shaxs nomiga tuzish toʻgʻrisidagi arizani qayta rasmiylashtirish ariza beruvchining roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ariza beruvchining koʻchib ketishi yoki ushbu turar joyga egalik huquqi yangi shaxs nomiga oʻtkazilganligi bilan bogʻliq holatlar mustasno.
262. Telefon aloqa kabellarida boʻsh abonent liniyalarining yoʻqligi shartnomani tuzishga toʻsqinlik qilsa, yetishmaydigan aloqa liniyalarini oʻtkazish boʻyicha qurilish ishlari ariza beruvchining mablagʻlari hisobidan (u rozi boʻlganda), shu jumladan, operator tomonidan berilgan texnik shartlar asosida pudrat shartnomasini tuzish yoʻli orqali oʻtkazilishi mumkin. Ariza beruvchi mazkur ishlar uning hisobidan bajarilishiga rozi boʻlganda telekommunikatsiya operatoriga texnik shartlarni olish uchun ariza beradi. Texnik shartlarni berish muddati 3 ish kunidan oshmasligi kerak.
263. Tomonlarning kelishuviga koʻra ariza beruvchiga telefon tarmogʻidan foydalana olishning bir qismini yoki hammasini bajarish uchun texnik shartlar berilishi mumkin, bunda shartnomada qurilishdan tashqari ishlar uchun toʻlov koʻzda tutiladi. Qurilishdan tashqari ishlar uchun toʻlov telefon tarmogʻidan foydalana olish uchun toʻlovda koʻrsatilgan normadan oshadigan materiallar sarflanganda telefon tarmogʻidan foydalanilganlik uchun toʻlovdan tashqari undiriladi. Bu ishlar uchun haq ariza beruvchi tomonidan materiallarning narxi va bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlanadi.
264. Toʻliq yoki qisman ariza beruvchining hisobidan qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat koʻrsatish, begʻaraz foydalanish yoki mulk sifatida telekommunikatsiya operatoriga berilishi mumkin. Telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini berish tartibi va ekspluatatsiya qilish shartlari ariza beruvchi va telekommunikatsiya operatori oʻrtasidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Agar qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari texnik xizmat koʻrsatish, foydalanishga yoki mulkiga berilmagan boʻlsa, u holda ularni ekspluatatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq abonent tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Texnik shartlarni soʻralayotgan parametrlarda berish imkoniyati boʻlmagan hollarda telekommunikatsiya operatori 3 ish kuni ichida asoslangan rad javobi va rad etishning aniq sabablari hamda qonunchilik hujjatlarining normalari koʻrsatilgan yozma javobni tayyorlaydi.
(264-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ariza beruvchi telekommunikatsiya operatoridan yoki telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini loyihalashtirish litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa tashkilotdan olingan texnik shartlar asosida loyiha-smeta hujjatlariga buyurtma berish huquqiga ega. Ariza beruvchi loyiha-smeta hujjatlarining mustaqil ekspertizasini oʻtkazish huquqiga ega.
265. Telefon tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash ishlari bajarilganidan keyin telekommunikatsiya operatori ariza beruvchi bilan shartnoma tuzadi.
266. Telefon tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash ishlarini bajarish muddatlari:
texnik imkoniyatni oʻrganish va texnik imkoniyat boʻlmagan taqdirda ariza beruvchiga asoslangan rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan javobini berish 7 kundan oshmasligi kerak;
texnik imkoniyat boʻlganda shartnoma tuzilgan kundan boshlab 10 ish kunida ulanishni amalga oshirish;
texnik imkoniyat boʻlmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalari ariza beruvchining hisobidan oʻtkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 180 kungacha boʻlishi kerak.
267. Jismoniy shaxslar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarning ayrim toifalari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishni taʼminlash navbati va xizmatlardan foydalanish tartibi qismida ustunliklar belgilanishi mumkin. Jismoniy shaxslar, mansabdor shaxslar, tashkilotlar ayrim toifalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(267-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
268. Abonent xuddi ATSning xizmat koʻrsatish hududidagi yangi turar joyga koʻchib oʻtganda uning arizasiga koʻra va shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud boʻlganda abonent koʻchib oʻtgan uy boʻyicha qanoatlantirilmagan arizalar, shu jumladan, bunday shartnomani navbatdan tashqari tuzish imtiyozlariga ega shaxslardan olingan qanoatlantirilmagan arizalar boʻlishidan qatʼi nazar avval ajratilgan abonent raqamidan foydalanib shartnoma qayta rasmiylashtiriladi.
Abonent ATS taʼsir zonasidan tashqarida boʻlgan xuddi oʻsha telekommunikatsiya operatorining ishlash zonasidagi yangi yashash joyiga koʻchganda uning arizasi boʻyicha va shartnomani tuzish uchun texnik imkoniyat mavjud boʻlganda shartnoma yangi abonent raqamini ajratgan holda qayta rasmiylashtiriladi.
269. Yangi ATS ishga tushirilishi va mahalliy telefon tarmoqlarining rekonstruksiya qilinishi, yangi texnologiya joriy etilishi munosabati bilan abonent raqamlarini almashtirish abonentlarga avtomatik qoʻngʻiroq qilish yoki yozma xabarnoma bilan ularni kamida 20 kun oldin hamda axborotni 30 kun oldin telekommunikatsiya operatorining rasmiy veb-saytida oldindan joylashtirish yoʻli bilan bepul bajariladi.
Abonent raqamini almashtirish shartnomaga tegishli oʻzgartirishlarni kiritish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
3-§. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnoma tuzishning alohida shartlari
270. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi faqat abonent — jismoniy shaxs shaxsan boʻlganda va u tomonidan pasportning asl nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) taqdim etilganda yoki uning vakili shaxsan ishtirok etganda va u tomonidan pasportning asl nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim etilganda tuziladi.
271. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishdan oldin operator (provayder, diler) ushbu abonent bilan ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalarning mavjudligini maʼlumotlar bazasi bilan solishtiradi.
Bunda, xalqaro ovozli trafikni oʻtkazish tartibini buzgan abonent bilan shartnoma imzolash qonunchilikda belgilangan asosda amalga oshiriladi.
272. Ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalar boʻyicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ortiq raqamlariga ega boʻlgan abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish uchun mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan shartlar taʼminlanganda faqat operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshiriladi.
Ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan ortiq raqamlarini olish uchun abonent — yuridik shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish ushbu miqdordagi raqamlarga ehtiyoj yozma ravishda asoslab berilganda va ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan shartlar taʼminlanganda operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshiriladi.
273. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi faqat operator (provayder) yoki dilerning mulkida, xoʻjalik yurituvida, tezkor boshqaruvida boʻlgan yoki ijarasiga olingan binoda, binoning bir qismida joylashgan xizmat koʻrsatish punktlarida, shuningdek, savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan va bir yoki bir nechta ish joylariga moʻljallangan savdo zallariga ega statsionar savdo obyektlari va zonalaridagi jihozlangan savdo joylarida tuziladi.
Istisno hollarda xizmat koʻrsatish punktiga kelish imkoniyatiga ega boʻlmagan jismoniy shaxslarning yakka tartibdagi talabnomalari boʻyicha yashash joyiga borib operator (provayder) tomonidan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
Statsionar boʻlmagan savdo obyektlarida mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini tuzish taqiqlanadi, qishloq, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida abonentlarga xizmat koʻrsatish uchun maxsus jihozlangan transport vositalarida aloqa operatori (provayderi) tomonidan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini tuzish hollari bundan mustasno.
274. Oʻzbekiston Respublikasidagi aeroportlar, vokzallar hamda turist-axborot markazlari hududlarida chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar)dan turar joyi (shu jumladan, vaqtinchalik yashash joyi) koʻrsatilishi talab etilmaydi.
Shartnomaga faqatgina chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) uchun, ularni qaysi mamlakatdan va qancha muddatga tashrif buyurganliklari haqidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar)ga xizmat koʻrsatish davri ularning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi muddati bilan cheklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida mazkur SIM-kartalar orqali rouming xizmatidan foydalanish taqiqlanadi.
Bitta chet el fuqarosi pasportiga uchtadan koʻp abonent raqami rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
III BOʻLIM. TELEKOMMUNIKATSIYA OPERATOR VA PROVAYDERLARINING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
1-bob. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining xizmatlarni koʻrsatishdagi huquqlari
1-§. Telekommunikatsiya operator va provayderlarining umumiy huquqlari
275. Operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishda quyidagi huquqlarga ega:
abonent va/yoki foydalanuvchilarga xizmatlar koʻrsatish;
foydalanuvchilarning aybi bilan telekommunikatsiya tarmoqlarida yuz bergan hodisalar natijasida unga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish;
abonent yoki foydalanuvchi ushbu Qoidalarni buzganligi yoki ularga koʻrsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun belgilangan muddatda haq toʻlamaganligi sababli uning xatti-harakatlari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq daʼvo qilish;
(275-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
abonent shartnoma shartlarini buzganda telekommunikatsiya xizmatidan foydalanishni toʻxtatib qoʻyish;
telekommunikatsiya tarmoqlarida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni taʼminlash va tarmoq abonent/foydalanuvchilariga koʻrsatiladigan xizmatlarning tegishli sifatini taʼminlash maqsadida qonunchilik hujjatlariga muvofiq telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatishning toʻxtatilishini nazarda tutadigan texnik tadbirlarni oʻtkazish.
Operator (provayder) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(275-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi operator va provayderlarning huquqlari
276. Operator (provayder) abonent qurilmasini telefon aloqa tarmogʻidan vaqtincha uzib qoʻyish yoʻli bilan abonentning telefon aloqa tarmogʻidan foydalana olishini quyidagi hollarda toʻxtatib turish huquqiga ega:
a) belgilangan muddatlarda mahalliy va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlanmaganda, bu haqda abonentni uzib qoʻyishdan kamida 10 kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan elektron pochta manzilga yoki qisqa matnli xabar orqali xabardor qilgan holda;
b) abonent tomonidan operatorga (provayderga) tegishli telekommunikatsiya uskunasi normal ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganda.
Abonentning telefon tarmogʻidan foydalanishining vaqtincha toʻxtatib qoʻyilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan va koʻrsatilgan xizmatlar uchun abonent tomonidan toʻlov kiritilgandan, shuningdek, abonentning aybi bilan abonent qurilmasi ishlamay turgan vaqt uchun abonent toʻlovi kiritilgandan keyin sutka davomida foydalanishni tiklash amalga oshiriladi. Bunda telefon aloqa tarmogʻidan foydalanish tiklanganligi uchun toʻlov undirilmaydi.
Agar abonent telefon aloqasidan foydalanish toʻxtatib qoʻyilgandan keyin 60 kundan ortiq muddat ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash boʻyicha qarzdorligini bartaraf etmasa, operator (provayder) Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq bir tomonlama tartibda shartnomani bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda operator (provayder) abonentga mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 kun oldin xabar berishi kerak.
3-§. Operator va provayderlarning mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishdagi huquqlari
277. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishda operatorlar (provayderlar) quyidagi huquqlarga ega:
oʻzini oʻzi obroʻsizlantirmaganlar ichidan dilerlarni mustaqil ravishda tanlash va diler bilan tuziladigan shartnoma shartlariga muvofiq ularning faoliyati uchun mukofotlar belgilash;
operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat koʻrsatish uchun dilerlar bilan shartnomalar tuzish. Bunda diler bilan shartnoma maʼlum muddatga tuziladi va shartnomani tuzishda operator (provayder) dilerga tuzilgan shartnomaning rekvizitlari, uning amal qilish va uzaytirish muddati koʻrsatilgan diler sertifikatini beradi. Sertifikat dilerning xizmat koʻrsatish punktlari soniga toʻgʻri keladigan miqdordagi asl nusxalarda beriladi;
abonent tomonidan mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlari toʻplamlari uchun maxsus tariflardan (tarif rejalaridan) operatorning (provayderning) belgilangan talablariga muvofiq maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Xizmatlardan maqsadsiz foydalanish aniqlanganda, abonentga xabar qilgan holda boshqa tarif rejasiga oʻtkazish;
abonent tomonidan operator tarmogʻida ovozli trafikni oʻtkazish tartibi buzilishlari qayd etilgan hollarda ushbu abonentga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatish;
abonent tomonidan ketma-ket 90 kalendar kun mobaynida mobil aloqa xizmatlarini olish huquqini beradigan tranzaksiyalar amalga oshirilmaganda, mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishni toʻxtatish.
278. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishda diler quyidagi huquqlarga ega:
operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat koʻrsatish uchun operatorlar (provayderlar) bilan shartnomalar tuzish;
operator (provayder) nomidan abonentlarga xizmat koʻrsatish shartnomasining shartlariga, qonunchilik hujjatlari va ushbu Qoidalar talablariga muvofiq operator (provayder) nomidan abonentlar bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomalarini tuzish;
(278-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
abonentlarga operator (provayder) nomidan xizmat koʻrsatish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq operatordan (provayderdan) mukofotlar olish;
operator (provayder) tomonidan abonentlarni ulash va ularga xizmat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni operatordan (provayderdan) olish;
abonentlarga sotilgan abonent qurilmalariga kafolatli va kafolat muddatidan keyin xizmat koʻrsatilishini taʼminlash;
diler tomonidan operatordan (provayderdan) sotib olingan yoki olingan abonent qurilmalari uchun muvofiqlik sertifikatlarining tasdiqlangan nusxalarini operatordan (provayderdan) olish;
operatordan (provayderdan) dilerning oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan SIM-kartalar, hujjatlar, shartnomalar, blankali mahsulotlar, axborot-soʻrovnoma maʼlumotlari, reklama va boshqa materiallarni olish;
operator (provayder) tomonidan koʻrsatiladigan mobil aloqa xizmatlari uchun abonentlardan toʻlovni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilish;
(278-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
abonentlarga xizmat koʻrsatishni amalga oshirish.
4-§. Operatorlar va provayderlarning maʼlumot uzatish xizmatlarini koʻrsatishdagi xuquqlari
279. Maʼlumot uzatish xizmatlarini koʻrsatishda operator va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:
abonent tomonidan maʼlumotlar uzatish tarmogʻining foydalanilgan veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish;
(279-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
operatorni (provayderni) ogohlantirmasdan maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan, maʼlumotlar uzatish tarmogʻida maxsus apparat-dasturiy vositalarini oʻrnatish yoʻli bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda xizmatlar koʻrsatishni bir tomonlama toʻxtatish.
5-§. Eshittiruvchilar, operatorlar va provayderlarning televideniye xizmatlarini koʻrsatishdagi huquqlari
280. Televideniye xizmatlarini koʻrsatishda eshittiruvchi quyidagi huquqlarga ega:
oʻz dasturlarini televideniye tarmogʻi orqali shartnoma asosida tarqatish;
dasturlarini bosh muharrir tomonidan eshittirish setkasi tasdiqlangandan keyin uzatish;
xususiy yoki alohida mualliflik shartnomalari boʻyicha olingan dasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va sotish, shuningdek, olingan dasturlarni tarqatish (translyatsiya, retranslyatsiya qilish) va sotish huquqini uchinchi shaxslarga berish;
oʻz televideniye dasturlari translyatsiyasini shartnoma asosida yozish va uning tarqatilishini taʼminlash;
televideniye tarmoqlarini loyihalash, qurish va modernizatsiyalashda zarur texnik vositalarni mustaqil tanlash.
281. Televideniye xizmatlarini koʻrsatishda operator eshittiruvchi (eshittiruvchilar) bilan tuzilgan shartnoma asosida ularning televizion dasturlari tarqatilishini amalga oshiradi.
282. Televideniye xizmatlarini koʻrsatishda operator eshittiruvchi (eshittiruvchilar) quyidagi huquqlarga ega:
eshittiruvchilarning televideniye dasturlarini shartnoma asosida translyatsiya va retranslyatsiya qilish;
provayderlar va abonentlar bilan televideniye tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish hamda ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish;
(282-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
provayder va abonentlarga litsenziyada nazarda tutilgan hajmda va belgilangan standartlarga muvofiq keladigan televideniye xizmatlarini koʻrsatish;
provayderlar va abonentlar tomonidan xizmatlar uchun toʻlov boʻyicha shartnoma majburiyatlari hamda televideniyening tarmogʻi yoki abonent uskunasini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganda, televideniye xizmatlaridan foydalanishni toʻxtatib turish yoki tugatish;
televideniye tarmogʻini tashkil qilish va rivojlantirishda texnik vositalarni mustaqil tanlash.
283. Televideniye provayderi televideniye dasturlarining signallarini operator (operatorlar) bilan tuzilgan shartnoma asosida qabul qiladi va ularning tarqatilishini amalga oshiradi.
284. Televideniye provayderi quyidagi huquqlarga ega:
televideniye dasturlarining signallari berilishini qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼminlash;
abonentlar bilan televideniye tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish va ularni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish;
(284-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
televideniye tizimlarini tashkil qilish va rivojlantirishda texnik yechimlar va vositalarni tanlash.
6-§. Provayderlarning taksofon xizmatini koʻrsatishdagi xuquqlari
285. Taksofon xizmatini koʻrsatishda provayder quyidagi huquqlarga ega:
operator tomonidan shartnoma shartlari buzilgan taqdirda operator xizmatlarini rad etish;
operatordan uzilishlarda yoki telekommunikatsiya tarmogʻidan lozim darajada foydalanilmaganda toʻlovlarning qayta hisoblanishini talab qilish;
foydalanuvchilarga taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha texnik siyosatni mustaqil ravishda belgilash va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
operator yoki foydalanuvchining aybi bilan yetkazilgan moddiy zarar qoplanishini talab qilish;
oʻz huquqlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
2-bob. Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlarining xizmatlarni koʻrsatishdagi majburiyatlari
1-§. Telekommunikatsiya operator va provayderlarining umumiy majburiyatlari
286. Operator va provayderlar telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishda quyidagilarga majbur:
oʻz faoliyatini litsenziya shartlari va ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshirish;
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini amaldagi standartlar, qoidalar, normalar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
amaldagi shakllarga muvofiq statistika hisobotlarini belgilangan tartibda va muddatlarda vakolatli organlarga taqdim etish;
telekommunikatsiya tarmoqlari boʻylab uzatiladigan telefon soʻzlashuvlari va barcha turdagi maʼlumotlarni sir saqlash;
foydalanuvchilarga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi batafsil axborotni taqdim etish;
telekommunikatsiya tarmoqlaridan ruxsatsiz foydalana olish holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish;
abonentlarga shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi, shuningdek, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini amaldagi standartlar, qoidalar, normalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlanmaganligi hamda abonentning roziligisiz koʻrsatilgan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarar oʻrnini qoplash;
(286-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
shartnomada belgilangan muddatlarda telekommunikatsiya aloqasi xizmatlarini koʻrsatish;
xizmatlar, kechayu-kunduz koʻrsatilishini taʼminlash;
koʻrsatilgan xizmatlarning kamchiliklarini shartnomada, qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda bartaraf etish;
(286-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish zonasiga litsenziyaning amal qilish hududida joylashgan barcha aholi punktlarini, magistral avtomobil yoʻllarini va temir yoʻllarini, strategik muhim obyektlarni kiritish maqsadida taqsimotga hamda telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan rejaga muvofiq mobil aloqa tarmogʻini rivojlantirish va modernizatsiyalash boʻyicha ishlarni izchillik bilan bosqichma-bosqich olib borish;
operator va provayder tarmogʻidagi IP protokoli asosida ishlovchi qurilmalarni IPv6 protokoli versiyasini qoʻllab-quvvatlashini taʼminlash;
abonentlarni tarmoqlarda boʻladigan yirik avariyalar, ularni rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida hamda ishlarni tugatishning taxmin qilingan muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida, oʻzining rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali xabardor qilish;
foydalanuvchi bilan muomala qilish etikasiga rioya qilish, telefon orqali soʻzlashuvda oʻz lavozimini, familiyasi yoki shaxsiy raqamini aytish;
abonent murojaat qilganda uning talabiga koʻra shaxsiy hisob raqamining holati va qarzdorligi mavjudligi toʻgʻrisida xabardor qilish;
oʻz veb-saytlari orqali taqdim etiladigan tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi batafsil axborotni oʻz vaqtida taqdim etishga va maʼlumotlarni yangilash;
axborot resurslari himoya qilinishini taʼminlashga, Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etishga, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan va tarqatilishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgan choralarni koʻrish;
(286-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
abonent/foydalanuvchilarning murojaatlarini (yozma yoki axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali) kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida, materiallarni qoʻshimcha oʻrganish zarur boʻlganda abonentni yozma ogohlantirgan holda bir oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqish;
abonentlar operatorning (provayderning) axborot-maʼlumot xizmatiga qoʻngʻiroq qilib bogʻlanishida teng huquqliligini taʼminlash. Bunda abonentlar operatorning (provayderning) axborot-maʼlumot xizmatiga qoʻngʻiroq qilib bogʻlanishlarida maʼlum bir abonentlarga boshqa abonentlarga nisbatan ustuvorlik (bogʻlanish vaqti, xizmat koʻrsatish vaqti va h.k.) taqdim etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
287. Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshiruv oʻtkazilishi, qoʻshimcha materiallarni talab qilish yoki boshqa choralarni koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari murojaat qiluvchiga xabar qilgan holda operatorning (provayderning) rahbari tomonidan istisno tariqasida bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Taklif operatorga (provayderga) kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatgacha koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha koʻrib chiqishni talab qiladigan takliflardan tashqari, bu haqda yozma shaklda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga besh kun ichida xabar qilinadi.
288. Ushbu Qoidalarni foydalanuvchilar eʼtiboriga yetkazish, shuningdek, ularni oʻz rasmiy veb-saytida joylashtirishga majbur.
289. Telekommunikatsiya tarmogʻidagi shikastlanishlar abonent talablari taqdim etilgan kundan boshlab belgilangan muddat ichida operator (provayder) tomonidan bartaraf etilishi kerak. Telekommunikatsiyalar tarmogʻida shikastlanishlarni bartaraf etish normativlarda belgilangan muddatlardan ortiq boʻlmasligi kerak, agar yanada qisqa muddatlar shartnomada belgilanmagan boʻlsa.
290. Operator va provayderlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
(290-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi operator va provayderlarning majburiyatlari
291. Operator va provayderlar telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatishda quyidagilarga majbur:
a) telefon aloqasi abonentning aybi bilan buzilmagan hollarda abonent tomonidan taʼmirlash byurosiga talabnoma berilgan vaqtdan boshlab talabnoma yopilgan paytgacha abonent qurilmasining butun ishlamagan vaqti uchun har oylik toʻlov hisoblanadigan barcha telefon aloqasi xizmatlari uchun qayta hisob-kitob qilishga;
b) buyurtma boʻyicha xalqaro telefon aloqasidan foydalanganda hamda soʻzlashuvlar uchun vaqtbay toʻlov tizimi joriy qilinganda soʻzlashuvning minimal haq toʻlanadigan davomiyligini abonentlar eʼtiboriga yetkazishga;
v) texnik sabablarga koʻra abonent raqamini almashtirish toʻgʻrisida kamida 10 kun oldin abonentni tegishli tarzda xabardor qilishga;
g) mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxini hisobga olish tizimining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida va oʻzining rasmiy veb-saytida kamida uch oy oldin eʼlon qilish;
d) ommaviy axborot vositalarida va oʻzining rasmiy veb-saytida yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin universal telefon aloqasi xizmatlariga tariflarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorni nashr qilishga;
e) abonent qurilmasining uzilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilgandan, telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash qarzdorligi tugatilganda va abonent aybi bilan abonent qurilmasi ishlamagan vaqti uchun abonent toʻlovi kiritilgandan keyin telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlanmaganligi yoki abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganligi uchun oʻchirilgan abonent qurilmasini bepul tarmoqqa ulashga;
j) telekommunikatsiya tarmogʻi orqali koʻrsatilayotgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlari kommutatsion qurilmadan telekommunikatsiya tarmogʻining kira olish nuqtasidagi abonent rozetkasigacha yoki u mavjud boʻlmaganda abonent qurilmasigacha boʻlgan qismiga qadar xizmat koʻrsatishga.
292. Operator (provayder) tomonidan taqdim etiladigan axborotda:
a) operatorning (provayderning) nomi va uning tarkibiy boʻlinmalarining nomi, ular joylashgan joy (pochta manzili), bogʻlanish uchun telefon raqamlari, rasmiy veb-sayti va ish tartibi;
b) foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan universal va qoʻshimcha (pullik va bepul) telefon aloqasi xizmatlari roʻyxati;
v) telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi;
g) telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatishdagi cheklovlar;
d) telefon aloqasi xizmatlari uchun tariflar va bu xizmatlarni koʻrsatish hamda haq toʻlashdagi imtiyozlar;
e) telefon aloqasi xizmatlariga haq toʻlash tartibi va shakllari;
j) yangi ATSni ekspluatatsiyaga kiritish muddatlari va mavjud ATSlar abonent sigʻimini koʻpaytirish;
z) shartnomalarni tuzish tartibi, arizalarni qondirish muddatlari va shartnomalarni tuzish navbatining harakati;
i) telekommunikatsiya tarmoqlarida qoʻllashga ruxsat berilgan abonent qurilmalarining roʻyxati;
k) maʼlumot, shoshilinch tezkor xizmatlar va taʼmirlash byurosining telefon raqamlari;
l) foydalanuvchi ushbu Qoidalar bilan tanishishi mumkin boʻlgan joy toʻgʻrisidagi axborot.
Koʻrsatilgan axborot shartnomalarni tuzishda ommaviy axborot vositalari, maʼlumot-axborot xizmatlari yoki telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish joylarida mijozlar bilan oʻzaro ishlar xizmatlari orqali koʻrgazmali va foydalanish qulay boʻlgan shaklda bepul abonentlar eʼtiboriga yetkaziladi.
293. Operator (provayder) telekommunikatsiya vositalari va inshootlaridan foydalanib u tomonidan koʻrsatilgan, ammo ayni damda telefon aloqasi xizmatlari boʻlib hisoblanmagan xizmatlarga (masalan, qoʻriqlash signalizatsiyasi, Internet tarmogʻi xizmatlari va boshqa) haq toʻlanmagan holda abonentning telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalana olishini toʻxtatib turishga haqli emas.
294. Operator (provayder) abonent roziligisiz alohida toʻlov evaziga koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlar taqdim etilishini talab qilib turib olishga haqli emas.
295. Operator (provayder) tomonidan taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari bevosita koʻrsatilgan holda, operator quyidagilarga majburdir:
foydalanuvchini taksofon orqali sifatli telefon aloqa xizmatlaridan foydalanishini taʼminlash;
taksofonlar, kabinalar va yarim kabinalarning soz holatda saqlanishini taʼminlash;
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish;
foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan (savdo tarmogʻi, aloqa boʻlimi va hokazo) joylarda maxsus jeton yoki toʻlov kartalari sotilishini taʼminlash;
foydalanuvchilarning shikoyatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish.
(295-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-§. Mobil aloqa operatorlarining (provayderlarining) majburiyatlari
296. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishda operator (provayder) quyidagilarga majbur:
xizmat koʻrsatish zonasi doirasida mobil aloqa xizmatlarini sifatli, oʻz vaqtida va kechayu kunduz koʻrsatilishini taʼminlash;
abonent shartnomaning bekor qilinishi vaqtigacha qarzini va oldindan toʻlovning zarur summasi toʻliq hajmda toʻlaganida abonentga mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishini tiklash;
abonentning yozma (xizmat koʻrsatuvchi operatorning veb-saytida abonentning shaxsiy kabineti orqali) murojaatiga asosan bir yilgacha abonent raqamidan foydalanish davri ichida abonent shaxsiy hisobvaragʻidagi oʻzaro hisob-kitoblarning joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish. Uzoqroq muddat va ushbu axborotni taqdim etish shartlari shartnomada belgilanishi mumkin;
xizmatlar koʻrsatilishi toʻxtagan hollarda abonent toʻlovini qayta hisoblab chiqish;
SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun va eSIM) yoʻqolganda abonentning yozma arizasi boʻyicha yoki abonent uchun qulay boʻlgan, operator (provayder) tomonidan oʻrnatilgan, boshqa usulda berilgan xabar boʻyicha xizmatlarning koʻrsatilishini zudlik bilan toʻxtatish;
abonent — yuridik shaxsga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun u bilan tuzilgan shartnomaning nusxasini taqdim etish;
abonent — jismoniy shaxsga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun u bilan tuzilgan shartnomaning nusxasini yoki mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish uchun ommaviy shartnoma tuzilganligining tasdigʻini taqdim etish;
dilerlar uchun operator (provayder) bilan birgalikda ishlashning teng imkoniyatlarini qoʻllash;
dilerlar tomonidan ular zimmasiga yuklangan majburiyatlarning qatʼiy bajarilishini nazorat qilish, dilerlarga nisbatan u bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq shartnomani bekor qilish va diler sertifikatini qaytarib olishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash;
dilerlarda xodimlarning minimal soni har bir xizmat koʻrsatish punktiga bittadan xodim, ammo bitta dilerga kamida ikkitadan xodim boʻlganda abonentlarni ulash uchun dilerlarga operatorning (provayderning) tizimidan foydalanishni taqdim etish;
oʻzining xizmat koʻrsatish punktlarida tashrif buyuruvchilar xavfsizligini taʼminlash, jumladan, videokuzatuv kameralarini qoʻllagan holda (video yozuvni 90 kun saqlagan holda);
oʻzini-oʻzi obroʻsizlantirgan dilerlar bilan shartnomalar tuzmaslik;
oʻzining rasmiy veb-saytida dilerlarning roʻyxatini ularning toʻliq nomlarini, yuridik manzili va xizmat koʻrsatish punktlarini koʻrsatgan holda yuritish;
oʻzining rasmiy veb-saytida rasmiy axborotni, shu jumladan, taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxatining oʻzgarishi toʻgʻrisidagi axborot, tariflar, prays-varaqlar, xizmatlarni taqdim etish tartibi va shartlari va h.k.ni oʻz vaqtida eʼlon qilish;
dilerning xodimlariga ushbu Qoidalarning talablari va operator (provayder) hamda diler oʻrtasidagi shartnoma shartlariga muvofiq diler tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan darajada operatorning (provayderning) maʼlumotlar bazasidan shaxsan foydalanishni taqdim etish;
dilerni SIM-kartalar, hujjatlar, shartnomalar, blank mahsulotlari, uning oʻz majburiyatlarini bajarishi uchun zarur boʻlgan axborot-soʻrovnoma maʼlumotlar bilan, shuningdek, oʻz moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, reklama va boshqa materiallar bilan taʼminlash;
ushbu Qoidalarning talablari va operator (provayder) hamda diler oʻrtasidagi shartnoma shartlariga muvofiq diler tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish uchun zarur va yetarli boʻlgan darajada diler xodimlarini oʻqitishni va har ikki yilda malakasini oshirishni tashkil qilish;
diler tomonidan qoʻpol qoida buzishlarga yoʻl qoʻyilganda diler bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq unga nisbatan shartnomani bekor qilish va diler sertifikatini qaytarib olishgacha boʻlgan javobgarlik choralarini qoʻllash;
avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan koʻp raqamlariga ega abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini faqat operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida tuzilishini taʼminlash;
avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan koʻp raqamlariga ega boʻlgan abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishda yangi ulanish toʻgʻrisida abonentning ushbu operator (provayder) bilan avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha mavjud boʻlgan barcha raqamlariga SMS xabar orqali xabardor qilishni amalga oshirish;
SIM-kartani almashtirish, shuningdek, abonentning arizasi boʻyicha raqamni boshqa abonent qurilmasiga qayta dasturlash (SIM-kartadan foydalanishni koʻzda tutmaydigan mobil aloqa standartlari uchun) xizmatlarini koʻrsatish faqat ope operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshirilishini taʼminlash;
diler orqali tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi asosida abonentga mobil aloqa xizmatlarini taqdim etish;
abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlar onlayn rejimida operatorning (provayderning) maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin bir hafta muddatdan kechiktirmasdan dilerdan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi nusxasini, abonent pasporti (yoki unga tenglashtirilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ning nusxasini tegishli hujjatlar bilan birga olish. Hujjatlarni olishning boshqa muddati uzoqda va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan dilerlar uchun dilerlik shartnomasida operator (provayder) tomonidan haqiqiy imkoniyatlardan kelib chiqib transport infratuzilmasining mavjudligini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin;
oʻzini-oʻzi obroʻsizlantirgan dilerlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, operatornig (provayderning) mijozlariga xizmat koʻrsatish huquqini beruvchi diler sertifikatdan mahrum qilingan dilerning rekvizitlari, taʼsischilari va boshqa maʼlumotlarni koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga markazlashtirilgan onlayn bazaga kiritish uchun darhol yuborish;
oʻzining rasmiy veb-saytida mobil aloqa xizmatlarining turlari va standartlari boʻyicha xizmat koʻrsatish zonasini namoyish etuvchi interaktiv onlayn elektron kartani, shuningdek, aholi punktlarining roʻyxatini yuritish;
xalqaro trafikning noqonuniy oʻtkazilishi hamda GSM, IP yoki SMS shlyuzlardan yashirin foydalanishga qarshi choralarni koʻrish, shu jumladan, tarmoqda maxsus apparat-dasturiy vositalarni oʻrnatish yoʻli bilan;
operatorning (provayderning) mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼy nazar vakolatli tashkilot topshirigʻi bilan ajratiladigan qisqa raqamlar sozlash boʻyicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida GSM standartida ishlaydigan barcha operator (provayder) koʻchib oʻtgan raqamlarning markazlashtirilgan bazasiga ulanish;
abonent tomonidan donorga rouming xizmatlari uchun aniqlangan qarzdorlik toʻlanmagan taqdirda xizmat koʻrsatishni toʻxtatib qoʻyish;
abonentning operator tarmoqlarida abonent raqamini koʻchib oʻtish xizmatidan foydalanish huquqiga toʻsqinlik qilmaslik;
muntazam ravishda oʻz telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro trafikni oʻtkazish tartibi buzilishlarining oldini olish, aniqlash va tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish va abonentning harakatlarini tahlil qilish yoki tegishli tadbirlarni amalga oshirish yoʻli bilan abonent raqamlarini faol aniqlash prinsiplariga asoslangan vositalar va tizimlarni qoʻllash.
297. Operator (provayder) abonentlarga quyidagi axborotlarni abonentlarga bepul taqdim etishga majbur (shu jumladan, dilerlar orqali):
mobil aloqa tarmoqlarida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida;
koʻrsatilayotgan xizmatlarning roʻyxati, shuningdek, ularni koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
xizmat koʻrsatish zonasi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
xizmatlarga tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisida yangi tariflar joriy qilingunga qadar kamida 10 kun oldin;
operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlari ish rejimi oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
oʻz rekvizitlarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
SMS, shuningdek, abonentlarning USSD soʻrovlariga USSD xabarlarni joʻnatish yoʻli orqali bepul yoki imtiyozli daqiqalar, SMS, Internet trafik va boshqa xizmatlarning tugaganligi toʻgʻrisida.
298. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishda diler quyidagilarga majbur:
xizmat koʻrsatish punktlarini faqat operator, provayder yoki dilerning tasarrufida, xoʻjalik yurituvida, tezkor boshqaruvida yoki ijarasida boʻlgan binoda, binoning qismida, shuningdek, statsionar savdo nuqtalarining jihozlangan savdo joylarida va savdo faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan va bir yoki bir nechta ish joylari uchun moʻljallangan savdo zallariga ega zonalarda joylashtirish. Dilerning xizmat koʻrsatish punktini statsionar boʻlmagan savdo obyektlariga joylash taqiqlanadi;
dilerning barcha xizmat koʻrsatish punktlarida dilerlik xizmatlarini taqdim etish huquqi toʻgʻrisidagi diler sertifikatining asl nusxasi bor boʻlishini va koʻrinadigan joyga qoʻyilishini taʼminlash;
dilerning barcha xizmat koʻrsatish punktlarini malakali xodimlar bilan toʻldirish;
diler tomonidan xizmat koʻrsatish punktlarida operator (provayder) axborotiga koʻra avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan koʻp raqamlariga ega boʻlgan abonent — jismoniy shaxs bilan operatorning (provayderning) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻymaslik;
dilerning xizmat koʻrsatish punktlarida SIM-kartani almashtirish xizmatlarini koʻrsatishga yoʻl qoʻymaslik (uzoq va yetib borish qiyin boʻlgan hududlardagi dilerning xizmat koʻrsatish punktlari bundan mustasno);
abonent maʼlumotlari onlayn rejimida operatorning (provayderning) maʼlumotlar bazasiga kiritilgandan keyin bir hafta muddatdan kechiktirmay operatorga (provayderga) abonent bilan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi nusxasini, abonent pasporti (yoki unga tenglashtirilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat)ning nusxasini tegishli hujjatlar bilan birga operatorga (provayderga) taqdim etish. Hujjatlarni taqdim etishning boshqa muddati uzoqda va yetib borish qiyin boʻlgan hududlarda joylashgan dilerlar uchun dilerlik shartnomasida operator (provayder) tomonidan real imkoniyatlardan kelib chiqib transport infratuzilmasining mavjudligini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin;
abonentlarning SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanishni koʻzda tutmaydigan mobil aloqa standartlari uchun) yoʻqolganligi toʻgʻrisida yozma arizalarini qabul qilish va tegishli axborotni operatorga (provayderga) yuborish;
dilerning xizmat koʻrsatish punktlarida tashrif buyuruvchilarning xavfsizlik choralarini taʼminlash, shu jumladan, videokuzatuv kameralarini qoʻllab videoyozuv va tovushni kamida 90 kun saqlagan holda;
299. Diler abonentlarga operatorning (provayderning) quyidagi axborotini taqdim etishga majbur:
mobil aloqa tarmogʻida abonent qurilmasidan foydalanish imkoniyati toʻgʻrisida;
koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatining, shuningdek, ularni koʻrsatish tartibi va shartlarining oʻzgarishi toʻgʻrisida;
operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish zonasi oʻzgarishi toʻgʻrisida;
abonentlarga xizmat koʻrsatish punktlari ish rejimining oʻzgarishi toʻgʻrisida;
operator (provayder) rekvizitlarining oʻzgarishi toʻgʻrisida;
avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha ushbu operatorning (provayderning) beshta va undan koʻp raqamlariga ega boʻlgan abonent — jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishda bunday abonentni faqat operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida ulanishini koʻzda tutadigan cheklovlar toʻgʻrisida;
SIM-kartani almashtirish xizmatlarini faqat operatorning (provayderning) xizmat koʻrsatish punktlarida koʻrsatish boʻyicha cheklovlar toʻgʻrisida.
300. Dilerning xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzishlar uchun ular bilan bir qatorda dilerlik xizmati koʻrsatish punktining bevosita rahbari va diler — yuridik shaxsning rahbari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(300-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
301. Diler tomonidan qonunchilik hujjatlari, ushbu Qoidalar va operator (provayder) bilan tuzilgan shartnoma talablarining qoʻpol buzilishiga yoʻl qoʻyilishi u bilan dilerlik shartnomasini bekor qilish va dilerni oʻzini oʻzi obroʻsizlantirgan dilerlar reyestriga kiritish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(301-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Abonentning xabari boʻlmagan yoki uning roziligisiz, imzolarni qalbakilashtirib, soxta hujjatlar boʻyicha, pasportning (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning) asl nusxasini tekshirmasdan abonent shartnomasining rasmiylashtirilishi qoʻpol qoida buzish hisoblanadi.
4-§. Operatorlar va provayderlarning maʼlumotlar uzatish xizmatlarini koʻrsatishdagi majburiyatlari
302. Operator va provayderlar maʼlumot uzatish xizmatlarini koʻrsatishda quyidagilarga majbur:
a) Wi-Fi xizmati koʻrsatish vaqtida foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda foydalanilgan Internet tarmogʻining veb-resurslari (log-fayllar) hisobini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish boʻyicha apparat-texnik chora-tadbirlar koʻrish va ularni 3 oy ichida saqlanishini tashkillashtirish;
(302-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
b) abonentlarga oʻzining veb-saytida va (yoki) ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda, shuningdek, abonentlar va foydalanuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:
xizmatlarni koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kuchga kirishidan kamida 10 kun oldin;
ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida — tegishli oʻzgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab;
v) shartnomaning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, shuningdek, abonentning arizasiga koʻra xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki shartnomada belgilangan darajadagi sifatga ega xizmatlar koʻrsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitob qilish;
g) abonentning joriy holati, shu jumladan, maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi toʻgʻrisida batafsil axborotni taqdim etish;
d) xalqaro trafik noqonuniy oʻtkazish, shu jumladan, GSM, IP yoki SMS-shlyuzlardan, jumladan, tarmoqda maxsus apparat-dasturiy vositalarini oʻrnatish yoʻli bilan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish choralarini koʻrish.
303. Operatorlarga (provayderlarga) xizmatlarga ulanish uchun ariza kelib tushganda quyidagi muddatlarda ish koʻrishi kerak:
texnik imkoniyatni oʻrganish va texnik imkoniyat boʻlmagan taqdirda ariza beruvchiga asoslangan rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan javobini berish 7 kundan oshmasligi kerak;
texnik imkoniyat boʻlganda shartnoma tuzilgangan kundan boshlab 10 ish kunida ulanishni amalga oshirish;
texnik imkoniyat boʻlmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalarini ariza beruvchining hisobidan oʻtkazilishini hisobga olgan holda pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab 180 kungacha boʻlishi kerak.
Operator (provayder) abonentni haq toʻlash evaziga qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatishga yoki maʼlum bir xizmatni koʻrsatish uchun boshqa xizmatlarni olishga majburlashga, shuningdek, abonentdan koʻrsatilmagan xizmatlar uchun toʻlov undirishga haqli emas.
5-§. Eshittiruvchilar, operatorlar va provayderlarning televideniye xizmatlarini koʻrsatishdagi majburiyatlari
304. Eshittiruvchi amalga oshiradigan faoliyati turiga koʻra quyidagilarga majbur:
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari, mualliflik shartnomalari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida amalga oshirish;
chet el ommaviy axborot vositalarining dasturlari yoki mahsulotlarini tegishli qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablari asosida tarqatish;
(304-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
efirga chiqishda, uzluksiz eshittirishlarda esa, bir kecha-kunduzda kamida toʻrt marta teng taqsimlagan holda oʻz nomini eʼlon qilish;
har haftalik televideniye dasturlari toʻgʻrisidagi axborotni davriy bosma nashrlarda va Internet tarmogʻida eʼlon qilish yoʻli bilan abonentlarga yetkazish.
305. Televideniye xizmatlarini koʻrsatishda operator quyidagilarga majbur:
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlari, mualliflik shartnomalari, shuningdek, mazkur Qoidalar asosida amalga oshirish;
(305-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
eshittiruvchining televideniye dasturlarini oʻzgartirish va qoʻshimchalarsiz translyatsiya qilish;
televideniye tarmogʻining texnik holatini mazkur tizimlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq tarzda saqlash;
koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini amaldagi standartlarga muvofiq taʼminlash.
306. Televideniye xizmatlarini koʻrsatishda provayder quyidagilarga majbur:
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
(306-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
televideniye dasturlarining oʻzgartirish va qoʻshimchalarsiz uzatilishini taʼminlash;
uy yoki xonadon ichidagi televideniye tarmoqlarining texnik holatini mazkur tizimlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq saqlash;
koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini amaldagi standartlarga muvofiq taʼminlash.
6-§. Provayderlarning taksofon xizmatini koʻrsatishdagi majburiyatlari
307. Taksofon xizmatini koʻrsatishda provayderlar quyidagilarga majbur:
oʻz faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
(307-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish uchun operatorga toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish;
operatorning ish sifatini pasaytirishga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarini shikastlantirishga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik;
foydalanuvchining taksofon orqali sifatli telefon aloqa xizmatlaridan foydalanishini taʼminlash;
taksofonlar, kabinalar va yarim kabinalar soz holatda saqlanishini taʼminlash;
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi axborotni foydalanuvchilarga taqdim etish;
foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan (savdo tarmogʻi, aloqa boʻlimi va hokazo) joylarda maxsus jeton yoki toʻlov kartalari sotilishini taʼminlash;
foydalanuvchilarning shikoyatlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish.
(307-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
IV BOʻLIM. ABONENTLAR VA FOYDALANUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
1-bob. Abonentlar va foydalanuvchilarning huquqlari
1-§. Abonentlar va foydalanuvchilarning umumiy huquqlari
308. Jismoniy yoki yuridik shaxs telekommunikatsiya operatori yoki provayderi bilan shartnoma tuzishdan oldin operator yoki provayderdan:
taqdim etiladigan asosiy va qoʻshimcha telekommunikatsiya xizmatlari roʻyxati;
taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxi va tariflar;
aloqani va abonentning telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalana olishni tashkil qilish usullari;
ulanish va xizmat koʻrsatish tartibi;
telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish qoidalari;
kafolatlangan xizmat koʻrsatish darajasi, sifat darajasi, operator (provayder) serverida abonent axborotining himoyalanganligini taʼminlashning kafolatlangan darajasi va boshqa maʼlumotlarni, axborotlarni olishga haqli.
309. Abonentlar va foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
a) umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻidagi xizmatlardan foydalanish uchun operator va provayderlar bilan shartnomalar tuzish;
b) oʻz abonent qurilmasini ushbu Qoidalar va qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda tarmoqqa ulash;
(309-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
v) operatordan (provayderdan) ushbu Qoidalarda belgilangan majburiyatlarini, shuningdek, uning telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini taqdim etish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarini bajarishini hamda oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishini talab qilish;
g) shartnomada koʻzda tutilgan telekommunikatsiya xizmatlaridan amaldagi tariflarga, xizmatlarning tavsifi va xizmatlar sifatiga muvofiq, shuningdek, operator (provayder) tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha xizmatlardan foydalanish;
d) operatordan (provayderdan) telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun shartnomada belgilangan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish;
e) operator (provayder) tomonidan shartnomada kelishilgan shartlar buzilgan holda telekommunikatsiya xizmatlaridan voz kechish va operator (provayder) bilan shartnomani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish;
(309-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
j) telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega boʻlgan xizmatlar koʻrsatilmasligi natijasida operator (provayder) tomonidan yetkazilgan zarar oʻrnining qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish, ustidan shikoyat qilish, hamda maʼnaviy zarar oʻrnining toʻldirilishini talab qilish;
(309-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
z) abonent va foydalanuvchilar operator (provayder) tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilganda, agar shartnomani oʻz vaqtida bajarish boshlanmagan yoki ishlar (xizmatlar) shartnomada belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon boʻlganda, shuningdek, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar sifati shartnoma shartlarida belgilanganidan past darajada boʻlganda, kamchiliklarini bepul bartaraf etish, operator (provayder) bilan kelishuv boʻyicha telekommunikatsiya tarmogʻi xizmati koʻrsatilishi mumkin boʻlgan yangi muddatni belgilash, telekommunikatsiya tarmogʻi xizmatining narxini qayta hisoblashni talab qilish;
i) qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar taqdim etilgandan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi, shuningdek, shartnomaga tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
(309-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
k) shartnomada koʻzda tutilmagan va abonent yoki foydalanuvchi tomonidan talab qilinmagan telekommunikatsiya xizmatlari uchun haq toʻlashni rad etish;
l) favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek, shartnomada koʻzda tutilgan hollarda telekommunikatsiya xizmatlaridan bepul foydalanish;
m) unga roziligisiz taqdim etilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʻlovni toʻlashni rad etish;
n) operator (provayder) tomonidan taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari boʻyicha arizalar, takliflar va eʼtirozlar bilan operatorga (provayderga) murojaat etish;
o) mobil ilovada roʻyxatdan oʻtgan holda operator (provayder) bilan oʻzaro munosabat oʻrnatish;
p) agar telekommunikatsiya xizmatini koʻrsatish muddatlariga rioya qilmaslikka yengib boʻlmaydigan kuch sabab boʻlgan boʻlsa, operator (provayder) bilan kelishib telekommunikatsiya xizmatini bajarishning yangi muddatini belgilash, bu haqda telekommunikatsiya xizmatini bajarish uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar abonentga yoki foydalanuvchiga xabar qilinadi;
r) ularning huquqlari buzilganda vakolatlangan davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
s) belgilangan tartibda operatorning (provayderning) rasmiy veb-saytlarida roʻyxatdan oʻtish va taqdim etilayotgan interaktiv xizmatlardan foydalanish.
310. Axborot-maʼlumot xizmatlarini yoki maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish jarayonida kamchiliklar aniqlanganda abonentlar va foydalanuvchilar oʻz tanlovi boʻyicha quyidagilarni talab qilishga haqli:
axborot-maʼlumot xizmatlari va maʼlumot xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;
telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada boʻlmagan sifatli telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlar oʻrnini toʻldirish, maʼnaviy zararlarning kompensatsiya qilish.
311. Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
a) jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalana olish;
b) jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatilishiga;
v) jamoat foydalanish joyining internet-provayderi tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar sifatining yomonlashishiga yoki boshqa oqibatlarga olib keladigan katta kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan holda foydalanuvchi oʻz xohishi bilan quyidagilarni talab qilishga haqli:
kamchiliklarni bepul bartaraf etish;
taqdim etilgan xizmatlarning narxini mos ravishda kamaytirish;
xizmatlarni takroran taqdim etish;
shartnomani bekor qilish;
ular huquqlari buzilgan holda vakolatlangan davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.
312. Foydalanuvchi jamoat foydalanish joyining internet-provayderidan quyidagi axborotni olish huquqiga ega:
jamoat foydalanish joyining firma nomi;
jamoat foydalanish joyining joylashgan joyi (yuridik manzili);
jamoat foydalanish joyining ish rejimi;
taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxati;
taqdim etiladigan xizmatlar narxi, tariflar;
xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha boshqa axborotni.
Abonent va foydalanuvchi qonunchilik hujjatlarida va ushbu Qoidalarda belgilangan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(312-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Telefon aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilarining huquqlari
313. Telefon aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
abonentning aybisiz aloqa boʻlmagan davrda taʼmirlash byurosida uning talabnomasi mavjud boʻlganida, shuningdek, foydalanuvchining arizasisiz qoʻshimcha pullik xizmatlar va boshqalar taqdim qilinganda telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlovlarni qayta hisoblashni yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablagʻlarining qaytarilishini talab qilish;
mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay toʻlov tizimidan foydalangan holda toʻlangan davr uchun hisob taqdim etilganda alohida toʻlov evaziga boʻlib oʻtgan telefon bogʻlanishlar rasshifrovkasini (hisobning batafsil tavsifini) talab qilish.
314. Telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish muddatlari buzilganda abonent oʻz tanloviga koʻra:
telekommunikatsiya operatoriga shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish kerakligi davomida yangi muddatni tayinlash va ushbu xizmatning narxini pasaytirishni talab qilish;
shartnomani bekor qilish va zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.
315. Agar telekommunikatsiya operatori telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish jarayonida kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, abonent oʻz xohishiga koʻra:
telefon aloqasi xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;
telefon aloqasi xizmatlarini qayta taqdim etish;
xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxlarini kamaytirish;
yetkazilgan zararlarni qoplash bilan shartnomani bekor qilish.
3-§. Telegraf aloqa xizmatlari foydalanuvchilarining huquqlari
316. Foydalanuvchi aloqa korxonasining ishlash tartibi, koʻrsatilayotgan xizmatlar, telegrammalarning oʻtish muddatlari, telegraf aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari va ushbu xizmatlar uchun tariflar boʻyicha kerakli va ishonchli axborotni talab qilishga haqli.
4-§. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari foydalanuvchilarining huquqlari
317. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlari foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
taksofonlarni ekspluatatsiya qiluvchi operatorni (provayderni) taksofonlarning sifatsiz ishlashi, kabina va yarim kabinalarning qoniqarsiz holati toʻgʻrisida arz qilish;
taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini taqdim etish bilan bogʻliq takliflar va daʼvolar bilan operatorga (provayderga) murojaat qilish;
operatorning (provayderning) aybi bilan telefon aloqa xizmatlari koʻrsatilmaganligi yoki sifatsiz koʻrsatilganligi natijasida keltirilgan zarar oʻrnini qoplanishini talab qilish.
5-§. Mobil aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilarining huquqlari
318. Mobil aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
barcha xizmatlar turlari boʻyicha batafsil hisobni barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va abonent raqamlarini koʻrsatgan holda abonent raqamidan foydalangan bir yilgacha davr uchun operator (provayder) tomonidan belgilangan tartib va shartlarda olish. Ushbu axborotni taqdim etishning kattaroq muddati va shartlari shartnomada belgilanishi mumkin;
ushbu Qoidalar va shartnomalar shartlariga rioya qilgan holda, shuningdek, muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va h.k.) amal qiladigan alohida farmoyishlar va qoidalarni hamda toʻsqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilgʻini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini oʻtkazish joylarida va h.k.) cheklanishlarni hisobga olgan holda, texnik talablarga mos boʻlgan abonent qurilmasidan foydalanish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda operator (provayder) tarmoqlarida abonent raqamini koʻchib oʻtish xizmatidan foydalanishi.
(318-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-bob. Abonentlar va foydalanuvchilarning majburiyatlari
1-§. Abonentlar va foydalanuvchilarning umumiy majburiyatlari
319. Abonentlar va foydalanuvchilar quyidagilarga majbur:
a) operator (provayder) bilan tuzilgan shartnoma shartlariga rioya qilish;
b) unga tegishli boʻlgan abonent qurilmasi yordamida koʻrsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari uchun shartnomada belgilangan muddatlarda va toʻliq hajmda toʻlovni toʻlash;
v) telekommunikatsiya tarmogʻidan davlat siri boʻlgan maʼlumotlarni yoki qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni uzatish uchun foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
g) telekommmunikatsiya tarmogʻi orqali Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga daʼvat etishga, urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek, pornografiyani targʻib qilishga qaratilgan axborotni va tarqatilishi qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotni tarqatmaslik;
(319-bandning “v” va “g” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
d) telekommunikatsiya tarmogʻi yordamida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatmaslik;
e) qonunchilik hujjatlariga asosan telekommunikatsiya tarmogʻi orqali tarqatilishi taqiqlangan axborotlardan tijorat yoki notijorat maqsadlarda tarqatish uchun foydalanmaslik;
(319-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
j) telekommunikatsiya tarmoqlari ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik;
z) operatorni (provayderni) oʻzining abonent qurilmasi, tarmogʻi va dasturiy taʼminotidagi barcha nosozliklar yoki oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabardor qilish;
i) oʻz xonalarida joylashgan abonent tarmogʻi va abonent qurilmasini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilish;
k) maʼlumotlar bazalaridan ruxsatsiz foydalanmaslik va operatorning (provayderning) dasturiy vositalarini oʻzgartirmaslik;
l) operatorga (provayderga) yetkazilgan zararni qonunchilik hujjatlariga muvofiq qoplash;
(319-bandning “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
m) tarkibida kompyuter viruslari yoki tarmoq uchun zarar yetkazishi mumkin boʻlgan axborotni yoki dasturiy taʼminotni eʼlon qilmaslik yoki uzatmaslik;
n) kompyuter axborotidan, yaʼni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi axborotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanmaslik;
o) telekommunikatsiya tarmogʻida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk obyekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik;
p) televideniye tarmoqlarida boshqa shaxslarning beriladigan signalga ulanish holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
r) operator (provayder) vakillariga ularni tekshirish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun telekommunikatsiya inshootlari va qurilmalari joylashgan hududlarga kirishni taʼminlash.
320. Abonent va foydalanuvchiga qonunchilik hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(320-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
2-§. Telefon aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilarining majburiyatlari
321. Telefon aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilari quyidagilarga majbur:
operator (provayder) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan koʻchish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining oʻzgarishi, telefon aloqasi xizmatlariga toʻlash va koʻrsatish boʻyicha imtiyozlarni olish yoki yoʻqotgan hollarda bir oy muddat ichida operator (provayder) bilan shartnomani qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish;
abonent liniyasini va qurilmasini oʻz uyida yaxshi holatda saqlash.
Yakka tartibda foydalanadigan telefonga ega abonent, shuningdek, tashkilotlar (shu jumladan, mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, chet el vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar)dagi telefon egalari ularning telefonlaridan amalga oshirilgan mahalliy va xalqaro telefon bogʻlanishlarga haq toʻlash uchun javobgar boʻladi.
3-§. Telegraf aloqa xizmatlari foydalanuvchilarining majburiyatlari
322. Telegraf aloqa xizmatlari foydalanuvchilari quyidagilarga majbur:
taksofondan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq foydalanish, taksofonlar, kabinalar yoki yarim kabinalarning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
taqdim etilgan soʻzlashuv toʻlovi uchun taksofonlarning ushbu tipi uchun moʻljallangan naqd pul va naqd pulsiz toʻlov vositalaridan (maxsus jeton, toʻlov kartasi) foydalanish.
4-§. Maʼlumot uzatish xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilarining majburiyatlari
323. Maʼlumot uzatish xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilari quyidagilarga majbur:
telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga oʻxshash apparat-dasturiy vositalardan foydalanish niyati boʻlganda, bu haqda operatorni (provayderni) ogohlantirish;
maʼlumotlar uzatish tarmogʻidan xalqaro trafikni noqonuniy oʻtkazish maqsadida foydalanmaslik, shu jumladan, GSM va IP-shlyuzlar orqali.
5-§. Mobil aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilarining majburiyatlari
324. Mobil aloqa xizmatlari abonentlari va foydalanuvchilari quyidagilarga majbur:
a) SIM-karta yoki abonent qurilmasi (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun va eSIM) yoʻqolganligi toʻgʻrisida operatorning (provayderning) Call-markaziga zudlik bilan qoʻngʻiroq qilib xabar qilish, keyinchalik operatorga (provayderga) yoki diler orqali yozma arizani taqdim qilgan holda. Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan holda u yoʻqotilgan SIM-karta yoki abonent qurilmasidan (SIM-kartadan foydalanish koʻzda tutilmagan mobil aloqa standartlari uchun va eSIM) foydalangan holda olingan operator (provayder) tomonidan koʻrsatilgan mobil aloqa xizmatlariga toʻlov boʻyicha operator (provayder) abonentning ular yoʻqolganligi va xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish istagi toʻgʻrisidagi arizasini olgan vaqtigacha majburiyatga ega, agar xabar qilishning abonent uchun qulay boʻlgan boshqa usuli operator (provayder) tomonidan koʻzda tutilmagan boʻlsa;
b) maʼlumotlar oʻzgargani haqida operatorga (provayderga) 15 kun ichida xabar berish:
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi boʻyicha yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi va pasport maʼlumotlari haqiqiy pasportni koʻrsatish yoʻli bilan;
yuridik shaxs uchun — nomi (firma nomi), yuridik manzili oʻzgarganligi, shuningdek, yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisida xabar qilish;
v) mobil aloqa xizmatlari koʻrsatish shartnomasini tuzayotganda ushbu operator (provayder) bilan avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha aktiv raqamlarning mavjudligi toʻgʻrisida xabar qilish;
g) mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlarining toʻplamlari uchun operator (provayder) tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq maxsus tariflar (tarif rejalari)dan maqsadli foydalanishni taʼminlash;
d) olingan abonent raqamidan GSM, IP yoki SMS shlyuzlarda yoki analog uskunalarda foydalanish yoki telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish yoki ommaviy SMS joʻnatmalar uchun foydalanish istagi boʻlganda, buni oldindan operator (provayder) bilan kelishish;
e) shartnoma tuzishda olinadigan raqam (SIM-karta) birga foydalaniladigan abonent qurilmasining asosiy turlari (uyali telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn toʻlov terminallari, GSM, IP yoki SMS shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlari)ni koʻrsatish;
j) abonent raqamidan shaxsiy maqsadlarda yoki ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun) foydalanish, spamga, firibgarlikka, operator (provayder) bilan oldindan kelishmasdan ommaviy SMS-joʻnatmalarga, shuningdek, boshqa noqonuniy foydalanishga yoʻl qoʻymaslik;
z) abonent raqamidan xalqaro trafikni noqonuniy oʻtkazish uchun foydalanmaslik, shu jumladan, GSM va IP shlyuzlardan foydalanib.
i) oʻrnatilgan himoya tizimlarini chetlab oʻtgan holda telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanish hamda xalqaro trafikni oʻtkazish maqsadida telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanmaslik, shuningdek, mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) saqlash va ularning faoliyatiga yoʻl qoʻymaslik;
k) abonent raqami koʻchib oʻtgan taqdirda, donor bilan tuzilgan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi boʻyicha mobil aloqa tarmogʻi xizmatlari uchun mavjud qarzni toʻlashi.
V BOʻLIM. KOʻRSATILGAN TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI UCHUN HISOB-KITOBLAR VA TOʻLOVLAR
325. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi va tartibga solinadi.
(325-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
326. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun telekommunikatsiya xizmatlariga haq toʻlash va telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalanishni taqdim etish boʻyicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.
(326-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
327. Telekommunikatsiya xizmatlariga haq toʻlash shakli va tartibi taraflar oʻrtasida tuziladigan telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni bu xizmatlarni koʻrsatgan operator (provayder, eshittiruvchi) yoki shartnoma asosida ular tomonidan vakolatlangan shaxs olib boradi.
328. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflarni belgilash, hisob-kitoblar va barcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida amalga oshiriladi.
Koʻrsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirishda xorijiy valyutadan, shuningdek, xorijiy valyutadagi toʻlov hujjatlaridan foydalanishga qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda, tartib va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
(328-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
329. Hisob-kitoblar shakli va tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, operatorning (provayderning) texnologik imkoniyatlardan kelib chiqib abonent bilan kelishilgan holda operator (provayder) tomonidan belgilanadi hamda shartnomada aks ettiriladi va hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
(329-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
330. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilaniladi.
(330-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
331. Telekommunikatsiya xizmatlariga tariflar ayrim xizmatlar yoki xizmatlarning toʻplamiga tariflar (tarif rejalari) koʻrinishida belgilanishi mumkin.
Tarif rejasida sutkaning turli vaqtlari, hafta kunlari, dam olish, bayram (ishlanmaydigan) va boshqa kunlar boʻyicha, shuningdek, koʻrsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining toʻplami va hajmi boʻyicha differensiyalangan tariflar belgilanishi mumkin.
Operator va provayderlarning belgilangan talablari boʻyicha telekommunikatsiyaning ayrim xizmatlari yoki xizmatlarining toʻplamlari uchun (masalan, USB-modemlar, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn toʻlov terminallari, GSM, IP yoki SMS shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlarida foydalanish uchun, shuningdek, muayyan toifalardagi shaxslarga taqdim etiladigan) maxsus tariflar (tarif rejalari) belgilanishi mumkin.
332. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar va tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning quyidagi turlari qoʻllanishi mumkin:
abonentlik, bunda muayyan davr (hisob-kitob davri) uchun abonentning toʻlov miqdori haqiqatda olingan telekommunikatsiya xizmatlarining hajmiga bogʻliq boʻlmagan doimiy kattalik hisoblanadi;
vaqtbay, bunda abonentning toʻlov miqdori hisob-kitob davri davomida taqdim etilgan abonentning tashabbusi bilan amalga oshirilgan ulanishlar davomiyligining summasiga bogʻliq boʻladi;
har bir koʻrsatilgan telekommunikatsiya xizmati uchun, bunda toʻlov miqdori amalda koʻrsatilgan xizmat uchun aniqlanadi.
Tarif rejalarini shakllantirishda tarifikatsiyaning bir nechta turlarini birga qoʻshishga yoʻl qoʻyiladi.
333. Operator, provayder koʻrsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitob davrini mustaqil belgilaydi.
334. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʻlov naqd pul va naqd boʻlmagan toʻlovlar orqali amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʻlov quyidagicha amalga oshiriladi:
xizmatlar koʻrsatilganidan keyin toʻlov toʻlash;
xizmatlar koʻrsatilishidan oldin toʻlov toʻlash;
shartnomada belgilangan yoki hisobda koʻrsatilgan hisob-kitob davri muddatiga kechiktirilgan toʻlov toʻlash yoʻli bilan.
Abonent oʻz xohishiga koʻra, 12 oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun telekommunikatsiya xizmatlari uchun abonentlik toʻlovlarini oldindan toʻlab qoʻyishi mumkin va bunda tarif oʻzgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.
335. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitob va toʻlovlar xizmatlar koʻrsatish vaqtida amalda boʻlgan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Tariflarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axborot operator (provayder) tomonidan ommaviy axborot vositalarida, oʻzining rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali kamida oʻn besh kun oldindan eʼlon qilinishi lozim, ushbu muddatdan soʻng abonent toʻlovi oʻzgartirilgan tariflarga muvofiq hisoblanadi.
336. Operator (provayder, eshittiruvchi) va abonent oʻrtasida toʻlovni undirish boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
Begona shaxslar tomonidan telekommunikatsiya tarmogʻiga ruxsatsiz ulanish va foydalanish natijasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklarda bajarilgan soʻzlashuvlarning kimga tegishliligi belgilangan tartibda tekshirilishi (aniqlanishi) kerak. Tekshiruv natijalaridan rozi boʻlmagan abonent sudga murojaat qilish huquqiga ega.
337. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʻlovlar naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda amalga oshirilishi mumkin.
338. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun toʻlovlar qabul qilinishini operator, provayder, eshittiruvchi, diler mustaqil ravishda yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat olib boradigan toʻlov agentlari orqali tashkil qilishi mumkin.
(338-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
339. Shartnoma bekor qilingan hollarda abonent avans sifatida kiritilgan pul mablagʻlarini qaytarish uchun operatorga (provayderga, eshittiruvchiga) murojaat qilish huquqiga ega. Bunday holda operator (provayder, eshittiruvchi) oʻn besh kun muddat ichida pul mablagʻlarining foydalanilmagan qoldigʻini qaytarishga majbur.
340. Telefonlashtirilgan turar joyga nisbatan egalik qilish huquqi belgilangan tartibda ushbu doimiy yashash joyi boʻyicha yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinmagan shaxslarga oʻtganda shartnoma tuzilgan holda foydalana olish taqdim etilganligi uchun toʻlovlar qoʻllaniladi.
341. Mahalliy telefon bogʻlanishlar xizmatlari uchun abonent toʻlov tizimini yoki xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimini qoʻllagan holda toʻlanadi.
Mahalliy telefon bogʻlanishlarni vaqtbay hisobga olish texnik imkoniyati boʻlmaganda xizmatlar uchun abonent toʻlov tizimidan foydalaniladi.
Mahalliy telefon bogʻlanishlarni vaqtbay hisobga olinishini taʼminlash texnik vositalarining tayyor boʻlishiga qarab xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimi kiritiladi.
Vaqtbay toʻlov tizimida telefondan foydalanganlik uchun toʻlov miqdori telefon bogʻlanishlarning maʼlum davomiyligi uchun belgilangan qayd qilingan kattalikdan va qayd qilingan kattalikdan tashqari telefon bogʻlanishning davomiyligiga bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan kattalikdan tashkil topadi.
342. Avtomatik mahalliy, xalqaro telefon aloqadan foydalanganlik uchun xizmatlarga toʻlov vaqtbay toʻlov tizimida abonent tomonidan faqat unga tegishli boʻlgan abonent qurilmasidan chiqadigan telefon bogʻlanishlar uchun toʻlanadi, bundan chaqirilayotgan abonent yoki operatorning (provayderning) hisobidan koʻrsatiladigan xizmatlar mustasno.
343. Operator-telefonist yoki avtomatik usul bilan taqdim etilgan xalqaro telefon bogʻlanishlarga telefon bogʻlanishning davomiyligiga bogʻliq holda amaldagi tariflar boʻyicha toʻlov toʻlanadi.
344. Mahalliy (xizmatlarga vaqtbay toʻlov tizimida), xalqaro telefon bogʻlanishda telefon bogʻlanishlarining davomiyligini hisobga olish operator tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq yuritiladi.
345. Mahalliy va xalqaro telefon bogʻlanishlarining tarifikatsiya birligi miqdori va toʻliq boʻlmagan tarifikatsiya birligini toʻlash tartibi foydalanilayotgan kommutatsion texnikaning texnik imkoniyatlariga bogʻliq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi bir daqiqadan koʻp boʻlmasligi kerak.
346. Avtomatik mahalliy (xizmatlarga vaqtbay toʻlov tizimida), shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanishdan foydalanganda telefon bogʻlanishining davomiyligi istalgan shaxs yoki abonent qurilmasining javob berish paytidan chaqirayotgan yoki chaqirilayotgan shaxs yoki abonent qurilmasining “otboy” vaqtigacha hisoblanadi.
347. Javob signali chaqirilayotgan shaxsning javobiga tenglashtiriladigan va telefon bogʻlanishining davomiyligini hisoblash boshi boʻlib xizmat qiladigan abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
maʼlumotlar uzatish apparaturasi (modem va boshqalar);
faksimil apparati;
avtojavobbergich bilan taʼminlangan abonent qurilmasi;
raqamni avtomatik aniqlovchi telefon apparati;
abonent yoʻq boʻlganda uning oʻrniga javob beradigan va axborot bilan almashishni taʼminlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi.
348. Agar abonent liniyasi yoʻq boʻlgan abonentlar xizmatiga oʻtkazilgan yoki abonent boʻlmaganda uning oʻrniga foydalaniladigan (xabarlarni yozib oluvchi yoki maʼlumotlar bilan almashish uchun xizmat qiladigan) qurilma bilan ulanganda, bu xizmat yoki bu qurilmaga abonentning soʻroviga koʻra u uchun javob beradigan shaxs sifatida qaraladi. Bunday holda telefon bogʻlanish oʻrnatiladi va toʻlov hisoblanadi.
Abonent operatorning (provayderning) Call-markaziga qoʻngʻiroq qilganda oldindan yozib olingan ovozli xabarlar tizimini eshitish vaqti yoki avtoinformatorning audio xabarlari bogʻlanishning tarifikatsiyalanadigan davomiyligiga kiritilmaydi.
349. Konferensaloqa xizmatining davomiyligi barcha chaqirilayotgan shaxslar chaqirayotgan shaxs bilan telefon bogʻlanish oʻrnatilgandan keyin hisoblanadi, chaqirayotgan shaxsning “otboy” signali boshlanish paytidan tugaydi.
350. Bogʻlanish uchun buyurtma (operator-telefonist orqali) xalqaro telefon bogʻlanishlar taqdim etilganda toʻlanishi kerak boʻlgan telefon bogʻlanishining minimal davomiyligi belgilanadi. Bunda minimal davomiylikdan kam davom etgan telefon bogʻlanishiga minimal davomiylikdagi telefon bogʻlanishi sifatida toʻlov toʻlanadi.
Telefon bogʻlanishining koʻrsatilgan minimal davomiyligi bir daqiqadan oshmasligi kerak.
351. Mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimida), xalqaro telefon bogʻlanishi uchun toʻlov telefon bogʻlanishi oʻrnatilishidan boshlab joriy sutkada amal qiladigan tarif boʻyicha amalga oshiriladi.
352. Chaqirayotgan shaxs u tomonidan buyurtma berilgan oldinroq oʻrnatilgan shaharlararo yoki xalqaro telefon bogʻlanishni rad etganda, bunday telefon bogʻlanish taqdim etilgan vaqtda abonentdan bogʻlanishga buyurtma qilingan tarif boʻyicha soʻzlashuv daqiqasining narxi va telefon bogʻlanishi paytiga operator-telefonist tomonidan bajarilgan xizmatlarning toʻliq qiymati miqdorida toʻlov undiriladi.
353. Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish koʻrsatilgan manzil boʻyicha chaqirilayotgan shaxsning turmasligi sababli bildirishnoma bu shaxsga topshirilmaganligi yoki topshirish imkoniyati yoʻqligi sababli boʻlib oʻtmagan boʻlsa, chaqirilayotgan shaxsdan xizmat narxi miqdorida toʻlov undiriladi.
Agar chaqirilayotgan shaxs bilan bildirishnomali shaharlararo va xalqaro telefon bogʻlanish chaqirilayotgan yoki chaqirayotgan shaxsning soʻzlashuv punktiga kelmaganligi yoki chaqirilayotgan shaxsning koʻrsatilgan telefon raqami boʻyicha boʻlmaganligi sababli telefon bogʻlanishi uchun tayinlangan vaqtdan keyin bir soat ichida boʻlib oʻtmasa, toʻlov xizmatining narxi miqdorida undiriladi.
354. Agar chaqirayotgan shaxs xalqaro telefon bogʻlanishga buyurtma berayotganda chaqirilayotgan abonent qurilmasining notoʻgʻri abonent raqamini koʻrsatgan boʻlsa, u holda u ushbu buyurtma uchun amaldagi tariflar boʻyicha oʻrnatilgan telefon bogʻlanishining haqiqiy davomiyligiga haq toʻlaydi.
355. Avtomatik xizmat koʻrsatish tizimi boʻyicha taqdim etilgan mahalliy (xizmatlar uchun vaqtbay toʻlov tizimi) yoki xalqaro telefon bogʻlanishda abonentga hisobni taqdim etish uchun magnit tashuvchi (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan qiymatni hisoblash apparaturasining maʼlumotlari, operator-telefonist yordamida xalqaro telefon bogʻlanish taqdim etilganda — operator-telefonist tomonidan buyurtma blankiga kiritilgan yoki avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimining, shuningdek, elektron kommutatorlarning magnit tashuvchilari (magnit tasmalar, disklar)ga yozilgan maʼlumotlar asos boʻlib hisoblanadi.
356. Mahalliy shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari xizmatlari uchun toʻlovlar soʻzlashuv punktlarida bogʻlanish uchun buyurtma qilishda foydalanuvchi buyurtma qilinayotgan telefon soʻzlashuvining davomiyligi va buyurtmada koʻrsatilgan qoʻshimcha pulli xizmatlar uchun oldindan haq toʻlashi kerak. Kompyuter bilan jihozlangan soʻzlashuv punktida telefon orqali soʻzlashuvdan keyin toʻlovni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi.
Oldindan toʻlovni tasdiqlash uchun foydalanuvchiga majburiy tartibda buyurtma blankidan yirtib olinadigan talon beriladi. Mazkur talonda taqvim shtempelining yoki talonni bergan telekommunikatsiya operatori kassa apparatining izi boʻlishi kerak.
357. Agar soʻzlashuv buyurtmada koʻrsatilgan vaqtdan kam davom etsa yoki umuman boʻlib oʻtmagan boʻlsa, foydalanuvchiga pulning qolgan qismi yoki butun toʻlangan summa qaytariladi. Hisob-kitob qilish uchun foydalanuvchi yirtib olinadigan talonni qaytarishi kerak.
Pulning qolgan qismi berilganda yirtib olinadigan talon foydalanuvchidan olib qoʻyiladi va bu talon oʻrniga undan undirilgan summa uchun kvitansiya beriladi. Kvitansiya har bir soʻzlashuv uchun bepul beriladi.
358. Koʻrsatiladigan telegraf xizmatlariga haq toʻlash belgilangan tariflarga muvofiq amalga oshiriladi.
359. Taksofon orqali telefon aloqa xizmatiga haq toʻlash uchun maxsus jeton, toʻlov kartasi, tanga va milliy valyutaning tegishli kupyurasi ishlatiladi.
360. Taksofon orqali mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi xizmati uchun tariflar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(360-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
361. Taksofon orqali shaharlararo va xalqaro telefon aloqasining tarifikatsiya birligining oʻlchovi hamda tarifikatsiya birligining toʻliq boʻlmagan birligini toʻlash tartibi operator (provayder) tomonidan foydalaniladigan kommutatsiya texnikasining texnik imkoniyatlariga bogʻliq holda belgilanadi. Bunda tarifikatsiya birligi bir daqiqadan koʻp boʻlmasligi kerak.
362. Taksofon orqali telefon soʻzlashuvining davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent qurilmasining javobidan to chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonentning yoki abonent qurilmasining uzilishigacha hisoblanadi.
363. Chaqiriluvchi shaxsning javobiga tenglashtirilgan, javob signali telefon soʻzlashuvi davomiyligi hisobining boshlanishi boʻlgan abonent qurilmasiga quyidagilar kiradi:
maʼlumotlar uzatish apparaturasi (modem va boshqalar);
faksimil apparati;
avtojavob bergich bilan jihozlangan abonent qurilmasi;
chaqiriluvchi abonentga maxsus signalizatsiya tizimi yordamida telefon apparati trubkasining koʻtarilishini imitatsiya qilish vositasida chaqiruvchi abonent nomerini aniqlash imkonini beradigan maxsus qurilma bilan taʼminlangan telefon apparati;
abonent boʻlmaganda uning oʻrnini bosadigan va axborot almashinuvini taʼminlaydigan (yoki imitatsiya qiladigan) boshqa abonent qurilmasi.
364. Maʼlumotlar uzatish tarmogʻi operatori (provayderi) avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimlari yordamida abonentga koʻrsatilgan xizmatlar (maʼlumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek, abonent pul mablagʻlarining harakati va boshqalar) toʻgʻrisidagi axborot hisobini yuritadi.
365. Operator (provayder) shartnoma asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarga haq toʻlash toʻgʻrisida abonentga axborot taqdim etadi. Bunda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
operator (provayder) rekvizitlari va murojaat uchun telefon raqamlari;
hisob-kitob davri;
bajarilgan ishlar narxi;
taqdim etiladigan xizmatlar roʻyxati, har bir xizmat uchun hisob-kitob davri va ular uchun toʻlanadigan summa;
qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi (agar undirilsa);
umumiy toʻlanadigan summa;
hisob taqdim etilgan sana;
haq toʻlash muddati.
366. Operator (provayder) tomonidan abonentning hisobvaragʻi yuritilgan taqdirda, toʻlov toʻgʻrisida koʻrsatilgan axborot operator (provayder) va abonent oʻrtasidagi shartnoma shartlarining oʻzgarishlari bilan bogʻliq abonentning hisobvaragʻi boʻyicha balans tuzatishlarini, shuningdek, kelib tushgan va abonentning hisobvaragʻida aks ettirilgan oldingi hisob-kitob davridagi xizmatlar uchun abonentning toʻlovlari toʻgʻrisidagi axborotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
367. Mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligining tarifikatsiya birligi operator (provayder) tomonidan belgilanadi, ammo bir daqiqadan koʻp boʻlmasligi kerak.
Mobil aloqa tarmogʻida har bir internet sessiyani alohida hisobga olgan holda maʼlumotlar uzatish trafigining har bir yoʻnalishi boʻyicha uzatilgan va olingan maʼlumotlar hajmining tarifikatsiya birligi operator (provayder) tomonidan belgilanadi, ammo 16 Kb dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Boshqa operatorning (provayderning) mobil aloqa tarmogʻidagi har bir internet sessiyani alohida hisobga olgan holda roumingda Internet-trafikni yaxlitlash xalqaro rouming toʻgʻrisidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, ammo maʼlumotlar uzatish trafigining har bir yoʻnalishi boʻyicha tarifikatsiya birligi 16 Kb dan koʻp boʻlmasligi kerak.
368. Ulanishning davomiyligini hisobga olish operator (provayder) tomonidan qabul qilingan tarifikatsiya birligiga muvofiq olib boriladi.
369. Toʻlov miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan mobil aloqa tarmogʻi boʻyicha ulanish davomiyligi chaqiriluvchi abonent yoki abonent javob bergan deb tenglashtirilgan javob signali boʻlgan uskuna javob bergan sekunddan boshlab chaqiruvchi yoki chaqiriluvchi abonent yoki shu uskuna soʻzlashuvi tugagan vaqtgacha hisoblanadi.
Operator (provayder) tomonidan belgilangan minimal hisoblangan vaqt birliklarida hisoblangan ulanishlar davomiyligi toʻliq birlikkacha yaxlitlanadi.
Operator (provayder) tomonidan belgilangan trafik hajmining minimal hisob-kitob birliklarida hisoblangan ishlatilgan maʼlumotlar uzatish trafigining hajmi toʻliq birlikkacha yaxlitlanadi.
Operator (provayder, eshittiruvchi) ushbu Qoidalarga nisbatan abonent holatini yomonlashtirmaydigan mobil aloqa xizmatlari tarifikatsiyasi qoidalarini mustaqil belgilaydi.
370. Abonent tomonidan ushbu Qoidalarda belgilangan talablar, shuningdek, shartnoma shartlari buzilgan hollarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar operator (provayder) mobil aloqa xizmatlari koʻrsatilishini toʻxtatish huquqiga ega.
Bunda, mobil aloqa tarmogʻidan foydalana olish va abonent tomonidan favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyati saqlanadi.
371. Operator (provayder) tomonidan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻxtatilgandan keyin abonent shartnoma va qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan muddatda aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish huquqiga ega. Aniqlangan buzilishlar bartaraf etilgandan keyin mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tiklanadi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
372. Kreditga taqdim etilgan mobil aloqa xizmatlari uchun toʻlov muddatini operator (provayder) mustaqil belgilaydi.
373. Abonent raqamini koʻchirib oʻtish xizmatlari uchun toʻlov va retsipiyent bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzish abonent tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(373-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
374. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha imzolangan shartnoma asosida operatorga (provayderga) mobil aloqa xizmatlari toʻlovi amalga oshiriladi.
375. Har biri rezident hisoblangan mobil aloqa operatorlari (provayderlari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar qonunchilik hujjatlariga muvofiq milliy valyutada amalga oshiriladi.
(375-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
376. Mahalliy operatorning xizmat koʻrsatuvchi xorijiy operatorlar (rouming-sheriklar) bilan va tizim hosil qiluvchi rouming-sheriklar bilan hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga va xalqaro qoidalarga muvofiq bajariladi.
(376-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VI BOʻLIM. TELEKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARINI KOʻRSATISH SHARTNOMASI TOMONLARINING JAVOBGARLIGI
377. Operator (provayder) tuzilgan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish muddatlarini va shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlarini buzganligi uchun quyidagi hollarda abonent oldida javobgardir:
telekommunikatsiya tarmogʻidan foydalana olishni taʼminlash muddatlarining buzilishi;
shartnomada belgilangan telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish muddatlarining buzilishi;
shartnomada koʻrsatilgan va abonent tomonidan talab qilingan telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlarini koʻrsatmaganlik;
telekommunikatsiya xizmatlarini sifatsiz koʻrsatish;
telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq axborotning taqdim etilmaganligi, toʻliq taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi;
shartnomani bajarish natijasida operatorga (provayderga) maʼlum boʻlgan abonent toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tarqatilishini cheklash toʻgʻrisidagi talablarning buzilishi.
378. Majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik foydalanuvchining aybi bilan yoki yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida sodir etilgan boʻlsa, operator (provayder) abonent/foydalanuvchi oldida javobgar boʻlmaydi.
379. Telegraf xizmatida joʻnatuvchi tomonidan manzil notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli telegramma topshirilmagan boʻlsa, operator abonent/foydalanuvchi oldida javobgar boʻlmaydi.
380. Telekommunikatsiya tarmogʻida yuzaga kelgan nosozlik yoki shikastlanishlar shartnomada belgilangan muddatda bartaraf etilmagan taqdirda, operator (provayder, eshittiruvchi) abonentning talabiga koʻra shartnomada belgilangan miqdorda jarima (penya) toʻlaydi.
Operator (provayder, eshittiruvchi) tomonidan jarima (penya) toʻlanganligi ularni shartnoma boʻyicha zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
381. Ushbu Qoidalar va shartnomada koʻzda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(381-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
382. Tomonlar oʻz majburiyatlarini bajarmagan hollarda, telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini bekor qilish tartibi va shartlari abonent va operator (provayder, eshittiruvchi) oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.
383. Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq nizoli masalalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
(383-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
384. Agar mobil aloqa operatorining (provayderining) javobgarligi dilerning aybi bilan yuzaga kelgan boʻlsa, operator (provayder) dilerdan u bilan tuzilgan shartnomaga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
(384-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
385. Operator, provayder, Wi-Fi xizmati tashkilotchisi oʻz ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) boʻlmagan maʼlumotlar uzatish tarmogʻining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar boʻlmaydi.
386. Abonent oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi, shu jumladan, shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda xizmatlar uchun haq toʻlamaganligi uchun shartnomaga muvofiq javobgar boʻladi.
387. Operator (provayder, eshittiruvchi) qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa holatlarda ham javobgardir.
(387-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
388. Abonent tomonidan qilingan shikoyat yozma, ogʻzaki va/yoki elektron shaklda amalga oshiriladi, u operatorga (provayderga, eshittiruvchiga) kelib tushgan kun roʻyxatga olinishi kerak.
Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishni rad etish, shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarmaslik yoki lozim darajada bajarilmaslik bilan bogʻliq masalalar yuzasidan shikoyatlar telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatilgan, uni koʻrsatish rad etilgan yoki hisob taqdim etilgan kundan boshlab 6 oy ichida beriladi.
389. Yozma shaklda berilgan shikoyatga shartnoma nusxasi, shuningdek, koʻrib chiqilishi zarur boshqa hujjatlar ilova qilinadi, bu hujjatlarda shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yetkazilgan zarar qoplanishi toʻgʻrisida daʼvo qilingan holda — yetkazilgan zarar fakti va miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
VII BOʻLIM. YAKUNIY QOIDALAR
390. Mazkur Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(390-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
391. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Elektron texnologiyalarni rivojlantirish markazi bilan kelishilgan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari D. SAIDJANOV
2020-yil 25-iyun
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2020-yil 25-iyun
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N. SHARIPOV
2020-yil 25-iyun
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi A. XODJAYEV
2020-yil 25-iyun
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2020-yil 25-iyun
Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi boshligʻi O. XODJAKBAROV
2020-yil 25-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan 1996-yil 8-aprelda tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida telegraf aloqasi xizmati koʻrsatish qoidalari (roʻyxat raqami 233, 1996-yil 8-aprel).
2. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan 1996-yil 29-martda tasdiqlangan Shahar telefon tarmoqlarida qoʻriqlash signalizatsiyasi apparaturasini oʻrnatish va xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 244, 1996-yil 7-may).
3. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktori tomonidan 2000-yil 7-sentabrda 09-8/1853-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 968, 2000-yil 13-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 17-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 6-noyabrdagi 60-mh-son “Oʻzbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 968-1, 2013-yil 13-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 607-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 31-martdagi 105-mh-son “Oʻzbekiston uyali harakatdagi aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan rouming xizmatini tashkil qilish va koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3.7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 968-2, 2015-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 14-son, 173-modda).
6. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 130-modda).
7. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 26-oktabrdagi 346-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-1, 2004-yil 17-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 507-modda).
8. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 30-iyuldagi 8-yu-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-2, 2012-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 366-modda).
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 30-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1323-3, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 370-modda).
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 11-avgustdagi 85-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1323-4, 2014-yil 9-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 475-modda).
11. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 27-martdagi 101-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-5, 2015-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 162-modda).
12. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2017-yil 24-martdagi 150-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 71-bandini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-6, 2017-yil 3-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 235-modda).
13. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 27-maydagi 198-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-7, 2019-yil 11-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 10/19/1323-7/3267-son).
14. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 200-mh-son “Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323-8, 2019-yil 5-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/1323-8/3523-son)
15. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 23-iyuldagi 216-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1393, 2004-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 350-modda).
16. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 1-dekabrdagi 410-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1393-1, 2010-yil 13-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 50-son, 477-modda).
17. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 16-maydagi 23-mh-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1393-2, 2013-yil 22-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 21-son, 273-modda).
18. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2014-yil 19-martdagi 79-mh-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1393-3, 2014-yil 28-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 13-son, 150-modda).
19. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 21-maydagi 122-mh-son “Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1393-4, 2015-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 21-son, 276-modda).
20. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2004-yil 25-avgustdagi 284-son “Aloqa sohasida axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1412, 2004-yil 23-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 38-39-son, 429-modda).
21. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 13-iyundagi 31-mh-son “Aloqa sohasida axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1412-1, 2013-yil 21-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 332-modda).
22. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2015-yil 27-martdagi 102-mh-son “Aloqa sohasida axborot-maʼlumot xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida nizomning 14-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1412-2, 2015-yil 30-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 13-son, 163-modda).
23. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2004-yil 29-oktabrdagi 01-1026, 350-son “Oʻzbekiston Respublikasida kabel, efir-kabel televideniyesi toʻgʻrisida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1420, 2004-yil 30-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 44-son, 463-modda).
24. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2009-yil 4-yanvardagi 2-son “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1900, 2009-yil 6-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 67-modda).
25. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2010-yil 3-avgustdagi 290-son “Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2140, 2010-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 310-modda).
26. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 201-mh-son “Taksofon orqali telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining 9-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2140-1, 2019-yil 5-avgust).
27. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2018-yil 21-maydagi 173-son “Maʼlumotlarni uzatish tarmogʻi, shu jumladan Internet xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3038, 2018-yil 10-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 10/18/3038/1490-son).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3275/1194-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)