Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining
buyrugʻi
UMUMIY FOYDALANIShDAGI TELEKOMMUNIKATSIYALAR TARMOGʻIDA TELEFON ALOQA XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1323-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2020-yil 30-iyundagi 208-mh-sonli “Telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3275, 30.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 219-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2003-yil 19-dekabrdagi 359-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1323, 2004-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 11-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmogʻida telefon aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Bosh direktor X. MIRZAXIDOV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-iyul,
8-yu-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 31-son, 366-modda)