Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19, 56-moddalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-41-son

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 15-avgustdagi 2017-41-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19, 56-moddalariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi PF-5116-sonli “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (bundan buyon matnda shaxsiy kabinet deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan axborot resursi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 3-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilar — Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetni aktivlashtirish — soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishga oʻtish;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetni amal qilishini toʻxtatib turish — soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishdan voz kechish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona identifikatsiya qilish tizimi — jismoniy va yuridik shaxslarni haqiqiy identifikatsiya qilishni, shuningdek idoralararo elektron hamkorlikda mansabdor shaxslarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalaridan ruxsat olib foydalana olishlarini taʼminlovchi davlat axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaxsiy kabinetni qoʻllash quyidagi maqsadlarga qaratilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishida zamonaviy axborot-texnologiyalaridan keng foydalanish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 3-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotsiz xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarga davlat xizmatlaridan foydalanishida qulayliklar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda hujjatlar aylanish mexanizmini soddalashtirish va tezkorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq maʼmuriyatchiligi sifati va samaradorligini yanada yaxshilashni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq toʻlovchida shaxsiy kabinet mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq toʻlovchi va davlat soliq xizmati organi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetini shakllantirish va undan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxsiy kabinet jismoniy shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs soliq toʻlovchi sifatida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida avtomatik rejimida shakllantiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy kabinet soliq toʻlovchilar toifalari (jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxslar) uchun alohida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishidan yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq toʻlovchi faqat bitta shaxsiy kabinetga ega boʻlishi mumkin. Soliq toʻlovchini hisobga olish joyidan qatʼi nazar, uning davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlari bitta shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq toʻlovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Bunda davlat soliq xizmati organlari hamda soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shaxsiy kabinetni aktivlashtirish yoki amal qilishini toʻxtatib turish uchun soliq toʻlovchi tomonidan tegishlicha ushbu Nizomning 1, 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shakl boʻyicha bevosita hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza taqdim etilgan kundan boshlab shaxsiy kabinet aktivlashtiriladi (amal qilishi toʻxtatib turiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti aktivlashtirilganidan keyin to uning amal qilishi toʻxtatib turilguniga qadar davlat soliq xizmati organlari barcha hujjatlarni soliq toʻlovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq toʻlovchi hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shaxsiy kabinetga kirish soliq toʻlovchining elektron raqamli imzosi qoʻllanilgan holda yagona identifikatsiya qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi jismoniy shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi kaliti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish uchun — yuridik shaxs vakilining elektron raqamli imzosi kaliti talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agar jismoniy shaxs davlat soliq xizmati organlarida yuridik shaxsning rahbari sifatida hisobda turgan boʻlsa, ushbu jismoniy shaxs oʻz elektron raqamli imzosi kaliti bilan yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq toʻlovchi shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat soliq xizmati organiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni), shu jumladan davlat soliq xizmati organlariga murojaatlarni yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilar tomonidan shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliq toʻlovchilar tomonidan hujjatlar davlat soliq xizmati organlariga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — joʻnatilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliq toʻlovchilar elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga qogʻoz shaklida yuborish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shaxsiy kabinetga yangi hujjat kelib tushganda soliq toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan mobil telefoni raqamiga avtomat tarzda SMS xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq toʻlovchi oʻz shaxsiy kabinetida saqlanadigan elektron hujjatlarni koʻrishi, kompyuteriga yuklab olishi va chop etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliq toʻlovchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat soliq xizmati organlari shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliq toʻlovchiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq toʻlovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani;
(16-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq toʻlovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa texnikasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini;
(16-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2026-yil 31-martdagi 2026-13-sonli qarori (roʻyxat raqami 3812, 11.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa hujjatlarni (maʼlumotlarni), shu jumladan soliq toʻlovchilarni davlat soliq xizmati organlariga qilgan murojaatlariga javob xatlarini yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchilarga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat soliq xizmati organlari elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni soliq toʻlovchilarga qogʻoz shaklida yuborish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan elektron hujjatlar soliq toʻlovchi tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soliq toʻlovchida shaxsiy kabinet mavjud boʻlmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib topshirilishi mumkin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq toʻlovchiga elektron hujjatlar yuborilgan kuni soliq toʻlovchi tomonidan shaxsiy kabinetning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda yoki soliq toʻlovchining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan boʻlsa, mazkur hujjatlar soliq toʻlovchiga uch ish kuni ichida qogʻoz koʻrinishida joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shaxsiy kabinet orqali qabul qilib olingan va yuborilgan elektron hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda saqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat soliq xizmati organlari oʻz vakolati doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetni oʻz vaqtida shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz dasturiy-texnik vositalarini qoʻllagan holda shaxsiy kabinetni samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarga shaxsiy kabinetdan foydalanish borasida tushuntirishlar berish, mazkur masalada qoʻllanmalar tayyorlash va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetning axborot xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinetdagi maʼlumotlarning dolzarbligini taʼminlash maqsadida ularni bir ish kunida bir marta yangilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchi tomonidan yuborilgan elektron hujjatlarni belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqish uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) va unga ilova qilinadigan hujjatlarni ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda iqtisodiy sudga elektron tarzda yuborish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanishlari mumkin.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v. b. Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-avgust

Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 15-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga______________________________________ dan
(jismoniy shaxsning F.I.Sh.)
(STIR)
Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi ARIZA
Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun _____________________________________________________________________________________ga
jismoniy shaxsning F.I.Sh.
tegishli shaxsiy kabinetni aktivlashtirishingizni / amal qilishini toʻxtatib turishingizni soʻrayman. Yuborilgan elektron hujjatlar toʻgʻrisida SMS xabarnomani quyidagi mobil telefon raqamiga yuborishingizni soʻrayman*:
* Telefon raqam koʻrsatilmagan taqdirda xabarlar elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladi. Koʻrsatilgan telefon raqami elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamidan farq qilsa, elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi telefon raqami avtomatik tarzda koʻrsatilgan telefon raqamiga oʻzgartiriladi. Telefon raqam oʻzgartirilganda va bu haqida davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinganda, xabarnomalar mazkur telefon raqamiga yuboriladi.
_________________________________________
(imzo, sana)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga______________________________________ dan
(yakka tartibdagi tadbirkor F.I.Sh.)
(STIR)
Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi ARIZA
Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun _____________________________________________________________________________________ga
yakka tartibdagi tadbirkor F.I.Sh.
tegishli shaxsiy kabinetni aktivlashtirishingizni / amal qilishini toʻxtatib turishingizni soʻrayman. Yuborilgan elektron hujjatlar toʻgʻrisida SMS xabarnomani quyidagi mobil telefon raqamiga yuborishingizni soʻrayman*:
* Telefon raqam koʻrsatilmagan taqdirda xabarlar elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladi. Koʻrsatilgan telefon raqami elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamidan farq qilsa, elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi telefon raqami avtomatik tarzda koʻrsatilgan telefon raqamiga oʻzgartiriladi. Telefon raqam oʻzgartirilganda va bu haqida davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinganda, xabarnomalar mazkur telefon raqamiga yuboriladi.
_________________________________________
(imzo, sana)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga___________________________________ rahbari
(yuridik shaxs nomi)
______________________________________ dan
(yuridik shaxs rahbari F.I.Sh.)
(STIR)
Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) toʻgʻrisidagi ARIZA
Davlat soliq xizmati organlari bilan oʻzaro munosabatlarni soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish uchun _____________________________________________________________________________________ga
yuridik shaxs nomi
tegishli shaxsiy kabinetni aktivlashtirishingizni / amal qilishini toʻxtatib turishingizni soʻrayman. Yuborilgan elektron hujjatlar toʻgʻrisida SMS xabarnomani quyidagi mobil telefon raqamiga yuborishingizni soʻrayman*:
* Telefon raqam koʻrsatilmagan taqdirda xabarlar elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamiga yuboriladi. Koʻrsatilgan telefon raqami elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida koʻrsatilgan telefon raqamidan farq qilsa, elektron raqamli imzoni roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi telefon raqami avtomatik tarzda koʻrsatilgan telefon raqamiga oʻzgartiriladi. Telefon raqam oʻzgartirilganda va bu haqida davlat soliq xizmati organlari xabardor qilinganda, xabarnomalar mazkur telefon raqamiga yuboriladi.
_________________________________________
(imzo, sana)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 2025-yil 13-martdagi 2025-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 3614, 24.03.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 972-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 10/19/2926-1/4200-son; 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 27.03.2025-y., 10/25/3614/0279-son; 13.04.2026-y., 10/26/3812/0344-son)