27.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3337
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3337]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek banklarning moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3658, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards) (bundan buyon matnda MHXS deb yuritiladi) — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi tomonidan qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun belgilangan tartibda tan olingan standartlar va unga tushuntirishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob siyosati — bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llaniladigan tamoyillar, qoidalar va usullar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobot — bankning hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Banklar hisob siyosati va moliyaviy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, MHXS va ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Banklarning hisob siyosati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bankning hisob siyosati bank boshqaruvi tomonidan ishlab chiqiladi hamda bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni imkon qadar avtomatlashtirilgan tarzda (inson omilisiz) amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Banklarning hisob siyosatiga o‘zgartirishlar kiritilmaydi, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlari yoki MHXSga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan banklar hisob siyosatining faqatgina ushbu o‘zgartirishlar taalluqli bo‘lgan qismini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Banklarning moliyaviy hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bank boshqaruvi moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda tasdiqlash uchun bankning kuzatuv kengashiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliyaviy hisobotlar bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank boshqaruvi va kuzatuv kengashi moliyaviy hisobotlarning qonunchilik hujjatlari va MHXSga muvofiq holda bo‘lishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Banklarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq xususiy kapitaldagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarni tushuntiruvchi izohlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy hisobotlarda ochib beriladigan axborotlarning tuzilishi MHXSga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Banklar tomonidan MHXSdan kelib chiqib, mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan hisobotlar nomlari o‘zgartirilgan holda tuzilishi, shuningdek hisobotlarda qo‘shimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Masalan, “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” nomi o‘rniga “umumlashgan daromad to‘g‘risidagi hisobot” nomidan foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

MOLIYAVIY HOLAT TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT

______ yil 31-dekabr holatiga ko‘ra

__________________________________________________ bank

(bankning to‘liq nomi)


‎Bank ro‘yxatga olingan raqam _________________________________________


‎(ming so‘mda)

Aktivlar

O‘tgan hisobot davri‎

Joriy hisobot davri‎

Pul mablag‘lari va pul mablag‘lari ekvivalentlari
Boshqa banklardagi mablag‘lar
Qarz qimmatli qog‘ozlariga kiritilgan investitsiyalar
Ulushli qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar
Mijozlarga berilgan kreditlar, shu jumladan moliyaviy ijara
Asosiy vositalar
Nomoddiy aktivlar
Foydalanish huquqi bilan olingan aktivlar
Soliq majburiyatlari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari
Boshqa moliyaviy aktivlar
Boshqa aktivlar
Jami aktivlar

Majburiyatlar

Boshqa banklarning mablag‘lari
Mijozlarning mablag‘lari
Taqdim etilgan qarz qimmatli qog‘ozlari
Boshqa qarz mablag‘lari
Subordinar qarz mablag‘lari
Ijara bo‘yicha majburiyatlar
Boshqa moliyaviy majburiyatlar
Foyda solig‘i bo‘yicha joriy majburiyatlar
Kechiktirilgan soliq majburiyatlari
Boshqa majburiyatlar
Jami majburiyatlar

Xususiy kapital

Aksiyadorlik kapitali
Emission daromad
Taqsimlanmagan foyda
Jami xususiy kapital
Jami xususiy kapital va majburiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______ yil 31-dekabr holatiga ko‘ra

__________________________________________________ bank

(bankning to‘liq nomi)

FOYDA YOKI ZARAR VA BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMAD TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT


‎Bank ro‘yxatga olingan raqam _________________________________________


‎(ming so‘mda)

Moddalar

O‘tgan hisobot davri‎

Joriy hisobot davri‎

Samarali foiz stavkasi usulida hisoblangan foizli daromadlar
Boshqa foizli daromadlar
Samarali foiz stavkasi usulida hisoblangan foizli xarajatlar
Boshqa foizli xarajatlar
Sof foizli marja va boshqa daromadlar
Kredit operatsiyalari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi
Ehtimoliy yo‘qotishlar bo‘yicha zaxira shakllantirilgandan so‘ng sof foizli marja va boshqa daromadlar
Komission daromadlar
Komission xarajatlar
Sof qiymati foyda va zararlar orqali tan olinadigan qimmatli qog‘ozlarga oid xarajatlarni chegirilgan holdagi daromadlar
Xorijiy valyuta operatsiyalaridan xarajatlar chegirilgan holdagi daromadlar
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlardan xarajatlarni chegirgan holdagi daromadlar
Xorijiy valyutani qayta baholashdan xarajatlarni chegirgan holdagi daromadlar

Boshqa operatsion daromadlar

Ma’muriy va boshqa operatsion daromadlar
Soliq to‘languncha foyda/zarar
Foyda solig‘i xarajati/daromadi
Joriy yildagi foyda/zarar
Joriy yildagi jami foyda
Bank aksiyadorlari uchun hisoblanadigan, har bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda (har bir aksiya uchun so‘mda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

_________________________________________________________________ banki uchun yillik

(bankning to‘liq nomi)

XUSUSIY KAPITALDAGI O‘ZGARISHLAR TO‘G‘RISIDAGI HISOBOT

__________ yil 31-dekabr holatiga ko‘ra

(ming so‘mda)‎

Moddalar

Bank muassislari uchun hisoblanadigan

Aksiyadorlik kapitali‎

Emission daromad‎

Taqsimlanmagan foyda‎

Jami‎

1-yanvar 20__ yil holatiga qoldiq
Yildagi foyda
20__ yil uchun jami daromad
E’lon qilingan dividendlar
Aksiyalar emissiyasi
31-dekabr 20__ yil holatiga qoldiq
Yildagi foyda
20__ yil uchun jami daromad
E’lon qilingan dividendlar
31-dekabr 20__ yil holatiga qoldiq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot
‎(bevosita usul*)

____________________________ bank

_______ yil 31-dekabr holatiga ko‘ra

(bankning to‘liq nomi)‎

Bank ro‘yxatga olingan raqam _____________________________________

(ming so‘mda)‎

Moddalar

31-dekabr 20__ yil‎

Operatsion faoliyatdagi pul oqimlari

Samarali foiz stavkasi usulida olingan foizli daromadlar

Samarali foiz stavkasi usulida to‘langan foizli xarajatlar
Olingan komission daromadlar
To‘langan komission daromadlar
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan olingan daromadlar
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalardan olingan daromadlar
Boshqa olingan operatsion daromadlar
Xodimlarni saqlash uchun qilingan xarajatlar
To‘langan ma’muriy va boshqa operatsion xarajatlar
To‘langan foyda solig‘i
Operatsion aktivlar va majburiyatlardagi o‘zgarishlarga qadar operatsion faoliyatdagi pul oqimlari
Sof o‘sish/kamayish:
Boshqa banklardagi mablag‘lar
Mijozlarga ajratilgan kreditlar
Foyda va zarar orqali baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlariga kiritilgan investitsiyalar
Foyda va zarar orqali baholanadigan ulushli qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investitsiyalar
Boshqa aktivlar
Sof o‘sish/kamayish:
Boshqa banklarning mablag‘lari
Mijozlarning mablag‘lari
Boshqa moliyaviy majburiyatlar
Operatsion faoliyatda foydalanilgan sof pul mablag‘lari
Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari
Asosiy vositalarning sotib olinishi
Nomoddiy aktivlarning sotib olinishi
Asosiy vositalarning chiqib ketishi
Investitsion faoliyatda foydalanilgan sof pul mablag‘lari
Moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlari
Qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarish
Qarz qimmatli qog‘ozlarini so‘ndirish
Boshqa qarz mablag‘larini jalb qilish
Boshqa qarz mablag‘larini so‘ndirish
Ijara bo‘yicha asosiy summani so‘ndirish
To‘langan dividendlar
Moliyaviy faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul mablag‘lari
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga kurs farqlarining ta’siri
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasining ta’siri
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining sof o‘sishi
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining yil boshiga qoldig‘i
Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining yil oxiriga qoldig‘i
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: banklar pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni MHXSga muvofiq bilvosita usulda ham tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 19-iyuldagi 15/9-son “Banklarning hisob siyosati va moliyaviy hisoboti to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1270, 2003-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 2-oktabrdagi 21/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1419, 2004-yil 25-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 458-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/14-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1419-1, 2010-yil 8-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 411-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 20-fevraldagi 4/1-son “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1419-2, 2016-yil 15-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 11-son, 105-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.11.2021-y., 10/21/3337/1103-son; 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)