Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 26-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2355]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 14-avgustdagi 2020-31-sonli qarori (roʻyxat raqami 2355-2, 20.08.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2355-2/1196-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-mart,
2012/17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 30-martdagi 2012/17-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) tomonidan oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni (bundan keyingi oʻrinlarda bitimlar toʻgʻrisidagi axborot deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasiga (bundan keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb yuritiladi) taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
I bob. Bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni shakllantirish hamda uni Qoʻmitaga taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qoʻmitaga taqdim etiladigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot Markaziy depozitariyga investitsiya vositachilari tomonidan taqdim etiladigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot va Markaziy depozitariyda roʻyxatga olingan bitimlar toʻgʻrisidagi axborot asosida shakllantiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
2. Markaziy depozitariy har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmasdan Qoʻmitaga bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
3. Markaziy depozitariy bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomning ilovasida nazarda tutilgan maʼlumotlar doirasida (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) Qoʻmitaga taqdim etadi.
4. Elektron raqamli imzoning ochiq kalitlari Markaziy depozitariy va Qoʻmita oʻrtasida oʻzaro almashinadi.
Elektron hujjatni yuborishda Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatiga ega boʻlgan elektron raqamli imzo kalitidan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Aksiyalarga doir bitimlarni roʻyxatga oluvchi investitsiya vositachilari bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning birinchi ish kunidan kechiktirmay Markaziy depozitariy tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi (bundan keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb yuritiladi) bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan maʼlumotlar formati shifrlangan elektron hujjat koʻrinishida Markaziy depozitariyga taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
6. Zarur boʻlgan hollarda, maʼlumotlar formati Markaziy depozitariy tomonidan Qoʻmita va vakolatli organ bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
7. Markaziy depozitariy va Qoʻmitaga bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etganlik uchun haq olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Investitsiya vositachisi tomonidan Markaziy depozitariyga taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, ushbu investitsiya vositachisi bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning notoʻgʻriligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyni xabardor qilishi;
taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni tuzatishga doir choralar koʻrishi;
tuzatilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Markaziy depozitariyga taqdim etishi lozim.
9. Markaziy depozitariy ikki ish kuni mobaynida:
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya vositachisidan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning notoʻgʻriligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgach, bu haqda Qoʻmita hamda vakolatli organni xabardor qilishi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
tuzatilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni olgach, uni belgilangan tartibda Qoʻmitaga taqdim etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Markaziy depozitariy tomonidan roʻyxatga olingan Qoʻmitaga taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda, Markaziy depozitariy bunday holat yuz berganligini bilgan paytdan boshlab besh kun mobaynida:
bu haqda Qoʻmita va vakolatli organni xabardor qilishi;
bitimlar toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotni tuzatishga doir choralar koʻrishi;
bitimlar toʻgʻrisidagi tuzatilgan axborotni belgilangan tartibda Qoʻmitaga taqdim etishi lozim.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
II bob. Bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish
10. Bitimlar toʻgʻrisidagi axborot maxfiy hisoblanadi.
11. Taqdim etilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan Qoʻmita tomonidan soliq toʻlovchilarning yuzaga kelgan majburiyatlarini aniqlash maqsadidagina foydalaniladi.
12. Markaziy depozitariydan olingan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni saqlash va foydalanishning maxsus rejimi Qoʻmita tomonidan taʼminlanadi.
III bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
13. Investitsiya vositachilari Markaziy depozitariyga taqdim etiladigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotning toʻliqligi va ishonchliligi uchun javobgardirlar, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 3-martdagi 2016-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2355-1, 18.03.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 11-son, 109-modda)
14. Markaziy depozitariy bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni Qoʻmitaga taqdim etmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganligi yoxud buzib koʻrsatgan holda taqdim etganligi uchun javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan kelishilgan.
Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori v. v. b. A. OBIDOV
2012-yil 30-mart
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi Bosh direktori Sh. ABDUJABBAROV
2012-yil 30-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 199-modda; 2016-y., 11-son, 109-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2355-2/1196-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)