Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 285-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-martdagi 244-son “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 24-iyul,
31-2019/B-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2019-yil 24-iyul
Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. AZIZOV
2019-yil 24-iyul
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2019-yil 24-iyul
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 24-iyuldagi 31-2019/B-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi № 44-II-son “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash haqidagi buyrugʻi (roʻyxat raqami № 285, 1996-yil 20-noyabr).
2. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 17-avgustdagi № 51-B-son “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi buyrugʻi (roʻyxat raqami № 285-1, 2011-yil 20-sentabr), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 390-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 16-oktabrdagi № 67-B-son “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqidagi buyrugʻi (roʻyxat raqami № 285-2, 2012-yil 13-noyabr), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 525-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2019-y., 10/19/285-3/3621-son)