OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRINING
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 13-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 285-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 24-iyuldagi 31-2019/5-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni” qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyroʻgʻiga (roʻyxat raqami 285-3, 05.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vazirining 1996-yil 15-iyuldagi 44-II-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 285, 1996-yil 20-noyabr) ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2012-yil 16-oktabr,
67-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 525-modda)