Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish QOIDALARI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish

3-bob. Maishiy chiqindilarni to‘plash, saqlash va olib chiqib ketishga doir talablar

4-bob. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil etishga doir talablar

5-bob. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish

6-bob. Jismoniy shaxslar — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni to‘lovchilarni, shuningdek, majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibi

7-bob. Iste’molchining huquq va majburiyatlari

8-bob. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari

9-bob. Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan nazorat

10-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish sxemasi

4-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash

2-ILOVA
Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Tarif stavkalarini (lavozim maoshlarini) belgilash tartibi

3-bob. Qo‘shimcha haq va ustamalar

4-bob. Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish tartibi

5-bob. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti xodimlari mehnatiga haq to‘lashning belgilangan tartibini ta’minlash uchun javobgarlik

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ba’zi qarorlari ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5580-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlariga ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini tatbiq qilish tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun tuman (shahar) hududlarini elektron tanlov yo‘li bilan biriktirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish uchun hududlarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
11. Ushbu Qoidalarning 8-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan chiqindilar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga yig‘ib turilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
20. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslarga ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun to‘lov (ushbu Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bundan mustasno) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jismoniy shaxslarning qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlari hisobiga jamlangan mablag‘lardan markazlashgan tartibda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan ushbu Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovlar bevosita xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
hisoblashda ushbu Qoidalarning 32-bandida nazarda tutilgan xatolarga yo‘l qo‘yilganda;
istiqomat qiluvchi shaxslar soniga ushbu Qoidalarning 37 va 38-bandlarida belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Jarayonlar

Tashkiliy tadbirlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hududini xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirish

Xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlari

Xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

a) yangi biriktirilayotgan hududlar uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali elektron tanlov o‘tkazadilar va elektron tanlov g‘olibi bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma tuzadilar;

b) davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida — qonun hujjatlariga muvofiq xususiy sherik aniqlangan taqdirda, Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organlari va xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadilar.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga DXSh to‘g‘risida bitim yoki shartnoma tuzish

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatishga shartnoma tuzish

2-bosqich

Jismoniy shaxslar — majburiy to‘lovlarni to‘lovchi (abonent)larni hisobga olish

Hisobga olishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish

1. Sanitar tozalash markazlari tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari abonentlar hisobini yuritadilar.

2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari har oyning 5-sanasiga qadar Sanitar tozalash markazlariga abonentlar bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadilar.

3. Sanitar tozalash markazi uch ish kunidan kechikmay Hisobga olishning yagona elektron tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

3-bosqich

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish

Jismoniy shaxslarga — ommaviy shartnoma asosida

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — shartnoma asosida

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar:

ularga hudud biriktirilganidan keyin, besh ish kuni mobaynida ommaviy axborot vositalari orqali ommaviy shartnomani e’lon qiladilar;

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga shartnoma tuzadilar.

4-bosqich

Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish

Jismoniy shaxslar — yagona tranzit bank hisobvaraqlariga

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar — xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga

1. Jismoniy shaxslar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun majburiy to‘lovlarni har oyning 10-sanasidan kechikmay to‘lab boradilar.

2. Sanitar tozalash markazlari xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga markazlashgan tartibda to‘lash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga buyurtmanoma taqdim etadilar.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari keyingi ish kunidan kechikmay jamlangan mablag‘larni Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy organlarining budjetdan tashqari g‘azna hisobvaraqlariga (5 % gacha), Respublika birlashmasining bank hisob raqamiga (5 %) va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning bank hisob raqamlariga o‘tkazib beradilar.

4. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlarni xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga har oyda 100 % oldindan to‘lov asosida amalga oshiradilar.

Pul mablag‘larini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus g‘azna hisobvaraqlarida jamlash

5-bosqich

Nazoratni amalga oshirish

Monitoring yuritish

Choralar ko‘rish

1. Davlat ekologiya qo‘mitasi davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, NNT va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatishga
namunaviy shartnoma

20____ yil “_____” _____________________

_______-son

________________________________________________________________________________________________,
(mahalliy davlat hokimiyati organi)
nomidan ________________________________________________________________________________________,
(lavozimi, F.I.O.)

____________________________________________________________________ nizom asosida faoliyat yurituvchi,
bundan buyon matnda “Buyurtmachi”deb ataluvchi, bir tomondan va

________________________________________________________________________________________________
(yuridik shaxsning to‘liq nomi)
nomidan ___________________________________________________________________________ asosida faoliyat
(ustav, nizom)

yurituvchi tashkilot rahbari (direktor)________________________________________________________________,

(F.I.O)

bundan buyon matnda “Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot”deb ataluvchi, ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchilar, ushbu shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Shartnoma mavzusi

1.1. Quyidagilar shartnoma mavzusi hisoblanadi:
a) maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ishlarini quyidagilar orqali tashkillashtirish:
tuman (shahar) hududini maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga biriktirish;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun Buyurtmachi mulkidan (keyingi o‘rinlarda davlat mulki deb ataladi) vaqtincha, beg‘araz foydalanish*;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni (keyingi o‘rinlarda QMCh deb ataladi) to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasidagi infratuzilmani rivojlantirish;
b) Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududda qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish;
v) Buyurtmachi tomonidan Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatilgan xizmatlar haqining markazlashgan tartibda, o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash.

2. Shartnoma obyekti

2.1. Quyidagilar shartnoma obyekti hisoblanadi:
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ushbu shartnomaga 1-ilovaga muvofiq biriktirilayotgan hudud;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish maqsadlari uchun Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ushbu shartnomaga 2-ilovaga muvofiq, mazkur shartnomaning amal qilish davrida, vaqtincha foydalanishga topshirilayotgan davlat mulki*.

3. Ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish tartibi

3.1 Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgan hududda QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati bir oyga ______________________________________________
____________________________________________________________________________ so‘mni tashkil qiladi**.

(raqam va so‘z bilan yoziladi)

3.2. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar haqini markazlashgan tartibda to‘lash jismoniy shaxslar (aholi)dan QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar u�un majburiy to‘lovlarning kelib tushishiga ko‘ra amalga oshiriladi hamda keyinchalik oy yakunida ushbu shartnomaning 3-ilovasiga muvofiq tuzilgan, bajarilgan ishlar dalolatnomasi bo‘yicha qayta hisob-kitob qilinadi.
3.3. QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflar miqdori o‘zgarganda ushbu shartnomaga qo‘shimcha kelishuv rasmiylashtiriladi.
3.4. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lovlar iste’molchilar va Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan, Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga bevosita, 100 foiz oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

4.1. Buyurtmachi quyidagilarga majbur:
QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatilgan xizmatlar haqini Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga to‘lashni markazlashgan tartibda amalga oshirish;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga metodologik yordam berish va ushbu shartnomaning amalga oshirilishida ko‘maklashish;
ushbu shartnomaning 2.1.-bandida nazarda tutilgan davlat mulkini mazkur shartnomaning amal qilish muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga vaqtincha foydalanish (ekspluatatsiya qilish) uchun topshirish*;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflar miqdoriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi (asosli hisob-kitoblarni taqdim etgan holda) murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqish;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning biriktirilgan hududda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish uchun uchastka tanlash bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqish;
ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, shuningdek, bekor qilinganda Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobiga, unga b�riktirilgan hududda qurilgan chiqindi to‘plash shoxobchalarini qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish;
biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga to‘sqinlik qilmaslik.
4.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
biriktirilgan hududda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirishda Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga ko‘maklashish;
ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan bajarilishini monitoring qilish (shu jumladan, chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda);
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan QMChlarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya etilishini talab qilish:
xizmatlar ko‘rsatilayotganda Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini talab qilish;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan muayyan davr yoki biriktirilgan hududdagi muayyan uchastkalarda QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilmaganda xizmatlar qiymatini to‘lamaslik yoki qisman to‘lash;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan har oyda bajarilgan ishlar/xizmatlar dalolatnomalarini qabul qilish;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rash;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholashni amalga oshirish;
mazkur bandning uchinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan o‘z huquqlarini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi o‘rinlarda — Sanitar tozalash markazi deb ataladi) orqali amalga oshirish;
Ushbu shartnoma Buyurtmachi tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinganda (Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu shartnomaning 4.3-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, shuningdek, 5.3-bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno) Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan qilingan xarajatlarni va boy berilgan foydani kompensatsiya qilish;
Bunda, Buyurtmachi tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya summasi asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha hisoblab chiqariladi.
4.3. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot quyidagilarga majbur:
ushbu shartnoma imzolangan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida va mazkur shartnomada belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga kirishish;
vaqtincha foydalanish uchun unga topshirilgan davlat mulkining lozim darajada saqlanishini va belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, ularni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish*;
sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaxshilashni amalga oshirish, shu jumladan:

Tadbir nomi

Soni
(ta)

Bajarish
muddatlari

Mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalarini ta’mirlash
Mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalarini rekonstruksiya qilish
Yangi chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish
Chiqindi to‘plash shoxobchalarini konteynyerlar bilan jihozlash
….


o‘ziga biriktirilgan hududda QMChlarni olib chiqib ketish jadvaliga qat’iy muvofiq, muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
har oyning oxirgi sanasida Sanitar tozalash markazlariga bajarilgan ishlar/xizmatlar dalolatnomalarini bevosita topshirish, pochta aloqasi yoki elektron shaklda, ularni olganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuborish orqali taqdim etish;
�uyurtmachi tomonidan belgilangan, davlat mulkidan vaqtincha foydalanish (ekspluatatsiya qilish) muddati yoki mazkur shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan, shuningdek, bekor qilinganidan so‘ng 5 ish kuni mobaynida davlat mulkini Buyurtmachiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshirish*;
ushbu shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, shuningdek, bekor qilinganda, unga biriktirilgan hududda, o‘z mablag‘lari hisobiga qurilgan chiqindi to‘plash shoxobchalarini Buyurtmachiga qoldiq qiymati bo‘yicha sotish;
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning shartnoma bo‘yicha huquqiy munosabatlaridagi huquqiy holatiga ta’sir qiladigan barcha o‘zgarishlar (nomi, ro‘yxatga olish joyi, yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, bankrotlik tartiboti ochilganligi) to‘g‘risida o‘zgarishlar ro‘y bergan kundan boshlab 10 ish kundan kechikmay Buyurtmachiga xabar berish;
ushbu shartnoma bo‘yicha Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan majburiyatlar bajarilishining monitoringini olib borishda Buyurtmachiga yoki Sanitar tozalash markaziga to‘sqinlik qilmaslik.
4.4. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
biriktirilgan hududda chiqindi to‘plash shoxobchalarini qurish uchun uchastka tanlash bo‘yicha Buyurtmachiga takliflar kiritish;
qonun hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan barcha usullarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun tariflar miqdoriga o‘zgartirishlar kiritish uchun asosli hisob-kitoblarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Buyurtmachiga kiritish;
ushbu shartnoma Buyurtmachi tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinganda (Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu shartnomaning 4.3-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, shuningdek, 5.3-bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) Buyurtmachidan kompensatsiya olish;
Buyurtmachi yoki Sanitar tozalash markazidan ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar va materiallarni so‘rash.

5. Ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash tartibi

5.1. QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
abonentlarning maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qanoatlanganligi;
QMChlarni olib chiqib ketish jadvallariga rioya etilishi;
chiqindi to‘plash shoxobchalarining holati;
konteynyerlarning holati;
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi.
5.2. Ko‘rsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash ushbu shartnomaga 4-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
5.3. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar natijadordorligi ketma-ket uch oy qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, unga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solinadi. Bunda, jarima summasi QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar (aholi)ga ko‘rsatgan xizmatlar haqini markazlashgan tartibda to‘lanishida ushlab qolish yo‘li orqali undiriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga jarima solinganidan so‘ng keyingi uch oy davomida xizmatlar natijadorligi takroran qoniqarsiz deb baholangan taqdirda, Buyurtmachi ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish tashabbusi bilan chiqishga haqli.

6. Tomonlarning javobgarligi

6.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilingan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim bo‘lmagan darajada bajarilganligi uchun Tomonlar qonun hujjatlari va ushbu shartnomaga muvofiq javob beradilar.

7. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish

7.1. Ushbu shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish Tomonlarning roziligi bo‘yicha yoki fors-major holati vujudga kelganda amalga oshiriladi.
7.2. Ushbu shartnomaga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar qo‘shimcha kelishuvlar tuzish orqali yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
7.3. Tomonlar kelisha olmagan taqdirda, ushbu shartnomaga barcha o‘zgartir?sh va q?shimchalar yoki bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7.4. Tomonlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnomani bekor qil?sh to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
7.5. Shartnomani bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi:
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot faoliyatining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilishi yoki to‘xtatib qo‘yilishi;
ushbu shartnoma 5.3-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlarda Buyurtmachining tashabbusi bo‘yicha;
o‘z faoliyatini to‘xtatish maqsadi to‘g‘risida faoliyatning to‘xtatilishi kutilayotgan sanadan uch oy oldin Buyurtmachini xabardor qilgan holda, Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning tashabbusi bilan.
7.6. Ushbu shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqqan Tomon ikkinchi Tomonga bevosita topshirish, pochta aloqasi yoki elektron shaklda, ularni olganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuborish orqali yozma bildirishnoma yuboradi.
7.7. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar qoniqarli bajarilgan taqdirda, shartnomaning amal qilish muddati Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha 5 yilga uzaytiriladi.

8. Nizolarni hal qilish tartibi

8.1. Ushbu shartnoma doirasida kelib chiqadigan nizolar Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha hal etiladi.
8.2. Kelishuv bilan hal etilmagan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi.

9. Shartnomaning amal qilish muddati

9.1. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va 20___ yil “____”_________gacha amal qiladi.

10. Engib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati

10.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha biron-bir majburiyatning bajarilmasligi yoki lozim bo‘lmagan darajada bajarilganligi uchun, agar bunday majburiyatlarning bajarilmasligini yoki lozim bo‘lmagan darajada bajarilganligini yengib bo‘lmaydigan kuch holati keltirib chiqargan taqdirda, javob bermaydilar.
10.2. Engib bo‘lmaydigan kuch holatlariga Tomonlarning ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan, mazkur sharoitlarda favqulodda va kutilmagan vaziyatlar kiradi. Keltirilgan ro‘yxat to‘liq hisoblanmaydi. Bunday vaziyatlarga bozorda ishlarni amalga oshirish uchun zarur xizmatlar yoki materiallar mavjud emasligi yoki yetishmasligiga taalluqli holatlar kirmaydi.
10.3. Tomon darhol (yoki boshlangan sanadan boshlab uch kalendar kunidan kechikmay) fors-major holatining boshlanish sanasi va tavsifini aniqlashtiruvchi yozma ravishda bevosita topshirish, pochta aloqasi yoki elektron shaklda, ularni olganligi to‘g‘risidagi xabarnoma yuborish orqali xabar beradi.
10.4. Fors-major holatlari vujudga kelgan taqdirda, Tomonlar darhol yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini qidirish uchun muzokaralar olib boradilar va bunday holatlarning oqibatlarini kamaytirish uchun barcha vositalarni qo‘llaydilar.
10.5. Ushbu Bitim bo‘yicha ishlarning fors-major holatlari tufayli to‘liq yoki qisman to‘xtatilishida, mazkur ishlarni olib borish davri fors-majorning amal qilish muddatiga uzaytiriladi va fors-major tugagan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

11. Yakunlovchi qoidalar

11.1. Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan 2 asl nusxada tuzildi. Bir nusxasi Buyurtmachida, ikkinchisi — Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotda saqlanadi.
11.2. Ushbu shartnoma ilovalari va qo‘shimcha kelishuvlar uning ajralmas qismi hisoblanadi.

12. Tomonlarning manzili va rekvizitlari

“Buyurtmachi”
______________________________________
(to‘liq nomi)
Joylashgan joyi:_______________________
______________________________________
Bank rekvizitlari: ______________________
______________________________________
MFO: ________________________________
STIR: ________________________________
IFUT: ________________________________

______________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

______________________________________
(imzo, muhr)

“Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot”
_____________________________________
(to‘liq nomi)
Joylashgan joyi:_______________________
_____________________________________
Bank rekvizitlari: ______________________
_____________________________________
MFO: ________________________________
STIR: ________________________________
IFUT: _______________________________

_____________________________________
(lavozimi, F.I.O.)

_____________________________________
(imzo, muhr)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilayotgan hudud pasporti

1. _______________________________________________________________________________________ viloyati
2. _________________________________________________________________ shahar, tuman (qishloq va boshqalar)
3. Aholi soni — ____________ ming kishi.
shu jumladan:
— ko‘p kvartirali uylarda — _____________ ming kishi;
— yakka tartibdagi turar joy sektorida — _________________ ming kishi.
4. Biriktirilgan hududdagi fuqarolar yig‘ini, ko‘chalar, mavzelar va uylar ro‘yxati:

T/r

Nomi

Ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi turar joylar

1.

Fuqarolar yig‘ini
_______________________________
Ko‘cha___________________________
Mavze _________________________
….
….

a) ko‘p kvartirali uylar:
— raqamlari — № ___, № ___, № ___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi;
b) chiqindi to‘plash shoxobchalari soni ____ ta, shu jumladan:
namunaviy (qo‘riqlanadigan) ____ ta;
modulli (qo‘riqlanmaydigan) ____ ta;
v) konteynyerlar soni ____ ta;
g) “signal” usulida xizmat ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi uylar:
— raqamlari — № ___, № ___, № ___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi.

2.

Fuqarolar yig‘ini
_______________________________
Ko‘cha___________________________
Mavze _________________________
….
….

a) ko‘p kvartirali uylar:
— raqamlari — № ___, № ___, № ___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi;
b) chiqindi to‘plash shoxobchalari soni ____ ta shu jumladan:
namunaviy (qo‘riqlanadigan) ____ ta;
modulli (qo‘riqlanmaydigan) ____ ta;
v) konteynyerlar soni ____ ta;
g) “signal” usulida xizmat ko‘rsatiladigan yakka tartibdagi uylar:
— raqamlari — № ___, № ___, № ___, …;
— aholi soni — ______ ming kishi.

Oldingi tahrirga qarang.

Maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi 20____ yil “_____” __________ _______-son shartnomaga ______-son qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bajarilgan ishlar dalolatnomasi

Shahar (tuman) ___________________

20____ yil “_____” _______________

Biz, quyida imzo chekuvchilar, ________________________________________________________________________

(Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy organi)

huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi boshlig‘i _____________________________________
______________________________________________________________________________________________ va

(F.I.O.)
_________________________________________________________________________________________rahbari
(Xususiy sherik — xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot)
________________________________________________________________________________________________
(F.I.O.)

ushbu dalolatnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdik:
1. 20____ yil “_____” __________ dagi _______-son Bitimga muvofiq xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan unga biriktirilgan hududda 20____ yilning __________ oyida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ushbu dalolatnomaning 2-bandida ko‘rsatilgan hajmdagi xizmatlar ko‘rsatildi.
2. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bajarilgan ishlar:

T/r

Biriktirilgan hududlar

Qatnovlar soni

Olib chiqib ketilgan qattiq maishiy chiqindi hajmi
(m3)

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bajarilgan ishlar qiymati (QQSni hisobga olmagan holda)

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bajarilgan ishlar qiymati (QQSni hisobga olgan holda)

1.

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 5-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
4. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mazkur Nizom, boshqa qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari, shuningdek, boshqa lokal hujjatlar va ish beruvchi hamda xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
18. Ushbu Nizomning 19-bandida ko‘rsatilganlardan tashqari sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlarining boshqa xodimlarini mukofotlash oylik hisobot ma’lumotlari asosida yuk tashish prognoz ko‘rsatkichlari bajarilganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 100 foizigacha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
o‘n to‘qqizinchi xatboshi o‘n yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
a) 2-bandning ikkinchi, to‘rtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “suv chiqarish xizmatlari” so‘zlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “suv chiqarish xizmatlari” so‘zlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar” so‘zlari qo‘shilsin;
v) 2-ilovadagi “suv chiqarish xizmatlari,” so‘zlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlar” so‘zlari qo‘shilsin.
6-banddagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
7-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
20-bandning oltinchi — o‘n birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
36-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
37 — 39-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
41-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “buyurtmachining hududni elektron tanlov g‘olibiga biriktirish to‘g‘risidagi qarorining” so‘zlari “maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim yoki shartnomaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43 — 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
izohlarning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 4-ilovaning 7-bandidagi to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Nizomga 5-ilovaning VI bo‘limi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Nizomga 9-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi