1-ILOVA
T/r | Yirik bitimlar va xizmatlar | Bitimlarni amalga oshiruvchi |
1. | Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar) | Notarial idoralar |
2. | Avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar) | |
3. | Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari bo‘yicha sotish. | “O‘zavtosanoat” AJ |
4. | Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular bo‘yicha lizing operatsiyalari | Tijorat banklari |
5. | Ijro hujjatlar bo‘yicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish) | “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) |
6. | Xususiylashtiriladigan ko‘chmas mulk obyektlarini, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitani)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish) | “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi) |
7. | Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestrdan ko‘chirma berish | Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy organlari (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi) Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) |
8. | Binolar, inshootlar va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat reyestrdan ko‘chirma berish | |
9. | Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini (pasportini) tayyorlash | |
10. | Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun aviachiptalar sotish (O‘zbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)* | “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari |
11. | Xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatish uchun temir yo‘l chiptalari sotish (O‘zbekiston Respublikasiga temir yo‘l chiptalaridan tashqari)* | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning temir yo‘l chiptalari sotish kassalari |
12. | O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini rasmiylashtirish | Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi) |
13. | Avtotransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish | Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari (O‘zbekiston Respublikasi |
14. | Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish | |
16. | Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) |
17. | Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limlari (O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi) |
18. | Binolar va inshootlar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadni ta’mirlash) kelishish | |
19. | Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish | |
20. | Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish | |
21. | Elektron davlat xaridlarida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi sifatida ishtirok etish | “O‘zbekiston Respublika tovar xom ashyo birjasi” AJ Davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi) |
2-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Ijro muddati | |||
1-bosqich | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi | 1. Ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorligi (keyingi o‘rinlarda qarzdorlik deb ataladi) mavjud bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar — qarzdorlar to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar bazalarini shakllantiradi. 2. Tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning shakllantirilgan ma’lumotlar bazasiga moneliksiz kirishini ta’minlaydi. | Doimiy ravishda | |||
2-bosqich | Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar | Ushbu qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim moliya-kredit xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari ko‘rsatishda qarzdorlarning ma’lumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarda qarzlarning mavjudligini oldindan tekshiradi. | Yirik bitimlarni amalga oshirish va ayrim moliya-kredit xizmatlari ko‘rsatishgacha | |||
3-bosqich | Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar | Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni ko‘rsatishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. | Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda | |||
4-bosqich | Jismoniy va yuridik shaxslar | 1. Mavjud qarzdorlikni qoplaydi. | 1. Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda | |||
Byuro (ijro hujjatlari qismi bo‘yicha) | 2. Qarzdor tomonidan qarz to‘langanligi haqidagi ma’lumot Byuroning ma’lumotlar bazasiga tezkorlik bilan kiritilishini (taqdim etilishini) ta’minlaydi. | 2. Mavjud qarzdorlik qoplanganidan so‘ng zudlik bilan | ||||