1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalari;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-sonli “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati to‘g‘risida nizom 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom 4-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvali 5-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi 6-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari to‘g‘risida nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari huzurida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish va ularda o‘quv-mashq jarayonini 2020/2021 o‘quv yilidan amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 2018/2019 va 2019/2020 o‘quv yillari uchun o‘quvchilar soni 600 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining o‘quvchilar soni 750 nafar etib belgilansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining 6-sinfga o‘qishga qabul qilish 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tashkil etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
660-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) maqomi, maqsadi va asosiy vazifalari, huquqlari, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shuningdek uni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab-internat ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va uning faoliyati yuqori malakali mutaxassislar hamda sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha terma jamoalarni shakllantirish uchun sport zaxirasini tayyorlashga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab-internat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek o‘z ustaviga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab-internat ustavi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab-internatning o‘quvchilar soni 550 nafarni tashkil etib, ular 6 — 11-sinflarda o‘qitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining o‘quvchilari soni 700 nafarni, Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining o‘quvchilari soni 600 nafarni tashkil etadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktab-internat yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, boshqa zarur muhr va shtamplarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisob raqamlari va bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maktab-internatga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, uning tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maktab-internatning maqsadi va asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar maktab-internatning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan ixtisosli o‘qitish, har tomonlama kamol toptirish va ularning sport mutaxassisliklari va kasblarini egallashini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh sportchilarni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tayyorlash, ularda o‘z Vatani bilan faxrlanish va milliy madaniy-tarixiy an’analarni hurmat qilish tuyg‘usini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar maktab-internatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, sport ta’lim muassasalari yoki sport klublaridan dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sport bilan shug‘ullanishga iqtidori bo‘lgan, maktab-internatda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar o‘rtasida tanlov asosida maktab-internatda o‘qishni davom ettirish uchun tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun sport zaxirasini terma jamoalar tarkibiga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur va yetarli bo‘lgan kasbiy moyilligini, mahorati va ko‘nikmalari chuqur rivojlantirilishini ta’minlash, sport tayyorgarligi ta’limining navbatdagi bosqichlarida o‘qishini, shuningdek egallangan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar va sport zaxirasini sifatli tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ta’lim standarti doirasida umumta’lim o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, sog‘lom turmush tarzi normalarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maktab-internatning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktab-internat quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda boshqa tashkilotlar orqali xalqaro musobaqalarda qatnashish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq chet el mamlakatlarida o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning trener-o‘qituvchilar tarkibi xodimlarini va sportchilarini almashish, qo‘shma sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar va shu kabilarni o‘tkazish bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan belgilangan tartibda bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro faoliyatda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab-internat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maktab-internat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq xorijga (tajriba almashish, tajriba orttirish, turli tadbirlar, musobaqalar, olimpiadalar va shu kabilarda qatnashish maqsadida) yuborish uchun sportchilar va trenerlar tanlashni amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maktab-internatda o‘quv jarayoni davlat ta’lim standartlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasiga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘quv jarayoni jadvali, o‘quv mashg‘ulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiyaviy, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi talablaridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘quv yili 2-sentabrda boshlanadi va o‘quv rejasiga muvofiq tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maktab-internatda o‘qish kunduzgi shaklda amalga oshiriladi. O‘quv mashg‘ulotlarining qancha davom etishi, o‘quvchilarning o‘quv yuklamasi va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maktab-internat o‘quv rejasi o‘quv, o‘quv-mashq mashg‘ulotlari, yakka tartibda ishlash va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllari va usullarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv dasturlari o‘quv rejasiga muvofiq quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv darsi — bu o‘quv jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, ta’limiy vaziyat, ta’lim ishtirokchilarining o‘zaro bog‘liqlik shakli, ta’limning maqsadi, mazmuni metod va vositalarini o‘zida mujassam etgan tizimdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’ruza — o‘qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo‘lib, o‘quvchilarni o‘quv materialining asosiy holatlariga, o‘quvchilarni yo‘naltiruvchanlik, axborotlilik, metodologik, tarbiyalovchilik va rivojlantiruvchilik vazifalarini amalga oshirishga imkon beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminar — ta’lim beruvchini ta’lim oluvchilar bilan faol suhbatga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zarur sharoitni ta’minlovchi mashg‘ulot shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya ishi — o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda eksperimentlar o‘tkazgan holda fanlarni o‘zlashtirishi. Tajribalar shaxsiy yoki guruhga bo‘lingan holda tashkil etilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil tayyorgarlik — o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi bilan muloqotga kirishmagan holda maxsus o‘quv materiallarini o‘zlashtirish maqsadida qo‘llaniladigan o‘quv faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Mustaqil tayyorgarlik dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonda og‘zaki yoki yozma ravishda qo‘llanilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy mashg‘ulot — o‘qituvchi rahbarligida ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustaqil ishlashga o‘rgatish ko‘nikmalarini hosil qilish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guruhda va yakka tartibdagi o‘quv-mashq mashg‘ulotlarida, o‘quv-mashq yig‘inlarida, musobaqalarda qatnashish o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ta’lim sifati va sport tayyorgarlik darajasini nazorat qilish davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan maktab-internatning bitiruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mazkur Nizomga ilovadagi shaklga muvofiq o‘rta-maxsus ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rta-maxsus ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom maktab-internat bitiruvchisiga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maktab-internatda o‘qish, sport tayyorgarlik, ovqatlanish, tibbiy davolanish, mehnat va dam olish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha faoliyati, o‘quvchilar yashash sharoitlari, shuningdek ularning ta’minoti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maktab-internat o‘quvchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida ta’til vaqtida 60 kun davom etadigan o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazgan holda o‘quvchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maktab-internatga qabul qilingan o‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim va maxsus sport fanlari bo‘yicha o‘qish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish (istemol etish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar turar joyida bepul yashash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maktab-internatda o‘quvchilar o‘quv sinflarida 25 nafardan iborat bo‘ladi. O‘quvchilar umumta’lim va maxsus fanlar o‘qitish bo‘yicha sinflarga, sport tayyorgarligi yo‘nalishlari bo‘yicha esa — sport bo‘limlariga birlashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan, shuningdek (bosqichli nazorat) imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarni navbatdagi sinfga o‘tkazish maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘quvchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirishda, shu jumladan, o‘quvchilarning o‘z tashabbusi bilan ko‘chirishda (o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda va tibbiy nomuvofiqlik holatlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv intizomi va maktab-internat ichki tartib qoidalari buzilganda, shu jumladan, axloqsizlik, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, shu jumladan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qo‘llanilganda hamda sport bilan shug‘ullanish uchun ruxsat etilmaydigan tibbiy nomuvofiqlik bo‘lgan taqdirda o‘quv yili davomida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maktab-internatdan chetlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maktab-internat o‘quvchilarining sport tayyorgarlik darajasi o‘sib borishini, sport musobaqalarida erishgan natijalarini tahlil qilish, o‘quv rejasida belgilangan fanlarni o‘zlashtirish, o‘quvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etish, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida o‘quv yili davomida ikki marotaba ichki attestatsiya o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. O‘quv yili davomida turli sabablarga ko‘ra o‘quvchilar safidan chiqarilganlar o‘rni umumiy o‘quvchilar kontingentidan chiqmagan holda, chorak yakuni bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar hisobidan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maktab-internatni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va birxillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maktab-internatga jismoniy tarbiya va sport sohasida tegishli oliy ma’lumotga va sport-ta’lim muassasalarida kamida 5 yil amaliy ish tajribasiga ega shaxslar orasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari olimpiya zaxiralari maktab-internati direktorini tanlash, tayinlash va attestatsiya qilishda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ishtirok etadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, o‘quvchilarning o‘qishi va tarbiyalanishi, o‘quv rejalari va dasturlari bajarilishi, moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilishi uchun javob beradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida xodimlarning shtat jadvalini hamda trener-o‘qituvchilar va o‘qituvchilar tarkibining tarif jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat nomidan ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkini tasarruf etadi va shartnomalar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va ta’lim muassasasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida maktab-internat o‘quvchilari va barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, o‘quv-mashq va o‘quv-tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish, malakali pedagog kadrlar, trener-o‘qituvchilar bilan butlash hamda maktab-internat faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha ayrim masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat boshqaruvi tegishli organlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagoglar va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi va ularni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maktab-internatda direktor huzuridagi kollegial organ hisoblanadigan pedagogika va trenerlar kengashi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagogika va trenerlar kengashining asosiy vazifalari va funksiyalari maktab-internat ustavida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Maktab-internatda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat bo‘ladigan vasiylik kengashi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Maktab-internatni attestatsiyadan va akkreditatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ta’lim jarayoni qatnashchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘quvchilar, o‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibi, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari va o‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) maktab-internat ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Maktab-internat o‘quvchilari davlat ta’lim standartlariga muvofiq bepul ta’lim olish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan foydalanish, ta’lim muassasasining ustavida belgilangan shaklda ta’lim muassasasini boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab-internat o‘quvchilari maktab-internatning ustaviga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tegishli kasb ta’limiga, kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan va yuksak axloqiy fazilatli shaxslar maktab-internatda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud qarori bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan hamda ularning sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar maktab-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini, tarbiyachilarni va tibbiyot xodimlarini maktab-internatga ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Maktab-internatning o‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini, tarbiyachilarini va tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilarning pedagogik yuklamasi qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. O‘qituvchilar va trener-o‘qituvchilar tarkibini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Pedagog xodimlar va trener-o‘qituvchilarning huquqlari va vazifalari qonun hujjatlariga va maktab-internat ustaviga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. O‘quvchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) maktab-internatning ta’lim faoliyati bilan tanishish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tibbiy-biologik ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tibbiyot xodimlari trener-o‘qituvchilar bilan birgalikda sport mashg‘ulotlari, o‘quv-mashq yig‘inlari, musobaqalar, dam olish davrida maktab-internat o‘quvchilarini tibbiy nazoratdan o‘tkazadilar. Trener-o‘qituvchilar tibbiy kuzatuvlar natijalaridan sportchilar tayyorlashning yakka tartibdagi rejalariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Maktab-internat o‘quvchilarini tibbiy ta’minlash maqsadida funksional tashxis va salomatlikni tiklash tadbirlari uchun salomatlikni tiklash markaziga, zarur bino va asbob-uskunalarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchilarni tanlab olish va ularning funksional tayyorgarligi holati yuzasidan tashxis qo‘yish, davolash-profilaktika tadbirlari va sportchilarning salomatligini tiklash jarayonlarini maqbullashtirish uchun maktab-internatga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida tegishli apparatlar, zarur reaktivlar va dori-darmonlar bilan ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Maktab-internat faoliyatini moliyaviy ta’minlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim xizmatlarini amalga oshirishdan, pedagogika, ishlab chiqarish va maktab-internatning ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat o‘quvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Maktab-internat belgilangan tartibda tasdiqlangan va tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Maktab-internat xodimlarining ish haqi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Maktab-internat o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Maktab-internatning mablag‘lari, binolari, sport inshootlari va asbob-uskunalari uning xo‘jalik tasarrufida bo‘ladi va ulardan ustavdagi vazifalarni hal etish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Maktab-internat belgilangan tartibda o‘z ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Maktab-internatda xo‘jalik va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Maktab-internatni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan diplomning davlat NAMUNASI Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati diplomining TAVSIFI
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati diplomi namunasi 150 x 100 mm o‘lchovda to‘q-ko‘k (a’lo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” so‘zlari yozilgan. A’lo darajali diplomlar uchun “O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” va “TNE REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALISED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC RESERVES” so‘zlaridan quyida davlat tilida “A’lo darajali” va ingliz tilida “With honour`s” so‘zlari yoziladi. Diplomning ichki varaq o‘lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, bo‘yoqlar soni “oddiy” — 4+№ , “a’lo darajali” — 5+№ . Diplomning har ikki varag‘ida sakkizta pozitsiyada: I harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi. Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — to‘q ko‘k, “a’lo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. To‘g‘ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog‘oz qatlami asosi polivinilxlorid) to‘q ko‘k va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170+20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yo‘li bilan yoziladi. Qog‘oz tafsiloti: qog‘oz — 100% paxta, qalinligi 140+5 g/kv.m, oqartirgichsiz, aks etmaydigan ultrabinafsha nuri; yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi; ko‘rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog‘oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz ko‘rinadi; ko‘rinmaydigan tola ko‘k va och yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5-3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi. Bosma tafsiloti: bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi; ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko‘chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; tangir setkalarining biri “iris” effektini qo‘llash bilan chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari bo‘yicha havo rangga ravon o‘tadi; ichki varaq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi; blankaning to‘rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa ko‘chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi; ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi; kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB-INTERNATI” so‘z birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “SPECIALISED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC RESERVES” so‘zi “DIPLOM” so‘zi ostida o‘ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi; seriya “I” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB INTERNATI DIPLOMI I № 0000000
_________________________________________________________________________________________________(ismi, otasining ismi, familiyasi)
_______ yilda______________________________________________________________________________________ (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati nomi)
ga kirib, ________ yilda______________________________________________________________________________ _______________ning to‘la kursini_____________________________________________________________________ __________________________________________________________________________yo‘nalishi bo‘yicha tamomladi. Davlat attestatsiya komissiyasining 20__ yil “____”______dagi qaroriga binoan unga_______________________________ _________________________________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________________________kasbi va _________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ixtisoslik(lar) berildi.
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Direktor Kotib
M.O‘
_________shahri (tumani),____ yil
Ro‘yxat raqami____
Diplomning ichki o‘ng tarafiga
TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF SPECIALISED BOARDING SCHOOL OF OLYMPIC RESERVES I № 0000000
in 20__ entered_____________________________________________________________________________________ (name of specialized boarding school of olympic reserves) _________________________________________________________________________________________________ and in 20___completed a full course offered by the __________________________________________________________ _________________________________________________________________________________________________ (name of specialized boarding school of olympic reserves) Having specialized___________________________________________________________________________________ (field of study) _________________________________________________________________________________________________
By the decision of the State Attestation Commission on “______”________20_______
He/she is qualified as a _______________________________________________________________________________ (name of profession) _________________________________________________________________________________________________ and has the following speacialities:______________________________________________________________________
(Seal)
Chairman of the State Attestation Commission
Director Secretary
______City(district)____20__year
Registration Number______
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati bitiruvchisi diplomiga ko‘chirma varaq:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri IXTISOSLASHTIRILGAN OLIMPIYA ZAXIRALARI MAKTAB INTERNATI DIRLOMIGA ILOVA _________ RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA (dirlomsiz kuchga ega emas)
_________________________________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi)
20__yilda____________________________________________________________________________________ga kirib (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati nomi) 20__yilda__________________________________________________________________________________________ (ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati nomi)
maktab internatini tamomladi va o`qish davrida quyidagi fanlarni o`rgandi hamda ushbu baholarni oldi:
TT/r
Fanlar nomi
O`quv rejasida belgilangan soatlar miqdori
To`plangan reyting ballari
1
2
3
4
I. UMUMTA`LIM FANLARI
1.
Ona tili va adabiyot
2.
Chet tili ( )
3.
O`zbek (rus) tili
4.
Tarix (O`zbekiston tarixi, jahon tarixi)
5.
Matematika
6.
Informatika va axborot texnologiyalari
7.
Fizika. Astronomiya
8.
Kimyo
9.
Biologiya
10.
Amaliy geografiya
11.
Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik
12.
Jismoniy tarbiya
13.
Ma`naviyat asoslari
14.
Falsafiy fanlar: (Shaxs va jamiyat, dinshunoslik asoslari, estetika)
15.
Oila psixologiyasi
16.
Nuquqshunoslik
17.
O`zbekiston Konstitutsiyasi
18.
Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
II. KASBIY FANLAR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
III. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Maktab internat direktori Ishlab chiqarish ta`limi bo`yicha direktor o`rinbosari 20___ yil “___” __________da berildi Ro`yxatga olish raqami ____________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtiril gan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) o‘quvchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maktab-internatga o‘quvchilarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab-internatga bolalar-o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida, sport ta’lim muassasalari yoki sport klublarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan hamda sport bilan shug‘ullanishga iqtidori bo‘lgan hamda maktab-internatda o‘qish istagini bildirgan o‘quvchilar tanlov asosida qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab- internatiga 6-sinfdan, olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 5-sinfdan qabul qilinadi. Sport turlari bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishgan holda maktab-internat tomonidan belgilanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab-internatga o‘quvchilar tanlov shartlari bo‘yicha o‘zlashtirish tabeli asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab-internatga o‘quvchilar qabulini samarali tashkil qilish maqsadida ta’lim muassasasida qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyasi raisi va mas’ul kotibi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasi a’zolarining vazifalari qabul komissiyasi raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hujjatlar 20-iyun — 20-iyul mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘qishga kiruvchilar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchining ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan maktab-internat direktori nomiga ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi (guvohnomaning asli komissiyaga shaxsan ko‘rsatiladi), takroran berilgan hollarda tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organining tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy ma’lumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, qon, siydik, gijja tuxumi tahlili, EKG, 14 yoshdan boshlab flyurografiya, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, psixonevrologik dispanserdan ma’lumotnoma, yakka kurash turlari uchun umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel qismlarining ikki proyeksiyadagi rentgen rasmi hamda travmatolog xulosasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyidan ma’lumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3,5 x 4,5 hajmdagi 8 ta rangli fotosurat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hujjatlar qabul komissiyasiga o‘qishga kiruvchi tomonidan shaxsan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda qabul komissiyasi o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ikki turda: umumiy hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi, umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun — 30 ball hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun — 70 ball ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport turlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘quvchilarni qabul qilish uchun tashkil etilgan qabul komissiyasi ish faoliyatini nazorat qilib borish maqsadida sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar, oliy sport mahorati maktablari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakili, sport ta’lim muassasalari xodimlaridan iborat bo‘lgan ishchi guruh shakllantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 21-iyul — 28-iyul mobaynida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 1-avgust kuni e’lon qilinadi. Imtihondan o‘tmagan o‘quvchilarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati va kubogi g‘olib va sovrindorlari, O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari a’zoligiga hamda ularning zaxirasiga kirganlar maktab-internat o‘quvchilari safiga imtihonlarsiz imtiyozli ravishda qabul qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qabul komissiyasi qarori asosida o‘quvchilarni qabul qilish to‘g‘risida maktab-internat direktori tomonidan buyruq chiqariladi va o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maktab-internatga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, o‘quvchilar qabulini oshkora va demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida videokuzatuvni olib (yozib) borish lozim va ommaviy axborot vositalari jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan keyin uch kun muddatda maktab-internatning qabul komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun uch kishidan iborat apellatsiya komissiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon materiallarini ko‘rib chiqib, qabul komissiyasiga yozma hisobot topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maktab-internat o‘quvchilari o‘quv yili davomida ikki marotaba (har ikki chorakda bir marta) fanlarni o‘zlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga o‘tkazish hamda o‘tkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan o‘quvchilarni o‘qishdan chetlatish direktor buyrug‘i asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Attestatsiya maktab-internat o‘quvchisining o‘quv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, o‘quv rejada belgilangan fanlarni o‘zlashtirishi, o‘quvchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Attestatsiya komissiyasi a’zolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, maktab-internat direktori – komissiya raisi, sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari – komissiya mas’ul kotibi, ta’lim muassasaning kasaba uyushmasi qo‘mita raisi, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, sinf rahbarlari, trener-o‘qituvchilar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi. Zarur hollarda attestatsiya komissiyasi tarkibiga sport ta’lim muassasalari va sport turlari bo‘yicha federatsiya (uyushma)lar mutaxassislari hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakili jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sport turlari bo‘yicha trener-o‘qituvchilar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan o‘tuvchilarning attestatsiyaga oid ma’lumotlari va hujjatlarini to‘playdi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil (o‘quv yili) davomida erishgan natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil boshidagi va attestatsiya o‘tkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va sportchi ko‘rsatgan natija tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rsatgan eng yaxshi natijasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-o‘qituvchilar jamoasining tavsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil (o‘quv yili) davomida umumta’lim va maxsus fanlarni o‘zlashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil (o‘quv yili) davomida o‘quvchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sog‘lig‘i to‘g‘risida vrach xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tuvchining faoliyatiga oid qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida 3 — 5 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan o‘tuvchining sport, ma’naviy-ma’rifiy va o‘qish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida ma’lumotnoma — attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Attestatsiya varaqasi sport turlari bo‘yicha katta trener-o‘qituvchi, sportchining shaxsiy treneri-o‘qituvchisi, bo‘lim uslubchisi, bo‘lim tarbiyachisi, sinf rahbari va bo‘lim vrachi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. To‘plangan hujjatlar asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi. Zarur hollarda audio yoki videoga tushiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Attestatsiya natijalari bo‘yicha komissiyaning xulosasi komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Attestatsiya komissiyasi xulosasi attestatsiya varag‘iga yoziladi va attestatsiyadan o‘tuvchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan so‘ng e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Attestatsiya natijalariga ko‘ra komissiya quyidagi xulosalardan birini qabul qiladi: Maktab-internatida o‘qishga “Loyiq” yoki “Noloyiq”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Attestatsiya komissiyasi xulosalari bayonnomalar bilan tasdiqlanadi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Attestatsiyadan o‘tuvchi attestatsiyaga uzrli sabab bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan o‘tkazish boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Attestatsiya yakunlariga ko‘ra o‘quvchilar safidan chiqarilgan o‘quvchilar o‘rniga umumiy o‘quvchilar kontingentidan chiqmagan holda, o‘quv yilining har choragi davomida iqtidorli o‘quvchilar o‘rnatilgan tartibda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. O‘quvchining o‘qishini maktab-internatdan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. O‘quvchining o‘qishini maktab-internatdan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) o‘z xohishiga ko‘ra (ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) attestatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tibbiy nomuvofiqlik bo‘lganda — vrach xulosasiga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogolli va giyohvand vositalar qo‘llanilgan taqdirda — pedagogik kengashning qaroriga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hollarda o‘quvchining o‘qishini boshqa ta’lim muassasaga ko‘chirishda o‘quvchi yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. O‘quvchilar safidan chiqarilgan o‘quvchi o‘qishini doimiy turar joyi bo‘yicha umumta’lim maktabida davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
(3-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati xamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) o‘quvchilarni oziq-ovqat bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab-internat o‘quvchilari sutkalik oziq-ovqat normasiga muvofiq, ota-onalar to‘lovi hisobiga xarajatlarni qisman qoplagan holda, bepul (imtiyozli) oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ta’tillar davrida (60 kungacha) maktab-internat o‘quvchilari uchun o‘tkaziladigan o‘quv-mashq yig‘inlari vaqtida o‘quvchilar oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab-internatlarga ota-onalar to‘lovi ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) va maktab-internat ma’muriyati o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktab-internatga ota-onalar to‘lovi har oyda, to‘lanadigan joriy oyning o‘ninchi kunidan kechikmay to‘lanadi. Ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) xohishiga ko‘ra ota-onalar to‘lovi yanada uzoq muddatlar uchun to‘lanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar to‘lovi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan muddatdan keyin bir hafta mobaynida to‘lanmagan taqdirda maktab-internat o‘quvchisiga tekin (imtiyozli) oziq-ovqat berish to‘lov to‘lanadigan vaqtgacha to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ota-onalar to‘lovi bankka to‘lanadi, keyinchalik maktab-internatga to‘lov to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining nusxasi (kvitansiyasi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ota-onalar to‘lovi pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langan taqdirda maktab-internatga to‘lov topshiriqnomasining nusxasi (to‘lov to‘langanligi to‘g‘risidagi bank belgisi bilan) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktab-internat bo‘yicha ota-onalar to‘lovi tegishli hududiy g‘aznachilik hisob raqamlariga, keyinchalik ulardan foydalanish uchun maktab-internatning g‘aznachilik bo‘linmalaridagi hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maktab-internatlarda ota-onalar to‘lovini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktab-internatda ota-onalar to‘lovi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab-internatga ota-onalar to‘lovining bir kunlik miqdorini hisoblash ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning bir oylik to‘lovi miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq maktab-internatning oylik ish jadvali bo‘yicha ish kunlari soniga taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktab-internat o‘quvchisi o‘zining yoki oila a’zolarining (u parvarish qilishga majbur bo‘lgan) kasalligi sababli maktab-internatga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davr uchun to‘lov ota-onalar to‘lovini keyingi to‘lash chog‘ida o‘quvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani chegirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda o‘quvchining yoki uning oila a’zolarining kasalligi (karantin) sababli maktab-internatga kelmaganligi tegishli davolash muassasasi bergan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Maktab-internat o‘quvchisi o‘quv yili davomida sport turlari bo‘yicha terma jamoa tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federatsiya (uyushma) yoki boshqa mablag‘lar hisobidan maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan o‘quv-mashq yig‘inlariga jalb etilganda ovqatlanish tabeliga kiritilmaydi va ota-ona to‘lovi hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchining o‘quv-mashq yig‘inlari davri uchun to‘lov ota-onalar to‘lovini keyingi to‘lash chog‘ida o‘quvchi maktab-internatga kelmagan davr uchun hisoblab yozilgan tegishli summani mazkur Nizomning 8-bandiga muvofiq chegirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchi maktab-internatga kelmagan boshqa barcha holatlarda ota-onalar to‘lovi umumiy asoslar bo‘yicha undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maktab-internat o‘quvchilariga bepul (imtiyozli) ovqatlanish uchun ota-ona to‘lovi direktor tomonidan tasdiqlangan buyruqqa asosan tarbiyachi yoki guruh rahbari tomonidan direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida taqdim etilgan ovqatlanish uchun kunlik tabel asosida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) o‘quvchi maktab-internatga kelishi boshqa ta’lim muassasasiga o‘tishi munosabati bilan to‘xtashidan kamida bir hafta oldin bu to‘g‘rida maktab-internat ma’muriyatini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Maktab-internat xabardor qilinmagan taqdirda ota-onalar to‘lovi sifatida to‘langan to‘lov qayta hisob-kitob qilinmaydi va qaytarib berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ota-onalar to‘lovi sifatida to‘langan mablag‘larni ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) qaytarib berish tegishli summani ota-onalardan (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan) birining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maktab-internat o‘quvchilarini ota-onalar to‘lovidan ozod qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan berilgan kam ta’minlangan oila to‘g‘risidagi ma’lumotnoma o‘quvchilarni ota-onalar to‘lovidan ozod qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu hujjat ko‘rib chiqish uchun maktab-internatga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kam ta’minlangan oilalarning ota-onalar to‘lovidan (rejalashtirilayotgan o‘quvchilar umumiy sonining 30 foizi doirasida) ozod qilinayotgan o‘quvchilari ro‘yxati moliya yili boshlangungacha, ota-onalar kengashi yig‘ilishi bayonnomasi asosida maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida ta’lim olayotgan kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan o‘quvchilar ota-onalar to‘lovidan (rejalashtirilayotgan o‘quvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) ozod qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kam ta’minlangan oilalarning ota-onasi (ulardan biri yoki ikkalasi ham) I yoki II guruh nogironlari bo‘lgan o‘quvchilari ota-onalar to‘lovidan birinchi navbatda ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kam ta’minlangan oila ro‘yxatiga kiritilgan o‘quvchi maktab-internat o‘quvchilari safidan chiqarilganda uning o‘rniga umumiy kam ta’minlangan oila ro‘yxatida bo‘lgan, lekin kam ta’minlangan oila sifatida ota-onalar to‘lovidan ozod etilganlar ro‘yxatiga kiritilmagan o‘quvchi keyingi oydan ro‘yxatga kiritiladi va ota-ona to‘lovidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport turlari bo‘yicha barcha yoshlar toifasidagi O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga kiritilgan o‘quvchilar direktorning buyrug‘iga asosan sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkibida bo‘lgan davrda ota-ona to‘lovidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maktab-internatga ota-onalar to‘lovi bo‘yicha mablag‘larni hisoblash va tushishining buxgalteriya hisobi tegishli maktab-internatning buxgalteriyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maktab-internatlarning rahbarlari va bosh buxgalterlari ota-onalar to‘lovidan tushadigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ota-onalar to‘lovidan tushgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) direktorlari, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (keyingi o‘rinlarda direktor o‘rinbosarlari deb ataladi), katta instruktor-metodisti, instruktor-metodistlari, trener-o‘qituvchilari, sport psixologlari va tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab-internatning direktori, direktor o‘rinbosarlari, katta instruktor-metodisti, instruktor-metodistlari, sport psixologlari (keyingi o‘rinlarda maktab-internatning ayrim xodimlari deb ataladi), trener-o‘qituvchilari va boshqa xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi xodimlari ish haqi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qaroriga, fan o‘qituvchilarining mehnatiga haq to‘lash va rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab-internatning tibbiyot punkti xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlarining ish haqi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab-internatning ayrim xodimlariga, trener-o‘qituvchilariga ushbu Nizomga asosan qo‘shimcha va ustamalar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maktab-internatning ayrim xodimlariga ustamalar belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab-internatning ayrim xodimlari mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ularga, o‘quvchilar yuqori sport natijalariga erishgan taqdirda, bazaviy tarif stavkasiga quyidagi har oylik ustamalar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktab-internat o‘quvchilarining
sportdagi natijalari
O‘quvchini tayyorlashda bevosita
qatnashgan xodimlarga bir nafar o‘quvchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda
direktorga
direktor
o‘rinbosarlari,
katta instruktor-
metodistga, instruktor-
metodistlarga, sport
psixologlariga
tibbiyot punkti
xodimlariga
Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III o‘rinlar)
10
8
7
Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III o‘rinlar)
7
6
6
O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindori (I — III o‘rinlar)
6
5
4
Sport turlari bo‘yicha barcha yoshlar toifasidagi O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibi
5
4
3
Sport turlari bo‘yicha barcha yoshlar toifasidagi O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibi
3
3
2
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi turli sport yutuqlariga ega bo‘lsa, maktab-internatning ayrim xodimlariga, ushbu o‘quvchi uchun yutuqlar hisobga olingan holda belgilangan ustamaning eng yuqori miqdori qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ustamalarning jami miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat direktori, direktor o‘rinbosarlari, katta instruktor-metodisti va tibbiyot punkti xodimlari uchun – belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning sport bo‘limi instruktor-metodistlari va sport psixologlari uchun — biriktirilgan sport turlari bo‘yicha erishilgan sport natajalari uchun, lekin bazaviy tarif stavkasining 300 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan ustamalarni belgilash kalendar yil boshida, maktab-internatning o‘quvchilari kontingentidan va ularning oldingi yildagi sport natijalaridan kelib chiqqan holda maktab-internatning trener-o‘qituvchilari tarifikatsiyasini va shtatlar jadvalini tuzishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida ustamalar miqdorlarini o‘zgartirish maktab-internatning tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash fondi doirasida amalga oshiriladi va maktab-internat rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktab-internatning ayrim xodimlari va trener-o‘qituvchilariga ustamalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) o‘tkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran belgilanadi va bir kalendar yil mobaynida saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlashni ta’minlaganlik uchun — o‘quvchi O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va o‘quvchining jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrida saqlab qolinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktab-internat ayrim xodimlariga o‘quvchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni to‘lash uning maktab-internat tarkibidan rasman chiqib ketish (boshqa ta’lim muassasasiga o‘tish, maktab-internatidan chiqarilish, uni bitirish) sanasidan keyingi oyning boshidan e’tiboran to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Trener-o‘qituvchilarga ish haqi va ustamalarni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sport tayyorgarlik bosqichi va sport turlarining guruhlaridan kelib chiqib trener-o‘qituvchilarga to‘lanadigan ish haqi va ustamalarning foizlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Maktab-internatda sport tayyorlash bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv-mashq bosqichi. Bu bosqichda sportning tanlangan turi bo‘yicha bir yildan kam bo‘lmagan tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan va umumiy jismoniy hamda maxsus tayyorgarlik bo‘yicha qabul qilish me’yorlarini bajargan sog‘lom o‘quvchilardan tanlov asosida guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda o‘quv yillariga o‘tkazish o‘quvchilar tomonidan umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘tkazish — nazorat me’yorlarini bajarish sharti hamda sport toifasining borligi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport mahoratini takomillashtirish bosqichi. Ushbu bosqichda o‘quv-mashq bosqichidan o‘tgan hamda maxsus jismoniy va sport tayyorgarligi bo‘yicha qabul va o‘tkazish me’yorlarini, ularning sport mahorati darajasi talablarini bajargan o‘quvchilardan guruhlar shakllantiriladi. Bu bosqichda o‘quv yillariga o‘tkazish sport ko‘rsatkichlari dinamikasining ijobiy o‘sishi sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sport mahorati bosqichiga sport mahoratini takomillashtirish bosqichidan o‘tgan, tegishli sport razryadiga ega bo‘lgan hamda mintaqa yoki respublika darajasida O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkibiga qabul qilish uchun qo‘yiladigan talablarga javob beradigan, shuningdek, sportda barqaror yuqori natijalar ko‘rsatadigan o‘quvchilardan jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha o‘quv guruhlari bilan o‘quv mashg‘uloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi o‘quvchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quv guruhlari bilan o‘quv mashg‘uloti ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)
Sport turlari guruhlari
I
II
III
O‘quv guruhlarining to‘ldirilishi (o‘quvchilar soni)
Oliy sport mahorati
Butun davr
32
3 — 5
6 — 8
3 — 5
Sport mahoratini takomillashtirish
1 yildan ko‘p
28
4 — 6
6 — 8
4 — 6
1 yil
26
5 — 7
8 — 10
5 — 7
O‘quv-mashq
2 yildan ko‘p
20 — 24
6 — 8
10 — 12
6 — 8
2 yil
18 — 24
6 — 10
10 — 14
6 — 10
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: O‘quv guruhlari tarkibida bir yoki bir necha O‘zbekiston terma jamoa a’zosi (asosiy tarkib) mavjud bo‘lsa haftalik o‘quv soati hajmi 36 soatgacha oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* O‘quv mashg‘ulotlar akademik soat bo‘yicha belgilanadi. 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat.
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv yillari bo‘yicha me’yoriy talablar sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha sport razryadlari talabi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
O‘qitish yili
O‘quvchilarga sport razryadi talablari
I — III sport turlari guruhlari
Oliy sport mahorati
Butun davr
Sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xalqaro toifadagi sport ustasi
Sport mahoratini takomillashtirish
1 yildan ko‘p
I razryad, sport ustaligiga nomzod
1 yil
I — IIIrazryad
O‘quv-mashq
2 yildan ko‘p
I-o‘smirlar, III razryadi
2 yil
III-o‘smirlar razryadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport turlari guruhlar bo‘yicha quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I sport turlarining birinchi guruhiga — sportning jamoaviy o‘yin turlaridan tashqari, sportning barcha olimpiya turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II sport turlarining ikkinchi guruhiga — sportning jamoaviy o‘yin turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III sport turlarining uchinchi guruhiga — sportning noolimpiya va milliy turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maktab-internatning trener-o‘qituvchilariga lavozim maoshlari mehnatga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkasidan, belgilangan normativlaridan yoki o‘quv mashg‘ulot ishlarining rejalashtirilayotgan hajmlaridan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha haqlardan kelib chiqqan holda ularni o‘quv va kalendar yili boshida tarifikatsiyalashda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maktab-internatning trener-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash har bir o‘quvchi uchun me’yor bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bir nafar o‘quvchiga nisbatan maktab-internat trener-o‘qituvchisining mehnatiga haq to‘lashda trener-o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlar belgilanadi:
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport musobaqalari darajasi
Sport
natijasi
O‘quv
davri
Bir nafar o‘quvchiga nisbatan
bazaviy tarif stavkasiga
belgilanadigan foiz miqdori
I
II
III
1
2
3
4
5
6
I.O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira,
respublika va xalqaro musobaqalarga o‘quvchilarni tayyorlash
Sport turlari bo‘yicha barcha yoshlar toifasidagi O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy tarkibiga
butun davrda
55 %
45 %
40 %
Sport turlari bo‘yicha barcha yoshlar toifasidagi O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari zaxira tarkibiga
butun davrda
45 %
35 %
30 %
Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionati va Kubogi sovrindorlari (I-III o‘rin)
1-o‘rin
butun davrda
200 %
200 %
200 %
2-o‘rin
180 %
180 %
180 %
3-o‘rin
160 %
160 %
160 %
Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati va Kubogi sovrindorlari (I-III o‘rin)
1-o‘rin
butun davrda
150 %
140 %
130 %
2-o‘rin
140 %
130 %
120 %
3-o‘rin
130 %
120 %
110 %
O‘zbekiston Respublikasi chempionati va Kubogi sovrindorlari (I-III o‘rin)
1-o‘rin
butun davrda
100 %
90 %
80 %
2-o‘rin
90 %
80 %
70 %
3-o‘rin
80 %
70 %
60 %
II.Maktab-internatlarda sport zaxirasi tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha
o‘quvchilarning tayyorlashda amalga oshiriladigan foizlar miqdori
Oliy sport mahorati
Butun davr
40
25
35
Sport mahoratini takomillashtirish
Butun davr
30
15
20
O‘quv-mashq
Butun davr
12
8
10
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘quvchilarni O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy tarkibiga va stajorlarini, respublika va xalqaro sport musobaqalari sovrindorlarini tayyorlash uchun maktab-internatlari trener-o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash normativlari miqdorlari eng yuqori hisoblanadi. Bir nafar o‘quvchi uchun trener-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash normativlarining aniq miqdorlarini belgilash to‘g‘risidagi qaror maktab-internat direktori tomonidan, mehnatga haq to‘lashning belgilangan miqdorlari va fondi doirasida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir nafar o‘quvchi uchun normativlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot ishlari uchun maktab-internatning trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lashda trener-o‘qituvchining lavozim maoshini ustamalar va qo‘shimcha haqlarsiz hisoblab chiqarish unga belgilangan bazaviy tarif stavkasini uning mehnatiga haq to‘lashning foizlar hisobidagi normativiga ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trener-o‘qituvchi tomonidan bir nechta o‘quvchi tayyorlangan taqdirda ushbu trener-o‘qituvchining mehnatiga haq to‘lash normativi har bir o‘quvchi bo‘yicha uning sportdagi yutuqlarini va tayyorlash bosqichlarini hisobga olgan holda, belgilangan normativlar miqdorlarini jamlash yo‘li bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda trener-o‘qituvchining ustama va qo‘shimcha haqlarsiz lavozim maoshi unga belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorining uch yuz foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi maktab-internatning yuqori toifali sportchilar tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan o‘quvchilarning (Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan) ayrim trener-o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasi miqdorining besh yuz foizigacha miqdorda lavozim maoshi belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bir nafar o‘quvchi uchun mehnatga haq to‘lash normativi miqdori maktab-internatning trener-o‘qituvchisiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun — o‘quvchi O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va o‘quvchi jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrda saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va shu kabilar) o‘tkazilgungacha saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida o‘quvchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va shu kabi keyingi O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari o‘tkazilgungacha, biroq bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrga saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agar maktab-internatning trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibi a’zosi Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lsa), u holda trener-o‘qituvchining mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori, o‘quvchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar maktab-internat trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan o‘quvchi mazkur trener-o‘qituvchining o‘quv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener-o‘qituvchi rahbarligidagi boshqa o‘quv guruhiga, boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilsa va shu kabi holatlarda), u holda trener-o‘qituvchi mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun o‘quvchi trener-o‘qituvchining o‘quv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran kamayish tomoniga qayta ko‘rib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. O‘quv guruhiga yil mobaynida boshqa trener-o‘qituvchi rahbarligida, shuningdek, boshqa ta’lim mussasasidan o‘quvchilar safiga qabul qilingan, yuqori sport natijalariga erishgan o‘quvchi o‘tkazilgan maktab-internat trener-o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajorlar) tayyorlaganlik uchun o‘quvchi mazkur trener-o‘qituvchining o‘quv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo chempionatlari va kuboklari, O‘zbekiston Respublikasi chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun o‘quvchi mazkur trener-o‘qituvchi rahbarligida ko‘rsatib o‘tilgan musobaqalarda mazkur natijaga (I — III o‘rinlar) takroran erishgungacha belgilanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa ta’lim muassasasidan o‘quvchilar safiga qabul qilingan o‘quvchi uchun trener-o‘qituvchining mehnatiga haq to‘lash, o‘quvchining sport tayyorgarlik guruhiga mos ravishda rasman o‘quvchilar safiga qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sport tayyorgarlik faoliyatini amalga oshirish, yuqori malakali o‘quvchilarni tayyorlashda samaradorlikni oshirish maqsadida maktab-internat trener-o‘qituvchilar faoliyatini quyidagicha tashkil etishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan o‘quv-mashq jarayoniga bir-biriga yaqin bo‘lgan sport turlariga xoreograf, akrobat va psixolog trener-o‘qituvchilarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar bilan o‘quv-mashq jarayonini olib borish uchun ixtiyoriylik asosida brigadaga birikishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigadaga jalb qilingan trener-o‘qituvchilar va o‘quvchilar tarkibi maktab-internat trener-o‘qituvchilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, brigada ishtirokida erishilgan sport natijasi, ularni tayyorlashdagi mehnatga haq to‘lash me’yori brigadaning barcha a’zolariga nisbatan hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Brigadaga a’zo bo‘lgan har bir trener-o‘qituvchining o‘quvchini tayyorlashdagi ulushi trener-o‘qituvchilarning umumiy yig‘ilishida aniqlanadi va maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Direktor, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, katta instruktor-metodistlar, instruktor-metodistlar o‘zlarining asosiy lavozimi bo‘yicha ish vaqti mobaynida, tegishli ma’lumotga va malaka toifasiga ega bo‘lgan sport bo‘yicha trener-o‘qituvchining bazaviy tarif stavkasi hisobidan haq to‘langan holda o‘z maktab-internatlarida o‘quv-mashq mashg‘ulotlari olib borishlari mumkin. Ularning trener-o‘qituvchilik ishlari hajmi maktab-internat trener-o‘qituvchisining belgilangan o‘quv mashg‘ulot ishlari hajmining 50 foizidan oshmasligi kerak.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Maktab-internat trener-o‘qituvchilarining mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishi, tashkiliy va tarbiyaviy ishlarni olib borishi, shuningdek, jamoani (o‘quvchini) musobaqaga tayyorlash uchun sarflagan vaqtiga qo‘shimcha haq to‘lanmaydi. Trener-o‘qituvchining sport tadbirlarida (respublika va xalqaro miqyosda) ishtiroki davri uchun oylik ish haqi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Maktab-internatning sport turlari bo‘yicha katta trener-o‘qituvchilariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10,6 foizi miqdorida har oylik to‘lovlar belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Faxriy unvonga ega bo‘lgan trener-o‘qituvchilarga Vazirlar Mahkamasining “Farxiy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qaroriga asosan to‘lovlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarining asosiy va zaxira tarkiblari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va maktab-internatga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ayrim xodimlarga va trener-o‘qituvchilarga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish va to‘lashning to‘g‘riligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu maktab-internatlarning rahbari va bosh hisobchi zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Maktab-internat ayrim xodimlariga va trener-o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq va ustamalarni to‘lash ularning ish haqini to‘lash bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Maktab-internat ayrim xodimlariga va trener-o‘qituvchilariga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi, xolisonaligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ShTATLAR JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Lavozimlar nomi
Shtat birligi soni
1.
Direktor
1
2.
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
1
3.
Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
1
4.
Direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
1
5.
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
1
6.
Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari
1
7.
Kotib-ish yurituvchi
1
8.
Kadrlar bo‘yicha bosh inspektor
1
9.
Kadrlar va o‘quvchilar bo‘yicha inspektor
1
10.
Yuriskonsult
1
11.
Bosh muhandis-energetik
1
12.
Psixolog
1
13.
Sport psixologi
3
14.
Ish yurituvchi
1
15.
Bosh buxgalter
1
16.
Buxgalter
3
17.
Kassir
1
18.
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muhandisi
Sport zaxirasini tayyorlash va monitoringini yurituvchi bo‘lim katta instruktor-metodisti
1
23.
Instruktor-metodist
8
24.
Sport shifokori (Tibbiyot punkti mudiri)
1
25.
Shifokor-travmatolog
1
26.
Shifokor-pediator, oliy toifali
1
27.
Shifokor-diyetolog
1
28.
Hamshira, oliy toifali
2
29.
Hamshira, 1-toifali
2
30.
Massajist
2
31.
Sanitarka (kichik tibbiy xodim)
1
32.
Bosh oshpaz
1
33.
Oshpaz
7
34.
Oshxona ishchisi
4
35.
Idish-tovoq yuvuvchi
4
36.
Yordamchi ish�i
1
37.
Yukchi
1
38.
Ombor mudiri
1
39.
Omborchi (kladovshik)
2
40.
Ta’minot bo‘yicha agent
1
41.
Katta tarbiyachi
1
42.
Kir yuvish bo‘yicha mashinist
2
43.
Kiyim va belyoni ta’mirlash bo‘yicha ishchi
1
44.
Dazmolchi
1
45.
Maxsus oyoq kiyimlarini ta’mirlovchi ishchi
1
46.
Bino va inshootlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhandis
1
47.
Kutubxonachi
1
48.
Video-yozuv operatori
2
50.
Suv uzatish tarmoqlarini ta’mirlovchi ishchi
1
51.
Arxivarius
1
52.
Ovoz operatori
1
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2020-yil 1-iyulgacha faoliyat olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 2020-yil 1-iyuldan ish faoliyatini boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ot sporti turi mavjud bo‘lgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarining qo‘shimcha shtat birligi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish me’yorlari ushbu namunaviy shtatlar ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari uchun alohida lavozimlarni kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ME’YORLARI

1. Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida nazarda tutilgan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining alohida lavozimlari mazkur me’yorlarga muvofiq kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maktab-internatlarda alohida lavozimlarni kiritish me’yorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktab-internatda o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar soni 300 nafar va undan ortiq bo‘lsa — 1,0 birlik bo‘lim mudiri lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maktab-internat o‘quv rejasida o‘quv-laboratoriya amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilish uchun jihozlangan har bir o‘quv-laboratoriya xonasi mavjud bo‘lsa — 1,0 birlik laborant lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maktab-internatning lingafon, kompyuter va o‘quv-texnika jihozlari o‘rnatilgan xonalariga xizmat ko‘rsatish uchun — 1,0 birlik lingafon, kompyuter va o‘quv-texnika jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi texnik lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktab-internatning garderob xonasidagi mavjud 250 ta va undan ortiq jihozlangan kiyim saqlash joylari uchun — 1,0 birlik garderobchi (kiyim saqlovchi) lavozimi mavsumiy 5 oyga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maktab-internatning 2500 kv. m va undan ortiq qoplama to‘shalgan (asfalt, beton, bruschatka) maydonini supurish uchun — 1,0 birlik hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi. Qoplama to‘shalgan maydonning keyingi har 2500 kv. m uchun 1,0 birlikdan hovli supuruvchi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maktab-internatning mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga.dan 2,0 ga.gacha maydoni uchun — 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga. maydon uchun — 1,0 birlik bog‘bon lavozimi kiritiladi. Ijaraga bergan maydoni bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maktab-internatni kecha-kunduz qo‘riqlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi. Bunda hududdan tashqarida joylashgan binolar uchun ham alohida 4,0 birlik qorovul lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har bir alohida bino, shu jumladan o‘quvchilar turar joyi, sport inshootlari uchun — alohida komendant 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi (ochiq sport maydonlaridan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bino, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektromontyor lavozimi 700 tagacha yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va korobka) (ta’lim muassasasi balansida bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun — 0,5 birlik, har 700 ta yoritish nuqtalari uchun — 1,0 birlik (biroq ta’lim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chilangar (santexnik) lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan xar 2800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq ta’lim muassasasida 5,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chilangar lavozimi — suv quvurlari, kanalizatsiya va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2800 kv.m. maydon uchun — 1,0 birlik (biroq ta’lim muassasasida 5,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
duradgor lavozimi — ta’lim muassasasi binosining foydalaniladigan 3500 kv.m. va undan ortiq maydoni uchun — 1,0 birlik (ta’lim muassasasida 3,0 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa balansidagi binolarning ekspluatatsiya ishlari ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilganda, inshootlar va jihozlarni joriy ta’mirlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar lavozimlari kiritilmaydi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Binolarning ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, majlislar zali va sport zali hamda o‘quv-auditoriya (yotoqxonaning o‘quvchilar yotadigan xonalari bundan mustasno) maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 700 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Binolarning ichki qismidagi, sport zallaridagi hojatxona va cho‘milish xonalarini tozalovchi farrosh lavozimi har 50 kv.m tozalash maydoni uchun — 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lokal isitish tizimida ko‘mir, torf, mazut va hokazolar bilan isitiladigan xar bir qozonxonaga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun -2,0 birlikdan, tabiiy gaz yoqilg‘isi bilan ishlaydigan xar bir qozonxonalarda (qozonxona hajmidan qat’i nazar) har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun -1,0 birlikdan (bunda har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida kichik qozonlar bilan isitiladigan har bir alohida manzilda joylashgan binolar majmuasiga har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun qozonlar soni 6 tagacha bo‘lsa — 1,0 birlikdan, 6 va undan ortiq bo‘lsa — 2,0 birlikdan (bunda har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birligi yil davomida saqlanadi);
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isitish pechlari orqali isitiladigan muassasalarda har 10 ta pech uchun — 1,0 birlikdan va keyingi har 5 — 9 ta pech uchun qo‘shimcha 0,5 birlikdan (lekin muassasa uchun 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maktab-internatda 1,0 birlikda har ikkita binoga kompleks xizmat ko‘rsatuvchi va binolarni joriy ta’mirlash ishchisi lavozimi doimiy kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tarbiyachi lavozimi dam olish va bayram kunlarida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda, maktab-internatning o‘quvchilar turar joyida yashovchi har 25 nafar o‘quvchiga 1,0 birlik hisobidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maktab-internatning har bir alohida joylashgan o‘quvchilar turar joyi uchun ularning har bir o‘rin almashish ish vaqti uchun — 1,0 birlik (biroq 4,0 o‘rin almashish ish vaqtidan ortiq bo‘lmagan holda) o‘quvchilar turar joyining navbatchi tarbiyachisi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maktab-internatning o‘quvchilar turar joyida 300 nafar va undan ortiq o‘quvchilar istiqomat qilayotgan bo‘lsa — 0,5 birlik pasportist lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xo‘jalik bekasi lavozimi maktab-internat o‘quvchilar turar joyida yashovchi o‘quvchilar soni 150 nafardan 300 nafargacha — 1,0 birlik, 300 nafardan ortik bo‘lsa — 2,0 birlik shtat kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Liftchi lavozimi bir binoda joylashgan va foydalanilayotgan har bir lift yoki liftlar guruhiga har bir o‘rin almashish ish vaqtida uchun — 1,0 birlik (biroq 2,5 o‘rin almashish ish vaqtidan ortiq bo‘lmagan holda) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-maydagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan vazirlik va idoralar apparatlari, ularga bo‘ysunuvchi tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari yengil xizmat avtomashinalari cheklangan miqdorlariga muvofiq transport vositalarining cheklangan sonidan (limitidan) kelib chiqib, soz holatdagi har bir avtotransport vositasi uchun — 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maktab-internat balansiga kiritilgan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” musobaqasida va boshqa sport tadbirlarida g‘olib bo‘lganlik uchun berilgan transport vositalari uchun ta’lim muassasasining xarajatlar smetasida yoqilg‘i-moylash materiallari uchun mablag‘lar rejalashtirilib, 1,0 birlik haydovchi lavozimi kiritiladi. Ta’lim muassasasi rahbari uchun xizmat avtomashinasi sifatida foydalanilayotgan transport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Maktab-internat o‘quvchilarining turli xil tadbirlarda xavfsiz qatnashishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan maxsus avtotransport (avtobus, mikroavtobus) vositasi mavjud bo‘lsa, ularning har biri uchun alohida 1,0 birlik avtobus haydovchisi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sport inshootlari, yopiq va ochiq suv havzasi hamda basseynlari mavjud bo‘lgan maktab-internatlarda 1,0 birlikdan dezinfektor hamda suvdan har biriga alohida qutqaruvchi, ta’mirlovchi va tozaluvchi lavozimlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlari nasos stansiyasi operatorlari hamda basseynlari mavjud bo‘lgan 1,0 birlikdan operator kecha-kunduz ishlash uchun dam olish va bayram kunlari hamda ta’til davrida har bir o‘rin almashish ish vaqti hisobga olingan holda har bir alohida bino, inshootlar uchun 4,0 birlik operator lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Yopiq va ochiq suv havzasida suv inshootlariga alohida xlor bilan ishlov beruvchi 1,0 birlik shtat lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Futbol maydonini ta’mirlovchi va tozalovchi uchun — 1,0 birlik shtat birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maktab-internatning balansidagi mavjud soz holatdagi traktor texnikasi uchun — 1,0 birlik texnikani boshqarish traktorist lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Har bir alohida joylashgan sport inshootlari va sport maydonlari uchun tozalovchi, ta’mirlovchi 1,0 birlik shtat birligi lavozimi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Me’yorlar asosida tuziladigan shtatlar jadvalini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilishda, unga maktab-internatning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘quvchilar kontingenti, binolar soni, maydonlar hajmi, filiallar (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi ma’lumotlar) muassasa rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan holda ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Shtat jadvalini tuzishda maktab-internatning yilning 1-yanvar holatidagi ro‘yxatida mavjud bo‘lgan o‘quvchilar soni hisobga olinadi va u o‘quvchilar soni o‘zgarishiga ko‘ra yilning 1-sentabrdagi holati bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati o‘quvchilari uchun sutkalik oziq-ovqat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMASI

Quruq mevalar, shu jumladan, na’matak - 5 gr, bargak
50
21.
Choy
3
22.
Kakao
5
23.
Yodlangan tuz
10
24.
Xamirturush
1
25.
Mineral suv
500
26.
Bug‘doy maysalari kukuni mahsuloti
3
Oqsillar
231,8
Yog‘lar
228,8
Uglevodlar
957,9
Kaloriyasi
6693,8
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlarining (keyingi o‘rinlarda markaz deb ataladi) asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz o‘z faoliyati haqida O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hisobot beradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ixtisoslashuvi mintaqalarda shakllangan maktablarni, milliy an’analarni, trener-o‘qituvchilar tarkibini hamda erishilgan sport natijalarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi sportchilarni tayyorlash uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati (keyingi o‘rinlarda maktab-internat deb ataladi) mutaxassislarni, trener-o‘qituvchilar, sport psixologlari va instruktor-metodistlarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali markaz trener-o‘qituvchilari tarkibini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli sportchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari bo‘yicha umumta’lim maktab sport maktablari, oliy ta’lim muassasasi, tashkilot hamda federatsiya (uyushma)lar bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga o‘quv-metodik hamda me’yoriy-axborot yordami ko‘rsatishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda o‘tkazib borish, trener-o‘qituvchilar hamda sportchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy klublar va markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli va istiqbolli sportchilarning sport kamolotiga erishishi uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda sport zaxirasi va yuqori mahoratli sportchilarni tanlash va tayyorlashning metodik va tibbiy ta’minlanishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitishning barcha bosqichlarida sportchilar sport tayyorgarligining ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quv-mashq jarayonining tashkil etilishi va o‘tkazilishini, unga ilg‘or ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayoni natijalarini, sportchilarning jismoniy rivojlanishining yakka tartibdagi ko‘rsatkichlari o‘sishi dinamikasini, sport turi texnikasining asoslari o‘zlashtirilishini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning o‘quv-mashq yig‘inlarida, tuman, shahar, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarida ishtirokini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha eng yangi jahon ilmiy-metodik tavsiyalarni va texnologiyalarini qo‘llagan holda kuchli sportchilar – respublikaning milliy terma jamoalariga nomzodlarni va ularning zaxiralarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport musobaqalarida, chempionat va kuboklarda, turnirlarda, festivallarda, konferensiyalarda, simpoziumlarda, seminarlarda, yig‘inlarda va boshqa sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarda, shu jumladan xalqaro tadbirlarda ishtiroki orqali sportchilarning sport mahoratini, markazning va maktab-internat trener-o‘qituvchilari va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish tadbirlarini o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Markazning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlash davri va bosqichiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulot ishlarining bir haftalik rejimini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘qitish va tarbiyalashning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shakli, vositalari va usullarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun maktab-internatga biriktirilgan moddiy-texnik baza va mol-mulkdan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, sportchilar tomonidan o‘z majburiyatlari, o‘quv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida markazning yillik o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quv-mashq va tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish davrida markazning sportchilari xavfsizligini ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internat moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini, ulardan maqsadli foydalanilishini ta’minlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq jarayonining qo‘llaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining sportchilarning yoshi bilan bog‘liq ruhiy-jismoniy xususiyatlariga, mayllariga, qobiliyatlariga, qiziqishlariga, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar va xodimlarning huquq va erkinliklariga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Markazga sportchilarni qabul qilish va sport o‘quv guruhlarini to‘ldirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sportchilarni markazga qabul qilish o‘qish va ishlash joyidan qat’i nazar sport turlari bo‘yicha yoshlar milliy terma jamoalarining asosiy tarkibi a’zolari va zaxirasidan, sportning muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun zarur sport ko‘rsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchi salohiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli sportchilar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq kontingentdagi sportchilar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sportchilarni markazga qabul qilish belgilangan tartibda maktab-internat direktorining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markazga sportchilarni qabul qilish, attestatsiyadan o‘tkazish, chetlatish va tiklash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq trener-o‘qituvchining rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tish, o‘quv-mashq jarayonida va sport musobaqalarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaz tomonidan belgilangan tartibda markazning axborot resurslari, jismoniy tarbiya-sport inshootlari, sport anjomlari va asbob-uskunalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda foydalaniladigan sport formasi va anjomlarini belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida sog‘lig‘ining xavfsiz shart-sharoitlari va muhofaza qilinishi, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz sportchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z nazariy, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirib borishga, sport mahoratini takomillashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi va guruhli mashg‘ulotlarning o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini bajarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport rejimiga va gigiyenik talablariga rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener-o‘qituvchilar va boshqa sportchilarning sha’ni va shaxsiy huquq va erkinliklarini hurmat qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktab-internatning mol-mulkiga vijdonan munosabatda bo‘lishga, markazning ichki tartibiga rioya etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy nazorat talablariga qat’iy rioya qilishga, muntazam ravishda, 6 oyda kamida bir marta dispanser ko‘rigidan o‘tishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. O‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘quv yilining qancha davom etishi sport turining o‘ziga xosligiga, sport musobaqalari taqvimiga, sport tayyorgarligining davriylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi va sportning har bir turi uchun maktab-internat tomonidan yakka tartibda belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sportchilar bilan o‘quv-mashq mashg‘ulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlari va yillik o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘quv-mashq mashg‘ulotlarining mazmuni belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘quv-mashq jarayoni o‘qitishning texnik vositalari keng qo‘llangan, tiklash tadbirlari o‘tkazilgan holda sport mashqlarining zamonaviy metodikalari asosida trener-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashq qilish va musobaqalashish faoliyatini birga qo‘shib olib borish negizida quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Markazda sportchilarni tayyorlash bo‘yicha har yilgi sportchilar uchun nazorat normativlari sport federatsiya (uyushma)larining taqdimnomalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o‘quv yili boshlangunga qadar tasdiqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Markazda sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan sport federatsiya (uyushma)lari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Markazda sportchilarning ko‘p yillik sport tayyorgarligi o‘quv-mashq bosqichida, sport kamoloti va oliy sport mahorati bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar markaz o‘quv-mashq jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guruhlar bo‘yicha va yakka tartibdagi o‘quv-mashq va nazariy mashg‘ulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-mashq yig‘inlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sog‘lig‘ini tiklash, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini, tibbiy-biologik tekshirishlarni, pedagogik testdan o‘tkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning musobaqalarda va turli darajadagi musobaqa uchrashuvlaridagi ishtirokini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida sportchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv videoyozuvlarini, kinodasturlarini, shuningdek yetakchi sportchilar ishtirokidagi sport musobaqalarini ko‘rish va tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qo‘yilgan jamoalar va sportchilarni tayyorlash sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazish belgilangan tartibda markazning kalendar yil boshlanishidan ikki oy oldin tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘quv-mashq yig‘inlarining vazifalari tuman, shahar, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlarining kalendar rejasini hisobga olgan holda maktab-internatlar trener-o‘qituvchilar kengashi tomonidan aniqlanadi. O‘quv-mashq yig‘inlari sportchilarning sport mahoratini oshirishni ta’minlashi kerak, ular maqbul sharoitlarda va mashq tizimining muayyan davrlarida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markazning turli sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlardagi, shu jumladan turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlardagi ishtiroki tasdiqlangan kalendar rejasiga va ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy takliflarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Markaz o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jarayonida direktor tasdiqlagan rejaga muvofiq sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Markazning tarbiyaviy ishlari shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi va sportchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga ehtiyojni, ularning o‘z bilimlari, mahorati va ko‘nikmalarini doimiy ravishda to‘ldirib borishiga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Markazni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Markazni boshqarish ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga va markaz ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maktab-internat direktori markazga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maktab-internat direktori markaz ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan to‘liq javob beradi, trener-o‘qituvchilar jamoasi bilan birgalikda markazni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, markaz kadrlarini tanlaydi, xodimlarni, shu jumladan trener-o‘qituvchilarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Markazda tashkiliy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va metodik ishlarni oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga va trener-o‘qituvchilik ishida kamida bir yil tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadigan instruktor-metodist amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Instruktor-metodist o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi, sport turlari bo‘yicha dasturlar, o‘quv rejalari va mashg‘ulotlar jadvalining bajarilishi, o‘quv-metodik hujjatlarning yuritilishi, markazning razryadchilari va sport rekordlarining hisobga olinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, markazning metodik kabineti ishlariga rahbarlik qiladi, tibbiyot muassasalari, ta’lim muassasalari va o‘quv-tarbiya jarayoni masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Markazning trener-o‘qituvchilar tarkibi oliy yoki o‘rta maxsus, jismoniy tarbiya bo‘yicha kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport bo‘yicha trener-o‘qituvchilar o‘quv guruhlarini tanlash va to‘ldirishni, sportchilar bilan tarbiya va o‘quv-mashq ishlarini amalga oshiradi, sportchilarning tibbiy va dispanserizatsiya ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qiladi, sportchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun o‘quv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, o‘quv-mashq jarayoniga eng samarali hamda zamonaviy shakllar va metodlarni joriy etish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Sportchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) markazda o‘tkaziladigan o‘quv-mashq va tarbiya jarayoni bilan tanishish, shuningdek markazning nizomida nazarda tutilgan tartibda unda qatnashish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tibbiy nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Markaz sportchilari uchun belgilangan namunadagi tibbiy-nazorat kartasi to‘ldiriladi, unda sportchilar sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va doimiy nazorat maktab-internat tibbiyot xodimlari tomonidan olib boriladi va hujjatlar jamlanmasi tibbiyot punktida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Markaz sportchilarini puxta tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish uchun sog‘liqni saqlash muassasaslari tomonidan mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Markazning moddiy ta’minoti, uning moliyalashtirilishi va hisobotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Markazning sport asbob-uskunalarini, anjomlarini, metodik adabiyotlarini va ko‘rgazmali qo‘llanmalarini, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek sportchilarning sport tadbirlarida va o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashishini ta’minlash maktab-internatga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan yillik rejada nazarda tutilmagan tadbirlar o‘tkaziladigan taqdirda ularni tashkil etish maktab-internatning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markaz sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat normasi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq maktab-internatga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Markaz faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Markaz belgilangan tartibda monitoring va statistika hisoboti maktab-internatning buxgalteriya xizmati tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Markaz sportchilari ota-onalar to‘lovidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo‘yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi Olimpiya zaxiralari markazining qabul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KONTINGENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Ta’lim muassasasi nomi
Kontingent soni
1.
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
2.
Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
3.
Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
4.
Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
5.
Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
6.
Samarqand ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
7.
Farg‘onaixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
8.
Namangan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
9.
Buxoro ixtisoslashtirilgan �limpiya zaxiralari maktab-internati
50
10.
Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
11.
Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
12.
Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
13.
Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
14.
Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati
50
Jami:
700
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda hududiy markazlar kontingentiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi olimpiya zaxiralari markazlari to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati huzuridagi Olimpiya zaxiralari markazi sportchilari uchun sutkalik oziq-ovqat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NORMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quruq mevalar, shu jumladan, na’matak - 5 gr, bargak
50
21.
Choy
3
22.
Kak�o
5
23.
Yodlangan tuz
10
24.
Xamirturush
1
25.
Mineral suv
200
26.
Bug‘doy maysalari kukuni mahsuloti
3
Oqsillar
238,4
Yog‘lar
238,4
Uglevodlar
1017,9
Kaloriyasi
7133,04
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Markazga a’zo bo‘lgan sportchilar (sportchi-o‘quvchilar) uchun alohida taomnoma tuziladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 660-son qaroriga 8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlarida sport zaxirasini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 40-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2013-yil 2-avgustdagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 50-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-iyuldagi 221-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 7-son, 67-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2015-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-394-son Qonuni)” 2016-yil 20-oktabrdagi 355-son qaroriga ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-yil, 10-son, 95-modda) 5-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga ilovaning (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-yil, 20-son, 367-modda) 13-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2018-y., 09/18/660/1762-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 09/19/32/2481-son; 13.07.2019-y., 09/19/583/3422-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)