ILOVA
| Tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Masʼul ijrochilar | |
| I. Sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiyasi), tayyorlash va mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||
| 1. | Musobaqalarni oʻtkazishning quyidagi toʻrt bosqichli tizimi asosida olimpiya sport turlari boʻyicha chempionatlarni tashkillashtirish: I bosqich — sport maktabi chempionati (sport maktabi sportchilari orasida); II bosqich — tuman (shahar) chempionati (tumandagi har bir sport maktabi chempionatida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasida); III bosqich — viloyat chempionati (tuman (shahar) chempionatida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasida); IV bosqich — respublika chempionati (viloyat chempionatlarida gʻolib boʻlgan sportchilar oʻrtasida). | doimiy | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 2. | 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va kiritish. | 2018-yil | — | Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ |
| 3. | Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport maktablari ishini tashkil etishning amaldagi tizimini tanqidiy oʻrganish va uning yakunlari boʻyicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy shtat tuzilmalarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritish. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
| 4. | Oʻquv-mashgʻulot jarayoni hamda olimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish davomida sportchilarni tibbiy jihatdan taʼminlash va kuzatib borishni tashkillashtirish tartibini, shuningdek, sport tibbiy muassasalari tarmogʻini yaratish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
| 5. | Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish (tiklash), shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda hammabop sport seksiyalari va t�garaklarini tashkil etish. | 2018-yil | Ijrochilarning mablagʻlari | Mudofaa vazirligi , Milliy gvardiya, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 6. | Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sport kadrlarini tayyorlashning oʻquv-mashq jarayonida ilmiy-metodik texnologiyalarni takomillashtirish maqsadida mutaxassislar guruhlari (sport boʻyicha olimlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar)ning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini uyushtirish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, MOQ, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 7. | Respublikaning butun hududida sport tayyorgarligini tashkil etishning yagona talablari oʻrnatilishini taʼminlaydigan olimpiya sport turlari boʻyicha sport tayyorgarligining yagona standartlarini ishlab chiqish va sport-taʼlim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 8. | Olimpiya sport turlarini, jumladan respublikaning taʼlim muassasalarida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha klublar, toʻgaraklar va seksiyalarni tashkil etish. | 2018-2020-yillar | Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 9. | Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) hamda sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish maqsadida taʼlim muassasalarida oʻquvchilar oʻrtasida olimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil qilish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 10. | Joylarda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini jalb etgan holda ayniqsa qishloq yoshlari, qizlar va ayollar oʻrtasida olimpiya sport turlarini ommalashtirish boʻyicha ishlarni kuchaytirish. | Kalendar reja asosida | Ijrochilarning mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, “Mahalla” Jamgʻarmasi, MTRK, OʻzMAA, OʻzA, EOAVMA, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 11. | Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) maqsadida paralimpiya sport turlari boʻyicha musobaqalarni tizimli asosda tashkillashtirish orqali parolimpiya sporti zaxirasi tarkibini mustahkamlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasida budjet mablagʻlari, Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi va hayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 12. | Paralimpiya sport turlari boʻyicha idoralararo memorandumlar tuzish hamda BMT tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan nogironligi boʻlgan shaxslar orasida sport tadbirlarini tashkil etish. | Kalendar reja asosida | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ |
| II. Sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sport infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
| 13. | Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar (Adidas, Reebok, Nike, Li-Ning, Eleiko, Janssen Fritsen, Gymnova va boshqalarni) jalb etgan holda sport kiyim-kechaklari, anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ixtisoslashayotgan “Sport” EIZ faoliyatini tashkil etish. | 2018-yil | Budjet va investorlarning mablagʻlari | Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi , Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 14. | Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida yengil konstruksiyalardan tayyorlanadigan muz qoplamli sport saroylarini bosqichma-bosqich qurish va foydalanishga topshirishni tashkillashtirish: birinchi bosqich - 2018-2019-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida; ikkinchi bosqich - 2020-2021-yillarda Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatlarida. | 2018-2021-yillar mobaynida | Investorlar va xayriya mablagʻlari | Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Fargʻona, Andijon viloyatlari hokimliklari, MOQ, qishki sport turlari boʻyicha federatsiyalar |
| 15. | Eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Toshkent shahar Chilonzor tumanining “Beshyogʻoch” mahallasi hududidan oʻtuvchi “Boʻzsuv”, kanalida slalomda oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish. | 2018-yil | Ijrochilar vaxayriya mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi |
| 16. | Sport yakka kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktabi va dyuzdo boʻyicha R.Sobirov nomli sport klubi sportchilarini joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Dinamo” JTSJ hududida 120 oʻrinli mehmonxona qurilishi. | 2018-2019-yillar | Ijrochilarning mablagʻlari | Milliy gvardiya |
| 17. | Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi “Chimgan” qishlogʻida joylashgan “Paxtakor” Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasini qishki va murakkab texnik sport turlari boʻyicha Respublika oliy sport maktabi balansiga topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash. | 2019-yil | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
| 18. | Toshkent shahrining suv sporti turlarini rivojlantirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan markaz hududida suvga sakrash va suv polosi bilan shugʻullanish uchun basseynlar, sportchilar hamda boshqa mutaxassislar uchun 50 oʻrinli mehmonxona qurish. | 2019-2020-yillar mobaynida | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
| 19. | Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi akademiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahrida binoni begʻaraz asosda ajratib berish. | 2018-yil | Xorijiy investorlar va xayriya mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi |
| 20. | Toshkent shahrida, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Fargʻona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida Qilichbozlik federatsiyasining boʻlinmalari uchun inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish. | 2018-2019-yillar mobaynida | Xorijiy investorlar va xayriya mablagʻlari | Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Fargʻona, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi |
| 21. | Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qishlogʻida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari tomonidan oʻquv-mashq jarayonini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishi. | 2019-2021-yillar mobaynida | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, xayriya mablagʻlari, | Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, MOQ, Oʻzbekiston Regbi federatsiyasi |
| 22. | Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida gandbol boʻyicha sport zali qurilishi. | 2019-yil | “Ipoteka bank” ATIB | “Ipoteka bank” ATIB, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Gandbol federatsiyasi |
| 23. | Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida oʻq-yoy otish bilan shugʻullanish uchun yengil konstruksiyalardan qurilma, shuningdek, ogʻir atletika boʻyicha sport zali qurilishi. | 2019-yil | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, xayriya mablagʻlari | Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston oʻq-yoy otish federatsiyasi |
| 24. | Fargʻona viloyatining Qirguli shahridagi “Kimyochilar” stadioni hududida oʻq-yoy otish bazasini tashkil etish. | 2018-yil | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston oʻq-yoy otish federatsiyasi |
| 25. | Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” sport kompleksini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Jismoniy tarbiya-sport jamiyatiga hamda Toshkent shahridagi kollejlardan birining boʻshayotgan binolari va inshootlarini Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari markazini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga begʻaraz asosda topshirish. | 2018-yil | Ijrochilarning mablagʻlari | �chki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
| 26. | Respublika hududlarida Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari boʻyicha sport mahorati maktablarini tashkil etish uchun binolar ajratish. | 2018-yil | Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari – binolarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash boʻyicha ishlarga | Davlat raqobat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
| 27. | Ogʻir atletika boʻyicha terma jamoa aʼzolari uchun baza yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq qoʻrgʻonida joylashgan sobiq pionerlar uyini Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasiga begʻaraz asosda topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va jihozlash. | 2018-yil 30sentyabrgacha | Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi va xayriya mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston Ogʻir atletika federatsiyasi |
| 28. | Oʻzbekiston Suzish federatsiyasiga tutash boʻsh yotgan yer uchastkasini begʻaraz asosda ajratib berish, shuningdek, bu erda 70 oʻrinli mehmonxona qurish. | 2018-yil | NKMK mablagʻlari | Toshkent shahar hokimligi, NKMK, Oʻzbekiston Suzish federatsiyasi |
| 29. | Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida respublikaning har bir tumani va shahrida basketbol maydonchalari qurish uchun yer maydoni ajratib berish. | 2018-2020-yillar | Investorlar va xayriyajamgʻarmalari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Basketbol federatsiyasi |
| 30. | Olimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnika bazasi va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanidagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi “Kamalak” sport-sogʻlomlashtirish sihatgohini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash. | 2019-2020-yillar | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi va xayriya mablagʻlari | Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
| 31. | Respublikadagi barcha mavjud sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. Sport inshootlarining tegishli pasportlariga ega boʻlmagan barcha sport obyektlari, shu jumladan taʼlim muassasalaridan foydalanishni toʻxtatish boʻyicha amaliy choralar koʻrilishini taʼminlash. | 2018 — 2020-yillar mobaynida | Ijrochilarning mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 32. | Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018-yilgi XXIII qishki Olimpiya oʻyinlarida milliy terma jamoamiz ishtiroki yakunlarini har tomonlama va tanqidiy tahlil qilishni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, vazirliklar va idoralar |
| 33. | 2018-yil Buenos-Ayres shahri (Argentina)da oʻtkaziladigan III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini beradigan litsenziyali musobaqalarda Oʻzbekiston delegatsiyasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlanishini taʼminlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 34. | 2018-yilda Pekin shahri (Xitoy)da VI Osiyo Plyaj oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 35. | 2019-yilda Neapol shahri (Italiya)da oʻtkaziladigan XXX Butunjahon talabalar oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 36. | 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 37. | 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da oʻtkaziladigan XVI Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni taʼminlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 38. | Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionatlarini, shuningdek, boshqa sport tadbirlarini yuksak darajada tashkillashtirish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 39. | Sport maktablarining oʻquvchilari — 19 yoshgacha boʻlgan sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va oʻquv-mashq yigʻinlarining uzluksizligini taʼminlash orqali ularning sport mahorati va malakasi oshirilishini taʼminlash. | 2018 — 2021-yillar | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 40. | Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi togʻ-changʻi trassalarida togʻ-changʻi sporti va snoubord boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlarini, xalqaro sport musobaqalarini, oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mab�agʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, MOQ |
| 41. | Oʻzbekiston sport terma jamoasining qishki sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablagʻlari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ |
| III. Terma jamoalarning aʼzolarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan taʼminlash hamda imtiyozli chuqur tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkillashtirish, ularning ruhiy bardoshliligini oshirish | ||||
| 42. | Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida asosiy tarkibdagi sportchilarni – Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etishga nomzodlarni yiliga kamida ikki marta begʻaraz asosda tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish, zarur boʻlganda esa ularni davolash. | doimiy | Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazining mablagʻlari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 43. | Mamlakat terma jamoalari aʼzolarining musobaqalarda va oʻquv-mashq yigʻinlarida qatnashishlari vaqtida ularni tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borishni takomillashtirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 44. | Sportda dopinglar va taqiqlangan preparatlar hamda usullardan foydalanishga qarshi kurash boʻyicha seminarlar, konferensiyalar turkumini tashkil etish, oʻquv-metodik qoʻllanma va dasturlar ishlab chiqish, ular bilan sport muassasalarini taʼminlash. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 45. | Olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq yigʻinlari jarayonida sportchilarning psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini muttasil oʻrganish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 46. | Sport farmakologiyasi, sportchilarni farmokologik jihatdan korreksiya qilish va jismoniy holatini tiklash, chidamliligini oshirish boʻyicha darsliklar, qoʻllanmalar ishlab chiqish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 47. | Sportchilarning normalangan ratsional ovqatlanishi tizimini takomillashtirish, sportchilarning jismoniy holati va salomatligiga ijobiy taʼsir oʻtkazuvchi mahalliy mahsulotlardan tuzilgan taomnoma va ovqatlanish rejimini nazarda tutgan holda sportchilarning meʼyorlangan ratsional ovqatlanishi boʻyicha sport turlari federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MOQ huzurid�gi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| IV. Aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirish | ||||
| 48. | Mamlakat sporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni yoritish borasidagi faoliyat samaradorligini yaxshilash, ularning mazmunini boyitish, shuningdek, mamlakatda va chet ellarda oʻtkaziladigan sport sohasidagi muhim tadbirlarni yoritish boʻyicha ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Sport” gazetasi tahririyati Davlat korxonasini qayta tashkil etish orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport” Media-markazini tashkil qilish. | 2018-yil | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
| 49. | Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari Kalendar rejasida belgilab qoʻyilgan olimpiya sport turlari boʻyicha milliy va xalqaro sport musobaqalari oʻtkaziladigan joylardan ommaviy axborot vositalarida ularni keng yoritish va translatsiyalarni tashkillashtirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 50. | 2018-yilda oʻtkaziladigan Pxyonchxan shahri (Koreya Respublikasi)dagi XXII qishki Olimpiya oʻyinlarini, Buenos-Ayres shahri (Argentina)dagi III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarini, Palembang shahri (Indoneziya)dagi Yozgi Osiyo oʻyinlarini respublikaning televizion kanallari orqali keng yoritishni tashkillashtirish. | musobaqalar oʻtkaziladigan davrda | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ |
| 51. | Sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning jismoniy tarbiya-sport musobaqalari toʻgʻrisidagi axborotni begʻaraz asosda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 52. | Olimpiya sport turlarini keng targʻib qilish boʻyicha videoroliklar va telekoʻrsatuvlarni tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, materiallarni eʼlon qilishni tashkillashtirish. | Kalendar reja asosida | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
| 53. | Sogʻlom avlodni tarbiyalashga, sogʻlom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan Oʻzbekistonda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targʻib etishga, milliy qahramonlar – Olimpiya oʻyinlari chempionlari toʻgʻrisidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablagʻlari | MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |