25.01.2018 yildagi PF-5313-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz taʼlim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yillarda kasb-hunar taʼlimini rivojlantirish, taʼlim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni taʼminlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator tizimli chora-tadbirlar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini koʻrsatdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, kasb-hunar kollejlari aholi yashash joylariga yaqin boʻlmagan masofada joylashtirilganligi, ayniqsa, hududlarda transport infratuzilmasi yetarli darajada rivojlanmaganligi hamda ob-havo sharoitlari tufayli oʻquvchilarning vaqti-vaqti bilan ommaviy ravishda dars mashgʻulotlarini qoldirishlariga sabab boʻlmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirishning mavjud amaliyoti kasb-hunar kollejlari taʼlim yoʻnalishlariga javob bermaydigan oʻquv ustaxonalari tashkil etilishiga, butlovchi va ehtiyot qismlar bilan yetarli darajada taʼminlanmasligiga olib keldi. Kasb-hunar kollejlari moddiy-texnik jihozlanishining oʻrtacha darajasi bugungi kunda atigi 56 foizni tashkil etadi, 31 ta kasb-hunar kollejida oʻquv ustaxonalari umuman mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, yetarli darajada moliyalashtirilmaganligi natijasida kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun zarur boʻlgan koʻplab darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etilmadi, darsliklarning 50 foizi rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinmagan, amaldagi darsliklar biror marta yangilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, kasb-hunar kollejlarida kadrlar tayyorlash tizimi hududlardagi iqtisodiy tarmoqlarning real ehtiyojlaridan ortda qolganligi, shuningdek, kasb-hunar kollejlari uchun belgilangan qabul kvotalarida mehnat bozori konyunkturasi va ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish imkoniyatlari hisobga olinmasligi bitiruvchilarni ishga joylashtirishda qiyinchilik tugʻdirmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, kasb-hunar kollejlaridagi mavjud oʻquv jarayonini tashkil etishning hozirgi holati, qoʻllanilayotgan oʻquv-normativ hujjatlar hamda oʻqitish muddatlari kasblarning murakkablik darajasiga javob bermaydi, ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishdagi kamchiliklar olinayotgan bilim darajasi tushib ketishiga va tegishli ravishda qator taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitiruvchilarga boʻlgan ehtiyojning pasayishiga olib keladi va natijada oʻqishni tamomlagandan keyin ish joylarida ularni qoʻshimcha oʻqitish zaruratini keltirib chiqarmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, aholi turli toifalarini “Hayot davomida taʼlim olish” prinsipi boʻyicha kasbga tayyorlash tizimining yetarli rivojlanmaganligi aksariyat katta yoshli aholi, shuningdek, ishsiz yoshlar va nogiron shaxslarning mehnat bozorida keraksiz boʻlib qolishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchidan, kasb-hunar kollejlarida oʻquv jarayonini tashkil etishga va oʻquvchilarni intellektual, maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyalashga yuzaki yondashish, ularning boʻsh vaqtlarini band etishning samarasiz mexanizmi oʻquvchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoiy qilmishlar soni ortishiga, ularning oʻqishga qiziqishi hamda davomatning tushib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻtilishi jamoatchilik, ota-onalar va 9-sinflar bitiruvchilari tomonidan keng qoʻllab-quvvatlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini taʼminlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab majburiy umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim umumtaʼlim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qabul qilish umumtaʼlim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega boʻlish uchun 6 oydan 2 yilgacha boʻlgan oʻqitish muddatlarida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlariga 2017/2018 oʻquv yiliga qadar (ushbu oʻquv yili qoʻshilgan holda) oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar oʻqishni oʻzlari taʼlim olayotgan kasb-hunar kollejlarida amaldagi oʻquv dasturlari asosida belgilangan tartibda tugatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar kasb-hunar taʼlimi sohasida kadrlar tayyorlash tizimining muhim vazifalari deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarni hisobga olib ehtiyoj yuqori boʻlgan va turdosh mutaxassisliklar boʻyicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash boʻyicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shuningdek, oʻquvchilarda boy ilmiy, madaniy va maʼnaviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan maʼnaviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi mahalliy va xorijiy taʼlim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion oʻquv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar taʼlimi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimi milliy standartlari talablarini xalqaro taʼlim standartlari tasniflagichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va eʼtirof etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasbga oʻrgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy taʼlim olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek, nodavlat taʼlim sektorini uzluksiz davlat taʼlim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va kelgusida amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror oʻstirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qoʻllab kasb-hunar taʼlimi va ishlab chiqarishning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori samarali oʻquv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va yanada mustahkamlash, undan samarali foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining namunaviy tarkibi (keyingi oʻrinlarda — hududiy ishchi guruh) 2-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika komissiyasi (K. Akmalov), hududiy ishchi guruhlar quyidagilarni taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda mavjud taʼlim dasturlariga kiradigan mutaxassisliklar boʻyicha mehnat bozoridagi real ehtiyojni aniqlash, ularning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli koʻrsatkichlariga muvofiqligi, keyinchalik bitiruvchilarni biriktirish maqsadida tarmoqlarda potensial ish beruvchilarni aniqlash yuzasidan kasb-hunar kollejlari faoliyatini har tomonlama tanqidiy oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018-yil 1-iyulgacha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilarni nazarda tutish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining maqsadli parametrlariga va mehnat bozori prognoziga muvofiq, kadrlarga boʻlgan mavjud real ehtiyojni inobatga olib kasb-hunar kollejlarini tarmoq boʻysunuvi asosida tegishli vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar tasarrufiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik sohasi, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun mehnat bozorida talab qilinayotgan kasblar boʻyicha kadrlarni maqsadli tayyorlaydigan koʻp tarmoqli kasb-hunar kollejlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq vazirliklari, idoralari, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalar — kadrlar buyurtmachilari tomonidan alohida mutaxassisliklar (kasblar)ga ehtiyoj va talab past boʻlgan kasb-hunar kollejlari umumiy sonini optimallashtirgan holda ularni qisman qayta tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
optimallashtirilishi kerak boʻlgan kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasidan, ularda umumtaʼlim maktablari, oʻquv-ishlab chiqarish majmualari va maktabgacha taʼlim muassasalari joylashtirilishini nazarda tutib, bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar bajarilgandan soʻng Respublika va hududiy ishchi guruhlar oʻz faoliyatini tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yil yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritiladigan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda kasb-hunar kollejlarida yangi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar ochilishi boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kasb-hunar kollejlari aksariyat hollarda vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari hamda yirik korxonalar — tarmoq boʻysunuvi boʻyicha kadrlarga buyurtmachilar tarkibida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kasb-hunar kollejlarining beriladigan binolari, inshootlari, jihozlari, mebel va inventari qiymati qoʻshimcha qiymat soligʻi va daromad soligʻini hisoblab chiqishda soliq solish obyekti hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2017/2018 oʻquv yiligacha (ushbu oʻquv yili ham shu jumlaga kiradi) kasb-hunar kollejlariga qabul qilingan oʻquvchilar oʻqishni toʻliq tugatguniga kadar ushbu kasb-hunar kollejlarining xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va yirik korxonalarning tasarrufidagi kasb-hunar kollejlarini saqlash, kadrlarni oʻqitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlashga maqsadli tarzda yoʻnaltirilgan mablagʻlari barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod etiladi;
(6-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan tegishli ravishda “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlar deb hisoblangan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarining kamida 30 foizini oʻqishni tugatgan kunidan boshlab uch yil oʻtmagan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilari tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi imtiyozlar va preferensiyalar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band “d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyekti uchun ijara toʻlovini ushbu obyektga nisbatan eng kam ijara toʻlovi stavkasining 50 foizi miqdorida belgilash.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 25-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5313-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar taʼlimi tizimini yanada takomillashtirishni muvofiqlashtirish respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

K.V. Akmalov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

B.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

I.U. Majidov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

4.

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

5.

A.V. Shin

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri

6.

A.A. Xaitov

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

7.

A.K. Shodmonov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

8.

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b.

9.

M.X. Saliyev

Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

10.

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazi direktori

11.

A.J. Ortiqov

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari

12.

A.A. Karimov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

13.

Sh.J. Teshayev

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

14.

U.Z. Salimov

“Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi

15.

U.M. Mustafoyev

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

16.

U.X. Sayidov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

17.

A.S. Mustafayev

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

18.

A.A. Abdullayev

“Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi

19.

A.E. Maqsudov

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

20.

I.U. Haydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi

21.

B.K. Zaripov

“Oʻzqurilishmateriallari” AJ boshqaruvi raisi

23.

lavozimi boʻyicha

“Oʻzsharobsanoat” AJ boshqaruvi raisi

24.

K.S. Rizayev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Taʼlim, sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari ATD mudiri, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, Toshkent viloyati va Toshkent shahar xokimi, ishchi guruh rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar xokimining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, Yoshlar siyosati masalalari, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar xokimi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmasi rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Hududiy ishchi guruh tarkibiga hududiy mansubligiga qarab katta kompaniyalar, xoʻjalik uyushmalari rahbarlari ham kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.01.2018-y., 06/18/5313/0618-son, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son; 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)