Institut kengashi | Rektor | Vasiylik kengashi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor | Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor | Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor | Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor | Xalqaro aloqalar bo‘limi | Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektor | Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘quv-uslubiy bo‘lim | Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha ilm-fan va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi | Marketing bo‘limi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi | Moliya-iqtisodiyot bo‘limi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Laboratoriya | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi | TDSI huzuridagi akademik litsey | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Axborot texnologiyalari va o‘quv texnik vositalari markazi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vivariy | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Axborot-resurs markazi | Kuratorlar kengashi (jamoat organi) | Buxgalteriya | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kadrlar bo‘limi | Institut klinikasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Magistratura bo‘limi | Tahrir-nashriyot bo‘limi | 1 va 2-bo‘limlar | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Kanselyariya va arxiv | Talabalar stomatologiya poliklinikasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yuriskonsult | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaro himoyasi va mehnat muhofazasi shu’basi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fakultetlar | Ekspluatatsion-texnikva xo‘jalikbo‘limi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Stomatologiya | Bolalar stomatologiyasi | Tibbiy pedagogika | Davolash | Malaka oshirish | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.10.2017 yildagi PF-5216-son
Кучга кириш санаси
30.10.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-sonli qaroriga muvofiq hamda zamon talablariga javob beradigan samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tizimini shakllantirishni davom ettirish, shuningdek, respublika aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shodmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF-3214-sonli Farmonida:
a) 3-bandining birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksi,” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 3-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “ixtisoslashtirilgan” so‘zidan keyin “ilmiy-amaliy tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
g) 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning” so‘zlari “Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markazlar)ning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 6-bandidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining” so‘zlari “Markazlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
e) 8-bandining birinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazining” so‘zlari “Markazning” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari tomonidan” so‘zlari “barcha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 11-bandining oltinchi xatboshidagi “Respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining” so‘zlari “Markazlarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
4. 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
9. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta’minlangan oilalarga mansub shaxslar;
10. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, 18 yoshga to‘lmagan patologiyali bolalar;
11. Chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18 — 27 yoshdagi) shaxslar;
12. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, patologiyali homilador ayollar1;
13. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, endokrin kasalliklariga chalingan bemorlar2;
14. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar3;
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, sil kasalligiga chalingan shaxslar4;
16. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha, onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslari5;
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-sonli Farmoni 2-bandi “d” kichik bandining yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davolash bazasi bilan endokrinologiya ilmiy-tekshirish instituti negizida akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya markazi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-sonli Farmonida:
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-sonli qarorida:
a) 1-ilovaning “Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi” va “Tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari” bloklari chiqarib tashlansin;
v) 3-ilovaning “Bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari” va “Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan)” bloklari chiqarib tashlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 22-iyuldagi PQ-2215-sonli qarorida:
a) 4-bandining birinchi xatboshidagi “boshqaruv xodimlari cheklangan soni 35 kishidan iborat” so‘zlari chiqarib tashlansin;
LexUZ sharhi
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 31-oktabrdagi PQ-2647-sonli qarorida:
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi zimmasiga Ro‘yxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining jahon narxlari konyunkturasini tahlil qilish funksiyalari yuklansin”;
uchinchi xatboshidagi “tender takliflari ko‘rib chiqilmaydi” so‘zlari “tovar yetkazib berish to‘g‘risida import shartnomalari tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 5-bandidagi uchinchi xatboshida, 6-bandining beshinchi xatboshida “tender asosida dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qiluvchi ulgurji savdo tashkilotlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bandining uchinchi xatboshidagi “va keyinchalik uni tender hujjatlariga kiritish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“10. Komissiya Ro‘yxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining cheklangan kontrakt qiymatlarini Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining xarid qiymatini, qayd etilgan ulgurji va chakana narxlarini aniqlash bo‘yicha ishchi guruhning hisob-kitoblari asosida tasdiqlaydi.
Ishchi guruhning tarkibi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Markaziy bank, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi”;
13-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tender savdolari bo‘yicha importyorlar olib kelgan barcha dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari” so‘zlari “Ro‘yxatga kiritilgan, import qilinadigan barcha dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari “Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi organlari tomonidan amalga oshiriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovasida:
3-bosqichning “Bajarish muddati” blokidagi “g‘olibni aniqlash” so‘zlari “Tashqi savdo vazirligidan takliflar olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Mas’ullar” blokidagi “Sog‘liqni saqlash vazirligining Nazorat inspeksiyasi” so‘zlari “Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2857-sonli qarori 1-bandining oltinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy” so‘zlari “ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2866-sonli qarori 1-ilovasining “Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining klinikalari, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va boshqa davolash-profilaktika muassasalari (qo‘shimcha kasalliklari bilan birgalikda onkologik bemorlarni davolashda)” blokidagi “ixtisoslashtirilgan” so‘zidan keyin “ilmiy-amaliy” so‘zlari yozilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2938-sonli qarorida:
a) 1-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “Respublika ixtisoslashtirilgan” so‘zlaridan keyin “ilmiy-amaliy tibbiyot” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
“3. Belgilansinki, akademik Y.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tegishli ravishda Qashqadaryo viloyat ixtisoslashtirilgan endokrinologiya markaziga va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo filialiga tashkiliy-uslubiy va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadilar”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-sonli qarori bilan tasdiqlangan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari — tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning tegishli ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari bo‘yicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlari Ro‘yxatida:
a) 7-bandida “Respublika” so‘zidan oldin “akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin;
b) 8-bandidagi “dermatologiya va venerologiya” so‘zlari “dermatovenerologiya va kosmetologiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.