R.S. Azimov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Maxsus komissiya rahbari |
A.I. Ikramov | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Maxsus komissiya rahbarining o‘rinbosari |
A.V. Alimov | — | O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri |
A.V. Vaxabov | — | O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri |
G.K. Saidova | — | O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri |
D.A. Xidoyatov | — | O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi |
M.M. Ikramov | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
J.A. Qo‘chqorov | — | O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari |
Sh.A. Tulyaganov | — | O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari |
Sh.I. Karimov | — | Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori |
R.J. Usmonov | — | Toshkent shahar hokimi |
M.R. Boltabayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ATD mudiri, Maxsus komissiya kotibi |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 22.07.2014 yildagi PQ-2215-son
Кучга кириш санаси
29.07.2014
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Stomatologiya sohasidagi yuqori malakali tibbiyot kadrlarini xalqaro talablar va standartlar darajasida tayyorlashni yanada takomillashtirish, ta’lim jarayonini tashkil qilishning zamonaviy talablariga mos keladigan o‘quv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, ilg‘or axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etish, bo‘lg‘usi stomatolog mutaxassislarning nazariy tayyorgarligini ular o‘rganayotgan amaliy ko‘nikmalar bilan chambarchas bog‘lagan holda olib borilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti negizida Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
Toshkent davlat stomatologiya instituti huzurida Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin;
zamonaviy talablarga mos keladigan va hozirgi zamon stomatologiyasining ilg‘or texnologiyalarini egallagan stomatologiya sohasining yuqori malakali tibbiyot kadrlari va ilmiy mutaxassislarini tayyorlash;
stomatologiya, yuz-jag‘ jarrohligi sohasi va boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, biotexnologiyalar, hujayra va regenerativ tibbiyot sohalaridagi ilg‘or yutuqlardan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
institut klinikalari aholiga stomatologiya sohasida yuqori malakali davolash-profilaktika yordamini ko‘rsatgan holda stomatologik kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va ularni davolashning ilg‘or usullarini tatbiq etish;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
respublikaning oliy tibbiyot ta’limi tizimida stomatologiya sohasi bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida axborot va multimediya uskunalaridan foydalangan holda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish;
stomatologiya sohasidagi tibbiyot mutaxassislari va o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil etish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Toshkent davlat stomatologiya instituti huzuridagi Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi:
tish va og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolashning samarali usullarini ishlab chiqish, ilg‘or stomatologiya texnologiyalarini, shu jumladan yuz-jag‘ sohasidagi to‘qimalar va organlarni tiklash chog‘ida osteoplastika, biologik va sun’iy materiallarni qo‘llanish kabi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan chuqur ilmiy izlanishlarni olib borish bo‘yicha institutning asosiy tadqiqot bo‘linmasi hisoblanadi;
xalqaro standartlarga muvofiq stomatologik kasalliklar diagnostikasi, profilaktikasi va ularni davolashning ilmiy-metodologik bazasi takomillashtirilishini ta’minlaydi va shunga asoslanib, stomatologiya sohasida davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqadi, shuningdek stomatolog-vrachlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
5. Belgilansinki, 2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasiga hamda stomatologiya yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha respublikaning boshqa oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga hujjatlarini topshirgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014/2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2014-yil 26-iyundagi PQ-2193-sonli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda uning filiallarining tegishli yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga qabul qilinadilar.
6. Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilish uchun 2-ilovaga muvofiq tarkibda maxsus komissiya tuzilsin.
Maxsus komissiya (R.S. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin, ustav hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek institutning o‘quv yili boshidan to‘laqonli faoliyat yuritishni ta’minlash borasidagi boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin;
Toshkent davlat tibbiyot akademiyasi va boshqa oliy tibbiyot ta’limi muassasalarining tugatilayotgan stomatologiya fakultetlarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazishni hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti va uning filiallarini stomatologiya sohasida amaliy ish tajribasiga ega, o‘qitish va ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazishning zamonaviy usullarini faol qo‘llaydigan yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan ta’minlasin;
zamonaviy ta’lim texnologiyalari, eng yangi axborot va o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalarini joriy etish va ulardan keng foydalanish asosida o‘quv rejalari va dasturlarini yangilagan holda stomatologiya bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishni tanqidiy tahlil qilsin va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olib qayta ko‘rib chiqsin.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent davlat stomatologiya instituti uchun 2014/2015 o‘quv yillarini boshlanishiga takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlariga qat’iyan mos keladigan, stomatologiyani rivojlantirishning zamonaviy talablariga javob beradigan yangi o‘quv rejalar va dasturlar ishlab chiqilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda Stomatologiya va yuz-jag‘ xirurgiyasi ilmiy-amaliy markazini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda mashhur mutaxassis va olimlarni institutda ishlashga va dars berishga jalb qilish, stajirovkalarni tashkil etish va mutaxassislarni tayyorlash, birgalikda o‘quv va tadqiqot dasturlarini amalga oshirish maqsadida Toshkent davlat stomatologiya instituti uchun xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ixtisoslashtirilgan universitet va institutlaridan texnik hamkor belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va joriy etsin.
8. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Toshkent davlat stomatologiya instituti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilsin, unda:
Toshkent davlat stomatologiya institutini vaqtincha Toshkent tibbiyot akademiyasining Toshkent shahri, Taraqqiyot ko‘chasi, 103-uyda joylashgan 3-sonli klinikasi hududida joylashishini;
2015-yildan institutning yangi binolari majmui, jumladan yotoqxona, uning filiallari qurilishini boshlash uchun moliyalash manbalari, jumladan grantlar, imtiyozli xorijiy kreditlar va boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni belgilagan holda joriy yilning oxirigacha zarur loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Toshkent davlat stomatologiya instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan stomatologik asbob-uskunalar, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, boshqa maxsus asbob-uskuna va inventarlar uchun 2020-yilning 1-yanvarigacha boj to‘lovlari (bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yig‘iladigan yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilinsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga 2014-yilda va keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti parametrlarida Toshkent davlat stomatologiya instituti qurilish ishlarini olib borish, moddiy-texnik ta’minlash, shuningdek xorijiy tillarda adabiyotlar sotib olish, jurnal va boshqa vaqtli nashrlar, jumladan axborot-biblioteka resurslariga obuna bo‘lishga maqsadli mablag‘lar, jumladan zarur kapital qo‘yilmalar limitlari ajratilishi ko‘zda tutilsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 47-son, 539-modda)
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmalariga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-60-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)
LexUZ sharhi