04.04.2017 yildagi PQ-2866-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada sog‘liqni saqlashni isloh qilish davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida aholiga onkologik tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi tashkil etildi. Onkologiya xizmatining yagona vertikal integratsiyalashtirilgan tizimi yaratildi, onkologiya muassasalarini zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda, professional kadrlar tayyorlashning zamonaviy ilmiy maktabi shakllantirilgan. Onkologiya muassasalari amaliyotiga saratonga tashxis qo‘yish va davolashning bir qancha zamonaviy usullari joriy etilgan, onkologik patologiya profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda, bu esa kasallikning ilk bosqichlarida bemorlarni ikki baravar ko‘p aniqlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, butun jahonda bo‘lgani singari, respublikada onkologik kasalliklar o‘sishi qayd etilmoqda. Tibbiyot fanini rivojlantirishning zamonaviy bosqichi saraton kasalliklarining oldini olish choralarini yanada takomillashtirishga va respublika aholisiga onkologik yordam berish sifatini jahon andozalari darajasigacha oshirishga yo‘naltirilgan ustuvor vazifalar hal etilishini taqozo qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi orasida onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashning samarali tizimini yaratish, onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning ilg‘or usullarini joriy etish, respublika onkologiya muassasalarining moddiy-texnik bazasini va kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda ularning tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlarini takomillashtirish, saraton kasalliklarini barvaqt aniqlashning skrining dasturlarini bosqichma-bosqich hamma joyda tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali usullaridan foydalanishini yaxshilash, onkologik kasalliklarni davolashning yuqori samaradorligiga erishish, onkologiya muassasalarining dori vositalari, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, tibbiyot uskunalari, asboblar va inventar bilan jihozlash (to‘liq jihozlash) asosida ularning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash sohasida respublikadagi ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini milliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi onkologiya xizmatining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda respublika onkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari, asboblar va inventar bilan jihozlash (to‘liq jihozlash)ning asosiy parametrlari 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda har yili ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni bajarishga zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish dasturini amalga oshirish uchun xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning imtiyozli kreditlarini (qarzlarini) va grantlarini hamda boshqa budjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika onkologiya ilmiy markazini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yuridik shaxs tashkil etmasdan, markaz xodimlarining umumiy soni doirasida Saraton profilaktikasi markazi va Eksperimental onkologiya markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy onkologik dispanserlarni va Toshkent shahar onkologiya dispanserini Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining filiallariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning filiallari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talab-ehtiyojini qondirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya sohasida aholiga yuqori malakali davolash-profilaktika yordami ko‘rsatgan holda, onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan va zamonaviy onkologiyaning ilg‘or texnologiyalarini egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlari va ilmiy mutaxassislar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onkologiya sohasida, shu jumladan, zamonaviy tibbiyot fanining ilg‘or yutuqlaridan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saraton profilaktikasi markazi — onkologik kasalliklar profilaktikasi va skrining tekshirishlar o‘tkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning yagona ma’lumotlar bazasini (kanser-registr) shakllantirish, saratonning oldini olish samarali dasturlarini ishlab chiqqan holda, epidemiologik vaziyat monitoringini olib borish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik faoliyatni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksperimental onkologiya markazi — kanserogenez va saraton epidemiologiyasi hamda xavfli o‘smalar rivojlanishining molekulyar-biologik mexanizmi, o‘smaga qarshi mahalliy preparatlarni ishlab chiqish sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining tuzilmasi 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saraton profilaktikasi markazi va Eksperimental onkologiya markazining tuzilmalari 5- va 6-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialining namunaviy tuzilmasi 7-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziriga, zarurat bo‘lganda, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari tuzilmasiga xodimlarning umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda, bir oy muddatda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi to‘g‘risidagi Nizomni hamda uning filiallari namunaviy ustavini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2017 — 2020-yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va yangilarini qurishning asosiy parametrlari 8-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 8-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari binolarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va yangilarini qurish ishlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2866-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHARH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasida xalqimizning sog‘lig‘ini mustahkamlash, yetuk va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning barcha mintaqalarida tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqlarida aholining sifatli tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish zarurligini qayta-qayta qayd etdi. Jumladan, joriy yilda bo‘lib o‘tgan sog‘liqni saqlash tizimining rahbar xodimlari bilan uchrashuvlarda davlat rahbari tomonidan tarmoqning holatiga tanqidiy baho berildi, bu aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish sohasida bir qancha muammolarni hal etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Mamlakatni rivojlantirishning muhim ijtimoiy ustuvor vazifalari sifatida aholiga onkologik yordam berish sohasini takomillashtirish va modernizatsiya qilish sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida respublikada sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalarini qamrab oluvchi, Respublika onkologiya ilmiy markazidan, 15 ta viloyat va shahar onkologiya dispanseridan, tumanlar va shaharlarning markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari huzuridagi 232 ta onkolog xonalaridan iborat bo‘lgan onkologik yordam berishning yagona vertikal integratsiyalashtirilgan xizmati tashkil etildi. Onkologiya muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlash va mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish hisobiga onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy standartlari tibbiyot amaliyotiga joriy etildi.

Shu bilan birga, respublikada, butun jahonda bo‘lgani singari, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlik oshishi va aholining uzoq umr ko‘rishi bilan bog‘liq bo‘lgan onkologik kasalliklar o‘sishi qayd etilmoqda. Tibbiyot fanini rivojlantirishning zamonaviy bosqichi saraton kasalliklarining oldini olish choralarini yanada takomillashtirishga va respublika aholisiga onkologik yordam berish sifatini jahon standartlari darajasigacha oshirishga yo‘naltirilgan ustuvor vazifalar hal etilishini talab qiladi.

Ushbu maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori saraton kasalliklariga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab beradi, eng avvalo, aholining davolashning yuqori texnologik usullariga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga, onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashning zamonaviy tizimini yaratishga yo‘naltirilgan.

Qarorda asosiy maqsadi onkologik kasalliklar tufayli o‘limni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va umrni uzaytirish hisoblangan onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

aholini skrining tekshirishlarning samarali dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li bilan onkologik kasalliklarni ilk bosqichlarda faol aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish;

aholining onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolashning jahon standartlari darajasiga muvofiq bo‘lgan zamonaviy yuqori texnologik usullaridan foydalanishini yaxshilash;

reabilitatsiya va palliativ yordamning zamonaviy tizimini, shuningdek, xospislar tashkil etish yo‘li bilan onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning hayoti sifatini yaxshilash;

onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar doirasini kengaytirish hamdamahalliy o‘smaga qarshi zamonaviy preparatlar yaratish;

respublika onkologiya muassasalarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, shuningdek, ularning binolari va xonalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va yangilarini qurish.

Qaror onkologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantirilishini nazarda tutadi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, mintaqaviy onkologiya dispanserlarini uning filiallariga aylantirish nazarda tutilgan. Quyidagilar yangidan tashkil etiladigan markaz va uning filiallari faoliyatining ustuvor vazifalari etib belgilangan:

aholining onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordamga bo‘lgan talabini qondirish;

onkologiya sohasida aholiga yuqori malakali davolash-profilaktika yordami ko‘rsatgan holda onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullarini joriy etish;

onkologiya sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan va zamonaviy onkologiyaning ilg‘or texnologiyalarini egallagan yuqori malakali tibbiyot kadrlari va ilmiy mutaxassislar tayyorlash;

onkologiya sohasida, shu jumladan, zamonaviy tibbiyot fanining ilg‘or yutuqlaridan foydalangan holda, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish.

Xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yishni yaxshilash va importning o‘rnini bosadigan mahalliy o‘smaga qarshi preparatlarni yaratish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Saraton profilaktikasi va Eksperimental onkologiya markazlari tashkil etiladi.

Onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik faoliyatni ta’minlash va skrining tekshirishlar o‘tkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, saraton epidemiologiyasi va xavfli o‘smalar rivojlanishining molekulyar mexanizmi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, mahalliy o‘smaga qarshi preparatlarni ishlab chiqish markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Rejalashtirilgan tadbirlar doirasida respublika onkologiya muassasalari saraton kasalliklarini endoskopik va radioterapevtik davolash bo‘yicha eng yangi apparatlar komplekslari bilan jihozlanadi, shu jumladan, respublikaga “Da Vinchi” robotlashtirilgan jarrohlik kompleksi va gamma tig‘ singari noyob uskuna yetkazib beriladi.

Viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish bo‘yicha bo‘limlar, shuningdek, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida to‘rtta mintaqalararo xospislar tashkil etilishi respublika fuqarolarining hayoti sifati yaxshilanishiga prinsipial jihatdan muhim yondashuv bo‘ladi.

Respublikaning barcha hududida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratonini va Farg‘ona viloyatida tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida qizilo‘ngach, me’da va kolorektal saratonni aniqlashga yo‘naltirilgan skrining tadqiqotlarini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlarini takomillashtirishga, xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yishning molekulyar-biologik, genetik, endoskopik va nur usullarini onkologiya dispanserlari amaliyotiga joriy etishga muhim ahamiyat berilgan.

Onkologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash sohasida ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini mahalliy amaliyotga joriy etish, vrachlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi maqsadida yetakchi onkologiya klinikalari bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatish yo‘li bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish qabul qilingan dasturning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Umuman olganda, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘laridan 32,5 milliard so‘m hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSH dollarini yo‘naltirish nazarda tutilgan.

Mamlakat Prezidentining qarorida nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish ko‘rsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘smaga qarshi preparatlar bilan ta’minlashni 33 foizdan 90 foizgacha ko‘paytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu qarorida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va yuksaltirishga hamda respublika aholisiga onkologiya yordami berish sifatini yaxshilashga kuchli turtki beradi. Bu O‘zbekistonning ko‘p millatli aholisi sog‘lig‘i, fuqarolarning manfaatlari va aholi farovonligi hamma vaqt davlatning e’tiborida ekanligidan dalolat beradi. Ushbu intilishlar mamlakatimiz Prezidenti tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilingan 2017-yilda boshlanishi teran ramziy ma’noga egadir.