23.12.2016 yildagi 307-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 4-martdagi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi Farmonini tatbiq etish bilan bogʻliq masalalar toʻgʻrisida” 1998-yil 9-apreldagi 72-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 6.1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6.1. Maʼmuriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli huquqbuzarliklar boʻyicha bir yillik muddat dastlabki huquqbuzarlik sodir etilgan paytdan emas, balki ushbu huquqbuzarlik aniqlangan va oshkor boʻlgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davomli huquqbuzarlik tugatilmagan taqdirda yoki nizo sudda koʻrilgunga qadar bir yilga yetmasdan tugatilgan boʻlsa, u holda ushbu holat aniqlangan kun huquqbuzarlikning oshkor boʻlgan kuni deb hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 6.4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6.4. Xoʻjalik sudining maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini xoʻjalik sudlari amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2002-yil 4-martdagi 103-sonli qarori 12-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qarzdorning tovar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlashdan bosh tortganligi isbotlangan hollarda sudlar u toʻlashdan bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima undirishga haqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun 32-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan penya ishlar va xizmatlar haqini oʻz vaqtida toʻlamaganlik hollarida ham qoʻllaniladi. Penyaning miqdori shartnoma bahosiga emas, balki bajarilmagan majburiyatlar qismi (toʻlanmagan yoki kechiktirilgan toʻlov summasi, bajarilmagan ishlar, xizmatlar summasi)ga nisbatan foiz miqdorida hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish huquqi bilan bogʻliq normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 110-sonli qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar qabul qilinadigan sud hujjati dastlabki kreditorning manfaatlariga taʼsir koʻrsatishi ishni koʻrib chiqish vaqtida aniqlansa, sud uni nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida ishga jalb qilish masalasini hal etishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida” 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “XPK 146-moddasining 5-qismiga koʻra,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu bandlarda koʻrsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish xoʻjalik sudining hujjati XPK 204-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan asos boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 8-band:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini (ajrimni) yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi ariza ushbu hal qiluv qarorini (ajrimni) qabul qilgan xoʻjalik sudiga, agar hal qiluv qarori (ajrim) apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi qaror qabul qilingan boʻlsa, ariza xoʻjalik sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi qaror qabul qilingan instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar koʻrsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng aniqlansa, ariza boʻyicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 17-banddagi “pochta xarajatlari bundan mustasno” degan soʻzlar “pochta xarajatlari hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari bundan mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qaroriga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-bandning ikkinchi xatboshisi “shikoyati” degan soʻzdan keyin “(protesti)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-bandning uchinchi xatboshisi ruscha matni “jaloba” degan soʻzdan keyin “(protest)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 7-bandning uchinchi xatboshisi ruscha matnidagi “jaloba podlejit otkazu” degan soʻzlar “jaloba (protest) podlejit otkazu” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 7.1-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 180-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asos bilan, yaʼni kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa, ushbu shaxs tomonidan takroran kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat etilsa, kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 11-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 186-moddasiga mos holda birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki koʻrib chiqishga haqli emas. Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek birinchi instansiya sudida ishni koʻrishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmaganligi sababli, koʻrib chiqilmasligini koʻrsatishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 15.2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqidagi apellatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilingan taqdirda, ish apellatsiya instansiyasiga XPK 188-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga mos holda oʻtkaziladi. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining bunday qarori bilan birga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan ham berilgan boʻlsa, ushbu qoida qoʻllanilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Ish yuritishni tugatish,” va ikkinchi xatboshisidagi “ish yuritishni tugatish,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 41-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushganidan keyin yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Apellatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida” 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli qarorining 8-bandidagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qaroriga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4.6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda sudlarning eʼtibori apellatsiya yoki kassatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha nizolashilayotgan sud hujjatining nafaqat davlat boji undirish qismi boʻyicha oʻzgartirilgan yoki bekor qilinganda, davlat bojini undirish masalasi XPKda nazarda tutilgan umumiy tartibda hal qilinishiga qaratilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 26-band ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasidagi “belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar.” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari 2-bandining “a” — “g” va “e” kichik bandlarida belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 26-band ikkinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda kichik biznes subyektlarining maqomi daʼvo arizasiga ilova qilinadigan xoʻjalik sudiga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan oʻttiz kun oldingi sana qayd etilgan statistika organining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 26.6-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26.6. SK 330-moddasining 32-bandiga koʻra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha xoʻjalik sudlarida davlat bojidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, bunday daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatidan davlat boji undirilmaydi, daʼvo qanoatlantirilganda esa SK 337-moddasining oʻninchi qismiga muvofiq davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat daromadiga undiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasida suv taʼminoti va suvoqava kommunal tizimidan foydalanish qoidalari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kommunal xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar sovuq va issiq suv taʼminoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, isitish (issiqlik taʼminoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun toʻlanadigan toʻlovlardan iboratdir”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida” 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Sudlarga tushuntirilsinki, apellatsiya hamda kassatsiya instansiyasi sudlari ishni mavjud va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar boʻyicha qayta koʻrishi sababli, ushbu instansiya sudlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra ekspertiza tayinlashga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkati va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 15-bandning birinchi xatboshisidagi “59-moddasida” degan soʻzlar “62-moddasida”degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 16-banddagi “51-moddasi” degan soʻzlar “56-moddasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan (qabul qilingan) bitimlarni (qarorlarni) haqiqiy emas deb topishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 27-noyabrdagi 290-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4.3-banddagi “20-moddasining” degan soʻzlar “26-moddasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “24-moddasi” degan soʻzlar “32-moddasi”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini haqiqiy emas deb topish, ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2016-yil 17-iyundagi 298-sonli qaroriga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-bandning oʻzbekcha matni “fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida” degan soʻzlardan keyin “hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “4-bandida” degan soʻzlar “3-bandida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 7-bandning ikkinchi xatboshisi “qonuniy deb topish,” degan soʻzlardan keyin “bekor qilingan hujjatni oʻz kuchida qoldirish,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 9-bandning ikkinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “va” degan soʻz “yoki” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 12-bandning ruscha matnidagi “Pri rassmotrenii dannoy kategorii del” degan soʻzlar “Po delam dannoy kategorii” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 22.2-bandning 2-kichik bandi ruscha matnidagi “chast” degan soʻz “statya” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 26-bandning uchinchi xatboshisi oʻzbekcha matnidagi “tugatilishi” degan soʻz “tugatishi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-son