Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 23.12.2005 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 30-dekabrdagi 189-sonli qarori asosida kiritilgan oʻzgarishlar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum taʼkidlaydiki, respublikada bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkchilik shakllarining oʻzgarishi, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va xorijiy sarmoyadorlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi xoʻjalik nizolari sonining koʻpayishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida tekshirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish usullaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotining tahlili sudlarning hal qiluv qarori, qarori va ajrimlari ustidan berilayotgan kassatsiya shikoyatlari va protestlarini rasmiylashtirishda, ish yuritishga qabul qilish, koʻrib chiqib hal qilishda protsessual huquq normalarining har doim ham bir xilda qoʻllanilishi taʼminlanmayotganligini koʻrsatmokda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xoʻjalik sudlariga tushuntirilsinki, xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qarorlari, ajrimlarini kassatsiya instansiyasida koʻrish qonunni toʻgʻri, bir xilda qoʻllash va xoʻjalik sudlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun kassatsiya instansiyasi sudining eʼtiborini xoʻjalik ishlarini kassatsiya tartibida koʻrishning qonun bilan belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilishga, kassatsiya shikoyati (protesti)dagi vajlarni har tomonlama tekshirishga va sud xulosalarining aniqlangan holatlarga va qonunga mos boʻlishi lozimligiga qaratish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. XPKning 173-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim shikoyat (protest) xoʻjalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan shikoyat bergan shaxsga (protest keltirgan prokurorga) hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud boʻlgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytarilganda kassatsiya shikoyati (protest)ga ilova qilingan hujjatlar ham shu sud tomonidan qaytariladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining kassatsiya instansiyasi, XPKning 174-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida ushbu sudning Rayosati tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XPKning 175-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilinadigan hujjatlar xoʻjalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud boʻlmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga yuboradi. Bunday asoslar mavjud boʻlgan taqdirda birinchi instansiya sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) XPK 180-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga asosan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. XPKning 176-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir oy mobaynida berilishi mumkin. Hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati u qabul qilingan sananing ertasidan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 149 va 150-moddalariga muvofiq qabul qilingan qoʻshimcha hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlar ham kassatsiya tartibida alohida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorining, qarorning bir qismiga nisbatan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni XPKning 177-moddasi talablariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada taʼsis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tugʻilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi XPK 88-moddasining 3-bandiga mos holda kassatsiya shikoyatini koʻrmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, XPK 180-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari roʻyxati qatʼiy hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning oʻzida bir necha ishlar boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, qarorlar, shuningdek qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPKning 117-moddasi birinchi qismi 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga oʻtkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin kelib tushgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgan hollarda kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi. Kassatsiya shikoyati (protesti)ning qabul qilishni rad etilishi shikoyat (protest) beruvchiga apellatsiya instansiyasida qaror (ajrim) qabul qilingandan soʻng kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xoʻjalik sudiga qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi, agar shikoyat (protest)ni berish asoslari yoʻqolmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi birinchi instansiya sudi sudyasining ajrimi bir oylik muddat ichida kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Shikoyat (protest) qilish muddati oʻtkazilib berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada kassatsiya shikoyatini bergan shaxs tomonidan havola qilinayotgan muddatni oʻtkazib yuborganlik sabablari koʻrsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon qilinishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinmasdan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻz vaqtida berishga haqiqatda toʻsqinlik qilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatining oʻtkazib yuborilishiga uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun oʻtib ketgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 99-moddasiga muvofiq oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 180-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asos bilan, yaʼni kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa, ushbu shaxs tomonidan takroran kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat etilsa, kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi.
(7.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan soʻng, shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs, XPK 180-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, xoʻjalik sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan soʻng bir oy ichida murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiyasi sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etadi. Agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida oldin mazmunan koʻrilgan ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimni kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi chiqaradi (XPKning 181-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish vaqti va joyi koʻrsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, kassatsiya protestini keltirgan prokurorga, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq shikoyat bergan shaxsga XPKning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng barcha sud hujjatlari hayʼat tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. XPKning 182-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq kassatsiya shikoyatini bergan shaxslarning iltimosiga koʻra, agar ariza beruvchi shunday choralarni koʻrmaslik hal qiluv qarori, qarorning qaytarma ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkinligini isbotlasa, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugagunga qadar birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan hal qiluv qarori, qarorning ijrosini toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. XPKning 183-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ish XPKning 22-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar bilan xoʻjalik sudining birinchi instansiyasida ish koʻrish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin. Bunda faqat birinchi instansiya uchun belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida, xususan, nizolarni hal etish uchun hakamlik sudlariga topshirish (XPKning 25-moddasi), ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish (XPKning 38-moddasi), daʼvoning asoslari va predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan toʻliq yoki qisman voz kechish (XPKning 40-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning kirishishi (XPKning 41-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning kirishishi (ularni ishda ishtirok etishga jalb qilish) (XPKning 42-moddasi), bir nechta daʼvo talablarini birlashtirish va ajratish (XPKning 115-moddasi), qarshi daʼvo taqdim etish (XPKning 120-moddasi) haqidagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Shuningdek, ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bermagan daʼvogarning ishtirokisiz nizoning hal etilishiga yoʻl qoʻyilmasligi (XPK 130-moddasining uchinchi qismi) haqidagi qoida ham qoʻllanilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya instansiyasining sud majlisida ishtirok etmagan hollarda, agar ular tegishli tartibda ishni muhokama etish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan boʻlsalar, ish ularning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 186-moddasiga mos holda birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki koʻrib chiqishga haqli emas. Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida koʻrib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek birinchi instansiya sudida ishni koʻrishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida koʻrish predmeti boʻlmaganligi sababli, koʻrib chiqilmasligini koʻrsatishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilingan boʻlib, kassatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror qabul qilingunga qadar undan voz kechsa, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanishidan oldin protestni chaqirib olsa va XPKning 184-moddasiga koʻra sud tomonidan kassatsiya shikoyatidan voz kechish qabul qilinsa, agar hal qiluv qaroriga, qarorga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan soʻng birinchi yoki apellatsiya instansiyasining hal qiluv qarorini, qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisida ariza berilsa, shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritish XPK 82-moddasi birinchi qismining 1-bandiga binoan toʻxtatib qoʻyiladi, ish esa XPKning 24-bobi tartibida koʻrish uchun tegishli instansiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga hal qiluv qarorini, qarorni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza berilgandan keyin kelib tushgan boʻlsa, birinchi navbatda ariza koʻrib chiqiladi. Bunday arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sud hujjati qabul qilingandan keyin, agar kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatdan voz kechmagan, prokuror tomonidan esa protest chaqirib olinmagan boʻlsa, ish kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kassatsiya instansiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqishda sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq tekshirilganligini, sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanganligini tekshiradi. Bunda sud kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlar bilan cheklanmasligi kerak. Shuningdek, sud hal qiluv qarori, qaror ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaganligini ham tekshiradi, chunki XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan qonun buzilishi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni eʼtiborga olish kerakki, XPKning 187-moddasida sanab oʻtilgan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari qatʼiy boʻlib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, sudning xulosalari bu holatlarga mosligini, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qoʻllashda xatoga yoʻl qoʻyilganligini aniqlasa, unda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining, qarorning asoslantiruvchi qismini oʻzgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini, shuningdek ishni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida koʻrishda ishning holatlari toʻliq aniqlanmaganligini va shu munosabat bilan hal qiluv qarori, qaror yetarlicha asoslanmaganligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi hamda yangi qaror qabul qiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollardagina hal qiluv qarori (qaror)ni bekor qilish hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, mazkur modda uchinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan arz qilingan talab boʻyicha qarorning qabul qilinmaganligiga daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi arizalarda, qarshi daʼvo arizada koʻrsatilgan talablar boʻyicha hal qiluv qarori va (yoki) qarorning qabul qilinmaganligi ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslarning roʻyxati tugal hisoblanadi va uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Kassatsiya instansiyasi sudi daʼvo arizasini (arizani) qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim (qaror)ni bekor qilgan taqdirda, XPK 172-moddasining uchinchi qismiga mos holda ish ajrim va (yoki) qaror bekor qilingan sud instansiyasiga koʻrish uchun oʻtkaziladi.
(15.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqidagi apellatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilingan taqdirda, ish apellatsiya instansiyasiga XPK 188-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga mos holda oʻtkaziladi. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining bunday qarori bilan birga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan ham berilgan boʻlsa, ushbu qoida qoʻllanilmaydi.
(15.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XPK 188-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, protsessual huquq normalari buzilgan yoki notoʻgʻri qoʻllanilgan hollarda, agar bu qonun buzilishi notoʻgʻri hal qiluv qarorining, qarorning qabul qilinishiga olib kelgan yoxud olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarori, qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi. Bunday oqibatlarning mavjudligi har bir aniq holatda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.1. Moddiy hamda protsessual huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi (XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bundan mustasno) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yoki apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilish, ish yuritishni tugatish yoki daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarining qoʻllanilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining notoʻgʻri talqin qilinganligi.
(16.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori XPKning 189-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon qilingan barcha vajlarga baho berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirilsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻla yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida koʻrsatiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxalari qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorida bayon qilingan koʻrsatmalari, XPKning 190-moddasi talablariga muvofiq, shu ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir. Ushbu koʻrsatmalarni bajarmaslik ish holatlarining toʻliq aniqlanmaganligiga olib kelgan boʻlsa, ishni yangidan koʻrishda qabul qilingan hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish paytida u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday qaror qabul qilinishi lozimligi toʻgʻrisidagi masalalarni oldindan hal qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi ishni yangidan koʻrish uchun yuborishda sudlarga bajarib boʻlmaydigan koʻrsatmalarni berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishni kassatsiya tartibida koʻrishda tashkilot, davlat organi yoki boshqa organ, mansabdor shaxs yoxud fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 152-moddasiga asosan xususiy ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat alomatlari aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishga haqli.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hal qiluv qarori, qaror bekor qilinganda va ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilganda, Oliy xoʻjalik sudi ishning murakkabligi yoki boshqa asoslarga koʻra uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xoʻjalik sudining shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) XPKda nazarda tutilgan hollarda beriladi (keltiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 191-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, xoʻjalik sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xoʻjalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtgandan soʻng bir oy davomida yoki apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bir oy davomida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 150-moddasiga muvofiq oʻzi qabul qilgan qarorni tushuntirib berishga, yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga haqli.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sud xarajatlarini taqsimlash kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan XPKning 95-moddasida belgilangan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati uni bergan shaxsga qaytarilgan holda toʻlangan davlat boji XPK 93-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilgan holda sud xarajatlari kassatsiya shikoyati bergan shaxsning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kassatsiya instansiyasi qarorining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish masalalari ishni birinchi instansiyada koʻrib chiqqan xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy xoʻjalik sudining sudlov hayʼatlariga kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish amaliyotini doimiy ravishda oʻrganish va umumlashtirish, bu hujjatlardan xoʻjalik sudlarining ish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xatolarni bartaraf etishda hamda kassatsiya instansiyasi faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida keng foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-son