Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014 14.12.2000 yildagi 158-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUDJET TIZIMI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma kassa mablag‘i me’yori — moliya yilida respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet jarayoni — Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet dotatsiyasi — o‘z daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablag‘lar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari o‘rtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan mablag‘ ajratish — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablag‘lari oluvchilarga ajratiladigan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet profitsiti — muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq bo‘lgan summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ssudasi — yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet subvensiyasi — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet so‘rovi — budjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkiloti — zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat budjetidan mablag‘ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag‘ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, davlat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet taqchilligi — muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq bo‘lgan summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet transferti — budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti — davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlashtirilgan jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ichki qarzlari — davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armalari — Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg‘armalar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan ichki mablag‘ni jalb qilish — aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish — aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat qarzi — davlat tomonidan ichki mablag‘ni va xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet — Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili — birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oluvchi davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti — Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti — Davlat budjetining Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, budjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. BUDJET TIZIMINI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Budjet tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya yiliga mo‘ljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Budjet tizimining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti balansliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat daromadlarini aniq manbalar bo‘yicha va xarajatlarini yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish;
(5-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig‘iga kiritadi;
(6-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

7-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar miqdorlarini belgilaydi, mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlar beradi;
(7-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘lari oluvchilarning Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DAVLAT BUDJETI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Davlat budjeti tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarga bo‘linadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Budjet tasnifi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet ma’lumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet ma’lumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tasnifi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlarining tasnifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ularni bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Davlat budjeti daromadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.

12-modda. Davlat budjeti xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) joriy budjet transfertlari shaklida;

3) kapital xarajatlar shaklida:

asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;

chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;

davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;

davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;

4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Budjetlar o‘rtasida taqsimlangan mablag‘larni daromadlar va xarajatlar jumlasiga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar o‘rtasida qaysi budjetlardan yo‘naltirilayotgan bo‘lsa, ular uchun xarajat hisoblanadigan, ayni bir vaqtda qaysi budjetlarga borib tushayotgan bo‘lsa, ular uchun daromad hisoblanadigan mablag‘lar quyidagi shaklda taqsimlanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari (tasdiqlangan miqdorlar doirasida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ssudalari va ularning qaytarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga va tegishli yil uchun qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa o‘zaro hisob-kitoblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti taqchilligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish;

respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;

qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

15-modda. Respublika budjeti daromadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti daromadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo‘yicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Respublika budjeti xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘i oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kapital xarajatlar shaklida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti taqchilligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘larni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti mablag‘larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo‘naltiriladigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan umumdavlat soliqlari, yig‘imlari, bojlari va boshqa majburiy to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘lar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) joriy budjet transfertlari shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kapital xarajatlar shaklida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Davlat maqsadli jamg‘armalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamg‘armalariga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi;
(20-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi O‘RQ-2-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining maxsus hisobvarag‘i;
(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-14-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 51-son, 374-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
(20-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamg‘armalarini tuzish, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. BUDJETLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Davlat budjeti mablag‘larini budjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablag‘lari turli darajadagi budjetlar o‘rtasida quyidagi yo‘llar bilan qayta taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ijrosi jarayonida paydo bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yo‘naltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet ssudalari ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga qabul qilingan Davlat budjeti doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli qabul qilingan budjetlar doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, yuqori budjetlardan beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablag‘lari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga o‘tkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ijtimoiy ta’minot;

3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo‘ysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) gidrometeorologiya, do‘lga qarshi kurash chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Xarajatlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga mo‘ljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari bo‘yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ijtimoiy ta’minot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) aholini ijtimoiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi kerak. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamg‘armalar tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mablag‘ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘dan ortiqroq mablag‘ sarflashga (ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) budjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga ta’mirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno.
(24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi O‘RQ-113-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. DAVLAT BUDJETINI TAYYORLASh, KO‘RIB ChIQISh VA QABUL QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Budjet so‘rovi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg‘armalari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga buyurtmalar tuzish uchun — respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga budjet so‘rovi yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun — tuman va shahar hokimlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan budjet mablag‘lari olishga buyurtmalar tuzish uchun — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilarga budjet so‘rovlari yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatga bo‘ysunadigan shaharlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hokimlari budjet so‘rovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning budjetlaridan budjet mablag‘lari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun — shu tuman va shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarga budjet so‘rovlari yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar olishga buyurtmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi moliya yiliga tegishli budjetlar loyihalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya organlari tomonidan — mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilagan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning o‘n beshinchi sentyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini budjet mablag‘lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur budjetlarning daromadlari, shu jumladan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining aylanma kassa mablag‘i me’yori miqdorlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari zaxira jamg‘armalarining nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplashga tegishli budjet mablag‘lari yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan doiradagi miqdorlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamg‘armaning eng yuqori miqdorlarini o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Budjetnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni o‘z ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
(28-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) o‘tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
(28-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo‘lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
(28-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlariga sharhlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) kelgusi moliya yiliga mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
(28-modda birinchi qismining 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning o‘n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Davlat budjetining qabul qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlari — belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Davlat budjetining budjet mablag‘lari oluvchilarga yetkazilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari daromadlari va xarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga respublika budjetidan ajratiladigan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari miqdorini va budjetga oid boshqa ko‘rsatkichlarni — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi e’tiboriga Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar e’tiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin o‘n kunlik muddat ichida yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmatining tegishli mahalliy organlari e’tiboriga — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdorini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar e’tiboriga ular uchun belgilangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarini yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. DAVLAT BUDJETINING IJROSI VA UNING IJRO ETILIShINI NAZORAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti daromadlari ushbu Qonunga, soliq, bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning o‘ttiz birinchi dekabrigacha Davlat budjetiga to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Davlat budjeti mablag‘larini sarflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlarning yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me’yorini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjeti budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan budjet mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va ular Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(32-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Qabul qilingan Davlat budjeti bo‘lmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan bo‘lsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar bo‘lgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”;
(33-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy bo‘lingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi;
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni asosida uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga oshirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avvalgi moliya yilida amalda bo‘lgan soliq solish va majburiy to‘lovlar to‘lash tartibi Davlat budjeti qabul qilingunga qadar o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga o‘zgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan ajratiladigan mablag‘larga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritish bir budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining kamaytirilishi boshqa budjet mablag‘lari oluvchisi uchun budjet mablag‘larining tegishli ravishda ko‘paytirilishini nazarda tutgan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foiziga qadari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmining o‘n foizidan ortig‘i:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetida ko‘rsatib o‘tilgan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar uchun — tegishli moliya organlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablag‘lari oluvchining so‘roviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar ayrim moddalar bo‘yicha (kapital qo‘yilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar bo‘yicha budjetdan ajratiladigan mablag‘lari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur budjet mablag‘lari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining o‘n besh foiziga qadar ko‘paytirilishi mumkin. Budjetdan ajratilgan mablag‘larga mazkur o‘zgartirishlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratiladigan budjet mablag‘lariga — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Davlat budjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari budjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan bo‘lsa, Davlat budjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar bo‘yicha budjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar bo‘yicha daromadlarni ko‘paytirish va (yoki) budjet xarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo‘lgan moddalar nazarda tutilgan bo‘lsagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjet xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari ko‘payishiga olib keluvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilingan taqdirda hosil bo‘ladigan ortiqcha mablag‘lar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi budjetga mablag‘larni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Davlat budjetidan olingan budjet mablag‘larini ko‘paytirish (kamaytirish) to‘g‘risida qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni ko‘paytirish yoki ularni qisqartirish budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Budjetlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va budjet to‘lovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga tasdiqlangan ko‘rsatkichlardan tashqari tushgan qo‘shimcha daromadlar aylanma kassa mablag‘i me’yori tasdiqlanganidan kam bo‘lmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan budjetdagidan tashqari xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin. Mazkur masalaga doir qarorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan ko‘rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat budjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining xarajatlarini alohida moddalar bo‘yicha qisqartirish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to‘g‘rilash maqsadida moliya yili mobaynida ularga tegishli budjetlardan budjet ssudalari ajratilishi mumkin. Budjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, budjet mablag‘larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Davlat budjetining kassa ijrosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining kassa ijrosini ta’minlaydi. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirig‘iga binoan Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldiqlari doirasida to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chog‘ida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli darajadagi budjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazadi;
(38-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) bevosita hisobvarag‘iga budjet mablag‘larini oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshiradi;
(38-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag‘lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan hisobot davrida foydalanganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi O‘RQ-130-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpog‘iston), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqib ma’qullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari to‘g‘risidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamg‘armalariga mablag‘lar tushumi va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o‘tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o‘ninchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o‘n beshinchi mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
(39-moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi O‘RQ-95-son Qonuniga muvofiq to‘qqizinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi va o‘n ikkinchi qismlar bilan almashtirildi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini qabul qilayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga hamda davlat qarzi ko‘payishiga olib keladigan boshqa harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Davlat budjeti daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasida tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni to‘g‘rilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) budjet taqchilligini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan), o‘rtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qog‘ozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) kreditlar (qisqa muddatli, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) budjet daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilgan barcha mablag‘ jalb qilishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan mablag‘ jalb qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat ko‘rsatuvchi va davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha hisob-kitoblarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Kafolat jamg‘armasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida kafolat jamg‘armasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafolat jamg‘armasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tizimi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 51-son, 374-modda; 52-son, 385-modda; 2007-y., 17-18-son, 173-modda; 39-son, 399-modda; 50-51-son, 509-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda)