Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHRI BUDJETI IJROSINING MOLIYA ORGANLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-aprelda 1560-son bilan davlat roʻyxatidan ]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 30-dekabrdagi 93-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1560-2, 04.01.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlarga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha Yoʻriqnoma” (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 25-yanvardagi 16-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning moliya organlarida buxgalteriya hisobini olib borish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2001-yil 17-fevral, roʻyxat raqami 1007 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 3-4-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 3-martdagi 76-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning moliya organlarida buxgalteriya hisobini olib borish boʻyicha yoʻriqnomasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (2002-yil 22-iyul, 1007-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 14-son).
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-mart,
28-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 15-son, 129-modda, 28-29-son, 275-modda)