LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida” va “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘larini undirish, hisobga olish va sarflash tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga mablag‘larning to‘liq tushishi ustidan qat’iy va hamma joyda nazorat o‘rnatsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga Moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga boshqa davlatlar tashkilotlari va fuqarolaridan tushadigan mablag‘larni o‘tkazish uchun xorijiy valyutada hisob raqami ochishga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan valyuta mablag‘laridan aholini ish bilan ta’minlash bilan bog‘liq maqsadlarda foydalansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibiga, 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 16-son, 160-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
birinchi va beshinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “organlari” va “viloyat mehnat boshqarmalariga” so‘zlari tegishli ravishda “bo‘limlari” va “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Viloyat mehnat boshqarmalari”, “Mehnat vazirligiga” so‘zlari tegishli ravishda “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari”, “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga ish o‘rinlari barpo etish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar” bo‘limining 2-bandida:
birinchi xatboshidagi “viloyat mehnat organlari” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligiga” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Mehnat vazirligiga” so‘zlari “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qarori, 1-banddan tashqari.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1993-yil 8-iyundagi 277-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 8-maydagi 197-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-bandi.