O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 31 DEKABRDAGI 606-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-sonli “O‘zbekiston Respublikasi ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berish hisobiga dehqon va fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirish, kichik va oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarni o‘zini-o‘zi mehnat faoliyati bilan band qilish va qishloq joylarda ko‘proq ish o‘rinlari yaratishni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.SULTONOV
Toshkent sh.,
8-may 1998-y.,
197-son
Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qaroriga kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. Qarorning nomi va matnidagi “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasi” so‘zlari “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Qarorga ilova qilingan “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasi haqida nizom” ning nomi va matnidagi “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasi” so‘zlari “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Qarorga ilova qilingan “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasi haqida nizom”ning 6-bandi oxiriga quyidagi xat boshi kiritilsin:
“qishloq joylardagi dehqon va fermer xo‘jaliklariga, kichik va oilaviy korxonalarga yangi ish joylari tashkil qilish hisobiga ularni rivojlantirish va kengaytirishni rag‘batlantirish uchun qaytarish, qaytarilishini ta’minlash va to‘lash shartlari asosida o‘rtacha muddatli kreditlar berish”.