Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 27.12.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2546
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2546]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik va oʻrta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi” (roʻyxat raqami 907, 2000-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 26-dekabrdagi 28/16-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik va oʻrta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 907-1, 2002-yil 31-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 6-dekabrdagi 465-2-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik va oʻrta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 907-2, 2003-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 6-noyabrdagi 24/15-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 907-3, 2004-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 45-46-son, 479-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 24-iyuldagi 25/1-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 907-4, 2010-yil 6-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 273-modda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 13-avgustdagi 24/1-son “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini, shuningdek kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 907-5, 2011-yil 22-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 38-son, 396-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22/9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda), “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 17-son, 188-modda) va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda) qonunlariga muvofiq, kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy korxonalar (bundan buyon matnda qarz oluvchilar deb yuritiladi) kreditlash obyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kreditlar tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning oʻzini-oʻzi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi oʻz faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarni toʻldirishga — 18 oy muddatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablagʻlarni toʻldirishga — 24 oy muddatgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tijorat banklari kreditlar boʻyicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 15-dekabrdagi 39/8-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2546-2, 14.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/2546-2/2478-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kreditlar ilgari olingan kreditlarni yoki tijorat bankining “Kredit siyosati”da belgilangan boshqa qarzlarni qaytarish uchun berilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qarz oluvchi olingan kredit summasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni toʻlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Kreditlarni rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining bank hisobvaragʻiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi koʻrsatilgan biznes-reja;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2546-1, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan kredit taʼminoti turlaridan biri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarz oluvchilar kredit olish boʻyicha arizalarni elektron tizim orqali taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tijorat banklari qarz oluvchilarga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov taʼminotini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qarz oluvchi boʻyicha Kredit axborotining davlat reyestri va kredit byurolariga taqdim etilayotgan kredit axboroti maʼlumotlari tijorat bankining kredit yigʻmajildidagi kredit axborotiga mos boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qarz oluvchi tomonidan zarur hujjatlar taqdim qilingandan soʻng, uning arizasi mazkur Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan shakldagi “Arizalarni roʻyxatga olish kitobi”ga qayd qilinishi hamda bir vaqtning oʻzida qarz oluvchiga ariza tijorat banki tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda “Maʼlumotnoma” berilishi lozim. Bunda “Maʼlumotnoma”ning birinchi qismi tijorat bankida qoldiriladi, ikkinchi qismi esa, qarz oluvchiga taqdim etiladi. Qarz oluvchi “Maʼlumotnoma”ning birinchi qismini uni olganligi toʻgʻrisidagi sanani koʻrsatgan holda imzolaydi, ariza elektron tizim orqali qabul qilingan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Maʼlumotnoma”lar tushunarli, toʻgʻri va aniq koʻrinadigan holda toʻldirilishi lozim. “Maʼlumotnoma”dagi yozuvlarni qisqartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qarz oluvchilarning kredit olish boʻyicha elektron tizim orqali qabul qilingan arizalari ham “Arizalarni roʻyxatga olish kitobi”ga qayd qilinadi va arizaga “Elektron qabul qilindi” degan belgi qoʻyiladi. Bir vaqtning oʻzida qarz oluvchiga ariza tijorat banki tomonidan elektron tizim orqali qabul qilinganligi toʻgʻrisida elektron shaklda “Maʼlumotnoma” yuboriladi hamda tijorat bankida qolgan “Maʼlumotnoma”ga uning elektron shaklda yuborilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritiladi va sana koʻrsatilgan holda imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Arizalarni roʻyxatga olish kitobi” va “Maʼlumotnoma” raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va Bosh bank Raisining kreditlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari yoki ushbu masala boʻyicha masʼul shaxsning imzosi hamda Bosh bankning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida quyidagi taʼminot turlaridan biri taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs kafilligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼminotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tijorat banklari oʻzlari bilan doimiy ravishda aloqaga ega, bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega boʻlgan qarz oluvchilarga mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlaridan birini talab qilmay blankli (ishonchli) kredit berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Garov toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 96-modda) 5-moddasiga muvofiq, har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kredit hisobiga sotib olingan mulk ushbu kredit boʻyicha oʻz qiymatining 80 foizi miqdorida garov narsasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar qarz oluvchilar tomonidan kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida taqdim qilingan mol-mulkni uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kreditning qaytarilgan qismiga nisbatan garovdan chiqarish huquqiga ega.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2546-1, 30.04.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kredit boʻyicha taqdim etilayotgan kafolat kafilning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 2-songa ilova) 292-moddasiga muvofiq, kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kredit yigʻmajildini tahlil qilish paytida tijorat banki tomonidan kredit shartnomasining turli jihatlari, qarz oluvchining kredit tarixi, uning rahbari obroʻsi (avvalgi ishlagan joylari, ilgari olingan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarilganligi va boshqalar) baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat bankining kredit qoʻmitasi tomonidan ushbu ariza boʻyicha asoslantirilgan holda qaror qabul qilish muddati uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kredit shartnomasi tuzilgandan soʻng, keyingi kundan kechiktirmay tijorat banki rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan kreditning muddati, miqdori va foiz stavkasi koʻrsatilgan holda kredit hisobvaragʻi ochish toʻgʻrisida buxgalteriyaga farmoyish beriladi va ushbu farmoyishga asosan kredit hisobvaragʻi ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Kreditlash va kreditni soʻndirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvaragʻi ochish va uning toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2546-1, 30.04.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 18-son, 206-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qarz oluvchiga ajratilgan kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining (roʻyxat raqami 773-17, 2004-yil 13-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 32-son, 369-modda) tegishli balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Alohida kredit hisobvaraqlari boʻyicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular toʻliq soʻndirilgunga qadar 91901 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar boʻyicha majburiyatlari” hamda 91905 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizinglar boʻyicha majburiyatlari” balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit boʻyicha garov taʼminoti sifatida qabul qilingan qimmatli qogʻozlar 94501 — “Garov sifatida olingan qimmatli qogʻozlar”, mulklar va mulkiy talablar 94502 — “Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquqlar (talablar)”, kafolat va kafilliklar esa, 94503 — “Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar” balans hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kredit boʻyicha soʻndirish muddatlari jadval koʻrinishida taqdim etilishi mumkin. Bunda mazkur jadval soʻndirish pul oqimlari istiqbolidan kelib chiqib tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qarz oluvchining kredit boʻyicha hisoblangan foizlar va kredit qoldigʻini undirish uchun mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, qarzdorlik Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2342, 2012-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 11-son, 127-modda) belgilangan tartibda undiriladi. Bunda dastlab kredit boʻyicha hisoblangan foizlar, soʻngra kredit boʻyicha asosiy qarz soʻndiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning muddati davomida doimiy monitoring oʻtkazadi. Monitoring qarz oluvchining arizasi va kredit shartnomasi shartlarini bajarish uchun yordam koʻrsatishga yoʻnaltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Monitoring oʻtkazish jarayonida qarz oluvchining moliyaviy-xoʻjalik faoliyati, tuzgan shartnomalari (buyurtmalar) boʻyicha majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlari, foydasi, aylanma mablagʻlari aylanmasi va dinamikasi hamda tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati tahlil qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Monitoring davomida qarz oluvchining faoliyati bilan bogʻliq barcha ijobiy va salbiy holatlar, shuningdek taqdim etilgan garov taʼminotining holati qarz oluvchi uchun tijorat bankida ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qurilishni moliyalash uchun berilgan kreditlar boʻyicha amalga oshiriladigan monitoring jarayonida tijorat banki kredit shartnomasida belgilangan muddatlar va shartlarda kredit ajratilgan obyektda bajarilgan ishlar hajmining nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kreditdan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, tijorat banki qarzdorga kelgusida kredit berishni rad etishga yoki kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin qaytarib olishga hamda shartnomada belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qarzdor kredit boʻyicha asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlarni shartnoma shartlari asosida toʻlashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini tijorat banki tasarrufiga berishdan bosh tortgan hollarda, tijorat banki tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchining garov taʼminoti kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, tijorat banki mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, jumladan ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 23-son, 186-modda) bilan tasdiqlangan Banklarni kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish tartibiga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_______________________

‎‎_______________________‎

‎(tijorat bankining nomi)

(filialning nomi)‎‎

‎‎Arizalarni roʻyxatga olish
‎ KITOBI

‎‎(201__ yil uchun)

t/r‎

Ariza taqdim etgan kichik tadbirkorlik subyektining nomi ‎

Ariza raqami va sanasi‎

Arizaning qisqacha mazmuni (kredit maqsadi, muddati, summasi, foiz miqdori, manbasi, taʼminot turi) ‎

Berilgan maʼlumotnomaning raqami va sanasi‎

Kredit qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorning raqami va sanasi‎

Berilgan yozma javob xatining raqami va sanasi‎

Ajratilgan kredit miqdori va sanasi‎

Bank masʼul xodimining imzosi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 711-modda; 2014-y., 18-son, 206-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/2546-2/2478-son)