Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-noyabrda 907-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2546, 27.12.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2000-yil 4-martda 465-son bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash Tartibi”ning (roʻyxat raqami 907, 2000-yil 7-mart, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil 5-son) 1.3-bandi oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
“Fermer xoʻjaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi, mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir”.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach amalga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-noyabr,
24/15-son