Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
“Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi”ga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 6-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 907-4]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 23-noyabrdagi 22/9-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2546, 27.12.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) hamda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 5-6-son, 54-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000-yil 4-martda tasdiqlangan 465-sonli (4-son bayonnoma) (roʻyxat raqami 907, 2000-yil 7-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son, 125-modda) “Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarini hamda kichik biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi”ga ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-iyul,
25/1-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 32-son, 273-modda)